Kitob javonlari O zbekiston bo yicha
Katta dolon, har bir uyda qiy-chuv, yerda chiroq, qandillar osig‘liq. J. Sharipov, “Xorazm”.
Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma
Ba’zi do‘stlarning mehr-oqibatini ko‘rib ham hayron qolasiz, ham havas qilasiz: tug‘ishgan, qondoshdan ko‘ra yaqinroqqa o‘xshaydi. Aslini surishtirsangiz, bir-biriga yetti yot begona. Tilda ham shunga o‘xshash hodisa bor. Chetdan kelgan so‘z tilga singishib ketadi, o‘z so‘zimizga aylanadi. O‘sha tilning egasi bo‘la turib, uning o‘zlashma ekani – ajnabiy tildan kirganini ko‘pda farqlayvermaymiz.
Oldinroq “Tilimizni bilamizmi?” ruknida rus tilidan kirgan ana shunday 15 ta so‘z haqida ma’lumot berilgandi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun boshqa chet tillaridan kirgan va tilimizga “qoni qo‘shilib ketgan” 15 ta so‘zni sharhlaydi.
Antiqa va osori atiqaAntiqa so‘zining ildizi lotincha antiquus – qadimgi so‘ziga borib taqaladi. O‘zbek tilida qadimdan qolgan, hayratga soladigan kabi ma’nolarda qo‘llanadi. So‘zni qadimgi degan ma’noda qo‘llash allaqachon eskirgan. U hozir asosan qoyil qoldiradigan ma’nosida ishlatilyapti:
Otamurod oddiy bodring, pomidorlarni turli usullarda qirqib, antiqa salatlar tayyorlar. Zulxumor bo‘lsa, uning bu san’atiga mahliyo bo‘lib o‘tirar edi. M. Mansurov, “Yombi”.
Osori atiqa iborasidagi atiqa so‘zi ham antiqa bilan o‘zakdosh. Osor arabchadan olingan, asar, nishona ma’nosida. Osori atiqa qadim dunyo nishonalari, qadimdan, antik dunyodan qolgan yodgorliklar, obidalardir:
Bu osori atiqalar o‘zida o‘tmish nafasini saqlab qolgan. Gazetadan.
Bambuk – daraxtsimon o‘simlikBambuk – tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadigan, tanasi qamishga o‘xshash, ichi kavak, bo‘yi baland o‘simlik. Bambuk atamasi malayyacha bambu – daraxtsimon o‘simlik so‘zidan paydo bo‘lgan:
Bambuk xalq xo‘jaligida uy, ko‘prik qurishda, duradgorlikda ishlatiladi, tolasidan qog‘oz tayyorlanadi. “O‘zME”.
Malayziyaliklar tilidagi bambu dunyoning juda ko‘p tillariga, jumladan, fransuz, holland, portugal, ingliz kabi Yevropa tillariga ham ba’zi tovush o‘zgarishlari bilan o‘tgan.
Baxshi – qadim so‘z Baxshi so‘zi o‘zbekcha ham, mo‘g‘ulcha ham, forscha ham emas. Uning ildizi sanskrit tiliga borib taqaladi. Asliyatda bhikshu ko‘rinishiga ega va budda ruhoniysi; duoxon; darvesh kabi ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida xalq dostonlarini aytuvchi oqin; azayimxon; Buxoro xonligidagi lavozim egasi kabi ma’nolarga ega:
Dutorsiz baxshi bo‘lmas, Yomonsiz – yaxshi. Maqol.
Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xomin kelib, tolning xipchini bilan savaladi. A. Qahhor, “Bemor”.
Buxoro xonligida ma’muriy binolar qurishda mablag‘ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urug‘ oqsoqollarini baxshi deb atashgan. “O‘zME”.
Dakki – hindistonlikTilimizda bot-bot ishlatib turiladigan bu so‘z uzoq hind elidan kelganiga odamning ishongisi kelmaydi. Hind tilida dhakka shaklida zarb, turtki; iztirob ma’nolarida qo‘llangan bu so‘z yo‘l yurib, jazirama cho‘llardan o‘tib, o‘zbek tiliga dakki ko‘rinishida kirib kelgan. U o‘zbekchada tanbeh; tahqirlash, nohaq turtki kabi ma’nolarni tashiydi:
Ahmadjon dadasidan bir necha dakki eshitib, uyiga jo‘nadi. “Yoshlik”.
Har kishidan dakki yeyaverib, yuragim qonga to‘lib ketdi. Uyg‘un, “Asarlar”.
Daftar va qalam – asli yunonchaBu so‘zlarni tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, farzandi maktabda o‘qiydigan yoki ishi yozuv-chizuvga aloqador kishilar kunda-kunora daftar-qalamga ro‘para keladi.
Yunonchada qog‘oz o‘rami diftera deyiladi. U arab tili orqali o‘zbekchaga daftar ko‘rinishida kirib kelgan: bir chiziqli daftar, katak daftar, rasm daftari.
Daftar so‘zi qardosh turkiy tillarda hamda arab, fors, hind, mo‘g‘ul, bolgar, makedon, serb, horvat, tibet, indonez, gurji, arman, ibroniy kabi tillarda turli tovush o‘zgarishlari bilan qo‘llanadi.
Qalam so‘zi ham yunonchadan oromiy-suryoniy tili orqali arab tiliga, undan o‘zbekchaga o‘tgan. Yunonchasi kálamos – qamish, qamish qalam bo‘lgan bu so‘zning ildizi qadimgi hind-evropa so‘zi – kolhamosga borib taqaladi. Bu so‘z lotin tilidagi culmus – somon poyasi so‘ziga yaqin turadi. Qalam so‘zi o‘zbek tilida juda ko‘p ma’nolarda qo‘llanadi. Bosh ma’nosi yozuv-chizuv quroli: qora qalam, rangli qalamlar.
Javon – “taxtali rom” deganiO‘zbekchaga xitoy tilidan ham bir qancha so‘zlar o‘zlashgan. Sevib iste’mol qiladiganmiz uyg‘ur taomlari – lag‘mon, manti, manpar, xonim kabilarning nomi ham asli xitoychadan.
Turmushimizda ishlatiladigan ba’zi narsa-buyumlar ham o‘z nomini xitoychadan olgan. Jumladan, javon so‘zi. U o‘zbekchada turli narsalar qo‘yiladigan mebelni, shkafni anglatadi: kitob javoni, kiyim javoni.
“O‘zbek tili tarixi” kitobiga ko‘ra, javon xitoycha dzaban so‘zidan. U sza – rom, chorcho‘p, ban – taxta so‘zlaridan yasalgan. Bu so‘z bizga uyg‘ur tili orqali kirib kelgan. Uyg‘urchaning o‘zida javang tokchani anglatadi.
Zumrad va Esmeralda – egizaklarAyrim so‘zlar uzoq yo‘llarni bosib o‘tadi va shakl-shamoyili, ba’zan ma’nosini o‘zgartirib, boshqa tillarda o‘troqlashib qoladi. Asli yunoncha smaragdos , ya’ni sabzarang tosh bo‘lgan zumrad so‘zi ham arab-fors tillari ta’sirida qiyofasini o‘zgartirgan va o‘zbek tiliga kirib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘z qadimgi yunon tiliga somiy tillaridan o‘tgan. Ibroniy tilidagi barakat, akkad tilidagi barraqtu, arab tilidagi barq, sanskritcha marakata uning qadim ajdodlaridir.
Bu so‘z qardosh turkiy tillar, arab, fors, rus, ingliz, ispan, portugal tillarida turli shakllarda qo‘llanadi. Ba’zi tillarda shakli tamoman o‘zgarib ketgan.
Yevropa xalqlarida ko‘p uchraydigan Esmeralda ismi va o‘zimizning Zumrad, Zabarjad ismlarining o‘zagi bir.
Zumrad so‘zi o‘zbekchada oliy sifatli, och yashil tusli qimmatbaho toshni va uning rangini anglatadi, ayollarga ism qilib qo‘yiladi.
Iqlim – yetti iqlim kezgan so‘zBu so‘zning ildizi ham qadim yunon tiliga borib taqaladi. Asliyatda klima, klimatos shakliga va egish, engashtirish; mayl, moyillik ma’nosiga ega bo‘lgan ushbu so‘z arab tili orqali o‘zbekchaga o‘zlashgan. Tilimizda muayyan joyning o‘ziga xos, har yili takrorlanuvchi odatdagi ob-havo sharoitini, dunyo qismini, mintaqani, ko‘chma ma’noda esa sharoitni anglatadi. Yetti iqlim iborasi esa qadimgi geograflar tasavvuridagi yerning yetti mintaqasidan har birini anglatadi.
Bu so‘z ko‘plab Yevropa tillariga lotin tili vositasida o‘tgan. U, masalan, inglizchada climate, ispanchada clima, nemischada klima, fransuzchada climat, ruschada klimat shakliga ega.
Kalish milliy kiyim emasSal g‘alatiroq eshitilishi mumkin, lekin kalish milliy kiyim emas. Ha, shunday. Bunga uning etimologiyasi ham guvohlik beradi. Kalish tilimizga rus tilidan kirgan. Ruslar uni kaloshi yoki galoshi deb ataydi. Ruschaga fransuz yoki nemis tilidan o‘tgan.
Kalish so‘zining etimologiyasi haqida turli qarashlar bor. Birinchi fikrga ko‘ra, u yunoncha kalopodion – yog‘och boshmoq so‘zidan; boshqa versiyaga ko‘ra, lotincha caliga – etik so‘zidan; uchinchi qarashga ko‘ra esa lotincha gallica – gall poyabzali so‘zidan kelib chiqqan.
O‘rganishlarimga ko‘ra, kalishlarning o‘lkamizdagi tarixi 100–150 yilni tashkil etadi. U Turkistonda XX asr boshlarida ommalasha boshlagan. Boshida uni xalq, ayniqsa, kosiblar yaxshi kutib olmagan. Kalish sovet davrida rus madaniyati belgisi sifatida targ‘ib ham qilingan.
Xo‘sh, kalish bizniki emas ekan, oldin ota-bobolarimiz kalish o‘rnida nima kiyishgan? Javob oddiy – kavush kiyishgan. Bugun kavush kiyish yoshi kattalar orasida yana ommalashib boryapti. Uni mahsi bilan ham, mahsisiz ham kiysa bo‘ladi.
Kamzul – el kezgan so‘z Kamzul so‘zi o‘zbekchada ust kiyimni anglatadi. Ilgari erkaklar kiyadigan yengi uzun libos va ayollar kiyadigan jelatkaga o‘xshash kalta, odatda yengsiz, yoqasiz ust kiyim shu nom bilan atalgan:
Cholning egnida kirlanib, moylanib yiltillagan qora kamzul. Oybek, “Tanlangan asarlar”.
Uzun paxtali kamzul kiyib, boshlariga katta ro‘molni beo‘xshov bog‘lab olgan ayollar bizni kutib olishdi. “Saodat”.
Kamzul o‘zimizning so‘zimizday tuyuladi-yu, lekin aslida ildizi qadimgi german tillariga borib taqaladi. Lotinchadan italyanchaga o‘tgan. So‘ng fransuz yoki nemis tili orqali ruschaga o‘zlashgan. Katta ehtimol bilan, o‘zbekchaga ruschadan kirib kelgan. Tizzagacha uzunlikdagi yengsiz erkaklar kiyimi franuz tilida camisole deyiladi. Bu so‘z nemis, latish, ukrain, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird kabi tillarda turli tovush o‘zgarishlari bilan qo‘llanadi.
Qaysar – aslida kishi nomiBa’zan kishilarning nomi so‘zlarga aylanib ketadi. Qaysar so‘zi ham shunday. Rim imperatori Gay Yuliy Sezar nomidan – Caesar so‘zidan hosil bo‘lgan. Hukmdor nomi lotin tiliga turdosh ot sifatida o‘tgan. Undan arab tiliga o‘zlashgan va podshoh ma’nosida qo‘llangan. O‘zbek tilida ham Rum podshosi; podsho, hoqon ma’nolarida ishlatiladi. Biroq uning tutgan yerini kesadigan, o‘jar, asov kabi ma’nolari mashhurroq:
Tura qoling, endi juda payti, odam bunchalik qaysar bo‘lmaydi. Uzr so‘rang, uzr. N. Safarov, “Vodillik qahramon”.
Lekin faktlar qaysar narsa, uni xaspo‘shlab bo‘lmaydi. A. Eshonov, H. Umarov, “Odamlarni o‘ylab”.
Qandil: shamdan chiroqqaBu so‘zning ildizi lotincha candela – shamga borib taqaladi. U yunon tiliga kandela shaklida o‘tgan va sham, shamchiroqni anglatgan. Arabchaga qandil shaklida o‘zlashgach, chiroq, chilchiroq, lyustra mazmuniga ega bo‘lgan.
Qandil o‘zbekchada bir necha sham yoki lampochka qo‘yiladigan oyoqli yoki osma chiroqni bildiradi:
Katta dolon, har bir uyda qiy-chuv, yerda chiroq, qandillar osig‘liq. J. Sharipov, “Xorazm”.
Ba’zi Yevropa tillarida bu so‘z turli tovush o‘zgarishlari bilan uchraydi. Masalan, inglizchada candle so‘zi shamni anglatadi.
Nomus – qonunga bog‘liqNomus so‘zi aslan o‘zbekcha emasligini etimologiya mutaxassisi bilmasa, oddiy odam tasavvur qilishi amrimahol. Bu so‘z yunoncha nomos – qonun so‘zidan hosil bo‘lgan. U arab tiliga o‘tgach, qonun; vijdon, diyonat; obro‘-e’tibor; iffat, bokiralik kabi ma’nolar kasb etgan. Taxminimcha, qonun-qoidalarga bo‘ysunuvchi, birovga zarar yetkazmaydigan, obro‘sini saqlaydigan, tartibli kishilar nomusli hisoblangan va ular uchun qonun ma’nosidagi so‘z tanlab olingan.
Nomus o‘zbek tilida oriyat, diyonat, uyat-andisha kabi ma’nolarda qo‘llanadi:
Nodon bilan yurma, nomusingni bukma. Maqol.
Nomus! Nomus er kishini o‘ldiradi-ya! Shuhrat, “Shinelli yillar”.
Obuna – yozilish, imzo chekishIdeal holatda til chetdan olinayotgan so‘zni o‘ziga moslaydi. Shu sababli ko‘pincha bunday so‘zlar tilga singib ketadi. Obuna ham xuddi shunday so‘zlardan. Uning asli fransuzcha abonner – imzo chekmoq, imzolamoq; yozilmoq so‘ziga borib taqaladi. O‘zbek tiliga o‘zlashgan abonement va abonent so‘zlari obuna bilan o‘zakdosh. Biroq ular tilga moslashmagan va yevropacha qiyofasini saqlab qolgan.
Obuna o‘zbek tilida gazeta, jurnal va shu kabilarga oldindan haq to‘lab yozilishni anglatadi:
Bu yil yana “Hidoyat” jurnaliga obuna bo‘ldim.
Sandiq – sandiq to‘la tarixSandiq so‘zi o‘zbekchaga arab tilidan o‘zlashgan. Arab tiliga esa yunon tilidan o‘tgan. Yunoncha syndokeion so‘zi yog‘och qutini anglatadi. O‘rta asrlarda bunday yog‘och qutilar yaxlit g‘o‘ladan, katta hajmli yog‘ochdan o‘yib ishlangan. U stol, stul, karavot vazifalarini bajargan, ichida turli ro‘zg‘or buyumlari, kitoblar va qurollar saqlangan. Qirollar bir qasrdan boshqasiga ko‘chganda xazina temir qoplamali sandiqlarda tashilgan.
Kelinlar qadimda seplarini kuyovnikiga sandiqda olib borgan. Bu odat bugungacha saqlanib kelyapti.
Sandiq so‘zi turkiy tillarda turli talaffuz variantlarida uchraydi. Bu so‘z turkiy tillardan rus va ukrain tillariga sunduk shaklida o‘tgan.
Hozirgi o‘zbek tilida sandiq turli buyumlarni, bisotlarni solib qo‘yishga mo‘ljallangan, ochilib-yopiladigan qopqoqli, qulf-kalitli, yashik shaklidagi uy-ro‘zg‘or buyumini bildiradi:
Men keltirgan atlasni Yorim soldi sandiqqa. “Qo‘shiqlar”.
Kitob javonlari O’zbekiston bo’yicha
Kitob javonlari O’zbekiston bo’yicha – Glotr.uzdagi eng yaxshi takliflar
Internetdagi savdo maydonchamizda siz O’zbekiston bo’yicha taklif qilingan Kitob javonlari kategoriyasidagi mahsulotlarni tez, oson va qulay sotib olishingiz mumkin. Saytda xarid qilish uchun maqbul shartlarga ega eng yaxshi takliflar mavjud. O’zbekiston bo’yicha Kitob javonlari kategoriyasidagi mahsulotlarini sotadigan kompaniyalar arzon narxlar, tezkor yetkazib berish va xaridorga foydali bo’lgan boshqa imkoniyatlarni taklif qiladi.
Bu yerda siz O’zbekiston bo’yichagi Kitob javonlari uchun eng maqbul narxni topasiz, bu sizning xarajatlaringizni iloji boricha kamaytiradi. Bundan tashqari, izohlarning mavjudligi va fotosurat bilan O’zbekiston bo’yichagi kategoriya qisqacha tavsifi sizga taklif qilinayotgan mahsulot haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.
Glotr.uz onlayn-savdo markazi O’zbekiston bo’yichagi Kitob javonlari kategoriyasidan biron narsani sotmoqchi bo’lganlar uchun qulay va foydalidir. Loyiha har bir biznes vakiliga maqsadli auditoriyani kafolatlangan ishtirokisiz bepul o’z sahifalarini yaratishga imkon beradi. Bu erda siz fotosurat qo’yishingiz va O’zbekiston bo’yicha Kitob javonlari seriyasidagi mahsulotlar narxlarini ko’rsatishingiz, shuningdek boshqa sotuvchilarning o’xshash takliflari to’g’risida ma’lumot olishingiz mumkin.
Glotr.uz yordamida O’zbekiston bo’yicha Kitob javonlari kategoriyasidan mahsulotlarni sotish va sotib olguncha siz juda qulay va foydali imkoniyatga ega bo’lasiz.!
Kitob javoni rus tilida
FARZAND MEHR BILAN ULG’AYADI.
✍ Esan Gul.
Jajji qizcha esini taniganidan buyon cheksiz mehrni tuygan, onasining ,,sen qormalikasidan ham chiroylisan” degan soʻzlarini qalbiga jo qilgan va bunga ishongandi. Qiz onasining yagona nuridiydasi edi.
Ammo, boshlangʻich maktabga chiqishi bilan hamma narsa oʻzgardi. Sinfdoshlari qizchaning hecham chiroyli emasligi, xatto, tasqara ekanligini aytishdi. Jajji qizcha dastlab ularning gaplariga ishonmadi.
Oradan yillar oʻtdi. Qizcha hayot haqiqatiga duch keldi. Onasi oppoq qorga oʻxshatgan yuz, xunuk ochilgan gul yaprogʻiga oʻxshardi, bodomqovoqlar oʻrnida, gʻilay koʻzlar qarab turar edi.
Oʻqidi: Sanjar Sa’dullayev.
Telegram manzil:
AUDIO KITOB JAVONI
08 марта 2023 07:24
ONA.
✍ Muqaddamxon Saidrasulova
AUDIO KITOB JAVONI
05 марта 2023 04:32
⭐️ Barcha ijtimoiy tarmoqlarga nakrutka xizmati.
Bot yordamida kanalingizga obunachilar, koʻrishlar soni va reaksiyalar hattoki so’rovnoma uchun ovozlar va izohlardan tortib Likelarni ham koʻpaytirishingiz mumkin.
❤️ Bot yordamida ovoz yigʻish kerak boʻlgan oʻyinlarda doim gʻalabaga erishadiz.
✅ Tezkor toʻlovlar click va Payme, Qiwi toʻlov tizimi orqali hisobingizni soniyalar ichida toʻldirib olishingiz va hattoki rossiya kartalaridan ham toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Oʻzbekistondagi eng ishonchli va tezkor nakrutka xizmatlaridan foydalaning.
Oʻzbek obunachilari qoʻshish, koʻrishlar va hattoki soʻrovnomalarga oʻzbek ovozlarini koʻpaytirish xizmatlari ham mavjud.
Hozirda butun Oʻzbekistondagi eng arzon narxda ishlamoqda.
AUDIO KITOB JAVONI
01 марта 2023 13:00
QOR QOʻYNIDA LOLA (hikoya).
✍ Choʻlpon.
Oʻqidi: Muqaddam Joʻrayeva.
AUDIO KITOB JAVONI
26 февраля 2023 07:25
Assalomu alaykum! Hurmatli obunachilar! Ko’zi ojizlar uchun: talablarga binoan, ilk bor, “Online Türk tili kursi tashkil etilmoqda. Türk tilini o’rganishni istaganlar kurs haqida batafsil ma’lumotni @turk_dili_kursu dan olishlari mumkin.
AUDIO KITOB JAVONI
24 февраля 2023 21:02
Qahramon marash
Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzilalar oqibatida halok boʻlganlar ruhiga bagʻishlanadi
Muallif: Yoʻldosh Eshbek.
Oʻqidi: ToshDO’TAU dotsenti Abdumurod Tilavov
AUDIO KITOB JAVONI
14 февраля 2023 07:50
#OʻTMISHNING_OLTIN_FONDIDAN
BOBUR LIRIKASI (adabiy-musiqiy eshittirish).
Ushbu dastur oʻtgan asrning 70-yillarida tayyorlangan.
AUDIO KITOB JAVONI
04 февраля 2023 15:40
DOSHOKIL (hikoya).
✍ Sodiq Hidoyat.
Oʻqidi: Fatxulla Ma’sudov.
#mavzudan_holi
Hozirda bir katta loyiha ustida ishlayapmiz. Natijada kanalga koʻp eʼtibor qarata olmayapmiz. In sha’a Alloh, bu loyiha koʻpchilik insonlarga manfaatli boʻlajak (ayniqsa,imkoniyati cheklangan birodarlarimiz uchun).
Shu sababli kanal faoliyatidagi toʻxtalishlar uchun bizni ma’zur tutishingizdan va duolaringizda,boshlagan loyihamizni yorugʻ yuzda bitirishimizni soʻrab oʻtishingizdan umidvormiz.
AUDIO KITOB JAVONI
03 февраля 2023 14:49
: Abdulhamid Cho’lpon
©: O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innavatsiyalar Vazirligi huzuridagi O’quvchi va Talaba yoshlarning Ma’naviy yuksalishiga ko’maklashish markazi
AUDIO KITOB JAVONI
03 февраля 2023 14:49
: Abdulla Qodiriy
©: O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innavatsiyalar Vazirligi huzuridagi O’quvchi va Talaba yoshlarning Ma’naviy yuksalishiga ko’maklashish markazi
AUDIO KITOB JAVONI
03 февраля 2023 14:49
: Abdurauf Fitrat
©: O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innavatsiyalar Vazirligi huzuridagi O’quvchi va Talaba yoshlarning Ma’naviy yuksalishiga ko’maklashish markazi
AUDIO KITOB JAVONI
03 февраля 2023 14:49
Umuman, Biz Jadidchilik harakati va Ma’rifatparvar bobolarimiz me’rosini chuqur o’rganishimiz kerak. Bu Ma’naviy xazinani qancha ko’p o’rgansak, Bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko’p savollarga to’g’ri javob topamiz! Bu bebaxo boylikni qancha faol targ’ib etsak, Xalqimiz, ayniqsa Yoshlarimiz Bugungi Tinch va Erkin hayotning qadrini anglab yetadi.
✍: Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezedenti
#Audiokitob:
©: O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innavatsiyalar Vazirligi huzuridagi O’quvchi va Talaba Yoshlarning Ma’naviy yuksalishiga ko’maklashish markazi