Press "Enter" to skip to content

Sana: 20-mavzu: Kitob ma’rifat chirog’i

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.

Bayroq – milliy g‘urur va iftixorimiz timsoli

Tarixdan ma’lumki, Vatan ramzlari doimo ulug‘ va muqaddas sanalgan. Bayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulug‘ maqsad yo‘lida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida e’zozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan.

Buyuk o‘tmish, shonli tarixga ega xalqimizning davlat barpo etish g‘oyasi, umuminsoniy qadriyatlapga sodiqligi, eng avvalo, o‘zining davlat ramzlarida aks etgan. O‘z ramzlariga ega bo‘lgan davlat o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi.

Biz uchun mustaqillikning muqaddas ramzi – davlatimiz bayrog‘i doimo azizdir. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solar ekanmiz, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpiraganda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhiy quvvatni, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini his etamiz.

Mustaqilligimiz timsoli bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Ayniqsa, milliy bayrog‘imizning davlat idoralari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, xorijdagi elchixona va vakolatxonalarimiz binosida hilpirab turishi, turli bayram va tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini o‘zida namoyon etishi barchamizga iftixor baxsh etib, qalblarimizni yayratadi.

Yurtdoshlarimiz jahon maydonida ulkan g‘alabalarga erishgan chog‘ bayrog‘imizni ko‘klarga ko‘targanda, davlat gerbini o‘pib, peshonamizga to‘tiyo etganimizda, davlatimiz madhiyasi yangraganda beixtiyor qalblarimiz jumbushga kelib, ko‘zlarimizda sevinch yoshlari qalqiydi. Albatta, jasur Vatan o‘g‘lonlari yuksak g‘alabalar nashidasini nishonlashda davlat ramzlariga faxr bilan qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib ta’zim qiladilar. Biz uchun bayroq ozodlik timsoli, milliy iftixor ramzidir. Davlatimiz bayrog‘ini beixtiyor Vatan suratlariga qiyoslasak bo‘ladi. O‘zbekiston quyoshli o‘lka, buyuk tarix, ma’naviyat va madaniyat yaratgan zamindir.

Bugun Yangi O‘zbekiston dunyo sahniga kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakat sifatida jadal odimlamoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng ko‘lamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – Yangi O‘zbekiston davrini boshlab berdi” (Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbayi, taraqqiyot va farovonlik asosi. Prezident Shavkat Mirziyo y evning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi). Zero, bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan yangilanish va islohotlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini tobora mustahkamlashga zamin yaratmoqda.

Bugun Yangi O‘zbekistonni porlayotgan quyoshga qiyoslasak, undan taralayotgan ilm-u ziyo nuri ko‘hna zaminga merosdir. Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning irodasini toblab, elni ezgulik, ulug‘ va buyuk maqsadlar sari birlashtirib xalqimizga ruhiy quvvat beradi. Milliy bayrog‘imiz juda chiroyli, unda ulug‘vorlik, ezgulik, tariximiz aks etadi.

Tarixda n ma’lum – tug‘ini jonidan ortiq asragan To‘maris, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi o‘nlab sarkardalar hayoti bugun bizga katta ibrat. Zero, Jaloliddin Manguberdi qo‘lida baland ko‘tarilgan bayroq tarix sahifalarini bezaydi, Shayx Najmiddin Kubroning vatanparvarlik jasorati ila ozodlik uchun “Yo vatan, yo sharofatli o‘lim” deya so‘zlagan otashin da’vati qalblarni jumbushga keltiradi. Amir Temur zakovati va sarkardalik mahorati uyg‘unlashgan bayroqda ulug‘ vatanparvarlik mujassam. Shonli tariximizning zalvorli sahifalarida hamon Amir Temurning buyuk qahramonligi xalqimizni vatanparvarlikka, qahramonlikka undaydi.

Buyuk sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulug‘ saltanat dovrug‘i dunyoda doston bo‘ldi. Bu davr davlatchiligimiz tarixiga zarhal harflar bilan muhrlandi. Temur saltanatida bayroq esa tom ma’noda mamlakat ramzi, ulug‘vorlik timsoliga aylandi. Jangchilarga jangovar ruh bag‘ishlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish, irodasini chiniqtirish maqsadida jang maydonlari uzra baland hilpirab turgan. Shu tariqa Temur saltanatida bayroq davlatning mustahkam va qudratli ramzi ekanligini ifoda etgan.

Amir Temur davlatida davlat bayrog‘i adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi sifatida e’zozlangan. Jang-u jadallarda yuksak mardlik va jasorat belgisi sifatida eng kuchli, jasur, botir va bahodirlarga hadya qilingan. So h ibqiron davlatida davlat tug‘i adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Temur saltanatida jang-u jadallarda yuksak mardlik va jasorat belgisi sifatida bayroq eng ishonchli jasur jangchilar tomonidan qo‘riqlandi. Amir Temur zamonida bayroqni past tutish yoki sarbozning qo‘lidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bunga Amir Temur alohida e’tibor qaratgan. Bayroqning pasaytirilishi mag‘lubiyat va ortga chekinish ishorasi bo‘lgan. “Temur tuzuklari”da qayd etilishicha, dushman ustidan jasorat va mardlik ko‘rsatib, g‘alaba qozongan martabali amirlar va sipohiylarga davlat timsollari – tug‘ va nog‘ora tuhfa etilgan.

Aslida Vatan bayrog‘ini ko‘zga surtish, uni to‘tiyo qilish, yurtni sevish, uning uchun jonini fido qilish – muqaddas burchdir. Zero, mardlik va buyuklik martabasi aks etgan bayrog‘imizga nigoh tashlar ekanmiz, beixtiyor u har bir vatandoshimiz qalbini g‘ururga to‘ldiradi. Shu bois, davlat ramzi sifatida bayroq buyuk kelajak va yorug‘ istiqbolni mujda qilayotgandek zalvorli hilpiraydi. Shuni alohida g‘urur va iftixor bilan aytishimiz mumkin, jonajon O‘zbekistonimiz bayrog‘i dunyodagi eng chiroyli va ko‘rkam bayroqlardan biridir.

Xorijda bo‘lganimizda hilpirab turgan bayrog‘imizga cheksiz g‘urur bilan nigoh tashlar ekanmiz, yuragimizda faxr tuyg‘usi uyg‘onib, ruhiyatimiz ko‘tariladi. Bayrog‘imiz timsolida dunyoning har qaysi nuqtasida ham O‘zbekiston degan himoyachimiz, suyanchig‘imiz borligini his etamiz.

Ayniqsa, mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kunni bayram sifatida nishonlash nafaqat mamlakatimizda o‘zgacha g‘urur va iftixor bilan, balki xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan ham keng nishonlanib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirligiga rasmiy tashrifi sharafiga hamda 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati – “Burj Halifa” (balandligi 828 metr)da O‘zbekiston bayrog‘i timsolining namish etilishi vatandoshlarimizga cheksiz hayajon va g‘urur bag‘ishlagani bejiz emas, albatta.

Davlat ramzlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tibor kuchayayotgani, ularning huquqiy asosini, ma’naviy ildizlarini keng jamoatchilikka targ‘ib etish bugungi kun talabiga aylanmoqda.

Agar tarixga nazar tashlasak, bayroq – insoniyat tarixini o‘zida aks ettiradigan beqiyos timsoldir. Chunonchi, dastlabki bayroqlar olis o‘tmish qa’rida, eramizdan avvalgi III-II ming yillikda paydo bo‘lib, ular qabilalarni bir-biridan farqlab ko‘rsatuvchi belgi sifatida qo‘llanilgan. Keyinchalik ular hukmdorlar, lashkarboshilarning hukmronligini bildiradigan ramzga aylangan.

Hozirgi vaqtda esa bayroqlar davlat mustaqilligining asosiy ramzi sanalib, unda mamlakatning milliy m i ntaliteti va tarixi aks etadi. Bayroq qadim-qadimdan har bir xalq, millat uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asragan. Bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i sarhadimizda qadimdan mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni hamda vatanimizning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bayrog‘imizda yaxshilik, shon-shuhrat, sadoqat, poklik, xalqning tarixi va navqironligi aks etgan.

Hozirgi tinch va osoyishta davrda davlatimiz bayrog‘i mustaqillik va milliylikni o‘zida aks ettirib vatanimiz hududlarida viqor bilan hilpirab turishi har birimizga quvonch va faxr baxshida etadi. Albatta, mana shunday shirin lahzalar har bir v atandoshimizda yurtga bo‘lgan cheksiz mehr va sadoqatning yorqin namunasini namoyon etadi. Zero, davlat ramzlari ona Vatan kabi aziz va muqaddas bo‘lib unda xalq tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topadi. Xulosa qilib aytganda, davlatimiz bayrog‘i xalqimiz or-nomusini uyg‘otuvchi beqiyos kuch sifatida ozodlik, vatanni sevishga da’vat etib, milliy g‘urur, fidoyilik va vatanparvarlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mansur MUSA Y EV,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar

instituti bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlari

bo‘yicha falsafa doktori

Xudoynazar QO‘C H QOROV,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

h uzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar

instituti mas’ul xodimi

Sana: 20-mavzu: Kitob ma’rifat chirog’i

Mashg’ulotning maqsadi:Asarlar va asarlarni tanlash haqida keng ko’lamli ma’lumotlar berish.

Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.

II. Asosiy qism. O ’quvchilar biz sizlar bilan o’tga yillarda o’qigan bir asarni yodimizga olaylik. Bu — fransuz adibi Ekzyuperining «Kichik shahzoda» qissasi. Agar hayotga solishtirsak, bu qissadagi aksariyat voqealaming bolishi umuman mumkin emas. Axir har bir odamning bittadan alohida planetada yashashini yoki ilonning odam bilan donishmandlardek suhbatlashishini tasavvur qilib bo’ladimi? Agar san’at asariga yuzaki yondoshilsa, bu singari savollami ko’plab keltirish, yozuvchi — san’atkorni airmachilikda ayblash ham mumkin. Aksincha, agar asar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlansa, qahramonlar mulohazalariga e’tibor berilsa. har bir personaj, tasvirlangan voqea ramziy xarakterda ekani hisobga olinsa, qissaning sir-u sinoati ko’z oldingizda ochila boshlaydi. Mo’jazgina bir qissada olam va odam to’g’risidagi haqiqatlar naqadar chuqur ifoda etilgani ma’lum bo’ladi.. . Xuddi shunday gapni eramizdan avval bitilgan Sofoklning «Shoh Edip» fojiasi-yu zamondosh shoirimiz Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni to’g’risida ham aytish mumkin. Demak, inson o’qiyotgan asarini tushunishni. his qilishni istasa, avvalo, o’z didi, ong-u shuurini tarbiyalamog’i talab etilar ekan. San’atni tushunish, his etish esa odamning har tomonlama yuksalishi, ma’naviy boyishiga sabab bo’ladi. Agar sakson-to’qson yoshli buvi-buvalaringizga quloq tutsangiz, ular tirikchilik juda qiyin bo’lgan paytlari ham, hatto urush yillarida ham kechqurunlari qo’ni-qo’shnilar bir xonadonga yig’ilishib, qora chiroq yorug’ida xalq dostonlarini, qadimgi qissalarni, Mashrab va Navoiy kitoblarini o’qiganlarini eslab berishadi. O’ylab ko’ring: san’atga, adabiyotga bu qadar tashnalikning siri nimada? Nega odamlar qorni ochligi, usti yupunligini unutib, san’at dunyosiga sayohatga,kitob o’qishga chiqishgan?Gap shundaki, chinakam insonlar hayotni faqat yeb-ichish. o’yin- kulgi bilan o’tkazishni o’zlari uchun or deb biladilar. Chunki inson, birinchi navbatda, ma’naviy boy bo’lishga harakat qilmog’i, jisminigina emas, ruhini ham doimiy oziqlantirmog’i talab qilinadi. O’tmishda ibratli iz qoldirgan jamiki tarixiy shaxslar avvalo ruhiy-ma’naviy jihatdan qudratli bo’lgani bilan boshqalardan ajralib turganlar. Sen ham jisman balog’at yoshiga qadam qo’ygan ekansan, endi ruhan ham balog’atga yetishmoqni jiddiy o’ylashing kerak bo’ladi. Buning uchun esa oltindan qimmat vaqtn’ bekorga sovurmaslik, navqiron umringning har bir daqiqasini mazmun va mohiyat bilan to’ldirishga harakat qilishing lozim. Agar inson ma’naviy kamolotini qurilishl : lozim bo’lgan binoga qiyoslasak, har kuni unga kamida bir «g’isht qo’yish» talab qilinadi. U esa turli shaklda mutolaa qilingan qiziqarli kitob, tomosha qilingan spektakl yoki film, borib ko’rilgan muzey, ko’rgazma shaklida bo’lishi mumkin. Agar o’zingda qaysidir san’at yo’nalishiga ichki rag’bat sezib, biror asar yaratish bilan mashg’ul bo’lsang, undan-da quvonarli. Bu jarayonda eng qalbingdan atrofga ko’z ilg’amas nur taraladi desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. Zero, tafakkur dunyodagi jamiki nur manbaidan qudratliroqdir. Badiiy tafakkur quvvat esa undan-da kuchlidir”. Asarlar- uni yaratgan xalq ma’naviy-ruhiy qiyofasining ko’zgusi hisoblanadi. Yodingda bo’lsa, sohibqiron bobomiz Amir Temur o’zi tavallud topgan yurt — Kesh (Shahrisabz)ga qurdirgan Oqsaroy devorlariga: «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo’lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» — deb yozdirib qo’ygandi. O’ylab ko’raylik: nima uchun buyuk sarkarda o’zining kuch-u qudratini lak-lak qo’shin, behisob qurol-yarog’ bilan emas, xalq qurgan binolar bilan o’lchashga da’vat qilyapti? Gap shundaki, mamlakat va millat salohiyati aslo uning harbiy qudrati, millionlab askarga ega bo’lishi bilan belgilanmaydi. Yuzaki qaraganda. Cliingizxon yoki Gitler armiyasi chakana kuchga qudratga ega edimi? Xo’sh, ulardan nima qoldi? Vayron qilingan, kultepaga aylantirilgan shahar va qishloqlar, millionlab begunoh insonlarning murdalarimi? Ular barpo qilgan saltanatlar insoniyat taraqqiyotini bir joyda to’xtatish, hatto ortga tortishdan boshqa nimaga yaradi? Bu «janongir»lar minglab qatlgoh, yuzlab kontslagerlar qurgani, millionlab inson bolasini tiriklayin o’tga otganini jahon ahli biladi. Lekin ular odamzodning baxt-u saodati, ertangi kuni, ma’naviyati va ma’rifati uchun xizmat qiladigan biror narsa qoldirdilarmi.

Topshiriq: Har kim o’zi o’qigan asarlar ro’yxatini tuzsin. Shu asarlardan eng yaxshisini tanlasin,shuning mazmuni haqida qisqa aytib, shu kitobdan qandau ma’naviy ozuqa olganligini so’zlab bersin

Kitob ma’rifat chirog’i haqida malumot

Jaholat va johillikning davosi – bir qancha bo’lib, ulardan eng asosiysi – kitob o’qishdir. Darhaqiqat, kitob o’qish qalb chigalliklarini yozadi, ko’ngilga huzur bag’ishlaydi, jaholatga barham beradi, turli-tuman vasvasalarni kishi ongidan quvib chiqaradi. Kitob – hayotning qorong’u yo’llarini yoritib boruvchi chiroqdir! Ko’p kitob o’qiydigan inson hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishadi. Dunyoda ham, oxiratda ham insonga ilmdan ko’ra ko’proq foyda keltiradigan narsa yo’q! Shuningdek, jaholatdan ko’ra zararliroq narsa ham yo’q!

Mashhur sahoba hazrati Ali karramallohu vajhahu shunday deganlar:

ya’ni: “Insonlarning eng qadri ozi – ilmi ozidir”.

Ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Insonlar ilm orqali Parvardigorlarini taniydilar. Dunyo va oxiratlarini ilm bilan obod qiladilar.

Ma’lumki, dinimiz – ilm va ma’rifat dini. Ilm talab qilishni fazilati haqida ko’plab oyat va hadislar mavjud.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:

«Ilm izlash – har bir musulmonga farzdir» (Imom Ibn Moja rivoyati).

Bu hadisi sharifni puxta o’rgangan ulamolarimiz undan quyidagilarni chiqarganlar:

Ilm ikki qismga bo’linadi: Farzi a’yn va farzi kifoya.

Farzi ayn. Har bir balog’at yoshiga yetib, aqli raso bo’lgan inson qaysi soha yoki kasb sohibi bo’lsa ham, o’z sohasining ilmini puxta o’rganishi farzi ayndir. Shuningdek, har bir musulmon kishi zimmasiga farz bo’lgan ibodatlarni shariatga muvofiq darajada bajarishi uchun zarur bo’ladigan ilmlarni o’rganishi ham farzi ayn bo’ladi. Masalan, namoz ibodati ichida farz, vojib, sunnat, mustahab, harom va makruh amallari bor. Mana shu amallarni bir-biridan ajrata oladigan kishi namozni to’g’ri ado qiladi. Aks holda namoz o’qish asnosida kamchilikka yo’l qo’yishi mumkin.

Shuningdek, masalan, kishi savdogar bo’lsa, unga qachon oldi-sottisi shariatga muvofiq bo’ladi va qachon muvofiq bo’lmaydi kabi savdo-sotiqqa tegishli ilmlarni bilishi farz bo’ladi. Agar kishi zimmasidagi farzi ayn bo’lgan ilmlarni o’rganmasa bajarayotgan ishi yoki ado etayotgan ibodati to’g’ri bo’lmay, xatoga yo’l qo’yadi. Natijada gunohkor bo’ladi.

Farzi kifoya. Musulmonlar jamiyatining ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ilm – farzi kifoyadir. Musulmonlarning bir qismi uni o’rganishi bilan boshqalarning zimmasidan soqit bo’ladi. Agar hyech kim o’rganmasa, hamma birdek gunohkor bo’ladi.

Ulamolarning fikrlaricha, jamiyatda qaysi sohaga ehtiyoj sezilsa, o’sha sohaga bo’lgan ehtiyojni qondiradigan darajada ilmlarni o’rganish farzi kifoya hisoblanadi. Agar jamiyatda bir sohada yoki biror fan bo’yicha mutaxassis olim yetishmasa va bunga harakat qilinmasa, shu jamiyat odamlarining barchasi gunohkor bo’ladilar. Sababi – har bir sohada mutaxassislar bo’lishi shart.

Kishi jaholatdan qutilish maqsadida ilm talab qilishi uchun albatta yosh bo’lishi shart emas, balki qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar, ilmli bo’lishga harakat qilish kerak.

Ilmsizlik va jaholat – jamiyatimizning eng katta dushmani, ayni paytda jamiyat uchun – katta ofatdir. Islom dini ilm-marifatga targ’ib etib, olamni nurga to’ldirishidan oldingi davrni bejizga johiliyat davri deb atalmagan. Yillab davom etadigan urushlar, qon to’kishlar, boy-badavlat kishilar tomonidan faqiru muhtojlarning mudom ezilishi, sudxo’rlik, zinokorlik, haromxo’rlikning avjiga chiqishi, budparastlik, otashparastlikning muqaddaslashtirilishi ayni johiliyat davrining eng ko’zga ko’ringan jihatlari edi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana shunday hayot kechirayotgan kishilarni ilmu ma’rifat bilan bir ota-onadan tug’ilgan birodarlardek ahil va inoq kishilarga aylanishlariga sabab bo’ldilar. Natijada, ilm-fan va madaniyatda butun dunyoga o’rnak va ustoz bo’ladigan avlodlar yetishib chiqdi. Xususan, Movarounnahrdan yetishib chiqqan ilm-fanning barcha sohasida peshqadam bo’lgan ulug’ allomalar hozirgi zamon avlodlari bo’lmish – bizlarning faxru iftixorimiz sanaladilar.

Ming afsuslar bo’lsinki, hozirgi kunimizda ham ilm-marifatni qo’yib, jaholat yo’lini tutgan kimsalar ham yo’q emas. Ma’rifat dini bo’lmish Islom dinidan g’arazli maqsadlar yo’lida foydalanayotgan kuchlar ilmsiz yoshlarni yo’ldan urib, jaholat girdobiga tortayotgani sir emas. Minglab yoshlar turli oqimlarning ta’siriga tushib, ana shunday jaholat qurboniga aylangani ham barchaga ma’lum. Shuning uchun yoshlarni ilm olishga undash, kitob o’qishga targ’ib etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo’lib qolmoqda.

A. Orifxo’jayev,

“Muborak” jome masjidi noib imomi.