Press "Enter" to skip to content

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT TUSHUNCHASI, ULARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI VA JAMIYATDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Butun dunyo qalqonlari, qosh-qarog`i

Kitob ma’rifat chirog’i konspekt

Sherday na`ra tortgan ammo kerak chog`i

Ma`rifatli mard insonlar kerak bizga.

Ko`ngilda pok niyat bo`lsa nur bulog`i,

Jaholatga qarshi chiqqan har bir oni,

Butun dunyo qalqonlari, qosh-qarog`i

Ma`rifatga to`la zotlar kerak bizga.

(Muhammad Yusuf)

Kurrai Zamin yaralib, mo`jizalar ila inson zoti paydo bo`libdi-ki, u hamisha intilishlar, yangilanishlar, yorqin va oydin hayot, tinchlik va baxt sari intilib yashaydi, ibtidodan go`zal intixo sari kurashib, tirmashib intilaveradi. Yuksak cho`qqilarni ko`zlayveradi.

Inson zoti yaralibdiki, hali hanuzgacha har taraflama yuksalish va komil inson bo`lish ilinjida yashayveradi va buning uchun tinmay izlanishlar qiladi. Bunga yaqqol dalil sifatida ibtidoiy odamlarning hayot uchun kurashishda jamoalarga birlashishi, mehnatga moslashib mehnat qurollari, ovchilik, uy-ro`zg`or buyumlarini yaratishi, kiyimlar yaratishi, g`orarda yashashga moslashishi hayot uchun kurashning eng qadimgi ilk belgilari sifatida ko`rishimiz mumkin. Muloqotni, so`zlarni o`rganishi , imo-ishoralarni tushungani ham ularning hayot uchun kurashishlarida yetakchi o`rin bo`lib hisoblanadi.

Inson miyasi asta-sekin rivojlanib borishi doirasida ularning miyasida yozuv, bilim olish, bilim kabi narsalarning ham rivojlanib borishi kuzatilgan. Ularning ilk yozuvlari sifatida qoyatosh va g`orlardagi turli rasmlarni misol qilishimiz mumkin. Bular insoniyatda paydo bo`lgan ma`rifatning ilk nishonalari edi desak adashmaymiz. Odamlar rivojlana borishi bilan ma`rifat va madaniyat tushunchalari ham chambarchas holda asta-sekin kengayib bordi. Har bitta soha kengayib inson tamadduni rivojiga keng miqyosda hissa qo`sha bordi.

Insonda ma`rifat ona qornidaligidayoq rivojlanib boshlaydi. Demoqchimanki, agar ona qornidaligidayoq bolaga mehr, e`tibor berilsa, u tug`ilgandan voyaga yetgunga qadar go`zal xulq-atvor, odob va bilim egasi qilib tarbiyalansa bunday insonda hech qachon jaholat nishonasi uchramaydi. Bunday insonlar o`z mehr- oqibati, iymon-e`tiqodi va ezgu amallari ila atrofdagi shaxslarga ziyo va ma`rifat nurini taratadilar. Atrofdagilarni ma`rifatli bo`lishga yetaklamoq uchun bor kuch g`ayratlarini qaratadilar.

Ma`rifat yillar davomida tarbiyalanib boradi va inson qalbiga singib boradi. Inson ma`rifatning oltin mevasi bo`lgan kitoblardan ziyo nurini oladi. Inson qancha ko`p bilim olsa, bilim olish uchun tirishsa, demakki bilingki, bu insonda MA`RIFAT NIHOLLARi bo`y ch`ozmoqda. Bunday insonlarga e`tibor berilsa, qo`llab-quvvatlansa, albatta nihollar ko`kka yuksalib bo`y cho`zaveradi.

Bunday nihollarning ko`kka intilishlariga qarshilik tug`diradigan shunday bir kuch borki, u qalbingizdagi quyosh nurlarini tuman bo`lib to`sib qo`yishga urinadi. Shu o`rinda jaholat tushunchasiga keladigan bo`lsak, Jaholat –bu juda ham qora so`z bo`lib, inson qalbini bulg`ovchi tuyg`u bo`lib hisoblanadi. Jaholat va johillik hech qachon o`z- o`zidan paydo bo`lmaydi. Ya`ni insonga nafrat, unga ezgu amallarni tilamaslik hech qachon o`z- o`zidan paydo bo`lmaydi. Nimadir bunga motiv bo`ladi-ki, inson qalbida qandaydir kuchli qo`rquvmi, yoki kuchli nafrat tugunimi paydo bo`ladiki inson ma`rifati va aql-u zakovati ojizlik yoki zaiflik qilib bu qo`rquv yoki nafratni yenga olmaydi. Natijada esa jaholat insonni asta-sekin o`z domiga tortib ketaveradi, o`zining zulmat, qo`rqinch va alamga to`la yutib yuboruvchi yo`laklari sari yetaklayveradi. Inson ruhan kuchi, ma`nan kuchli yetuk bo`lsa bu jaholat domi zulmatini o`z ziyosi ila yengib chiqa oladi.

Qadimdan ota-bobolarimiz jaholat va zulmga qarshi kurshib kelgan va bunday hollarda jaholat tubiga sari cho`kmasliklari uchun yoshlarni har taraflama yetuk va kuchli qilib tarbiyalashga, keng hayotiy tajribaga ega shaxslar qilib yetishirishga harakat qilganlar ularga dunyoviy, diniy va jismoniy taraflama turli bilimlar berib borganlar, ularni hunarli qilib tarbiyalaganlar. Natijada esa jaholatga qarshi kurashgan va bu borada katta odimlar ila odimlagan buyuk shaxslar yetishib chiqqan. Dunyo yuzining turli joylarida turli davrlarida rivojlanish va uyg`onish davri yuzaga kelgan. Ya`ni turli xil bilim darajasiga ega bo`lgan zamon shaxslari yaratgan olamshumul yangiliklar ug`onish va rivojlanish jarayonini paydo qilgan. Nisbatan olib qaraydigan bo`lsak hozirgi O`rta Osiyo hududlarida IX-X asrlar uyg`onish davri bo`lib hisoblanadi. Bu sohalarda tibbiyot, algebra, astronomiya , geografiya va shu kabi ko`plab sohalarda olamshumul yangiliklar paydo bo`ldi. Ibn Sino , Xorazmiy, Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Kamoliddin Behzod kabi ko’plab, buyuk shaxslar ma`rifat yo’lida mardonovor kurashganlar. Har birlari har xil sohalarda buyuk muvaffaqiyat cho`qqisiga erishganlar, masjid va madrasalarda o`zlari kabi buyuk shaxslarni tarbiyalashga intilganlar. Bu esa jaholatni tarqatib, yo`q qilib yuborguvchi yorug` bir kuch timsolidir.

Barcha zamonlarda jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashib kelganlar. Bugungi davrlardan ancha oldin ham jaholatga qarshi kurashda buyuk bobolarimiz o`zlarining jadidchlik harakati bilan hm ro`baro’ kelganlar. Ular jaholat dunyoni egallamasligi uchun shirin jonlaridan kechib, xalq dushmani degan nom olishg ham tayyor bo`lib, umrlaridan kechib kurashganlar. O`sha davrlarda xalqqa ma`rifat nurini singdirib, ularni ozodlik, xurlik, ma`rifatlilik sari yetaklagan ko`plab komil shaxslar “xalq dushmani ” deb e`lon qilinib, ayovsizlarcha qurbon qilingan. Ammom shunga qaramasdan ozodlik, xurlik, ma`rifat kurashchilari o`z harakatlarini kurashlarini davom ettirgan, jaholat zulmiga qarshi ma`rifat nuri bilan borganlar.

Ma`rifat nurining kuchi ko`plab qurbonlaridan keyin va nihoyat jaholat zulmati ustidan g`alaba qozonadi. Ammo inson zoti bor ekan ular hamisha kurashda bo`ladi : jaholat va ma`rifat.

Zeroki biz jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashar ekanmiz, ma`rifatimizni yuksaltirishimiz uchun ko`plab kitoblar o`qishimiz, dunyoviy va yetarli darajada diniy bilimlarga ega bo`lishimiz lozim. Chunki bunday shaxslar qalbida zulmga o`rin bo`maydi. Dinning maqsadini bilgan, uni tushungan inson hech qachon qalbida biovga qarshi yomon niyat-u amal bu yoqda tursin, yomon o`ylar, yomon so`zlar ham hech qachon o`ylamaydi. Zulm, qahr va adovat bo`lmagan joyda esa jaholat urug`lari zinhor va zinhor unmaydi. Go`yoki urug` tuproq va suvsiz unib chiqa olmas ekan jaholat ham xuddi shunday, zulm va adovatsiz, qaxrsiz quruq toshga aylanadi. Shunday ekan bunday tosharga aslo suv va tuproq, havo berib uni qahr urug`iga aylantirmasligimiz lozim.

Butun dunyoning tiragi, millatlar kelajagi bo`lgan yoshlar, keling qo`lni qo`lga beraylik, jipslashaylik, birlashaylik, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashib, ma`rifat olovini manguga yoqaylik. Zero nuri ila butun olamni nurafshon aylasin.

Qo`lni- qo`lga berib olamni qutqaraylik, qalblarimiz birga ekan, Ma`rifat nuri aslo so`nmaydi!

Shoira Musayeva,

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti informatika o`qitish metodikadi ta`lim yo`nalishi 1-b kurs talabasi.

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT TUSHUNCHASI, ULARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI VA JAMIYATDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madumarov Talantbek Tolibjonovich, G’Ulomova Diyora Axlidin Qizi, Karimov Ozodbek

Xozirgi rivojlanib borayotgan zamonda xar bir millatning o’z tarixi va ma’naviyati bor va mana shu muqaddas narsalarni ular asrab avaylaydi va e’zozlaydi.Bizning o’zbek millati o’zining boy ta’rixi va yuksak ma’naviyatiga ega.Bizning yurtda ma’rifat deya jon kuydirgan insonlar xalqni savodli bo’lishi uchun ko’p xarakat qilgan buyuk shaxslar bor.Biroz xozirgi kunda aynan mana shu insonlar va tushunchalar o’z ahamiyatini yo’qotmoqda vaholanki tarixi yo’q inson xuddi jasad kabidir.Quyidagi maqolada siz aynan mana shu tushunchalar bo’yicha ma’lumotga ega bo’lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Madumarov Talantbek Tolibjonovich, G’Ulomova Diyora Axlidin Qizi, Karimov Ozodbek

YOSHLAR TA’LIM TARBIYASI VA ODOB AXLOQI HAQIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARI
Din,madaniyat,an’analar, insoniyat va diniy bag’rikenglik va ularning o’zaro bog’liqligi.
ABDULLA AVLONIYNING ILK MAKTAB DARSLIKLARIDA PEDAGOGIK QARASHLAR
O’SIB KELAYOTGAN YOSH AVLODNI TARBIYALASHDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM-TARBIYAGA OID MA’NAVIY VA AXLOQIY QARASHLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT TUSHUNCHASI, ULARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI VA JAMIYATDA TUTGAN O’RNI»

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT TUSHUNCHASI, ULARNING O’ZARO BOG’LIQLIGI VA JAMIYATDA TUTGAN O’RNI

Madumarov Talantbek Tolibjonovich

Andijon Davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani, Yuridik fanlari

G’ulomova Diyora Axlidin qizi

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi

Anotatsiya: Xozirgi rivojlanib borayotgan zamonda xar bir millatning o’z tarixi va ma’naviyati bor va mana shu muqaddas narsalarni ular asrab avaylaydi va e’zozlaydi.Bizning o’zbek millati o’zining boy ta’rixi va yuksak ma’naviyatiga ega.Bizning yurtda ma’rifat deya jon kuydirgan insonlar xalqni savodli bo’lishi uchun ko’p xarakat qilgan buyuk shaxslar bor.Biroz xozirgi kunda aynan mana shu insonlar va tushunchalar o’z ahamiyatini yo’qotmoqda vaholanki tarixi yo’q inson xuddi jasad kabidir.Quyidagi maqolada siz aynan mana shu tushunchalar bo’yicha ma’lumotga ega bo’lasiz.

Kalit so’zlar:Ma’rifat,jamiyat,inson,tarbiya,xalq,ruhiyat. tarix,kamolot.

“Jamiyat taraqqiyotining asosi,uni muqarrar xalokatdan qutqara oladigan yagona kuch-ma’rifatdir” I.A.Karimov

Ma’naviyat, ma’naviylik va ma’rifat, ma’rifatlilikning o’zaro munosabati va nisbati masalasini to’g’ri aniqlab olish ma’naviyat barkamol, komil insonlarni tarbiyalashda, jamiyat ma’naviy – ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga egadir.

Har qanday jamiyatning o’ziga xos ma’naviy ehtiyojlari mavjud bo’lib, ular orasida bilimga bo’lgan ehtiyoj etakchi o’rinni egallaydi. CHunki jismoniy va ma’naviy sog’lom odam tinmay bilim olishga intiladi.

Ma’naviyat har doim ma’rifat bilan ya’ni bilim bilan uyg’un holda rivojlanib boradi. Har ikkalasining uyg’unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma’naviy barkamol, iymon-

e’tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo’lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid Muhammad G’azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar «Ilm bo’lgach, amalga hojat yo’q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o’zi bilan kifoyalanib, shariatni inkor etuvchilar e’tiqodi bo’lib, ular uchun ilm hosil bo’lsa-yu, amal bo’lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo’qligini bilishmaydi. Holbuki o’qib o’rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir». Insoning bilim va ilmni egallab kundalik amaliy faoliyatda ularga amal qilishi insof, iymon, vijdon, ixlos kabi ko’plab ma’naviy fazilatlarning yanada mustahkamlanishga olib keladi.

“Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish,qalban ulg’ayishga chorlaydigan,odamning ichki dunyosi,irodasini baquvvat,iymon-e’tiqodini butun qiladigan,vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch,uning barcha qarashlarining mezonidir” I.A.Karimov.

Ma’naviyati va ma’rifati yuksak kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, o’zgalarga himmat – muruvvat ko’rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko’mak berish va to’g’ri yo’l ko’rsatishni o’zlari uchun baxt deb biladi. YUksak ma’naviyat va marifat sohibi bo’lgan kishilar boshiga mushkul ish, qayg’u tushgan kishining mushkilini oson qiladi, qayg’usiga sherik bo’ladi, dardiga malham bo’ladi, hojatini chiqaradi, etim-esirlarni parvarish qiladi. Bunday fazilat egasi bo’lgan kishilarda milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’usi, oriyat kuchli bo’ladi. Ular o’z millati, el-ulusi manfaati sharafini himoya qilishni o’zi uchun shon-sharaf deb biladi, Vatan mustaqilligiga havf tug’ilsa, uning himoyasi yo’lida mol – dunyosini, jonini ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko’rsatadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib faqat ma’rifatli kishilargina yuksak ma’naviyat sohibi bo’lar ekan degan xulosaga kelish ham unchalik to’g’ri emas. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, ma’naviyatli odamlarning hammasi ham doimo ma’rifatli bo’lavermaganlar. SHu bilan birga ilmli, ma’rifatli kishilarning ham hammasi yuksak ma’naviyatli bo’lmaganligini ko’rishimiz mumkin. SHunday kishilarga qarata xalqimiz haqli ravishda o’zida chuqur ma’no-mazmunni ifoda etgan «Olim bo’libti-yu ammo odam bo’lmabdi», – degan hikmatli iborani ishlatib kelgan. Boshqacha aytganda insonlar borki, olim emas. Olim bo’lmasa bo’lmas, ammo ma’naviyati yuksak. Olimlar borki ular inson zotiga loyiq emas. Bunisi og’ir. Ulardan elga, yurtga foyda yo’q.

Xalqimiz topib aytganidek, sholi kurmaksiz bo’lmaydi. Bu ibora hayotda kamdan kam uchraydigan ma’naviyati sayoz ayrim ilm ahllariga nisbatangina ishlatib kelingan. Bunday insonlarga nisbatan kishilar nafrat bilan qaragan. Aksincha, ma’naviyat va ma’rifatni o’zida uyg’un mujassam etgan ilm ahllaridan ibrat olganlar, o’z farzandlarini shunday insonlar bo’lib kamol topishini orzu qilganlar. Yuqoridagi ibora bilan birga xalqimiz «Olim bo’lma odam bo’l» iborasini ham ishlatib kelgan. Bunday holat ma’naviyat va ma’rifat bir-birini inkor etadi degani emas. Aksincha, ma’naviyat va ma’rifat o’zaro hamohang, bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan, bir-birini ta’qazo etuvchi, inson va jamiyatni kamolotga eltuvchi omildir.

Prezidentimiz aytganidek, biz tariximizning qaysi bir davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.81

Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan, ma’naviy barkamol, komil zotlar o’zlarida ma’navyat va ma’rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalar bo’lganlar.

Ular ma’naviyat va ma’rifat chiroqlarini mash’ala singari yoqqanlar Ma’naviyat va ma’rifat xalqimizning, millatimizning, Vatanimizning porloq kelajagi uchun suv va havodek zarur. Ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro birligi, uyg’unligi, ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlarimizni birga olib borish taraqqiyotimiz taqazosi. Ularni bir-biridan ajralgan holda, boshqa-boshqa olib borib bo’lmaydi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “. farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish-ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi . Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi”, chunki ” inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi.”

Ularning chinakkam uyg’unligini ta’minlash orqaligina komil insonni tarbiyalab voyaga etkazish va Vatanimizning mustaqilligini va yuksak taraqqiyotini ta’minlash mumkin bo’ladi. Yoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyalarini egallash

qobiliyati ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur yuritishi bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’naviyatli va ma’rifatli yoshlarimizning ikki qanoti bo’ladi.

Prezidentimiz bu boradagi vazifalarni ta’kidlab shunday degan: “bugungi murakkab va shiddatli zamonda o’z o’rnini topishga intiladigan har qanday xalq va millat umumbashariy taraqqiyot yutuqlarini har tomonlama chuqur va puxta egallashi shart. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiy o’tgan asrning boshidayoq “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur”, degan haqqoniy fikrlar bilan Turkiston ahlining ongu shuurini uyg’otishga da’vat etgani bejiz emas. Bu so’zlarning qanchalik haqiqat ekanini bugungi yuksak tafakkur va texnologiyalar zamoni ham isbotlanmoqda”84.

Haqiqatan ham Islom Karimov aytganidek, agarki hozirgi vaqtda dunyoviy ilm-fan va texnologiyalarni chuqur o’zlashtirmasak, faqat tariximiz, olis ajdodlarimizning kashfiyotlari bilan maqtanib, ularga mahliyo bo’lib yashaydigan bo’lsak, ana shu noyob merosni asrab-avaylab, yanada boyitib, unga o’z munosib hissamizni qo’shmasak, zamon bilan hamqadam, hamnafas bo’lib yurmasak, xalqimiz, mamlakatimizning jahon maydonida munosib o’rin egallashi qiyin bo’ladi.

Ma’naviyat va ma’rifat, uni egallash masalasiga yondashuvga hadislarda aytilgan “Bu dunyoni deb u dunyoni, oxiratni deb bu dunyoni unitmang” degan mazmundagi naqlini hech qachon esdan chiqarmasligimiz zarur. CHunki tarix va hayot tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar, ilm-ma’rifat doimo bir-birini to’ldirib, boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma’naviy kamolot cho’qqilariga erishganligidan dalolat beradi.85

Ma’naviy va ma’rifiy qashshoqlik bilan hech bir millat, u yashayotgan mamlakat hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy taraqqiyotning yuksak cho’qqilariga erisha olmaydi.

Ma’naviyat va ma’rifat. XX asr boshlarida taniqli rus sharqshunosi Oldenburg Evropaning ma’naviyat sohasida shu kungacha qo’lga kiritgan yutuqlari o’tmishda SHarq ma’naviyati ko’tarilgan kamolot cho’qqilariga nisbatan go’dak bolaning “chug’ur-chug’uri” darajasidadir, degan edi. Nega endi? Mening nazarimda, bu xulosa SHarqda ko’p asrlik

ma’naviy takomil jarayonida ongli ravishda ishlab chiqilgan mukammal ma’rifat yo’llari, ma’naviy tarbiya vosita va usullaridan hayrat zaminida shakllangan bo’lishi kerakl

Ma’rifat – bilim va ilm, uni egallash ma’nosida u yoki bu insoning tabiat, jamiyat, inson mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik darajasi va unga aloqadr bo’lgan jihatlarni aks ettiruvchi tushunchadir.

Ma’rifatni kishilar ongiga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Maorif ma’rifatni xalq orasida yoyish quroli va vositasidir. U o’z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari kabi o’quv yurtlarini qamrab oladi. Ma’rifatni talaba yoshlar o’rtasida yoyishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy o’quv yurtlari ham muhim o’rin tutadi.

Ma’rifat qaramlik, qo’rquv va hadikni bartaraf qiladi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat ato etadi. Bizning o’lkamiz xalqlari azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagan. SHuning uchun ham bu o’lkadan umuminsoniyat ilm rivojiga ulkan hissa qo’shgan mutafakkirlar, ilmu ulamolar etishib chiqqan. Ular Farg’oniy, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Ulug’bek, Buxoriy, Termiziy, Marg’iloniy, Motrudiy, Zamaxshariy va boshqalar nafaqat ilm cho’qqilarini egallabgina qolmay, uni – ya’ni ma’rifatni keng targ’ib etganlar, o’rgatganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.

Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat, Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, xalqni milliy zulm va ma’rifiy qoloqlikdan xalos etishning yagona yo’li ma’rifatda deb bildilar.

Ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy inson ma’naviy yuksalishida bilim va ilmning ahamiyati ustida to’xtab shunday yozgan edi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki ilm bizga o’z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko’rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkur qilur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur»

Ingiliz faylasufi F.Bekon ta’kidlashicha «Bilim kuch, kuch esa bilimdadir», Rudakiy esa «Bilim – barcha kulfatlarga qalqon» deb bilimning inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini izohlaydi. Prezidentimiz Islom Karimov «Kuch – bilim va tafakkurda»degan konseptual g’oyani ilgari surib, bilimning inson ma’naviyatini butun qiladigan, har qanday

qiyinchiliklarni engib o’tishda, yovuz va begona g’oyalarga qarshi kurashda unga madad beradigan kuch ekanligini ta’kidlaydi.

Prezidentimiz buyuk ajdodlarimizning ta’lim va tarbiyaning o’zaro uyg’unligi haqidagi qarashlarini umumlashtirib: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir,”3 – deb ta’kidlagan edi.

Inson shaxsini shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo’ladi. U ta’lim berish jarayonini, barcha ma’rifiy tadbirlar majmuasini o’z ichiga oladi. Har qanday ta’lim tarbiya bilan uyg’unlashgandagina etuk ma’naviyatga, ma’naviy barkamol, komil insonni voyaga etkazishga zamin bo’ladi.

Shuni aytish mumkinki,xarqanday mamlakat o’zining ma’naviyatiga ega mana shu ma’naviyautini yuksaklarga ko’taradi.Shunday ekan bizning yurtimizda ham Maktabgacha ta’lim muassasidanoq bolalarni ma’naviyat ruhida tarbiyalash kerak albatta bu bilan cheklanish ham xato,negaki bizning bu ma’naviyatimiz bir necha yillar oldinga borib taqaladi,demak oilalarga ham e’tiborni qaratmoq maqsadga muvofiqdir.Ma’rifatni kuchaytirishimiz uchun ko’proq ilm olish kerak,kitob o’qigan insonlar albatta ma’rifatlidirlar.

1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat”, 2008-y

2. I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz,kelajak yo’q”

Kitob ma’rifat chirog’i konspekt

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Chirog‘i porlagan uy

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob:

Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26

Qog’ozli kitob
Сотувчи – KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26, +998 90 976-99-88

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

«. бу сўзларда ҳақиқатни кўраман – улар ҳақиқий, бир умрлик, шундай севги борлиги ҳақида. Уни топиш учун ҳеч ёққа бориш шарт эмас, калитни қулфга тиқиб бураш: қаттиқ-қаттиқ қучиш, янги кунда учратганларингга қувониш ва сокинлик топа билиш етарли. Бамисоли июль денгизи бўйида юмуқ кўзлар ва очиқ юрак билан ўтиргандек. Сен ўзингни учратганинг ва таниганингда – у билан севимли қўшиқларингни куйлайдиган ва қанчалаб финжон қаҳва ичишадиган ўз одамингни учратган ва таниган бўласан».

Биз билган ҳаёт қанчалар гўзал ва нақадар ширин. Аммо унинг ҳеч ким билмайдиган дарду армонлари, ўйланмаган бахту иқболлари бор. Ҳар бир қалбнинг ўзгача идроки, тафаккур қаноти бўлганидек, албатта, меҳру муҳаббати ҳамда иймон-эътиқоди ҳам мавжуддир. Инсон умрини бахт машъали маёқ бўлиб безар экан, унинг ҳаёти уйни ёритган чироқ каби ёруғ бўлаверади.

Ушбу роман ҳақиқий, баркамол севгининг борлиги ва севилиб яшаш – чинакам бахт эканлигини тараннум этади. Азиз ўқувчи! Мазкур асар орқали севги билан сирлашиб, бахт билан дўстлашиб қоласиз, деган умиддамиз.