IT (AT) haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
Bazaviy tarif stavkasi miqdori (so‘m)
3-4 kurs talabalari maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin. Oylik maosh qancha?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7 2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Lavozim nomi
Bazaviy tarif stavkasi miqdori (so‘m)
o‘rta maxsus (kasb-hunar) ma’lumotli
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari metodistlari, inspektor-metodistlari
Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining metodistlari
Til o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, psixologlar, oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvisi (3-banddagidan tashqari)
Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi (oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilaridan tashqari)
Musiqa xodimi, xoreograf, barcha ixtisosliklar yo‘riqchilari
Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar nopedagogik ma’lumotli va umumiy o‘rta ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi
Lavozim nomi
Bazaviy tarif stavkalari miqdorlari (so‘m)
IT (AT) haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
Hozirgi kunda, juda ko‘p joylarda «IT» so‘zini uchratishimiz mumkin, xo‘sh bu so‘z o‘zi nima?
IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz.
Navbatdagi savol, «Information Technology» nima degani?
Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasidir. Hozirgu kunda hisoblash texnikasi vazifasini kompyuter bajarmoqda, shunday ekan IT so‘zi ishlatilganda asosan kompyuter texnologiyasi tushuniladi.
IT so‘zini ishlatganda bir narsaga e’tibor bering, hech qachon «IT texnologiyalari» deb gapirmang, sababi, agar bu gapingizni to‘liq to‘g‘ri yozadigan bo‘lsak »Information Technology» texnologiyalari, yoki o‘zbekchaga o‘girsak «Axborot texnologiyalari texnologiyalari» ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, bu sal g‘alati bo‘lsa kerak.
Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib oldik, xo‘sh xayotda bu so‘z bilan nimalarni bog‘lashimiz mumkin?
— Muloqot paytida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat,…);
— axborot olish chog‘ida (xabarlar, ob-havo ma’lumotlari,…);
— axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, video, yozuv,…);
— o‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo‘llanmalar,…);
— dam olishda (kinolar, musiqalar, o‘yinlar,…).
Demak, hayotimiz shu so‘z bilan chambarchas bog‘liq ekan. Qanday ish qilishimizdan qat’iy nazar, hattoki dam olayotganimizda ham IT hizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil telefonimiz ham IT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlar saqlaymiz.
Ish jarayonimiz kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, har bir korxonada alohida IT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi bo‘lmagan korxonalarda ham. Demak, bu sohaga qiziqish va talab katta.