Mutolaa madaniyati intellektual salohiyatni belgilab beradi
Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, yaqin vaqt ichida saytimizda ko‘plab maqolalar va infografikalar berib borilayotganidan sizning xabaringiz bor, albatta. Kechagina qo‘limga POL BREGG — «Ochlik mo‘jizasi» kitobi tushib qoldi. Anchagina qismini o‘qib chiqdim. Juda foydali kitob ekan. Shu sababdan men uni yozib, saytda chop etishni rejalashtirayotgan edim. «Bu ishni mendan avval hech kim qilmabdimi?»- deya Google’ga yuzlandim. Va bu savobli ishni Ziyouz.uz saytining mutaxassislari bajarishgan ekan. Bu savobli ish uchun Islom.uz mutasaddilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, siz aziz foydalanuvchilarga shu kitobning bo‘limlarini saytimizda chop etamiz!
Saytimizda yangi kitob mutolaasi
Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, yaqin vaqt ichida saytimizda ko‘plab maqolalar va infografikalar berib borilayotganidan sizning xabaringiz bor, albatta. Kechagina qo‘limga POL BREGG — «Ochlik mo‘jizasi» kitobi tushib qoldi. Anchagina qismini o‘qib chiqdim. Juda foydali kitob ekan. Shu sababdan men uni yozib, saytda chop etishni rejalashtirayotgan edim. «Bu ishni mendan avval hech kim qilmabdimi?»- deya Google’ga yuzlandim. Va bu savobli ishni Ziyouz.uz saytining mutaxassislari bajarishgan ekan. Bu savobli ish uchun Islom.uz mutasaddilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, siz aziz foydalanuvchilarga shu kitobning bo‘limlarini saytimizda chop etamiz!
POL BREGGning quyidagi «Ochlik mo‘jizasi» kitobi siz uchun foydali bo‘ladi, deya umid qilamiz.
Ushbu maqola qanchalik foydali?
Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!
O’rtacha baho 4 / 5. Baholar soni: 1
Maqolaga hech kim baho qo’ymagan. Birinchi bo’lib siz baholang!
Mutolaa madaniyati intellektual salohiyatni belgilab beradi
Barkamol avlodni voyaga yetkazishda kitobning tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. Binobarin, aynan mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ma’naviy olamini boyitadi. Yaxshi kitob eng murakkab savollarga javob topishda beminnat dastyordir.
“NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda odamlar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko‘rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o‘tkazadi, 6,5 soatni esa mutolaaga ajratadi. 2016 yilda haftasiga eng ko‘p kitob o‘qiydigan mamlakatlar ro‘yxatida Hindiston — 10,7, Tailand — 9,4, Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1, Shvetsiya — 6,9, Fransiya — 6,9 va Vengriya — 6,8 soat bilan yuqori o‘rinlarni egalladi.
Noshirlik faoliyati rivojlanib, kitob mutolaasi yanada ommalashib borayotgani muloqotning audio, video vositalari, radio, televideniye, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari hayotimizdan chuqur o‘rin egallashi bilan odamlarda kitob o‘qishga qiziqish yo‘qoladi, degan fikr xato ekanligini ko‘rsatmoqda. Shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining yangi turlari paydo bo‘lishi natijasida kitobxonlik birmuncha pasaygan bo‘lsa-da, matbuot odamlarda kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Qator agentliklarning jahonda kitobga bo‘lgan talabni o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi 30 yilda bir nomdagi kitob mahsulotlarini chiqarish uch baravar, adadi bo‘yicha 4 baravar ko‘paydi. Bugungi kunda dunyoda har yili qariyb bir million nomda kitoblar chop etiladi. Masalan, AQShda kishi boshiga 10 ta, Rossiyada 9,5 ta, Fransiyada 5 ta, Xitoyda 3,5 ta kitob bosilmoqda.
Mamlakatimizda noshirlik ishining zamonaviy huquqiy asoslari yaratilgan. O‘tgan davr mobaynida 10 dan ortiq qonunlar, 30 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 1 ming 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olindi. Ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan esa kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning birinchi kitoblarini ko‘p ming nusxada nashr etmoqda.
Bugungi kunda jamiyatda kitobning ma’naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan intellektual meros sifatida mavqei hamda ahamiyatini saqlash va hatto tiklashga ehtiyoj sezilayapti. Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini saralash, tarjima qilish ishlarini puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etish lozim. Bundan tashqari, yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish kerak.
Mutolaaga qiziqish susayishi, o‘z navbatida, aholi savodxonligi darajasi pasayishi jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi uchun katta tahdidlardan sanaladi. Shuning uchun ham ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bu salbiy holatning oldini olishga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Umummilliy kompleks dasturlar ishlab chiqilayotir. Ularda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari, kutubxonalar, ta’lim muassasalari, ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlik sub’yektlari, sohadagi fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish ko‘zda tutiladi. Bunda kitobxonlikning qadri va ahamiyati haqida ijtimoiy ongni shakllantirish, aholi turli qatlami o‘rtasida mutolaa madaniyatini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, noshirlik faoliyatini takomillashtirish, jamiyatning intellektual, ma’naviy va madaniy ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan kitob bozorini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo tajribasiga ko‘ra, bunday maqsadli dasturlar hamda konsepsiyalar qabul qilinishi ijobiy natija beradi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada yuzaga kelgan muammolarni kompleks hal qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Hozirgi kunda maxsus ishchi guruh Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu jarayonda kitobxonlikni ommalashtirish, unga bolalar va yoshlarni kitobga oshno qilish, respublikamiz kutubxonalarida mutolaani rag‘batlantirish, kitobxonlik va kitob savdosini rivojlantirish, soha uchun kadrlar tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, kitob o‘qish holatini monitoring qilish bo‘yicha chora-tadbirlarga alohida urg‘u berilmoqda.
Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida keng aholi qatlamini kitob mutolaasiga jalb qilish va ularni kitob bilan ta’minlash bo‘yicha ommaviy tadbirlar, xayriya aksiyalarini tashkil etish, ijtimoiy reklamalardan unumli foydalanish, o‘zbek hamda jahon adabiyotining, taniqli mualliflarning mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ‘ib qilish, ushbu sohada jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ko‘ngillilar (volontyorlik) harakatini rivojlantirish, kitobxonlik muammosining keng jamoatchilik muhokamasini, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar hamda internet imkoniyatlaridan keng foydalangan holda tashkil etish bo‘yicha aniq ishlar olib borilishi ko‘zda tutilayotir.
Shuni qayd etish kerakki, bolalarni kitobga oshno qilish, ularni o‘qishga muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘smirlar va yoshlar ongiga kitob mutolaasi o‘z maqsadiga erishish hamda jamiyatga ijtimoiy moslashishda ta’sirchan va nufuzli vosita ekanligini singdirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan sanaladi. Shularni hisobga olgan holda, dasturga bolalar hamda o‘smirlar uchun kitob nashr qilinishi, shu jumladan, maxsus elektron kitoblar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash, bolalar va maktab kutubxonalari fondlarini modernizatsiyalash hamda yanada yaxshilash, bolalar va o‘smirlarning kutubxonalar, maktabdan tashqari hamda yozgi mutolaalarini rag‘batlantirish, oilaviy kitobxonlik an’analarini tiklash va ommalashtirish, bolalar hamda o‘smirlar adabiyotining eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilish, o‘z ona tilida kitob o‘qishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kiritilmoqda.
Kutubxonalar yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kitob fondini yanada yaxshilash hisobiga modernizatsiya qilinadi. Uzoq aholi punktlarida yashaydigan hamda kutubxonalarga borish imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma kutubxona xizmatini rivojlantirish, kutubxonalararo abonoment va hujjatlarni elektron yetkazib berishni, kutubxona resurslaridan masofaviy foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ushbu ziyo maskanlarida individual, guruh hamda ommaviy kitobxonlikni tizimli ravishda tashkil qilishni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini tarbiyalash, yuksak badiiy asarlarga oshno tutintirish, mamlakatimizdagi kutubxonalar imijini yaxshilash bo‘yicha aniq mexanizmlar taklif etilayapti.
Sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini hamda mutolaa infratuzilmasini rivojlantirish, kitob madaniyati tarixi va zamonaviy tendensiyalari haqida fundamental, amaliy tadqiqotlar olib borish, aholi turli qatlami, ayniqsa, kitob mutolaasidan birmuncha yiroq bo‘lganlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish strategiyasi hamda taktikasini ishlab chiqish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Bu chora-tadbirlar, avvalo, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga, kutubxonalarni yanada yangilashga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiy asarlar sonini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, kitob mahsulotlari tarqalishi hamda yetkazib berilishi tizimini rivojlantirishga qaratilgandir.
Jamiyatda kitobxonlikning o‘sishi, avvalo, shaxsning ma’naviy va axloqiy yuksalishi omilidir. Bu esa xalqimizning intellektual salohiyati o‘sishiga, inson resurslari sifati oshishiga, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda innovatsion taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Abdulaziz ABDULLAYeV,
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari
va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish jamoat fondi direktori.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyatining koʻzgusi
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabr kunidagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 781-son Qarorida belgilab berilgan vazifalar oʻzining dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Malaka oshirish instituti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish, yangi kitoblar taqdimotini oʻtkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Jumladan, Institutning kirish qismida joylashgan “Info-kiosk”ga Malaka oshirish institutining tarixi, “Vatanparvarlik burchagi”, ichki ishlar organlari xodimlari oʻqishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarning elektron shaklli hamda buyuk siymolarimiz Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbekning hayoti va ijodiga bagʻishlangan slaydlar, prezentatsiyalar, kitob taqdimotlari va muntazam ravishda kunlik yangiliklar, institutda oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.
Institutda “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” shiori ostida turli tadbirlarni oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Aytish joizki, ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir institutimiz xodimlari va tinglovchilarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar oʻrtasidagi muloqotni yaxshilash, kitobga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplashda oʻz samaralarini bermoqda.
Kuni kecha buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan “Zamonamiz ardoqlaydi, buyuklarni” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar.
Maʼruzachi Toshkent Moliya instituti oʻzbek va rus tillar kafedrasi dotsenti Shaxnoza Mahkamova Alisher Navoiy va Boburning shoir shaxsi va ijodi bilan bogʻliq maʼlumotlarni ishtirokchilarga eʼtiboriga havola etar ekan, Navoiyning ijodini oʻrganish va ilmiy tahlili boʻyicha soʻnggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib borayotganligini, bugungi kunda ham uning ijodiy merosi koʻpgina olimlarimizni ilhomlantirib kelayotganligini, maʼnaviyatimiz asoslarini esa buyuk bobomizning bebaho merosidan ayro tasavvur etib boʻlmasligini aytib oʻtdi. Tadbirda Tinglovchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlariga mansub ruboiy va gʻazallari oʻqib eshittirildi.
Shu bilan birga Ichki ishlar organlari safdor, serjant, ofitser va rahbar xodimlarining huquqiy ong va tafakkurini charxlash, maʼnaviy olamini boyitish, ezgulikni targʻib etishda Institut Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Axborot-resurs markazida 20000 ga yaqin adabiyotlar mavjud. Shundan 7076 ta ijtimoiy-siyosiy, 6436 ta huquqiy, 3687 ta badiiy, tillar boʻycha 581 ta, tarixiy 238 ta, 422 boshqa yoʻnalishdagi adabiyotlar, shuningdek huquqiy normativ huquqiy hujjatlar, avtoreferatlar bor.
Shuningdek, 30 yaqin davriy nashrlarga obuna ishlari tashkillashtirilib, xodimlar va tinglovchilar foydalanib kelmoqdalar.
Axborot-resurs markazining “Elektron kutubxona”si zamon talablari asosida zamonaviy kompyuterlar, mebel jihozlari hamda kerakli anjomlar bilan jihozlangan. “Elektron kutubxona” fondiga Institut kafedra va sikllari tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv jarayonida foydalaniladigan oʻquv metodik qoʻllanmalar, oʻquv dasturlar, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda “Masofadan oʻqitish usullari” boʻyicha olingan videodarslar joylashtirilgan.
Shu bilan birga Axborot-resurs markazining barcha “Elektron kutubxona”larida xodimlar oʻqishi uchun tavsiya qilingan 39 ta adabiyotning elektron hamda audio kitoblari, Prezident asarlarining elektron kitoblari, maʼnaviyat va maʼrifiy islohotlarga oid qarorlar va qonunlar, maʼnaviyat va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarga taalluqli boʻlgan oʻquv materiallari va slaydlar, kodekslar, oʻquv, siyosiy-huquqiy, oʻzbek adabiyoti, jahon adabiyoti, chet tillardagi jami 32 turdagi 1500 ga yaqin elektron adabiyotlar mavjud. Axborot-resurs markazining barcha Elektron kutubxona fondlari muntazam ravishda yangi turdagi elektron hamda audio kitoblar bilan toʻldirilib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tomonidan 2018-2021yillar mobaynida yuridik fanlar yoʻnalishida tasdiqlangan dissertatsiya ilmiy tadqiqot ishlari avtoreferatlarining elektron shakl kutubxona fondiga kiritildi.
Elektron kutubxona Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga uzluksiz ulangan boʻlib, foydalanuvchilar axborot-kutubxona fondiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatlariga egadirlar. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy veb-portali, QR kitoblar elektron bazasi, dissertatsiyalar elektron bazasi, Milliy nashrlarning elektron arxivi, video va audio media portali, Rossiya Davlat kutubxonasining Ilmiy ishlar bazasi, Springer Link – xorijiy davriy nashrlar bazasi PressReader, EBSCO axborotlar bazasi, ProQuest maʼlumotlar bazasi va ELIBRARY ilmiy elektron kutubxonasi materiallaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-280-son qonuni ijrosini taʼminlash boʻyicha “Elektron kutubxona” dasturi modullarini yaratish boʻyicha IIV Malaka oshirish instituti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sikli oʻqituvchisi leytenant O.Boynazarov bilan birgalikda “Elektron kutubxona” dasturini yoʻlga qoʻyish uchun tegishli mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda kitoblar nashri bilan bir qatorda, ularning savdosi va targʻibotiga qaratilgan taʼsirchan amaliy qadamlar ham qoʻyilmoqda. Xususan, Institutda har yangi oʻquv yigʻinida respublikamizning yetakchi nashriyotlari “Oʻzbekiston”, “Adolat”, “Gʻofur Gʻulom” va “Sharq imkon press”, “New law express”, “Yuridik adabiyotlar” MCHJlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda “Kitob yarmarkalari” oʻtkazilib kelinmoqda.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”dir.
Shunday ekan, aziz yurtdoshlar kitob mutolaa qilishdan charchamaylik, oʻz ustimizda muntazam ravishda ishlaylik, kitobga – doʻst boʻlaylik!
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati