Press "Enter" to skip to content

Namanganda “Men kitob o‘qishni sevaman” nomli sayyor aksiyalar boshlandi

Hamma odamlar bo’sh vaqtlarini turlicha o’tkazishadi. Har bir insonning o’ziga xos “giyohvand”ligi bor. Kimdir sportni yaxshi ko’radi, kimdir raqsni, yana kimdir ovqat pishirishga mukkasidan ketadi, men esa o’qishni yaxshi ko’raman. Men yolg’iz va bo’sh vaqtlarimni kitoblar bilan o’tkazishni xush ko’raman.
Kichkinaligimda onam menga turli ertaklar o’qib berardi. Men o’zim bolalar bog’chasiga borganimda o’qishni o’rgandim. Keyin menga hindular, sarguzashtlar va mistik hikoyalar yoqdi. Kitoblar juda ko’p foydali narsalarni o’rgatadi. O’qish bizga fikr uchun ozuqa beradi. Biz aqliy rivojlanmoqdamiz. Kitob olamiga kirib, biz ba’zi qahramonlar haqida tashvishlanamiz, biriga achinamiz, boshqalardan nafratlanamiz. Biz kitoblardan kundalik hayotda qo’llashimiz mumkin bo’lgan dunyo, odamlar, hayvonlar to’g’risidagi yangi ma’lumotlarni o’rganamiz desam mubolag’a bo’lmaydi.
Mening eng sevimli kitobim bu Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» romani. Bu asar XX asrning eng buyuk romanlaridan biri bo’libgina qolmay hozirga qadar kitobsevarlar qo’lidan tushmaydi. «Usta va Margarita» — Mixail Afanasevich Bulgakovning so‘nggi asari. Bulgakov bu romani ustida 1928 yildan ish boshlagan. U umri poyonidagi o‘n ikki yil mobaynida ham o‘zi dunyoga keltirgan sermazmun asarini qo‘ldan qo‘ymaydi.

Andijon davlat tibbiyot instituti

Hamma odamlar bo’sh vaqtlarini turlicha o’tkazishadi. Har bir insonning o’ziga xos “giyohvand”ligi bor. Kimdir sportni yaxshi ko’radi, kimdir raqsni, yana kimdir ovqat pishirishga mukkasidan ketadi, men esa o’qishni yaxshi ko’raman. Men yolg’iz va bo’sh vaqtlarimni kitoblar bilan o’tkazishni xush ko’raman.
Kichkinaligimda onam menga turli ertaklar o’qib berardi. Men o’zim bolalar bog’chasiga borganimda o’qishni o’rgandim. Keyin menga hindular, sarguzashtlar va mistik hikoyalar yoqdi. Kitoblar juda ko’p foydali narsalarni o’rgatadi. O’qish bizga fikr uchun ozuqa beradi. Biz aqliy rivojlanmoqdamiz. Kitob olamiga kirib, biz ba’zi qahramonlar haqida tashvishlanamiz, biriga achinamiz, boshqalardan nafratlanamiz. Biz kitoblardan kundalik hayotda qo’llashimiz mumkin bo’lgan dunyo, odamlar, hayvonlar to’g’risidagi yangi ma’lumotlarni o’rganamiz desam mubolag’a bo’lmaydi.
Mening eng sevimli kitobim bu Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» romani. Bu asar XX asrning eng buyuk romanlaridan biri bo’libgina qolmay hozirga qadar kitobsevarlar qo’lidan tushmaydi. «Usta va Margarita» — Mixail Afanasevich Bulgakovning so‘nggi asari. Bulgakov bu romani ustida 1928 yildan ish boshlagan. U umri poyonidagi o‘n ikki yil mobaynida ham o‘zi dunyoga keltirgan sermazmun asarini qo‘ldan qo‘ymaydi.

O‘limiga bir necha kun qolganida ham, og‘ir xastaligiga qaramay, yozuvchi romani qo‘lyozmasiga tez-tez qaytadi, uning ayrim boblariga sayqal beradi hamda takomilga yetkazishga urinadi.
Bulgakov saxiy iste’dodida, ehtimol yozuvchining butun adabiy faoliyati davomidadir, uch turdagi iqtidor — satirik iqtidori, fantast va o‘ta aniq psixologik tahlilga suyangan realist iqtidori qo‘shnichilik qilib, bir-biridan ustunlikka erishish uchun bahslashib kelgan, desam xato bo‘lmaydi.
«Usta va Margarita» romani bunyod etilishida Bulgakov iste’dodining bu uch turi bab-baravar yoinki deyarli bab-baravar xizmat ko‘rsatdi. Ularning har jihatdan chatishib, yagona daryo oqimiga qo‘shiluvi asarning eng yaxshi sahifalarini tashkil qilgankim, bu ayni vaqtning o‘zida nafaqat romanning, umuman olganda Bulgakov badiiy so‘z san’atining ulkan yutug‘idir.
Romanda shunday sahifalar borki, ularda Bulgakov satirasining, Bulgakov fantastikasining va turgan gapki Bulgakov aniq realistik nasrining cho‘qqisi o‘z ifodasini topgan.
Roman shunday yozilganki, yozuvchi xuddi bu uning oxirgi asari ekanini ilgaritdan sezganday, uning sahifalari orqali o‘quvchilariga o‘z qalbining butun boyliklarini, san’atkor qalamining butun sehrini, satirik ko‘zining butun o‘tkirliklarini xayolotining butun shiddatini hamda psixologik kuzatuvining butun teranliklarini in’om etmoqni istaganini anglash qiyin kechmaydi.
Roman sahifalaridagi bunday saxovat o‘qilish jarayonida xuddi cheksizdek tuyuladi, bir voqeadan ikkinchi bir voqeaga o‘tish yerlari shu darajada ko‘pki, bu ayni hikoya qilish matosidagi chokka o‘xshab ketadi. Romanni takror-takror o‘qib chiqib, uning har bir keyingi son-sanoqsiz o‘tkir burchaklarida seni yangi va yana yangi favqulodda kashfiyotlar kutayotganiga ko‘nikma hosil qilmas ekansan, undagi shiddatkor fantasmagoriyadan klassik jozibadorlikka, tejamkor realistik nasrdan ikkinchi bir notekis nasrga, achchiq satirik groteskdan hech qanday tanaffussiz saxiy va ayni paytda qahrli hajvga o‘ta keskin suratda ko‘chilishi, boshida, albatta, dovdiratib qo‘yadi. Bu kitobda paymonasi to’lganini dildan chuqur anglab yetgan katta salohiyat egasining qazo oldi bisyor donishligi o‘z aksini topganday ko‘rinadi.

«Usta va Margarita» shunday asarlar turiga kiradiki, uni har xil kitobxonlar har xil o‘qiydilar, har xil sevadilar va undan o‘zlari uchun har xil ruhiy oziqa topadilar.
Roman mutolaasidan so‘ng, mening qalbimga va mening qadrli xotiramga Rimning Iudeyadagi prokuratori Pontiy Pilatning bir kuni haqidagi shafqatsiz tarzdagi aniq hikoya hammadan ham chuqur kirib bordi va hammadan ham mo‘l ta’sir o‘tkazdi. Psixologik jihatdan fantastikaning ichidagi bu romandagi roman — ajoyib nasr namunasi — o‘zgarmas haqqoniyligi bilan nogoh Lermontov, Pushkin va Navoiy nasrini eslashga majbur etadi.Turfa xillikka ega bo‘lgan mazkur romanning ana shu qismiga qiziqishimni yashirmagan holda, o‘zimcha shuni ham tasavvur qilamanki, bu kitobning mening qiziqishlarimdan o‘zgacha qiziqishdagi o‘quvchilari xam bo‘lishi mumkin, yanada aniq aytganda, bu kitobni boshqacha qabul qiladigan o‘quvchisi bo’lmasligining o‘zi xam mumkin emas. Qaydam, bu turdagi kitobxonlar uchun fantastika bilan birga Margaritaning ustaga nisbatan o‘ta pokiza, mardlarcha tanho muhabbati voqealarini hikoya qiluvchi sahifalari, hammadan ham ajoyib ko‘rinar. Bunday baxtli va bunday baxtsiz, o‘z baxtliliklarida bu qadar kuchli muhabbat voqeasi shunchalar nozik tasvirlanganki, hatto roman sahifalaridan o‘tayotgan makkor iblis ham bunday muhabbatga na yordam berishga, na to‘sqinlik qilishga ojizdir.

Men hech bir qiyinchiliksiz shunday qiziquvchan o‘quvchilarni ham ko‘rsatishim mumkinki, ular uchun tarixiy va fantastik sahifalar emas, balki satirik Bulgakov tomonidan qabihlik, munofiqlik, qo‘rqoqlik kabi qator illatlarning beshafqat aniq va betakror hajv yo‘li bilan fosh etilishi romanning cho‘qqisi bo‘lib ko‘rinadi.
Bulgakov o‘z romanini oxirigacha yozib tugatib, unga nuqta qo‘ydi. Shu ma’noda «Usta va Margarita» — tugal asar. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimdek, Bulgakov pishiq o‘ylangan hikoyasini nihoyasiga yetkazar ekan, ichdan o‘z ishini hali tugallanmagan deb hisoblagani bois, hayotining so‘nggi kunigacha bu kashfiyotiga qayta-qayta murojaat qilardi.
Bu asar ustidagi o‘n ikki yilga cho‘zilgan ish yana va yana davom etaversa, romanning qanday ko‘rinishga kirishini tasavvur qilishning o‘zi mushkul.

Bu murakkab va ko‘plab odatiy tasavvurdagi asarlar ramkasiga sig‘maydigan kitobning oxirgi varag‘ini yopar ekanlar, uni turli o‘quvchilar turlicha baholaydilar, undan bir narsani olib, ikkinchisini inkor etadilar, uchinchisi bilan esa bahslashadilar, lekin men shunga aminmanki, bu romanga bo‘lgan qarashlarning qandayligidan va hatto u atrofidagi tortishuvlarning baridan qat’iy nazar, Mixail Bulgakovning bu so‘nggi asarini o‘qib chiqqan har bir o‘quvchi o‘rtasida esa bunday mulohazalarning bo‘lishi turgan gap, biz barcha o’quvchilarning o‘y-xayollarini bir tuyg‘u birlashtiradi: Bulgakovning o‘limi bilan dunyo adabiyotidan ajoyib va o‘ziga xos iste’dodlardan biri ketdi, lekin «Usta va Margarita» romani orqali u hali hamon barhayotdek go’yo…

Dostonbek Turg’unboyev

Tibbiy Profilaktika yo’nalishi 3-kurs talabasi

Namanganda “Men kitob o‘qishni sevaman” nomli sayyor aksiyalar boshlandi

“Namangan kitob olami” markazi tashabbusi bilan viloyatda “Men kitob o‘qishni sevaman” shiori ostida sayyor aksiyalar boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Namangan kitob olami”

Viloyat hokimligi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi hamda shahar va tumanlarda kitobxonlik bayrami, uning doirasida kitoblar yarmarkasini o‘tkazish reja-jadvali ishlab chiqildi.

Hozirgacha bunday sayyor aksiyalar Namangan shahridagi 21, 26, 67, 53 va 38-umumta’lim maktablarida o‘tkazildi. O‘quvchilar va ustozlarga arzonlashtirilgan narxlardagi yuzlab kitoblar taqdim etildi.

Foto: “Namangan kitob olami”

Aksiyalarda deputatlar, adiblar, jurnalistlarning ham ishtirok etayotgani, o‘quvchilarning badiiy chiqishlari tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qilmoqda.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Kecha, 23:37
Kecha, 23:54
Bugun, 00:30
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Kitob o‘qishning foydalari

    Fan va texnika behad rivojlangan xozirgi davrda insoniyat ma’naviyatining juda qashshoqlashib ketayotgani haqida bugun nafaqat ezoteriklar, balki fan olimlari, mediklar ham gapirmoqdalar. Chindan ham kompyuterlarda, smartfonlarda, uyali telefonlarda, internetda, (xatto televizor ko‘rsatuvlarida ham) keng o‘rin olib borayotgan reklamali va boshqa turli tasviriy lavhalar va rasmli (ayniqsa jangovar) o‘yinlar odamlarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini sezilarli ravishda susaytirib borayotgani sir emas.
    Bunday bo‘lishi tabiiy. Zero, inson mantiqiy tafakkuri fikrni tushunish jarayonida shakllanadi, tasvirni ko‘rish jarayonida emas. Ya’ni, fikrlash uchun tasvirlangan narsani ko‘rishdan ancha boshqacha shart-sharoit kerak. Ikkinchi tomondan, ekranlarda aks etgan tasvirlar tamoshabin uchuye faqat shablon (qotirib qo‘yilgan surat) bo‘la oladi xolos, tamoshabin tasavvurining mustaqil, ijodiy rivojiga yo‘l bermaydi. Bunday fikri tormozlanib qolgan odamlardan faqat aqli noqis, to‘mtoq, serzarda odamlar kelib chiqadi va turli oilaviy fojia va jinoyatlar ham shuning natijasi bo‘ladi.
    Ezoterika ham hamisha mutolaa, fikrlash, ilm olishning ahamiyati haqida azaldan ko‘p gapirib kelgan. Zero, NOZIL BO‘LADIGAN YUKSAK MISTIK ILMLARNI TUSHUNIB qabul qilish uchun ham insonda avvalo mantiqiy fikrlash qobiliyati shakllangan va yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Xususan, Ibn Arabiy, Rumiy, Navoiy, Ibn Sino kabi zotlar yoshliklaridan ko‘p kitob o‘qiganlari ma’lum.

    Bugungi kunda medisina fani bu masalani sog‘liqqa ham dahli borligi haqidagi maslani ko‘tardi. Mediklar ALSGEYMER kasalligining tobora “yosharayotgani” (Ya’ni bu kasallik faqat qariyalarda emas, yoshlarda ham kuzatilayotgani) haqidagi fikrlarni bayotn etishmoqda hamda bu kasallikka qarshi choralaridan biri sifatida kitob o‘qish, miyani ishlatadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish kerakligi haqidagi fikrlarni oldinga surmoqda. Ya’ni ularning tushuntirishlaricha, kitobni diqqat bilan, o‘ylab, fikrlab o‘qish bilan muttasil shug‘ullanish natijasida qariganida ham inson aqli o‘z tiniqligini saqlar ekan. Albatta, kitob o‘qib, fikr yuritishdan ko‘ra, qo‘liga pultni olib, televizor ko‘rish yoki nouibukni ochib olib, virtual reallikka kirib ketishdan osoni yo‘q. Lekin, olimlar buning zararlarini ham, kitob o‘qishning esa foydalarini ham yoritib bermoqdalar

    Umuman bugun psixolog-olimlarimiz kitob o‘qishning foydalari haqida kamida quyidagi 10 ta sababni ko‘rsatmoqdalar :
    1. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Gu tariqa kitob o‘qig nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki inson bilimini ham orttiradi. (Axir ayg‘ambarimiz “Beshikdan qqabrgacha ilm izlang” lemaganlarmi).

    2. Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni o‘qishning o‘zida ham kishida gapirish san’ati bir qadar rivojlangani seziladi. shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh bo‘la oladi, odamlarda o‘zi haqida yaxshi tassurot qoldiradi.

    3. Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi.
    Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingzda yaxshi tasavvur uyg‘onadi. bu esa sizni yanada juo’atli qiladi.
    4. Kitob o‘qish stresslarni kamaytiradi.
    Stresslar bugungi odamlarning eng asosiy muammosiga aylangan. Kitob tekstining boyligi va ritmi inson ruxiyatini tinchlantiruvchi va stresslarnibartaraf etuvchi, chal0ituvchi xususiyatga ega. Ayniqsa uyqudan oldin kitob o‘qiganlar buni yaxshi bilishadi.
    5. Kitob o‘qish natijasida xotira va fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
    Tafakkurni (fikrlash qobiliyatini) rivojlantirish kitob o‘qishning eng samarali xususiyatidir. Chunki kitob o‘qiganimizda biz ekranlardagi bir tasvirdan boshqqasiga shunchaki ko‘chib o‘tmaymiz, balki asarni tushunish uchun asar qahramonlari va boshqa qatnashchilarning xarakterlari, gap so‘zlari, xulqu atvori, fikrlash tarzlari, tabat va b. haqida fikrlashimizga to‘g‘ri keladi.