Press "Enter" to skip to content

Kitob o`qish foydalimi? Nima uchun

Xotirjam bo’lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o’qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg’onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o’qish esa aksincha ta’sir ko’rsatadi — miya uxlash vaqti bo’lganligini tushunadi.

Kitob — ma’rifat oʻchogʻi

Reja:
1. Kitob tafakkur gulshani.
2. Kitobga oshno qalblar
3. Kitob — kelajagimiz poydevori.

Kitob insoniyat kitob durdonalari toʻlab avlodlarga yetkazuvchi vosita, odamzot yaratgan moʻjizalardan biri hisoblanadi. Kitob insonning eng yaqin doʻsti v maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbai, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hisoblanadi. Kitob moziy darakchisi bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yoʻlboshlovchisi. Uma’naviy hazina haqiqiy boylik. Dono xalqimiz kitob haqida shunday deydi: «Kitob koʻrmagan kalla — giyoh unmagan dala». Bu hikmatli soʻzda shunday ma’no borki, giyoh oʻsmagan dalani hech kimga foydasi yoʻq, undan hech kim manfaat topmagani kabi kitob koʻrmagan kalla ham shu kabi hech kimga foydasi tegmaydi, oʻz fikrini namoyan qila olmaydi, qaysi gapni qayerda ishlata olmaydi. Shuning uchun koʻp kitob mutolaa qilib tafakkurimizni oʻstirishimiz zarur.

Ajdodlarimiz hayotida ham kitob muhim rol oʻynagan. Ular kitobni oʻz doʻstlariday koʻrishgan. Jumladan Alisher Navoiy shunday degan: «Kitob-beminnat ustoz.har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi». Kitobni biz azaldan boylikdan ustun qilib kelganmiz. Bunga bir misol, Abu Ali Ibn Sino Buxoro hukmdori Nux ibn Mansurni davolagach, evaziga oltini kumushga toʻla sandiqqa emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishni avzal kran edi. «Kitobdan yaxshi doʻst yoʻq», «Kitob-beminnat doʻst» kabi maqollarni eshidganmiz. Buyuk rus olami Aleksandr Pushkin doimo kitobni doʻst tutgan . Pushkin vafot etar chogʻida, unga «doʻstlaringiz bilan vidolashing», deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javonida termulib, «Xayr, mening doʻstlarim!» deya jon bergan. Biz ham kitobni doʻst tutmogʻimiz lozim, zero barcha bilimlarning manbai bu kitob.

Inson bilimli tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli boʻlishining muhim olimi-bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish, kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslikdir. Kitobga hamroh boʻlgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini oʻrganadi. Ayniqsa, yoshlarning baxt-u kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitob mutolaasining alohida o’rni bor. Har qanday muvaffaqiyatning kaliti bu kitobdir. U kelajagimiz poydevori. Shunday ekan aziz yoshlar kitob oʻqing zero, kitob insonning hayot yoʻlidagi yoʻldoshi boʻlsa, hayot soʻqmoqlaridan mamnuniyat bilan oʻtadi.

#9sinf Ona tili #Bayon

Related Posts:

  • Kitob oʻqiganlar “Spark” minyapti, “Spark” minayotganlar ham…
  • Eng koʻp sotilayotgan kitob – bu eng yaxshi kitob deganimi?
  • Kitob – hammabop
  • Kitob bosishning ixtiro qilinishi
  • Kitob oʻqigan odam
  • “Uliss” kitob javonimizda

Kitob o`qish foydalimi? Nima uchun ?

Kitob — buyuk boylik, inson undan foydalana olguniga qadar.

Kitob insonning tafakkurini charhlovchi noyob quroldir. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko`p narsalarga o`zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do`st , hamroh , dono maslahatchi bo`lib kelgan . Ba`zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin . Bugungi hayotimizda ko`pchilik kitobning o`rni o`zgardi , endi kitob o`qish uchun vaqt sarflash noo`rin , teatr , kino , gazeta , jurnallar kitoblarning vazifasini bajarib , ularning o`rnini butunlay egalladi deb hisoblashadi . Informatsiyalar haddan ziyod ko`payib , har daqiqada yangilanib , internet butun insoniyat ongini egallab , hech kimning zerikishga vaqti qolmagan asrda kitoblarga joy bormikan ? Bunday savol o`z -o`zidan hammaning hayoliga kelishi aniq . Ayniqsa bugungi yoshlarning ko`pchiligi bizning davr bir joyda o`tirib kitob varaqlaydigan davr emas deb ta`kidlashadi . Ho`sh kitob o`qish aslida bizga nima beradi ? Bizning sivilizatsiyadan qoloq bo`lgan asrlarda yozilgan klassik asarlardan biz nimani o`rganishimiz mumkin? Vaqtimizning har daqiqasi g`animat bo`lib qolgan zamonda uni 2 asr oldin yozilgan kitoblarni o`qishga sarflash to`g`ri bo`larmikan ? Bu savollarga javob berish uchun avvalo kitob o`qishning hozirgi zamon yoshlariga foydasi bormi , yo`qmi , aniq bilib olish lozim. Bugungi kunda biz faqat faktlarga asoslanamiz . Quruq gap
bilan hozirgi zamonda hech kimni ishontirib bo`lmayadi.Demak faktlarga asoslanib bu savolga javobni qidiradigan bol`sak, bu borada olib borilgan tadqiqotlarga yuzlanishimiz lozim. Kitob o`qishning foydasi o`zi isbotlanganmi? Buni qarangki isbotlangan.

Mutolaa asabni tinchlantiradi.

Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal ko’rasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning o’rniga kitob o’qishni tavsiya qilishadi. Kitob o’qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob o’qish asabiylashishga barham beradi.

Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.

Xotirjam bo’lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o’qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg’onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o’qish esa aksincha ta’sir ko’rsatadi — miya uxlash vaqti bo’lganligini tushunadi.

Mutolaa qalbni yumshatadi.

Kitob o’qish jarayonida o’quvchi qahramonlar bilan birga bo’ladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo’ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, badiiy asar o’qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg’ularini yaxshi tushunar ekan.

Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.

Emori universiteti olimlari kitob o’qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda.

Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.

Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o’qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob o’qishni boshlaganlaridan so’ng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan.

Mutolaa insonni go’zallashtiradi.

Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi ko’rinishini ham go’zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va o’z bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi.

Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.

Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha ko’p kitob o’qisa, hayot yo’lini shunchalik aniq tanlashini ta’kidlashmoqda. Kitob o’qish hayotdagi to’siqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.

Kitob o’qiydigan insonlar hayotda faol bo’lishadi.

San’at milliy jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar kitob o’qiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo’lishlarini isbotladi.

Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.

Har safar kitob o’qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o’qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.

Mutolaa so’z boyligini oshiradi.

Kitob o’qiyotgan paytda notanish so’zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo’ladi. Kitob o’qish nafaqat so’z boyligini ko’paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi.

Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.

Kitob o’qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o’quvchiga ta’sir ko’rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o’tgani singari yozuvchining uslubi ham o’quvchining yozish uslubiga ta’sir o’tkazadi.

Mutolaa chet tilini o’rganishni osonlashtiradi.

Doimiy ravishda kitob o’qish boshqa tillarni o’rganishda yangi so’zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.

Qanchalik g’alati tuyulmasin, kitob o’qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o’qiganda yanada samarali bo’ladi.

Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.

Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang’ich sinf o’quvchilarining mashg’ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so’zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko’rsatadi.

Mutolaa Al`tsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.

Qator tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ko’p kitob o’qigan insonlar Al`tsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo’llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo’ladi. Kitob o’qish esa bu borada eng samarali usuldir.

Birgalikda kitob o’qish ota-onalar va bolalarning o’zaro munosabatlarini yaxshilaydi.

Psixologlar birgalikda kitob o’qish jarayonida ota-onalar va bolalar o’rtasida o’ziga xos munosabat o’rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko’rganda aslo paydo bo’lmaydi.

Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.

Statistika ma’lumotlariga ko’ra, umuman kitob o’qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.

Ko’p kitob o’qiydigan bolalar darslarni yaxshi o’zlashtirishadi.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o’qishni xush ko’radigan bolalar maktabda ham yaxshi o’qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o’zlashtirishadi.

Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.

O’tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo’lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so’ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo’l uradilar.

Mutolaa yaxshi hikoyago’yga aylantiradi.

Inson kitobni qancha ko’p o’qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo’ladi.

Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi

Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq shug’ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zishga undaydi.

Ko`rib turganingizdek kitob mutolaa qilishning foydasi judaham katta . Kitoblar doimo bizga o`zimiz tasavvur ham qilolmaydigan fikrlarni bergan . Inson ongi doimo kitoblar orqali boyib kelgan .Kitob va hayot eng yahshi ustozlardir. Aynan shu tufayli insonlar barcha davrlarda kitoblarni sevib o`qib kelishgan. O`z hayoti davomida har kim moddiy yuksalishi mumkin , ammo ma`naviy yuksalish insonlardan ko`p narsalarni anglab yetishni , bizga berilgan hayotning asl ma`no -mohiyatini tushuna olishni talab etadi.

Uyqudan oldin kitob o‘qishning foydalari: Natijalar hayratlanarli!

Tunda yaxshi bir kitob o‘qish – uyqusizlik sababli ovqatlanish va ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni bekorga sarflashdan foydaliroqdir. Shuningdek, tunda kitob o‘qish uyqusizlik bilan kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Eski hazillardan birida “agar uxlayolmasangiz Tolstoyni o‘qing”, deyilgan. Ammo hazilda ham foydali maslahat yashiringan: kitob o‘qish rostdan ham uxlashingizga yordam beradi. Shunday qilib, olimlar tunda o‘qishning bir qancha foydalarini aniqlashdi. Agar har kuni uyqudan oldin kitob o‘qishni odat qilsangiz, organizmingizda nimalar sodir bo‘ladi? Quyida shu haqida so‘z boradi.

1. Yaxshiroq uxlaysiz

Kitob o‘qish miyangizni yangi, uyqu chaqiradigan darajaga ko‘tara oladi. Bilasizmi nega bolalar uxlashdan oldin ertak eshitishni yaxshi ko‘rishadi? Chunki bu yaxshi uxlashga yordam beradi. “Xayoliy olam”ga sayr qilish chuqur aqliy bosimdan qutulib, biroz dam olishga olib keladi. Bu haqiqatdan xotirjamlikka erishish va tushlar olamiga sho‘ng‘ishda ko‘maklashadi. Kitob o‘qish xotirjam va sog‘lom uyquni ta’minlaydi, ammo bu elektron kitob bo‘lishi kerak emas. Gap shundaki, gadjetlarning ekran yorug‘ligi, asab tizimini qo‘zg‘atadi va sizni xayolot olamidan chalg‘itadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish yoki elektron kitoblar o‘qishdan ko‘ra, sevimli kitobingizning bir qancha bo‘limini o‘qib chiqing.

2. Stressdan qutulasiz

Mutolaa stressni kamaytirishi ilmiy isbotlangan bo‘lib, bu moychechakli choy, meditatsiya va tungi sayrdan ko‘ra anchagina samaraliroqdir. Hatto atigi 6 daqiqalik mutolaa stressni sezilarli darajada kamaytiradi.
Ushbu sohadagi tajribalarning ko‘ngilli qatnashuvchilarida yurakni tez urdirish va boshqa bir nechta testlar orqali stress darajasi oshiriladi. Keyin esa ular turli xil dam olish va xotirjamlashish usullaridan foydalanib ko‘rishadi. Shunday qilib, ushbu tajriba orqali kitob o‘qish stressdan qutulishning eng samarali usuli ekanligi aniqlandi. Neyropsixolog Devid Lyuisning so‘zlariga ko‘ra, matolaa stress darajasini 68 foizga kamaytirgan. Shuningdek, agar stress sababli uyqusizlikdan qiynalayotgan bo‘lsangiz, kitob mutolaasi oson uxlash va charchoqdan qutulishingizga yordam beradi.

3. Miya faoliyatini yaxshilab, diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi

Ijtimoiy tarmoqlar miyaning diqqatni bir joyga jamlash qobiliyatini kamaytiradi. “Lenta”ni tomosha qilgan holda, aynan bir narsaga diqqatimizni jamlay olmaymiz. Ammo kitob o‘qish hech qanday vizual materiallarsiz, axborotni miyada qayta ishlashga yordam beradi. Hech qanday rasmlarsiz matn voqealarni ongingizda tasavvur qilib, jonli suratlar yaratasiz. Bu usul bilan miyangizga e’tiborni bir joyga jamlashida ko‘maklashasiz. Diqqatni jamlashni mashq qildirib turmasangiz, uni butkul yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin.

4. Sizni sezgir qiladi

Uyqudan oldingi mutolaa odamlar bilan aloqangizni yaxshilaydi. Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, badiiy adabiyotni ko‘proq o‘qish, sizni sezgir insonga aylantiradi. Gap shundaki, badiiy asar o‘qiyotganingizda miyangiz ong ostida xayoliy “haqiqat”ni yaratadi. Shunda miya uni asl haqiqatdan ajrata olmaydi. Shu sababli siz asar qahramoniga aylanasiz va u his qilgan narsalarni his qilishni boshlaysiz. Bu empatiyani rivojlantiradi va olamni boshqa insonning dunyo qarashi yordamida ko‘rishga undaydi. Badiiy adabiyotni o‘qish, boshqa insonlar nimani his qilayotganini anglashning eng ajoyib usulidir.

5. Kreativroq bo‘lasiz

Ilon Mask va Bill Geys kabi insonlar uyqudan oldin ilmiy asarlar va marketingga oid kitoblar o‘qiydi, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, albatta. Ko‘pgina muvaffaqiyatli insonlar uyqudan avval fantastik asarlar o‘qishadi. Nega? Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, fantastik asarlar bizni kreativroq bo‘lishga undaydi. Bu xuddi har safar har xil olamni ko‘rishday gap. Vaziyatga turli tarafdan qarash va har tomonlama yondashish, boshqalarning tuyg‘ularini tushunish va muammolar yechimiga kreativ yechim topishni o‘rganasiz.