Press "Enter" to skip to content

Kitob o’qishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi

Kun davomida o‘qishga sarflaydigan bo‘sh daqiqalaringiz ko‘p bo‘ladi. Masalan, navbatga turganingizda yoki tirbandlik vaqtida.

Har bir kishi o‘qib chiqishi tavsiya etiladigan 100 ta kitob

info.islom.uz sayti ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida har bir o‘zbek o‘qib chiqishi tavsiya qilinadigan kitoblar ro‘yxatini aniqladi. Unga ko‘ra, har bir kishi o‘qib chiqishi kerak bo‘lgan kitoblar quyidagilardir:

1. Qur’oni karimga oid kitoblar (Tafsiri Hilol, Tafsiri Irfon, Qur’oni karim ma’nolarining tarjimalari).
2. Hadis kitoblari (Oltin Silsila, Hadis va Hayot, Riyozus-solihiyn va boshqa hadis kitoblari).
3. O‘zbek davlatchiligiga oid kitoblar (Konstitutsiya, Prezident asarlari, qonunlar va h.k.).
4. Hazrati Alisher Navoiy va boshqa mumtoz adabiyotimizga tegishli asarlar.

Shuningdek quyidagi kitoblar ham tavsiya etildi:

5. Al-Adab Al-Mufrad (Imom Buxoriy).
6. Muxtasarul viqoya (Kifoya) (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
7. Ibodati Islomiya (Ahmad Hodiy Maqsudiy).
8. Sunniy aqidalar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
9. Payg‘ambarlar tarixi Islom tarixidir (Rahmatulloh Obidov).
10. O‘tkan kunlar, Mehrobdan chayon (Abdulla Qodiriy).
11. Turkiston qayg‘usi (Alixonto‘ra Sog‘uniy).
12. Qazo bo‘lgan namoz (Xurshid Do‘stmuhammmad).
13. Boburnoma (Zahiriddin Muhammad Bobur).
14. Iqrornoma, Urush va tinchlik (Lev Tolstoy).
15. Yulduzli tunlar, Ajdodlar dovoni (Pirimqul Qodirov).
16. Tarixi Muhammadiy (Alixonto‘ra Sog‘uniy).
17. Graf Monte Kristo (Aleksandr Dyuma).
18. Robinzon Kruzo va uning sarguzashtlari (Daniyel Defo).
19. Usta va Margarita (Mixail Bulgakov).
20. Shum bola (G‘afur G‘ulom).
21. Shohnoma (Firdavsiy).
22. Anbiyolar qissasi (Rabg‘uziy).
23. Mening Dog‘istonim (Rasul Hamzatov).
24. Kalila va Dimna.
25. Saodat asri qissalari (Lutfiy Qozonchi)
26. Jannatga yo‘l (Abdulla Oripov).
27. Mo‘’jizalar sodir bo‘lmaydi (Li Myon Bak).
28. Mantiqut tayr (Fariddiddin Attor).
29. Amerika fojiasi (Teodor Drayzer).
30. Jinoyat va jazo (Dostoyevskiy).
31. Devoni hikmat (Ahmad Yassaviy).
32. Qobusnoma (Kaykovus).
33. Bolalik (Oybek).
34. Daftar hoshiyasidagi bitiklar (O‘tkir Hoshimov).
35. Odamiylik mulki (Tohir Malik).
36. Kichik shahzoda (Antuan de Sent Ekzyuperi).
37. Fozil kishilar shahri (Forobiy).
38. Oshkora qotillik qissasi (Gabriel Markes).
39. Kafansiz ko‘milganlar (Shukrullo).
40. Ruhiy tarbiya, Xislatli hikmatlar sharhi (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
41. Asrga tatigulik kun, Qiyomat, Jamila, Oq kema (Chingiz Aytmatov).
42. Qaynona, O‘gay ona (Lutfiy Qozonchi).
43. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi, Ot kishnagan oqshom, Otamdan qolgan dalalar, Oydinda yurgan odamlar (Tog‘ay Murod).
44. Xulofoi roshidiyn (Rizouddin ibn Fahruddin).
45. Oisha roziallohu anho (Abdulhamid Tahmoz).
46. Gunohi kabiralar (Imomi Zahabiy).
47. Shamoili Muhammadiya (Termiziy).
48. Men kim sohibqiron Amir Temur (Marsel Brion).
49. Nurul yaqin (Xuzariy).
50. Fiqhul akbar (Abu Hanifa).
51. Tahoviy aqidasi (Tahoviy)
52. Ihyo ulumuddin (Imom G‘azzolliy).
53. Temur tuzuklari (Sohibqiron Amir Temur).
54. Ikki eshik orasi, Dunyoning ishlari (O‘tkir Hoshimov).
55. Nur va soyalar (R. Tagor).
56. Sayohatnoma (ibn Batuta).
57. Mumu (Ivan Turgenev).
58. Cho‘lpon she’rlari.
59. Baxtiyor oila, Ijtimoiy odoblar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
60. Judolik diyori (Murod Mansur).
61. Riyoziyot un-nafs (Imom G‘azzoliy).
62. Qutadg‘u bilig (Yusuf Xos Hojib).
63. Inson husni (Mirzakalon Ismoiliy).
64. Iymon (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
65. Ajdodlarimiz fojiasi (Mirkarim Osim).
66. Tanbehul g‘ofiliyn (Abu Lays Samarqandiy).
67. So‘nggi o‘q (Tohir Malik).
68. Halol nimayu harom nima (Tohir Malik).
69. Rahiq al-maxtum (Safiyyur Rahmon Muborakfuriy).
70. Ochiq xat, Din nasihatdir, Vasatiya, Ixtiloflar, sabablar va yechimlar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
71. Til nomusi (Ahmad A’zam).
72. Guliston va Bo‘ston (Sa’diy).
73. Jaloliddin Rumiy (Radiy Fish).
74. Shavkat Rahmon she’rlari.
75. Qatlnoma (Nabijon Boqiy).
76. Mahtumquli she’rlari.
77. Jimjitlik, Ufq (Said Ahmad).
78. Yolg‘izlikning yuz yili (Gabriel Markes).
79. Al-kimyogar (Paulo Koelo).
80. Shaytanat (Tohir Malik).
81. Tazkirat ul-avliyo (Fariddin Attor).
82. Qo‘shchinor chiroqlari (Abdulla Qahhor).
83. O‘kinma (Doktor Oiz Qarniy).
84. Ming bir kecha.
85. Faust (Gyote).
86. XXI asrda Islom va postmodern dunyoda qiblani topish (Timoti J Uinter).
87. Ichindagi ichindadir (Jaloliddin Rumiy).
88. Sabot ul-ojiziyn (So‘fi Ollohyor).
89. Mukoshafatul qulub (Imom G‘azzolliy).
90. Ulamolar nazdida vaqtning qadri (Abdul Fattoh Abu G‘udda).
91. Sherlok Xolms sarguzashtlari (Artur Konon Doyl).
92. Farengeyt bo‘yicha 451 gradus (Rey Bredberi).
93. Kulayotgan odam (Viktor Gyugo).
94. Sudxo‘rning o‘limi (Sadriddin Ayniy).
95. Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar (Evril Turon).
96. Sariq ajdar hamlasi (Mannop Egamberdiyev).
97. Muvaffaqiyat kaliti (Deyl Karnegi).
98. Masnaviy ma’naviy (Jaloliddin Rumiy).
99. Jarayon (Frants Kafka).
100. Iymonlashish umidi, Ov (Tohir Malik).

Kitob o’qishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi

1. O‘qish yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi. Mutolaa bizni fikrlashga chorlaydi. Ba’zan, orzularimiz ham biz o‘qigan, xursand qilgan kitob bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, mutolaa bizning dunyoqarashimizni boyitadi. Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi.

2. O‘qish inson fikrini jamlaydi va diqqat markazini oshiradi. Mutolaa jarayonida, o‘qigan hikoya va asarga butun diqqat-e’tibor qaratiladi. Inson boshqa ishlardan ko‘ra kitobga ko‘proq diqqat qiladi. Inson miyasi bir vaqtning o‘zida turli faoliyatlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shu sababli ko‘p o‘qigan odamning diqqatini bir joyga to‘plash ancha oson kechadi.

3. O‘qish tasavvurni oshiradi. Biz o‘zimizga notanish bo‘lgan joylar haqida o‘qiganimizda, idrokimiz tasavvurlarimiz ishga tushib tasvirlarni miyamizda yarata boshlaydi va shu orqali xotiramizda tasvirlar saqlanib boradi. Binobarin, idrokimizning tasavvur qilishi va yaratuvchanligi kitob o‘qish orqali mustahkamlanib boradi.

4. O‘qish chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi. Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi. Xorijiy tilni o‘rganayotgan kishi o‘sha tilning adabiyotlarini muntazam o‘qishi orqali o‘sha tilni qisqa fursatda o‘zlashtirishi mumkinligi olimlar tomonidan isbotlangan.

5. Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Inson o‘z farzandini kitob mutolaasiga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi ham bu ishda o‘rnak bo‘lishi kerak. Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda aslo paydo bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda.

6. O‘qish sizni zukkolikka yetaklaydi. Kitoblar manbalar va yangi bilimlarning haqiqiy xazinasidir. Shuningdek, ular hozirgi paytdagi turli xildagi o‘quv kurslari ta’limidan ancha arzon hisoblanadi. Qanchalik ko‘p kitob o‘qigani sari insonning zukkoligi va teran fikrlash qobiliyati shunchalik oshib boradi. Shu bilan birga, inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi.

7. O‘qish miya faoliyatini mustahkamlaydi. Inson odatda o‘qigan kitobi to‘g‘risida o‘ylashi uchun vaqti ko‘p bo‘ladi. Emori universiteti olimlari kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o‘qish miyadagi asab tolalarini mustahakamlashini ta’kidlashmoqda.

8. O‘qish til mahoratimizni yaxshilaydi. Xorijiy tilda biror adabiyotni o‘qish dastlab katta harakat talab etadi, lekin bu bizning so‘z boyligimiz oshishiga xizmat qiladi. Boshqa tilni tushunishda ba’zan uning turli qismlarini tarjima qilishga ehtiyoj seziladi va ular lug‘atdan qidiriladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Qaysi tilda o‘qishdan qat’iy nazar, mutolaa orqali gapning konteksti qay tarzda yasalishini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

9. O‘qish stressni kamaytiradi. Inson kitob mutolaa qilar ekan, o‘sha paytda uni hech qanday topshiriq yoki xavotir o‘ylantirmas ekan. Kitob mutolaa qilishda biz ko‘pincha o‘zimizga qulay usulda joylashib olamiz. Tanamiz umuman birorta maxsus harakatni amalga oshirmaydi va dam oladi. Nafas olish sekinlashadi va tinchlanamiz. Biz o‘zimizni dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalar tasviri so‘zlar orqali kitobda aks etganini tasavvur eta boshlaymiz. Bularning barchasiga sabab mutolaa stressni kamaytirishidir.

10. O‘qish bizning so‘z boyligimizni oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlarga qaraganda, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanuvchilarning so‘z boyligi boshqa insonlarga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan va shu sababli ular boshqalarga aytishni xohlagan so‘z ifodalarini juda ham osonlik bilan ifodalab beradilar. Qisqa qilib aytganda, qancha ko‘p o‘qisangiz shuncha ko‘p so‘z boyligiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, kitoblar shubhasiz bilimlar xazinasidir.

Juda ko‘p kitob o‘qishning 4 usuli

Kitob o‘qish — muvaffaqiyat kaliti, stressdan qutqaruvchi va xotirani yaxshilovchi eng yaxshi vosita hisoblanishini bilsangiz kerak. Shunday bo‘lsa-da, baribir kitob o‘qishga hech vaqt topa olmaysiz. Quyidagi maslahatlarimiz bu borada sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

Agar kitob yoqmasa, o‘qimang

Siz ham qiyinchiliklar oldida bo‘yin egadigan odam bo‘lib ko‘rinishni xohlamaysizmi? Shuning uchun yoqmagan kitobni o‘qishga o‘zingizni majbur qilasizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz nohaqsiz. Kitob sizga yoqmagan bo‘lsa, o‘qimang va buning uchun o‘zingizni ayblashni bas qiling.

Har bir bo‘sh daqiqadan foydalaning

Yozuvchi Stiven King muallif sifatida o‘z muvaffaqiyatlarini kitob o‘qishda deb biladi va sizga ham kitob o‘qishni maslahat beradi. Ayniqsa, yozuvchi bo‘lishni xohlasangiz. Uning o‘zi uydan kitobsiz chiqmaydi va hamma joyda o‘qiydi.

Kun davomida o‘qishga sarflaydigan bo‘sh daqiqalaringiz ko‘p bo‘ladi. Masalan, navbatga turganingizda yoki tirbandlik vaqtida.

Rejalaringiz haqida gapirmang

Tadqiqotchilar qandaydir katta maqsadlar haqida oldindan gapirish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga olib keladi deb hisoblaydilar. Shuning uchun agar siz ko‘proq kitob o‘qimoqchi bo‘lsangiz, buni oldingizga maqsad qilib qo‘ying, lekin bu haqda boshqalarga aytmang.

Qog‘oz kitoblarni o‘qing

Qog‘oz kitoblarni o‘qish chalg‘imaslikka va iroda kuchini bekorga sarflamaslikka yordam beradi. Elektron qurilmalarda kitob o‘qishda biz ko‘pincha internetga kiramiz va o‘qishni tashlashga majbur bo‘lamiz.

Qog‘oz kitoblarni esa qo‘lda ushlashning o‘zi ham yoqimli.