Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi

«Imomning maneken qizi» ham Amina Shenliko‘g‘li qalamiga mansub bo‘lib, ayollarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda hamda ma’naviy qoloq bo‘lib qolmasligida ilmli bo‘lishning ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib beruvchi asar hisoblanadi.

Kitob qo’yadigan taxta nomi

O‘lkamizda tabiatni muhofaza qilish, jonivorlarni asrash maqsadida deyarli har bir viloyatda qo‘riqxonalar tashkil etilgan. Ularni tashkil etishdan asosiy maqsad tabiatni muhofaza qilish hamda o‘simlik va hayvonot olamini ko‘paytirishdir.

Qashqadaryo viloyatida «Hisor» tog‘-archazor qo‘riqxonasidan tashqari O‘zbekistondagi yagona “Kitob” davlat qo‘riqxonasi Zarafshon tizma tog‘larining g‘arbiy qismida 1979-yilda tashkil etilgan. Bu yerda yurtimizdagi noyob o‘simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi.

Shuningdek, Qo‘riqxonada nafaqat hududdagi ekotizimni saqlab qolish, Xalqaro va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ga kiritilgan o‘simlik, hayvonot olamini ham muhofaza etishga xizmat qiladi. Uning umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadi. Yer sharining geologik tarixi bo‘yicha tabiiy ilmiy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu geologik qo‘riqxona o‘z ahamiyati jihatidan jahon geologik merosining eng ajoyib ko‘rinishi sifatida xalqaro maqomga egadir.

“Kitob” davlat geologik qo‘riqxonasi nafaqat bir necha yuz million yillar avval yashagan, davrlar o‘tib iqlim o‘zgarishlari natijasida qadimgi dengiz jonzotlari tosh bo‘lib qotgan kesmalari, balki bugungi kun hayvonot va nabotot olami bilan ham mashhurdir. Qo‘riqxona hududida 300 xil manzarali o‘simliklar o‘sadi. Shundan 280 turi xalq tabobatida ishlatiladi. 22 turi esa O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Shuningdek, sut emizuvchilarning 21 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 turi, baliqlarning esa 3 turi mavjud. Qo‘riqxona hududida tarvaqaylab o‘sgan yong‘oqlar, hosili mo‘l qizil olmalar, baland bo‘yli, yovvoyi qizil do‘lanalar va boshqa daraxt turlarini uchratish mumkin. Ammo ularning shoxlarida sayrayotgan qushlar soni uncha ko‘p emas. 128 turi muhofaza qilinsa ham, aksariyati juda kam uchraydi. Shuningdek, Zinzilboy soyi bo‘ylab yurganda daraxt turlari, archalar, jilg‘alarni ham ko‘rish mumkin. Bu yerda o‘simliklar, hayvonlar, qushlarning nihoyatda noyob turlarini uchratsa bo‘ladi. Ana shulardan biri hududimizda kam uchraydigan, o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi ko‘k qushdir. Tabiatda ko‘k va moviy tusli qushlar ko‘p, ammo ko‘k qush ularning hech biri emas. Uning ilmiy unvoni Myophonus caeruleus Scop deb nomlangan.

Ko‘k qush qo‘riqxona soylarining maftunkor qushidir. U toshqin suvlarda qad ko‘tarib turuvchi toshlarda uchraydi, to‘q ko‘k rangda tovlanib, ovozi nafis va jarangdor yangraydi. “Uni ko‘rgan inson baxtli bo‘larmish”, – deb rivoyatlarda ham aytib o‘tiladi. Soylar, daralar bo‘ylab yurganda daraxtlarning ancha siyrak, shuningdek, soyli joylarda nisbatan qalinroq o‘sganini ko‘rish mumkin.

Qo‘riqxonada Zarafshon archasi ham muhofaza qilinadi. Archa uncha baland o‘smagan, sarg‘ayib qolgan o‘t-o‘lanlar bilan qoplagan, tog‘ yonbag‘riga yashilligi bilan chiroy baxsh etib turadi. O‘zidan xushbo‘y hid taratadi. Bu betakror hudud xalqaro tadqiqotlar markaziga aylangan.

O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?

Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsati bilan otib o‘ldirgani mahalliy jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Adliya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.

O‘zbekistonda ov qilayotgan Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokov. Foto: Ovchining Youtube sahifasidagi videodan kadr

O‘zbekiston tabiatida uchraydigan yovvoyi hayvonlarni ovlash qoidasi tartibga solinuvchi 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunni tahlil qilgan UzNews’ning yozishicha, mazkur hujjat bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek, kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur kvota kelgusi yil uchun Ekoqo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar kiritganligi asosida belgilanadi. Qo‘mita esa kvota loyihasini Fanlar akademiyasiga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani olish uchun jo‘natadi.

Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10-mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi va tegishli tartibda qo‘mitaning mahalliy boshqarmalariga yuboradi. Qo‘mitaning hududiy organlari esa hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.

“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda, shuningdek, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sutemizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov miqdorlari belgilangan.

Jumladan, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun o‘zbekistonliklarga BHMning 80 baravari (14-may holatiga ko‘ra, 19,6 million so‘m), sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa BHMning 100 baravari (24,5 million so‘m) to‘lov belgilangan. Xorijlik fuqarolarga esa ushbu hayvonni ov qilishning barcha turlari bo‘yicha tutishga 3 ming dollar miqdorida to‘lov belgilangan.

Shunday qilib, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga 2021-yil 3-mart kuni №400030-son ruxsatnoma berilgan.

O‘zbekiston kitob do‘konlarida eng bozori chaqqon kitoblar qaysilar bo‘lmoqda?

Asaxiy.uz internet do‘konida yoshlar orasida so‘nggi 2-3 oy ichida va yil davomida ham Javlon Jovliyevning «Qo‘rqma» romani kitobxonlar orasida eng ommabop asar, deb topilgan. Bu asarning ommabop va xalqchil bo‘lishi sababi ta’lim va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgani, ayniqsa, talabalar haqida yozilgani uchun desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Roman voqealarini qisqacha so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Sizni o‘tmish va kelajak kuyiga asir qiladi, o‘ylatadi, yig‘latadi va achchiq-achchiq kuldiradi. O‘tgan asr boshida Germaniyada o‘qigan talabalar, ularning maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir tarozida tortiladi.

Halis Karabenlining «Ba’zilar olisdan sevarlar» asari ham kitobxonlar tomonidan eng ko‘p o‘qilgan kitob hisoblanadi. U «Samoga boq, duo qil, hayotni sev, qo‘shiq kuyla, yomg‘irda sayr qil, bahorni sev, ulg‘ayma, jilmay, tabassum qil, chunki shu turishda go‘zalsan» degan misralar bilan boshlanadi. Shunisi bilan kitobxonlar e’tiborini tortgan desak adashmaymiz.

iBook.uz’da Amina Shenliko‘g‘lining asarlari eng ko‘p sotildi

iBook.uz internet tarmog‘i orqali kitobxonlar tomonidan asarlari eng ko‘p o‘qilayotgan mualliflar ro‘yxatida Amina Shenliko‘g‘lining kitoblari birinchi o‘rinda turibdi.

Bu adibning qaysi asarini o‘qimang, hammasida insonni kamolotga chorlaydigan, e’tiqodni mustahkamlaydigan pand-nasihatlarni uchratamiz.

Ayniqsa, «Mariya» asarini hech bir mubolag‘asiz e’tiqod ulug‘langan buyuk obida deyish mumkin. Ushbu asarni adib hayotiy voqea asosida yozgan. Asar voqealari Germaniya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Uning asosiy qahramoni nasroniy qiz Mariya asar boshida irqchi, hatto millatchi shaxs sifatida ko‘zga tashlanadi. Lekin vaqt o‘tishi bilan u boshqa irq va millat vakillari ham o‘zlari kabi inson ekanligini anglab yetadi.

«Imomning maneken qizi» ham Amina Shenliko‘g‘li qalamiga mansub bo‘lib, ayollarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda hamda ma’naviy qoloq bo‘lib qolmasligida ilmli bo‘lishning ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib beruvchi asar hisoblanadi.

Akrom Malikning «Halqa» qissasi ham kitobxonlar tomonidan eng ko‘p o‘qilgan asar hisoblanib, unda butun dunyodagi musulmonlar uchun og‘riqli gaplar, voqealar va nuqsonlar hech bir ko‘ngli ochiq musulmonning dilini og‘ritmasdan qo‘ymaydi.

Bu asarlarni, asosan, 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kitobxonlar xarid qilishgan. Ularning asosiy qismini Farg‘ona, Samarqand, Namangan va Surxondaryo hududidagi kitobxonlar tashkil etadi.

Book.uz’ning xaridorgir kitoblari

Book.uz kitob do‘konidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yoz oylari va o‘tgan sentyabr-oktyabr oylari davomida eng yaxshi va ko‘p sotilgan kitoblar quyidagilar:

Zarifa Saidnosirova — «Oybegim mening» nomli kitobi nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lgan, jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir.

Kitobni o‘qigan har bir o‘quvchi qalbida Oybekdek ulug‘ adib va ulug‘ insonga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Kitobda, Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon bor. Bu butun hayotini Oybekka bag‘ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo‘lgan Zarifa opaning o‘zidir. Bu Oybekning shaxsiy hayotigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug‘ siymoning sevgi va vafo dostoni hisoblanadi.

Bu asarni 18–40 yosh oralig‘idagi auditoriya ko‘proq sotib olgan. Asarning o‘zini 6 mingdan ortiq kishi xarid qilgan.

Murot To‘sun — «Olim yetishtirgan onalar». Bu kitobda ulug‘ zotlarning onalari farzand tarbiyasida qanday yo‘l tutgani, qanchalar azob-uqubat tortgani haqida hikoya qilinadi. Shunday ekan, har bir ona haqida o‘qib, alohida o‘git olamiz. Bu asarni 19-38 yosh oralig‘idagi auditoriya vakillari ko‘proq sotib olishgan.

Malala Yusufzay — «Men Malalaman». Ushbu kitob ayol-qizlarning haq-huquqlari uchun kurashishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar tasvirlangan, qizlarning maktabga borishini qo‘llab-quvvatlashi ortidan o‘zi duch kelgan tazyiq-u tahdidlar haqidagi avtobiografik qissadir. Bu asarga 21-42 yosh oralig‘idagi auditoriya ko‘proq qiziqish bildirgan.

Bu kitoblar 2 ming nusxa atrofida do‘kondan va onlayn tarzda xarid qilingan.

«Akademnashr»ning eng ko‘p sotilgan kitoblari

«Akademnashr» orqali kitobxonlar tomonidan asarlari eng ko‘p o‘qilayotgan mualliflar ro‘yxatida Anvar Narzullayev yuqori o‘rinda turibdi. Uning «Paytonda dasturlash asoslari» kitobi dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanmalardan biri hisoblanadi.

Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus videodarslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR-kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan. Qo‘llanma Payton dasturlash tili asosida yozilganiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etilgan.

Bu do‘kon orqali eng ko‘p sotilgan kitoblardan yana biri Raxshona Ahmedovaning «Soyabon ostida» nomli hikoya va qissalar kitobidir. Unda adibaning jahongashtaligi, ko‘p yurtlar va odamlarni o‘rgangani, kuzatgani bilinadi. Yapon, koreys, xitoy xalqlarining xarakteri, dunyoqarashi va hayotga munosabatini o‘sha zaminda ko‘rib, his etib, yuragidan o‘tkazib, keyin yozgani bir necha hikoyalarida yaqqol seziladi.

Zohidbek Turdialiyev — «Super matematika». Ushbu kitob matematikaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Turli murakkablikdagi masala va misollarni yechish yo‘llari berilishi o‘quvchiga qulaylik tug‘diradi. Kitob oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, o‘quvchi yoshlar va ularning ustozlariga mo‘ljallangan.

Noila Iskandarova tayyorladi.