Press "Enter" to skip to content

QUR’ONI KARIM ‒ ISLOM DININING MUQADDAS KITOBI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

ISLOM DININING TARQALISHI VA UNING TA’LIM-TARBIYAGA TA’SIRI. QURONI KARIM AXLOQIY-FALSAFIY TA’LIMOTLAR MANBAYI

Qur’oni karim.

Qur’oni karim – А lloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad paygʼambarga (a.s.) Jabroil farishta (a.s.) orqali baʼzan oyat–oyat, baʼzan esa toʼliq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi.

Mazkur ilohiy kitobning bir necha nomlari boʼlib, ulardan “Qurʼon” (arabcha – oʼqish), “Furqon” (farqlovchi), “al–Kitob” nomlari mashhur. Qurʼon 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Sura Qurʼondan bir boʼlak boʼlib, eng kami uchta, eng koʼpi 286 oyatni oʼz ichiga oladi.

Qurʼondagi suralar oʼz mazmuniga yoki nozil boʼlgan vaqtiga, yaʼni xronologik tartibiga qarab emas, balki Muhammad (a.s.) belgilab bergan tartib asosida paygʼambar vafotlaridan keyin jamlab yozilgan.

Muhammad (a.s.) Qurʼon oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Аbu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Аffon, Аli ibn Аbi Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaʼb xurmoning poʼstlogʼi, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga oʼxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Nozil boʼlgan

Qurʼon oyatlarini yozib boruvchilar “Kuttabu–l–vahy” (Vahiyni yozib oluvchi kotiblar) deb nomlangan.

Shu tariqa Qurʼon 13 yil Makkada va 10 yil Madinada nozil boʼldi. Sura va oyatlar nozil boʼlish vaqti va joyiga koʼra ikkiga boʼlinadi: Makkiy (paygʼambarlikning Makka davrida nozil qilingan) suralar va Madaniy (Madina davrida nozil qilingan) suralar.

Makkiy sura va oyatlar qisqa, lekin keng maʼnoni oʼzida qamrab olgan, eshitgan kishini larzaga keltiruvchi balogʼatli va jarangdor lafzlar bilan yozilgan boʼlib, mazmun jihatdan yakkaxudolikka va А llohning oʼzigagina ibodat qilishga targʼib, risolat (paygʼambarlik)ni, qayta tirilish va hisob–kitobni tasdiqlash, qiyomat va undagi holatlar, doʼzax va uning azobi, jannat va undagi neʼmatlar, borliqdagi moʼjizalar haqidagi oyatlar.

Madaniy sura va oyatlar esa uzunroq boʼlib, mazmunan shariatning umumiy asoslarini oʼrnatish, jamiyat amal qilishi lozim boʼlgan ahloq normalari, yetimlarning molini zulm bilan yeyish, qizlarni tiriklayin koʼmish kabi johiliyatni yomon illatlarini oʼz ichiga olgan. Shuningdek, ibodat va muomalot (tijorat), had, oilaviy munosabatlar, meros taqsimoti, jihod, jamoat namozining fazilatlari, xalqaro aloqalar, shariat masalalarini yortishga qaratilgan.

Y uqorida taʼkidlanganidek, Paygʼambar alayhissalom davrlarida Qurʼon jamlanmagan edi. Bunga sabab, birinchidan, Paygʼambar hayot boʼlgan ilk davrda Qurʼon oyatlari vaqti–vaqti bilan doimiy ravishda nozil boʼlib, uni jamlab kitob holiga keltirish hali dolzarb masala darajasiga koʼtarilmagan edi. Ikkinchidan, bu davrda odamlar orasida «hali vahiy tushishi uzoq davom etadi», degan kayfiyat hukmron edi.

Bu boradagi ishlar А bu Bakr Siddiq va Usmon ibn А ffon davrlarida amalga oshirildi.

Paygʼambarning (a.s.) vafotlaridan soʼng baʼzi arab qabilalari dindan qayta boshladilar. А bu Bakr Siddiq tomonidan ularga qarshi olib borilgan “ridda” urushlarida musulmonlardan bir ming ikki yuz kishi, shu jumladan yetmishga yaqin murattab (Qurʼonni toʼlib, tartib bilan yod olgan) qorilar shahid boʼldilar. Buning xabari Madinaga yetib kelgach, Umar ibn Xattobning tashabbusi va tavsiyasi bilan А bu Bakr Siddiq Rasulullohning vahiy kotiblaridan boʼlgan Zayd ibn Sobitni chaqiradilar va Qurʼon oyatlarini sahifalarga jamlashni buyuradilar. Shu tariqa xalifa А bu Bakr Siddiq davrlarida Qurʼon ilk bor sahifalarda jamlandi.

Uchinchi xalifa Usmon ibn А ffon davrida Qurʼon ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga keltirildi. Qurʼoni karimning Usmon roziyallohu anhu tomonidan jamlanishidagi eng ahamiyatli jihati uning qiroatini yagona shaklga keltirilgani edi.

Bundan «Ilk Qurʼon oyatlari yozilgan nusxalar orasida har xillik mavjud boʼlganmi?» degan savol tugʼilishi tabiiy. Bu savolga javoban Qurʼon ilmlariga oid «etti xil qiroat» haqidagi maʼlumotni keltirib oʼtish joizdir. Usmon ibn А ffon davrida islom dini А rabiston yarim orolidan tashqariga chiqib, turli xalqlar orasida tarqaldi, musulmonlar soni koʼpaydi. Yangi islomga kirgan aholi oʼsha yerga borgan qori sahobalardan Qurʼon qiroatini oʼrganar edilar. Mazkur sahobalar esa oʼz lahjalariga xos qiroatni oʼrgatardilar. Ikki xil qiroat sohibi bir joyda jam boʼlib qolsa, har bir tomon oʼzining qiroati toʼgʼri va afzal deb, daʼvo qilar, natijada tortishuv yuzaga kelardi.

Mazkur Mushafni jamlash ham А bu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega boʼlgan sahoba – Zayd ibn Sobitga yuklandi.

Mazkur ish amalga oshirilgach, Qurʼondan yozilgan boshqa har xil lahjalardagi sahifalar kuydirib yuborildi. Yagona mushafdan bir necha nusxa koʼchirildi va har bir mintaqaga bittadan yubordilar.

Usmon ibn А ffon turli yurtlarga yuborgan Mushaflarning soni oltita boʼlib, ular Makkiy, Shomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy boʼlgan Madaniy va xalifaning oʼzi uchun xos boʼlgan Madina Mushaflaridir.

“Imon” deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. Koʼchirilgan nusxalar “Mushafi Usmon” deb ataldi.

Usmon mushafi. А rab tarixchilarining xabar berishicha, 656 yilda xalifa Usmon Qurʼonni mutolaa qilib oʼtirganlarida oʼldirilgan. U kishining qoni Qurʼonga toʼkilgan. Shu tufayli ham Usmon Qurʼoni asl nusxaligi va xalifa qoni toʼkilgani bilan musulmon dunyosida alohida eʼtibor bilan qaraladi. Toshkent shahridagi Usmon Qurʼonida ham qon izlari boʼlib, shu nusxa xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud.

Usmon Qurʼoni Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xoja А hror madrasasida saqlanar edi. Qurʼonning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq oʼrtasida har xil rivoyatlar mavjud.

Koʼpchilik olimlarning fikricha mazkur musxaf sohibqiron А mir Temur tomonidan Basradan koʼplab qoʼlyozma kitoblar va boshqa oʼljalar bilan birga Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qoʼyilgan. 400 yil davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi.

1868 yilda Rossiya askarlarining Samarqandga bostirib kirishi bilan xalqimizning moddiy, maʼnaviy boyliklariga tajovuz boshlandi. Bu tajovuzdan qabr toshlari, maqbara ichidagi yodgorliklar ham, musulmonlar diniy eʼtiqodining shohona mulki Usmon Mushafi ham chetda qolmadi. Musulmonlar Qurʼonini tezlikda bekitib Buxoroga joʼnatmoqchi boʼladilar. Biroq bu xabar Zarafshon oʼlkasining boshligʼi general А bramovga yetib, “fan uchun bunday nodir, bebaho, qadimiy yodgorlikni qoʼldan chiqarmaslik uchun hamma chora koʼrilsin” deb polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Qurʼonni general А bramovga keltiradi. А bramov esa uni zudlik bilan Turkiston general-gubernatori K.N.Kaufmanga yetkazadi. U oʼz navbatida zudlik bilan 1869 yil 24 oktyabrda Peterburgga – Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan yuboradi.

1917 yil Oktyabr toʼntarishidan soʼng Butunrossiya musulmonlar jamiyati nomidan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetiga murojaat qilib, muqaddas Usmon Qurʼoni oʼz egalariga, yaʼni musulmonlarga topshirilishini talab qiladi. RSFSR (XKS – Xalq komissarlari soveti) tomonidan musulmonlarning talabi qondirilib, Qurʼon musulmonlar ixtiyoriga beriladi. 1917 yil 29 dekabr kuni Peterburgdagi podsho kutubxonasining “nodir qoʼlyozmalar” boʼlimidan olinib, Ufa shahriga joʼnatiladi. Qurʼon 1923 yilgacha Ufada saqlanadi.

1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqoʼmi Usmon Qurʼonini Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus komissiya kuzatuvida olib kelinadi. Usmon MushafiToshkentdagi Eski shahar muzeyiga keltiriladi va maxsus poʼlat sandiqda saqlana boshlanadi. 1926 yilning 1 yanvaridan Eski shahar muzeyi Oʼzbekiston davlat muzeyiga aylantirildi. Muzey ochilgandan soʼng 1926 yilning faqat bir oyi ichida bu yerni 4000 kishi ziyorat qilgan. 2000 yilda YuNESKO tashkiloti tomonidan maxsus sertifikat bilan

“eng bebaho yodgorlik” deb eʼtirof etilgan Usmon Mushafi bugungi kunda Oʼzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Hadis. Hadis – Islom dinining Qurʼoni karimdan keyingi oʼrinda turuvchi muqaddas manbasidir. U Muhammad paygʼambarning (a.s.) aytgan soʼzlari, qilgan ishlari, taqrirlari (koʼrib yoki eshitib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni oʼzida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» soʼzining lugʼaviy maʼnosi – «soʼz, xabar, hikoya; yangi narsa».

Sunnat hadis soʼzidan kengroq maʼnoni bildiradi. Sunnat Rasululloh

(a.s.)ning pokiza siyratlari, turmush tarzlari, diniy yoʼllariga nisbatan ishlatilgan. Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – isnod yoki sanaddan iborat. Isnod hadisning tarkibiy qismi boʼlib, uni uning aytuvchisiga bogʼlash, yaʼni matnga olib boradigan kishilar (roviylar) zanjiri. Hadisning boshlanishida uni birinchi aytgan va eshitgan kishidan hadis yozayotgan musannifga qadar barcha roviylarning nomlari birma–bir koʼrsatib chiqiladi, mana shu hadisning tayanadigan asosi isnodi boʼladi. Isnod kuchli deb topilsa matn ham ishonchli hisoblangan. Shuning uchun muhaddislarning asosiy vazifalaridan biri hadislarning isnodini kuchli yoki kuchsiz ekanini koʼrsatib berish boʼlgan.

Hadislar oʼzidagi maʼlumot xarakteriga qarab ikkiga boʼlinadi:

al–hadis al–qudsiy . Maʼnosi А lloh taolodan boʼlib, aytilishi, yaʼni lafzi

Rasululloh (a.s.)dan boʼlgan hadislar. Shuningdek, u «Hadisi Rabboniy», «Hadisi ilohiy» deb ham aytiladi. Uni А lloh taolo oʼz nabiyiga ilhom berish, tushida koʼrsatib bildirish orqali xabar beradi, qudsiy hadisning martabasi Qurʼoni karim bilan hadisi nabaviy oʼrtasidadir;

al–hadis an–nabaviy (bunda maʼno ham, lafz ham Paygʼambarniki deb hisoblanadi). Ilk hadis toʼplami xalifa Umar ibn А bdulaziz koʼrsatmasiga binoan muhaddis Muhammad ibn Shihob Zuhriy (670–721) tomonidan yozilgan. Shu davrdan eʼtiboran hadis toʼplamlarini yozish odat tusiga kirib, boshqa olimlar ham bu ishni davom ettirdilar.

Milodiy IX asr hadis ilmi tarixida oltin davr hisoblanadi. IX asr asosan mavjud hadis toʼplamlari qayta ishlagan holda ularni boblar boʼyicha tasnif qilib, musannaflar yozish davri boʼldi. Musannaflar tuzilishi mobaynida hadislar, asosan ularning isnodlari tanqidiy oʼrganilib, sahih (ishonchli)lari hasan va zaif (ishonchsiz)laridan ajratildi. Bu esa hadislardan foydalanish uchun qulaylik tugʼdirdi. Islom olamida shunday musannaflardan oltitasi alohida eʼtiborga molik sanaladi. Ular – eng katta obroʼga ega boʼlgan Imom Buxoriy (810-870) va Imom Muslimning (vaf. 875 y.) “ А l-Jomiʼ as-sahih” toʼplamlari, undan keyingi eng muhim asarlar – А bu Dovud, Termiziy (vaf. 892 y.), Nasoiy (vaf. 915 y.) va Ibn Mojaning (vaf. 886 y.) “as-Sunan” asarlaridir.

“ А l-Jomiʼ as-sahih” kitoblari oʼz ichiga biografik maʼlumotlar, Qurʼon oyatlariga tafsirlar, diniy qonun-qoidalar, ijtimoiy va shaxsiy axloq mezonlarini ham qamrab oldi. “ А l-Jomiʼ as-sahih”ning ishonchlilik darajasi boshqa toʼplamlardan koʼra ancha yuqori hisoblanadi.

Islom taʼlimoti va qoidalarining asosiy manbalari – Qurʼon va hadislardan tashqari ikkinchi darajali manbalari ham mavjud. Ulardan biri ijmo boʼlib, u

Qurʼon va hadis matnlarida aniq koʼzda tutilmagan masalalar yuzasidan mashhur islom ulamolarining mazkur moʼʼtabar manbalarga zid boʼlmagan bir fikrga ittifoq qilishlarini bildiradi. VII asrning ikkinchi yarmidan yoʼlga qoʼyilgan ijmoning islom ahkomlarini bir meʼyorda boʼlishi hamda musulmonlar orasida turli ixtiloflar kelib chiqishining oldini olishdagi ahamiyati beqiyosdir.

Shuningdek, yana bir manba sifatida qiyos qabul qilingan boʼlib, u ilk islomdan keyingi davrlarda vujudga kelgan, Qurʼon yoki hadisda hukmi aytilmagan muammolarni avvalgi hukmlarga qiyoslab hukm chiqarish uslubidir.

Bunda olimlar tarafidan moʼʼtabar manbalar matnida oʼrganilayotgan muammoga oʼxshash masalalar tadqiq qilinadi. Shu asosda mantiqiy javob topilib, hukm qilinadi. Qiyos jamiyatda vujudga keluvchi turli muammolarni mantiqiy jihatdan oson hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

А qida ilmi. « А qiyda» soʼzi arabcha «aqada» feʼlidan olingan boʼlib, bir narsani ikkinchisiga mahkam bogʼlash maʼnosini anglatadi. Bu soʼzning jaʼmi (koʼplik shakli) «aqoid» boʼladi. Islom aqiydasi musulmon insonni maʼlum bir narsalar bilan mahkam bogʼlab turadigan eʼtiqodlar majmuʼasidir.

А slida biror narsaga eʼtiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada yaxshi bilish kerak. Buning uchun avvalo oʼsha narsani idrok qilish kerak. Keyin esa oʼsha hissiy idrok ilmiy maʼrifatga aylanishi lozim. Soʼngra zamon oʼtishi, boshqa dalillarning sobit boʼlishi ila oʼsha ilmimiz tasdiqlanadi va unga boʼlgan ishonchimiz kuchli boʼladi. Mazkur ilmga boʼlgan ishonch ongimizda mustahkam ravishda qaror topganidan soʼng u bizning aqlimizga va qiladigan ishlarimizga oʼz taʼsirini oʼtkazadigan boʼladi.

Qachonki maʼlum bir ilm bizning fikrimizga aylanib, his tuygʼularimizni yoʼllaydigan va harakatlarimizni boshqaradigan holga yetganda aqiydaga aylangan boʼladi. Demak, aqiyda ilmga asoslangan boʼlishi lozim. Bu ilmning maqsadi – dinga boʼlgan ishonchni, diniy aqiydalarni qatʼiy dalillar ila isbotlash va ular toʼgʼrisidagi shubhalarni rad qilishdir. Din asoslarini shubhalaridan va adashtirishlaridan muhofaza qilish.

Moturidiya taʼlimotining asoschisi А bu Mansur Moturidiy melodiy XI asrning oʼrtalarida Samarqandning «Maturid» qishlogʼida 870 yil dunyoga keldi. Moturidiy oʼz taʼlimotini anʼanalarini va ilmiy asarlari bilan Movarounnahr ilohiyot maktabi rivojlanishiga katta ulush qoʼshdi. Ilohiyot ilmlari toʼla shakllanib kamol topishiga xizmat qildi. Ularni qayta ishlab chiqib, maʼlum tizimga solishdek bir ishni amalga oshirdi va hanafiy talimotini Oʼrta Osiyo xalqlarining urf-odatlari bilan bogʼliqligini oʼz qarashlari orqali koʼrsatib berdi. U yaratgan taʼlimot islom dinining buyuk aqidaviy oqimidan biri sifatida tanildi

Moturidiyning “Taʼvilot al-ahli sunna” yoki “Taʼvilot alQurʼon” nomi bilan tanilgan tafsiri boʼlib, u zod haqida yozganlarning barchasi bu kitoblarni eslab oʼtishadi. Mazkur kitob Moturidiya aqidasida maʼlum-u mashhur kitob boʼlib, Moturidiya aqidaviy yoʼnalishidagi kishilar uchun bu tafsir avvalda ham, keyin ham bemisl deb sanalgan.

“Kitob at-tavhid” Moturidiyning bu kitobi kalom ilmiga oid asarlarining eng ahamiyatga molikligi hisoblanadi. Zero, bu asarda u zotning kalom ilmiga tegishli qarashlari qaror topgan va yana eng muhim eʼtiqodiy masalalarni bayon qilgan. Shu boisdan “Kitab ut-Taʼviy Moturidiya aqidasini tanitgan asosiy manbaga aylandi. Moturidiylik aqidaviy yoʼnalishida А bu Mansur Moturidiydan soʼng kelgan kishilarni barchasi u kitobga tayanishadi.

А shʼariylik islomga oid kalom maktabi boʼlib muʼtazilikdan chiqqan А bul Hasan А shʼariyga mansub boʼlib, u zot Basra shahrida 873 yil tavallud topgan.

А bul Hasan al- А shʼariyning vafot etgan sanasi haqida ham turli ixtiloflar mavjud. Baʼzi manbalarda 330/941 yil deb koʼrsatilsa, baʼzilarida 330/941 yillardan keyin vafot etgani aytib oʼtilgan. Lekin aksariyat manbalarda А shʼariy

324/936 yil vafot etgani va Bagʼdodda dafn qilingani haqida maʼlumotlar mavjud. Islom olamida “ahli sunna val-jamoa” eʼtiqodida koʼplab ulamolar mavjud boʼlsada, uning aqidaviy qarashlari “ А shʼariya” nomi bilan alohida taʼlimot sifatida eʼtirof etilgan. А bu Mansur al-Moturidiy va А bul Hasan al- А shʼariylarning taʼlimotlari oʼrtasida faqatgina juzʼiy farqlar boʼlgan va ular asosan bir-birini toʼldirib kelgan. Shuning uchun ham ushbu ikki taʼlimot islom ilohiyotida toʼgʼri taʼlimot sifatida eʼtirof etilgan.

Yuqorida zikr etilganidek, А shʼariy va Moturidiy taʼlimoti asosan oʼsha davrda keng tarqalgan va ulamolar tomonidan “adashgan guruhlar” deb eʼlon qilingan moʼʼtaziliya, qadariylar, jabariylar, mushabbiha taʼlimotlariga raddiyalar berishga qaratilgan.

Moturidiya aqidasi bilan А shʼariya aqidasi oʼrtasida bir necha masalalarda farqli jihatlar bor. Ularni baʼzi olimlar 15 ta, boshqalari 40 ta, hatto, 50 tagacha sanab yetkazganlar. Ulardan asosiylari — Аllohning sifatlarini zotiy va feʼliy sifatlarga boʼlish, sifatlari ayni zotmi yoki gʼayri zotligi, Muso (a.s.) Аllohning kalomini bevosita eshitganmi yoki bilvositami, iroda bilan rizo birmi yoki tafovutlimi, Аllohni koʼrish joizligiga Аshʼariy aqliy dalil keltirgan, Moturidiy naqliy, qabih ishning sodir etilishi bandadanmi yoki u ham Аllohdanmi — bunga Moturidiy husnu qubh hammasi Аllohdan, faqat behikmat emas, deydilar. Inson oʼz toqatidan tashqari ishga taklif etilishi mumkin, deb Аshʼariy, mumkin emas, deb Moturidiy aytadilar. Shuningdek, А llohni aql bilan tanish vojibmi yoki naql bilanmi degan masalada Moturidiy aql bilan deganlar. Imon bilan islom bir narsa ekani, baxtli va baxtsiz insonlar oxir-oqibatda oʼzgarib-almashib qolishlari mumkinligi, qilinadigan yaxshi va yomon amallar bandaning kasbi va А llohning yaratishi bilan hosil boʼlishi, muqallidning imoni maqbul ekani, imonning oʼzi emas, balki uning nuri, quvvati ortib yoki kamayib turishi, imonning ruknlari ikkita, yaʼni iqror va tasdiqdan iborat ekani, amallar imon tarkibiga kirmasligi, balki savoblar va gunohlar alohida hisobga olinishi kabi masalalarda Imom

А shʼariy bizning moturidiya aqidamizning xilofini taqrir etganlar.

Qur’oni karim.Har ikkala taʼlimot “ А hli sunna val-jamoa” yoʼnalishida tan olingan boʼlib, oʼrtalaridagi farqlar biri boshqalarini kufrda va adashishlikda ayblamaydi. Har ikkala taʼlimot islom dinining eng nozik va daqiq jihati xisoblangan aqida va kalom ilmiga doir masalalarni hal etishda oʼziga xos usul bilan yondoshadilar.

А bul Muin Nasafiy oʼzining maʼnaviy ustozi, buyuk mutakallim imom А bu Mansur Moturidiy taʼlimotini yanada rivojlantirib, uning butun Sharq mamlakatlariga tarqalishida beqiyos xizmat koʼrsatgan olim sanaladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, А bu Muin Nasafiy ilmiy merosini oʼrganish boʼyicha joriy yilda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan allomaning maqbarasi taʼmirdan chiqarilib, katta ziyoratgohga aylantirish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq, А bu Muin Nasafiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʼrganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʼrtasida keng targʼib qilish boʼyicha izchil saʼyharakatlar olib borilmoqda.

Tarixiy manbalarda koʼrsatilishicha, А bu Muin Nasafiy 1027 yili tavallud topgan hamda 1114 yili zulhijja oyining yigirma beshinchi kuni (21 may) vafot etgan. Ulugʼ ajdodimiz Qarshi tumanining Qovchin qishlogʼida dafn etilgan.

Qur’oni karim. А qida ilmi peshvosi boʼlgan buyuk mutafakkir bobomiz А bul Muin Nasafiy hayoti va qoldirgan boy ilmiy merosi toʼligʼicha ibrat maktabidir. Ushbu bobokalonimiz moturidiya taʼlimoti vakillarining eng yorqin vakili boʼlgan. Bu zotning shonli tariximizdagi ikkita ulkan xizmatini alohida taʼkidlashimiz zarur. Birinchidan, uning moturidiya taʼlimotining diyorimizda saqlanib qolishidagi eng katta xizmati boʼlsa, ikkinchi jihatdan, oʼsha davrda diyorimizda turli buzgʼunchi oqimlarning rivojiga katta qarshilik koʼrsatganligi tufaylidir.

А lloma bobomiz oʼz asarlarida turli buzgʼunchi, adashgan oqimlarga keskin raddiyalar berib, ularning diyorimizda rivojlanishiga qarshilik qilgan. Oʼsha davr ulamolari А bu Muin Nasafiyning oʼz asarlarida illatlarni fosh etib, haqiqatni bayon qilgani uchun unga arab tilida “Sayf ul-haq”, yaʼni “Haqiqat qilichi” degan sharafli nom berganlar.

Nasafiy oʼzining samarali ijodi davomida kalom ilmiga oid oʼndan ortiq asarlar yozib qoldirgan. “Tabsirat al-adilla”, “Kitob at-tamhid li qavoid at-tavhid”, “Bahr al-kalom”, “Manohij al-aimma fil-furuʼ”, “Izoh al-Manhaj li kavn al-aql hujjatan”, “Qasid al-qavoid fi ilm al-aqoid”, “al-Ifsod li xadʼ al-ilhod” hamda “alUmda fi usul al-fiqh” asarlari ana shular jumlasidandir. Bizning davrimizgacha ulardan faqat uchtasi, yaʼni “Tabsirat al-adilla”, “Kitob at-tamhid li qavoid attavhid” va “Bahr al-kalom” nomli asarlari yetib kelgan hamda nashr etilgan. Mazkur asarlar orasida “Tabsirat al-adilla” allomaning eng katta ijod mahsulidir.

Qur’oni karim Muhammad (a.s.) 632 yilda Madinada vafot etganlaridan soʼng u kishining toʼrtta safdoshi – А bu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn А ffon, А li ibn

А bu Toliblar musulmonlarga rahbarlik qilishda paygʼambarga vorislik qildilar.

Ular “Xalifat Rasulillah” (“Paygʼambarning oʼrinbosari”) maʼnosida “Xalifa” deya ataldilar. Keyingi davr manbalarida mazkur toʼrt xalifa “al–Xulafo ar–roshidun”

(«Toʼgʼri yoʼldan boruvchi xalifalar») deb nomlanadi. Xulafoi roshidin, yaʼni

«chahoryor» (yoki «choriyor» – Paygʼambarning toʼrt hamrohi, doʼsti, sahobasi)ning xalifalik davrlari quyidagi tartibda boʼlgan:

1) А bu Bakr Siddiq – 632–634; 2) Umar ibn Xattob – 634–644; 3) Usmon ibn А ffon – 644–656; 4) А li ibn А bu Tolib – 656–661.

Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan boʼlsa, xalifa Usmon ibn А ffon davriga kelib jamoa orasida fitnalar paydo boʼldi.

656 yili Basra, Kufa va Misrlik bir necha ming fitnachilar Madina atrofini oʼrab olib bir qator talablarni qoʼyadilar. Xalifa Usmon (r.a.) ularning barcha talablarini qondiradilar. Shunga qaramay, qoʼzgʼolonchilar “Usmon bizni oʼldirmoqchi boʼldi”, deb yolgʼon xabar tarqatadilar va halifaning uyiga bostirib kirib, uni qatl etadilar. А ynan Usmon ibn А ffonning (r.a.) oʼldirilishi keyingi boʼlinishlar, ixtiloflar va fitnalarning boshlanishi boʼldi.

Qur’oni karim Musulmon davlatining toʼrtinchi rahbari etib Rasululloh (a.s.)ning jiyani va kuyovi boʼlgan А li ibn А bu Tolib (r.a.) saylandi. Oʼsha davrdagi qoidaga binoan xalifa Madinada saylanar, keyin esa boshqa hududlarning barchasi oʼsha xalifaga bayʼat berishi lozim edi. Xalifa А liga Misr va Shom (Suriya) voliylari

(hokimlari)dan tashqari barcha hudud ahli bayʼat qiladi. Misr voliysi А mr ibn Oss (r.a.) va Shom amiri Qur’oni karim.Muoviya ibn А bu Sufyon (r.a.)lar qarindoshi Usmon ibn А ffonning oʼldirilishidan qattiq qaygʼuga tushdi va uning qotillaridan qasos olinmaguncha yangi xalifaga bayʼat qilmaslikka qaror qiladi.

Xalifa А li (r.a.) esa davlat ichidagi nozik ijtimoiy–siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda fitnachilarga nisbatan chora koʼrishni kechiktiradi. Shu payt, Makkada Oisha (r.a.), Zubayr ibn А vvom (r.a.), Talxa ibn Ubaydulloh (r.a.)lar boshchiligida bir qator sahobalar qoʼshin toʼplab Usmon (r.a.)ning qotillaridan oʼzlari qasos olishga qaror qilib, xalifa ruxsatisiz Basra va Kufaga yoʼl oladilar. Bundan xabar topgan Xalifa А li ularni bu ishdan qaytarish uchun yoʼlga chiqadi va Kufa shahri yaqinida ularga yetib olib muzokaralar oʼtkazadi. Natijada, ikki tomon kelishuvga erishib makkaliklar ortga qaytishga va bundan buyon xalifaning izmidan chiqmaslikka kelishadilar. Biroq, oʼsha tuni bir guruh odamlar ikki tomonga ham hujum qilib hazrat А li va makkaliklar qoʼshinini urishtirib qoʼyadi. Mazkur voqea tarix kitoblarida “Jamal voqeasi”, yoki “Jamal jangi” deb ataladi.

657 yilda Xalifa А li va bayʼat qilishni istamagan Shom (Suriya) hokimi Muoviya oʼrtasida «Siffin» deb ataluvchi joyda jang boʼlib oʼtadi. Bu voqea, islomdagi ilk boʼlinishlarning boshlanishiga sabab boʼldi. Musulmonlarning qoni toʼkilishini istamagan ikkala taraf sulh tuzishga va xalifalik saylovini qaytadan oʼtkazishga kelishib oldilar.

Xorijiylik. Hazrat А lining yon berganidan norozi boʼlgan uning 12ming askari boʼysunishdan bosh tortib, Harura nomli qishloqqa ketdilar. Bu guruh keyinchalik «Xorijiylar» (yoki al–xavorij, xorijiya) deb ataldi.

Xavorijlar oʼzlariga А bdulloh ibn Vahb Rosibiyni amir etib saylab, А li va Muʼoviyani yoʼq qilish payiga tushdilar. Xalifa А lini 660 yilda xorijiy А bdurrahmon ibn Muljam oʼldirgach, xavorijlar ikki firqaga boʼlinib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi А rabiston yarim oroliga ketdi. Qur’oni karim.Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar va oʼlkalarni egalladilar.

Hokimiyat Umaviylardan А bbosiylar sulolasi (749–1258) qoʼliga oʼtganidan keyin ham bu toifa bir muddat oʼz kuchini yoʼqotmadi. Biroq А bbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan soʼnggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi. Xavorijlar taʼlimotlari asosi quyidagilardan iborat:

– ular gunohkorni «kofir» deb eʼlon qildilar. Shunga koʼra xalifa Usmonni А bu Bakr va Umar yoʼlidan yurmagani uchun kofir deyishadi. А li, Muoviya, А bu Muso А shʼariy, А mr ibn Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar;

– «zolim» podshohga qoʼlda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. Oʼz eʼtiqodini yashirish tamoyili (taqiya) rad etadilar. Oʼzlari harbiy jihatdan zaif boʼlsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib boʼlaveradi, deb hisobladilar;

– xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab boʼlishligidan qatʼi nazar, musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, maʼlum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;

– namoz, roʼza, zakot va boshqa amallarni imonning bir boʼlagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.

VII asr ikkinchi yarmida xavorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar paydo boʼldi. Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azoriqalar hamda sufriylar boʼlib, oʼz yoʼlboshchilari nomi bilan shunday atalganlar.

QUR’ONI KARIM ‒ ISLOM DININING MUQADDAS KITOBI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xolmuxamedov Baxtiyor

Annotatsiya. Qur’oni karim yirik diniy-falsafiy, huquqiy, adabiy-tarixiy, musulmon va umumjahon madaniyatining qadimiy, muhim yodgorligidir. Qur’oni karim musulmonlarning diniy hayotida asosiy qonun, dastur vazifasini o‘taydi. U diniy ibodatlarning tartib-qoidalari, diniy huquqshunoslikka oid barcha qonun-qoidalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur maqolada Qur’oni karimning ma’nolari, qay holatda nozil bo‘lgani, ko‘chirilishi, yetib kelishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по биологическим наукам , автор научной работы — Xolmuxamedov Baxtiyor

QUR’ONI KARIMNING AXLOQIY MASALALARINI FALSAFIY MEZONLARI
QUR’ON: ILOHIY KO‘RSATMA VA YUKSAK BADIIYAT UYGʻUNLIGI

BEHBUDIY PUBLITSISTIKASIDA DINIY-MA’RIFIY G‘OYALAR (“QUR’ONI KARIM TARIXIGA BIR NAZAR” MAQOLASI MISOLIDA)

ULAMOLAR TOMONIDAN TAFSIR SO‘ZIGA BERILGAN TA’RIFLAR

ISLOM DININING TARQALISHI VA UNING TA’LIM-TARBIYAGA TA’SIRI. QURONI KARIM AXLOQIY-FALSAFIY TA’LIMOTLAR MANBAYI

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUR’ONI KARIM ‒ ISLOM DININING MUQADDAS KITOBI»

WWW REANOPUB UZ

Go glc flHfleKC maifl

QUR’ONI KARIM – ISLOM DININING MUQADDAS KITOBI

Xolmuxamedov Baxtiyor, SamDU doktoranti

Annotatsiya. Qur’oni karim yirik diniy-falsafiy, huquqiy, adabiy-tarixiy, musulmon va umumjahon madaniyatining qadimiy, muhim yodgorligidir. Qur’oni karim musulmonlarning diniy hayotida asosiy qonun, dastur vazifasini o’taydi. U diniy ibodatlarning tartib-qoidalari, diniy huquqshunoslikka oid barcha qonun-qoidalarni o’z ichiga oladi. Mazkur maqolada Qur’oni karimning ma’nolari, qay holatda nozil bo’lgani, ko’chirilishi, yetib kelishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar: Qur’oni karim, Islom dini, Payg’ambar alayhissalom, sura, oyat, xattotlar.

Olamlar tarixidagi eng muhim hodisa sanalmish bu jarayonning – Qur’oni karim nozil bo’lishining boshlanish nuqtasi Hiro g’orida, Ramazon oyining o’n yettinchi kuni sodir bo’ldi. Insoniyat tarixidagi bu ulug’ sanada Alloh taoloning so’nggi va mukammal kitobi nozil bo’la boshladi. Ilk vahiysi buyruq maylidagi «Iqra’», ya’ni «O’qi» («Qiroat qil») ma’nosini anglatuvchi so’z bilan boshlangan bu ilohiy ta’limotning nomi «o’qimoq», «qiroat qilmoq» degan ma’noni anglatuvchi masdar shakli – «Qur’on» bo’lib qoldi. Lug’at ilmi mutaxassislari «Qur’on» lafzining «jamlamoq» degan ma’nosi ham borligini ta’kidlaydilar. Bunda Alloh taoloning oxirgi kalomi o’zidan oldin nozil bo’lgan barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o’zida jamlaganiga ishora bordir. Mana, o’n besh asrdan buyon ko’pchilik insonlar «Qur’on» lafzining lug’aviy ma’nosini bilmasalar ham, u musulmonlarning muqaddas kitobi ekanligini bilib kelmoqdalar [1].

Qur’oni karim muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Sharqning g’oyaviy tarixi bilan qiziquvchilar uchun u nodir bir yodgorlikdir. Qur’ondagi turli rivoyat, so’z va iboralar Islomni qabul qilgan turli tilda so’zlashuvchi xalqlarning adabiyoti, og’zaki ijodi va kundalik so’zlashuv tiliga chuqur singib ketgan. Islomni qabul qilgan xalqlar tilidagi ilmiy, tarixiy, diniy, adabiy asarlar xoh she’riy, xoh nasriy bo’lsin Qur’ondan iqtibossiz, uning ta’sirisiz yozilmagan. Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Mashrab, So’fi Olloyor, Huvaydo, Xaziniy kabi ko’p shoirlarning asarlarida Qur’on oyatlari ba’zan aynan, ba’zan she’r

WWW REANOPUB UZ

Go glc flHfleKC maifl

mazmuniga singdirib berilgan. Qur’on nafaqat musulmon mualliflari ijodiga, balki boshqa dindagi xalqlarning olim va adiblari ijodiga ham barakali ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, A.S.Pushkin Qur’oni karimning fransuz tiliga qilingan tarjimasini o’qib, uning 15 ta surasiga 15 ta she’r bag’ishlagan [1].

«Al-Qur’on» – o’qiladigan muqaddas Kitob, lekin qulaylik uchun «al»ni olib tashlab, «Qur’on» atalib kelinmoqda. U «al-Qur’on ul-karim», «al-Qur’on ush-sharif», «Kalomulloh», «al-Kitob», «al-Mushaf» kabi bir qancha nomlar bilan yuritiladi [3].

Qur’on 114 suraga bo’linadi. Suralar hajmi jihatidan tartib bilan joylashtirilgan, bundan Fotiha (alhamd) surasi mustasno bo’lib, Qur’on shu sura bilan boshlanadi. Har qaysi suraning o’z nomi bor. Bu nomlar yo suraning avvalgi so’zidan olingan yoki o’sha surada zikr etilgan biror narsaning nomi bilan atalgan. Qur’onning hamma surasi «Bismillohir rahmonir rahiym» iborasi bilan boshlanadi, faqat to’qqizinchi – Tavba surasida bu ibora qo’yilmagan. Qur’on suralari hajman turlicha bo’lib, ular oyatlarga bo’lingan. Eng uzun sura – ikkinchi – Baqara surasi (286 oyat), eng qisqa sura esa – Kavsar va Asr suralari (3 oyat)dir. Qur’onning barcha oyatlari 6204 tadan 6236 tagacha hisoblanadi [4].

Qur’on 610-633 yillar mobaynida Muhammad (s.a.v.)ga Allohdan kelgan vahiy sifatida tushirilgan va u kishi tomonidan og’zaki ravishda bayon qilingan hamda hofizlar tomonidan yodlab olingan. Payg’ambar hijratlaridan oldin nozil bo’lgan suralar Makka suralari, hijratdan keyin nozil bo’lganlari Madina suralari, deb ataladi. Muhammad alayhissalom hayotlik vaqtlaridayoq ayrim suralar xatga ko’chirilgan, Payg’ambarimiz vafotlaridan keyin hofizlarning ayrimlari vafot etib ketishlari natijasida Qur’on matni asta -sekin xotiradan ko’tarilib, o’zgarishga yuz tutilishi xavfi tug’iladi va Abu Bakr Siddiq tashabbusi bilan 22 yoshlik Zayd ibn Sobit tomonidan Qur’on suralari to’planib, ayrim-ayrim sahifalarga ko’chirilgan. 651 yili hazrati Usmonning buyrug’i bilan o’sha paytda Madinada yashayotgan yana o’sha Zayd ibn Sobit tomonidan qat’iy tartibga solinib, yagona va qat’iy matn sifatida kufiy xatida kiyik terisidan ishlangan sahifalarga 4 nusxa (ba’zi manbalarda 6 nusxa) ko’chirilib ommalashtirildi. Bu nusxalar Qur’onning birinchi sahih matni hisoblanib, hozirgi kungacha hech o’zgarishsiz nusxalar olinib, keyinchalik nashr etib kelinmoqda [4].

WWW REANOPUB UZ

Yurtimiz Qur’oni karimning eng qadimiy va noyob -nodir qo’lyozmalarini ko’z qorachig’iday asrab kelayotgani bilan ham shuhratli. Bularning eng noyobi va qadimiysi musulmonlar idorasi kutubxonasida saqlanayotgan Hazrati Usmon Mushafidir. Bundan tashqari, sakkizinchi asrda ko’chirilgan «Katta Langar» Qur’oni, hijriy 665 yili mashhur xattot Ismoil Muborak ko’chirgan Qur’oni karim (ma’nolarining forscha tarjimasi bilan), O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar xazinasida saqlanayotgan Abdullobek kotib tomonidan ko’chirilgan (yili noma’lum) Mushafi sharif qo’lyozmasi ham eng qimmatli yodgorliklardan sanaladi.

Shuningdek, Mahmud Zamaxshariy, Hoja Muhammad Porso, Abul Qosim Kushayriy va boshqalarning tafsirlari, Qur’oni karimning turli yillarda mashhur xattotlar tomonidan ko’chirilgan o’nlab nusxalari saqlanmoqda. Qur’onning o’zida va hadisi sharifda Qur’oni karimga bir qancha sifatlar bilan ta’rif berilgan. Alloh taolo aytadi: «Ushbu Kitob (Qur’on) shubhadan holi va taqvodorlarga hidoyatdir» (Baqara, 2); «U sizga Kitobni nozil qilgan Zotdir» (Oli Imron, 7); «Ey mo’minlar, Allohga, Payg’ambariga, unga nozil qilgan Kitobga. imon keltiringiz» (Niso, 156); «Axir ularga tilovat qilinayotgan Kitobni Biz sizga nozil qilganimiz ularga yetarli emasmi?» (Ankabut, 51); «Oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan muborak Kitobdir» (Sod, 29) [2].

Zayd ibn Arkam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning kitobi osmondan yerga tortilgan bir arqondir», deganlar (Termiziy, Muslim rivoyati). Abu Umoma Boxiliydan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’on o’qinglar, chunki u Qiyomat kuni o’qiganlarga shafoatchi bo’ladi», deganlar (Muslim rivoyati) [2].

«Ulumul Qur’on» ulamolari Qur’oni karimga bunday ta’rif berishgan: «Qur’on Alloh taoloning Muhammad alayhissalomga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodat-da o’qiladigan ojiz qoldiruvchi Kalomidir» [2].

Shayx Usmonxon Alimovning yozishicha, Qur’oni karim Alloh taolo tomonidan arabiy tilda, arab adabiy tilining namunasi, barcha arab qabilalari lahjalarining onasi hisoblangan eng fasohatli va chiroyli Quraysh lahjasida nozil qilingan. Buxoriy va

WWW REANOPUB UZ

Go glc flHfleKC maifl

Muslimlarning rivoyat qilishicha, Qur’oni karim yetti harf (uslub)da sodir bo’lgan. Lekin musulmonlar o’rtasida ixtilof va tafrikalar bo’lmasligi uchun bitta Quraysh lahjas ida qiroat qilishga buyurilgan. Payg’ambar alayhissalom davrlarida sahobiylardan (hammalari ansorlar) Ubay ibn Ka’b, Ali ibn Abu Tolib, Muoviya ibn Abu Sufyon, Zayd ibn Sobitlar Qur’onni to’la yozib olib, yodlashgan. Boshqa bir rivoyatda bu ro’yxatga Abu D ardo ham kiritilgan [2].

Payg’ambar alayhiccalom vafotlaridan so’ng, milodiy 642 yili (hijratning 12-yili) Islom uchun bo’lgan janglarda ko’plab murattab qorilarning shahid bo’lishlari tufayli Qur’on oyatlarini to’plab, bir yerga jam qilish ehtiyoji tug’ilgan. Bu ish Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) xalifaliklari davrida yigirma uch yoshli vahiy kotibi Zayd ibn Sobit tomonidan amalga oshirilgan. Zayd ibn Sobit Qur’onni yod olgan kishilardan xurmo yaproqlari, terilar, yapaloq toshlar, kurak suyaklarga bitilgan yozuvlarni birma-bir yig’ib, Allohning kalomini bir joyga jam qilgan.

Qur’oni karim uch marta – Rasululloh alayhissalom zamonlarida, Abu Bakr Siddiq, va hazrati Usmon roziyallohu anhu davrlarida jam qilingan. Birinchi holatda oyatlar suralardagi o’z o’rniga qo’yib, tartibi bilan yozilgan, Payg’ambar alayhisalom yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini, qayerda turishi lozimligini kotiblarga ko’rsatib turganlar. Ikkinchi holatda oyat va suralar tartibga solinib, sahifalarda jam qilingan, bu «Suhuf» (sahifalar) deb nom olgan. Kishilar qo’lidagi Qur’on yozilgan parchalar Rasululloh huzurlarida yozilganiga ikki guvoh keltirilgandagina tekshirib qabul qilingan va bir necha yilda jamlangan. Uchinchisida esa vaqt o’tishi bilan Islom davlati chegaralari kengayib, ko’p xalqlar musulmonlikni qabul qilib, Qur’onni o’qishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshlagan. Shunda (yuqorida aytilganidek) davlat rahbari Hazrati Usmon buyrug’i bilan Abu Bakr davridagi sahifalardan kiyik terisiga oltita nusxa ko’chirildi. Bu sahifalar yagona qiroat asosida Mushaf qilinib, kitob holida Makka, Shom, Kufa, Basra shaharlariga yuborildi, bir nusxa poytaxt Madinada qoldi, Imom (bosh) nusxani Hazrati Usmon o’zlariga oldilar. Ana shu tabarruk Mushafning bir nusxasi hozir Toshkentda saqlanmoqda. Yagona Qur’oni karim nusxasini tuzishda Hazrati Usmonning xizmatlari katta bo’lgan [2].

1. Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф. Куръони Карим ва узбек тилидаги маънолар таржимаси. – Тошкент: ШЫ nashr, 2018. – 632 б.

2. Шайх Усмонхон Темурхон Самаркандий. Тафсири Ирфон. 1-китоб. -Тошкент: Sharq, 2019. – 736 б.

Смысловой перевод Корана на русском языке (Э. Кулиев)

Хочешь помочь в развитии сайта vkorane.info?

  1. Открывающая книгу (Аль-Фатиха)
  2. Корова (Аль-Бакара)
  3. Семейство Имрана (Аль Имран)
  4. Женщина (Ан-Ниса)
  5. Трапеза (Аль-Маида)
  6. Скот (Аль-Анам)
  7. Ограды (Аль-Араф)
  8. Трофеи (Аль-Анфаль)
  9. Покаяние (Ат-Тауба)
  10. Иона (Йунус)
  11. Худ (Худ)
  12. Иосиф (Йусуф)
  13. Гром (Ар-Раад)
  14. Авраам (Ибрахим)
  15. Хиджр (Аль-Хиджр)
  16. Пчёлы (Ан-Нахль)
  17. Ночной перенос (Аль-Исра)
  18. Пещера (Аль-Кахф)
  19. Мария (Марьям)
  20. Та Ха (Та Ха)
  21. Пророки (Аль-Анбия)
  22. Паломничество (Аль-Хадж)
  23. Верующие (Аль-Муминун)
  24. Свет (Ан-Нур)
  25. Различение (Аль-Фуркан)
  26. Поэты (Аш-Шуара)
  27. Муравьи (Ан-Намль)
  28. Рассказ (Аль-Касас)
  29. Паук (Аль-Анкабут)
  30. Римляне (Ар-Рум)
  31. Лукмaн (Луман)
  32. Земной поклон (Ас-Саджда)
  33. Союзники (Аль-Ахзаб)
  34. Сава (Саба)
  35. Творец (Фатыр)
  36. Йа Син (Йа Син)
  37. Выстроившиеся в ряды (Ас-Саффат)
  38. Сад (Сад)
  39. Толпы (Аз-Зумар)
  40. Прощающий (Гафир)
  41. Разъяснены (Фуссилат)
  42. Совет (Аш-Шура)
  43. Украшения (Аз-Зухруф)
  44. Дым (Ад-Духан)
  45. Коленопреклоненные (Аль-Джасийа)
  46. Барханы (Аль-Ахкаф)
  47. Мухаммад (Мухаммад)
  48. Победа (Аль-Фатх)
  49. Комнаты (Аль-Худжурат)
  50. Каф (Каф)
  51. Рассеивающие (Аз-Зарийат)
  52. Гора (Ат-Тур)
  53. Звезда (Ан-Наджм)
  54. Месяц (Аль-Камар)
  55. Милостивый (Ар-Рахман)
  56. Событие (Аль-Вакиа)
  57. Железо (Аль-Хадид)
  58. Препирательство (Аль-Муджадала)
  59. Сбор (Аль-Хашр)
  60. Испытуемая (Аль-Мумтахана)
  61. Ряды (Ас-Сафф)
  62. Собрание (Аль-Джумуа)
  63. Лицемеры (Аль-Мунафикун)
  64. Взаимное обделение (Ат-Тагабун)
  65. Развод (Ат-Талак)
  66. Запрещение (Ат-Тахрим)
  67. Власть (Аль-Мульк)
  68. Письменная трость (Аль-Калам)
  69. Неминуемое (Аль-Хакка)
  70. Ступени (Аль-Мааридж)
  71. Ной (Нух)
  72. Джинны (Аль-Джинн)
  73. Завернувшийся (Аль-Муззаммил)
  74. Закутавшийся (Аль-Муддассир)
  75. Воскресение (Аль-Кийама)
  76. Человек (Аль-Инсан)
  77. Посылаемые (Аль-Мурсалат)
  78. Весть (Ан-Наба)
  79. Исторгающие (Ан-Назиат)
  80. Нахмурился (Абаса)
  81. Скручивание (Ат-Таквир)
  82. Раскалывание (Аль-Инфитар)
  83. Обвешивающие (Аль-Мутаффифин)
  84. Раскалывание (Аль-Иншикак)
  85. Созвездия зодиака (Аль-Бурудж)
  86. Ночной путник (Ат-Тарик)
  87. Всевышний (Аль-Аля)
  88. Покрывающее (Аль-Гашийа)
  89. Заря (Аль-Фаджр)
  90. Город (Аль-Балад)
  91. Солнце (Аш-Шамс)
  92. Ночь (Аль-Лейл)
  93. Утро (Ад-Духа)
  94. Раскрытие (Аль-Инширах)
  95. Смоковница (Ат-Тин)
  96. Сгусток крови (Аль-Алак)
  97. Предопределение (Аль-Кадр)
  98. Ясное знамение (Аль-Беййина)
  99. Сотрясение (Аз-Залзала)
  100. Скачущие (Аль-Адийат)
  101. Великое бедствие (Аль-Кариа)
  102. Страсть к приумножению (Ат-Такасур)
  103. Предвечернее время (Аль-Аср)
  104. Хулитель (Аль-Хумаза)
  105. Слон (Аль-Филь)
  106. Курейшиты (Куpaйш)
  107. Мелочь (Аль-Маун)
  108. Изобилие (Аль-Каусар)
  109. Неверующие (Аль-Кафирун)
  110. Помощь (Ан-Наср)
  111. Пальмовые волокна (Аль-Масад)
  112. Очищение веры (Аль-Ихлас)
  113. Рассвет (Аль-Фалак)
  114. Люди (Ан-Нас)

Для чего нужно читать Коран?

Коран — это единственная книга, которая осталась неизменной в течение почти полутора тысяч лет. В наш информационный век, Коран вызывает особый интерес. С одной стороны мы видим людей, которые делают плохие поступки ссылаясь на Священное Писание, с другой стороны видим людей высоконравственных, которые также ссылаются на Священное Писание и при этом ведут приличный мусульманский образ жизни. Все это оставляет недоумение у людей, которые далеки от Ислама, при этом у многих все же складывается негативный образ Корана и мусульман в целом. Как же быть? Во-первых нужно самим мусульманам больше знакомить с Кораном и Исламом своих близких, соседей, друзей, чтобы они узнавали правдивую информацию «из первых рук».

Сайт предназначен для людей начинающих знакомство со Священным Писанием, в этом разделе приведен весь список сур Корана на русском языке, точнее сказать, это смысловой перевод Корана на русский язык Эльмира Кулиева, настоящий Коран — на арабском языке. Важный момент — нужно размышлять над смыслами Священного Писания, и на это во многих местах в книге есть указания. Всевышний Господь дал нам Коран, как руководство, как инструкцию как жить, руководствуясь Кораном каждый день в своей жизни, вы обретете настоящее счастье и гармонию.

Материал принес пользу?
Поделитесь с друзьями в социальных сетях

Перед тем как пошел вирус на всех людей я увидела в небе две строчки из Корана на языке вашем тогда я не знала ,что бог меня придупридил ,Я ваш язык не знаю(Я из России)

Здравствуйте, Я очень хочу купить Священну книгу Кур’ан

Уважаемые создатели сайта «Смысловой перевод Корана на русском языке (Э. Кулиев)» при копировании не копируются номера аятов, исправьте пожалуста.

Хиджаб можно носить в любом возрасте не только в Исламе, но и в других религиях.

Изучайте Коран, изучайте Библию, изучайте Тору, любые иные источники о всевышнем, но изучайте. И тогда мы поймем, что Бог, Аллах, Яхве или любые иные его воплощения это единый господь, как бы он не назывался в разных языковых системах. Когда мы поймем, что заповеди господни (не знай Господа кроме меня, не поклоняйся иному богу, не убий, не укради, не прелюбодействуй, не желай ближнему того, что не желаешь себе и т.д.), тоже едины для всех, дарованы единым господом — мы приблизимся к Господу. Когда мы поймём, что важна не процедура отправления веры (кто-то на коврике молится, кто-то на коленях, кто-то стоя, кто-то в душе), придуманная людьми, а важна вера как таковая и её крепость в совсем немногих ниспосланных господом истинах, следование вере и его заповедям, вот тогда мир улучшится. Крестоносцы прикрываясь именем Бога (на других языках Аллаха, Яхве), жгли, убивали, насиловали, грабили. Террористы, прикрываясь именем Аллаха (на других языках Бога, Яхве) жгли, убивали, насиловали, грабили. Да отсохнут руки у того, кто убивая и отрезая голову говорит «Аллах акбар», это лжец и иуда. Да отсохнут руки у того, кто убивая и отрезая голову говорит «Во имя Христа», это лжец и иуда. Это шакалы и иуды, как некоторые правоверные мусульмане и христиане их называют.
Если кто-то говорит, что Коран это самая правильная вера, или говорит, что Христианство самая правильная вера и т.п. — это от лукавого. Господь един для всех, во всех его проявлениях, дал всем десяток простых, сохраняющих человеческий облик, истин. Чем отличаются фразы «Аллах акбар» от «Велик господь». Правильно — ничем, потому, что мы обращаемся к единому богу.
Душевного Вам равновесия братья и сёстры! Надеюсь никого не обидел, просто высказал размышления на жизненном пути. Господь для того и создал человека, чтобы он мыслил и совершенствовал его великий промысел. Прошу заранее простить, если кого-то задел.