Kitob taqdimoti o‘tkazildi
Parvardigor o’zi asrasin
Китоб такдимоти:Амир Темур Сохибкирон бобомиз доимо ёдимизда.
Самарканд вилояти Каттакургон шахар 4-умумтаълим мактаби кутубхоначи тамонидан тайёрланган китоб такдимоти:Амир Темур Сохибкирон бобомиз доимо ёдимизда.
Просмотр содержимого документа
«Китоб такдимоти:Амир Темур Сохибкирон бобомиз доимо ёдимизда.»
Samarqand viloyat Kattaqo’rg’on shahar 4-umumta’lim maktab o’quvchilar tomonida
“Kitob taqdimoti”ga tayyorlagan Shakarova Zilolaning SENARIYSI
Mavzu: Amir Temur Sohibqiron yodimizda.
Muhammad Yusufning “Vatan” she’ridan parcha o’qiydi.
Ey menga ertaklar so’ylagan zamin,
Ergashib izingdan qolmasman sening.
O’zgalar nazdida Bog’i Eramning,
Jiydang yaprog’iga olmasman sening.
Vatan qayda bo’lmay sen hamrohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan .
Oltin beshik uzra allalar aytib.
Hamisha bedorim ondi-onaizorim,
Jilg’asi jarangi tongda uyg’otib.
Yuragimga kirib kelgan bahorim ,
Vatan, qayga bo’lmay sen hamrohimsan
Bobolarim yotar sajdagohimsan
“Yuz yilda tug’ilgan bir sardor”
Hotam dunyo himmatlari bor
Hikmati bor har bir tuhfasi
Yuz yilda bir tug’ilsa sardor
Uni parvardigor asrasin
Beshikda tinch uxlar go’dakjon
Kulgusiga sadaqa bu yor
Millat uchun kim bo’lsa qalqon
Parvardigor o’zi asrasin
Yomon ko’zdan saqlasin zinhor
Kamolingni ko’rolmaslar bor
Kimki karvon boshidagi nur
Parvardigor o’zi asrasin
Assalomu alaykum aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, hurmatli o’quvchilar. Bugun buyuk sarkarda , qudratli saltanat asoschisi , jahongir bobomiz tavalludiga 683 yil bo’lishi munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz.
Sohibqiron bobomiz faqat bizninggina emas, balki jahon tarixining eng ulug’ eng yorqin siymolaridan biridir.Yetti iqlimga mashxur ulug’ jahongir tengi yo’q sarkarda sifatida tan olingan, uning nomi tarix sahifalarida manguga bitilgandir. Bugun biz donishmand alloma Movaraunnahr zaminida o’z xalqini chet el bosqinchilaridan himoya qilgan,qudratli davlat tuzgan Amir Temur bosib o’tgan ibratli yo’lida qur nazar solamiz.
O’quvchilar ijrosida sahna ko’rinishi
-Bugun tongotarda bir g’alati tush ko’ribman.Tushumda arabga o’xshash bir yigit qo’llarimga qilich berib, quyoshga qarab silkit deb buyurarmish shunday qilgandim, olam birdan yorqin bo’lib charaqlab ketganmish. Ko’rgan tushumning ta’biri qanday bo’lmish.
Oradan bir yil o’tgach
Bog’da bitgan bodomlar
-Bu kun chig’atay amiri Tarag’ay Bahodirxon xonadonlarida zo’r shodiyona . Ular o’g’il farzand ko’rdilar he-he-he.
Bugun Amir Tarag’ay Baxodirxon farzandlari sharafiga yurtga katta ziyofat berurlar. Saylimizga marhamad.Shoshilinglar he-he-he .
Karnay-surnay sadolari yangraydi sahnada 4-5 bola o’ynab o’tib ketadilar , so’ngra qizlar bir tomon bo’lim, o’g’il bolalar bir tomon bo’lib ular ham sahnaga o’ynab kirib kelishadi.
Sahnaga qo’lida yo’rgaklagan chaqaloq bilan Amir Tarag’ay Bahodirhon Shayx Shamsiddin Kulol bilan birgalashib kirib kelishadi. O’tirganlarga yuzlanadi.
Amir Tarag’ay Bahodirhon-Pirim bundan bir yil ilgari siz karomad qilganingizday, olloh menga bir o’g’il farzand ato etdi.Marhamad, unga o’zingiz munosib ism qo’yib bering.
Amir Tarag’ay chaqaloqni Shayx Shamsiddin Kulolga uzatdi. Shayxul a’zim bolani qo’liga olib, uning yuzini ochib ko’radi va chaqaloqni boshi uzra ko’tarib, baland ovozda xitob qiladi.
Bu o’g’lon balandlikdan kuchli, chaqqon va dovyurak, tiyrak va qat’iy, irodali va ayni vaqtda ko’p mehribon xislatli bo’lg’ay.
Keyin bolani otasiga qaytarib berib o’zi qo’liga Qur’on muqaddas kitob hurmatini ifodalagan holda avaylab oladi. Uni ochib yana xitob qiladi.
-Peshonasiga sohibqironlik bitilgan bu bolaning ismi Temur bo’lg’ay.
So’ng qo’llarini duoga ochib fotixa qilg’ay.
Omin Temurbekning umurlari uzun, risqlari mo’l,tolei yorug’ bo’lsin, o’zlari buyuk sarkarda, tengi yo’q fotih, mard va adolatli arbob bo’lib yetishsinlar ollohu akbar.
Ular asta-asta yurib, sahnani tark etadilar.
Jahongir bobomiz Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur 1336 yil 9-aprelda Shahrisabz yaqinidagi Xo’jailg’or qishlog’ida tug’iladi. U barlos beklaridan bo’lgan Tarag’ay Bahodirning o’g’li edi.
Temur bolaligidan aqlli, ziyrak,va juda epchilligi bilan tengqurlaridan ajralib turardi.
Iqtidorli va ilm olishga bo’lgan zo’r ishtiyoqi tufayli dunyoviy ilmlarni, shuningdek, harbiy san’atni ham puxta egallagan
Qur’oni karimni yod olgan. Hadis ilmini mukammal bilgan. Qo’rqmas jasur chavandoz sifatida ham elga tanilgan.
25 yoshida Shaxrisabz hokimi lavozimini egallagan va katta ishlarga qo’l urgan. Faoliyati davomida o’z tadbirkorligi bilan nom qozongan.
Bobomizning tarix oldidagi xizmatlari beqiyos.
U kishi mamlakatda kuchayib ketgan tarqoqchilikka barham berib, el u yurtni o’z tug’i ostida birlashtiradi. Markazlashga yirik davlatga asos soldi.
Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.
Bugun “Temur va Tetg://openmessage?user_id=226325201&message_id=132058muriylar”, “Ulug’bek va Samarqand astranomiya maktabi”, “Bobur”, “Boburiylar saltanati” kabi qutlug’ so’zlarni nafaqat o’zbekning balki butun dunyo xalqlarining tarix sahifalarida uchratar ekanmiz, shuni unutmaslik kerakki, ular zamirida Amir Temurning ulkan xizmatlari bor.
Bobomiz Amir Temur qator xalq va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdi. O’sha davrning eng qudratli podshosi Vildirm Boyazidni (1389-1402 y)tor mor keltirib, ovropo xalqlarini tutqunlikdan xalos etdi.
Oltin O’rda xoni Toxtamishni (1376-1395 y) mahv etib, Rossiyaning mo’g’ullar hukmronligida qutilishni qariyb 300 yilga tezlashtirdi.
Tadbirda lerik chekinish qismida Amir Temur haqidagi o’quvchilar yod olgan she’rlar o’qiladi.
“Amir Temur” Muhammad Yusuf she’ri.
Samarqandda qoldi Bibibxon
Yo’llar qarab toldi Bibixon
O’bek seni o’zbek qilguncha
Qirq yil otdan tushmadi sulton
Maqtov manzil mamlakatlarga
Shohi riyo yetaklar janga
Yolg’onlarga uchmadi sulton
Garchi imo qilsa-qilmayin
O’ttiz o’lka jilovda tayin
Bir qultum ham manmanlik mayin
Tatimadi. Ichmadi sulton
“Dunyolatni kuchdi o’zbek degan nom” Muhammad Yusuf she’ri
Bir to’kilib tag’in qomad tikladi
Yelkalarda millat yukin yukladi
Ozod vujudlarga ruh bo’ldi bino
Binolar o’rniga davlat tikladi
Qay kun tildan uchdi qadrdon kalom
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom
Boshni ne toshlarga urdi bu diyor
Necha vayron bo’ldi, qurdi bu diyor
Tojmahal me’mori Nilning murobi
Amir Temurlarning yurti bu diyor
Bizni yo’qlaganda bizdan ham salom
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom
Amir Temur og’ir mashaqqatlarning barchasiga bardosh berib sabot, matonat bilan pirlari va ustozlari nasihatlari tufayli fe’l atvori tulicha bo’lgan amirlarning boshlarini birlashtirib buyuk va qudratli Temuriylar davlatini barpo etdi. Davlat boshqaruvida diplomatic aloqalar, elchilarni qabul qilish ishlarini samarali yo’lga qo’ydi.
Shu o’rinda kichik sahna ko’rinish namoyish etiladi.
Sohibqiron huzurida qo’li ko’ksida tazim ila devonbegi kiradi.
Olampanoh Ispanya elchisi kelmish, huzuringizga kirish uchun izn so’raydu.
Amir Temur: Kirsin
Elchi kiradi va ta’zim ila hurmatini bajo keltiradi.
-Klavixo, bizning eski birodarimiz. Aytchi o’g’lim, qirolning ahvoli nechuk? Unga jami ezguliklar yor bo’lsin deyman.
-Qirolim ham sizga mudom sog’liq tilaydi. Karvon bilan yetib kelay uning tuhfasi. Zafar muborak a’lo hazrat
A’lohazrat, bu muraqqa daftarda Ispan yurtining shaharlari, qasrlari, go’zal manzaralari tasvirlargan.
G’oyat noyob sovg’adur bu, senga tashakkur. Shoyon hurmat ko’rsating Klavixoga, shoxona sarpolar kiygizing
Zafarni qutlash uchun andijoniylar, bir minora yasamishlar momiq paxtadan.
Faxr eturman men xalqimning sa’ati bilan, uning ko’ngli xuddi o’sha paxtadek oq. Siylovlarni ayamangiz also ulardan!
-O’rusiya vakillari navbat kutmoqda!
O’rusiya elchisi:
Zafar muborak hazrati Temur! To’yonamiz qabul qiling. Olib keldik olmos ko’zli oltinqachig’ay va silovsin ma’nasidan tikilgan po’stin.
Tashakkurim aytadurman qarchig’ay uchun, do’st bo’lg’ayu g’olib turon burgutibilan. O’ruslarning yelkasiga zarbof ton tashlang.
Kimki menga kelib qo’shilsa ulug’lanadi.
Kimki men bilan kurashsa yiqiladi.
O’quvchilar ijrosida o’yin.
-Buyuk shaxslarni tarix yaratadi deydilar. Bunga qo’shimcha qilib, sohibqiron bobomizning suronli hayotininxayol ko’zgusidan o’tkazib, xalq dardi yaratadi, deyish mumkin.
Yurtimizning mard, jasur, botir, o’g’loni
Sarbaland ko’tardi turkey tug’roni
Jahonga jahondek mag’rur bo’lg’oni
Amir Temur bobom podshihi olam
O’gitin ma’nosi xo’p beadaddur
Tuzuklari hamisha bizga madaddur
Ota-bobolarga ruhi madaddur
Amir Temur bobom, sarkarda bobom
Dasturilamaldir siz bitgan hikmat
Siz sajda qilgulik ulug’vor xislat
Siz-la o’sib borar g’ururim qat-qat
Sizga bo’lgan hurmat cheksiz beadad
-Aziz mehmonlar! Mana buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz tavallud topgan kunga atalgan tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Biz tadbirdabJahongir bobomiz bosib o’tgan hayot yo’lini.ma;rifat, madaniyat, obodonchilik borasida qilgan savobli ishlarini, mardlik va jasoratlarini o’zimizning chiqishlarimiz, sahna ko’rinish va bobomiz tuzuklari orqali namoyon etishga harakat qildik.
Kitob taqdimoti o‘tkazildi
Маълумки, байрам арафасида Ички ишлар вазирлиги раҳбариятининг бевосита ташаббуси билан, таниқли олим, юридик фанлари доктори исътефодаги полковник Абдуғаффор Сатторов томонидан яратилган “Эл-юрт осойишталиги генераллари” номли китоб чоп этилган эди. Тақдимотда дастлаб ушбу китобнинг мазмун-моҳияти ҳақида сўз юритилди.
Тадбирда Ҳуқуқий статистика ва тезкор-ҳисоб маълумотлар маркази бошлиғи, полковник Бахтиёр Каримов сўзга чиқиб, ички ишлар органлар ходимлари ўртасида китобхонлик маданиятини ошириш борасида амалга оширилаётган ишлар ҳақида тўҳталди ва барча ходимларга тақдимоти ўтказилган китобни олиб ўқишни маслаҳат берди.
Тақдимот жараёнида мазкур китоб соҳа ходимлари учун муҳим ва тарихий қўлланма эканлиги, унда жамланган генералларнинг ҳаёт йўли ва фаолиятидан ибрат олиш кераклиги қайд этилди ва унинг саҳифаларидан жой олган қаҳрамонлар ички ишлар органларида кўп йиллар самарали фаолият юритган, турли мураккаб даврлар, қалтис вазиятларда ҳам ўз жонини аямасдан, мамлакатда тинчлик ва осойишталикни таъминлаш, жиноятчиликка қарши курашишга муносиб ҳисса қўшган фидойи ходимларнинг ибратли ҳаёти ва фаолияти ҳақида ходимларга батафсил маълумот берилди. Китоб тақдимотда раҳбарият ва шахсий таркиб иштирок этди.
Surxondaryoning boy tarixini namoyon etuvchi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi hamda Surxondaryo viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan viloyatning o‘tmishi, muqaddas qadamjolari, vohaning shonli tarixidan darak berib turuvchi tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, bugungi kundagi taraqqiyot odimlari, takrori yo‘q, benazir so‘lim tabiati, madaniyati, urf-odatlari, qadriyat va an’analarini o‘zida aks ettirgan bir so‘z bilan aytganda qadim va yengilmas ma’naviyatini namoyon etuvchi “Surxondaryo: buyuk o‘tmishdan, yorqin kelajak sari” nomli kitob-albomining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qilgan.
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Taqdimotda olimlar, ziyolilar, ma’naviyatchilar, o‘qituvchilar, mahalla faollari, yoshlar, OAV vakillari hamda kitob-albomni chop etgan “Ma’naviyat” nashriyoti rahbari – Sunnat Ahmedovich Ahmedov, dizayner – Sohibov Shuhrat Shamsiddinovich hamda Ishchi guruhi a’zolari, mualliflar ishtirok etishdi.
Kitob yaratilishi jarayonida har bir tumanning o‘ziga xos tabiati, muqaddas va tarixiy qadamjolari, urf-odatlari, fasllar almashinuvi, hunarmandchilik namunalariga, kiyinish madaniyati, mashg‘uloti umuman olganda Surxon vohasi aholisining o‘ziga xos xarakterini ko‘rsatib berishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur kitobni tayyorlash jarayoni 3 bosqichda amalga oshirildi. Dastlab mutaxassis-olimlardan tashkil topgan Ishchi guruh tomonidan kitobdan joy olishi lozim bo‘lgan obektlar ro‘yxati shakllantirilib, ular haqida to‘liq ma’lumotlar bazasi yaratildi.
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Ikkinchi bosqichda mazkur ro‘yxat asosida yuqori tajribaga ega bo‘lgan fotograflar jalb etilib, obektlarni suratga olish ishlari olib borildi. Kitob-albomning yaratilishidagi hal qiluvchi uchinchi bosqichda to‘plangan ma’lumotlar va fotosuratlarni umumlashtirish va tahrir qilish ishlari olib borilib, yaxlit asar holiga keltirildi.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda viloyat hokimi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi tuzuvchi mualliflar hamda ishchi guruh a’zolari R.Qo‘chqorov, Sh.Pidayev, S.Ahmedov, F.Sharipov, F.Ergashev, B.Turg‘unov, Ye.Ryabova, S.Tursunov, Z.Alimardonova, Sh.Sohibovlar kitob-albomga kiritilgan har bir fotosurat va ma’lumotlarning joylashishi, dizayni ustida ish olib bordi.
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, mazkur kitob 2000 nusxada, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan bo‘lib, ayni kunlarda viloyat hokimi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisining tashabbusi bilan ushbu kitobning ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan holdagi qo‘shimcha o‘zbek, ingliz va yapon tilida 1000 nusxada chop etishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Umuman olganda viloyatning tarixi, buguni va kelajagini, uning betakror tabiatini aks ettiruvchi bu kabi kitoblarning ko‘plab yaratilishi, ayniqsa chet tillarda chop etilishi vohada turizmning rivojlanishiga, hudud iqtisodiyotining o‘sishiga pirovardida esa mamlakatning taraqqiy etishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.