Bolalar kutobxonasi 4
8 апр. 2021 г.
O’ta qiziqarli syujetga ega bo’lgan 10 ta kitob
Bu asarlar sizni dunyoda hamma narsani unuttirib yuboradi va oxirgi varaqqacha o’z qahramonlarining taqdirini diqqat bilan kuzatishga majbur qiladi.
1. “Qoplon”, Yu Nesbyo
Muhtasham Yu Nesbyo hamda undan hech ham kam bo’lmagan Xarri Xole yana ishda. Birinchi varaqlaridanoq mutolaa qiluvchi kitobxon voqealar girdobida cho’kib ketadi. Xole ismli ayg’oqchi Gonkongda depressiya bilan juda ham an’anaviy bo’lmagan tarzda kurashayotgan bir paytda, Osloda ayollarning mudhish qotilliklari sodirbo’la boshlaydi: birorta ham ekspert qanday narsa qurbonlarning jonini olganini aniqlay olgani yo’q.
Jinoyatlarning maqsadi aniq emas. Aftidan, bu jumboqning yechimini faqatgina Xarri Xole kabi dahogina topa oladi. Jinoyatchini izlash va jinoyat qurollari bu professionalni uzoq mamlakatlarga olib keladi. Odamlarga ov uyushtirish kimga kerak bo’lib qoldi, kim pismiqqina va shafqatsiz bo’lgan qoplonga aylanishga qaror qildi? Xarri Xole o’z hayotini havf ostiga qo’yib, ushbu savollarga javob topib surunkali qotilni to’htatish maqsadida ko’rinmas dushman bilan urush so’qmog’iga chiqdi.
2. “Pandemiya”, Frank Tile
Frank Tile gripp kasaligining navbatdagi shtammi pirovardida olib keladigan oxir zamonning o’z talqinini taqdim etdi. Bu kitobda hamma aralishib ketgan – odamlar, qushlar, viruslar hamda yerda o’zining tartibini o’rnatmoqchi bo’lgan darg’azab daholar.
Komissar Frank Sharko butun insoniyatning kelajagi aynan unga bog’liq ekanligini bilmagan holda tergovga kirishadi. Aniqlanishicha virus kimningdir g’alamis niyati tufayli tarqatib yuborilgan, haddan tashqari keng ko’lamdagi qotillikka esa derli politsiyaning burni ostida tayyorgarlik ko’rilgan.
O’z tinchligi va bahtini saqlab qolish uchun odamlar jamiyatidan yashirinishga urinishlarning behudaligini ko’rsatishda Tile ikkinchi syujet liniyasi — ekspert Amandina Geren tarixidan uddaburonlik bilan foydalangan.
Jo’shqinlik oxirgi varaqqacha pasaymaydi: Frank Sharko komandasi virusning manbasini topishga ulguradimi yoki insoniyat halokatga mahkum va najot yo’qmi? O’qisangiz bilib olasiz.
3. “Mahshar kunlari”, Adam Nevill
“Britaniyalik King”dan bu bestseller ilk misralaridanoq o’z domiga tortib ketadi: mustaqil rejissyor va deyarli bankrot bo’lgan Kayl Frimenga o’ta badavlat odam Maksimillian Solomondan juda manfaatli va — faqatgina birinchi qarashdan shunday tuyuladigan— oddiy taklif kelib tushadi. Vazifa bemazagarchilik darajada oson — qo’liga kamerani olib, o’ziga sodiq yordamchi topish hamda 10 kun ichida “Mahshar kunlari butxonasi” nomli bir tariqat to’g’risida ommabop soxta hujjatli uslubda filmni suratga tushirish kerak. Ammo, suratga olish ishlarini turli mamlakatlarda o’tkazishga to’g’ri keladi, lekin asosiy qahramonlar beozor qari odamlar.
Gonorar yoqimlidanham ortiqroq, shuning uchun Kayl bir daqiqa ham cho’zib o’tirmay ishga kirishadi. Biroq, suratga olish jarayoni uni paranormal va narigi dunyoga oid chalkashliklarga botirib yuborishini bilganida edi! Bosh qahramon kabi mutolaa qiluvchilar ham skeptik bo’lishiga qaramay, pirovardida oddiy bo’lgan narsalarga ham nigohini o’zgartirib yuborishga qodir darajadagi mutlaq aqldan ozgan olamga cho’mib ketadi.
4. “Qish odamlari”, Djennifer Makmaxon
Asta-sekin muhitning murakkablashtirilishi va bir syujetdan ikkinchi syujetga keskinliksiz bir maromda, lekin shunga qaramay juda qo’rqinchli o’tishlari Djennifer Makmaxon yozgan navbatdagi asarga ommaboplikni ta’minlab berdi.
Voqealari kki davrda sodir bo’ladi va jumboqlarga to’la yog’ochdan qurilgan eski uy birlashtiruvchi ikki oila hayotini aks ettiradi. Kitobning asosiy qahramonlari — qish odamlari, ya’ni, yer bilan osmonning o’rtasida qolib ketganlar.
Romanda hamma narsa yetarlidan ortiq: tungi noma’lum shovqinlar, yog’och pollarining g’ichirlashi, kundalikdagi yarim chirib bo’lgan varaqlarning shitirlashi, yaqin insonni yo’qotish tufayli og’ir dard va g’azab. Sotqinlik, umidsizlik va qo’rqinch ayrim qahramonlarni jinoyatlar yo’liga, boshqalarini tushkunlikka boshlaydi.
Qor Uest-Xill shaharchasining sirlarini sahiylik bilan qoplab, la’natlangan o’rmonga bo’lgan yo’lni ko’mib tashlaydi. Kutilmagan yechim kitobda tasvirlab berilgan ko’p hodisalarga yorug’lik to’kadi: hamma narsa kitobxon shu paytgacha tasavvur qilganidek emasligi ayon bo’ladi.
5. “Yo’lovchi”, Jan-Kristof Granje
Har kuni bir xil: ishxona, yolg’iz uy, yana ishxona, yana bo’m-bo’sh uy. Ko’chib o’tgandan keyin xatto narsalarni joylashtirishga ham vaqt topilmaydi. Psixiatr Matias Frerga hayot shaffof va yorug’liksiz bo’lib ko’rinar edi, toki u “yuksiz yo’lovchi”ni uchratmaguniga qadar. Vrachlar bunday deb hotirasini yo’qotib o’tmishini unutib qo’ygan va uning parchalaridan mutlaqo yangi hayotni qurayotganlarni ataydi.
Asta sekin Matias o’zi haqida hech narsani eslay olmayotganini tushunib yetadi: hujjatlar soxta, ko’chib o’tgandan keyingi joylashtirilmagan qutilar bo’m-bo’sh. O’zining kimligini va o’z o’tmishini izlash jarayoni Matiasa Frerni jinoyatlar va buzuq niyatliliklarga ham joy topilgan voqealar changaliga qaytarib olib kiradi.
Eng dahshatli haqiqat bosh qahramonni yo’lning ohirida kutib turadi. Xo’sh, Matias qanday yo’lni tanlaydi: hamma narsani yangitdan esdan chiqarib yuborib mutlaq yangi shahsni yaratadimi yoki haqiqatni tan olib hayotni davom ettiradimi?
6. “Adabiy sharpa”, Devid Mitchell
Diniy mutaasib, musiqa do’konidagi sotuvchi, tanasiz qadimiy ruh, Londonlik menedjer, rus mafiyasi, razvedka veterani, maxsus hizmatlar quvg’ini ostidagi fizik ayol, Nyu-Yorklik modadagi didjey — Devid Mitchell aniy biladiki, sayyoradagi hamma odamlar bir-biri bilan ko’rinmas iplar bilan bog’liq. Yozuvchining ilk romani juda muvaffaqiyatli va o’ta chalkash chiqqan. O’quvchi endigina syujet liniyasidagi voqealarni tushunib olgan paytida uning ustiga, avvalgisi bilan bog’liq, biroq undan farq qiladigan boshqasi bostirib keladi.
Kitobda vujudga kelishi mumkin bo’lgan barcha savollarning ichidagi eng ritorik shakliga ega, ya’ni javobi o’z ichida bo’lgan savolga javob topish mumkin: “Nima uchun bu aynan men bilan sodir bo’ldi?”. Voqeaning yakunlanishi — to’liq nokautga jo’natadigan o’sha yakuniy zarba.
7. “O’lik mavj”, Yuxan Teorin
Ayrim jinoyatlarning eskilik muddati bo’lmaydi, onaning yuragi ham bolani yo’qotish hodisasiga ko’nika olishi amri mahol. Yuliya Davidsson ko’p yillar oldin o’z o’g’lini yo’qotgan, lekin uning betayin tarzda yo’qolishini hamon qabul qila olmagan. Besh yoshli bolakay bobosi bilan buvisi uyining devori oldida, bobosi bir daqiqaga uyquga cho’mgan paytda tumanda yo’qolib qolgan. Politsiya bu ishni allaqachon arxivga jo’natib yuborgan, ammo bolaning onasi bolakay haloq bo’lganiga hech ishonmaydi. Yuragi sezib turibdi, u tirik va qayerdadir uzoqda, tumanda o’z onasini kutyapti.
Ko’p yillar o’tib bolakayning bobosiga pochta orqali jo’natib yuborilgan bir sandalcha yetib keladi. Bu sandalcha o’sha bolakay yo’qolib qolgan kuni uning oyog’ida bo’lgan. Eski sharpalar ko’tariladi, o’tmish oynaga taqillatadi va unutib yuborilgan gunohlarga eshiklarni ochib qo’yishni so’raydi. Bolakayning halok bo’lishida kim javobgar – aqldan ozgan qotilmi yoki hukumat bilan tartibning vakili bo’lgan inson qiyofasidagi mahluqmi?
8. “Konklav”, Robert Xarris
Katoliklar olami uchun papa saylovi — o’ta javobgar va jiddiy marosim. Marosim asrlar davomida shakllangan: ruhoniylar Vatikanga yetib kelib, ibodatxonalarning birida to’planadi, ichkaridan qamalib olib u yoki bu nomzod uchun ovoz beradi. Eng asosiy shart: yangi papa billurdek pok va sofdil nomga ega inson bo’lishi kerak.
Mana shu paytdan eng qizig’i boshlanadi. Gilamosti fitnalar o’ta jo’shqin girdob kabi aylanib ketadi, hamma narsadan sirli pardalar yechib tashlanadi, nomzodlar va vafot qilgan pontifikning eng iflos sirlari ochib tashlanadi. Robert Xarris, britaniyalik yozuvchi va tarixga oid bo’lgan intellektual detektivlar bo’yicha mutaxassis o’quvchini Vatikan labirintlari bilan birga undagi o’zaro janjallari ichra ustakorlik bilan yetaklab yuradi.
9. “O’lik hudud”, Stiven King
Djonni Smit o’zining baquvvat sog’ligi bilan maqtangudek emas. U bolaligida chang’i uchish paytida muzga yiqilib tushib bosh suyagi qattiq lat yeb shikastlangan. Oradan ko’p yillar o’tib Djonni avtohalokatga uchraydi va to’rt yil komatoz holatda, ya’ni oddiychasiga komada o’tkazadi. U o’ziga kelganidan so’ng gayrioddiy xususiyatlarga ega bo’lib qolganini, aniqrog’i kelajakni ko’ra olish qobiliyatiga ega ekanligini tushuna boshlaydi.
“Bashoratchi”ning dong’i ommaviy ahborot vositalariga yetib boradi va Djonni mahalliy yulduzga aylanadi. Huddi shu paytda Djonni bolalik paytidan beri tanish bo’lgan uning antagonisti Greg Stilson ham muvaffaqiyat sari dadil qadamlar bilan harakatlanadi. Bir payt kelib ikkala qahramon bir yig’ilishda uchrashib qoladi. Smit uchrashuv paytida Stilsonga tegib ketadi va shu zahotiyoq Greg insoniyatni halokatga yetaklab borishini payqab qoladi.
Djonnining oldida Stilsonni to’htatib qolishday o’ta murakkab vazifa vujudga keladi. Chalkashib ketgan syujet o’quvchining diqqat-e’tiborini oxirigacha qizg’in pallada ushlab turadi: Djonni Greg ismli mahluqni to’htatib qola oladimi va buning uchun u o’zining hayotini qurbon qilishiga to’g’ri keladimi, yo’qmi?
10. “Eshik orti”, Nil Geyman
“Neverwhere”romani rus tiliga “Nikogde” deb, yana boshqa bir safar “Eshik orti” deb tarjima qilingan.
“Salom, men eshigingizdaman!” — deyarli shunday gaplar bilan hech qanday narsasi bilan e’tiborni tortmaydigan idora ishchisi Richardning hayotiga Londonning orqasidan bir qiz, uning ortidan esa boy tarixi bilan ish tajribasiga ega bir juft qotillar ham kirib keladi. Ular hamkorlik qilish taklifini rad etgani uchun Richardni hayotdan “o’chirib” tashlaydi.
Bosh qahramon o’zga dunyoga yo’l oladi. U yerda esa uni mislsiz sarguzashtlar kutadi. Londonning narigi tarafida qo’nalg’a topgan turli afsonaviy qahramonlardan tashkil topgan do’stona doirada Richard bilan eshik – qiz farishtani izlaydi, lekin haqiqiy murtad iblisni uchratadi. Ajoyib hikoya qilish yengil va majburlovsiz o’quvchini Britaniya poytahtining mashhur ziyoratgohlariga yangitdan nazar tashlash imkonini bergan holda London yer osti metrosining labirintlari bo’ylab yetaklab yuradi.
Kitob.uz Bolalar kutobxonasi 4+
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi
Разработано для iPad
Снимки экрана
Описание
Kitob.uz – bu bolalar elektron kutubxonasi bo’lib, u yerda ko’plab elektron kitoblar va o’zbek tilidagi audio kitoblar mavjud. Turli yoshdagi kitobsevarlar uchun ajoyib imkoniyat! Mazkur ilovada biz siz uchun o’zbek tilidagi eng sara kitoblar va audio kitoblarni to’pladik. Kitoblar va audio kitoblar o’qish va tinglash uchun mutlaqo bepul va doimiy Internetga ulanishni talab qilmaydi.
Mazkur ilovaning qulay xususiyatlari:
— reklama va cheklovlarsiz har qanday kitoblarni o’qish va tinglash;
— adabiy janrlarning boy tanlovi;
— ilovaga kitoblar va audiokitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
— kitob o’qish uchun tungi rejimning mavjudligi;
— kitobni varaqlash rejimini sozlash qobiliyati;
— siz kitobni o‘qishni to‘xtagan joydan boshlab o’qishni davom ettirish imkoniyati;
— kitoblarni izlash qulayligi.
Что нового
8 апр. 2021 г.
– Добавлены новые улучшения связанные с чтением книг
– Выполнена доработка аудиоплеера
– Исправлена функция загрузки электронных книг