Press "Enter" to skip to content

Qashqadaryoda maktab direktori o‘z joniga qasd qilib, xatlar yozib qoldirdi

Qayd etilishicha, N.Turdiyev o‘limidan avval 3 nusxada tilxat yozib qoldirgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu tilxatlar marhumning tog‘asi Latif Eshqobilovda saqlanmoqda.

Matematika, 5 sinf, 1 qism, Xaydarov B.Q., 2020

Учебник по математике для 5 класса на узбекском языке.

Siz bu o’quv yilida ham matematika bilan tanishishda davom etasiz. Matematika ming yillar muqaddam inson ehtiyojlarining mahsuli sifatida vujudga kelgan. Uning rivojiga buyuk ajdodlarimiz – sharqning mashhur allomalari, buyuk matematik olimlari ulkan hissa qo’shishgan. Hozirda hech bir kishi matematikani bilmasdan turib, o’z turmushini bekamu-ko’st tasavvur qila olmaydi. Matematika sizga shunchaki hisob-kitob ishlarini o’rgatib qolmasdan, eng asosiysi – sizni mantiqiy fikrlashga, mushohada yuritishga, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimini topishga yordam beradi, aqlingizni peshlaydi.
Qo’lingizdagi mazkur darslik ezgu maqsadlaringizni amalga oshishida sizga hamrohlik qiladi, beminnat yordamchi bo’ladi. Uning sahifalaridan nafaqat matematikaga oid ma’lumotlar bilan, balki texnika, fan tarixi, atrof-olam va kundalik turmushga oid qiziqarli va foydali ma’lumotlar bilan ham tanishasiz. Bu ma’lumotlar turli-tuman masala va misollar ko’rinishida e’tiboringizga havola qilinmoqda.

SODDA GEOMETROK SHAKLLAR.
Tekislik bo’lagini sinf doskasining yoki ko‘ldagi suvning sirti sifatida tasavvur qilish mumkin (1-2-rasm). Tekislik esa cheksizdir.

Nuqta – eng sodda geometrik shakldir va uzunlikka ega emas. 3-rasmda tekislik bo lagi va unda yotgan A va B nuqtalar tasvirlangan.

Tekislikda yotgan ixtiyoriy ikki A va B nuqtalardan faqat bitta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin. Bu to‘g‘ri chiziq ikki tomonga cheksiz davom etgan bo‘lib, «AB to‘g‘ri chiziq» yoki «a to‘g‘ri chiziq» tarzda ifodalanadi. Agar ikki to‘g‘ri chiziq umumiy nuqtaga ega bo‘lsa, ular bu nuqtada kesishadi deyiladi. 4-rasmda O nuqta a va c to‘g‘ri chiziqlarning kesishish nuqtasi.
Kesishmaydigan to‘g‘ri chiziqlar parallel to‘g‘ri chiziqlar deb ataladi.
4-rasmdagi a va b to‘g‘ri chiziqlar o‘zaro parallel bo ladi.

MUNDARIJA.
I bob. Natural sonlarni qo‘shish va ayirish.
1. Natural sonlar va nol.
2. Sodda geometrik shakllar.
3. Shkalalar va sonlar nuri.
4. Natural sonlarni taqqoslash.
5. Natural sonlarni yaxlitlash.
6. Natural sonlarni qo‘shish.
7. Natural sonlarni ayirish.
8. Sonli va harfli ifodalar.
9. Matematik masala va tenglamalar.
10. I bobni takrorlashga doir masalalar.
II bob. Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish.
11. Natural sonlarni ko‘paytirish.
12. Natural sonlarni bo‘lish.
13. Qoldiqli bo‘lish.
14. Qulay va tezkor hisoblash usullari.
15. Ifodalarni soddalashtirish.
16. O‘tilganlarni takrorlashga doir masalalar.
17. Murakkabroq masalalarni yechish.
18. To‘rt amalga doir hisoblash algoritmlari.
19. Sonning kvadrati, kubi va darajasi.
20. Ma’lumotlar bilan ishlash.
21. Loyiha ishi namunasi.
22. II bobni takrorlashga doir masalalar.
III bob. Matnli masalalarni yechish.
23. Matnli masalalar.
24. Qismlarga doir masalalar.
25. Geometrik mazmundagi matnli masalalar.
26. Harakatga doir masalalar.
27. Ikki jism harakatiga doir masalalar.
28. Iqtisodiy mazmundagi matnli masalalar.
29. Bajarilgan ishga doir masalalar.
30. III bobni takrorlashga doir masalalar.
IV bob. Geometrik shakllar.
31. Burchaklar.
32. Parallel va perpendikulyar to’g’ri chiziqlar.
33. Siniq chiziq va uning uzunligi.
34. Ko’pburchak perimetri.
35. O’tilganlarni takrorlashga doir masalalar.
36. To’g’ri to’rtburchakning yuzi.
Javoblar.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Matematika, 5 sinf, 1 qism, Xaydarov B.Q., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Qashqadaryoda maktab direktori o‘z joniga qasd qilib, xatlar yozib qoldirdi

Kun.uz Bosh prokuratura matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, 8 sentabr kuni Kitob tumani prokuraturasiga tumanning «Bog‘bon» MFYda yashovchi fuqaro Latif Eshqobilov va boshqalar murojaat qilib, jiyani Nurbek Turdiyev o‘z joniga qasd qilganini bildirgan va aybdor shaxslarga chora ko‘rishni so‘ragan.

Shu kuni tuman prokuraturasi voqea joyini ko‘zdan kechirgan.

Aniqlanishicha, Kitob tumani «Bog‘bon» MFY Yangiqishloq qishlog‘ida yashagan Nurbek Turdiyev tumandagi 13-sonli maktab direktori lavozimida ishlab kelib, 31 avgust kuni o‘zi rahbarlik qilgan maktabning ma’muriy binosi hojatxonasi boloriga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi osishi oqibatida vafot etgan.

«Tuman IIB xodimlari N.Turdiyevning o‘limi holatini aniqlash uchun marhumning uyiga borganlarida, uning yaqin qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazmaslik maqsadida yurak xurujidan vafot etgani haqida aytishib, jasadni shu kunning o‘zida ko‘mib yuborishgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida tuman XTB, IIB, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazining tuman bo‘limi xodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari davomida N.Turdiyevning o‘lim sababini aniqlash maqsadida jasadni eksgumatsiya qilish yo‘li orqali sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazish tushuntirilganda, marhumning yaqin qarindoshlari jasadni eksgumatsiya qilishga mutlaqo qarshi ekanliklarini bildirishgan», – deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga taqdim etgan axborotda.

Qayd etilishicha, N.Turdiyev o‘limidan avval 3 nusxada tilxat yozib qoldirgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu tilxatlar marhumning tog‘asi Latif Eshqobilovda saqlanmoqda.

«Ushbu tilxatlarni tergovga qadar tekshiruv zaruratiga ko‘ra sudga oid xatshunoslik ekspertizasi tayinlash uchun taqdim qilish talab etilganda, L.Eshqobilov ushbu hujjatlarning nusxasini taqdim qilib, asl nusxalarini taqdim qilishdan bosh tortgan.

Mazkur tilxatlar ko‘zdan kechirilganda oila a’zolaridan rozi ekanligini, farzandlariga g‘amxo‘rlik qilishni, shuningdek, maktab o‘qituvchilaridan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan», – deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

18 sentabr kuni Nasafnews.uz sayti ushbu ishga taalluqli deya aytilayotgan xat suratini e’lon qildi. Xatdan marhum direktor hamkasblariga murojaat qilib, ularni «har qanday sharoitda ham korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik»ga chaqirganini ko‘rish mumkin.

Daryo.uz’ga ko‘ra, marhum 47 yoshda bo‘lgan. Nashr Kitob tuman XTB mudiri Avloqul Avlayev bilan bog‘langan.

«Aprel yoki may oylari edi, marhumning IIBda ishlovchi ukasi Sh.T. yonimga kelib: «Akam ichkilikka berilib qolgan, davolatganmiz, ammo foydasi bo‘lmayapti. Shuning uchun ishdan bo‘shatib yuboring. Sizlarni ham, bizni ham qiynab qo‘ymoqda», dedi», – degan Avlayev.

Mudirning qo‘shimcha qilishicha, Nurbek Turdiyev tumandagi 13-maktabga 2018 yildan beri rahbarlik qilib kelgan.

Hodisa yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Kitob tumani 5 maktab

+998 (79)-532-31-86 info@karmana5-m.uz +998 (79)-532-31-86

Kuch – bilim va taffakurda!

Karmana tumani 5 – umumta’lim maktabi

Yangi innovatsion va pedagogik texnologoyalar.

Karmana tumani 5 – umumta’lim maktabi

Kuch bilim va taffakurda!

Karmana tumani 5 – umumta’lim maktabi

Ustoz-shogirt tizimi amalda.

Karmana tumani 5 – umumta’lim maktabi

Kitob – hikmatlar xazinasi!

Karmana tumani 5 – umumta’lim maktabi

Yangi pedagogik texnologiyalar

Karmana tumani 5 – umumta’lim maktabi

Ta’lim tizimida faxrli o`rinlar.

Karmana tumani 5 – umumta’lim maktabi

Ona tili va adabiyot fanidan tayanch maktab

Karmana tumani 5 – umumiy o`rta ta’lim maktabi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 5- umumiy o`rta ta`lim maktabida o`qish 2 — navbatda tashkil qilingan, maktabda 40 ta sinf mavjud bo`lib,1226 nafar o`quvchi ta’lim olmoqda, bundan 610 nafari qiz bolalarni tashkil qiladi. O`quvchilarga 4 nafar oliy toifali, 38 nafar 1-toifali, 42 nafar 2-toifali o`qituvchilar yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta`lim- tarbiya berib kelmoqda.