Kitob tumani hokimi va XTB mudiri prezidentni “aldashyaptimi? ”
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Xo‘jailmkoni MFYga qarashli Xo‘jailmkoni qishlog‘ida yashovchi Hakim Qavulovich Olimov Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” fakultetida o‘qib “Boshqaruv mahorati” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2009 yildan bugungi kungacha “Adolat” SDPdan Kitob tuman kengashi deputati hisoblanadi. Shuning barobarida u 2018 yil 28 fevraldan bugungi kungacha 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Kitob tumani haqida malumot
Kitob Tumani находится в находится в юго-восточной части части Узбекистана (Kitob Tumani, Qashqadaryo Viloyati), 110 километров на северо-восток от города Qashqadaryo Viloyati. В окрестностях есть на что посмотреть. На северо-востоке в 7 километрах размещается Китабский государственный геологический заповедник. На юго-западе в 21 километре размещается Руины Ак-Сарай Палас, Портал дворца Аксарай (21 км), Мавзолей шейха Шамседдина Куляля (21 км), Мавзолей Гумбази-Сейидан (21 км).
Предлагаем Вам посетить наиболее интересные достопримечательности, которые мы нашли вокруг:
- Китабский государственный геологический заповедник
- Руины Ак-Сарай Палас
- Портал дворца Аксарай
- Мавзолей шейха Шамседдина Куляля
- Мавзолей Гумбази-Сейидан
- Мечеть Кок-Гумбаз
- Комплекс Дорус-Саодат
- Мавзолей Джахонгира
- Мавзолей Ходжи Абди-Даруна
- Пещера Хазрат-Дауда
Наиболее посещаемые места и достопримечательности вблизи города Kitob Tumani, ТОП-100 достопримечательностей в городе Kitob Tumani, Узбекистан, с фотографиями и отзывами .
Kitob tumani hokimi va XTB mudiri prezidentni “aldashyaptimi?”
O‘zbekistonning oddiy fuqarosi, maktab direktori, deputat o‘zi uchun tilla soat, yangi avtomashina, hovli-joy yoki yer so‘rayotgani yo‘q. O‘zi rahbarlik qilayotgan maktab uchun jonini “xavf” ostiga qo‘ymoqda.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Xo‘jailmkoni MFYga qarashli Xo‘jailmkoni qishlog‘ida yashovchi Hakim Qavulovich Olimov Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” fakultetida o‘qib “Boshqaruv mahorati” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2009 yildan bugungi kungacha “Adolat” SDPdan Kitob tuman kengashi deputati hisoblanadi. Shuning barobarida u 2018 yil 28 fevraldan bugungi kungacha 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
U “UzNews.uz” muxbiri bilan bog‘lanib, Davlat rahbari va mutasaddi rahbarlarga “Prezidentimiz va xalqimizning ishonchini suiste’mol qilayotgan, mansab kursisiga o‘tirib mustahkam zanjirga aylanib olgan Kitob tumani hokimi Sagdullayev Rustam va Kitob tuman XTB mudiri Avlayev Avloqul” ustidan o‘z shikoyatini bildirib o‘tdi.
Hakim Olimov dastlabki muammoli masalani quyidagicha bayon qildi. – “2018 yil mart oyida Kitob tumanidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktor vazifasiga ishga o‘tdim. Maktab 315 o‘rinli, 573 nafar o‘quvchilarga 52 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya beradi. Yangi o‘quv yilidan o‘quvchi soni 620 taga yetishi natijasida 300 o‘rinli qo‘shimcha korpus qurilmasa, o‘qitish xonalari va isitish tizimi, sport zal ta’mirlanmasa, maktab DTS talablariga mos kelmaydi. Maktabni to‘liq o‘rganishim natijasida, maktabda boshqaruv tizimini qaytadan isloh qildim. Maktab moddiy bazasini o‘rganib, o‘rganish natijalari bo‘yicha isbotli, tuman XTBga va Kitob tuman hokimiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida murojaat qildim. Afsuski, murojaatga javob ham, maktab uchun mablag‘ ham yo‘q. Yillik xarajatlar smetasini tasdiqlash jarayoni esa nihoyatda ustalik bilan, berilgan takliflar hisobga olinmasdan, yakka hukmronlik asosida o‘zbilarmonlik bilan Kitob tuman XTB mudiri A.Avlayev tomonidan tasdiqlandi. Markazlashgan hisobxona degani, bu Davlat byudjetini XTB mudiri va tuman hokimi tomonidan xohlaganidek taqsimlash kerak degani emasku? Chunki maktablar bo‘yicha boshida joriy ta’mir uchun 5,10 balki qaysidir maktablar uchun 80 yoki 90 million so‘mdan mablag‘ qo‘yilsa-da, tuman hokimi aytdi deb, yana bu qo‘yilgan mablag‘lar qirqib olinsa. Bu holatni qanday tushunish mumkin? Bu holatlar to‘g‘risida Kitob tuman XTB mudiri A.Avlayevga bir necha bor aytdim. Bir necha bor aytganimdan so‘ng, pichoq suyakka borib taqalganini bilib, o‘zini “oqlash” maqsadida 2018 yil 5 mart sanasi bilan 31 may kunida, 14 martdagi murojaatimga natijasiz javob berildi, xolos?”.
Shuningdek, Hakim Olimov Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Respublika bosqichida ishtirok etishlari uchun 12 nafar kishiga na tuman hokimiyati va na tuman XTB rahbariyati yordam bermaganini qo‘shimcha qildi. Shu o‘rinda u o‘z vazifasini “unutgan” tuman hokimi va tuman XTB mudiri haqida “Izlanmasa, g‘oya va fikr qilmasa, bunaqangi rahbarlar yo ota-bobosining “zari” yoki yillar davomida orttirgan o‘ziga “o‘xshagan”, mansab kursisida o‘tirgan “akaxonlar”ining kuchi bilan, mansabga o‘tirganligi aniq” – degan qat’iy fikrni bildirib o‘tdi.
Bundan tashqari, ham deputat, ham maktab direktori sifatida Hakim Olimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga, Kitob tumanida murojaatlarga adolatli yechim yo‘qligi, tumanda yangi g‘oyalar asosida ish o‘rinlari yaratilmayotganligi, ishlab chiqarish korxonalari qurilishi past saviyada ekanligi, norozilik murojaatlarining ko‘payayotganligi, tadbirkorlar hokimni bir imzosini 6 oylab kutayotganligini ma’lumot sifatida yetib borishi va kamchiliklar bartaraf etilishini xohlashini bildirib o‘tdi.
Biz bilan suhbat jarayonida Hakim Olimov, men OAV orqali chiqish qilishdan oldin “dasturxonni dunyoga doston qilmay” qabilida ish tutgani va tuman hokimi bilan uchrashib, ushbu muammolarni tuman miqyosida hal bo‘lishini xohlaganini, ammo deputat bo‘lishiga qaramay hokim tomonidan bir oy sarsongarchilikdan so‘ng ham uchrasha olmaganini ta’kidladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, tuman hokimi deputatni bir yarim oyda qabul qilmabdiki, oddiy fuqaroning holiga “maymunlar yig‘lamasligiga” kim kafolat beradi.
Suhbat so‘ngida Hakim Olimov, tabiiyki, bu murojaatlardan so‘ng tuman hokimi va xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘zidan ko‘rmasdan, Prezident va bularga ishonch bildirgan rahbarlar ishonchini suiste’mol qilgan holda, u va unga o‘xshagan insonlarning ustidan “mag‘zava” ag‘darishi aniq, lekin u o‘z maktabi va yurti kelajagi bo‘lgan yoshlarning taqdiri, ularning yaxshi ta’lim olishi uchun har qanday “holat”ga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
“UzNews.uz” Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimi va tumanning qolgan rahbarlariga deputat so‘rovnomasi sifatida Hakim Olimov tomonidan yuborilgan muammolarning hal etilgani yoki etilmagani, hokim o‘rinbosarlarining shaxsiy adovat sabab fuqarolarning uyiga MIB xodimlarini doimiy kuzatuvga qo‘ygani, hokimning o‘rinbosari o‘z otasining “tadbirkorligini” tish-tirnog‘i bilan himoya qilayotgani hamda ro‘yxatga olinmagan bir necha gektar yer maydonlarining soliq to‘lamasdan foydalanib kelinayotgani kabi qator yechimini kutayotgan masalalar va muammolarni o‘rganish maqsadida jurnalistik surishtiruv olib bormoqda. Bularning barchasi haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berib borilishi maqsad qilingan.