Kitob (shahar)
Kitob — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Oqdaryo oraligʻidagi Shahrisabz-Kitob botigʻida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob bekatidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Aholisi 101,1 ming kishi (2022).
Kitob tumani qayerda joylashgan
Qashqadaryo viloyati
hokimligi
“Saxovatli insonlar”
faxriy kitobi
Ishonch telefoni
(71) 200-55-05, (75) 221-07-60
Kitob tuman
Kitob tumani hokimi
Pardayev O‘ktam Berdimurodovich
Qo’shimcha ma’lumot
Hokimiyat manzili | Kitob shahri, Ali Qushchi MFY, Katta yo`l ko`chasi 32-uy |
Jamoat transportining yo’nalish raqami |
Katta yo`l ko`chasi, shahar ichi yo’nalishsiz taksilar |
Pochta indeksi | 180700 |
Telefon | (75) 542-53-07 |
Web sahifasi | https://kitobt.uz/uz |
t.kitob@exat.uz |
Kitob (shahar)
Kitob — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Oqdaryo oraligʻidagi Shahrisabz-Kitob botigʻida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob bekatidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Aholisi 101,1 ming kishi (2022).
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Kitob (maʼnolari).
Shahar nomi forscha kift — yelka, ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Kitob oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini bir-biriga bogʻlagan yirik karvon yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Maydoni 40 ga, shahar arki 1 ga dan koʻproq joyni egallagan. Ark xarobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxminan miloddan avvalgi 3-asrda qurilgan. Oʻtmishda Kitobning janubiy-gʻarbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik qazishlar natijasida ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, turli shakldagi rangli sopol idishlar, mayda haykalchalar va boshqa buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tushib, 6—7-asrlarda qayta tiklangan. Arkdan tashqarida 2,5 ga yerga qalʼa-qarorgoh qurilib, qalin devor bilan oʻrab olingan. 9—17-asrlarda shahar avvalgi mavqeini yoʻqotgan. 18-asrda Kitob beklik markaziga aylangach, birmuncha tiklangan. Oʻsha davrda Kitobda 6 shahar darvozasi, bir necha oʻn guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston boʻlgan. Hozirda Kitob Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan. Paxta tozalash, vino zavodlari va boshqa korxonalar mavjud. Kitob kenglik stansiyasi jahondagi 5 ta shunday stansiyaning biridir (qarang Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi). Kitobda tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼ-lim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Kitob Katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan. [1]