Press "Enter" to skip to content

KITOB TUMANI

KITOB TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqida. 1926-y. sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24. dek. da Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968-y. 25 dek. da qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 1,75 ming km2. Aholisi 178,9 ming kishi (2000). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bektemir, Beshterak, Bogʻbon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, Toʻpchoq, Qaynarbuloq, Katorbogʻ, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — Kitob sh. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (bal. 1788 m) esa respublika janubini shim. viloyatlar bilan bogʻlaydi.

Китабский район

Китабский район расположен в северо-восточной части области. Топоним произошел от названия города, который выполняет функцию административного центра. Происхождение его имени неоднозначно. По одной из версий оно связано с узбекским словом “китоб”, что в переводе означает “книга”. Существует еще одно мнение, согласно которому наименование произошло от модификации древнего названия “Кифти – Об”, что в переводе с фарси звучит как “Плечи – Вода”. Существование последней версии объяснялось расположением Китаба между реками “Ок-сув-дарья” и “Кашкадарья”. Бегущие с гор, они в период таяния снегов и сезон дождей переполнялись водой.

На землях нынешнего района в прошлом находилось Каршинское бегство, входящее в Бухарский эмират. В 1868 году, когда территория стала частью Российской империи, здесь поднялось волнение среди местных жителей, которые требовали свержение власти эмира и возведение на престол его сына Катта-Тюри. После того, как 1870 году русские войска захватили города Китаб и Шаар, где скрывались мятежники, волнение было подавлено.

Современный райцентр известен производством вин, шелковыми тканями и консервированными фруктами. Виноделие стало развиваться здесь, когда в Китабский район в 1944 году были депортированы крымские татары, специализирующиеся на производстве вин у себя на родине. В окрестностях Китаба действует международная широтная станция, где изучаются движение полюсов планеты.

На территории района находится Китабский заповедник, занимающий юго-западные отроги Зерафшанского хребта. Дорога к нему ведет через древний город Шахрисабэ, где родился Тамерлан – Великий эмир империи Тимуридов. Территория заповедника охватывает арчовый лес, ущелья, реки, места гнездовий птиц и убежищ животных, разнообразные виды кустарников, трав и деревьев. Здесь насчитывается 80 видов бабочек, а также 11 видов ракообразных, обитающих в водах заповедника. Среди крупных животных доминирует бурый медведь. В числе редких птиц находятся черный гриф, орел-карлик, белоголовый сип, синяя птица, которая встречается в горах у водопадов.

центр района Китабский
Население
Китаб, город 45.734

KITOB TUMANI

KITOB TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqida. 1926-y. sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24. dek. da Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968-y. 25 dek. da qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 1,75 ming km2. Aholisi 178,9 ming kishi (2000). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bektemir, Beshterak, Bogʻbon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, Toʻpchoq, Qaynarbuloq, Katorbogʻ, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — Kitob sh. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (bal. 1788 m) esa respublika janubini shim. viloyatlar bilan bogʻlaydi.

Tabiati. Hududining katta qismini shim. va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻtadil. Oʻrtacha t-ra yanv. da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% ba-hor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Kashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arxar; sudraluvchilar; kaklik, chil, bulbul va b. yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va b. ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 102 kishi. Shaharliklar 34,9 ming kishi, qishloq aholisi 144 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 18,7 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 5,0 ming ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino z-dlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 90 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-internat, 2 kasbxunar kolleji, 53 kutubxona, 15 qishloq klubi, Shon-shuhrat muzeyi, stadion va tennis kortlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, 79 qishloq feldsher-akusherlik shohobchasi, 15 qishloq vrachlik amboʻlatoriyasi, 75 qishloq vrachi punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 2300 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1935-y. dan «Kitob tongi» tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.

Related Posts:

  • Kitob oʻqiganlar “Spark” minyapti, “Spark” minayotganlar ham…
  • Eng koʻp sotilayotgan kitob – bu eng yaxshi kitob deganimi?
  • ANDIJON TUMANI
  • BOYSUN TUMANI
  • BULUNGʻUR TUMANI
  • BOGʻOT TUMANI