Press "Enter" to skip to content

Ашқадарёда йирик қувватли илк цемент заводи ишга туширилди

Zavod bosh direktorining o‘rinbosari Zhao Weiqang, O‘zbekiston-Xitoy Savdo Palatasi Bosh kotibi Iiuyu va boshqa bir qancha mehmonlar ham so‘zga chiqib, iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlarga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Kitob tumani sement zavodi

Kitob tumanidagi Makrid kengliklari hududida Xitoy davlati korxonasining yuz foizlik sarmoyasi asosida sement ishlab chiqarish zavodi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Zavodning tamal toshi qo‘yilishi marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev qatnashdi va sement ishlab chiqarish liniyasining ishga tushirilishini tantanali ravishda e’lon qildi.

“Eng zamonaviy texnologiyalarni olib kelib, o‘zimizga zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ulkan qurilish ishlari jadallik bilan davom etayotgan yurtimiz uchun bu zavodning bunyod etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sement qimmat qurilish xom ashyosi bo‘lib, ushbu yirik zavodda birinchi darajali texnologiya va ma’lum miqdorda kam sarf-xarajat evaziga tayyorlanadigan ko‘p miqdorda sement sifatli hamda nisbatan arzon ishlab chiqarilishi bilan ham ahamiyatlidir”, dedi o‘z so‘zida viloyat hokimi.

Zavod bosh direktorining o‘rinbosari Zhao Weiqang, O‘zbekiston-Xitoy Savdo Palatasi Bosh kotibi Iiuyu va boshqa bir qancha mehmonlar ham so‘zga chiqib, iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlarga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shundan so‘ng taklif etilgan nufuzli mehmonlar ramziy tamal toshi qo‘yilishi amalini bajarishdi.

Bir kunda 3200 tonna, bir yilda 1 500 000 tonna klinker va sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lagan ushbu zavodga xitoylik ishbilarmonlar tomonidan qariyb 200 million AQSH dollarilik sarmoya kiritildi. Sement zavodi qurib bitkazilib ishga tushsa 500 nafar kishi ish bilan band bo‘lib, qurilish bunyodkorlik ishlari uchun yuqori sifatli sement yetkazib berilishga erishiladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu zavod O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida sement zavodini qurishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori asosida bunyod etildi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati.

Kitob tumani sement zavodi

Қашқадарёда йирик қувватли илк цемент заводи ишга туширилди

Қашқадарёда йирик қувватли илк цемент заводи ишга туширилди

Янги заводда йилига 1,2 миллион тонна М-400, М-500 ва М-600 маркали цемент ишлаб чиқарилади. Маҳсулотларнинг 30 фоизи Қозоғистон, Қирғизистон, Афғонистон ва. 18.05.2022, Sputnik Ўзбекистон

2022-05-18T12:37+0500

2022-05-18T12:37+0500

2022-05-18T12:37+0500

/html/head/meta[@name=’og:title’]/@content

/html/head/meta[@name=’og:description’]/@content

ТОШКЕНТ, 18 май — Sputnik. Қашқадарё вилоятида йирик қувватга эга “Қарши конч цемент” цемент заводи ишга туширилди.Янги корхона Китоб туманидаги 62 гектар ер майдонда жойлашган. Вилоят ҳокимлиги ахборот хизматининг Sputnik мухбирига маълум қилишича, корхона ишга тушиши натижасида 400 та янги иш ўрни яратилди.У ерда йилига 1,2 миллион тонна М-400, М-500 ва М-600 маркали цемент ишлаб чиқариш режалаштирилган. Маҳсулотларнинг 30 фоизи Қозоғистон, Қирғизистон, Афғонистон ва Хитой каби давлатларга экспорт қилинади.“Заводни ишга туширишдан асосий мақсад қурилиш материаллари саноатини ривожлантириш ва аҳолини сифатли қурилиш молларига бўлган эҳтиёжини қондиришдан иборат”, – дейилади хабарда.Янги завод Хитойнинг “Анхуй конч цемент” компанияси томонидан 150 млн долларлик тўғридан-тўғри хорижий инвестиция маблағлари ҳисобига фойдаланишга топширилган.Ўзбекистон цементни қайси мамлакатлардан импорт қилмоқда

Sputnik Ўзбекистон

info@sputniknews-uz.com