Press "Enter" to skip to content

Qizil kitob”ning yaratilish tarixi, bugungi holati… JDPIda bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi

Virtual kutubxona
Virtual so‘zining ma’nosi, bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odatdagi
kutubxonaning abstrakt ko‘rinishidir. Bu kutubxonada kitoblar,jurnallar va ro‘znomalar
kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo‘ladi. Bu
kompyuterlarda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan
ma’lumotlar to‘plami: bosma, audio, video va multimedia ma’lumotlaridir. Ma’lumotlar
hajmiga qarab serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir necha kompyuterlardan
iborat bo‘ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning uchun zarur
kitob yoki ma’lumotni kompyuter xotirasidan siz o‘zingiz qidirib topasiz.

Kutubxona tarixi

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibidagi Asosiy kutubxona 1933 yilda ko‘plab olimlarning shaxsiy kutubxonalari fondidan ajratilgan 39 422 nusxa kitob asosida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda mavjud 4 mlnga yaqin kitob fondi bilan O’zbekiston ilm-fanining rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Dastlab tashkil topgan yili 10 ta xodim 300 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsalar, bugungi kunda 78 xodim va ishchi-texniklar yil davomida 33 mingdan ortiq kitobxonga yil davomida 1 milliondan ortiq ilmiy adabiyot berish bilan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatadi. Kutubxonadan foydalanadigan kitobxonlarning asosiy qismini FA tizimidagi ilmiy muassasalarning ilmiy xodimlari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari doktorantlar va talabalar tashkil etadi.

1934-1935 yillarda ko‘zga ko‘ringan kutubxonashunos va bibliograf Axmed Ibragimovich Ageev kutubxonani boshqardi. Bu davrda asosiy vazifa kitobxonlar talabidan kelib chiqqan holda kutubxona fondini tashkil etish, boyitish va uni kataloglashtirishdan iborat bo‘lgan.

1935 yildan chet el davlatlarining ilmiy kutubxonalari bilan ilmiy nashrlarni almashish yo‘lga qo‘yilgan. 1936 yildan Fanlar qo‘mitalarining barcha nashrlaridan majburiy nusxa olish, keyinchalik barcha nashriyotlar va bosmaxonlarning nashrlaridan majburiy nusxa olish yo‘lga qo‘yildi.

1936-1958 yillar kutubxonani O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tamara Nikolaevna Krыlova boshqardi.

1937 yilda kutubxonaning tarkibiy tuzilmalari shakllantirildi va birinchi marta kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shu yili adabiyotlarni jamlash bo‘limi; adabiyotlarga ishlov berish bo‘limi; kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish va fondlar bo‘limi bitta bo‘lim sifatida ish olib bordi. Xizmat ko‘rsatish bo‘limi qoshida o‘quv zallari tashkil topdi.

1943 yili Ittifoq Fanlar akademiyasining O’zbekiston filiali O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sifatida qayta tashkil etilishi bilan kutubxona O’zbekiston Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi deb yuritila boshlandi.

1944 yili AK Ittifoqda nashr etilayotgan ilmiy adabiyotlarning majburiy nusxasini oladigan kutubxonalar ro‘yhatiga kiritildi. Shu yildan boshlab chet davlatlarning nashrlariga obuna bo‘lish va sotib olish uchun kutubxonaga valyuta ajratila boshlanadi va 10 404 nusxa adabiyot sotib olinadi.

1954 yildan boshlab AKda “O’zbekistonlik olimlarning biobibliografiyasiga materiallar” turkumida biobibliografik ko‘rsatkichlar, 1956 yildan “O’rta Osiyo xorijiy nashrlarda” ( maqolalar) kartotekasi tuzilib nashr etila boshlandi. Shu yillar davomida turli xil muhim mavzularda retrospektiv, kundalik bibliografik ko‘rsatkichlar tuzildi va nashr etildi. 1960 yildan bibliografik ko‘rsatkichlarning maxsus fondi tashkil etildi va Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlarning kutubxonalariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish boshlandi va 1961 yilda Metodik kengash tashkil etildi. Hozirgi kunda bibliografik ko‘rsatkichlar fondi 39 000 dan oshdi. Uning asosiy vazifasi FA tizimidagi Ilmiy tadqiqot institutlari qoshidagi kutubxonalarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, kutubxonachilik, bibliografik faoliyatning turli jarayonlarini tashkil etishdan iborat edi. 1932 yildan boshlab “Fan” nashriyoti tomonidan chop etilgan nashrlarning arxiv fondi tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu fondda 8000 dan ortiq adabiyotlar to‘plangan va ularning bibliografik ma’lumotlari elektron katalogga kiritilmoqda.

AK tizimidagi barcha kutubxonalar uchun uslubiy markaz sifatida faoliyat yuritib keladi, turli ish yo‘nalishlarida uslubiy qo‘llanmalar tayyorlab tarqatadi. Keyingi yillarda uslubiy qo‘llanmalar ham qog‘oz, ham elektron shaklda tayyorlanmoqda. AK bibliograflari tomonidan juda katta retrospektiv bibliografik qo‘llanmalar nashr etilgan va bular hozirgi kunga qadar O’zbekiston ilm-fani rivojida, bibliografiyashunoslik fanining rivojlanishida bibliografik axborot mahsuloti sifatida alohida o‘ringa ega. Ulardan “O’zbekistonning hayvonot olami”, “O’zbekistonning o‘simliklar va hayvonot dunyosi”,”O’rta Osiyo geologiyasi”, “O’zbekiston geografiyasi”, “O’zbekiston FA nashrlari”, “Kutubxonamiz nashrlari”, “O’zbek tilshunosligi”, “XX sr qissachiligi” kabilarni tilga olib o‘tish mumkin.

Asosiy kutubxona 1958 yildan yuridik maqomga ega bo‘ldi va mustaqil tashkilot sifatida ish yurita boshladi.

1962 yil O’zbekistonda birinchi bo‘lib Asosiy kutubxona bilan 4 ta yirik rivojlangan davlatlarning 4 ta tashkiloti- Chexoslovakiyaning FA kutubxonasi, Sechenov nomidagi Vengriya Davlat kutubxonasi, Bolgariya FAning markaziy kutubxonasi va Angliya markaziy milliy kutubxonasi o‘rtasida Xalqaro kutubxonalararo abonement ish boshladi.

1958-2000 yillarda Asosiy kutubxonaga sharqshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Umarov Nabi G’anievich rahbarlik qiladi.

Toshkent shahri kutubxonalarini xorijiy adabiyotlar bilan to‘ldirib borish bo‘yicha bosh kutubxona vazifasini bajarish huquqi 1963 yilda AKga yuklatildi va kutubxona ana shu adabiyotlarning yig‘ma katalogini yurita boshladi, Toshkent shahridagi kutubxonalar o‘rtasida chet el nashrlariga obunani muvofiqlashtiruvchi muassasaga aylantirildi.

1983 yil kutubxona olimlar shaharchasiga- Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi uchun maxsus loyiha asosida qurilgan binoga ko‘chib o‘tdi va shu kunga qadar ushbu binoda faoliyat yuritmoqda.

Binoning ochilishida o‘sha paytdagi hukumat rahbarlari ishtirok etdi va bu quyidagi suratda aks ettirilgan.

1991 yilga kelib chet el adabiyotlarini xarid qilish uchun ajratilayotgan limit to‘xtatilganligi sababli hamkor tashkilotlar bilan ekvivalent asosida adabiyot ayirboshlash ishlari boshlandi va u bugungi kungacha davom etmoqda. Hozirgi kunda Asosiy kutubxona 43 ta rivojlangan davlatlarning 135 ta tashkilotlari bilan adabiyot ayirboshlash ishlarini olib bormoqda. Bular SNG va Boltiq bo‘yi davlatlari hamda uzoq chet el davlatlarining milliy kutubxonalari, FA kutubxonalari, milliy va davlat universiteti kutubxonalari, ilmiy-tekshirish institutlari va ilmiy markazlardir.

Ko‘p yillar davomida Asosiy kutubxonada 1,5 mingdan ortiq nodir adabiyotlar to‘plangan va saqlanib kelmoqda. Uning tarkibida XVII-XIX asrlarga oid ilmiy nashrlar, “Avesto” kitobining Kopengagen universiteti kutubxonasi tomonidan tayyorlangan faksimele nashri ( 10 jildda), Turkistonlik olimlarning o‘lkamizga oid ilmiy kollektsiyalari mavjud.

AK respublikada 600 ming nusxadagi chet el ilmiy nashrlariga ega bo‘lgan yagona kutubxona hisoblanadi.

XX asrning so‘nggi yillariga kelib, mamlakatimiz kutubxonalari faoliyatiga kompyuterlar kirib keldi. Ular yordamida kutubxonachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan kutubxonachilar mehnatini yengillashtirish, ularning ish samarasini va sifatini oshirish masalalari kun tartibiga chiqdi. Shu munosabat bilan 1994 yildan boshlab AK respublikada birinchilardan bo‘lib, Rossiyaning IRBIS dasturi asosida elektron katalog yaratishga kirishdi. Hozirgi kunga kelib, bibliografik yozuvlar soni 300 mingdan oshdi va biz bu bilan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida yaratilayotgan yig‘ma elektron katalog ishida faol ishtirok etamiz. Endilikda retrofondimizning ham elektron katalogini yaratish ishini boshlaganmiz.

Asosiy kutubxona ISIS-NIT ( ISIS-NIT va IRBIS tizimlarini ishlab chiquvchi va foydalanuvchi Xalqaro Assotsiatsiya), MAAN ( Fanlar akademiyalari Xalqaro Assotsiatsiyasi), Hamdo‘stlik va Boltiq bo‘yi akademiya kutubxonalari direktorlari Kengashlarining a’zosi, 1980 yildan YuNYeSKOning O’zbekistonda chop etilayotgan tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha nashrlarining depozitariyasi sifatida dunyo axborot va kutubxona ko‘rsatkichlariga kiritilgan.

1998 yilda kutubxonachilik ish jarayonlari shu dastur asosida avtomatlashtirishga o‘tkazila boshlandi, kitobxonlar uchun Internet tarmog‘ida ishlash imkoniyati yaratildi hamda elektron pochta aloqasi ishga tushdi.

2001 yili FAAK Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib, respublikaning kutubxona xodimlarini axborot texnologiyalari savodxonligiga o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markaziga ega bo‘lgan “Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli” loyihasi doirasida ish boshladi va 150 dan ortiq kutubxona xodimini o‘qitdi.

2008 yilda ishlab chiqilgan va Internet tarmog‘iga joylashtirilgan kutubxona sayti bugungi kunda qayta shakllantirildi.

Kutubxonamizda 10 mingga yaqin dissertatsiya va64 mingga yaqin avtoreferatlar mavjud bo‘lib, ulardan ko‘plab yoshlarimiz ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida foydalanadilar. Bugungi kunda ulardan foydalanish samarasini oshirish maqsadida to‘la matnli ma’lumotlar bazasini yaratmoqdamiz.

Hozirgi kunda O’zbekiston Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi “ 2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishining chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2012 yil 20 martdagi “ Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi-axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O’zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish, elektron resurslar yaratish, mamlakatimizning yig‘ma elektron katalogini tashkil etish borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Ana shu qarorlar asosida biz birinchi galda kitobxonlarimiz uchun muhim bo‘lgan kam nusxadagi, noyob adabiyotlarning elektron variantlarini yaratishga kirishdik. Buning uchun bizda 70 dan ortiq kompyuter, bir qancha skaner va boshqa texnik jihozlar mavjud. Buning uchun O’zbekiston FA tomonidan yana zamonaviy kompyuter texnologiyalari uchun 70 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, 30 ta kompyuter, skanerlar, printerlar, proektor, zimo-leto kondintsioneri va boshqa texnik vositalar olindi hamda AK tarkibida elektron o‘quv zaliga ega elektron kutubxona tashkil etildi.

Biz kutubxonamizda O’zbekistonlik olimlarimizning shaxsiy kutubxonalarini jalb qilish yo‘li bilan “Akademiklar fondi”ni tashkil eta boshladik va hozirgi kunda kitoblar soni 1000 dan oshdi. Maqsadimiz: O’zbekiston ilm-fanining rivojida ulkan hissa qo‘shgan olimlarimizning bir umr yiqqan kitoblarini ko‘z qorachig‘iday asrash, saqlab qolish, ilm yo‘liga kirgan yoshlarimizga bilim olishlarida foydalanish uchun kengroq imkon yaratib berish.

Mustaqillik yillarida Asosiy kutubxona o‘z faoliyatini rivojlantirish yo‘lida maqsadli grantlar bilan ishlay oldi. Bular Ayreksning PR dasturi bo‘yicha “Amerika kutubxonalari bilan tanishuv” ( 2005 yil iyun oyi, Boston), 2003-2004 yillarda “ Virtual kutubxona. O’zbekiston kutubxonalarini yig‘ma elektron katalogini tuzish bo‘yicha kutubxonalar Konsortsiumi” loyihasi, 2002 yilda “Fanlar akademiyasi tizimi kutubxonalarining konsortsiumi” loyihasi, 2001 yilda “Modelnaya avtomatizirovannaya biblioteka s uchebnыm tsentrom” loyihalari bo‘yicha ish olib borilgan. AK xodimlari 2000 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot resurslari. Markaziy Osiyo, 2000-Samarqand; 2002-Buxoro; 2004-Toshkent-Samarqand, 2006-Farg‘ona, 2008-Urganch; 2010-2015 yillar-Toshkent,Qarshi), “O’zgarib borayotgan dunyoda kutubxonalar va assotsiatsiyalar” ( Rossiya-Ukraina, Sudak, 1996,1998-2002, 2004, ), “Yangi texnologiyalar yordamida kutubxonalar fondini saqlash” (Moskva, 2001 noyabr)mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjumanlarda, Kievda 1994 yil o‘tkazilgan MAAN qoshidagi Hamdo‘stlik mamlakatlari va Boltiq bo‘yi akademiyalari kutubxonalarining kengashida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.Birmuncha vaqtdagi tanaffusdan so‘ng 2014 yildan boshlab MAAN tarkibidagi FAlarining kutubxonalari bilan aloqa tiklandi. Moskva, Tomsk, Minsk shaharlarida bo‘lib o‘tgan FAlari tarkibidagi Asosiy kutubxonalar yoki Markaziy kutubxonalarning Xalqaro anjumanlarida ( Rossiya FA kutubxonasining 300 yilligi,FA Markaziy kutubxonasining 90 yilligi munosabati bilan) ma’ruzalar bilan ishtrok etdik. 2015 yil may oyida Belorusiya FA Markaziy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro anjuman doirasida har ikkala kutubxona o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, kutubxona xodimlarining malakasini oshirish, birgalikda loyihalarni amalga oshirish borasida shartnoma tuzib olindi.

2013 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi FA kutubxonalarining virtual korporativ tizimini yaratish orqali ilmiy tadqiqotchilar, professor o‘qituvchilar va talabalarni ilmiy-ta’limiy axborotlar bilan to‘la va tezkor ravishda ta’minlash maqsadida O’zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Asosiy kutubxona va ilmiy-tekshirish institutlari kutubxonalarining virtual korporativ tizimi mavzusida loyiha bo‘yicha ish boshlandi. Maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: ilmiy axborotlarning tizimi va turlarini, ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy ishlar uchun zarur jarayonlar va vositalarning tahlili va tasnifi. Bibliografik axborotlar, to‘liq matnli axborotlar uchun halqaro standartlar talabi asosida ma’lumotlar bazasi (matnli, video, audio) strukturasini ishlab chiqish;

O’zbekiston Respublikasi FA kutubxonalarini kerakli texnik va dasturiy ta’minot bilan ta’minlash.

Kutubxonachilarga elektron katalog yaratish, elektron kutubxona, kitobxonlarga zamonaviy axborot xizmati, virtual korporativ tarmoqda ishlash bo‘yicha maxsus trening kurslarini o‘tkazish;

Elektron katalog va to‘liq matnli ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasini (dissertatsiyalar, avtoreferatlar, monografiyalar, ilmiy maqolalarni o‘z ichiga oladi) shakllantirish va ularni yig‘ma elektron katalogga ulab qo‘yish;

Yig‘ma elektron katalogga va ilmiy ta’limiy axborot ma’lumotlar bazasiga onlayn murojaatlarni taqdim qilish, virtual korporativ tizimi orqali kutubxonalarning tezkor ma’lumotlarini olishni ta’minlash;

FA tizimidagi kutubxonalar xodimlariga elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, foydalanish, elektron katalog yaratish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;

Samarali axborot almashish uchun va kitobxonlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish uchun O’zbekiston respublikasi FA kutubxonalarining rivojlangan virtual korporativ tizimini O’zbekiston Milliy kutubxonasining elektron kutubxonasiga ulash;

Oldimizda turgan dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarimiz hali juda ko‘p.

2015 yilga qadar belgilab olgan adabiyotlar fondini raqamlashtirish, dissertatsiyalar va avtoreferatlarning ma’lumotlar bazasini yaratish, yaratilayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, I.A.Karimov, E.Vohidov, O’.Hoshimov, O’rta Osiyo va O’zbekiston tarixi kabi mavzulardagi ma’lumotlar bazamizni muntazam to‘ldirib borish. Nashrga tayyorlanayotgan I.A.Karimov, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Temur va temuriylar bibliografiyasi kabi bir qator biobibliografiyalarni nashrdan chiqarish, elektron biobibliografiyalarni internet tarmog‘iga ulash, “Fan” nashriyoti nashrlarining ma’lumotlar bazasini yaratish, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy jurnallarning ham elektron katalogini, ham to‘la matnli ma’lumotlar bazasini yaratish hamda shular asosida O’zbekiston ilm-fani rivojining kelgusi taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, hissa qo‘shadigan yosh avlodning, ilmiy xodimlarning talab va qiziqishlarini to‘la, sifatli va samarali qondirishdan iborat. 2015 yili Bobur Xalqaro fondi bilan hamkorlikda 28,12 bosma taboqda “Bobur va boburiylar” bibliografiyasi Berdieva Z.Sh., Rustamxo‘jaev Sh., Abdubaitova H. tuzuvchiligida nashrdan chiqdi va Bobur Xalqaro fondiningrag‘batlantiruvchi mukofoti bilan taqdirlandi. Bu esa mamalakatimiz bibliografiyasi tarixida ikkinchi bor mukofotga loyiq ko‘rilgan bibliogarfik ko‘rsatkichdir. Birinchisi Madaniyat institutining bitiruvchisi Z.Berdievaning diplom ishi sifatida tayyorlangan va 1989 yili nashrdan chiqqan “Abdulla Qahhor” biobibliografiyasi edi.

AK xodimlarining madaniy, ma’rifiy dam olishlarini, siyosiy bilimini oshirish borasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Bu tadbirlar barkamol avlod tarbiyasida, kitobxonlarimizning ilmiy, siyosiy bilim saviyasini oshirishda, umuminsoniy qadriyatlarni, milliy merosimizni, milliy urf-odatlarimizni qadrlashda muhim ahamiyatga ega. Ana shunday tadbirlar O’zbekiston ilmining, fanining, madaniyatining rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mashhur kishilar hayoti va ijodiga, turli siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy dolzarb mavzularga bag‘ishlab o‘tkazildi. O’zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovning 75 yillik yubileyi, G’aybulloh as-Salomning 80 yilligiga xotira kechasi, marhum kutubxonashunos-bibliograflarga bag‘ishlangan xotira kechasi, “Ayol yaratgan dunyo” ( kitob taqdimoti), “Navro‘z bayrami”, “Mustaqillik bayramlari, Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan turli xil siyosiy kechalar, talabalar bilan o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda binoda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Qizil kitob”ning yaratilish tarixi, bugungi holati… JDPIda bo‘lib o‘tgan seminar ana shunday nomlandi .

Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar. Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, «Qizil kitob» hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o‘rin tutishini ham inkor etmaslik lozim. Xo‘sh, bu kitob qanday dunyo yuzini ko‘rgan edi? O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ining tarixi va buguni, uning yangilanib borish jarayonlari qanday? Jizzax davlat pedagogika instituti “Madaniyat Saroyi “da bo‘lib o‘tgan ilmiy seminar ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Unda O‘zFA Botaniki instituti olimlari, akademik K.Tojiboev, professor H.Shomurodov Jizzax davlat pedagogika instituti “ Tabiiy fanlar “ fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqan O‘zFA Botanika instituti direktori akademik Komiljon Tojiboev O‘zbekiston florasi, unda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yo‘qolish xavfida bo‘lgan o‘simliklar, yangidan nashr etilayotgan «Qizil kitob», shuningdek botanika fanida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar va ularning qay tarzda yo‘qolib ketayotganini aniqlash ishlari “Qizil kitobga adashib kirib qolgan turlar, kiritilishi lozim va tavsiya etilayotgan turlar xususida ma’lumotlar berdi.

Qiziqarli va kerakli ma’lumotlarga boy ilmiy seminar so‘ngida talaba yoshlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

7-amaliyot kitob mutolaasi. O‘zbek tili

KITOB MUTOLAASI.
ERKIN VA TURG‘UN BIRIKMALAR. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TURLARI
MAVZU REJASI:
1. Kitob – bilimlar xazinasi
2. Kitob tarixi haqida
3. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
4. Erkin va turg‘un birikmalar

3.

1. KITOB – BILIMLAR XAZINASI
Kitoblar inson tafakkuri durdonalarini to‘playdi va ularni
avlodlarga yetkazadi.
Oybek
“O‘zbek
tilida so‘z
yasalishi”
Azim Hojiyev
Ilmiy
kitoblar
Badiiy
kitoblar
“Kecha va
kunduz”
Cho‘lpon

4.

KITOB – BILIMLAR XAZINASI
Kitob! Undan qudratliroq bilim va hayot maktabi yo‘q. U insonni
ulug‘laydi, buyuk kashfiyotlarga yo‘l ochadi. Kitob o‘qib-o‘rganmagan, bu bebaho
xazinadan foydalanmagan kishini topish qiyin. Ammo bu imkoniyatdan to‘g‘ri
foydalanmayotganlar ham bor. Ko‘p kitob o‘qish, o‘qiganda ham uni tushunib
o‘qishda hikmat katta. Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni
qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero,
o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Bugun kitob
mutolaasi, kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng
muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi
quvonarli hol.
Kitob – bilim manbai, undan yaxshi do‘st yo‘q. Shuning uchun kitobni asrabavaylaylik, uning ziyosidan boshqalarni ham bahramand etaylik.

5.

2. KITOB TARIXI HAQIDA
Kitob bir nеcha ming yillar avval paydo bo‘lgan, bu davrda u turli xil ko‘rishishlarni olgan.
Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar kitobni loydan tayyorlashgan. Buning uchun
yumshoq loydan tayyorlangan plitalarga uchli yog‘och bilan maxsus bеlgilar tushirilgan. So‘ngra uni
oftobda quritishgan yoki olovda pishirishgan. Kitoblar, hatto, kutubxonalar mana shunday maxsus
loy plitalardan tashkil topgan.
Xitoyda esa, dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga yozishgan, kеyinchalik esa o‘z
kitoblarini mo‘yqalam (cho‘tkacha) va tush bilan ipakka, milodiy II asrdan boshlab qog‘ozga
yozishgan.
Qadimgi Misrda kitob matnlarini tosh plitalarga o‘yib yozishgan. Kеyinroq papirus ixtiro qilindi.
Jips qilib bostirilgan qamish plastinkalarni bir nеcha o‘n mеtrgacha uzunlikdagi lеnta shaklida
yеlimlaganlar. Ularni o‘rog‘liq holda saqlaganlar. Misr papiruslaridan dеyarli ikki ming yil davomida
Yunoniston va qadimgi Rimda yozish uchun yaxshi matеrial sifatida foydalanishgan.
Miloddan avvalgi II asrda Pеrgan podsholigidagi ustalar yozuv uchun hayvon tеrisidan yangi
matеrial – pеrgamеnt tayyorladilar. Yunoniston va qadimgi Rimda papirus va pеrgamеnt juda
qimmatbaho matеrial bo‘lganligi uchun xomaki matn va xatlarni uchi o‘tkir tayoqcha bilan ustiga
mum surtilgan taxtachaga yozganlar.
XIII asrdan boshlab Еvropada qog‘oz asosiy yozuv matеrialiga aylandi.

6.

Suhbat matni
Men Abdulla Qodiriyga qayin ini bo‘laman, ya’ni u kishining zavjalari Rahbarniso
mening opam bo‘ladilar.
“O‘tkan kunlar” nashr etilishi bilan men uni darrov o‘qib chiqdim. Bir kuni Abdulla
pochchamiz uyimizga mehmonga keldilar. Ziyofat chog‘ida so‘radilar:
— Xo‘sh, mulla Asomiddin, “O‘tkan kunlar”ni o‘qidingizmi?
— Ha, o‘qidim, – dedim g‘ururlanib.
— Necha marta o‘qidingiz?
— Bir marta.
— Hm-m. Bu kitobni bir marta emas, besh marta o‘qish kerak. Shunda siz muomalani,
odobni, hayotni, tarixni, tilni o‘rganasiz, – degandilar. (Asomiddin Rasulmuhammad
o‘g‘li)

7.

Bilimlar maskani
Kutubxona – bu kitoblar to‘plami saqlanadigan, bosma va ayrim qo‘lyozma
asarlardan ommaviy foydalanishni ta’minlovchi, muntazam ravishda bosma asarlar
to‘plash, saqlash, targ‘ib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborotbibliografiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi, ommaning madaniy saviyasini
oshirishda eng faol bo‘lgan, barcha savodxon va ijodkorlar uchun madaniy-ma’rifiy
va ilmiy muassasadir. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish kutubxonaning asosiy
faoliyati bo‘lib, qolgan barcha faoliyatlar(kitob fondini butlash va uni tashkil etish,
fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish kabilar) asosiy faoliyat uchun
xizmat qiladi.
Kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda
paydo bo‘lgan. Qadimgi davrdagi kutubxonalardan eng mashhuri Aleksandriya
(Iskandariya) kutubxonasidir.

8.

3. Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
Vatanimizdagi eng katta kutubxona Alishеr Navoiy nomidagi
O‘zbеkiston Milliy kutubxonasidir. Bu kutubxona 1870-yilda tashkil
etilgan. Kutubxonada dunyoning ko‘pgina tillaridagi besh milliondan ortiq
kitob mavjud. Bundan tashqari bu kutobxonada O‘zbеkiston, O‘rta Osiyo
tarixi, ilm-fani, adabiyoti, madaniyatiga oid bir nеcha minglab noyob
qo‘lyozmalar saqlanmoqda.
Topshiriq: Matnni davom ettiring.

9.

Oliy ta’lim va kutubxona
Oliy ta’lim muassasalarining ajralmas bo‘lagi
axborot resurs markazlaridir. Men Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Xorijiy
filologiya fakultetida tahsil olaman Bizning fakultetimizda ham kutubxona bor. U ikkinchi qavatda
joylashgan. Kutubxonada mutaxassisligimizga oid turli mualliflarning kitoblari jamlangan. Bundan tashqari
falsafa, ma’naviyat asoslari kabi fanlarga oid kitoblar, ilmiy jurnallar, ilmiy maqolalar to‘plamlari,
monografiyalar, badiiy adabiyotlar bor. Kutubxona xodimlari bizga kerakli kitoblarni tezda topib beradilar.
Kutubxonada qiroatxona ham bor. Ba’zan talabalar shu yerda dars tayyorlaydilar. Men deyarli har hafta
fakultet kutubxonasiga borib, qiroatxonada dars tayyorlayman. U yer doim ozoda va jim-jit.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorati binosida universitet kutubxonasi
joylashgan. U yerda barcha fanlarga oid turli yillarda nashr etilgan ko‘plab ilmiy manbalar jamlangan. Kitob
javonlaridan ilmiy jurnallar, gazetalar ham o‘rin olgan. Juda katta, yorug‘ va shinam qiroatxonada professoro‘qituvchilarni, ilmiy xodimlarni, doktorantlatni hamda talabalarni uchratish mumkin. Xushmuomala va
chaqqon kutubxonachilar kerakli kitoblarni tezda topib berishadi. Bu yer talabalarning eng sevimli maskaniga
aylangan.

10.

Virtual kutubxona
Virtual so‘zining ma’nosi, bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odatdagi
kutubxonaning abstrakt ko‘rinishidir. Bu kutubxonada kitoblar,jurnallar va ro‘znomalar
kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo‘ladi. Bu
kompyuterlarda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan
ma’lumotlar to‘plami: bosma, audio, video va multimedia ma’lumotlaridir. Ma’lumotlar
hajmiga qarab serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir necha kompyuterlardan
iborat bo‘ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning uchun zarur
kitob yoki ma’lumotni kompyuter xotirasidan siz o‘zingiz qidirib topasiz.

11.

Matnlar ustida ishlash
O‘qishlar har xil bo‘ladi: birov ermak uchun o‘qiydi, birov hordiq chiqarish
uchun, birov o‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov bo‘lak mashg‘ulot
bo‘lmaganidan vaqt o‘tkazish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga
qiziqib o‘qiydi. Shuning uchun atrofingizga qarasangiz, har xil kitobxonni ko‘rasiz:
kimdir tramvayda, metroda kitobga tikilgan, kimdir navbatga turganida, sumkasidan
xatcho‘p solingan kitobni olib ochadi, birov xiyobonda, qosh qorayib qolgan bo‘lsa
ham, kitob varag‘idan ko‘z uzmaydi. (A. Muxtor)
Tаriхni o‘rgаnish va mа’nаviyatni оshirishdа kitоbning rоli bеqiyosdir. Kitоb
insоnning eng sаmimiy do‘stidir, u umri dаvоmidа kitоbdаn hаr mаvzugа jаvоb tоpа
оlаdi

12.

Tarjima mashqi
Книги в нашей жизни
Все всегда начиналось с книги. Сначала нам нравилось держать
её в руках, перелистывать страницы, рассматривать картинки и ощущать
тайну, которую скрывали тогда ещё незнакомые письмена. А потом книга понастоящему раскрывалась перед нами, и черные значки на белом фоне
обретали смысл и превращались в нашем сознании в причудливые картины.
Для кого-то книги всегда остаются верными спутниками жизни, а кто-то волей
или не волей утрачивает с ними связь. Мы не знаем, насколько далеко зайдет
научно-технический прогресс, и окончательно ли любовь к чтению погаснет
но мы знаем точно – чтение книг делает нас лучше.

13.

Lug‘at
Bilim – знания
Kitob – книга
Beminnat – бескорыстно
Olihimmat – великодушный
Begaraz – беспристрастный
Qudrat – мощь
Tafakkur qanoti – крылья мысли
Zerikarli – скучный
Ardoqlamoq – беречь, лелеять
Tarbiya – воспитание
Berilgan so‘zlar yordamida gap tuzing

14.

4. Erkin va turg‘un birikmalar
Chinni
Paxta
gulli
Gulli
Piyola
Lola
gulli
Chiroyli
So‘z birikmasida so‘zlar
o‘zaro erkin bog‘langan
bo‘ladi,
tushuncha
anglatadi.
So‘z
birikmalaridagi so‘zlarni
erkin bog‘langani uchun
almashtirish mumkin.

15.

Iboralarning eng asosiy belgilari
• Iboraning tarkibida ikki yoki undan ortiq so‘zlar qatnashgan bo‘ladi
.
• Ibora turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimlik holatda bo‘ladi
• Ibora yaxlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalaydi, sintaktik vazifada keladi
.
• Iborani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin
• Iboraning tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’nolarini yo‘qotgan bo‘ladi
.
• Iborani boshqa tillarga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi

16.

TURG‘UN(BARQAROR) BIRIKMALAR
Ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq
jarayoniga tayyor olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat darajasida mavjud
bo‘lgan til birliklari barqaror (turg‘un) birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalarning
eng xarakterli belgilari quyidagilar:
• nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kiriladi;
• ma’no butunligi;
• tuzilishi va tarkibining barqarorligi.
Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta‘minlaydi, shuning uchun
ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi
paremiologiya (lot. parema – “barqaror”, logos – “ta’limot”), barqaror birikmalar
lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema “barqaror”, grafho – “yozmoq”) sanaladi

17.

BARQAROR BIRIKMALAR TASNIFI
Frazeologizmlar
(iboralar)
Maqol va
matallar
Hikmatli so‘zlar
(aforizmlar)

18.

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TURLARI
Frazeologizmlar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi
vazifasida keladi, nutqni ta’sirchan, jozibali qiladi.
Frazeologizmning semantik tuzilishi (ma’no imkoniyatlari) frazeologik ma’no va qo‘shimcha ma’no
bo‘yoqdorligi (ottenka)dan iborat bo‘ladi. Belgi, harakat kabilar haqida frazeologizm ifodalaydigan
ma’lumot frazeologik ma’no deyiladi. Frazeologik ma’no obrazliligi bilan leksik ma’nodan farq
qiladi.
Frazeologizmlar mohiyat e’tibori bilan asosan so‘zlashuv va badiiy nutqqa xosdir. Ulardagi
boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma’lum muddat
keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina
o‘lmoq ma’nosini anglatadigan yuzga
yaqin frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bo‘lishi
ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tug‘diradi. Masalan, bu tizimga kiradigan olamdan o‘tmoq,
dunyodan o‘tmoq, omonatini topshirmoq, qulog‘i ostida qolmoq, jon bermoq shakllari so‘zlashuv
uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan ko‘z yummoq, dunyodan ko‘z yummoq, hayot bilan
vidolashmoq kabilar ilmiy,
ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yo‘l tutmoq,
shahodat sharobini ichmoq, dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga
tegishlidir.

19.

Frazeologizmlar
Sinonim
Yoqasini
ushlamoq –
hayratda qolmoq
Antonim
Yerga urmoq –
ko‘kka ko‘tarmoq
Omonim
Paronim
Boshga ko‘tarmoq
– e’zozlamoq yoki
shovqinsolmoq
Ko‘zi tushdi –
ko‘z tushdi

20.

Topshiriq
Otni qamchilamoq, otning qashqasiday, oshig‘i olchi, popugi
pasaymoq, yuzi yorug‘ bo‘ldi, to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq, tuyaning
dumi yerga tekkanda, tuyaning ustida ham it qopadi, to‘nini teskari
kiyib olmoq.
Namuna: Rustamning do‘stlari oldida yuzi yorug‘ bo‘ldi
Berilgan iboralarning ma’nolarini izohlang va gaplar tuzing.

21.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
2.
1.
2.
3.
Asosiy adabiyotlar:
Abduraxmonova M., Fattoxova D., Xalmuxamedova U., Inogamova N.,
Egamberdiyeva N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: “Mumtoz so‘z”, 2018.
Husanov N., Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). –
Toshkent: TMI, 2017. – 336b.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta’lim muassasalari rus
guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 288 b.
Normatova Sh., Abduraxmonova M., O‘zbek tili (darslik). – Toshkent: JIDU, 2014. –
192b.
Yuldasheva Sh., Kabulova D., Sobirova M. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Nukus:
Bilim, 2013. – 156b.