Press "Enter" to skip to content

Kitob yasash usullari

Armancheek
#9 01:37:48, 18 Nov 2017

O’ZBEK TILIDA SO’Z YASALISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sultanova Muyassar Djumanazaarovna, Tajiyeva Oyimjon Umarovna

Ma’limki, har bir tilning asosini so’zlar tashkil qiladi. Biz har kuni ishlatadigan so’zlarning esa o’ziga xos yasalish usuli bor. O’zbek tilshunosligining so’z yasalishi degan bo’limida aynan so’z yasalish usullari o’rganiladi. Mazkur maqola orqali o’zbek tilida so’z yasalishi usullari haqida kengroq bilib olamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Sultanova Muyassar Djumanazaarovna, Tajiyeva Oyimjon Umarovna

HIND TILSHUNOS OLIMLARINING AFFIKSAL USULDA SO’Z YASALISHIGA DOIR QARASHLARI TAHLILI
Ingliz va o’zbek tillarida so’z yasalishidagi o’xshashlik va farqlari
HINDIY TILI SO’Z YASALISHIDA SANSKRITCHA SUFFIKSLARNING AHAMIYATI
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO’Z TARKIBI VA YASALISHINI O’QITISHNING AHAMIYATI
TERMINLARNING YASALISH USUL VA YO‘LLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILIDA SO’Z YASALISH USULLARI»

•.¿TALQ1N VA TADQIQOTLAR

O’ZBEK TILIDA SO’Z YASALISH USULLARI

Sultanova Muyassar Djumanazaarovna

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o’zbek tili o’qituvchisi Tajiyeva Oyimjon Umarovna Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o’zbek tili o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7240856

Annotatsiya: Ma’limki, har bir tilning asosini so’zlar tashkil qiladi. Biz har kuni ishlatadigan so’zlarning esa o’ziga xos yasalish usuli bor. O’zbek tilshunosligining so’z yasalishi degan bo’limida aynan so’z yasalish usullari o’rganiladi. Mazkur maqola orqali o’zbek tilida so’z yasalishi usullari haqida kengroq bilib olamiz.

Kalit so’zlar: so’z turkumlari, mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’zlar, modal so’zlar, taqlid so’zlar, umdov so’zlar.

So’z yasash yangi ma’noli so’z hosil qilish demakdir. So’z yasalishi lug’aviy ma’noning o’zgarishi asosida vujudga kelib, yasama so’z ko’pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko’chadi. Shu ma’noda so’z yasash hodisasi so’zning grammatik jihatidan o’zgartiradigan hodisadir. Masalan, gul so’zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko’plik qo’shimchasini olib turlanadi: gullar, gullarning, gullarga kabi. Bu so’zga fe’l yasovchi -la qo’shimchasi qo’shilganda hosil bo’lgan so’z ko’plik va kelishik qo’shimchalarini olmaydi, turlanmaydi, balki tuslanadi. Chunki bu holatda so’z grammatik jihatdan o’zgarib, bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o’tadi.

Bir turkumdan boshqa turkumga o’tganda so’zlarda hosil bo’ladigan o’zgarishlar

kategorial o’zgarishlar deyiladi. Masalan, tasodifan so’zining o’zagi (tasodif) ot, unga yasovchi -an qo’shimchasi qo’shilganda so’z boshqa kategoriyaga ko’chdi, ya’ni kategoriya o’zgaradi. Uzumzor so’zidagi yasovchi -zor qo’shimchasi otdan ot yasagan. Bunda kategoriya o’zgarmagan.

So’z yasalishi bilan bog’liq ravishda so’zning lug’aviy va grammatik ma’nolari ham o’zgarishi murnkin. So’z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug’aviy

jihatdan boyituvchi manbalardan biridir.

So’z yasash tildagi boshqa sohalar bilan, xususan, lug’at va grammatika bilan uzviy bog’liq. Chunonchi, yasama so’z avval tilda mavjud bo’lgan lug’aviy vositalardan hosil bo’ladi. Masalan, tilde kitob, chiroy so’zlari mavjudligi uchun shu so’zlar asosida kitobxon, chiroyli kabi so’zlar yasalgan. So’z yasalishi asosida so’z ma’nosi o’zgaradi, yangi ma’noli so’z hosil bo’ladi. Bu holat so’z yasalishi bilan leksikologiya orasida uzviy bog’liqlik mavjudligini ko’rsatadi. Ma’lumki, so’z

\rnpnlirnirln nonn nrv’p ni m I nr 1 o It+i rr\l/ a+oni irntim t rn n n m n Kir -f 11 rVi im rinn

yasalishida ko’pincha qo’shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan

boshqa turkumga ko’chadi. Bu holat so’z yasalishining grammatika bilan ham bog’liqligini ko’rsatadi.

So’z yasalishi natijasida so’zning shakli o’zgaradi. Yangi ma’no bilan birgalikda

yangi shakl vujudga keladi. So’z yasalishi paytida hosil bo’ladigan shakl bilan so’z o’zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar orqali vujudga keladigan shakl orasida o’xshashlik bor. Shuning uchun so’z yasalishi ham shu turdagi boshqa hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir.

Tilda mavjud bo’lgan so’z yoki so’zlar, so’z shakllari negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so’zlarni hosil qilish so’z yasalishi deyiladi.

O’zbek tilida so’z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo’lib, shulardan quyidagi 2 usul asosiy va yetakchi usullar hisoblanadi:

1. Morfologik (affiksatsiya) usuli.

2. Sintaktik (kompozitsiya) usuli.

O’zak va negizga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shish bilan yangi so’z yasash morfologik usul bilan so’z yasash deyiladi. So’z yasalishida qo’shimchalar J-jt ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli hisoblanadi. So’z yasovclii qo’shimchalar o’zak: gulli, gulla, ishla, paxtakor, shuningdek, negizga: bilimli, hosildorlik, chidarnlilik ham qo’shiladi.

So’z yasovchi qo’shimchalar asosan o’zak va negizdan keyin qo’shiladi. O’zakdan oldin qo’shiluvchi old yasamalar o’zbek tili uchun xos emas. Biroq sifat turkumiga mansub bir qator so’zlarning yasalishida old qo’shimchalar ishtirok etadi. Masalan, badavlat, serhosil, nohaq kabi. Morfologik usulda so’z yasalishdagi

muhim shartlardan biri so’z bilan yangi yasama orasida bog’liqlik bo’lishdir. ! il i>jt>

.- vjTALQIN VA • ^TADOIOOTLAR

Masalan, oshpaz, gulzor so’zlaridagi o’zak va yasovchi qo’shimchalar orqali hosil bo’lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma’no jihatidan bir-biriga bog’liqdir.

Morfologik usul bilan so’z yasalishining shakllari ham rang-barang. Masalan, paxtakor so’zida o’zak+qo’shimcha. serdaromad so’zida qo’shimcha. +o’zak, bil-im-li so’zida o’zak+negiz+qo’-shimcha, nohaqlik so’zida qo’shim-cha+o’zak+qo’shimcha shakllari mavjud. Morfologik usul bilan so’z yasalishi ot. sifat, fe’l va ravish turkumlari uchun xos.

Sintaktik usul bilan so’z yasash ham unumdor usullardan sanaladi. Ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro qo’shilishi natijasida so’z yasalishi sintaktik usul bilan so’z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo’shma va juft so’zlar yasaladi.

O’zbek tilida bulardan tashqari so’z yasalishining yana bir qator usullari mavjud. Chunonchi, bir turkumdagi so’z boshqa turkumga ko’chadi va o’z ma’nosini o’zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to’xta (fe’l), To’xta (ot). Shuningdek, bir turkumdagi o’zaro so’z o’z ma’nosini o’zgartirishi, boshqa ma’no ifodalashi mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi), uzdi (orani uzdi) yozdi (xat), yozdi (barg), yetdi (manzilga), yetdi (maqsadga). So’z yasalishidagi bu usul lug’aviy-semantik usul deyiladi.

O’zbek tilida so’z yasalishining yana bir usuli – abbreviatura usulidir. Bu usul bilan qisqartma so’zlar hosil bo’ladi: BMT, MDH, DAN kabi. Bu usul bilan so’z yasash faqat ot turkumi uchun xosdir.

Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, o’zbek tilida so’z yasalish usullarini nafaqat tilshunoslar, balki har bir o’z tilini sevadigan inson yaxshi bilishi zarur. Zero, so’zlarni to’g’ri va o’z o’rnida qo’llashimiz bizni tilimizni qay darajada bilishimizni anglatadigan bir ko’zgudir. Biz ustozlar esa yosh avlodga tilimiz haqida bilim berishdan aslo charchamasligimiz darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005

B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T.,

X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015

1.”Lola“ ko‘rsatmali quroli.
1-bosqich. Rangli qog‘ozlardan kvadrat qirqib olinadi.
2-bosqich. Uning diagonallari bo‘yicha buklab, buklangan do‘ppi
shakliga keltiriladi.
3-bosqich. Buklashdan hosil bo‘lgan uchburchakning pastki, asos
tomonidagi ikki uchi yuqoridagi uchinchi uchiga qarab, unga yetka-
zdirib buklanadi.
4-bosqich. Xuddi shuningdek orqa tomondagi ikki uchi ham uchin-
chi uchiga qarab buklanadi.
5-bosqich . Hosil bo‘lgan shakl cheti qog‘ozning o‘rtasiga, yani
ho sil bo‘lgan chiziqqa tomon buklanadi. Shaklning orqa tomoni ham
shunday buklanadi.
6-bosqich. Oxirgi buklangan shakllarning har bir orqa tomoniga
qay tarib buklanadi. Buklangandan so‘ng ularning uchlari bir biriga
qaytarilib qayriladi.
Keyin shaklni pastgi ochiq tomonidan asta puflanadi. Shaklning

88
yuqori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi. Natijada
“Lola” shakli hosil bo‘ladi. Lolaning bandini boshqa qog‘ozni silindir
shaklida o‘rab, uni lolaning pastki puflangan qismiga kiritib qo‘yish
bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bar gini, g‘unchasini ham
yopishtirib qo‘yish mumkin.
Maktabda muqovalash ishlari. Kitobni qo‘lda muqovalashga
aloqador barcha amaliy ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
qo‘lidan bemalol keladi. Muqova ishlarini bajarishda o‘quvchilar
qog‘oz va kartonga ishlov berish (egish, qirqish), kartonga qog‘oz
yopishtirish, ayrim-ayrim varaqlarni yopishtirish kabi malakalarini
mustahkamlaydilar. Ular kitobga muqova qilish usullarini o‘rganib,
egal lab borar ekanlar, poligrafiya sanoatining tarmoqlaridan biri ha-
qi da bilim olib, muqovasozlik ishining asoslari bilan tanishadilar.
Mu qo va ishlash ishiga aloqador kasblar bilan tanishadilar. Bundan
tashqari bolalarga kitobga muhabbat, unga nisbatan tartiblilik bilan
muno sabatda bo‘lish singdiriladi. Muqova yasash ishlarini bajarish
jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, o‘lcham olish,
qirqish va egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblarni
tuzatishda ularni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatiladi.
Kitoblarni tuzatish. Zararlangan sahifalarni tiklash, yirtil gan
joylarni yelimlash, hoshiyalarni mustahkamlash, to‘g‘rilash va sahifa
burchaklarini tiklash, chiqib ketgan sahifalarni mustahkam lash, yamoq
solishdan iboratdir. Kitobni ta’mirlash ishlarida odatda un kleysteridan
foydalaniladi. Sahifa yirtilgan bo‘lsa, yirtilgan joylarning cheti nam
tampon bilan to‘g‘rilanadi, so‘ngra yelim surtib, yirtiq bo‘ylab o‘ng va
chap tomonidan shaffof qog‘oz tasmasi qo‘yiladi. Kitob sahifalarining
buralib ketgan, ammo hali pishiq bo‘lgan uchlari nam tampon bi-
lan to‘g‘rilanadi va so‘ngra og‘ir buyum bilan bostirib qo‘yiladi.
Siy qa lanib ketgan burchaklar ikkala tomondan mustahkamlanadi.
Sa hifaning yopishmagan qismi yamoq solib to‘ldiriladi. Kitobni
boshqa muqovaga qo‘shib, metall bilan mustahkamlanadi. Shundan
ke yin blokni muqova ichiga qo‘yib, muqova yopiladi va blokning
joylashishi tekshiriladi. Blokning ustki yoki pastki qismi chetlari teng
oraliqda, taxminan 3 mm muqova ichiga kirib turishi kerak. Muqovani
old tomonini pastga qilib qo‘yib ochiladi va orqa tomondagi forzats

89
qismiga yelim surtiladi va muqova yopiladi, bu operatsiya old
tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.
O‘qituvchi buyumni namoyish qilar ekan, uni tayyorlash uchun
qanday material va asboblar kerakligini aniqlaydi. Kerakli material
o‘lchami, ishni bajarish tartibi o‘quvchilar bilan birgalikda belgilanadi.
O‘zlariga tanish ishlarni o‘quvchilar mustaqil, tanish bo‘lmaganlarini
o‘qituvchining tushuntirish va ko‘rsatmasi asosida bajaradilar. O‘quv-
chilar faoliyatini faollashtirish maqsadida ular materialni o‘lchash va
hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari asosida mustaqil
bajarganlari ma’qul.
O‘qituvchi barcha vazifalar bilan bir qatorda sanitariya-gigiena,
xavfsizlik texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi kerak.
Кitob uchun muqova tayyorlash
O‘qituvchiga tavsiya: Kitob insonlarning ma’naviy bilim oladi-
gan va dunyo bo‘ylab qadr-qimmatini yo‘qotmaydigan vositadir. “Ki-
tob mening do‘stimsan”, “Kitob bilim manbayi” kabi naqllar bejiz
aytil magan. Necha asrlar davomida kitob insonlarga ziyo tarqatadi.
O‘quvchining darsliklari ham ana shunday bilim beruvchi vosita
bo‘lib hisoblanadi. Kitoblar insonlarga ko‘p yillar davomida xizmat
qilishi uchun ularni asrab-avaylab foydalanish kerak.
Darsning
maqsad va
vazifalari
Ta’limiy maqsad: Kitob muqovasi haqida bilim berish.
Qo g‘ozni buklash usulida kitob uchun muqova shaklini
yasash ni o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Ishni bajarish jarayonida texnika
xavf siz ligi qoidalariga rioya etishda hamda kitobdan foy-
dalanish, uni asrash haqidagi tushunchalarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Qog‘oz va kartonni buk lash
asosida kitob uchun muqova yasash tushuncha, ko‘nik-
malarini rivojlantirish.
Darsning
jihozilari
Ko‘rgazmali vositalar: kitob uchun muqova yasash
ishlaridan namunalar, slaydlar.
Ko‘rgazmali jihozlar: maxsus karton, qog‘oz, qaychi,
qalam, chizg‘ich, yelim, mato bo‘lagi.

90
Dars jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi
Uslub: Og‘zaki bayon qilish, tushuntirish, tahlil qilish,
aqliy hujum.
Shakl: Amaliy mashg‘ulot, savol-javob.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizimda baholash.
Dars jarayonini
amalga oshirish
bosqichlari
Natija: (rasm)
Tashkiliy qism: 10 daqiqa
Darsga hozirlik ko‘rish.
Uyga vazifani mustahkamlash.
Asosiy qism: 25 daqiqa
Aqliy hujum.
Mavzuni bayon qilish.
Amaliy ish.
Yakuniy qism: 15 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa berish.
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
• Salomlashish;
• davomatni aniqlash;
• uy vazifasini tekshirish;
• ish joyi, ish quroli va materiallarini tayyorlash.
Asosiy qism: Aqliy hujum
O‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarni kitob muqovasi
haqidagi bilim va tasavvurlarini aniqlaydi.
– Kitob bizga nima uchun kerak?
– Kitobni qanday asraymiz?
– Kitob bizga do‘st bo‘la oladimi?
– Kitobni to‘g‘ri saqlash haqida nimalarni bilasiz?
Qog‘ozdan kitob uchun muqova yasash haqida tushunchalar
beriladi. Bunday foydali buyum tayyorlash orqali oila mablag‘iga o‘z
hissalarini qo‘shishlari mumkinligini aytiladi, buning uchun qog‘oz-
dan kitob uchun muqova yasash taklif etiladi.
Yangi mavzu bayoni:
Kitoblarni muqovalab foydalanish ularning umrini yanada uzay-

91
tiradi. Kitob uchun muqovani o‘z qo‘llarimiz bilan tayyor lashimiz
ham mumkin.
Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘quvchilarning darsga tay yorligi
o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi, zarur ish materiallari tanlab olinadi.
Amaliy ish: (darslik bilan ishlash)
Kitob uchun muqova yasash bosqichlari darslikdan kuzatiladi va
bajariladi.
• Kitob uchun muqova yasash uchun birinchi kvadrat shaklidagi
karton turi tanlab olinadi;
• Kartondan o‘lcham olish va kartonning to‘rt tomonini o‘lcham
asosida burchak qilib kesiladi;
• Hosil bo‘lgan shaklni yon tomonlarining kesilgan qismini ichki
qismiga qaratib buklanadi;
• Tayyor bo‘lgan shaklning o‘rtasini belgilab, o‘tkir tig‘li buyum
yordamida o‘rtasi sindiriladi;

• Muqovaning singan qismidan teng ikkiga to‘rtburchak shakliga
keltirib buklanadi;
• Xuddi shu bosqichni keyingi uchlarida ham takrorlab, yuqoridagi
uchlarini ichki qismiga buklab qo‘yiladi.

92
• Kitob uchun muqova tayyor bo‘ldi. Muqovani old tomonini
pastga qilib qo‘yib ochiladi va ichki qismiga yelim surtiladi va muqo-
va yopiladi, bu ish old tomoniga ham takrorlanadi. Kitob press ostida
quritiladi.
Yakuniy qism.
Dars yakunida bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, o‘quvchilar bilan birga-
likda tahlil qilinadi.
Har bir o‘quvchilar bajargan ishlariga qarab izohli baholanadi.
Uyga kitob uchun muqovani mukammal yasash, she’r yodlash
vazi fasi beriladi.
Muqovalarni yasash ishlarini boshlashdan oldin o‘quvchilarni bos-
ma xonaga ekskursiyaga olib borish, undan keyin suhbat o‘tkazish kerak.
Suhbat jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar yozuvning paydo bo‘ lishi, kitob
ishlab chiqarish texnologiyasi borasida qanday bilimga ega ekanliklarini
aniqlaydi. U o‘quvchilarning bilimlariga tayanib, ularni to‘ldiradi,
aniqlashtiradi va tizimga soladi. Suhbat jarayonida u qog‘ozdan yasalgan
ko‘pgina narsalar: daftarlar, kitoblar, rasmli albomlar mustahkamroq
material-karton bilan muhofaza qilinmasa tezda eskirishi, iflos bo‘lishi,
yaroqsiz holga kelishi mumkinligini tushuntiradi.
Savollar
1. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari qanday?
2. Kartonning turlari va xususiyatlari qanday?
3. Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari?
4. Qog‘oz bilan ishlashda qanday asboblardan foydalaniladi?
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash
darslarini tashkil etish metodikasi
Applikatsiya – tasvirlash texnikasining turli formalarni qir qish va
ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga
asoslanuvchi turidir.
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko‘rgazmali qurol lar,
turli o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bay roqlar, suvenirlar,
devoriy gazetalar, stendlar va hokazolarni be zashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivoj lan ti-

93
rish da katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlan tirishda kat ta
yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faoll-
ash tiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rang ni sezishni o‘stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko‘ri-
ni shiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tas-
virlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikat siyalar muvaf-
faqiyatining garovidir.
Tasvirlash lozim bo‘lgan narsalar yordamida figura va narsa larning
holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi.
Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqi-
ladi, ularni chizmaslik kerak.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylash tiri-
ladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma’qul bo‘l-
masa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni
adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi.
Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning
almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz.
Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va
elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko‘pincha ochiq ton-
da gi qog‘oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va
elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ish lan-
ganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli mate-
riallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir
haj mi ga ko‘ra eng katta element asosiy tematik element bo‘lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o‘quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma
yasash lari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, tax lash
va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko‘nikmalarini sinay dilar
va rangli qog‘ozdan ingichka oq va sariq to‘g‘ri chiziq larni qir qadilar.
Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa bo‘ladi. Bola lar yasagan
gullar turlicha bo‘lishi mumkin. Novdalar ham qo‘lda qir qiladi.
Suhbatni o‘qituvchi “8-Mart kuni” haqida olib boradi va bunda
sov g‘a masalasini eslatib o‘tadi. Eng yaxshi sovg‘a o‘z qo‘li bilan
yasa gan sovg‘adir. Suhbat mehribon buvijonlarimiz, onajonlarimiz,
opa-singillarimiz haqida bo‘lishi mumkin.

94
Shundan keyin na’muna ko‘rib chiqiladi, uning elementlari, ish
usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun rangli qog‘oz tayyorlanib, u ikkiga buklanadi;
2. Ko‘k rangdagi qog‘ozga to‘g‘ri burchak chiziladi, uning o‘lcha-
mi uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa
eni ning yarmidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko‘k qog‘ozdan qirqilgan to‘g‘ri burchak taklifnomaning ustiga
yopishtiriladi, bunda ko‘k qog‘oz taklifnomani bo‘yashda halaqit
bermasligi uchun bukish chizig‘ining chap tomonidan ozgina joy qol-
di rib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun
kvad rat shakldagi qog‘ozni kerakli o‘lchamda qirqiladi;
5. Na’muna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko‘k va jigar rang qog‘ozdan ikkita shox qirqib, namu na-
dagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo‘lganligi uchun o‘quvchilar gullarni shoxlarga
o‘zla ri mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o‘qituvchi tarqatgan ando-
za bo‘yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan be-
za tilib, tabrik so‘zi yoziladi.
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davr-
larda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materialiga ko‘ra
ham, naqsh va rasmlariga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lgan. O‘rta Osiyo madrasalari, masjidlar, hukmdorlarning saroylari
mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga
aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va
xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sopol
plitalaridan foydalaniladi. Mohir ustalar

rangli ko‘zgu parchalaridan
ajoyib mozaika asarlari yaratishadi, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib
va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathiga ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sopol, gul
tojibarglari, tuxum po‘sti va shu kabilar)ni qo‘yib chiqishdir.
1. Tuxum po‘stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quri-
tilgan tuxum po‘sti mo‘yqalam yordamida akvarel bo‘yoqlari bilan
kerakli ranglarga bo‘yaladi.

95
2. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘stini tanlangan rasmga ko‘ra
mayda va yirik bo‘laklarga bo‘linadi.
3. Tuxum po‘stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash ke-
rakki, ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda, egri-bug ri lari
bo‘lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki shablondan aylantirib
chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum
po‘sti terib chiqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom
ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza mato bo‘lagi bilan artib tozalanadi, po‘st
yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq
konturlar ancha murakkablashadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq
tangalari, chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini
bajarish mumkin.
Savollar:
1. Applikatsiya va mozaika ishida asosiy ish quroli nima?
2. Qanday applikatsiya turlari o‘rgatiladi?
3. Applikatsiya va mozaika ishlari bilan ishlashning ahamiyati
nimada?
Mavzu: Turli va tabiiy materiallar bilan
ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
O‘zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qot ish-
malar, plastmassalar, yog‘ochlar va o‘simliklarga boy o‘lkadir. Respub-
lika mizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, tur mush da foydalanadigan
xomashyo bo‘lishi bilan bir qatorda meh nat dars larida bajariladigan
ishlar uchun kerakli material bo‘lib ham xizmat qiladi.
O‘quvchilarda ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va
muhabbatni, undagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishni tarbiyalash kerak.
Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur
qiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy qobiliyatlarni, konstruktorlik g‘o-
ya sini, tushunchalarning aniqligini uyg‘otadi.

96
Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini,
turli asboblardan foydalanishni talab qiladi va ularni ishlatish bilim,
ko‘nikma, malakalarini beradi.
Turli tabiiy materiallarni to‘plash o‘qituvchi qo‘ygan maq sadga
bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘rib chiqilgan va batafsil mu ho kama
qilin gan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun material to‘playdilar.
Yoki aksincha, avval turli barglarni to‘plab, keyin ishni bajarish tar-
tibini aniqlashlari mumkin.
Tabiiy materiallarni o‘quvchilar dastlab o‘qituvchi rahbarligida sayr
vaqtida to‘playdilar. Tabiiy materillarni to‘plash jarayonida o‘quvchilar
atrofdagi o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tani shadilar, daraxtlar,
gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabi iy materiallarni qachon va
qanday to‘plash va qanday saq lash lozim ligini bilib oladilar. Tabiatni
qo‘ riqlash va unga ehtiyot korona munosabatda bo‘lish, uni asrash
masa lalariga alohida e’tibor berish har bir o‘quvchining burchidir.
Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar,
poliz ekinlari – qovun, tarvuz, qovoq urug‘lari, mevalar – olcha, o‘rik,
shaftoli danaklari va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, jo‘xori
va makkajo‘xori so‘talari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti va shu
kabilardan keng foydalaniladi.
Tabiiy materillarni to‘playotgan har bir o‘quvchi tabiiy mate rial-
larni tartibli yig‘ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to‘plash
jara yonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik bilan sindirish, gul va
shu kabilarni o‘ylamasdan uzish tabiatga nisbatan vahshiylik ekan-
ligini yodda tutishi lozim. Gullarni qo‘l bilan sindirib bo‘lmaydi, aks
holda poyasi zararlanishi mumkin.
O‘simliklarni to‘plashda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, pax ta
bo‘ lishi kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib
bi l an joylanadi.
Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlik dan
ho li bo‘lishi kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning
izi qoladi. Quritilayotgan o‘simlikning tabiiy rangini asrab qolishning
eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, qu-
yosh nurida tez quritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3 sutkadan osh-
masligi kerak.

97
Gerbariy ramkalarida quritish. Gerbariy ramkalarida quri tilgan
o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi.
Bunda o‘simlik yumshoq qog‘oz yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi.
Har bir varaq qog‘oz va o‘simlik o‘rtasiga yana bir nec ha qavat qog‘oz
yoki gazeta qo‘yiladi, chunki quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik
chi qaradi. Shundan so‘ng papka ikkita to‘rsimon ramka o‘rtasiga
qo‘yilib, ochiq havoga qo‘yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va
ke chasi juda pasayadigan bo‘lsa, o‘simlik issiq va quruq joyga olib
qu ri tiladi.
Pressda quritish. Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar ger ba riy
papkasi o‘rniga ikkita faner listlar o‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib
qo‘yiladi. Og‘rilik pressga qancha o‘simlik joylashtirilganligiga bog‘liq
bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam og‘irlikni va quritish uchun
kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 soatdan so‘ng qog‘oz almashtiriladi.
Quritish shu usulda davom ettiriladi.
Issiq dazmol bilan quritish. Issiq dazmol bilan odatda barg lar,
poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yum shoq qog‘oz
orasiga o‘simlikni qo‘yib, ustidan dazmol yur giziladi. So‘ngra ustki
qavatidagi gazetani olib, quritilayotgan o‘simlik shamollatiladi va
quruq joyga suriladi, so‘ngra gazeta yopib yana dazmollandi. O‘simlik
2-3 minutda quriydi va u o‘zining tabiiy rangini yo‘qotmaydi. Agarda
quritilgan o‘simlik ko‘tarilganda o‘zining tanasini ushlab tursa, u
yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak,
u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi.
Barglar. Barglar o‘yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli
qo‘shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda bo‘lishi
mumkin. Eman daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan
sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qa noat lari, baliq suzgichlarini
(bu o‘yinchoqlar g‘udda va bargdan yasa ladi) yasashda qo‘llash
mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida terish yaxshi.
Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar o‘qituvchi rah bar ligida
ekskursiya jarayonida to‘planadi. Ekskursiyani uyushti rishdan oldin
bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan
ko‘rib, mashg‘ulot jarayonida foydalaniladigan tabiiy materiallar,
ya’ni bargning shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so‘ng

98
uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya yo‘nalishi,
tabiiy materiallarni to‘plash uchun mo‘ljallangan joylar aniqlanadi.
O‘quvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob-
yekt dan mehnat darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan
asosiy muhim belgilari, elementlari va xususiyatlarini ajratishga, to‘p-
lanayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savol lar ro‘y-
xati tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga
qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari, shakllari bolalarni
ajablantiradi. Ular tabiatning butun go‘zalligini, uning ranglarini,
to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining elastiklik xususiyatini
yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar.
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga
qarab, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qa-
ratiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki ja ra-
yonlar qisqa va tushunarli bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sha-
roitlarga moslashib, qish fasliga tayyorgarlik ko‘rayotganligi bilan
ta nishadilar.
Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan qushlar, kapalak, nina-
chilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi, Uchib yurgan qush-
lar, ularning tuzilish formalari haqida, mehnat dars larida qushlar ap-
pli katsiyasini tayyorlash uchun to‘plangan barglar material xizmatini
o‘ta shi to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi.
O‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglarini, shakl la-
rini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat
qilish qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar
oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shun-
dan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha ran gini
yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish ke-
rakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini in-
sonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya
oxirida suh batga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar
umum lashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tas viri
tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanot lari-
ning shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.

99
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bola lar
quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan bajara-
dilar, agar applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan ma-
te riallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Bunday dars, mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo‘ladi.
Ishni bajarilish tartibini aniqlash:
1. predmetning qismlari joylashishini grafik tasvirlash;
2. predmetning qismlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil
bo‘lgan barglarni topish;
3. ularni qog‘ozga joylashtirish;
4. ishning bajarilish texnologiyasi haqida tushuntirib berish;
5. ishni amaliy bajarish.
Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish:
1. shaklni, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash;
2. yelimlash ishlarini tartibli bajarish;
3. detallarning joylashishini to‘g‘ri tasvirlash;
4. ish bajarilgan qog‘ozning orqasiga barglaridan foydalanilgan
daraxt yoki o‘simliklarini ngnomlarini yozish.
Bajarilgan ishning tahlili va baholash:
1. ish bajarilishida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniq lash;
2. xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash;
3. namunali, sifatli va chiroyli bajarilgan ishlarni rag‘bat lantirish.
Bargning xususiyatlari va shakllari shunday xilma-xilki, ap-
plikat siyalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan
narsalarga bezak berish materiali sifatida ham foyda lanish mumkin.
Bu ishlarni bajarish o‘quvchilarni estetik didi ni, tasavvurini oshiradi
va ijodiy izlanishi va ijodiy fikrlash qobi liyatlarini o‘stirishga yordam
beradi.

Kitob yasash usullari

Сирожиддин tomonidan arvohning Хостинг nomli mavzusi faollashtirildi!

Сирожиддин tomonidan Ronsmedianing Sheʼrlarim nomli mavzusi faollashtirildi!

Сирожиддин tomonidan shahzodbekproning Yoqubov.Uz – IT Service ! nomli mavzusi faollashtirildi!

Android kitob yasash (#19 ssilka) (21)

TheBestMisha
#1 17:27:17, 28 Oct 2017

Android kitob yasash uchun bizga Android book app maker va kompyuter kerak bo’ladi. Bu dasturni Googledan yoki Telegramda men bilan bog’lansangiz sizga junatishim mumkin.
Dasturni qanday ishlatilishi haqida screnshootlar orqali tushuntirib berishga harakat qilaman

TheBestMisha
#2 17:34:21, 28 Oct 2017

Screnshootlar davomi

Biriktirilgan fayllar [2]:
7.jpg (157.66 KB) (177 ↴)
8.jpg (151.22 KB) (163 ↴)

WapUsta
#3 05:23:51, 29 Oct 2017

kompyutersiz yasashni iloji yo’qmi?

TheBestMisha
#4 15:55:32, 29 Oct 2017

WapUsta, Bo’lsa kerak lekin kompyuterda yasash ossonda

iBukhara
#5 17:23:10, 29 Oct 2017

TheBestMisha, Yasagan Kitobizga Kirib Screnshoot Ko’rsatingchi

Clever
#6 17:32:26, 29 Oct 2017

Man shu dasturda kitob yaratib ko’rdim yaxshi chiqdi. Foydali dastur ekan

TheBestMisha
#7 18:14:58, 29 Oct 2017

iBukhara, Latifalar kitobimdan screnshoot

Biriktirilgan fayllar [1]:
screenshot_2017-10-29-18-14-32.png (408.5 KB) (202 ↴)

MaJoR_LaZeR
#8 00:10:27, 18 Nov 2017

Oziz yasagan kitobizni joylang.

Armancheek
#9 01:37:48, 18 Nov 2017

TheBestMisha, Androidga shu dasturiz yo’qmi

TheBestMisha
#10 06:45:42, 19 Nov 2017

Armancheek, Android uchun bor yo’qligini bilmadim

TheBestMisha
#11 06:47:44, 19 Nov 2017

MaJoR_LaZeR, # MaJoR_LaZeR (18.11.2017 / 00:10)
Oziz yasagan kitobizni joylang. Negadir yuklab bo’lmayapti agar hohlasangis Telegramda tashlab berishim mumkin