Shavkat Mirziyoyev: Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni o‘qish, o‘qitish yetarli darajada emas
Har yili yetkazib berish muddati qisqarib-qisqarib boraveradi. Bu juda aniq tendensiya. Xuddi Moskvadagi kabi. Yaqin yillarda Toshkentda yetkazib berish standarti 45 daqiqadan 1 soatgacha bo‘ladi.
Xalq ma’naviyatini oshirish ommaviy kitob ulashish bilangina chegaralanadimi? O‘zbekiston kitob savdosiga nazar
«Kitobxonlikni yoshlar orasida keng targ‘ibot qilish» mazmunidagi jumlalar OAV, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan eng ko‘p ishlatiladigan kundalik iboraga aylanib qoldi. Davlat rahbari shaxsan qat’iy talab va tashabbus bilan chiqqandan keyingina kitobxonlik kampaniyasiga asos solindi va bu birmuncha samara berdi, deyish mumkin.
Shu bilan birga, ko‘zbo‘yamachilikka asoslangan targ‘ibotlar ham kampaniya faoliyatini «bezadi». Tan olish kerak: targ‘ibotlar ko‘proq ijobiy natija (aks ta’sirlari bilan) berdi. Moddiy rag‘bat evaziga bo‘lsa ham o‘quvchilar qiziqishini oshirishga harakat qilindi va qaysidir ma’noda maqsad sari dadil qadam tashlandi, lekin bu harakat yetarli emas.
Qilinayotgan ishlar xuddi aysbergning faqat suv yuzidagi qismini ko‘rishga o‘xshaydi. Ummon tubidagi muz bo‘lagi haqida hech kim qiziqib ko‘rmayapti. Sof kitobxonlik muhitini shakllantirish faqat targ‘ibot bilan kifoyalanmaydi. Hurmatli kitobxonlik targ‘ibotchilari, hech o‘ylab ko‘rganmisiz: O‘zbekistonda noshirlik faoliyati qay darajada? Ularni qanday muammo qiynaydi? Kitoblar adadi aholi talabini qondiroladimi? Umuman olganda, kitob savdosi nega katta biznesga aylanib ketmayapti? OAV (ayniqsa, televideniyeda)da kitob reklamasi nega hanuzgacha muntazam berilmayapti? Sababi bilan qiziqib ko‘rdingizmi? Aslida, vaziyat qanaqa? Respublika kitob savdosi, noshirligi faoliyati, bu borada kitobxonlar fikri muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin.
«Odamlar kitob uchun kattaroq mablag‘ to‘lashga tayyor emas»
Asaxiy.uz loyihasi asoschilaridan biri Feruz Allayev:
«Butun dunyoda internet orqali kitoblar savdosi rivojlanmoqda. Masalan, AQShda Amazon internet do‘koni sotadigan kitoblari soni bo‘yicha bugungi kunda Noble/Barnes kabi yirik do‘konlardan bir necha marotaba o‘tib ketgan. Internetda katalogning chegaralanmaganligi, bor kitobni xohlagan yerga yetkazib berilishi katta imkoniyatlar taqdim etadi. Shularni o‘ylagan holda Asaxiy tashkil topdi. Loyihani boshlaganimizda reklama uchun asosiy e’tiborni ijtimoiy tarmoqlarga qaratdik va bu o‘z natijasini bera oldi, deb o‘ylayman. Kitob savdosi bizda hali katta biznes darajasiga chiqmagan. Undan oldin ichki muammolarni hal qilish kerak. Quyidagilarni eng og‘riqli masalalar qatoriga qo‘shish mumkin:
Pochta xizmati. Oddiy kitob uchun narxlar qimmatligi, yetkazish berish muddatining sekinligi. Lekin xizmat oldingiga qaraganda yaxshilanmoqda.
Kadrlar taqchilligi. Ko‘pgina kitoblarning tarjima sifati past, imlo xatolariga to‘lib ketgan. Bu sohada sifatli kadrlar bor, lekin kam. Masalaning boshqa tomoni ham bor: ayrim nashriyotlar kitob tannarxini pasaytirish maqsadida kadrlarga ketadigan xarajatni tejab qolishga intilishadi. Natijada, sifat ham tushib ketadi.
Yangi ijodkorlarni topish. Xalq sevib o‘qiydigan yozuvchilar, shoirlar kamayib ketgan. Balki yangi nomlar chiqsa, odamlarning qiziqishi yana ortar.
Xalqaro kitob savdosi ancha ilgarilab ketgan. Chet el tajribasida kitob targ‘iboti TV, radio va ko‘chadagi bannerlarda qilinadi va bu o‘zini oqlaydi. Masalan, 10 yevrolik kitobning chakana savdosi 20 yevroga baholanadi. Bizda esa narxning 500 so‘mga o‘zgarishi ham ko‘p narsaga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham moliyaviy jihatdan ko‘cha, jamoat transportiga banner osish, radio va televideniye targ‘iboti samara bermaydi. Odamlar kam kitob xarid qilishadi va unga ko‘proq mablag‘ ajratishga tayyormas.
«Bir xil nomdagi kitoblar o‘quvchini bezdirdi»
Sadoqat Xolmonova (kitobxon):
Nashriyotlar faoliyatida yangilik kam. Yangi nashr, deb allaqachon tarjima qilingan asarlarni yoki qayta-qayta nashr etilgan kitoblarni chop etishmoqda. Kitob do‘konlariga borsangiz, bir xil nomdagi asarning turli nashriyot tomonidan nashr etilgan kitoblariga ko‘zingiz tushadi. Nashriyotlar malakali tarjimonlar bilan hamkorlikda yangi-yangi asarlarni tarjima qilib nashrga tayyorlashi, hech bo‘lmaganda butun dunyoga mashhur durdona asarlarni o‘zbekchalashtirishga harakat qilishi kerak. Hadeb eski asarlarga murojaat qilavermay butun dunyo qanday asarlarga murojaat qilayotganligini o‘rganib, ularning nashri bilan shug‘ullanishsa, yaxshi bo‘lardi.
«Chop etilayotgan kitoblar adadi talabni qondirolmaydi»
Sharofat Ismoilova (kitobxon):
Kitob savdosi, oddiy til bilan aytganda, juda sekin savdo. Bir kitobni sotib olgan xaridor keyingi safar unga ehtiyoj sezmaydi. Bu esa nashriyotlarni chiqarayotgan kitob tirajiga o‘ylab munosabatda bo‘lishga undaydi. Vaholanki, kitob adadi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha arzon bo‘ladi. Ayni paytda bir nomdagi kitob adadi 5 ming nusxadan oshmaydi. Ehtimol, shuning uchun ham bugun ko‘pchilik elektron kitoblarga murojaat qilayotgandir. Nashr ettirilayotgan kitoblar adadi o‘quvchi talabini qondirolmaydi. Talab va taklif muvozanatda emas. Masalan, o‘tgan yildan boshlab G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan «Zamonamiz qahramoni» rukni ostida zamonaviy o‘zbek adiblari: Isajon Sulton, Luqmon Bo‘rixon, A.Yo‘ldoshev, Q. Norqobillarning asarlari chop etildi. Ularning adadi 3000 nusxa, xolos. Nahotki 30 millionlik respublika aholisi uchun shugina kitoblar yetarli bo‘lsa?
Ilmiy adabiyotlarning adadi esa bundan ham kam. O‘zim filologiya fakultetida tahsil olaman. Har qanday badiiy asarning kaliti ilmiy adabiyotlar orqali ochilishini bizga ko‘p ta’kidlashgan. Lekin ba’zi adabiyotlar hatto talabalar qo‘liga yetib bormaydi. Masalan, «O‘zbek adabiy tanqidi» antologiyasi (2011 yil. «Turon-Iqbol» nashriyoti. Adadi 16000 nusxa), «Adabiyotshunoslik lug‘ati» D.Quronov, Z.Mamajonov va b. (2013 yil. Akademnashr. 2000 nusxa). Bunday lug‘at har bir adabiyot o‘qituvchisi qo‘lida bo‘lishi kerak. Endi taqqoslash uchun bir misol keltiraman: yaqinda eski kitoblar bozoridan Stendalning «Parma ibodatxonasi» asarini sotib oldim. 1990 yilda “Meditsina” nashriyotidan chiqqan. Adadi 75000 nusxa.
Nashriyotlarda haqiqiy vaziyat qanaqa?
Kitob savdosini ham foyda oluvchi, ham xalq ma’naviyatini oshirishga xizmat qiladigan biznes turiga aylantirish mumkinmi? Respublikadagi yetakchi nashriyotlardan bo‘lgan «O‘zbekiston» NMIU, «Sharq» NMAK marketing bo‘limi xodimlari va «Akademnashr» NMM MChJ rahbari Sanjar Nazar bilan bog‘lanib, dolzarb savollarga javob olindi.
Ma’lum kitobni nashr qilishda kitobxonlar talabi o‘rganiladimi? Qay tarzda o‘rganiladi? Bu bo‘yicha maxsus statistika tuziladimi?
«O‘zbekiston» NMIU: Har yili oktabr-dekabr oylarida nashriyotning kelgusi yil uchun nashrlar rejasi ishlab chiqiladi. Har yili demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va ochiq manbalardagi ma’lumotlar asosida umumiy statistik tahlillar olib boriladi. Bunda aholi, shuningdek,maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab, kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi va talabalari soni, yoshi, faoliyat yo‘nalishi, qiziqishlari inobatga olinadi.
«Sharq» NMAK: Kitob nashr etilishidan avval kompaniyaning maxsus komissiyasi fikri o‘rganiladi. Nashrlar ro‘yxati kitobxonlarning talabi asosida shakllantiriladi. Nashriyotga kelib tushayotgan so‘rovlar, qolaversa, xaridorlarning ma’lum janrdagi kitoblarni chop etish zarurligi haqidagi takliflari asosida aniqlanadi. Bu bo‘yicha nashriyot tomonidan so‘rovnoma (anketa) lar joriy qilingan bo‘lib, doimiy ravishda kitobxonlarning fikri va taklifi inobatga olib boriladi.
«Akademnashr» NMM MChJ: Nashrlarimizning asosiy qismi yil avvalida tasdiqlab olinadigan reja asosida chop etiladi. Garchi marketing tadqiqotlari, turli tadbirlar, uchrashuvlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlar vositasida kitobxonlar talabini o‘rganib borishga harakat qilinsa-da, ommaviylikni asosiy mezon qilib olmaganmiz. Ozmi-ko‘pmi o‘quvchining talabiga, didiga ta’sir qilishga urinamiz.Biz ixtisoslashgan nashriyotlardanmiz. Faoliyatimizning asosiy qismini ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, lug‘atlar, intellektual rivojlantiruvchi bolalar kitoblarini tashkil qiladi.
Nashriyotda onlayn kitob savdosi yo‘lga qo‘yilganmi?
«O‘zbekiston» NMIU: Nashriyotning rasmiy veb-saytida onlayn kitob xarid qilish moduli yaratilgan bo‘lib, hozirda uni ishga tushirish va takomillashtirish bo‘yicha texnik mutaxassislar jalb qilingan.
«Sharq» NMAK: Kompaniyaning www.sharq.uz saytida onlayn kitob savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Xaridorlar uchun yanada funksional qulayliklar yaratish uchun hozirgi vaqtda saytda texnik sozlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin vaqt ichida saytimiz yangicha zamonaviy qiyofada namoyon bo‘lib, nafaqat kitoblarni onlayn sotib olish, balki ularning elektron shaklini ham yuklab olish mumkin bo‘ladi.
«Akademnashr» NMM MChJ: Nashriyot kitoblarini o‘quvchilar saytdan yoki ijtimoiy tarmoqlarlagi sahifalarimizdan sotib olishlari mumkin.
Sotilmay qolgan kitoblarning keyingi taqdiri nima bo‘ladi?
«O‘zbekiston» NMIU: O‘z vaqtida sotilmay qolgan kitoblar keyinchalik nashriyotning kitob do‘konida maxsus chegirma narxlarda sotiladi. Qolaversa, nashriyot tomonidan o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarida sovg‘a qilinadi.
«Sharq» NMAK: Sotilmaydigan kitobni o‘zi bo‘lmaydi. Faqatgina sotilish davri biroz cho‘zilishi mumkin. Bunday hollarda yili eskirgan kitoblarni xaridorlarga har xil aksiyalar va chegirmalar orqali savdoga chiqaramiz.
«Akademnashr» NMM MChJ: Bunaqa muammo yo‘q. Kitob savdosi sekin bo‘lishi mumkin, ammo to‘xtab qolmaydi.
O‘zbekistonda kitob savdosi sohasida qanday dolzarb va hal qilinishi shart bo‘lgan masalalar mavjud?
«O‘zbekiston» NMIU: Albatta, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham mavjud. Jumladan, mamlakatimizning eng chekka hududlariga bir xil narxda kitob yetkazib berish masalasi haligacha o‘z yechimini kutmoqda.
«Sharq» NMAK. Respublikamizda kitob savdosini nazorat qiladigan, tartibga soladigan yagona boshqaruv tizimi tashkil etilishi lozim. Mazkur tizim respublika bo‘yicha kitob savdo korxonalaridan yig‘ilgan ma’lumotlarni statistikasini, tahlilini olib borishi lozim. Shunda quyidagi savollarga javob olish imkoniyati bo‘ladi:
- Hozirgi paytda respublikada nechta kitob savdosiga ixtisoslashgan kitob do‘koni bor? Qaysi tashkilot tomonidan qayd etilgan?
- 2018 yilda va 2019 yilning birinchi choragida qancha kitob mahsulotlari sotildi?
- Kitob savdosiga ixtisoslashgan do‘konlardagi narxlarni kim nazorat qiladi, belgilaydi yoki tavsiya etadi?
- Kitob bozoridagi mavjud nomutanosiblik va «qora bozor» bilan kim kurashadi va qachon yechimini topadi?
- Qaysi janrdagi kitoblar 2018 yilda xaridorgir (besseller) bo‘ldi?
- Qaysi muallifning kitoblari ommalashdi?
- Ixtisoslashgan kitob do‘konlaridagi ishchi xodimlar qayerda va qachon malakasini oshirgan va o‘zi shunday muassasa mavjudmi?
- Kitob savdosiga ixtisoslashgan do‘konlarning qanchasi qarorda berilgan imtiyozlardan, prefirensiyalardan foydalandi? Foydalanmaganlar kimdan maslahat so‘radi yoki ularni kim yo‘naltirdi?
- Yil davomida qancha sayyor kitob savdo-yarmarkalari tashkillashtirildi?
«Akademnashr» NMM MChJ: Birinchidan, nashriyot tomonidan chiqarilayotgan kitoblar noqonuniy ravishda chop etilib, haqiqiy bahosidan arzon narxga sotilmoqda. Bunga qarshi kurashadigan, biz, noshirlarning dodini eshitadigan hech kim yo‘q. Qayerga murojaat qilishni bilmaymiz. Bizga noshirlar huquqini himoya qiladigan, ularni birlashtiradigan, muammolarini hal qilishga ko‘maklashadigan uyushma kerak.
Ikkinchidan, kitob savdosini qanday yuritish kerak, qanday qilib ko‘proq xaridorlarni jalb qilish mumkin, marketing usullaridan qay tarzda foydalanish mumkin kabi savollarga javob beradigan seminar-treninglar tashkillashtirilishi kerak. Bunda xorij va mahalliy mutaxassislar jalb etilsa yaxshi bo‘lardi. Uchinchidan, muallifning qadrini yuqoriga ko‘tarish kerak. Afsuski, bugun nashriyotlar muallifga o‘z shartlarini qo‘yadi, aslida aksincha bo‘lishi kerak. To‘rtinchidan, xususiy, kichik nashriyotlar yashab qolishiga ko‘maklashadigan maxsus dastur ishlab chiqilishi lozim.
Xulosa shundayki, kitob savdosiga qadar noshirlik ishi shuncha ko‘rinmas «chirmovuq» lar bilan o‘ralashib qolgan. Kitobxon esa doim mazmunga boy, albatta, kamxarj kitoblarni rastalardan qidiradi.
Muhabbat Ma’mirova
Shavkat Mirziyoyev: Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni o‘qish, o‘qitish yetarli darajada emas
Davlat rahbari ilgari surgan Beshta tashabbus doirasida Bo‘ka tumani markazida Madaniyat va ma’rifat ekoparki barpo etildi. Shavkat Mirziyoyev ushbu istirohat bog‘iga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yerda Beshta tashabbusning barchasi mujassamlashgan. Zamonaviy kutubxona hamda kitob o‘qish uchun sokin joylar, kompyuter o‘yinlari uchun maydonlar, Wi-Fi hududlari tashkil etilgan. Yopiq amfiteatr, kafelar qurilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Universal sport maydonida vorkaut va badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish uchun keng sharoit yaratilgan. Velosiped, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Majmua har oyda o‘rtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.
Foto: Prezident matbuot xizmati
— Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni o‘qish, o‘qitish yetarli darajada emas. Bolalarni bog‘cha yoshidan, boshlang‘ich sinflardan kitoblarga o‘rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg‘aytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o‘qishga qaytadi, — dedi davlat rahbari.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ilmiy yondashuvlar asosida kitob o‘qitish metodikasi hamda qaysi yoshda qanday asarlarni o‘qish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Bog‘da butun yil davomida rang-barang madaniy tadbirlar va mahallalararo musobaqalar o‘tkazish, o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kitob yetkazib berish
Akmal Payziyev, Aleksandr Avdeyev, Oleg Yudin va Lana Badular Spot’ga yangi o‘yinchilarning kirishidan iste’molchi nega yutishi, yetkazib berish bozorining rivojiga nima to‘sqinlik qilayotgani va sog‘lom raqobat haqida so‘zlab berdilar.
Foto: Евгений Сорочин / Spot
7 mart kuni Toshkentda “Yandex Eats” y etkazib berish xizmati ishga tushirildi.
Hozirda “Yandex Eats” xizmatiga FeedUp, Bon!, Oqtepa Lavash va shahar boʻyicha 250 dan ortiq boshqa restoranlar, oziq-ovqat va ichimliklar, gul doʻkonlari va boshqalar qoʻshilgan.
“Yandex” xalqaro rivojlanish bo‘limi rahbari Natalya Lozaning soʻzlariga koʻra, kompaniya O‘zbekistonda “Yandex Eats”ni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni ko‘rmoqda. Bu yerda restoran biznesi yaxshi rivojlangan va har kim ham oʻz yetkazib berish xizmatiga ega emas.
“Shu sabab hamkorlar va foydalanuvchilar uchun taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni shahar aholisi uchun yana bir qulay va tezkor kundalik ehtiyojiga aylantirishga yordam beradigan xizmatni taklif qilishga tayyormiz”, — deydi Natalya Loza.
“Spot” “Express24” va “Broniboy” yetkazib berish xizmatlari asoschilari Akmal Payziyev va Aleksandr Avdeyev hamda restoratorlar va Fish&Fish agentligining hammualliflari Oleg Yudin va Lana Badu bilan suhbatlashib yangi oʻyinchining kirishi haqida qanday fikrda ekanliklarini bilib oldi.
“Raqobat yaxshi, ammo u adolatli bo‘lishi kerak”
“Express24” yetkazib berish xizmati asoschisi Akmal Payziyev “Yandex Eats”ning kirib kelishiga ijobiy fikr bildirdi. Negaki ko‘pchilik uchun yetkazib berishda ishlash pul topish uchun imkoniyatidir.
Butun dunyoda yetkazib berish bo‘yicha ishlash — bu kasbning boshlanishi, talabalar va maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan odamlar uchun daromad manbai hisoblanadi.
“Ishsizlik muammosi ancha keskin bo‘lgan mamlakatimiz uchun „Yandex Eats“ bozorga kirishi yaxshi”, — dedi u.
Biroq, shu bilan birga, Payziyev raqobat adolatli bo‘lsa yaxshi bo‘lishini eslatib o‘tdi. Uning fikricha, agar o‘yinchilar faoliyatini amalga oshirishdagi shartlar bir xil bo‘lsa, bu uning jamoasiga mahsulotni “nasoslash” uchun yaxshi chaqiriq bo‘ladi.
“Broniboy” yetkazib berish xizmatining operatsion direktori Aleksandr Avdeyev ham yangi o‘yinchining kirishi bozorni rivojlantirishga yordam beradi degan fikrda.
Uning fikricha, bunday kuchli va tajribali o‘yinchilar ko‘p odamlarga yetkazib berishning barcha afzalliklari haqida aytib berishga yordam beradi. Natijada talab o‘sishni boshlaydi — bundan butun bozor foyda ko‘radi.
“Yandex O‘zbekistonda — AD, taksilar, xaritalar va boshqa mahsulotlar sohasida faol rivojlanmoqda. Ishonchim komilki, ularning bozorga ta’siri juda katta bo‘ladi. Bu bizga qo‘l keladi, chunki o‘sib borayotgan bozorda tezroq rivojlanish mumkin”, — hisoblaydi Aleksandr.
Rossiya operatori bozor yetakchisiga aylana oladimi?
Rossiya restoran menejment maktabi “Novikov School“ning vakillari, restoratorlar va “Fish&fish agentligining hammualliflari Oleg Yudin va Lana Baduning fikricha, agar O‘zbekiston yaqin yillardagi rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilsa, afsuski, “Yandex Eats” yaqin yillarda bozor yetakchisiga aylanadi.
Ularda buning uchun hamma narsa bor: o‘ta jiddiy byudjetlar, katta raqamli operatsion guruh va tajriba, ular yangi hududlarga qanday qilib to‘g‘ri kirishni va mahalliy o‘yinchilarni yengishni va yana ko‘p narsalarni bilishadi.
“Yandex Eats” hozirdanoq Toshkentning eng keksa, eng yirik va jiddiy o‘yinchilari, xususan “Bon!”, “Oqtepa Lavash” bilan shartnomalar imzolamoqda. “Yandex” shuningdek, 2023-yilda mamlakatda maktab o‘quvchilari uchun dasturlash kurslari va Yoqilg‘i quyish shoxobchasi xizmatini ishga tushirishni rejalashtirgan, shuningdek, o‘zining aqlli shoxobchalarini sotishni boshlagan.
“Shuning uchun biz bemalol ayta olamizki, Yandex O‘zbekistonga jiddiy ravishda va uzoq vaqtga o‘z mahsulotlarining keng assortimenti bilan kirib kelmoqda”, — dedi Lana Badu.
Aleksandr Avdeyev ham hammasi ularning niyatlariga bog‘liq ekanligi, agar xohlasalar, bozor yetakchisiga aylanishlarini qayd etdi. Savol faqat shundaki, ular bunga qancha pul sarflashlariga to‘g‘ri keladi.
“„Bozor yetakchisi“ tushunchasiga nimani qo‘yganimizga qarab yondashish kerak. Bunda bir qator mezonlar mavjud va bu faqat savdo hajmi emas. Birinchi raqamli kompaniya bo‘lish uchun iste’molchilar ishonchini qozonish, ular faoliyat yuritayotgan mamlakat oldidagi biznesning odobliligi va mas’uliyati muhimdir”, — deydi “Express24” asoschisi.
U “Yandex” yirik kompaniya ekanligini, uning tajribasi, katta imkoniyatlari va mablag‘i borligini qayd etdi. Shu bilan birga u “Express24″ning kuchli tomonlari: O‘zbekistonga qaratilgan e’tibor, mahalliy bozorni bilish, o‘rnatilgan aloqalar va mijozlar bazasi, tezkor yetkazib berish va arzon narxda ekanligini qayd etdi.
Foydalanuvchi bundan qanday yutadi?
Oleg Yudin va Lana Baduning qayd etishicha, foydalanuvchi uchun bu yangilik 100%ga ijobiydir. Ular nafaqat oziq-ovqat yetkazib berish, balki barcha turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha qulay xizmatga ega bo‘lishadi.
Har yili yetkazib berish muddati qisqarib-qisqarib boraveradi. Bu juda aniq tendensiya. Xuddi Moskvadagi kabi. Yaqin yillarda Toshkentda yetkazib berish standarti 45 daqiqadan 1 soatgacha bo‘ladi.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish bozorining o‘sishi bilan birga yetkazib berish bozori ham o‘sadi. Hamma narsa Rossiyadagi kabi yuz bermoqda. Misol tariqasida so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi eng yirik pitseriya tarmog‘i tez ovqatlanish segmentida o‘z yetkazib berish xizmatini faol ravishda kengaytirayotganini keltirish mumkin. Va ular yetkazib berishni boshqarishda juda professionaldirlar.
“Yaqin yillarda O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish bozori ham, yetkazib berish bozori ham o‘sadi, Statista ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat yetkazib berish bozori 2026-yilgacha har yili 13%ga o‘sadi va yetkazib berish bilan qamrab olingan foydalanuvchilar soni 700 ming kishiga yetadi”, — deydi Lana.
Umuman olganda, Akmal Payziyev va Aleksandr Avdeyevning fikricha, yangi o‘yinchilarning kirib kelishi, raqobat yetkazib berish bozorining rivojiga olib keladi.
Mahaliy bozorning rivojiga nima yetishmayabdi?
Payziyevning fikricha, bozorning rivoji uchun raqamli mahsulotlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi aniq qonunlar, barcha uchun bir xil o‘yin qoidalari bo‘lishi kerak.
Bu nafaqat yetkazib berish, balki IT bilan shug‘ullanadigan har bir kishiga taalluqli.
“Mahalliy kompaniyalarning pozitsiyasi ba’zan jazolanishi mumkin bo‘lgan sevilmagan bolalarga o‘xshaydi. Va chet ellik mehmonlar, ularning harakatlariga ko‘z yumishingiz mumkindek. Bu to‘g‘ri emas. Hamma teng bo‘lishi kerak”, — deydi tadbirkor.
Aleksandr hozirda mahalliy bozorni baholash juda qiyinligi, u nafaqat shakllantirilishi, balki to‘liq quvvat bilan ishlashi uchun hali qilinadigan ishlar ko‘pligini qayd etdi.
“Asosiysi, O‘zbekistonda odamlar ovqatlanishni yaxshi ko‘radilar. Biz ularga buni qanday tez va qulay qilish kerakligini ko‘rsatishimiz kerak”, — deydi u.
Oleg Yudin va Lana Baduning fikricha, oziq-ovqat yetkazib berish bozori endigina faol rivojlana boshladi, bozorda faqat bir nechta professional o‘yinchilar bor. Bu haqiqatan ham juda oz.
Shuningdek, ekspertizalar va jiddiy raqobatchilar yetishmaydi.
“Rostini aytsam, bu yer biroz vaqt oldingi Moskvaga juda o‘xshash. Vaholanki, so‘nggi 3 yil ichida men Toshkentda jiddiy o‘zgarishlarni ko‘ryapman. Bir nechta kompaniyalar bozorni faol ravishda oldinga siljitmoqda. Bundan tashqari, o‘zgarishlarning jiddiy drayveri — „Yandex Eats“ kirib keldi”, — deydi Oleg.
Statista maʼlumotlariga ko‘ra, 2026-yilga borib O‘zbekistonda restoranlardan oziq-ovqat yetkazib berish segmentidagi daromad $6,07 mlnni tashkil etadi, hisob-kitoblar natijasida 2023-yilga kelib daromad $4 mlngacha yetishi mumkinligini aniqlash mumkin.