Press "Enter" to skip to content

Bookmall | Kitob ulashamiz

Yaxshidan buyukka”, Jim Kollinz
Narxi: 69 000 soʻm

Eng kitobxon millat bo‘la olamiz(mi)!?

GfK xalqaro tadqiqot instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2016 yili dunyoning eng kitobxon millati xitoyliklar bo‘lishdi. So‘rovnomaga javob bergan xitoyliklarning 70 foizi har kuni yoki har haftada aqalli bir marta kitob o‘qishini ta’kidlagan. Ikkinchi o‘rinni rossiyalik (59 %), uchinchi o‘rinni ispaniyalik (57 %) kitobxonlar egallashdi. Ushbu institut tomonidan avvalgi yillarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, hindistonliklar (haftasiga 10,7 soatni kitob o‘qishga sarflaydilar), tailandliklar (9,4 soat) va xitoyliklar (8 soat) eng ko‘p kitob o‘quvchi davlatlar reytingida peshqadam edilar.

Bizda-chi? Aholimizning qancha qismi har kuni yoki haftasiga aqalli bir marta kitob o‘qiydi? Haftasiga qancha soatni kitob o‘qishga sarflaymiz? Menimcha, umumiy aholiga nisbatan natijalarimiz qoniqarli chiqmasa kerak…

Jamiyatimizda kitobxonlikning yuksalishiga to‘sqinlik qiluvchi bir qancha sabablar mavjud:

– kitob mahsulotlarining nisbatan qimmatligi (rivojlangan davlatlarda oylik daromad miqdoriga nisbatan kitobga sarflanadigan mablag‘ foizi kam);

– har tomonlama professional nashriyot va matbaa korxonalarining kamligi (qog‘oz va matbaa mahsulotlari va texnikasini erkin import qilish, o‘zaro raqobatning o‘sishi kitoblarning narxi va sifatiga ijobiy ta’sir etadi);

– imlo bilan bog‘liq muammolar «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida»gi Qarorga ko‘ra, yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tilib, bu ish 2010 yilning 1 sentabriga qadar to‘liq tugallanishi kerak edi. Amalda esa hamon kirill yozuvidan foydalanyapmiz. Orada kirill va lotinda o‘qiydigan avlodlar orasida tafovut paydo bo‘lgan)…

“Ochiq kutubxona” tashkil etamizmi?

Hozir kitobxonlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Bir ma’lumotni qidirish uchun soatlab ensiklopediya titkilashga hojat yo‘q. Internetga kirib, istalgan ma’lumotni soniyalar ichida topish mumkin. Elektron kutubxonalar tashkil etilishi bilan kitoblarni ham qisqa muddatda qo‘lga kiritish va mutolaa qilish osonlashdi. Avvalgidek kutubxonaga borish, a’zo bo‘lish, kitobga buyurtma berish, topib olib kelgunlarigacha kutish, rasmiylashtirish kabi vaqttalab dahmazalarga hojat qolmadi.

Albatta bu jarayon kutubxonalarga boruvchilarning kamayishiga ham sabab bo‘ldi. Nima qilish kerak? Agar kitobxon kutubxonaga kelmasa, kutubxona kitobxonlarga borishi kerak. Dunyoning eng katta kutubxonalari kitob fondlari elektronlashtirilib, onlayn o‘qish imkoniyati taqdim etilgan. Yaqinda Turkiyadagi barcha qo‘lyozma asarlardan nusxa ko‘chirish bepul bo‘lganligi xabari tarqatildi. Kutubxonalar va jamoat tashkilotlari shahar va qishloqlarning gavjum joylarida, transport bekatlarida mutlaqo bepul xalq kutubxonalarini tashkil etmoqdalar.

O‘tgan yili ozarboyjonlik hamkasblarim ajoyib yangilikni yetkazishdi. Qardoshlarimiz davlat kutubxonasidan ayri holda, turli qog‘ozbozlikdan xoli, haftaning 7 kuni, 24 soat faoliyat yuritadigan xalq kutubxonasini ochibdi. Kutubxona Boku shahrining Xoqoniy ko‘chasida, soya-salqinda joylashgan. Xiyobonda kitob javonlari o‘rnatilgan. O‘qish va muloqot uchun qulay kursilar joylashtirilgan. Kechasi fonus yorug‘ida mutolaa qilish mumkin.

“Men o‘qidim, sen ham o‘qi” shiori ostida faoliyat yurituvchi bu mo‘’jaz ziyo maskaniga Ozarboyjon milliy kutubxonasi dastlab 1500 kitob taqdim etgan. Hozirda kitoblar soni 4000 ga yetibdi.

Kutubxonadagi turli mavzulardagi kitoblarni istalgan payt borib o‘qish, uyga vaqtincha yoki doimiy olib ketish mumkin. Uyga olish uchun siz ham kutubxonaga bir kitob taqdim etishingiz kerak. Shuningdek, o‘qib bo‘lingan kitoblarni ham ochiq kutubxona fondiga hadya qilish mumkin.

Bu maskanda mualliflar, olim va yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, imzo kunlari tashkil etilar ekan.

Menimcha, bizda ham bu loyihani qo‘llab ko‘rsa bo‘ladi. Hozir aksar taraqqiy etgan davlatlarda xalqni bosma kitoblar o‘qishga qaytarish maqsadida mana shunday bukkrossing harakati kengaymoqda.

Bizga kitoblar shahri kerakmi?

So‘nggi yillarda yurtimizda katta kitob majmualarining ochilishi barchani quvontirmoqda. Mana shu kitob do‘konlarini sifatli va kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirish davr talabidir. Kitobxon do‘konga kirib adashib qolishi kerak, kunlab qolib ketishi kerak, kerakli barcha adabiyotlarni topa olishi shart. Avvallari choyxonalar jamiyatning kitobga bo‘lgan ehtiyojini ham qondiradigan maskan bo‘lgan ekan. Aynan choyxonalarda navoiyxonlik, bedilxonlik, sa’diyxonliklar bo‘lganini manbalarda ko‘p o‘qiymiz. Hozirgi zamonaviy kitobxonalarga borish ham aholining kundalik hayot tarziga aylanishi kerak.

AQShning Portlend shahriga borganimda “Powell’s kitoblar shahri” deb nomlanuvchi majmuani ko‘rib, hayratlangandim. Butun bir kvartalni egallagan, 3 qavatdan iborat ushbu ziyo saltanati AQShdagi eng katta kitob do‘konidir. “The Washington Post” gazetasining yozishicha, “Powell’s kitoblar shahri” ingliz dunyosidagi eng yaxshi va eng katta kitob do‘konlaridan biridir. Bu yerdan istalgan mavzudagi yangi va eski kitoblarni topish mumkin. Istalgan kitobni olib, shu yerning o‘zida xohlagancha o‘qish mumkin.

Do‘konda 4 milliondan ortiq kitob sotiladi, kuniga 3000 eski kitob sotib olinadi. Kitoblar mavzusiga ko‘ra, 9 ta zal, 3500 ta bo‘limga ajratilgan. Har bir zalda kitobni elektron tarzda qidirish uchun kompyuterlar o‘rnatilgan. Telefonlar uchun ham maxsus ilova dasturi mavjud bo‘lib, u orqali ma’lum kitobni qaysi bo‘limdan topishni aniqlash mumkin. 50 nafardan ortiq xizmatchilar sizga kitob topishda yordam berishadi. Do‘konni aylanib chiqishga yarim kun ketdi, shunda ham barcha bo‘limlar bilan tanishib chiqishga imkon bo‘lmadi. Asosiy va o‘zimga qiziq bo‘lgan bo‘limlarni ko‘rib chiqdim.

Islom bo‘limida 1000 ga yaqin kitob mavjud. Bo‘limda Imom Termiziy rivoyat qilgan ushbu hadis yozib qo‘yilgan: “Agar siz faqirlarni sevsangiz va ular bilan yaqin bo‘lsangiz, Qiyomat kuni Alloh ham sizni O‘ziga yaqin qiladi” (1376-hadis ma’nosi). Jaloliddin Rumiy uchun ham alohida bo‘lim ajratilgan. Sayohatlar bo‘limidan O‘zbekiston haqida ham uchta kitob topdim. Lug‘atshunoslik, ensiklopediyalar, bolalar uchun kitoblar bo‘limida ko‘proq qoldim. Bolalarning intellektual shakllanishi uchun ajoyib kitoblar mavjud ekan.

Ba’zi kitoblar ikki xil: arzon va qimmat variantda chop etilarkan. Qimmatroq variantining muqovasi qattiq, yaltiroq, qog‘oz sifati ham a’lo. Arzonroq variantdagi kitobning muqovasi yumshoq, qog‘ozi sariq, lekin hamyonbop — qimmat versiyadan 2 barobar arzon. Bizdagi nashriyotlar ham ushbu tajribani amalda qo‘llab ko‘rishsa, kitobxonlikni rivojlantirishga yana bir turtki bo‘lardi.

«Bir mamlakat — bir kitob»: hatto qamoqxonalarda ham o‘qishmoqda

Yaqinda Qozog‘iston Respublikasining poytaxti Ostona shahrida «O‘qiyotgan dunyoda kitobxon millat» xalqaro simpoziumida ishtirok etdim. Butun dunyodan 400 nafar ziyolilarni jamlagan ushbu anjumanda «Mutolaa va tafakkur», «Bolalar va yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish», «Biz nega o‘qiymiz?» kabi mavzularda qiziqarli ma’ruzalar, «Milliy axborot siyosati va xalqaro hamkorlik jarayonida milliy kutubxonalar», «Kutubxonalar va muzeylar: ularning jamiyatdagi roli», «Bolalar adabiyoti va zamonaviy ta’lim: tendensiyalar va istiqbollar», «Jahon axborot tarmog‘idagi manbalar integratsiyasi» mavzularida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasi direktori o‘rinbosari Aliya Kojabekovaning aytishicha, Qozog‘istonda 2007 yildan beri «Bir mamlakat — bir kitob» aksiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda ekan. Bunda bir yil davomida butun mamlakat bo‘yicha bitta kitob targ‘ib qilinadi va hamma o‘sha kitobni o‘qiydi, muhokama qiladi. Abaydan boshlangan loyiha orqali 11 yildan beri qozoq ziyolilari asarlari xalqqa tanitib borilmoqda. Yozuvchi-shoirlar, olimlar, jamoat arboblaridan iborat komissiya har yili o‘qiladigan muallif va uning kitobini belgilab beradi. Dastlabki yili bu loyihada 70000 kishi ishtirok etgan bo‘lsa, so‘nggi yilda 3 million kishi qatnashibdi.

— Informatsion qamrov kuchaygan zamonda bunga osonlikcha erishib bo‘lmaydi, — deydi Aliya Kojabekova, — Mamlakatdagi har bir kutubxona yil kitobini targ‘ib etishga hissa qo‘shmoqda. Turli konferensiya, tadbirlar, ma’ruzalar, tok-shoular, teatr postanovkalari, tanlovlar tashkil etamiz. Asarning elektron versiyasini turli formatlarda (matnli, ovozli) tayyorlaymiz. Maxsus mobil ilova tashkil etganmiz. Shahardagi barcha avtobus bekatlarida ilova QR-kodlarini joylashtirganmiz. Respublika radiosida har hafta 1 soat jonli efirda kitobxonlikni targ‘ib qilamiz. Yil kitobi bo‘yicha fleshmoblar o‘tkazamiz. Dastlabki yillari bu aksiya faqat kutubxonalar doirasida bo‘lgan edi. Hozir uning qamrovi butun mamlakatga yoyildi. Hatto qamoqxonalarda ham o‘qishmoqda.

O‘ziborar kutubxona

Menga Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi milliy kutubxonasi tashkil etgan «adabiy piknik» tajribasi ham ma’qul keldi. Kutubxona direktori o‘rinbosari Mariya Andreyevaning aytishicha, respublikaning ko‘p hududlarida internet mavjud emasligi sababli kutubxonalarga ehtiyoj katta. “Adabiy piknik” loyihasi orqali ular ulus(tuman)lardagi qishloqlarga ko‘chma kutubxonalarni olib borib, adabiy tadbirlar o‘tkazishmoqda ekan.

— Ochiq osmon ostidagi kitob muzeyida o‘quvchilar orasida eng yaxshi kitobxon, eng yaxshi yosh shoir, yozuvchi va tarjimonlar tanlovlarini, yangi kitoblar taqdimotini, asarlar muhokamasini o‘tkazamiz. Yana respublikamiz ziyolilari, davlat va jamoat arboblari tomonidan o‘qilishi shart bo‘lgan 100 ta kitob ro‘yxati tuzib chiqilgan. Ushbu kitoblarning barchasi elektronlashtirilgan va kutubxonamiz saytida taqdim etilgan. Hozirda Saxa Respublikasi Rossiyadagi eng kitobxon regionlar beshligiga kiradi, — deydi Mariya Andreyeva.

Eng kitobxon shahar bo‘lish sari

Astananing diqqatga sazovor joylari va deyarli barcha transport bekatlarida «Astana – Bilimland» onlayn-loyihasi ijtimoiy reklamasini ko‘rib quvondim. Bu loyiha «WikiBilim» fondi tomonidan Astana shahri hokimiyati ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lib, qozoq tilidagi barcha adabiy va ilmiy adabiyotlarni elektronlashtirib, xalqqa bepul taqdim etishni maqsad qilgan.

Hozirda 10000 dan ortiq kitob (1500 audiokitob, 400 audioertak) raqamlashtirilib, E-PUB formatda tayyorlanibdi. 150000 so‘z va birikmalardan iborat qozoq tili universal lug‘ati ham loyihaga biriktirilgan. Asar mualliflari va huquq egalari bilan uni bepul havola etish bo‘yicha kelishuvlar olib borilmoqda ekan.

Loyiha tashkilotchilarining aytishicha, «Astana – Bilimland» xizmatidan foydalanish uchun internetga ulangan mobil qurilma bo‘lsa kifoya. Bekatlardagi bannerlarda joylashgan QR-kodni faollashtirish orqali kitobni telefonga saqlab olish mumkin. Shuningdek, mobil ilovani o‘rnatib, kitoblarni audio formatda eshitish va internet yo‘q bo‘lgan paytda ham foydalanish mumkin.

Yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydimi?

Ko‘pincha katta avlod vakillaridan “yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi” degan tanbehni eshitamiz. Yaqinda bosma kitoblarni elektron kitoblardan judayam qizg‘onuvchi bir ziyoli akamiz e’tirof etib qoldi: “Metroda, avtobusda yoshlar telefoniga termulib, nuqul o‘yin o‘ynaydi, deb o‘ylarkanman. Keyin kuzata boshladim. Telefonida kitob o‘qib ketadigan yoshlar ham ko‘p ekan”.

Ba’zi katta yoshli ziyolilar orasida internet va elektron kitoblardan hayiqish hali ham mavjud. Mutolaaning shakli o‘zgangani bilan sifati o‘zgargani yo‘q. Aksincha, keyingi yillarda informatsiya miqdori keskin ortib, mutolaa ham ortayotganini statistika ko‘rsatmoqda. Dunyodagi eng katta kitob sotuvchi kompaniya — Amazonning xabar berishicha, hozirda dunyoda bestseller bo‘lgan kitoblarning 25 foizi hali nashriyotlar tomonidan chop etilmasdan turib mualliflar bevosita internetga joylagan asarlardir. Avval internetda mashhur bo‘lgan kitoblar bosma holida ham chop etilib, bestseller bo‘lmoqda. Dunyoda kitobi eng ko‘p sotilgan mualliflardan biri Paulo Koelo ta’kidlaganidek, “Kitoblarimning internetda elektron versiyasi tarqatilishi ularning bosma nashrini bestseller qildi”.

Bundan ikki yil avval Android tizimida ishlovchi telefonlar uchun nashriyotlarning yangi chiqqan kitoblarini sotib olib, o‘qishga mo‘ljallangan Kitobim mobil-ilovasini chiqargandik. Avvaliga rosa ikkilandik. Yoshlar elektron kitobni sotib olishmasa kerak deb hadikka tushdik. Ma’lum bo‘ldiki, O‘zbekistonda elektron kitoblarni sotib olib, o‘qish an’anasi shakllanibdi. Albatta, bu borada hali hal qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar oldinda.

O‘zbek tilidagi birinchi elektron kutubxona – www.ziyouz.com 2004 yili tashkil etilgan bo‘lib, hozirda portalda 9000 dan ortiq elektron kitoblar mavjud. Ularning ko‘p qismi noyob nashrlardir. 2016 yili Ziyouz portaliga 3,5 million kishi tashrif buyurdi, kitob va maqolalar 20 million marta o‘qildi. Android telefonlari uchun ham 20 dan ortiq kitob ilovalari chiqarilgan. Ularning har birini 50000 dan ortiq foydalanuvchi ko‘chirib olgan.

Ziyouz portali tomonidan kitobxonlikni targ‘ib etish bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar qilindi. Portalda doimiy ravishda kitoblar targ‘ibot qilinadi, mashhur kishilarning kitob mutolaasi bo‘yicha tavsiyalari berib boriladi. Yaqinda “Ziyolilar: kim nima o‘qiyapti?” deb nomlangan so‘rovnoma o‘tkazdik. Yurtimiz ziyolilaridan ayni kunlarda qanday kitob o‘qiyotgani so‘raldi va 120 dan ziyod javob olindi. Atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillari – millatimiz ziyolilarining javobini yoshlarga taqdim etdik. Endi “Yoshlar nima o‘qimoqda?” deb nomlangan so‘rovnoma o‘tkazmoqchimiz.

Yoshlar o‘qiyapti! Elektronmi, bosma kitobmi, muhimi — mutolaadan chekinmasak bo‘lgani! Shundagina eng kitobxon millatlardan biriga aylanishimiz muqarrar!

Bookmall | Kitob ulashamiz!

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Oxirgi xabar

2022-05-02 04:25:06

Ramazon Hayiti Muborak boʻlsin!

Azizlar, Bookmall jamoasi barchangizni ushbu nurli kun boʻlmish — Muborak Ramazon Hayiti ayyomi bilan chin dildan muborakbod etadi!

Bookmall — kitob ulashamiz.

2.4K views01:25
2022-04-25 11:05:17

Oʻqiganingiz esingizda qolmayaptimi? Hechqisi yoʻq!

Aksariyat kishilar koʻp kitob oʻqishlarini, ammo eslab qolishda qiynalishlarini ta’kidlaydilar. Bu katta muammo emas. Shunchaki ma’lum tavsiyalarga amal qilinsa, kifoya.

Jumladan:
— Kitobni oʻqib boʻlgach, kamida 15 daqiqa oʻylab, tahlil qiling;
— Kitob asosida kichik bir insho yoki taqriz yozing;
— Kerakli, eslab qolishga arzirli iqtiboslarini oʻqish davomida yozib boring;
— Qahramonlar ismlarini roʻyxat qiling;
— Oʻqiganlaringizni yaqinlaringizga ham aytib bering.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qiling. Natijasini esa izohlarda yozib qoldiring.

Instagram sahifa | @bookmalluz

3.0K views08:05
2022-04-23 08:05:06

Shoshiling! Chegirma tugashiga 9 kun qoldi

Xabaringiz bor, Ramazon oyi munosabati bilan ro’yxati taqdim etilgan kitoblarga 10% chegirma e’lon qilgan edik. Bundan tashqari, kitoblarni BEPUL yetkazib berishimizni ham ilova qilgan edik.

Sizda esa bu chegirmadan foydalanish uchun 9 kun vaqt qoldi! Shoshiling. Kitoblar tugab qolmasin tag’in.

Biz sizga imkoniyat taqdim etmoqdamiz. Siz undan foydalaning.

Bookmall — kitob ulashamiz.

Kitobga buyurtma berish

Tel: +998995191812

Instagram sahifa | @bookmalluz

2.4K views05:05
2022-04-21 11:15:10

Oʻrtacha boʻlmang. Eng buyugi boʻling

Buning iloji bormi? Bor! Bu savolga Jim Kollinzning “Yaxshidan buyukka” bestseller kitobi orqali bemalol javob topish mumkin. Asarda muallif aynan shu mavzuda olib borgan 6 yillik izlanishlarini bayon qiladi. Unda yutuqqa erishgan kompaniyalar qatorida omadsizlikka yuz tutganlarini ham solishtiradi. Muvaffaqiyatli kompaniyalarning bosib oʻtgan umumiy yo’llarini tahlil qiladi.

Agar siz ham tadbirkor boʻlsangiz, biznes bilan shugʻullansangiz yoki biror korxona, kompaniyada direktor boʻlsangiz, albatta, kitobni mutolaa qiling. Bu orqali faoliyatingizni oʻrta darajadan bir necha barobarga asosli tajribalar orqali oshiring. #sotuvda

Yaxshidan buyukka”, Jim Kollinz
Narxi: 69 000 soʻm

Bookmall — kitob ulashamiz.

Kitobga buyurtma berish

Tel: +998995191812

Instagram sahifa | @bookmalluz

Qanday qilib kitob do’konini ochish kerak

Agar siz kitoblarga ishtiyoqli bo’lsangiz, o’z kitob do’koningizni ochishni orzu qilgan bo’lishingiz mumkin. Biroq, kitob do’konini boshqarish uchun o’qishga bo’lgan ishtiyoq etarli emas. Kitob do’konini ochish uchun sizga biznes operatsiyalari, menejment va chakana savdo sohasidagi bilim va tushuncha kerak. Kitob do’konlari sektori past rentabellikga ega bo’lgan qiyin sohadir. Biroq, iroda va sadoqat bilan sizning kitob do’koningiz muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin.

Qadam

4-ning 1-usuli: Fokusni kattalashtirish

  1. O’zingizning noyobligingizni aniqlang. Umumiy kitob do’konlari bozorda keng tarqalgan. Muayyan janr yoki kitob turiga diqqatni jalb qilish kichik mustaqil kitob do’koni sifatida muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Atrofingizdagi qiziqishlaringizni va jamoangizni hisobga oling. Do’konning o’ziga xosligi sizga yoqadigan va yaxshi biladigan hududda bo’lishi kerak.
    • Masalan, ayollar tengligi to’g’risidagi badiiy va nomoddiy kitoblarni o’z ichiga olgan ayollar kitob do’konini ochishingiz mumkin.
    • Bundan tashqari, komiks yoki grafik romanlarga ixtisoslashgan kitob do’koni yoki maxsus bolalar kitoblari uchun mo’ljallangan kitob do’koni kabi ma’lum bir janrni ham belgilashingiz mumkin.
  • Agar siz kichkina shaharchada yashasangiz, shahar markazida yoki shahar hokimiyati hududida joylashgan joyni qidirib toping. Sud yoki davlat idoralari ko’pincha piyoda yurishadi, shuning uchun uchrashuvni kutayotgan odamlar ko’rish uchun to’xtashlari mumkin.
  • Kitob do’konini yuritish uchun zarur bo’lgan mablag’ni to’plash uchun siz ushbu biznes-rejani bankka yoki boshqa investorlarga namoyish qilishingiz kerak.
  • Agar ilgari biron bir biznesni rejalashtirmagan bo’lsangiz, tashvishlanmang! Internetda turli xil ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Sizga yordam berishi mumkin bo’lgan Internetda turli xil bepul manbalarni topish uchun siz Google qidiruv tizimidan foydalanishingiz va “biznes rejalashtirish” kalit so’zini kiritishingiz mumkin.
  • Shuningdek, siz onlayn rejimda yoki yaqin atrofdagi kampusda biznes operatsiyalarini o’tashingiz mumkin.
  • Masalan, siz Facebook-da biznes sahifasini ochishingiz va barcha do’stlaringizni ushbu tugmani bosishga taklif qilishingiz mumkin “kabiU erda (yoqtirish belgisi) va uni boshqalar bilan baham ko’ring. Do’konni rejalashtirish va ochish bilan bog’liq yangiliklarni baham ko’rish uchun ushbu sahifadan foydalaning.
  • Sayt yaratish uchun veb-ishlab chiqaruvchidan foydalanish shart emas. Ko’rish oson bo’lgan oddiy saytlarni yaratish uchun Wix kabi oddiy dasturdan foydalaning. Do’kon e’lonlarini, maxsus tadbirlarni va qoidalarni namoyish qilish uchun sahifalarni qo’shing.
  • Kitob do’koni daromadli bo’lishidan taxminan 4-6 oy o’tishi kerak. Ushbu vaqt davomida mulk uchun ijara haqini to’lashingiz mumkinligiga ishonch hosil qiling.
  • Bundan tashqari, kichik biznesni mavjud bo’lgan biznesga bir nechta javonlarni qo’yish orqali boshlashingiz mumkin. Shuningdek, yuk mashinasini yoki mikroavtobusni sotib olishingiz yoki ijaraga olishingiz va ko’chma kitob do’konini vaqtincha ishlatishingiz mumkin.

4-ning 2-usuli: Biznes qurish

  • Odatda, agar siz ma’lum bir biznes tuzilmasini tanlamasangiz, darhol yagona egasi deb hisoblanasiz. Ushbu turdagi strukturaning eng katta xavfi shundan iboratki, biznesning moliyaviy mablag’lari shaxsiy mablag’lardan ajralib turadi va barcha biznes qarzlari sizga qarz bo’ladi.
  • Mas’uliyati cheklangan jamiyatning (PT) biznes shakli ba’zi rasmiyatchiliklarga ega, ammo sizni shaxsiy javobgarlikdan himoya qiladi. PTni shakllantirish uchun sizga sherik kerak emas. Amalga oshirilishi kerak bo’lgan ba’zi qonuniy talablar va to’lovlar mavjud bo’lsa-da, ularning miqdori minimaldir.
  • Kompaniya eng yaxshi himoyani ta’minlaydi, ammo uni olish juda qiyin. Sizga muntazam ravishda hisobot topshirishingiz kerak va direktorlar kengashini tuzish uchun bir nechta biznes sheriklariga kerak bo’ladi.
  • Siz tanlagan biznes tuzilmasiga qarab, hukumat sizdan tashkilot nomini ro’yxatdan o’tkazishingizni talab qilishi mumkin.
  • Miya bo’roni (miya hujumi) yaxshi nom olish va ma’lumotlar bazasini tekshirish (ma’lumotlar bazasiboshqa firma nomlari va brendlari, ular boshqa birov tomonidan olinmaganligiga ishonch hosil qilish uchun. Sizga yordam berish uchun kichik biznes bo’yicha maslahatchi yoki advokat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
  • Masalan, agar siz AQShda yashasangiz, olishingiz mumkin ish beruvchining identifikatsiya raqami (EIN) IRS veb-sayti orqali tez va oson. Shuningdek, o’zingiz va biznesingiz haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etishingiz kerak. Indoneziyada bu raqam NPPKP (soliqqa tortiladigan tadbirkorni tasdiqlash raqami).
  • Agar siz kafelarni kitob do’koniga kiritishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, siz joylashgan joyni sog’liqni saqlash va sanitariya nazorati talab qilinadi. Agar musiqiy sahnani yoki boshqa tadbirni o’tkazmoqchi bo’lsangiz, qo’shimcha ruxsat olishingiz kerak bo’lishi mumkin.
  • Olib borilishi kerak bo’lgan ruxsatnomalar va litsenziyalar uchun o’zingizning shahringizdagi Indoneziya Savdo-sanoat palatasi (KADIN) yoki Xalqaro savdo palatasi (KDI) ni tekshiring.
  • Muvaffaqiyatli kichik tadbirkor sifatida ma’lumotga ega bo’lmasangiz, an’anaviy manbalardan, masalan, bankdan mablag ‘olish qiyin bo’lishi mumkin.
  • Siz kredit kartalaringiz va shaxsiy kreditlaringizdan foydalanishingiz mumkin, lekin ehtiyot bo’lingki, sizning biznesingiz ko’p qarzlar bilan boshlanmaydi.
  • Crowdfunding (krupfunding) Indiegogo yoki Kickstarter kabi saytlarda nafaqat mablag ‘to’plashga, balki jamiyat ichida qo’llab-quvvatlashga yordam beradi. Do’koningizni ochish uchun ozgina mablag ‘sarflaydigan kimdir, ehtimol u erda do’kon ochadi.
  • Masalan, AQShda siz hatto kitob do’koningiz ochilishidan oldin Amerika Kitob sotuvchilari uyushmasiga (ABA) doimiy a’zo sifatida a’zo bo’lishingiz mumkin. ABA kitob do’konini qanday ochish haqida ma’lumotga ega bo’lgan raqamli to’plamga ega.

4 ning 3 usuli: do’konni sozlash

  1. Mebel va jihozlarni sotib oling. Agar siz kitoblarni sotmoqchi bo’lsangiz, ularni namoyish etadigan joyga ega bo’ling. Bu shunchaki javonlarda joy topolmasangiz, sizga juda ko’p kitob javonlari kerakligini anglatadi.
    • Agar byudjet bo’lsa, javonlar va armatura qurish uchun duradgor yoki professional hunarmandni yollash haqida o’ylang. Potentsial mijozlar mahalliy mutaxassislarni yollashga bo’lgan harakatlaringizni qadrlashadi va sizning uskunangizning sifati doimiy bo’ladi.
    • Shuningdek, do’kon uslubi va qarashlarini yaratish uchun professional dizaynerni yollashingiz mumkin. Byudjet bo’yicha bo’lsa ham, sizning do’koningiz mijozlarni ziyorat qilish uchun qulay va qulay joy bo’lishi kerak.
  2. Savdo nuqtalarini va inventarizatsiyani boshqarish tizimini o’rnating. Aslida kitob do’koni bu chakana savdo. Qo’lda sanalgan zaxiralarni va eski kassa mashinalarini orqada qoldiring. Asoslangan tizim bulut Planshet orqali ishlaydigan bitta (bulut) eng samarali variant bo’lishi mumkin.
    • Boshqa biznes egalari, ayniqsa kitob sotuvchilari bilan suhbatlashing va ular qanday tizimlardan foydalanganligini bilib oling. Tizim haqida nimani yoqtirishlarini va nimani yoqmasligini so’rang va agar ular buni tavsiya qilsalar.
  3. Xodimlarni yollash. Agar siz juda kichkina kitob do’konini qursangiz ham, barchasini yolg’iz qila olmaysiz. O’qishni yaxshi ko’radigan va kitoblar va adabiyotlarga ishtiyoqi bo’lgan yarim kunlik ishchidan boshlang.
    • Chakana savdo sohasida tajribaga ega va yaxshi xizmat ko’rsatadigan odamlarni qidirib toping. Bilimli va vijdonli xodimlar sizning do’koningizni ajratib qo’yadilar va xaridorlarni olib kelishda davom etadilar.
  4. Kitobga buyurtma bering. O’zingizning dastlabki inventarizatsiyangizni qanday yaratganingiz tanlanganingizning o’ziga xoslik darajasiga bog’liq bo’ladi. Siz bevosita noshir bilan bog’lanishingiz yoki katta ulgurji sotuvchi bilan shartnoma tuzishingiz mumkin.
    • Odatda boshlang’ich inventarizatsiya uchun to’lashingiz kerak. Hozircha ko’p aktsiyalarni sotib olmaganingiz ma’qul, chunki siz uning sotilish nuqtasini oldindan aytib berolmaysiz.
  5. Har xil qo’shimcha mahsulotlarni ko’rib chiqing. Kitoblarning daromadliligi past, ammo mustaqil kitob do’konlariga kelgan mijozlar odatda taklif berishmaydi. Mijozlarga tajriba taqdim eting va tajribani oshirish uchun boshqa mahsulotlarni taklif qiling.
    • Masalan, siz kichkina kafeni o’z ichiga olishingiz mumkin. Oziq-ovqat va ichimliklar odatda yuqori foyda ko’rsatkichlariga ega va do’konning ishlashiga yordam beradi.
    • Brendli krujkalar, futbolkalar va kurtkalar sotish ham do’koningizni targ’ib qilishda pul ishlashga yordam beradi.

4 ning 4 usuli: Mahalliy o’quvchilarni jalb qiling

  1. Tantanali ochilish marosimini o’tkazing (tantanali ochilish). Kuchli ochiq joylar sizning kitob do’koningiz uchun ijobiy ommaviy axborot vositalarini olishning ajoyib usuli. Ishqibozlarni qo’llab-quvvatlash uchun bepul ovqatlanish va ichimliklar, tanlovlar va sovg’alar tayyorlang.
    • Ochilish marosimini D kunidan 2-3 oy oldin rejalashtirishni boshlang, shunda hamma narsa yaxshi bo’ladi.
    • Mahalliy gazetalar va televidenie yangiliklarini yoritishga taklifnomalarni yuboring. Shuningdek, o’zingizning mintaqangizdagi kitob bloggerlariga taklifnomalarni yuborishingiz mumkin.
    • Agar sizning mintaqangizda taniqli yozuvchilar ko’p bo’lsa, ularni tantanali ochilish marosimiga taklif qiling yoki kitob uchun dastxat yozing.
  2. Mahalliy rassomlar va hunarmandlar bilan bog’laning. Agar kitob do’konida bo’sh devoringiz bo’lsa, mahalliy rassom bilan bog’laning va uning san’at asarlarini namoyish qilish uchun joy ijaraga oling. Shuningdek, do’konda o’ynash uchun mahalliy guruhni taklif qilishingiz mumkin.
    • Hodisa mikrofonni ochish (komediya muxlislari uchun) va yozuvchi kechasi (adabiyot ixlosmandlari uchun) shuningdek, do’koningiz uchun qo’llab-quvvatlovchi jamoani yaratish uchun juda yaxshi.
  3. Mahalliy tadbirlarga homiylik qiling. Yangi o’quvchilarni jalb qilish va kitob do’konini atrof-muhitning faol qismiga aylantirish uchun boshqa kichik biznes yoki mahalliy kutubxonalar bilan ishlang.
    • Maktablar hamkorlik uchun boshqa imkoniyatlarni taklif qilishadi. Masalan, siz mahalliy maktab bilan ishlashingiz va do’koningizda kitob sotib oladigan ota-onalarga maktab ta’tilidagi uy vazifalarini bajarish uchun chegirmalar berishingiz mumkin.
    • Bering sovg’a kartasi (sovg’a kartasi) xayriya tadbirida rag’batlantirish sifatida.
  4. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’ling. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifadagi barcha sharhlarga tezkorlik bilan javob bering va ushbu platformadan foydalanib, so’nggi kitoblar va bo’lajak voqealarni o’quvchilar bilan baham ko’ring.
    • Asosiy saytni yangilab turing. Agar biron bir tadbiringiz bo’lsa yoki yozuvchini qabul qilsangiz, juda ko’p fotosuratlarni oling va ularni veb-saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiring.
    • Doimiy mijozlarni o’zlarining kitoblari do’kon saytida namoyish etilishi uchun sharhlar va tavsiyalar berishga undang.
  5. Jamiyatga qaytarib bering. Xayriya ishlari va kitoblarni tarqatish mahalliy jamoada yaxshi taassurot qoldirishi va nisbatan tez aloqalar o’rnatilishiga yordam berishi mumkin. Agar siz atrof-muhitga va undagi odamlarga g’amxo’rlik qilayotganingizni ko’rsatsangiz, odamlar do’konni tanqid qilishmaydi.
    • Masalan, kam ta’minlangan bolalarga ma’lum miqdordagi har bir xarid uchun kitoblar berish uchun siz reklama aktsiyasini o’tkazishingiz mumkin.
    • Xayriya va notijorat tashkilotlarida ko’ngilli bo’lib xizmat qilish uchun xodimlarga imkoniyatlar taqdim eting. Siz hatto uni do’konning o’ziga xosligi bilan bog’lashingiz mumkin. Agar siz ayollar kitob do’konini ochsangiz, ayollar tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirini tashkil qiling.