Press "Enter" to skip to content

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M. R, Sayfurov D. M, Xaytullayeva N. S, Tursunova F. R, 2021

Aziz o‘quvchilar! Sizlar 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi yordamida Scratch dasturlash muhitida spraytlar bilan ishlash, sodda animatsiya dasturini yaratish, spraytlar liboslarini almashtirish, ovoz va matn bilan ishlash, shakl va sodda multfilmlar yaratish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan edingiz. Endi esa chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga doir dasturlar tuzish, grafik muharrir yordamida yangi spraytlar hosil qilish, murakkab animatsiyalar, ko’p sahnali multfilmlar va kompyuter о‘yinlarini yaratishni o‘rganasiz.

Kitobim – oftobim!

Buvijonim tavsiyasi bilan yozgi kanikulda juda koʻp kitobxonlarni oʻqiyapmiz. Kitob oʻqiganimda tovush chiqarib oʻqishni xush koʻraman. Ukalarim Asadbek va Amirbeklarni yonimga chorlayman. Ular ham kitobni juda sevib oʻqiydilar. Bizning eng sevimli kitobimiz «Alisa moʻjizalar mamlakatida» nomli ertakdir.

Ushbu kitob inson hayotida har xil voqea-hodisalar boʻlib turishi, insonning ichki dunyosi nihoyatda yorqin va jozibali boʻlishi haqida. Biz bolalar esa kitobni oʻqib, voqealarga qanday munosabatda boʻlishimiz kerakligi boʻyicha xulosa chiqardik.

Ertakni qayta-qayta oʻqib, Alisani boshidan kechirganlari, uning orzu umidlari, bosib oʻtgan yoʻllariga juda qiziqdik. Ertakdagi quyon orqali tezlikni, soat orqali vaqtni behuda oʻtkazmaslikni, mushuk xatti-harakatlari esa yaxshiliklarni moʻjiza kabi amalga oshirishni angladik. Yovuzlik malikasining qilmishlari esa xammani yomonliklardan extiyot boʻlishga chaqiradi. Bolalar uchun bu hayot faqat oʻyin-kulgi, qahqahadan iborat emas, oʻqish, izlanish mehnatga mehr tufayli deb tushundim.

Lekin, baribir yaxshi niyat va orzular qilsam moʻjizalar albatta, boʻlishiga ishonaman. Tengdoshlarimga bu kitobni oʻqishni tavsiya qilaman, Ushbu gʻayrioddiy va hayratlanarli kitobni varaqlab, siz bolalik qanday qiziqarli, begʻubor va moʻjizalarga boy ekanini tushunasiz.

Nodiraxon Rustamova

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021.

Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.

Aziz o‘quvchilar! Sizlar 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi yordamida Scratch dasturlash muhitida spraytlar bilan ishlash, sodda animatsiya dasturini yaratish, spraytlar liboslarini almashtirish, ovoz va matn bilan ishlash, shakl va sodda multfilmlar yaratish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan edingiz. Endi esa chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlarga doir dasturlar tuzish, grafik muharrir yordamida yangi spraytlar hosil qilish, murakkab animatsiyalar, ko’p sahnali multfilmlar va kompyuter о‘yinlarini yaratishni o‘rganasiz.

SCRATCH MUHITIDA TAKRORLANUVCHI BLOKLAR BILAN ISHLASH.
Tabiatda qayta-qayta takrorlanuvchi juda ko‘p hodisalar mavjud. Masalan, Yerning Quyosh atrofida aylanishi, yil fasllarning almashinishi va hokazo. Bunga yana soat strelkalarining aylana bo‘ylab harakatlanishi, har doim yozdan keyin kuz faslining kelishi kabi ko‘plab takroran bajariluvchi hodisa (jarayon)larni ham misol keltirish mumkin. Takroran bajariladigan hodisa (jarayon)lar sikl deb ataladi.

Tasavvur qiling, taom tayyorlash uchun 10 dona kartoshkani tozalash kerak. Qo‘limizda 10 dona kartoshka bor, lekin ularni birdan tozalay olmaymiz. Demak, 1-kartoshkadan boshlab 10-kartoshkagacha ketma-ket tozalaymiz. Bu yerda kartoshkani tozalash kabi ketma-ket bajariluvchi jarayon siklga misol bo‘la oladi.

Scratch dasturida harakatlarni avtomatik ravishda ketma-ket bajarish uchun maxsus bloklar mavjud. Ular bitta harakatni bir necha marta ketma-ket takrorlash imkonini beradi. Dasturning ma’lum bir qismi, ya’ni buyruqlarini takrorlash uchun sikllardan foydalaniladi. Scratch dasturida takrorlash jarayonini, ya’ni sikllarni tashkil qilishda “forever” (doimiy takrorlash), “repeat” (… marta takrorlash), “repeat until” (…ga qadar takrorlash) kabi bloklar qo‘llaniladi.

MUNDARIJA.
I BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH.
1-dars. Sсratch muhitida chiziqli dasturlar tuzish.
2-dars. Sсratch muhitida tarmoqlanuvchi bloklar bilan ishlash.
3-dars. Amaliy mashg‘ulot. Scratch muhitida chiziqli va tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish.
4-dars. Scratch muhitida takrorlanuvchi bloklar bilan ishlash.
5-dars. Grafik muharrir yordamida yangi spraytlar hosil qilish.
6-dars. Amaliy mashg‘ulot. Scratch muhitida spraytlar yaratish va takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash.
7-dars. Murakkab animatsiyalar yaratish. Ko‘p sahnali multfilmlar yaratish.
8-dars. Kompyuter o‘yinlarini yaratish.
9-dars. Nazorat ishi. Loyiha ishlari taqdimoti.
II BOB. MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH.
10-dars. Matn protsessorida hujjatlar bilan ishlash.
11-dars. Kolontitul, havola va sahifa tartib raqamini o‘rnatish.
12-dars. Hujjatlarda shakl va blok-sxemalar yaratish.
13-dars. Matematik formula va belgilarni joylashtirish.
14-dars. Hujjatga gipermurojaat o‘rnatish.
15-dars. Amaliy mashg‘ulot. Loyiha ishi.
16-dars. Nazorat ishi.
III BOB. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA.
17-dars. Internetda ishlash asoslari.
18-dars. Qidiruv tizimlari va internetda ma’lumot izlash.
19-dars. Grafik, audio va videoma’lumotlarni izlash.
20-dars. Elektron pochta qutisini yaratish.
21-dars. Elektron pochtada xabar almashish.
22-dars. Axborot bilan ishlash madaniyati va mualliflik huquqi.
23-dars. Internet xavf-xatarlari va ulardan saqlanish.
IV BOB. AUDIO VA VIDEOFAYLLAR BILAN ISHLASH.
24-dars. Audio va videofayllarni boshqaruvchi dasturlar.
25-dars. Audio va videofayllar formatini o‘zgartirish.
26-dars. Nazorat ishi.
V BOB. TAQDIMOTLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI.
27-dars. Kompyuterda taqdimotlar yaratish dasturlari imkoniyatlari va interfeysi.
28-dars. Taqdimot dizayni bilan ishlash.
29-dars. Slaydlarda shakl, rasm, jadval va diagrammalar joylashtirish imkoniyatlari.
30-dars. Slaydlarga musiqa va video joylashtirish.
31-dars. Taqdimotlarda gipermatn va gipermurojaat hosil qilish.
32-dars. Taqdimotga animatsiya va o‘tish effektlarini o‘rnatish.
33-dars. Amaliy ish. Loyiha ishi.
34-dars. Nazorat ishi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., Tursunova F.R., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

4-sinflar uchun “Otlarning egalik qo’shimchalar bilan ifodalanishi” mavzusida ochiq dars ishlanma

Ta’limiy: otlarning egalik qo’shimchalar bilan ifodalanishinibolalarga o’rgatish, og’zaki va yozma nutq malakalarini oshirish.

Tarbiyaviy maqsad: milliy urf-odatlarimizga muhabbat uyg’otish, o’zaro hurmat, mehr-oqibatli qilib tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: dunyoqarashni keng mustaqil fikr va mukammal insoniy fazilatlarga ega shaxslarni shakllantirish.

Dars usullari: “Mehmon-mehmon” o’yini, “Aqliy hujum”, kichik guruhlarda musobaqa, klaster.

Darsning jihozi: ko’rgazmali qurolar, ertak qahramonlari maketlari, tarqatmalar, test topshiriqlari, magnitafon, videomagnitfon,televizor.

Darsning tashkiliy qismidan so’ng sinf o’quvchilari stol ustida teskari qilib qo’yilgan kartochkalardan oladilar va undagi yozuvlarga qarab guruhlarga bo’linadilar.

1-guruh-“Tovuchlar”.

2-guruh-“Bo’g’in”.

3-guruh-“Nutq”.

4-guruh-“Alifbo”.

Guruhlar o’zlariga sardor tayinlaydilar.

O’qituvchi o’quvchilarga “Aqliy hujum” qiladi.

-Aziz bolajonlar! O’zbek xalqi haqida gap ketganda dastlab qaysi xislatlari aytiladi?

  • Boajonligi
  • Shirin so’zligi
  • mehnatsevarligi
  • mehmon do’stligi
  • Imtizomli bo’lish;
  • Izlanuvchan va tashabbuskor bo’lish;
  • Vaqtdan unumli foydalanish;
  • O’zaro urmat, o’zgalar fikrini qadrlash;
  • Faol ishtirok etish.
  1. Sabzi:”Bu nima?”o’yinini o’ynang.
  1. Sabzi: Narsa va shaxsning harakatini bildiradi, “Nima qildi?”, “Nima qilyapti?”, “Nima qilmoqchi?” kabi so’roqlarga javob: Bu nima?
  2. Sabzi: Narsa va shaxsning son-sanog’ini bildiradi, qancha? Nechta? Nechanchi? Kabi so’roqlarga javob beradi. Bu nima?
  3. Sabzi:Narsa va shaxsning belgisini bildiradi,Qanday? Qanaqa? So’roqlariga javob beradi.Bu nima?
  4. Sabzi: Narsa va shaxsning nomini bildiradi. Kim? Nima? So’roqlariga javob beradi. Bu nima?
  1. Bu – fe’l so’z turkumi;
  2. Bu – son so’z turkumi;
  3. Bu – sifat so’ turkumi;
  4. Bu – ot so’z turkumi.
  • Asalni
  • Asalni yana qanday jonzotlar yaxshi ko’radi? Asal qanday toplanadi?
  • Asalarilar, chunki o’zlari mehnat qilib to’playdilar.
  1. Asalari har bir guruhda o’qituvchi istagan narsani olib, so’rashi lozimligini aytadi. (O’qituvchi guruhlar bir donadan ruchka, qalam, chizg’ich va kitob oladi va narsalarniko’rsatib,”Bu nima?” deb so’raydi.)
  • Ruchka – chizg’ich
  • Qalam – kitob
  • Bu mening ruchkam
  • Mening qalamim
  • Mening chizg’ichim
  • Mening kitobim
  • So’zlarga qo’shimcha qo’shish orqali.
  • Qanday qo’shimchalar qo’shish orqali?
  • Bolalar o’tgan darsimizda narsa va shaxsning nomini bildirgan so’zlar ot deyilishini, uning qanday so’roqlarga javob bo’lishini bilib oldik. Endi esa kundalik hayotimizda qo’laniladigan so’zlarimizda otlarning egalik qo’shimchalari bilan ifodalanishini o’rganamiz.
  • So’z yasovchi qo’shmchalar, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar va egalik qo’shimchalardan.
  • M, – mi, – ng, – ing, – si, – I, – miz, – imiz, – ngiz, – ingiz, – lar egalik qo’shimchalaridir. Egalik qo’shimchalari shaxs va narsa-buyumlarning qaysi shaxsga qarashliligini bildiradi.
  • Kitobim – kitob o’zak, – imiz egalik qo’shimchasi, ko’plikda.
  1. Shaxs – so’zlovchi
  2. Shaxs – tinglovchi
  3. Shaxs – o’zga
  1. Shaxs -m, -im, – imiz
  2. Shaxs -ng, -ing, – ngiz, -ingiz
  3. Shaxs -si, -(lar)i
  1. 1 shaxs
  2. 2 shaxs
  3. 3 shaxs
  1. Uyda 161- mashqni bajaring.
  2. Mashq shartiga ko’ra bajarilgach, mashqdagi gaplar mazmuniga mos bitta ixtiyoriy rasm chizib keeling.