Исмлар руйхати ва маъноси угил болалар учун (2023)
Muso – yahudiylar payg`ambari
O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
O’gil farzand ko’rmoqchi bo’lganlar uchun islomiy va eng yangi zamonaviy ismlar manosi to’plami.
A harfiga ismlar manosi
Abbos – jiddiy, vazmin; dovyurak, jasoratli.
Abdolniyoz – bu ismning 2ta mannosi bor avliyo; darvesh.
Abdulaziz – abdu – qul, abu ota manosida. Qudratli, donolik.
Abror – a`lo xulqli, Yaxshi tarbiyali, samimiy.
Avliyo – tabaruk, muqadas.
Adham – qora belgi, dog` bilan tug`ulgan chaqaloqa aytiladi.
Azamat – martabali, qo`rqmas.
Aziz – qadri qimmat, hurmatli.
Azim – ulug`vorlik, kotta, kuchli.
Ayniddin – din mazmuni, hulqli, ibratli.
Ayyub – o`kinuvchilik, pushaymonlik
Akbar va Akobir – birlik, ikkinchisi ko`plik; ulug`lik, ulkanlik;
Akmal – mukammallik, benuqsonlik.
Akram – Ko`rkam, oktam, jomard.
Alimardon – martaba, mardlik, Mardona.
Alisher – yuksaklik martabalilik sher; Arslondek qo`rqmas.
Alouddin – ogohlik, usti. Ismning dinustuni.
Amin – ishonchlilik, sokin, xavfsizlik.
Amir – hukmronlik, yo`lboshchilik.
Anvar – yorug`lik, nurlilik.
Anis – dost, ulfat, hamdamlik, hamsuhbatlik.
Anortoy – badanida qizil belgi yoki xol bilan tugilgan chaqaloqlarga qo`yiladi.
Ansoriddin – din yordamchisi, madadkorilik.
Anqoboy – ko`zga ko`rinmas qush ismi manosi topilmas, nodir.
Ardasher – arda- iymonli – iymon kuchi.
Asad – 5 chi oyning nomi.
Asaf – Hudo ma`qullaganlardan.
Aslam – sog`lomlik, baquvvatlik, chidamlilik.
Asil – aslzodalardan, oli toifa insonlar.
Asomiddin – dinga tayanchi bo`lish.
Asror – sirlilik, yashirin, maxfiylik, Asfandiyor – isiriq bolasa kasal bo`lmasin deb qo`yiladigan ism.
Asqad – baxtiyorlik, saodatmandlik.
Asqar – oxirgi bolaga qo`yiladigan ism.
Atoulla – Hudo hadiyasi.
Afandixon – domls, ustoz, o`qituvchi.
Afzal – ustunlik, yaxshilik, yuqori bo`lish.
Afridin – jasur, dovyurak, engilmas. Bu ismning Faridun shakli ham bor. Qadimiy Eron podshohlaridan birining ismi ham shunday.
Aflotun – Platonning nomidan. Qadimiy olimni shunday ham atashgan.
Axbor – ma`lumot, bilim egasi.
Afridin – juda qudratli.
Ashraf – sharaflilik, hurmatlilik, aslzodalik.
Ashur – hijriyning 10 chi oyi shunday ataladi.
A`zam – ulug`lik, buyuklik.
Ahmad – maqtovga sazovar.
Ahror – olijanoblik, muruvvatlilik, himmatli bo`lish.
Ahtam – Adham ismining o`zgargan shakli.
B harfiga ismlar manosi
Badal – bolasi ko`p nobut bo`ladigan oilalar tirik qolgan farzandiga beri
Badiuzzamon – zamonasida eng zo`ri.
Badriddin – din to`lin oyi; din mashali.
Bakir – o`rganuvchi, tadqiqotchi.
Bakr – bo`taloq.
Baraka – mo`llik, farovon.
Barot – barot kuni shabon oyining o`rta- larida keladigan diniy bayram.
Baxir – nurli, shulador, jilvakorlik.
Baxtiyor – baxt, hursandchilik, istiqbol yor bo`lgan.
Baxshi – mualim, o`qituvchi.
Bashar – odam, insonilik, kishi.
Bashir – hushxabar keltiruvchi, bahtsaodat elchisi.
Baqo – doimiylik, mangulik, abadiylik.
Bahman — sham`siya yilining o`n birinchi oyi bahman deyiladi
Bahouvdin – dinning ko`rki, qimmati.
Bahriddin – din dan bahra oluvchi.
Bahrom – Mirix yulduzining nomi.
Bahruz – juda yaxshi, juda qutlug`; ro`za kunida tug’ilganlarga aytiladi.
Berdimavlon – Xudo bergan bola.
Berun – chet, begonalik, yotlik.
Behbud – tinchlik, osoyishtalik, farog`atlik.
Behzod – aslzoda ma`nosida.
Biymirza – Biy – xo`jayin, rahbarlik, sardor ma`nolarida keladi
Bilol – 3 kunlik oy.
Birodar – do`st, o`rtoq. Juda noyob ismlarga kiradi.
Bobak – tarbiyachilik, homiylik.
Bobir – Ko`p holda Bobur shaklida ham yoziladi. yo`lbars deb talqin qiladilar.
Boboxon – Bu ismning ma`nosi qadimiy qaliq o`yini bilan bog`liq.
Bozor – bozor kunida tug`ilgan bolalar shunday ismga ega bo’lishgan.
Boriy – yaratuvchilik, bunyodga keltiruvchilik.
Bosit – ruh beruvchilik, ruhato etuvchilik, ya`ni jon ato etuvchilik.
Botiy – noyob tosh, nodirlik deb ham aytishadi.
Boxir – nurlilik, ravshanlik, porlovchilik.
Boqi – Farzandi ko’p yillar yashasi deb qo’yiladigan ism.
Bunyod – asos ma’nosida keladi.
Burhon – hujjat, dalillik.
V harfiga ismlar manosi
Vadiuddin – dinni omonati; din qadrlovchi.
Vadud – shafqatlilik, mehribonlik, g`amxo`r, sevuvchi, do`st
Vajiullo – Hudoning ko`rkami, sharaflilik, hurmatlilik.
Vays – ishonchlilik, kuch, qudratlilik.
Vakil – kafillik, ishonchlilik.
Vali – avliyo, do`st, taqvodorlik.
Valid – naslli, avlod, o`g`il.
Vallamat – Katta, etakchi degani.
Vasih – ogir, vazminlik, bosiqlik.
Vasliddin – diniy maqsadga intiluvchi.
Vassof – g’alaba qozanuvchi.
Vafo – sadoqatlilik.
Vaqqos – itoatkorlik, bo`ysunuvchilik, tobelik.
Vagiz – va`z aytadigan.
Vahhob – saxiylik, jo`mardlik.
Vozid – oshkorlik, ravshanlik, nurlilik.
Vomiq – oshiqlik, shaydolik.
Vosi – kenglik, yoyiqlik.
Vosil – erishilgan degan ma’noda keladi.
Vosim – Chiroyli, ko`rkam.
Vosif – ta`rif qiluvchi.
Vosiq – umid qilish, orzu qilish.
Vofi – vafolilik, sadoqatli.
Vofir – boylik, badavlatlik.
Voqi – Bo`lgan narsa.
Voqif – xabardorlik, ogohlik.
Vohib – in`om, sovg`a.
Vohid – yagonalik, ajralib turish, beqiyos ma’nosida keladi.
G harfiga ismlar manosi
Gado – Juda ko’p kutilgan farzandlarga qo’yiladigan ism
Gazanfar – arslon, sher, jasur, qorqmas.
Ganay – turshak, quritilgan o’rik.
Gandum – bug`doy o`rog`ida tug`ilgan bola.
Ganja – boylik degani oxirgi farzandga aytiladi.
Garzan – podshoh boshiga qo`ndiriladigan toj.
Garon – og`ir, vazminli, mo`l, ko`p miqdordagi, qimmatlilik, qimmat baho.
Govdil – jasurlik, dovyuraklik.
Guzar – yo`l degani.
Gurtboy – o`zbek tilidagi Bo`riboy ismining “forscha” shakli.
Go`ro`g`li – botir, qo’rqmas, jasur.
D harfiga ismlar manosi
Dabir – kotib, mirza.
Davlat – boylik, saodatli ma`nosida.
Davrboy – davr farzandi ma`nosida.
Davron – umri quvonchda o`tsin ma`nosida.
Dayyor – turuvchilik, yashovchilik, uy egasi.
Dalir – Daler; qo`rqmas, botirlik, dovyuraklik.
Damin – bilimli, quntlilik.
Darvesh – zohidlik, qalandarlik ma`nosida.
Darxon – erkinlik, ozodlik, daxlsizlik.
Devloh – dalada yoki cho’lda dunyoga kelgan bolalarga qo’yiladigan ism.
Dehqon – qishloq rahbari.
Diyor – yurt farzandi.
Dilbashir – yaxshi yangilik olib kelgan farzand.
Dilmurod – niyati amalga oshgan ota-onalar qo’yadigan ism.
Dilshod – ko’ngillarga quvonch keltirgan bola.
Dinor – tilla ma`nosida.
Dovar – podshohlik, hokimlik.
Dovud – mehrlilik, sevuvchilik, suyuklilik, chin do`st;
Dolim – o`suvchi, ulg`ayuvchi, ko`payuvchi.
Doni – uquvlilik, epchillik.
Donish – bilimlilik, donolik, olimlik.
Donomurod – aqllilik, ziyrak o`g`il bo`lsin degan niyatda berilgan ism.
Dorob – dor – daraxt; ob – suv.
Doston – ovoza, shuhratli, dovrug`.
Duvlon – Sovuq qishda t.ug’ilgan farzandga beriladigan ism.
Durbek – inju, marvarid.
Dushan – dushanba kunida tug`ilgan chaqaloq.
Do`lob – adashtirilgan, o`zga.
Do`nan – to`rt yashar ot.
Do`sim – “do`st”, do’stlik.
Y harfiga ismlar manosi
Yettinazar – yettinchi farzand.
Yevar – yordam, ko`makdosh.
Yovon – saxroda tug’ilgan farzandga qoyiladigan ism.
Yodgor – tug`ilishdan oldin yoki tug`ilgandan keyin otasi yoki onasi qazo qilgan bolalarga qo’yiladigan ism.
Yozdonqul – mo`g`ullar Tangrini Yozdon deb atashgan.
Yozi – dashtda, cho`lda tug`ilgan bolaga shunday ism qo`yish odati bo`lgan.
Yorboy – ulfatli, do`stli, hamdamlik, eshlik.
J harfiga ismlar manosi
Jabin – peshona, manglay.
Jabroil – Payg`ambarlarga Hudo vahiy keltiradigan farishta nomi.
Javdat – muruvvatli, himmatli, saxiy; mehr-shafqatli.
Javdon – mangu, doimiylik;
Javlon – chiroyli shaxdam qadam tashlovchi.
Javod – ehson, karamlilik, saxiylik, qo`li ochiq.
Javonsher – sher yigit.
Javohir – bebaholik, qimmat.
Javhar – qimmat tosh, mohiyat.
Jayhun – Amudaryoning qadimiy nomi;
Jalid – puxtalik, jangovarlik, shijoatlilik.
Jaloliddin – din ulug`ligi, azamatligi, din masalasida azamat, kuchli bo`lsin.
Jambul – qo`rg`on, qal`a.
Jamoliddin – din jamoli; din barkamolligi, ravnaqi.
Janobiddin – ostona, bo`sag`a, dargoh,
Jarullo – e`lon, bildirish, ovoza qilish,
Jasur – mard, jasoratli.
Ja`far – go`dak, farzand, farishta.
Jahongir – dunyoni zapt etuvchi, g`olib, muzafar.
Jobir – siniqchi, ya`ni singan chiqanlarni davolavchi.
Jovid – abadiy, mangu; tug`ilgan go`dak uzoq yashasin degan niyatda shunday ism berilgan.
Jonibek —yoqimtoy, bek bola.
Jonxo`roz – qizil xoli bilan tug`ilgan go`dak.
Johid – harakatchanlik, tirishqoqlik.
Jumaboy – juma kuni tug`ilgan.
Junaydullo – Bag`dodda yashagan avliyolar birining nomi.
Jur`at – jasorat, shijoat.
Jo`ji – kutilgan bola, mehmon.
Jo`ybor – katta daryodek to`lib oqsin degan ma`noda.
Jo`ra – do`st, hamrohlik.
Z harfiga ismlar manosi
Zabiy – ohun erkagi.
Zabir – mahkamlik, mustahkamlik;
Zabihullo – Hudoga atalgan, sadaqa qilingan, qurbonlik.
Zabur – yozilgan, bitilgan.
Zavqiddin – zavqli, lazzatli.
Zayd – tuhfa, in`om yoki ko`payish, qo`shilish
Zaynobiddin – zayni (ko`rkam, zo`zal, ziynat) so`zi bilan bog`liq.
Zayfullo – zayf – qalbaki tanga; mehmon, musofir.
Zakariyo – Hudoni esda tutuvchi.
Zaki – aql, zukkolik, tezfahmlik, sezgirlik, ziyraklik.
Zadriddin – din yuragi.
Zamon – o`z davrining farzandi ma`nosida.
Zarif – poklik, tozalik; nozikfahmlik, ziyraklik,
Zafar – g`olib. Muzaffar qilish.
Zahiriddin – bemorlik, ranj, azob, mashaqqat, panoh, posbon, iqbol.
Ziyo – nurlilik, ravshanlik, yorqinlik.
Ziyod – umr ziyoda, uzoq bo`lsin degan niyatda shunday ism beriladi.
Ziynatullo – Hudo ziynati.
Zinnat – ziynat so`zining boshqacha talafuzi.
Ziyoriddin – Dinga sig`inuvchi ma`nosida.
Zinnat – bezangan, orolangan.
Zikir – yodlash, xotirlash.
Zobir – chidamlilik, toqatli; kuchli;
Zobit – zabt etuvchi, boshqaruvchi.
Zoid – ortiq, ziyoda.
Zoir – ziyoratchi.
Zokir – Zikir ismi o`zgargan shakli.
Zohid – tarkidunyo qilgan taqvodor.
Zohir – ko`ringan, ko`rimlilik, ochiqlik, ravshanlik.
Zubayr – kuchlilik, qudratlilik.
Zulfiddin – dindagi jingalak sochli shaydosi.
Zulfiqor – teshib o`tuvchi. Qilich.
Zunnun – baliq egasi. Zufar – Zafar ismining shaklan o`zgargani.
Zuhriddin – Zohir ismining o`zgargan shakli; dinning ko`rinishi, oshkoraligi.
I harfiga ismlar manosi
Ibod – qullar, bandalar;
Ibrohim – xalqlar otasi ma’nosida.
Idibek – hayit kuni tug`ilgan bolash
Idris – o`quvchi, o`rganuvchi. Tikuvchilik, to`quvchilik, xat ilmi singari.
Izom – ko`plikda: ulug`lar, buyuklar.
Izohiddin – din sharhlovchi, tushuntiruvchi, talqin etuvchi.
Izhoriddin – din oshkor qiluvchi.
Ikmol – Kamol ismining shakli.
Ikrom – izzatli, hurmatli, ehtiromli, obro` yoki tuxfa.
Ilyos – Hudoning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimlisi.
Ilim – ilm, bilimdon bo`lsin degan niyatda.
Ilhom – ruhlanishlik, jo`sh urish; intilish.
Imod – tayanchli, suyanchli, tirgakli; madadli, yordamlik.
Imom – boshlovchi, etakchilik, oldinda turuvchi
Imron – tirik, barhayot.
Inobiddin – din marhamati, himmati.
Inoyat – xayrixoh, ko`mak, ehson.
Inog`om – sovg`a, hadya ma`nosida.
Insof – yaxshi niyatda berilgan ism.
In`om – Inog`om ismining imloviy jihatdan to`g`ri yozilishi.
Iris – nasiba, ota-onasining nasibasi.
Iskandar – jasurlik, mardlik, qo`rqmaliks, dovyurak yoki muhofaza qiluvchi.
Islomiddin – dinning ko`rki, naqshi, husni.
Islom – musulmon din nomi.
Ismat – pok, begunoh, ma`sumlik.
Ismoil – Xudo eshitdi.
Ieo – Iisus ismining arabcha shakli; bo`yalgan.
Isomiddin – din tutqichi, madali, ko`magi.
Isroil – Hudo yo`lida kurashuvchi.
Isrofil – olovlanuvchi, shu`la sochuvchi.
Istad – umri uzoq bo`lsin degan ma`noda izohlangan.
Istam – Ehtimol ko`p qiyinchiliklar evaziga dunyoga kelgan bola shunday nomlashadi.
Isfan – isiriq, shamsiya yilining ikkinchi oyi.
Isfahon – qilich.
Iftixor – faxrli, g`ururli.
Iffatullo – Hudoning pokdomon bandasi. degan ma`noda. Ismning boshqa shakli uch- ramaydi.
Ixlosiddin – dinga ixlosmand ma`no- sida.
Ixtiyoriddin – din irodasi.
Iqboliddin – din iqboli.
Iqroriddin – dinni tan oluvchi.
Yo`ldoshmuhammad – bo`lsin degan niyatda.
K harfiga ismlar manosi
Kabir – ulug`, ulkan.
Kalimullo – Hudo bilan so`zlashgan.
Kamol – etuk, mukamal, nuqsonsiz.
Kamtar – odobli.
Karimullo – Hudoning muruvvati.
Karom – saxovatli, himmatli, olijanobli.
Kashshof – ochuvchi, kashfiyotchi.
Keldiyor – oilaga do`st, hamdam keldi.
Kibor – ulug` kishilar.
Kiromiddin – din saxovati, karomi.
Kishvar – mamlakat, o`lka, viloyat.
Kozim – sabrlilik, chidamlilik, vazmin;
Komyor – baxtiyorlik.
Komil – mukammallik, benuqsonlik, etuklik
Komron – baxt, saodat; maqsadga erishuvchi; hokimlik, hukmronlik.
Koshif – kashf-etuvchi, yaratuvchi.
Kubro – ulug`lik, ulug`vorlik; mag`rurlik.
Kushanboy – harakatchanlik, tirishqoqlik, sobitqadamlik.
L harfiga ismlar manosi
Laziz – yoqimtoylik, shirin bola.
Latif – muloyimlik, poklik, pokizalik; muloyimlik, mehribonlik.
Lashkar – aynan: qo`shin.
Lutfiddin – din iltifoti, marhamati.
Luqmon – bilimdonlik, donolik.
M harfiga ismlar manosi
Mavlaviy – olim, bilimdonlik, donishmandlik.
Mavlon – ustoz, valene`mat.
Mavriddin – dinga mos fursatda, xosiyatli kunda tug`ilgan bola.
Madad – ota onasiga madad, ko`makdosh.
Madazim – aslida Muhammadazim. Shu- ningdek, Madayyub, Madali, Madalim, Madamin,
Madahmad, Madboy, Madariq, Madvali, Madyor, Madziyo, Madzokir, Madiyor, Madziyo, Madzokir, Madi (Mahdi yoki Muhammadi), Madikrom, Madismon, Madusmon, Madisroil, Madkomil, Madnazar yoki Matnazar, Madniyoz yoki Matniyoz, Madolim, Madomon, Madraso, Madrasul, Madrahim,
Madal – ong, aql, fikr.
Mador – quvvat, yordam berish.
Majdud – xushbaxt, saodatmand.
Majid – atoqli, shuhratlilik, dongdorlik.
Mazbut – mahkamlik, mustahkamlik, himoya ostiga olinganlik.
Mazda – yaratuvchilik, bunyod etuvchilik.
Mazid – Majid ismining talaffuzda o`zgargani.
Mazhar – yuzaga chiqish, namoyon bo`lish, erishishlik, etishishlik.
Makorim – yaxshilik, go`zallik.
Malik – podshoh, hokimlik, qirollik.
Malhamiddin – dining malhami.
Mamad – Muhammad. Shu tarzdagi qisqartma otlar quyidagilardir: Mamadazim, Mamadaziz, Mamadali, Mamadamin, Mamadbek, Mamadbergan, Mamadberdi, Mamadvali, Mamaddavlat, Mamatmuso yoki Matmuso, Mamatolib, Mamatosh va hokazo.
Mamdud – uzoq umr.
Manzar – yuz, chehra.
Mansur – ustun turuvchi, g`olib, muzaffarlik.
Mardi – botirlik, mardlik, dovyuraklik.
Marzbon – chegara soqchisi, elining posboni.
Marhabiddin – dinning muruvati, saxovatli.
Masar – viqor, odillik.
Mas`ud – baxt , baxtiyorlik, saodatmandlik.
Matlab – istalgan, orzu qilingan.
Matmirza – Muhammadmirza.
Maxdum – din yo`lida xizmat qiluvchi; martaba, obro`.
Maxsum – poklik, pokizalik, soflik, gunohsizlik.
Maxtum – muhrlangan, mustahkam.
Ma`di – to`g`ri yo`lda turuvchi, adolatli.
Ma`mun – omonda, himoya ostidagi, himoyaga olingan.
Ma`mur – 1. Biron ishga buyurilgan kishi. 2. Obod.
Ma`ruf – 1. Taniqlilik, bilingan, mashhurlik, atoqli. 2. Aqlga muvofiq, sharoitga mos va maqbul
Ma`qul – arziydigan, ma`qul bo`lgan, orzu qilingan.
Mashrab – xosiyatli, tabiatli, xulqli, odatli, xislatli, maylli, ravishlik.
Maqsad – istalgan, orzu qilingan.
Maqsum – berilgan, tuhfa qilingan.
Maqsur – xudojo`y, muqaddas, ruhan osoyishga.
Mahan – go`zal, suluv, husn sohibi.
Mahdi – to`g`ri yo`l.
Mahdum – janob, xo`ja, aslzoda, diniy peshvo
Mahkam – mustahkamlik, qattiqlik. Joni qattiq ma`nosida.
Mahmud – maqtalgan, maqtovga sazovor.
Mahram – sirdoshlik, hamdamlik, mehribon do`st.
Mahsud – Maqsadli, irodali.
Mahsun – mustahkam, mahkamlangan, berk, himoyalangan.
Mengazim – Hudo bergan xoldor bola.
Mergan – o`qchi yoki qo`ng`irot urug`ining mergancha qabilasiga mansub.
Merosiddin – dinning merosi; boyligi, davlati.
Mehmon – yangi farzand ma`nosida bo`lsa kerak.
Mehriddin – din sharofati bilan erishilgan bola deb izohlash mumkin.
Mehtar – boshliq, mansabdorlik.
Miad – va`daga vafo deb izohlash mumkin.
Midhad – maqtashlik, madh qilish.
Miyon – o`rta, o`rtaliq, bel.
Mizrob – noxun, qobilyatli bilimli.
Minobiddin – aslida miyno. Dinning naqshi.
Minhojiddin – dinning ravshan, yorug` yo`li.
Miraziz – izzatli mansabdor, amir.
Mirza – kotib; ilmli.
Miftohiddin – dinning kaliti, ochqichi; ya`ni sharhlovchisi.
Miqroziddin – din qaychisi.
Muayyid – quvvatlovchi, madad beruvchi; madad.
Mugashshir – bashoratchi.
Mubin – ochiq, ravshan.
Muborakullo – Hudo muborak qilgan.
Muboriz – polvon; jangchi, kurashchi.
Muboshir – yo`lboshchi, yo`l ko`rsatuvchi.
Mudarris – domla, muallim, ustoz.
Mudrik – fahmli, farosatli, ziyrak.
Mujiriddin – dinning tayanchi, madadkori.
Mujohid – din yo`lida kurashuvchi.
Muzaffar – g`olib. Zafar qozonish.
Muzohir – himoyachilik, qo`riqlovchi, asrovchi.
Muzrob – Mizrob ism o`zgargani.
Muiz – izzat, hurmat ko`rsatuvchi.
Muin – yordamchilik, ko`makchilik.
Mukdadil – kuchli, dovyurak.
Mulla – bilimdonlik, o`qimishli.
Mumtoz – tanlangan, saralangan.
Munzir – ogohlantiruvchidir.
Munib – to`g`ri yo`ldan yuruvchi
Munim – muruvvatli, rahmdillik.
Muntajibiddin – din saylangani.
Mun`im – ne`mat, rizq-ro`z beruvchi, sovg`alar ulashuvchi.
Murod – maqsad, talab.
Murtazo – tanlanganlik, saylanganlik, suyukli, qadrli.
Murtoz – nafsini tiyganlik, o`zini tuta oluvchi, azobu-mashaqqatlarga chidamli.
Murshid – rahbar, yo`lboshchi, to`g`ri yo`lga boshlovchi,
Musaddin – din va shariat yo`lida maxkam turadigan.
Musayyab – ehtiyotkorlik, hushyorlik.
Musallim – kamtarlik yoki xudojo`ylik.
Musammo – ismi bilan tug`ilgan.
Musin – piri badavlat ma`nosida.
Musir – qat`iy so`zli, lafzida turuvchi.
Musif – ta`riflovchi, madh etuvchi.
Muslim – islom diniga bo`ysungan, musulmon, taqvodor.
Muslihiddin – dinni isloh qiluvchi, yangilovchi.
Muso – yahudiylar payg`ambari
Mustafo – tanlanganlik, saralab olingan.
Mustaqim – to`g`ri yo`l.
Musulmon – islom diniga bo`ysungan, e`tiqod qilgan,
Mutavakkal – umidli, orzu qilingan.
Mutal – Mutallib ismining qisqar gani; izlovchi, axtaruvchi.
Mutasim – Hudoning panohida.
Mufaddal – suyukli, qadrli.
Mufid – yaxshilik, yaxshilik.
Mufiz – fayzli, barakali.
Muflih – so`zga usta.
Mufti – shariat qoidalarini yaxshi biladigan.
Muxlisiddin – din ixlosmandi, dinga sodiq;
Muxtor – mustaqillik, erkinlik.
Mu`in – yordamchilik, ko`makchi.
Mushirboy – ishora qiluvchi, miyig`ida kuluvchi, maslahatchi.
Mushrif – shov-shuvli voqea, balandlik, balanddan qaraydigan;
Mushfiq – shafqat , mehribonlik, marhamatli.
Muqanna – niqobdor. Ma`lum belgi yoki parda bilan tug`ilgan bolaga shunday ism qo`yish.
Muqbil – baxt , iqbol , saodat.
Muqim – turg`un.
Muqrim – muruvvat, yaxshilik, saxiylik, qo`li ochiq.
Muqtazo – Murtazo ismining boshqa shakli.
Muhammad – maqtovga loyiq. Payg`am- barimizning ismi.
Muhib – do`st, yo`ldosh.
Muhiddin – dinni qo`llovchi, jonlantiruvchi, dinga go`zallik, nafosat bahsh etuvchy
Muhriz – o`z maqsadiga intiluvchi, sobitqadam, g`olib, engilmas.
Muhsin – marhamatli, mehribonli.
Mo`min – dinni til va dil bilan iqror qiluvchi.
N harfiga ismlar manosi
Nabi – paygambar, Hudoning elchisi.
Nabih – hushyorlik, sezgirlik.
Nabot – shirin, yoqimtoylik.
Navvot – amaldorlik, mansabdorlik; o`rinbosarlik.
Navdor – noyob tuxfa.
Navid – sevinch, xushxabarlik.
Navkar – do`st, o`rtoq yoki qo`riqchi, askar, xizmatkor.
Navoiy – ziyoli oilalarda hazrat Alisher Navoiyning nomini yangi tug`ilgan go`dakka qo`yish odati bor.
Navol – sovg`a, ehson qilish.
Navro`z – qadimiy ismlardan biri. Navro`z kunida tug`ilgan go`daklarga shunday ism qo`yish odati bor.
Navfal – tortiqlik, sovg`a, ehsonlik.
Navqon – bug`doy boshog`i.
Nadim – yaqin do`st, suhbatdosh, sirdoshlik.
Najab -hazrati Aliy dafn etilgan shahar nomidan olingan.
Najdat – jasur, qo`rqmas, mard.
Najib – olijanoblik, oliyhimmatlik; poklik, vijdonlilik;
Najim – yulduz.
Nazar – Hudo yoki avliyolar nazari bilan tug`ilgan bola.
Nazifullo – Hudoning beg`ubor, pokiza bandasi.
Nazihullo – Nazifullo ismining ma`nosida yoki shu ismning o`zgargan shakli bo`lishi mumkin.
Nazrullo – Hudoga nazir qilingan, sadaqa qilingan bola.
Naim – baxt, omad, saodatmandlik.
Naymai – o`zbeklarning nayman urug`iga mansub bola.
Namoz – ehtimol ibodat paytida tug`ilgan bolaga shunday ism qo`yilgan.
Narimon – ehtimol nuriiymon bo`lishi mumkin.
Narmin – muloyimlik, yumshoqlik, halim.
Nasibullo – Hudoning nasibasi.
Nasim – engil shabada, tong shamoli.
Nasriddin – dinning g`olibligi, dinning zafari.
Nafig`ullo – Hudoning yaxshiliklar qiluvchi bandasi.
Naqib – oqsoqollik, boshliqlik, yo`lboshchilik;
Nahan – ulkanlik, ulug`lik, botirlik, g`oliblik, bahodirlik.
Nahriddin – dinning bulog`i deb izohlash mumkin.
Nekbaxt – tolei baland
Ne`mat – nasibali, rizq-ro`zli
Niyoz – 1. Hudodan iltijo qilib olingan bola
Nizom – tartibli, intizomli.
Nishon – badanida biron belgi bilan tug`ilgan.
Niyat – orzu, maqsad.
Novqat – navqiron, navjuvon.
Nodim – hamdamlik, hamsuhbatlik, do`stlik.
Nodir – kamyoblik, noyoblik, bebaholik, tengsizlik.
Noib – o`rinbosarlik, ko`makchilik, yordamchilik.
Nor – badanida qizil xol yoki qizil belgisi bilan tug`ilgan.
Norin – mo`g`ul qabilasining norin urugiga mansub bola.
Nosir – ko`makchilik, yorlamchilik yoki g`olib, muzaffar.
Noshir – aynan: kitob chiqaruvchi.
Nohid – yorug` yulduz, Zuhro sayorasi
Nur – yog`du, ziyolik, ravshanlik
Nusrat – g`oliblik, muzaffarlik.
Nuh – aslida Nuho – aql, xirad, zehn.
No`g`ay – no`g`ay xalqi nomidan.
O harfiga ismlar manosi
Obid – toat-ibodat qiluvchi, taqvodor.
Obirahmat – shifobaxshlik, muqaddaslik, xosiyatli suv.
Obod – kam-ko`stsiz, farovon.
Ovsharboy – o`g`uz urug`ini forslar afshar deydilar.
Ogah – bilag`on, aqlli, ziyrakli.
Odam – qizilrang tuproq.
Odil – haqgo`y, adolatli, insofli, to`g`ri, halol.
Odina – juma kuni tug`ilgan bolaga shunday ism qo`yish rasm bo`lgan.
Ozar – olov.
Ozod – erkinlik, hurlik, holilik.
Oyazim – ulug`.
Olim – bilimli, bilimdonlik, donishmandlik.
Olloyor – Hudoga do`st, Hudo qo`llasin degan ma`nolarda.
Oltiyor – oldingi farzandlarga esh bo`lib tug`ilgan bola.
Oltoy – ulug`, yuksak, baland.
Omad – tolei baland.
Omon – omon bo`luvchi, najot topuvchi.
Orif – bilimdonlik, aqlli, dono yoki xudojo`y.
Osim – qo`riqlangan, himoyalangan, muhofaza qilingan, xavfsiz.
Osif – shiddatli bo`ron.
Osmon – bu osmondek tiniq va baland bo`lsin.
Oston – ostona, bo`sag`a.
Otavali – valiy bir mo`ysafidning duosidan keyin tug`ilgan bola.
Ofiyatullo – sog`lik, sog`ayish; tinchlik.
Oshiq – hayotni sevuvchi.
Oqdavlat – pok, toza. oiladagi ikkinchi bolaga shunday ism qo`yish odati bo`lgan.
Oqlimirza – aqlli mirza yigit.
P harfiga ismlar manosi
Payom -xabar, darak;
Payshanba – xalq o`rtasida payshanba kuni xosiyatli degan tushuncha bor.
Panji – oiladagi beshinchi bolaga berilgan ism.
Panohiddin – dinning panohida, din najot beruvchi.
Parvez – g`olib, muzaffarlik, engilmaslik.
Parda – o`z pardasi (ko`ylagi) bilan tug`ilgan bola.
Parpi – aslida farfi – nafis, muloyim, yumshoq tabiatli.
Partov – aslida “partav”; nurli, nur sochuvchi.
Pahlavon – yon, biqin, qanot. zo`r, kuchli, qudratli;
Peshavor – hunarmandlar sardori.
Peshdod – odil, o`tmishdan darakchi, xabarchi, oldindan.
Pirnazar – pirlar nazar qilsin degan.
Poyon – qator qiz tugilgandan keyin tugilgan o`gilga berilgan ism.
Polvon – kuchli, qudratli, bahodir.
Poliyor – pokiza do`st, pokizalikka moyil.
Porso – o`zini tiyuvchi, taqvodorlik, xudojo`ylik.
Purdil – mardlik, botirlik, dovyuraklik.
Po`lat – mustahkam ma`dan.
R harfiga ismlar manosi
Rabbimqul – Hudoning quli, bandasi.
Rabi – to`rtinchi bolaga beriladigan ism.
Rabib – o`gay, yot.
Ravziddin – dinning bog`i, bo`stoni.
Ravnaq – jilolangan, tarovatli; gullab-yashnagan.
Ravshan – yorug`, shu`lali; tiniq, beg`ubor; g`amsiz.
Radi – saylangan, tanlab olingan.
Rajab – hijriy yilning to`r- tinchi oyida tug`ilgan bola.
Raji – umid, tilak.
Razzoq – rizq beruvchi.
Razin – mahkam, mustahkam, qat`iy; muhim; mu`tabar.
Razmin – urush, jang, g`avg`o. “
Rais – boshliq, rahbarlik, sardorlik, etakchilik.
Raif – mehribonlik, shafqatlilik, rahmdillik.
Ramazon – qamariy yil hisobining to`qqizinchi oyida tug`ilgan bolaga shunday ism beriladi.
Ramal – mumtoz she`riyatdagi aruz vaznining bir ko`rinishi;
Ramz – belgi, ishora; timsol.
Rami – o`qchi, merganlik.
Ramil – tilsim egasi, sirlarni ochuvchi folbin.
Rasim – yo`l-yo`riqqa, qoidalar rioya qiluvchi yoki rassom.
Rasif – chidamli, mahkamlik, mustahkamlik.
Rasix – mustahkamlik, mahkamlik, pishiqlik, chidamlilik.
Raso – mukammal, kamolga erishgan.
Rasul – elchi.
Ratib – beg`uborlik, tarovatli.
Rauf – muloyimlik, shafqatlilik, rahmdillik.
Rafael – yuksaklik, oliylik, ulug`lik, taniqli, mashhurlik.
Rafi – Rafael ismining arab tilidagi ko`rinishi.
Rafid – yordamchilik, ko`makchilik.
Rafiq — do`stlik, hamdamlik.
Raf`at — ulug`lik, yuksaklik, buyuklik.
Rafqat – do`stlik, hamrohlik, hamsafarlik;
Raxshon – porloqlik, nurlilik.
Rashid — to`g`ri yo`ldan yuruvchi.
Rashodat — mard, jasur, jasoratli.
Rashshod — Rashid ismining aynan ma`nosi.
Raqoqul — ozod bo`lgan qul.
Rag`ib — tilab olingan bola.
Rahib — muruvvatlik, marhamatlik, olijanoblik.
Rahim — mehribonlik, marhamatlilik
Rahmat – mehribonlik, marhamatlik.
Rahmon – o`ta mehribonlik.
Rivojiddin – din rivoji, din ravnaqi.
Riyoziddin – din bo`stoni, din bog`i deb atash mumkin.
Rizo – rozilik, ma`qullik; tobe.
Rizqiddin – dinning rizq-nasibasi bolasi.
Rif`at – ulug`, yuksak.
Rixsitilla – tilladek qimmat, qadrli.
Robiddin – diniy taqvimning to`rtinchi oyida tug`ilgan bola.
Roji – aslida rojih – ortiq, ziyoda,
Roiz – tarbiya qiluvchi, o`rgatuvchi;
Royiq – latiflik, zebo.
Roqib – posbonlik, himoyachilik.
Roqiy – olg`a intiluvchi, o`suvch.
Roqim – xat yozuvchi; savodxon, bilimdon.
Rohatali – huzur-halovatda yashasin.
Rubiddin – din quroli.
Ruknoyiddin – ustun, tayanchli; din tayanchi.
Ruslan – arslon sher.
Rustam – ulkan gavdali, qudratli, dovyuraklik, bahodirlik.
Ruxsat — Hudo roziligi bilan dunyoga kelgan bola.
Rushdi — o`suvchi, ulg`ayuvchi, kamolga etuvchi;
Ruhiddin – dinning ruhi.
Ro`zatilla – ro`za oyida tug`ilgan bola.
Ro`zbeh – baxt, tolei baland.
Ro`zbon – podshohni qo`riqlovchi posbon; lashkarboshi, sarkarda.
S harfiga ismlar manosi
Sabohiddin – din tongi.
Sabriddin – dinning sabr-toqatli kishisi.
Savron – shamsiya yil hisobining ikkinchi oyi aprel da tug`ilgan bola.
Sadaddin – dinning to`g`riligi.
Sadar – to`gri, adolatli.
Sadiboy — soddalik, pokizali.
Sadid – mahkamlik, mustahkam, irodali.
Sadomat – zarbali, savlatli.
Sadr – baland martabali, mansabdor.
Said – baxtli, saodatli.
Sain – eng a`lo, shuhratli, shavkatli.
Sanr – otashli, olovli.
Sayid – aynan: ega, xo`ja; boshliq, rahbar.
Sayim – ro`zador.
Sayfi – qilich, shamshir.
Salavatullo – Hudoning muruvvati.
Salim – sog`lom.
Salmon – beozorlik, muloyimlik, yuvoshlik.
Salom – tinchlik, sog`liq, omonlik.
Salor – yo`lboshchi, sarkarda.
Saloh – rost, to`g`ri, halol; haqgo`y.
Samandar – o`tda yonmaydigan.
Samar – hosil, natijali, mevali.
Sami – eshituvchilik, tinglovchilik,
Samim – samimiylik, oqko`ngillik, sofdillik.
Samin – qadrli, qimmat, aziz.
Samir – suhbatdosh.
Samit – sokinlik, osoyishtalik, osudalik.
Sangin – toshdek mustahkam.
Sanjar – sanchmoq. shiddatli, o`tkir.
Sanoqul – madh aytuvchi, maqtovchi banda.
San`at – chiroyli hunarlar egasi.
Sarvar – yo`lboshchi, boshliq, rahnamolik.
Sarvat – boy.
Sardor – etakchilik, boshliq.
Safar – safar oyi (musulmonlar taqvimining ikkinchi oyi)da tug`ilgan.
Safiullo – Hudoning tanlagani, saylagani.
Safo – tiniqlik, pokizalik
Saxiboy – qo`li ochiq, jo`mard.
Sa`di – baxt, saodat, omad.
Sahmon – rizq-ro`zli, nasibali.
Sahobiddin – hamfikr dindoshlar; sahobiy so`zidan.
Sib`atullo – Hudoning xohishi bilan dunyoga kelgan bola.
Siddiq – to`g`ri so`z, sofdil, rostgo`y.
Sindor – yoshlik, navqironlik, bo`z bola.
Sino – donishmandlik, hakimlik.
Siroj – yorug`, nurli, chiroqli.
Sifatullo – Hudo sifatlarining namoyon bo`lishi deb izohlash mumkin.
Soat – yaxshilik, xosiyatli vaqtda tug`ilgan.
Sobir – sabr, toqat.
Sobit – mustahkamlik, mahkamlik.
Sodir – asli sadr so`zidan. Boshliq, rahbar.
Sodiq – chin do`st.
Soib – Ega, xo`jayin.
Solih – pok, halol, pokiza.
Sotir – xaloskorlik, himoya qiluvchi yoki xalos qilingan.
Soqi – sog`, sog`lom, sezgir, ziyrak.
Sohib – to`gri talaffuzi.
Suvon – egov.
Sulaymon —himoyalangan, berk, muhofazaga olingan,
Sulton – hukmdor.
Sunnat – yo`l, odat, udum, taomil yoki sunnati o`zi bilan tug`ilgan bola.
Surxob – la`l toshi.
Surxon – to`y, bazm, shodlik; qo`rg`on, qal`a.
Sur`at – chaqqon, epchil.
Sug`ro – kenjagoy bola.
Suhrob – qizil yog`du; la`l, yoqut.
So`fi – qavmni namozga chorlovchi taqvodor.
T harfiga ismlar manosi
Tabibullo – aynan: Hudoning tabibi.
Tavakkal – taqdiri Hudoga topshirilgan bola.
Tavallo – Hudodan iltijo qilib olingan bola.
Tavsan – arg`umoq, to`pichoq.
Tavfiq – yomon ishlar va odatlardan o`zini saqlaydigan bola.
Tavhid – birlik, yagonal. Hudoga sig`inish.
Tavhir – ehtirom, hurmatga sazovor.
Takmil – mukammal, benuqson.
Tal`at – chiroyli, sohibjamol ma`no- sida.
Tansiq – noyoblik, nodirlik; yoki bolaga tashna oilada tug`ilgan chaqaloqqa shunday ism qo`yilgan.
Tarzabon – gapdonlik, suxandonlik, notiqlik.
Tarxon – turli majburiyatlardan (soliqlardan) ozod qilingan.
Tilla – oltindek qimmatli.
Toji – biron xol bilan tug`ilgan bola.
Toib – tavba qiluvchi, istitfor aytuvchi banda.
Toir – qush; parvoz qiluvchi, yuksaklikka ko`tariluvchi.
Toyib – pokizalik, ozodalik.
Tolib – bilim izlovchi, bilim ixlosmandi.
Toqiddin – din tayanchi, din mustahkamlovchi.
Tohir – tahoratli, pokizalik; beg`uborlik.
Tuman – ming, ko`paysin.
Turob – xok, tuproq.
Tuhfat – sovg`a, ehson.
To`fon – kuchli suv toshqini paytida tug`ilgan bolaga shunday ism berilgan.
U harfiga ismlar manosi
Ubay – qul, qul bola.
Ugur – baxt, saodatmandlik, iqboli baland.
Uzayr – kuch, qudrat, ko`makchilik.
Ulfat – barchaga do`st bo`lsin degan niyatda.
Umar – barhayot, yashovchi.
Umid – orzu qilingan, kutilgan.
Umir – umri bilan bergan bo`lsin.
Ummat – xalq, jamoa, toifa.
Umron – obodlik, farovonlik, ma`murlik.
Urfon – aslida Irfon; bilimli, ma`rifatli.
Usmon – singan-chiqqanlarni davolovchi tabib.
F harfiga ismlar manosi
Favzi – g`olib, muzaffar, engilmas.
Fadl – olijanob, oliyhimmat.
Fazli – marhamat, inobat, himmat, or- tiqlik, ustunlik, etuklik.
Fayz – yoqimli, muloyim; jozibali, •1 ko`rkam.
Fayyoz – oliyhimmat, mehribon.
Faraj – najot topgan.
Farbud – taqvodorlik.
Farvardin – aynan: bahor.
Fardis – nursimon, nurmonand.
Faryob – baxt, iqboli baland.
Farziddin – din farz deb biluvchi.
Farid – yakkalik, yolg`iz, yagona;
Farmon – buyruq, amr. Hudoning irodasi.
Farodis – jannat bog`lari, jannat farzandi.
Farohiddin – din rivoji, iqboli yoki ma`murligi.
Farroh – shukuhli, shon-shavkatli, dongdor.
Farrux – baxtli, baxtiyor.
Faruq – yaxshi-yomonni farqlovchi.
Farxiddin – din ato qilgan shodlik.
Farhid – ziyraklik, zukkolik, farosatli, sezgir.
Fasih – xushsuxan, so`z ustasi, notiq.
Fasl – vaqt, zamon, davr.
Fattoh – g`olib, muzaffar.
Fath – dinning g`olibligi, ustunligi.
Faxri – g`urur, iftixor.
Fahmiddin – dinni fahmlovchi.
Fikrat – idrokli, aqlli.
Firdavs – sakkizinchi jannatning nomi; bog`, ko`kalamzor.
Firuz – qimmatbaho ma`dan tosh.
Fitrat – aqlu farosatli, dono.
Fozil – bilimdon, dono, donishmand.
Foiq – ulug`vor, yuksak.
Forobiy – ziyoli oilalarda ulug` olim Forobiy nomiga nisbat berilgan.
Fotiq – shifo oladigan.
Fotih – engilmas, muzaffar, g`olib.
Fuad – dil, qalbli, aqlli, farosatli.
Fuzail – odobli, yaxshi xislatdi; insofli, adolatli;
Fuzul – aynan: sergap. Istilohiy ma`noda notiq
X harfiga ismlar manosi
Xabir – xabar beruvchi; biluvchi, bilimli, dono.
Xazin – aynan: xazina; boy, badavlat.
Xazorboy – olijanob, aslzoda.
Xazri – shaharlik, shaharda tug`ilgan.
Xayyom – chodir tikuvchi, chodir yasovchi usta.
Xayri – yaxshilik qiluvchi.
Xalil – do`st, suyukli.
Xalif – o`rinbosar, merosxo`r.
Xanjar – xanjardek o`tkir bo`lsin degan ma`noda.
Xarros – haqgo`y, adolatli.
Xarrot – o`ymakor usta, naqqosh.
Xaspo`lat – a`lo navli po`lat.
Xatib – va`zgo`y, va`zxon.
Xafs – arslon, yo`lbars.
Xidir – asli Xizr yoki Xizir, yashil degani.
Xirmon – g`alla xirmonlangan paytda tugilgan bola.
Xirojiddin – din haqi.
Xislat – yaxshi fazilatli, xosiyatli.
Xovar – kunchiqish, sharq.
Xoja – hurmatli, e`tiborli yoki xo`jayin.
Xol – badanida xol bilan tugilgan bola.
Xolid – abadiy yashaydigan; umri uzoq.
Xolis – samimiy, beg`araz, sofko`ngil.
Xoliq – bunyodkor, ijodkor.
Xonazim – buyuk xon.
Xubbim – yoqimtoy, yaxshi.
Xurdak – hunarmand degani.
Xurdod – Eronda iste`molda bo`lgan qamariy yilning ikkinchi oyi
Xurram – shod, shodmon, xursand, xush- kayfiyat.
Xursand – shod, baxtiyor.
Xurshid – quyosh.
Xushbaxt – saodatmand.
Xo`ja – sohib, janob.
Ch harfiga ismlar manosi
Cherikboy – askar, qo`shin, lashkar.
Chehrazod – go`zal, zebo, aslzoda.
Chilton – qirqta ajralmas ruh.
Chingiz – buyuk, qudratli.
Chinor – umri chinordek uzun bo`lsin.
Chori – oiladagi to`rtinchi farzand yoki Choriyorlarga nisbat berilgan.
Chust — chaqqon, mohir.
Cho`lpon – tong yulduzi, yorug` yulduz.
Cho`pon – qo`ychuvon.
Sh harfiga ismlar manosi
Shavvoz – azamatlik, jasurlik, dovyurak.
Shavkat – sharaf, shonli, kuch.
Shavqiddin – din zavqi, din baxsh etadigan zavq.
Shayx – aslida qari, keksa, oqsoqol.
Shamsi – quyosh.
Shamshir – tig`. Qilichdek keskir va o`tkir yigit bo`lsin.
Shamshod – daraxt nomi.
Sharaf – or, nomus, obro`, iftixor, faxr.
Sharif – muqaddas, aziz.
Shafqatullo – Hudo rahmati bilan dunyoga kelgan bola.
Shahar – shaharga kelganda tug`ilgan bolaga shunday ism berilgan.
Shahboz – shunqor, lochin.
Shahvor – shohona, shohlarcha.
Shahir – ma`lum, taniqli.
Shahob – nurli yulduz.
Shahsuvor – chavandoz.
Sher – sherdek qudratli, jasur, qaytmas.
Shiddat – tezkor, gayratli.
Shijoat – g`ayrat, jasur.
Shior – maqsad, orzu, g`oya.
Shihob – shahob so`zining o`zgargani.
Sho – aslida shoh, hukmdor.
Shoddil – quvnoq, baxtiyor.
Shoir – she`r yozuvchi;
Shoif – ko`ruvchi, tanuvchi, ziyrak, sezgir.
Shoiq – juda yaxshi, a`lo;
Shoybek – kuchli, qudratli.
Shokir – farzand berganiga Hudoga shukrona ma`nosida.
Shokuh – savlatli, ko`rkamlik, hashamatli.
Shomi – chiroq, sham.
Shomil — Xudo eshitgan.
Shohid – guvoh;
Shuayb – shox, butoq.
Shujo – mardlik, qo`rqmaslik, jasur.
Shukur – Xudodan minnatdorlik.
Shuhrat – mashhurlik; shon-shavkat.
Sho`ra – janob, boshliq.
E harfiga ismlar manosi
Ezid – Hudo, Tangri, Xudo.
Eldor – qabila, elat boshlig`i;
Emin – tinch, osoyishta.
Eran – mard, jasur; er, o`g`lon.
Eshon – aynan: u kishi; katta odam.
Yu harfiga ismlar manosi
Yunus – kaptar degani.
Yusuf – o`sgan, ko`paygan.
Yazdon – Hudo, Tangri.
Ya harfiga ismlar manosi
Yamin – o`ng qo`l, o`ng tomon.
Yatim – tanho ma`nosida.
Yahyo – muruvvatli, ochiqqo`l; xushxulq.
O’ harfiga ismlar manosi
O`rda – uy, panajoy; hukm- dor saroyi; lashkargoh; ko`pchilik, to`p, to`da.
O`rxon – ulg`ayish, o`sish.
O`g`lon – botirlik, mardlik, shahzoda.
Q harfiga ismlar manosi
Qavomiddin – ustun, ustivor.
Qaviy – kuch, quvvat.
Qavs -shamsiya yilining qavs oyida tug`ilgan bola.
Qadam – qadami qutlug` bo`lsin degan ma`noda.
Qadim – qadimiyat qadriyatlarini qadrlasin degan niyatda.
Qadr – dinni qadrlovchi.
Qays – muqoyasa qilish, chog`ishtirish.
Qaysar – Bu ismning kelib chiqishi kezar nomi bilan bog`liq.
Qayyum – abadiy mavjud.
Qalandar – tarkidunyo qilgan odam.
Qalmoq – o`zbeklarning qalmoq urug`i- ga mansub bola.
Qamar – oy.
Qambar – to`rg`ay.
Qahramon – o`zbeklarda qaramon urug`i ham bor.
Qiyom – etilish, oftobning tikkaga kelgan payti.
Qiyos – bu ism yolg`iz aytilmaydi;
Qobil – iste`dodli, qobiliyatli; kuchli, qudratli;
Qozi – hakam.
Qozoq – qozoqlar ornsida tug`ilgan yoki ko`rinishi qozoqbashara bolaga shunday ism berilgan.
Qoim – turg`un, qoim, mustahkam;
Qora – kuchli, qudratli, polmoi.
Qori – qiroat qiluvchi.
Qosid – xabar etkazuvchi.
Qosim – taqsimlovchi.
Qohir – zabardast, kuchli;
Qubod – hukmdor, podshoh.
Quvvat – kuchli, chidamli.
Quvomiddin – dinning haqiqatgo`y, adolatli kishisi bo`lsin degan niyatda.
Quddus – pok, pokiza, begunoh, muqaddas, aziz.
Qudrat – quvvatli, kuchli, qodir.
Qul – arab tilidagi “qul” so`zi “ayt” degan ma`noni bildiradi,
Qulfiddin – dinning ma`nolarini sharhlovchi olim.
Qurbat – yaqinlashish, etishish.
Qurbon – qurbon hayiti kunida tug`ilgan bola.
Qurbug`a – kuchli, qudratli, jasur;
Quron – oiladagi uchinchi bolaga beriladigan ism.
Qutbiddin – dinning asosi, tayanchi.
G’ harfiga ismlar manosi
G`aybiddin – aynan: dinning pinhoniyligi, yashirin siri;
G`ayni – ko`p degan ma`noda.
G`ayrat – mehnatsevar deb izohlash mumkin.
G`alil – orziqib kutilgan bola.
G`ani – boy, badavlat.
G`arib – g`aribona iltijo bilan tilab olingan bola deb izohlash mumkin.
G`afur – gunohlarni kechiruvchi, rahmdil, marhamatli, mag`firatli.
G`iyos – faryod, ovoza, kuch, tayanch.
G`ozi – g`olib, muzaffar.
G`oyib – ko`rinmaydigan, yashirin, maxfiy.
G`olib – engilmas, muzaffar, enguvchi.
G`ulom – 1. Qul. 2. Farzand, o`g`il.
G`ufron – kechirilgan, gunohsiz bola.
G`o`non – ikki-uch yoshli toy.
H harfiga ismlar manosi
Habib – suyukli, qadrdon, do`st.
Habil – shamol, el. Odam alayhissalomning o`ldirilgan o`g`li ham Habil
Hadis – hikoya, rivoyat;
Hayot – tiriklik, umr, barhayotlik; sog`lik, omonlik.
Hazrat – yuqori darajadagi, martabali.
Haybat – buyuklik, shukuhli, viqorli.
Haydar – arslon; jasur, dovyurak, qudratli.
Hayit – hayit kuni tug`ilgan bolaga shunday ism berilgan.
Hayrat – aynan: hayratlanish, taajjub.
Hakim – bilimdon, aqlli, dono, donishmand.
Halim – muloyim, mehribon.
Hamdam – do`st, o`rtoq.
Hamza – o`tkir, achchiq, kuydiruvchi,
Hamid – maqtovchi, madh etuvchi.
Hammod – ulug`lovchi, madh etuvchi yoki hurmatga loyiq.
Hamro – yo`ldosh, esh, hamdam yoki qirmizirang.
Hanjar – aslida Hanjor; yo`l, qoida, rasmrusum, ravish.
Haris – o`ta berilgan, maftun, mahliyo bo`lgan.
Hasan – yaxshi, tuzuk; chiroyli, sohib- jamol.
Hafiz – himochi, qo`riqlovchi, o`z panohida asrovchi.
Hashmat – izzat-hurmatli, shonu shavkatli.
Haq – haqiqat, rost, adolat.
Hidoyat – to`g`ri yo`lga boshlovchi, to`g`ri yo`l topuvchi.
Hiloliddin – dinning yangi, ko`rkam oyi.
Himmat – olijanob, saxovat.
Hisom – qilich, shamshir, tig`.
Hifziddin – dinni asrovchi, dinni muhofaza qiluvchi.
Hodi – to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi.
Hoji – ziyoratchi, sig`inuvchi.
Hoziq – mohir, bilimdon; itoatkor, yovvosh.
Hokim – hukmron, boshliq, yo`lboshchi, rahbar.
Homid – shukur qiluvchi, qanoat qiluvchi, sabr-toqatli.
Homil – aynan: ko`tarib yuruvchi, eltuvchi.
Horun – yahudiycha Aoron ismidan olingan va arab talaffuzida Horun.
Hosil – meva, samara, natija.
Hotam– saxiy, qo`li ochiq, oliyhimmat.
Hoshim – maydalovchi, ushatuvchi; non sindiruvchi.
Hubbim – “xub” – chiroyli, yoqimli so`zidan.
Huvaydo – belgili, oshkora, ravshan, aniq.
Hujjat – ishonchli qog`oz.
Huzur – osoyishtalik, osudalik, rohat, farog`at.
Humoyiddin – din ato qilgan baxt, din saodati.
Humom – qavm yoki biron urug`ning boshlig`i.
Humoyun – qutlug`, muborak, noyob, tengsiz.
Hunar – istilohiy ma`noda yoki yaxshi niyat bilan hunar egasi.
Hurmat – izzat. ma`nosida.
Hurullo – Hudoning erkin bandasi.
Husayn – Hasan ismi bilan bir xil ma`noda.
Husn – chiroy, go`zallik.
Исмлар руйхати ва маъноси угил болалар учун (2023)
Ушбу руйхатда угил болалар учун чиройли исмлар туплами келтирилган, руйхат ичида угил бола учун исломий арабча исмлар хам бор, бу йерда угил болага замонавий исмлархам топилади, шундай килиб бу туплам ичида угил болаларга чиройли ва яхши маъноли исм излаш ва қўйиш учун энг сара исмлар ва уларнинг маъноси жойланган. Барча исмлар алфавит буйича териб чикилган. Мархамат, фарзандингизга чиройли исм танланг ва танлаган исмингизни илм ахли (имомлар, домлалар) билан текшириб олишни унутманг
Хозир эса даврага рекламани чақирамиз:
• A харфига исмлар угил болалар учун •
- Абдулазиз — буюк ва қудратли Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулазим — иззат ва куч-қудрат соҳиби бўлган ғолиб Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулахад — яккаю-ягона бўлган Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулборий — йўқдан бор қилувчи, яратувчи Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулвали — дўст, мададкор Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулваххоб — барча учун ўз неъматларини текин ато этувчи Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулвохид — битта, ягона танҳо бўлган Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулғани — бой, эҳтиёжсиз, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдулғафур — гуноҳларни яшириб, жазо бермай турувчининг, яъни Аллоҳ Таолонинг қули, бандаси. Арабча
- Абдулғаффор — гуноҳларни яшириб, жазо бермай турувчининг, яъни Аллоҳ Таолонинг қули, бандаси. Арабча
- Абдулжаббор — бандаларининг ишларини ислоҳ қилувчи Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулжалил — барча жиҳатдан мукаммал ва гўзал улуғ Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулкарим — карим қилувчи, саховат кўрсатувчи ва бандаларининг гуноҳларини кечирувчи, авф этувчи Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулқаххор — барчани бўйсиндурувчи ғолибнинг, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдулқодир — мислсиз куч-қудрат эгасининг, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдуллатиф — лутфу эҳсон, чексиз марҳаматлар соҳиби бўлган Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдуллох — Аллоҳнинг қули, суюкли бандаси. Муҳаммад (с.а.в.)нинг оталарининг исми. Арабча
- Абдулмалик — моликнинг, подшоҳнинг, яъни Аллоҳнинг қули, итоаткор бандаси. Арабча
- Абдулфаттох — ҳукм этувчининг ёки раҳмат хазиналарини очувчи ва унга йўл кўрсатувчининг, яъни Аллоҳнинг қули; доимо ғолиб ва музаффарнинг қули. Арабча
- Абдулхолиқ — яратувчининг, дунёга келтирувчининг, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдулхай — абадий тирик Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдулхаким — тенгсиз ақл ва ҳикмат соҳибининг, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдулхамид — ҳамду санога, мақтовга сазовор Зотнинг, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдулхафиз — ўз паноҳида сақлагувчининг, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдулмажид — неъматли ва шарафи бепаённинг, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдурраззоқ — барча тирик мавжудодга ризқ берувчи Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдуррауф — ўта меҳрибон, муруввати чексиз, яъни Аллоҳнинг қули. Арабча
- Абдуррахийм — раҳмли Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдуррахмон — ўта меҳрибон Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдуррашид — барча ишлари тўғри чиқувчи Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Абдуссамад — ҳожатбарор Аллоҳнинг бандаси. Арабча
- Аброр — покиза, тоза қалбли, солиҳ, тақводор, иймонли; яхши, гўзал ҳулқ-атвор ва феъл эгаси. Арабча.
- Аббос — қовоғи солиқ, хўмрайган, жиддий. Баъзи болалар шу ҳолатда туғилади. Арабча.
- Аваз — аввал турмаган болаларнинг ўрнига, эвазига келган бола. Арабча, форс-тожикча, ўзбекча.
- Азамат — улуғ, мард, жасур, қудратли. Арабча.
- Азиз — қадрли, қимматли, табаррук, ҳурматли ёки қудратли, қимматли, ноёб. Арабча.
- Акмал — етук, баркамол, мукаммал ва бенуқсон маъносида. Арабча.
- Акрам — энг саҳий, ўта карамли, мурувватли, жўмард, қўли очиқ, меҳрибон, ҳайирли ишларга полвон, бағри кенг. Арабча.
- Алишер — шердек жасур, довюрак бўлсин ва тўртинчи ҳалифа Алидек куч-қудрат, иймон ва заковат эгаси бўлсин. Арабча, Форс-тожикча.
- Арслон — арслондек яъни шердек қудратли, довюрак, қўрқмас бўлсин. Ўзбекча, тожикча, татарча ва бошқалар.
- Асад — Асад ойида туғилган бола ёки Шердек қудратли, қўрқмас, довюрак бўлсин. Арабча.
- Асадуллох — Аллоҳнинг шердек қудратли, довюрак, жасур бандаси. Арабча.
- Асилбек — беклар авлодига мансуб аслзода бола. Арабча, ўзбекча.
- Аъзам — буюк, қудратли, енгилмас. Арабча.
- Анас — дўст, йўлдош, ҳамроҳ ёки шодлик, қувонч. Арабча.
- Ансор — ёрдамчи, маслакдош. Бу ерда пайғамбарга кўмакдош бўлганлар кўзда тутилади. Арабча.
- Асомиддин — диннинг тутқичи, таянчи ёки диннинг кўмаги, мадади. Арабча.
- Анвар — ёруғ, нурли, чароғон ёки иқболи порлоқ, толеи баланд, ҳаётда омадли бола. Арабча.
- Амир — ҳоким, ҳукмрон, йўлбошчи ёки Амр — ҳаёт, тириклик. Арабча.
- Али — юксак, улуғ, олий, юқори мартабали. Бу ном Муҳаммад(с.а.в.) пайғамбаримизнинг куёви, тўртинчи халифанинг исмидир. Арабча.
- Афиф — покиза, саҳоватли. Арабча.
- Ахрор — олийжаноб, ҳимматли, меҳр-муруватли, Ҳожаи Аҳрор — олийжаноб деганидир. Арабча.
- Ахмад — Аллоҳга кўп ҳамду-санолар айтувчи киши, мақтовга, олқишга сазовор. Бу ном Муҳамммад (с.а.в.) сифатларидан биридир. Арабча.
- Адхам — қора от; баданида қора белгиси (ҳол) билан туғилган бола ёки қимматли, ноёб, кам учрайдиган. Арабча.
- Акиф — ғайратли, тиришқоқ ёки зоҳид, дарвеш, таркидунёчи. Баъзи адабиётларда “турғун барқарор, маҳкам“ деб изоҳлангани ҳам учрайди. Арабча.
- Анис — яқин дўст, улфат, ҳамдам, ҳамсуҳбат. Арабча.
- Атиф — меҳрибон, оқкўнгил; мурувватли, шафқатли. Арабча.
- Афзал — устун турувчи, муносиб, лойиқ; қадрли, ҳурматли. Арабча.
- Афзун — ортиқ, зийода баланд мартабали; кўпайиб, ортиб борувчи. Форс-тожикча.
- Ахбор — хабарлар, маълумотлар, билимлар эгаси. Арабча.
- Ашраф — шарафли, эҳтиромли, олий зот ёки аслзода, авлиё, олий табақа, юқори насаб фарзанди. Арабча.
• Б харфига исмлар угил болалар учун •
- Баходир — ботир, довюрак, мард, жасур. Ўзбекча, форс-тожикча.
- Бобур — йўлбарс, арслон; Улуғ, улкан, буюк; Тез гапирадиган одам маъноларида талқин қилинган. Ўзбекча.
- Ботир — мард, жасур, қўрқмас. Ўзбекча.
- Бадриддин — диннинг тўлин ойи ва нури, машъали. Диннинг асл фарзанди. Бошқа мўминларга ўрнак бўлувчи хулқи яхши, нияти пок инсон. Арабча.
- Бахриддин — диннинг нури, ёғдуси, шуъласи, диннинг виқори, шукуҳи ёки диннинг нурли, эътиқодли, иймонли, саодатманд кишиси. Арабча.
- Бахтиёр — саодат, қут, истиқбол ёр бўлган бола ёки шодон, қувноқ. Бахт-саодат, қувонч ёр бўлсин. Арабча, форс-тожикча.
- Бахром — Мирриҳ (Марс) сайёрасининг номидан. У бахт-саодат тимсоли ҳисобланади ёки баҳромдек (қадимги Эрон шоҳларидан бири) мард, жасур бўлсин. Форс-тожикча.
- Бехруз — бахтли саодатли кунда, шодиёнада туғилган бола ёки бу бола туғилган кун оилага, яқинларига қувонч, шодлик олиб келган. Форс-тожикча.
- Бекзод — бек фарзанди, беклар авлодига, зотига мансуб бола. Виқорли, кучли, мард бўлсин. Ўзбекча, форс-тожикча.
- Бахтбек — беклар авлодига мансуб бахтли, саодатли бола маъносида. Форсча, қозоғча.
- Боймурод — бой-бадавлат бола, улғайиб муродига етсин. Арабча, ўзбекча.
- Бекмурод — беклар авлодига мансуб мурод-мақсадли бола берк (мустаҳкам) бўлсин ва улғайиб мурод-мақсадига етсин. Арабча, ўзбекча.
- Билол — уч кунлик ой, янги туғилган ой, (Ҳилол) ёки соғлом бола. Пайғамбар Муҳаммад (с.а.в.) нинг саҳобаларидан бири бўлган. Арабча.
- Бурхон — далил, асос, исбот. Ўрта асрлар ҳукмдорлари ўзларини Бурҳониддин, яъни диннинг далили, ҳимоячиси, динни асровчи деб юритишган ва бу сўз уларнинг фаҳрий унвони бўлган. Бурҳониддин исмининг қисқарган шакли. Арабча.
• В харфига исмлар угил болалар учун •
- Вафо — вафоли, садоқатли, содиқ, ишончли; ота-онасини қадрлайдиган, ҳурмат-иззатини ўрнига қўядиган солиҳ фарзанд. Арабча.
- Восил — а йрилмас, ажралмас, субутли дўст ёки орзу қилиб эришилган фарзанд, висолга етишган. Арабча.
• Ғ харфига исмлар угил болалар учун •
- Ғафур — раҳмдил, марҳаматли, мағфиратли. Бу ном Аллоҳнинг сифатларидан бирдир. Асли: Абдулғафур. Арабча.
- Ғаффор — раҳмдил, меҳрибон, шафқатли. Бу ном Аллоҳнинг сифатларидан биридир. Асли: Абдулғаффор. Арабча.
- Ғиёс — ёрдам, кўмак, суянч; ёрдамчи, суянчиқ, ишонган тоғ, қўлловчи, кўмаклашувчи. Арабча.
- Ғулом — ўтмишда ҳукмронлар саройидаги ёш хизматкор; «Ғулом» сўзи билан бошланган қатор қўшма исмларнинг (Ғуломали, Ғуломиддин) қисқарган шакли. Арабча.
• Д харфига исмлар угил болалар учун •
- Даврон — давр сурсин, умри шодон, бахтиёр ўтсин, даврининг, замонасининг бахтиёр фарзанди бўлсин маъносида. Арабча.
- Дилмурод — дилдаги муродга, орзуга етказган бола. Арабча, форс-тожикча.
- Диёр — ўлка, она юрт, ватан фарзанди, диёрига, элига вафодор. Ватани учун жонини фидо қилишга тайёр бўлсин. Арабча.
- Довуд — меҳрли, меҳрибон, дилдан севувчи, суюкли, чин дўст ёки шифо берувчи, соғайтирувчи. Довуд пайғамбарнинг исмлари. Яҳудийча.
- Дониёр — яқин инсон, билимли инсон, дўст, Аллоҳнинг эҳсони, совғаси, мархамати. Арабча, форс-тожикча.
- Достон — довруғи тилларда достон бўлган, таниқли, машҳур. Бу ном Рустамнинг отаси Золнинг (Фирдавсийнинг «Шоҳнома» достони қаҳрамони) лақаби бўлган. Форс-тожикча.
• Ё харфига исмлар угил болалар учун •
- Ёқуб — изидан борувчи, сабр-тоқатли, довюрак, жасур. Яҳудийча.
- Ёзнур — ёзда туғилган ўгилни умри равшан, нурли бўлсин. Арабча, ўзбекча.
- Ёрбек — беклар наслига мансуб бола. Оиладагиларига ҳамроҳ, йўлдош бўлиб ўссин. Форс-тожикча, ўзбекча.
- Ёрқин — ҳаёти (келажаги) порлоқ, нурга тўла бўлсин ёки меҳрли, шавкатли, мурувватли, самимий, кўнгли очиқ бола. Ўзбекча.
• Ж харфига исмлар угил болалар учун •
- Жавлон — чиройли ва шаҳдам қадамлар ташловчи, ҳаракатчан, чаққон, тезкор, жавлон урувчи, жўшиб тошувчи. Арабча.
- Жавохир — қимматбаҳо тошлар, зебу-зийнатлар эгаси, бой-бадавлат бўлсин ёки жавоҳир тошидек бебаҳо, қимматли маъносида. Арабча.
- Жалол — улуғ, буюк, кўркам. Арабча.
- Жалолиддин — диннинг улуғворлиги ёки диннинг юксак фарзанди. Арабча.
- Жамол — чиройли, нафосатли, ҳушрўй, кўркам бола. Эҳт: Жамол- туякаш, туяларни етакловчи. Арабча.
- Жамшид — улуғ, буюк, қудратли. Форс-тожикча.
- Жасур — довюрак, қурқмас, жасоратли. Арабча.
- Жахонгир — оламни бўйсундирувчи, фатҳ этувчи, ғолиб, музаффар. Форс-тожикча.
- Жўрабек — дустликни қадрловчи, улфат, жураларни беки, дўстлари, жўралари кўп бўлсин. Ўзбекча.
• З харфига исмлар угил болалар учун •
- Зафар — ғолиб, зафар қучувчи, ғалабага эришувчи, бахтли, саодатли, иқболи порлоқ, толеи баланд. Арабча.
- Зайниддин — диннинг кўрки, гўзал ҳусни бўлувчи бола. Арабча.
- Зайд — туҳфа, инъом ёки кўпайиш, қўшилиш. Арабча.
- Зойир — зиёратчи. Арабча.
- Зокир — Аллоҳни зикр қилувчи, Аллоҳга итоат қилувчи солиҳ банда. Арабча.
- Зиё — нурли, ёрқин ёки бахтли, толеи баланд. Шакиллари (Зиёвуддин, Зиёали, Зиёдуллоҳ). Арабча.
- Забир — маҳкам, мустаҳкам; тўсилган, ҳимоя қилинган; кучли, қудратли. Арабча.
- Зохид — диндор, иймону эътиқодли. Художўй, тақводор, тарки дунё қилган. Асли Зоҳидулла, Зоҳиддин. Арабча.
- Зохир — нурли, равшан, порлоқ, ёки кўмакчи, ёрдамчи, дастёр, суянчиқ, мададкор. Арабча.
- Зубайр — қудратли, ақлли, доно, идрокли, зеҳнли, бақувват, билагида кучи бор. Абу Абдуллоҳ аз-Зубайр ибн Аввам ал-Кураши (594 — 656) — пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) нинг амакиваччаси ( Сафия пайғамбарнинг холасининг ўғли) ва халифа Али, шунингдек Хадичанинг жияни.