Press "Enter" to skip to content

Butun dunyodagi mo‘ jizaviy kitob do‘konlari

II. Kitob mahsulotlari umumiy buyurtmasini shakllantirish, chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish

Kitoblar dunyosi do’koni

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

Amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ijtimoiy ahamiyatga molik kitoblarni, ayniqsa bolalar adabiyotlarini chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Matbuot va axborot agentligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Mo�iya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

Yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi.

Loyihada nashriyotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

kitob mahsulotlari chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning aniq shakl va mexanizmlarini belgilash;

ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarga grantlar ajratish, noshirlar va adiblarni moliyaviy rag‘batlantirish;

bolalar adabiyotiga ixtisoslashtirilgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlarni kafolatlash nazarda tutiladi.

Bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish, moddiy qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish.

Matbuot va axborot agentligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Bolalar adabiyotiga ixtisoslashtirilgan nashriyotlarni qo‘llab-quvvat�ash va rivojlantirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

Bolalar adabiyotini nashr qilishga ixtisoslashtirilgan nashriyotlarni aniqlash mezonlari belgilanadi va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yiladi.

II. Kitob mahsulotlari umumiy buyurtmasini shakllantirish, chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish

Aholining ilmiy-ma’rifiy, badiiy, ensiklopedik va bolalar adabiyotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida mamlakatimiz nashriyotlarida mavjud kitoblarning elektron katalogini yaratish va tizimli ravishda yangilab borish.

Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” NMAK,
“O‘zbekiston pochtasi” AJ, nashriyotlar

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Aholining kitob mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda qulaylik yaratiladi va chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va ularni pochta orqali kitobxonlarga yetkazib berish tizimi joriy etiladi.

Aholi, ayniqsa yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, intellektual saviyasini o‘stirish, ma’naviy olamini boyitishga oid ilmiy-ma’rifiy, badiiy adabiyotlar (jumladan, elektron shaklda) bo‘yicha umumiy buyurtmalar ro‘yxatini shakllantiruvchi ekspertlar guruhini tuzish.

Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Yozuvchilar uyushmasi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi,
Intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Ekspertlar guruhi nizomi tasdiqlanadi. Unda ijtimoiy so‘rovlar yordamida yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, intellektual saviyasini o‘stirishga oid adabiyotlar bo‘yicha umumiy buyurtmalar ro‘yxatini shakllantirish, nashriyotlarning mavzu rejalariga tegishli takliflar tayyorlash, tashkilot va muassasalarning “Ma’naviyat xonalari”, kutubxona va ta’lim muassasalarini yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan adabiyotlar bilan boyitish borasida xulosalar tayyorlanadi.

Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmalari berish, ularni ko‘p nusxada yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllan-tirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash.

Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Intellektual mulk agentligi

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga davlat buyurtmalari berish tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakatda kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlari ishlab chiqiladi.

Noshirlik-matbaa, axborot-kutubxona sohalariga oid davlat standartlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Har yili reja asosida

“O‘zstandart” agentligi,
Matbuot va axborot agentligi

Sohada tegishli standartlarni takomillashtirish bo‘yicha yillik ish rejalari.

Noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona sohalariga oid davlat standartlarini xalqaro standart normalari asosida takomillashtirish orqali sifatli kitob mahsulotlarini tayyorlashga hamda ularni xorijiy mamlakatlarga eksport qilishga erishiladi.

Mazmunan sayoz, axloq me’yorlari, milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini ko‘rish.

Matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasi,
Ichki ishlar vazirligi,
Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Nashriyotlar faoliyati bo‘yicha monitoring ishlari olib boriladi hamda ularni xatlovdan o‘tkazish, noqonuniy matbaa va noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlarini aniqlash orqali ularga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

Respublika kitob do‘konlari faoliyatini rag‘batlantirish choralarini amalga oshirish.

2017-yil oktyabr — dekabrdan boshlab har yili

Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi,
“Mahalla” fondi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

“Har bir shahar va qishloqda — zamonaviy kitob do‘koni” aksiyasi doirasida “Namunali kitob do‘koni” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

Kitob do‘konlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga namunali xizmat ko‘rsatish sifati oshiriladi hamda jamiyatda kitobning o‘rni va ahamiyati keng targ‘ib etiladi.

III. Axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, axborot-resurs markazlari hamda ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari, badiiy, ma’rifiy, dunyoqarashni kengaytiradigan ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

Ta’lim muassasalari, axborot- resurs markazlarining kutubxona fondi, kutubxonalar uchun badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan adabiyotlarni xarid qilish bo‘yicha zarur bo‘lgan moliyaviy manbalarni aniqlash va ular hisobidan ushbu muassasalarni kitoblar bilan ta�minlash choralarini ko‘rish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Ta’lim muassasalari, axborot-resurs markazlarining kutubxona fondi, kutubxonalarni badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan adabiyotlar bilan ta’minlash tartibi va me’yorlari to‘g‘risida nizom loyihasini hamda adabiyotlarni bosqichma-bosqich yetkazib berish jadvali ishlab chiqiladi.

Ta’lim va madaniyat muassasalari uchun adabiyotlar xarid qilish tizimini takomillashtirishga erishiladi.

O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining buyuk badiiy namunalarining audio variantlarini yaratish, sotuvga chiqarish hamda Internet tarmog‘iga joylashtirish, eng sara asarlarning Internet tarmog‘idagi yagona elektron bazasini yaratish hamda ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish masalalarini o‘rganish va aniq amaliy takliflar tayyorlash.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi, Intellektual mulk agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, nashriyotlar

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng sara namunalarini kitob tarzida chop etish va ularning elektron variantlarini keng kitobxonlarga taqdim etish, global Internet tarmog‘i, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali yosh avlodni adabiyotga mehr-muhabbat, milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning ahamiyatini oshirishga erishiladi.

Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Fanlar akademiyasi

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni.

Lotin alifbosida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun ilmiy-texnik adabiyotlar, shuningdek,
12 jilddan iborat “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”ning to‘ldirilgan nashrini, har yili qo‘shimcha ravishda “Ensiklopediya yilnoma”sini chop etish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda elektron o‘quv qurilmalari (eReader)ni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularga umumta’lim maktablari darsliklari va kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar uchun o‘quv adabiyotlarini joylashtirish, ularni imtiyozli narxlarda sotib olish mexanizmini tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi,
Matbuot va axborot agentligi, “O‘zstandart” agentligi

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni.

Elektron o‘quv qurilmalari (eReader)ni ishlab chiqarishni tashkil etish va amaliyotga joriy etish masalalari aks etadi.

Elektron o‘quv qurilmalarini amaliyotga joriy etish orqali umumta’lim maktablarida darsliklarning yetishmasligi muammosi hal etiladi hamda qog‘ozni tejash va uni import qilish hajmini kamaytirishga erishiladi.

Qo‘lyozma va kitoblarni taqriz qilish, nashriyotlarning mavzu rejalarini ishlab chiqishda Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi badiiy kengashlar bilan nashriyotlarning yaqin hamkorligini tashkil etish.

Yozuvchilar uyushmasi,
Matbuot va axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Sermazmun va badiiy jihatdan yuqori saviyadagi adabiyotlar nashr etilishiga ko‘maklashish, barcha janrlardagi adabiy-badiiy hamda publitsistik asarlarning badiiy yetukligini ta’minlash, umuminsoniy qadriyatlarga, ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri kelmaydigan kitoblar nashr etilishining oldini olishga erishiladi.

Mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalariga yoshlarni faol jalb etish borasidagi tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Axborot-kutubxona muassasalarida “Kitobxonlar klubi”ni tashkil etish.

Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatadigan kitob ko‘rgazmalari, yoshlar bilan suhbatlar, yangi nashrlar taqdimotlarini tashkil etish orqali aholini jahon adabiyotining tarjima qilingan eng yaxshi namun�lari bilan tanishtirish, axborot madaniyati va zamonaviy mutolaa madaniyatini va fikrlash saviyasini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy faol yoshlarni ko‘ngillilar harakatiga jalb etish, kutubxonachi va targ‘ibotchilar orasida turli tanlovlar o‘tkazish masalalari qamrab olinadi.

Axborot-kutubxona muassasalarini Respublika, mahalliy vaqtli nashrlari, badiiy adabiyotlar bilan doimiy to‘ldirib borish borasida respublika nashriyotlari hamkorligini takomillashtirish.

Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Axborot-kutubxona muassasalari fondlarini ta’minlashning markazlashtirilgan tizimini tashkil etish borasida kutubxona kollektori bilan ishlash bo‘yicha markazlashtirilgan axborot tizimi takomillashadi va nashriyotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni ta’minlash.

Matbuot va axborot agentligi, Axborot-kutubxona markazlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Loyihani amalga oshir�sh orqali aholi va kitobxonlar uchun barcha turdagi axborot-kutubxona resurslari, ularning joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shu bilan birga, elektron axborot-kutubxona resurslaridan istalgan joyda turib foydalanish uchun sharoitlar yaratiladi.

Qishloq aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish choralari to‘g‘risida tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash.

Matbuot va axborot agentligi, Axborot-kutubxona markazlari, Moliya vazirligi,
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni.

Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan aholining kitobga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida badiiy, ilmiy, ma’rifiy kitoblar bilan ta’minlangan va zamonaviy elektron uskunalar bilan jihozlangan “Bibliobus”lar tashkil etgan holda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent shahridagi “Bilim”, Toshkent viloyatidagi “Turon” axborot-kutubxona markazlari uchun yangi bino ajratish hamda Samarqand, Andijon, Xorazm axborot-kutubxona muassasalari binolarini kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon, Xorazm viloyatlari hokimliklari

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Aholiga kutubxona xizmatini ko‘rsatish sifatini oshirishga erishiladi hamda fondlardagi resurslarni tegishli tarzda saqlash uchun sharoitlar yaratiladi.

Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va o‘qish imkoniyatini yaratish.

Matbuot va axborot agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Jamoat joylarida, vokzallar va aeroportlarning kutish zallarida, avtobus bekatlarida QR-kodlar (shtrix kodlar) yopishtirilgan kutubxona tablolarini joylashtirish orqali yoshlarning kitoblarni zamonaviy mobil qurilmalarida o‘qishi va elektron nusxalarini yuklab olishi uchun imkon yaratiladi.

Elektron turdagi axborot-kutubxona resurslarini ko‘paytirish va ulardan Internet tarmog‘i orqali foydalanish dasturini ishlab chiqish.

Matbuot va axborot agentligi,Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

“Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi bo‘yicha yaratiladigan elektron nusxalar hamda multimedia mahsulotlaridan masofadan turib foydalanish uchun sharoitlar yaratiladi.

“Infolib Uzbekistan” milliy axborot-kutubxona haftaligini tashkil etish va o‘tkazish.

Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

Ijrochilarning qo‘shma qarori.

Haftalik doirasida turli mavzularda onlayn konferensiyalar tashkil etish orqali aholi, ayniqsa, yosh avlodning kutubxona xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan o‘zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish.

Xalq ta’limi vazirligi,O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Ijrochilar vakillaridan iborat komissiyaning ish rejasi.

Ta’lim muassasalari o‘quvchilariga tavsiya etilgan adabiyotlar qayta xatlovdan o‘tkaziladi. O‘quvchilarning yosh xususiyatidan kelib chiqib, sinfdan tashqari o‘qishi uchun adabiyotlarning yangilangan ro‘yxati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

IV. Noshirlar, matbaachilar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish

Axborot-kutubxona kadrlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini ishlab chiqish.

Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

Ijrochilarning tadbirlar rejasi.

“Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” nominatsiyasi uchun milliy kasbiy tanlovni tashkil etish, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor o‘quv seminarlarini tashkil qilish, yetakchi milliy, jumladan, chet el kutubxonalarida malaka oshirishni tashkil etish tadbirlari nazarda tutiladi.

Noshirlar va matbaa xodimlari malakasini oshirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Ijrochilarning qo‘shma qarori va dasturi.

Kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirishning qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish, milliy va xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda davra suhbatlari, seminar va konferensiyalar o‘tkazish, o‘quv qo‘llanmalari yaratish orqali noshir va matbaa xodimlarining malakasi oshiriladi. Chop etilayotgan kitob mahsulotlari sifati yaxshilanadi.

Noshirlar va matbaachilarni rag‘batlantirish choralarini belgilash.

Matbuot va axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

“Yoshlarning eng sevimli kitobi”, “Yilning eng yaxshi kitobi” kabi respublika ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan ijrochilarning qo‘shma qarori.

V. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish

Aholi, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va adabiy merosni keng targ‘ib qilish, muallif va noshirlarni ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan choralarni belgilash.

Matbuot va axborot agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni.

“Yoshlarning ma’naviy olamini shakllantirishda kutubxonalar o‘rni”, “O‘zbek milliy-madaniy merosini targ‘ib etishda kutubxonalarning o‘rni” mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar, “Kitob bayrami”, “Bolalar kitobi” respublika festivali, “Yoshlarning eng sevimli kitobi”, “Yilning eng yaxshi kitobi” respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofotining adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha sovrindorlarining ijod namunalarini targ‘ib qilish.

Mamlakatimizdagi yetakchi adabiy-badiiy, ijtimoiy-ma’rifiy davriy bosma nashrlarda milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz namunalarini keng targ‘ib qilishni tizimli amalga oshirish.

Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Kitob dunyosi”, “Sharq ziyosi”, “Oila davrasida” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Tafakkur”, “Ma’naviy hayot”, “Yoshlik” jurnallari

Markaziy nashriyotlarda chop etilgan yangi nashrlar bilan tanishtirish, ular haqida yozuvchilar, adabiy tanqidchilar va kitobxonlarning fikr-mulohazalarini yoritib borish orqali aholida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shiladi.

“Ma’naviyat va milliy qadriyatlar targ‘ibotida adib va noshir mas’uliyati hamda kitobning o‘rni” mavzusida turkum maqolalar e’lon qilib boriladi.

“Madaniyat va ma’rifat” telekanalida kitobxonlik, kitob o‘qish va kitob mutolaasi madaniyatini oshirish hamda yangi nashrdan chiqqan badiiy adabiyotlar muhokamasiga yo‘naltirilgan tok-shou tashkil etish.

Milliy teleradiokompaniya, Yozuvchilar uyushmasi,
Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Sharq” NMAK

Ijrochilarning qo‘shma media-rejasi.

Tok-shoularda aholining kitobxonlik, kitob o‘qish madaniyatini oshirish, shuningdek badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda tarixiy kitoblar va ma’naviy-badiiy jihatdan yuksak saviyadagi adabiyotlarning aholi o‘rtasida keng targ‘iboti yo‘lga qo‘yiladi.

Elektron ommaviy axborot vositalarida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bu kitoblarning targ‘ibot-tashviqotini olib borishni izchil yo‘lga qo‘yish.

Elektron ommaviy vositalari milliy assotsiatsiyasi,
Milliy teleradiokompaniya, Yozuvchilar uyushmasi,
Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Sharq” NMAK

Ijrochilarning qo‘shma media-rejasi.

Turli mavzularga oid sovrinli intellektual televiktorinalar orqali yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan adabiyotlar targ‘iboti tizimli yo‘lga qo‘yiladi va qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashga berilayotgan e’tibor jamoatchilikka yetkaziladi.

Ta’lim, axborot kutubxona muassasalari, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” fondi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Ijrochilarning qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan amaliy reja.

Respublika ta’lim muassasalari va axborot-resurs markazlarida “Yoshlar dunyosida kitobning o‘rni” tadbirlar rejasiga muvofiq xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan kitoblar targ‘iboti, yoshlarning bir-biriga kitob sovg‘a qilishlarini keng ommalashtirish, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha muhokama olib boriladi.

Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalarining mutolaa madaniyati va kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.

Xalq ta’limi vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Matbuot va axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Ijrochilarning qo‘shma qarori va amaliy rejasi.

“Kitobim — oftobim” tadbirlar rejasiga muvofiq bolalarning kitob mutolaasi ko‘nikmalarini shakllantirish, ota-onalarga farzandlarining kitob o‘qishga mehr qo‘yishga doir tavsiyalar berib boriladi.

Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalarining mutolaa madaniyati va kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika ta’lim markazi, Respublika bolalar kutubxonasi

Ijrochilarning chora-tadbirlar rejasi.

Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi va seminar-treninglar o‘tkazib boriladi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida kutubxonalar (kitoblar burchagi) tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish.

“Mahalla” fondi, Matbuot va axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni.

Mahalla fuqarolar yig‘inlarida kutubxonalar (kitoblar burchagi)ni tashkil etish va ular faoliyatini yuritish tartibi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga mutolaa qilingan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot to‘garaklarini tashkil etish va faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini qayta ko‘rib chiqish.

2017-yil sentyabr — 2018-yil may

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni.

Ta’lim muassasalarida har o‘quv yilida “Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” kabi mavzularda insholar tanlovi tashkil etiladi va g‘oliblar moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

Hududlarda yozuvchilar, shoirlar va olimlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalarini targ‘ib qilish.

Yozuvchilar uyushmasi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Madaniyat vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Mudofaa vazirligi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” fondi, Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni.

Hududlarda kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalarini targ‘ib qilish, jumladan nashriyotlar, kitobxonlar hamda kutubxonachi va targ‘ibotchilar orasida “Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla” “Eng kitobxon oila”, “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, “Yilning eng yaxshi audio kitobi”, “Yilning eng yaxshi elektron kitobi” kabi tanlovlar o‘tkazish haqidagi nizom tasdiqlanadi.

Noshirlar va muallif adiblarni erishgan yutuqlaridan kelib chiqib, doimiy moliyaviy rag‘batlantirish tizimi shakllanadi.

Butun dunyodagi mo‘’jizaviy kitob do‘konlari

Kitob sayohat qilishdan qolishmaydi. Aslida kitob – sayohat demak, chunki u kitobxonni vaqt va makonning istalgan nuqtasiga olib borishga qodir. Dunyoning eng yaxshi kitob do‘konlari esa nafaqat ko‘p miqdordagi kitoblar bilan savdo qiladi, balki arxitekturaning tarixiy qimmatga ega namunasi, shuningdek, bibliofillar boshqaradigan adabiy madaniyatning xazinasi hamdir.

Sayyoraning turli nuqtalarida joylashgan, adabiyotning har bir muxlisi tashrif buyurishi lozim bo‘lgan, kishida katta taassurot qoldiradigan 26 ta kitob do‘konlarini e’tiboringizga havola etamiz.

El Ateneo, Buenos-Ayres, Argentina

Shakespeare and Company, Parij, Fransiya

Parnassus Books, Neshvill, Tennessi, AQSh

Cook & Book, Bryussel, Belgiya

Libreria Acqua Alta, Venetsiya, Italiya

The Mysterious Bookshop, Nyu-York, AQSh

Cafebreria El Pendulo, Mexiko, Meksika

Boekhandel Selexyz Dominicanen, Maastrixt, Niderlandiya

BookCourt, Nyu-York, AQSh

Livraria Lello Porto, Portu, Portugaliya

The Last Bookstore, Los-Anjyeles, AQSh

Ler Devagar, Lissabon, Portugaliya

Powellʼs Books, Portlend, AQSh

Atlantis Books, Santorini, Gretsiya

Livraria da Vila, San-Paulu, Braziliya

The Bookworm, Pekin, Xitoy

Books & Books, Koral-Geybls, AQSh

Strand Book Store, Nyu-York, AQSh

Politics & Prose, Vashington, AQSh

Bartʼs Books, Oxay, AQSh

Barter Books, Alnvik ( shuningdek, Alnik), Buyuk Britaniya

Sefer Ve Sefel, Quddus, Isroil

Prairie Lights, Ayova-Siti, AQSh

John K. King Used And Rare Books, Detroyt, AQSh

Boulder Books, Boulder, AQSh

Foyles Bookshop, London, Angliya

Toshkentda mobil konstruksiyali ko`chma kitob do`konlari o`rnatilmoqda

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tashabbusi bilan respublika hududlarida hamyonbop narxda savdo yuritiluvchi ixcham kitob do`konlari o`rnatiladi. Birinchi bosqichda Toshkent shahrining 20 ta bozorida shunday turdagi kitob do`konlarini joylashtirish rejalashtirilgan. Bu haqda O`zMAAning «Telegram»dagi rasmiy kanalida xabar berilgan.

Aytilishicha, ularda 2500 tagacha kitob joylashtiriladi. Do`konlar haftada 6 kun, soat 9:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Savdolar naqd, terminal, shartnoma asosida amalga oshiriladi. Do`konda kitobdan tashqari 200 turdan ortiq davriy matbuot nashrlarini o`z ichiga olgan savdo burchagi tashkil etiladi.

“O`zdavkitobsavdota`minot” mas`uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida yo`lga qo`yilgan ushbu loyihaning afzalligi uning mobil konstruksiyasidir. Bu do`konni istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko`chirish va yig`ish mumkin.

Umumxalq bayramlari, ommaviy tadbirlar o`tkaziladigan sayilgohlar va aholi gavjum bo`lgan boshqa joylarda hududiy hokimlik vakillari bilan kelishilgan holda o`rnatiladi.

“Kitob do`koni ko`chma bo`lgani sababli erga egalik huquqi berilmaydi va kadastr hujjatlari talab qilinmaydi, – deydi “O`zdavkitobsavdota`minot” MChJ direktori Shahzod Nazarov. – Soliq organlaridan ro`yxatdan o`tkazilib, kassa apparatlari va terminallar o`rnatiladi, xolos”.

Poytaxtning har bir tumanida va viloyat markazlarida – jami 250 ta do`kon joylashtiriladi. Shundan 50 tasi 2019 yil oxiriga qadar o`rnatiladi. Hozir Shayxontohur tumanida (“O`zbekiston” nashriyoti oldida) va Olmazor tumanida (Tansiqboev bozori qarshisida) namunaviy turdagi do`konlar faoliyat olib bormoqda.

Zamonaviy dizaynga ega mazkur do`kon peshtaxtalaridan davlat va xususiy nashriyotlarda chop etilgan, davlat standartlariga javob beradigan, saviyali va mazmunli kitoblar o`rin oladi.