Press "Enter" to skip to content

Shavkat Mirziyoyev kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida farmoyish imzoladi

Аннотация. В данной статье описывается культура чтения, которая играет несравнимую роль в духовно-воспитательном и общественно-политическом развитии молодежи нашей страны и влияет на будущее общества.

KITOBXONLIK MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — L. Jo‘Raboyeva

Mazkur maqolada, mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy jixatdan kamol topishida beqiyos o‘rin tutadigan hamda jamiyat kelajagiga ta’sir ko‘rsatadigan kitobxonlik madaniyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям , автор научной работы — L. Jo‘Raboyeva

OILADA BOLANI KITOBGA QIZIQTIRISHNING YO‘LIARI VA VOSITALARI
O’quvchilarning kitobxonlik madanyatini shakllantirish

Ta’lim muassasalarida va o’zbek oilalarida bolalar ma’naviyatini shakllantirishda kitobxonlikning o’rni

BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MADANIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKDAN FOYDALANISH

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI OILADA KITOBXONLIKKA O’RGATISH TEXNOLOGIYASI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIBRARY CULTURE

This article describes the culture of reading, which plays an incomparable role in the spiritual-educational and social-political development of the youth of our country and affects the future of society .

Текст научной работы на тему «KITOBXONLIK MADANIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KITOBXONLIK MADANIYATI Jo’raboyeva Laylo Maxmayusupovna

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Axborot Resurslar Markazi xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.7264447

Annotatsiya. Mazkur maqolada, mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy jixatdan kamol topishida beqiyos o’rin tutadigan hamda jamiyat kelajagiga ta’sir ko’rsatadigan kitobxonlik madaniyati yoritilgan.

Kalit so’zlar: kitobxonlik madaniyati, jamiyat, yoshlar, Vatan, ma’naviyat.

Аннотация. В данной статье описывается культура чтения, которая играет несравнимую роль в духовно-воспитательном и общественно-политическом развитии молодежи нашей страны и влияет на будущее общества.

Ключевые слова: читательская культура, общество, молодежь, Родина, духовность.

Abstract. This article describes the culture of reading, which plays an incomparable role in the spiritual-educational and social-political development of the youth of our country and affects the future of society.

Key words: reading culture, society, youth, Motherland, spirituality.

Bugungi globallashuv davrida, mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy-intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanimiz va xalqimizga muxabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan mamlakatimiz prizidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish to’g’risida”gi PQ-32-71-son qarori asosida, yurtimizning barcha talim dargohlarida hamda ta’lim sohasiga tegishli bo’lgan dargohlarda, kitobxonlikni rivojlantirish borasida bir qancha chora tadbirlar amalga oshirib borilmoqda. Biz buning misolini dastlab, yurtimiz yoshlarini kitobxonlikka jalb qilish ularning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish maqsadida, kitobxonlik bo’yicha tanlovlar otkazishni va unga jalb qilish ishlarini amalga oshirilayotgani buning yaqqol dalilidir. Prezidentimizning “bugun bitta kitob o’qigan bola, ertaga o’nta televizor korib o’tirgan bolani boshqaradi” deb ta’kidlagan so’zlari yoshlarga qaratilayotgan e’tibor naqadar kuchli ekanligini ko’rsatadi. Bu so’zlarning zamirida esa kitobning qay darajada yoshlar ongiga va tafakkuriga ijobiy ta’siri yuqori ekanligi bilan birga ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishi va yuksaklarga eltuvchi kuch ekanligini anglashimiz mumkin.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Kitobxonlik madaniyatini dastlab yoshlar miqyosida shakillantirish muhim ahamyatga egadir. Jamiyat va millatning rivojlanishi, taraqqiy etish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bilimli, ma’naviyatli va ma’rifatli yoshlarining jamiyat yuksalishidagi o’rni beqiyos. Bu kabi yoshlarni barkamol etib tarbiyalovchi asosiy omillardan biri-mutolaa qilish vositasi ya’ni kitob hisoblangan. Bizni yerdan ko’kka ko’taradigan, barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yorug’lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravishda ajratish va anglatishga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot ham bu-kitobdir. Buning yaqqol misoli, Allohning kalomi bo’lmish Qur’oni karim ham kitob shaklida yer yuziga tushurilganida ko’rsak ham kitob har doim insonni komillikka va yaxshilikka yetaklashishini ko’ramiz.

Kitob insonni ulug’laydi, Vatanni sevish, insonparvarlik va Vatanparvarlik kabi yuksak ruhiyatni shakillanishiga yordam beradi.

Kitob mutolaasi orqali o’zi yashab turgan hayotga shukronalik hissi bilan qarash, boshqalarga mehr-muruvvatli va xushmuomala bo’lish, atrofdagi insonlarga yaxshilik ulashish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalaydi. Kitobning inson hayotidagi ahamiyati beqiyos bo’lib, u inson umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’stdir.

Biz eng avvalo bolalarimizga yoshligidan boshlab o’zbek xalq ertaklaridan so’zlab berishimiz orqali ularda, mehnatsevarlik, samimiylik, mehmondo’stlik kabi insoniy fazilatlarni hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat va ehtirom kabi tushunchalarni kamol topishiga yordam beramiz. Bundan tashqari, buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy, Forobiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Niyoziy, Yusuf Xos Xojib, Jaloliddin Rumiy kabi mutafakkirlarimiz bilan tanishtiramiz orqali esa ularning tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan fikrlarini, milliy ruhini va milliy g’urur kabi yuksak fazilatga ega bo’lgan tushunchalarni anglashiga yordam beramiz.

Respublikamiz Prezidenti ham yosh avlod ta’lim-tarbiyasida kitobning o’rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab,”Ayni vaqtda axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do’st bo’lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi”, aytgan fikrlari fikrimizning dalilidir.

Shuningdek, biz ajdodlarimiz merosiga, urf odatlarimiz va qadryatlarimizga nazar soladigan bo’lsak, ular ichida eng qadimiy va noyob sanaladigan buyuk me’ros bu – kitobdir. Ayniqsa kitob meros va urf odatlarimizni o’zida mujassamlashtiradigan, insonlarni ezgulikka chorlaydigan noyob bilim manbai hisoblanadi.

Kitobga qiziqish, kitob haqidagi tasavvurlar, insonga o’yin faoliyatidan boshlab singdirib boriladi. Dastlab ularga ota-onalar tomonidan qisqa mazmunda ertaklar o’qib berish orqali, badiiy obrazlar go’zalligini his etib tarbiyalanib boradi. Ana shu dastlabki uchrashuv bolaning o’quvchilik davrdagi ma’naviy hayotining barcha sohalari, yani mehnat, o’yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog’liq bo’lib bola hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Demak, bolani kitobga qiziqtirish unda kitobxonlikni shakllantirish dastlab oiladan boshlanar ekan. Ota-ona bolaga qiziqarli uni hayolot olamiga yetaklaydigan ertak va rivoyatlarni mutolaa qilib berar ekan, bolada mardlik, jasurlik, irodalilik, birdamlilik, hamjihatlik, mehr va muxabbat, ezgulik xislatlari mukammal shakillanib boradi. Bu jarayon esa bolaga ota-ona tomonidan maktabga ilk qadam qo’ygunicha davom ettirilib, boshlang’ich sinfga kelgandan keyin esa o’zi kitoblarni mutolaa qilishga harakat qila boshlaydi. Bu esa yoshlarda katta hayot oldidan dastlabki to’g’ri qadam bo’lib xizmat qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Kitob o’qishga qiziqtirishda ota-ona eng dastlabki fundament bo’lib, bolaga maktabgacha bo’lgan davrda, bolaning qiziqishlariga qarab kitobni o’qib berib unga mehr uyg’otsa, kitobning nima ekanligini, uning sir-sinoatlari haqida malumot bersa, bolaning kitobga qiziqishi kenggayib kitob o’qishga ishtiyoqi shakllanib boradi

Biz o’z farzandlarimizni kitoblar olamiga olib kirishimiz uchun ularda dastlab kitobga bo’lgan muhabbatni uyg’otishimiz kerak. Buning uchun esa farzandlarimizga qanday kitob harid qilishimizga borib taqaladi. Kitob harid qilishimizda quyidagi tamoyillarga rioya qiladigan bo’lsak biz o’z maqsadimizga erisha olamiz:

❖ Kitobning, kitob o’qidigan bolaning yoshiga mos kelishi;

❖ Kitobni bolaning xarakteriga mos kelishi;

❖ Kitobning, bola qobilyatiga taalluqliligi, qiziqishni shakillantirishga yo’nalishi bilan ma’lum kasbga yo’nalganligi;

❖ Kitobning mazmuniga ahamyat berish;

❖ Kitobning qanday tilda yozilganligi;

❖ Kitobning hajmi va ko’rinishi;

Bular kitob egasining kitobga bo’lgan qiziqishini uyg’otishdagi eng asosiyomillar desak adashmagan bo’lamiz. Biz alohida ta’kidlashimiz joizki o’z farzandlarimizni qanday kitoblar mutolaasi bilan shug’ullanayotgani bilan ham qiziqib borishimiz darkor. Hozirgi kunda axborot dunyosi va internet tizimidagi kitoblarning son sanog’i yo’qligi bizni bir tarafdan ogoh bo’lishimizni talab etadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi yoshlar onggiga qaratilgan tahdid ko’rinishidagi maxsus tayyorlangan kitoblar bizni sergaklikka chorledi. Biz o’z farzandlarimizni qanday kitob mutolaasi bilan shug’ullanayotganini tekshirishimiz bilan birga bu kitoblarning chop etigan nashriyoti, zarur bo’lganda esa kitob muallifini ham tekshirib borishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bir qator tavsiyalar, pedagogik va psixologik jarayonlarda kechadi, buni har bir ota-ona kitob tanlashda e’tiborga olishi va ahamiyat berishini talab etadi. Bola yoshi ulg’aygan sari uning dunyoqarashi ham kengayadi.

Shubhasiz, insoniyat umri davomida o’z ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ham ma’naviy ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, aslo yo’qolmaydi.

Ma’naviy qashshoqlik va ma’naviy tanazzul jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Ma’naviyati yuksak va barkamol jamiyat esa davlat taraqqiyotiga asosiy poydevor bo’lib qolaveradi.

1. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.: «G’afur G’ulom», 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida. Xalq so’zi, 2017 yil 14 sentiyabr. – № 184.

3. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati / O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. _- T.: G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2016. – 448 b._

Shavkat Mirziyoyev kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida farmoyish imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida» farmoyish imzoladi. Bu haqda “O‘zA”ga asoslanib “Daryo” xabar berdi.

«Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga etkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan ettita tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda», — deyiladi farmoyishda.

«Shu bilan birga, ushbu muhim soha rivoji bilan bog‘liq aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator muammolar mavjudligini qayd etish lozim.

Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining etuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagan.

Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda etkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga etkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan», — deya kamchiliklarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli takliflarni tayyorlash maqsadida kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi.

Ishchi guruh (A.Aripov)ga bir oy muddatda soha mutaxassislari va ekspertlarini keng jalb qilgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib, quyidagi masalalarni atroflicha o‘rganish va chuqur tahlil qilish asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi:

— aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rganish, shu jumladan, ijtimoiy so‘rovlar orqali aniqlash, nashriyotlar tomonidan chiqariladigan badiiy, ma’rifiy, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning (shu jumladan, elektron shaklda) umumiy buyurtma ro‘yxatini shakllantirish tizimining holati;

— kitoblarni chop etish hamda aholiga etkazib berishni o‘z ichiga olgan boshqaruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlarining tanqidiy tahlili;

— noshirlar va adiblarni moliyaviy rag‘batlantirish, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, matbaa korxonalari va nashriyotlarga kitob ishlab chiqarish uchun sifatli qog‘oz va matbaa xom ashyolarini chetdan xarid qilish tartibini takomillashtirish;

— kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish;

— ixtisoslashgan kitob do‘konlari uchun viloyat, tuman markazlari va shaharlarda hamda qishloqlarda aholi gavjum va qulay hududlardan joy ajratish yoki ijaraga berish masalalarini qayta ko‘rib chiqish, sotuv aylanmasida kitob ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarini alohida statistik hisobga olish va ularga tegishli soliq imtiyozlari qo‘llash;

— mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatishi zarurligidan kelib chiqib, ularning viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha joylashish va bo‘ysunish tartibini qayta ko‘rib chiqish, faoliyati hamda o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;

— axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini shakllantirishda o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ro‘yxatini hamda ularni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar smetasini qayta ko‘rib chiqish;

— chop etilayotgan kitoblarni aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, jumladan, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali orqali targ‘ib qilish, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish;

— ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan o‘zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot to‘garaklari faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini qayta qo‘rib chiqish;

— hududlarda yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kutubxonachi va targ‘ibotchilar orasida tanlovlar («Yilning eng yaxshi kitobi», «Eng yaxshi kitobxon oila», «Yilning eng yaxshi bolalar kitobi», «Yilning eng yaxshi audio kitobi», «Yilning eng yaxshi elektron kitobi» kabi) o‘tkazish tizimini takomillashtirish.

Ishchi guruh (A.Aripov) ikki oy muddatda mutasaddi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, matbuot va axborot hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli davlat organini belgilash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini rivojlantirishni inobatga olgan holda tegishli kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring