Press "Enter" to skip to content

Kiyim

Allso.uz sayti – bu O‘zbekistonning kiyim-kechak va poyabzal sotishga ixtisoslashgan yetakchi savdo kompaniyalarini birlashtirgan savdo maydonchasi. Ushbu bo‘limda siz kiyimlarni chegirma bilan sotib olishingiz, shuningdek, sifatli va arzon poyabzallarni tanlashingiz mumkin.

Toshkentda kiyimlarni chegirma bilan xarid qilish

Derazadan tashqarida loy, qor, qahraton yoki jazirama, lekin shoshilinch muhim uchrashuvga, ishga yoki boshqa maqsadda kiyim va poyabzal sotib olish uchun bozorga borishingiz zarur bo‘lib qoldimi? Yoki bolangizga kiyim sotib olmoqchimisiz? Nima bo‘lganda ham, uydan umuman chiqqingiz kelmayapti. Bundan tashqari, shopping uchun har doim ham vaqt topilavermaydi. Aytgancha, o‘zingizga mos bluzka, poyabzal yoki ko‘ylakni topish qiyin bo‘lishi, buning ustiga, uzoq va har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin. Bunga kiyim kiyib ko‘rish vaqtini qo‘shing va qarabsizki, bir kuningizni yo‘qotdingiz.
Xo‘sh, nima qilish mumkin?

Toshkentda arzon kiyim-kechak sotib olish mumkinmi? Albatta

Allso.uz sayti – bu O‘zbekistonning kiyim-kechak va poyabzal sotishga ixtisoslashgan yetakchi savdo kompaniyalarini birlashtirgan savdo maydonchasi. Ushbu bo‘limda siz kiyimlarni chegirma bilan sotib olishingiz, shuningdek, sifatli va arzon poyabzallarni tanlashingiz mumkin.

Sizningcha, ommaviy sotuv (rasprodaja) va chegirmalar faqat xaridorlarni jalb qilish uchun qilinadimi? Ha, siz qisman haqsiz. Ammo ommaviy sotuvlardan asosiy maqsad yangi, zamonaviy kiyimlar to‘plami kelguniga qadar omborxonani bo‘shatishdir, shuning uchun do‘konlarda chegirmalarning aksariyati mavsum oxirida bo‘ladi. Katta do‘konlarda chegirmalar xizmat ko‘rsatish faoliyatining uzviy qismidir. Muvaffaqiyatli savdo nuqtalari mavsum yangiliklarini doimiy ravishda kuzatishi va o‘z assortimentini to‘ldirib borishi shart. Shu bois chegirmalar haqiqatan mavjud bo‘lgan va o‘zini oqlaydigan holatdir.

Toshkentda kiyim-kechak va poyabzallarni chegirma bilan qanday xarid qilish mumkin?

Xaridlaringizni iloji boricha foydali va qiziqarli qilish uchun «Eng yaxshi taklif» maxsus bo‘limi yaratildi. Unga imkon qadar tez-tez tashrif buyuring va kiyimlaringizni eng arzon narxlarda yangilang. Shuningdek, ushbu bo‘lim tezda yangi kiyim yoki poyabzal sotib olishi zarur bo‘lgan, ammo mablag‘i sezilarli darajada cheklanganlar uchun asqotadi.

Bizning do‘konda chegirmalar miqdori 80% gacha yetishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, deylik, 1 000 000 so‘mlik brend poyabzalni 5 baravar (!) arzonroqqa sotib olishingiz mumkin. Allso.uz saytidagi chegirmalarning o‘rtacha miqdori 30–60% atrofida. Bu bizdan yuqori sifatli kiyimlarni kamida yarim narxga sotib olishingiz mumkin degani!

Allso.uz katalogining qo‘shimcha afzalligi shundaki, barcha chegirmali mahsulotlar bitta bo‘limda to‘plangan. Bu sizga nafaqat pulingizni, balki qimmatli vaqtingizni ham tejashga yordam beradi. Siz tejamli xaridlarni yoqtirasizmi? Unda saytga kiring va to‘ppa-to‘g‘ri «Eng yaxshi taklif» bo‘limiga o‘ting!
Taklif qilinayotgan mahsulotlar ichida sizning shkafingizni bezashga loyiq narsa yo‘q bo‘lsa, aslo tashvishlanmang. Ehtimol, u bu bo‘limda ertaga yoki yangi mavsum kelishi bilan paydo bo‘lib qolar!

allso.uz: nega biz bilan bo‘lish qulay?

Siz har doim bizdan chegirma bilan, arzonlashtirilgan narxdagi kiyim-kechak va poyabzallarni sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, bizning platformamizda taqdim etilgan do‘konlarda nafaqat o‘zi olib ketish, balki shaharning kerakli nuqtasiga yetkazib berish xizmati ham bor, ya’ni endi do‘konga borishingiz shart emas.

To‘lov usullarining keng doirasi mavjud. Bizning sheriklarimiz to‘lov uchun naqd pul va plastik kartalarni qabul qilishadi.

Diqqat: to‘lov va yetkazib berish usullari, shuningdek o‘lchamlarni yetkazib beruvchidan aniqlashtirib oling. Agar to‘lov usuli yoki bepul yetkazib berishning mavjudligi siz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, barcha kerakli ma’lumotlarni oldindan bilib olish tavsiya etiladi.

Hamkorlarimizning bazasi doimiy ravishda kengayib bormoqda. Shuning uchun, hatto chegirmali tovarlar bo‘limida ham siz doimo o‘zingizga keraklisini topasiz!
Savdo maydonchamizning boshqa internet-do‘konlardan farqli jihati va ustunligi shundaki, boshqa tarmoqlar chegirmalarni vaqti-vaqti bilan tashkil qiladi. Allso.uz saytida esa bunday takliflar doim amal qiladi.

Dolzarb takliflardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Mahsulotlar

Kiyim va libos, ular o‘rtasida qanday farq bor?

O‘zbek xalqi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan boy madaniyatga ega. Madaniyat o‘zida moddiy va ma’naviy boyliklarni mujassam etadi. Moddiy madaniyat inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, uning qobiliyatlari va ijodkorligining natijasi sifatida inson tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarni o‘zida namoyon etadi. Ma’naviy madaniyat esa bilim, estetik qadriyatlar, xulq-atvor normalari, dunyoqarash, axloq, diniy e’tiqodimiz, an’analarimizni qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning bir ko‘rinishi sifatida milliy liboslar shu qadar ko‘p qirrali va noyob hodisa bo‘lib, u xalqning etnik tarixi va madaniyatini, o‘ziga xos estetik qarashlari, didi va an’analarini o‘zida aks ettiradi. Til madaniyati, xalq og‘zaki ijodi, an’ana va urf-odatlar bilan birga milliy liboslar ma’lum bir millatning muayyan hayot tarzi haqida e’tiborli ma’lumotlar beradi.

An’anaviy milliy liboslar o‘ziga xos belgi, timsol sifatida ma’lum bir ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bular amaliy, utilitar, estetik, yosh, ijtimoiy-jins (turmushga chiqqan ayol libosi) va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan axloqiy funksiya, shuningdek, bayramona libos, marosimlar uchun, kasbiga bog‘liq bo‘lgan, diniy liboslarni ajratib ko‘rsatadi (Богатырев П.Г. Вопросы теории народного искусства. М.: Искусство, 1971. 544 с.). Liboslarda inson yashagan joy va zamon, uning hayoti, turmushidagi quvonchli yoxud qayg‘uli kunlari aks etadi. Milliy liboslar muayyan madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi ijtimoiy belgi sifatida madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va moslashuvchanligini ta’minlaydi, va shu bilan birga, turli davrlarda turli etnik guruhlarning madaniyatlar muloqotini amalga oshiruvida vositachi bo‘lib, ushbu madaniyat uchun muhim bo‘lgan muayyan axborot assimilyatsiyasini tashkil qiladi.

Kiyim va libos tushunchalari mazmun-mohiyati jihatdan bir-biri bilan mushtarak ko‘rinsa-da, ushbu tushunchalar o‘rtasida birmuncha farqlar ham mavjud. Kiyim deganda, avvalo, inson tanasining turli qismlarini berkitish uchun zarur bo‘lgan, uni tashqi muhitning turli ta’sirlaridan himoyalaydigan buyumlar tushuniladi. Kiyimning qator turlari mavjud. Bular: ichki kiyim, ustki kiyim, turli uzunlikdagi paypoqlar, poyabzal, bosh kiyimlari. Mana shu predmetlar turli vazifalarni bajaruvchi aksessurarlar, bezaklar, soch turmagi, pardoz bilan birga libosni tashkil etadi. Libos yaxlit kompozitsiyadir. Aynan libos insonning ijtimoiy kelib chiqishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, yoshi, jinsi, xarakteri va estetik didini namoyon etadi (Liboslar tarixi. D.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Ataxanova// http://milliycha.uz/kr/liboslar-tarixi/).

Xalqimizning yorqin va o‘ziga xos urf-odatlari asrlar davomida shakllanib kelgan, shu bilan birga an’anaviy liboslarimiz ham uzoq davrlardan beri rivojlanish bosqichini o‘tagan. Liboslarning tarkibi o‘zgargan, unga kiritilgan buyumlardan tortib, ularning shakli, kesimi, matolari va ranglari, kiyinish uslubi o‘zgarib borgan. Aytish joizki, qadimdan liboslar uchun matolarni asosan ayollar ishlab chiqarganlar. Avvalo jundan, keyinchalik esa boylik ramzi hisoblangan ipak, paxta, zig‘ir tolalaridan matolar to‘qilgan.

O‘zbek milliy liboslarining birinchi o‘ziga xos xususiyati, hokimiyat va badavlatlik belgisi bo‘lmish oltin kashtachiligidir. Arxeologlar Toshkent viloyatidagi qazishmalar paytida oltin kashta izlarini topganlar: kiyimning bunday bezagi ipak paydo bo‘lishidan oldin ham ma’lum bo‘lgan degan faraz mavjud. Asl matolar gulli, ayrim hollarda geometrik bezaklar bilan bezatilgan. Bunday liboslar ijtimoiy mavqe’ning yorqin belgisi bo‘lgan. Masalan, hukmdor va saroylardagi mulozimlar oltin naqshinkor liboslar kiyishi urf bo‘lgan, ushbu qimmatbaho qiyimlarni hukmdorlar o‘z mulozimlariga sovg‘a qilganlar. Lekin qadimdan oddiy kishilarning kiyimi ham oddiy bo‘lgan. “An’anaviy o‘zbek libosi asosan, ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshga do‘ppi, oyoqqa mahsi-kalish yoki etikdan iborat bo‘lgan. Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari bichimining deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi. Bunday liboslar oddiy usulda, ba’zan qaychisiz va ulgusiz, yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha gazlamani ikkiga buklab, yelka tomonga ko‘ndalangiga ikki yeng bilan bir parcha to‘rt burchak xishtak (qo‘ltig‘iga solingan) tikib kiyilavergan” (J.S.Ergashev O.B. Mamadaliyeva M.A.Nazarova. Kostyum tarixi. O’quv qo’llanma. Namangan Muhandislik-texnologiya instituti, 2020.). Erkaklarning ko‘ylak-ishtoni, odatda, bir rangda, asosan, oq rangda, ayollarniki rang-barang matolardan tikilgan. Ayollarning milliy liboslari ichki, ustki va kishilik kiyimdan iborat bo‘lgan. Ustki kiyimlar – kamzul, yengil xalat (mursak, kaltacha), yengsiz nimchalardir. Ayollarning o‘ziga xos chopon shaklida bichib tikilgan ust kiyimi – mursak ilgari juda keng tarqalgan. Ular Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda yengi tirsakkacha kalta va kengligi bilan, Samarqand va Toshkentda uzun, yengsiz, bilakkacha yengi bo‘lgani bilan farqlangan. Mursak astarli qavima qilib tikilgan, qishki mursakka esa paxta solingan.

Bugungi kunda ham xalqimiz katta bayramlarda va ayniqsa muhim tadbirli kunlarda milliy liboslarni afzal ko‘radilar. Masalan, kuyov to‘yda oltin naqshli choponlar, ayollar esa atlas-u adraslar, tilla naqshli baxmal choponlarni xush ko‘radilar. Albatta, bunday hashamat uchun boy matolar – ipak, baxmal ishlatiladi. Kiyim nafaqat tabiiy ehtiyojni ta’minlovchi bir vosita, shu bilan birga u amaliy san’at namunasi hamdir. U amaliy san’atning barcha namunalari singari go‘zallik hamda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirganlik bilan ajralib turadi.

Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda. Buni nafaqat kiyinishda, yurish-turishimizdan tortib muomalamizda, balki zamonaviy texnikalardan foydalana olish, mehnat samaradorligini oshirish maqsadida eng so‘nggi uskunalarni ishlatishga bo‘lgan ishtiyoqda sezishimiz mumkin. Zamonaviy kiyimlarda milliy an’analar bilan Yevropa uslubi qo‘shilib ketgan. Milliy matolardan zamonaviy ruhdagi turli bichimlardagi ko‘ylak va kostyumlar xotin-qizlar o‘rtasida urf bo‘lgan. Albatta, o‘zbek ayollarini iffatli sharq ayoli timsolida ko‘rsatadigan muhim belgilaridan biri – ularning milliy kiyimlaridir. Azal-azaldan milliyligimiz jozibasiga aylangan o‘zbek ayollarining kiyinish madaniyati, boshlariga ro‘mol o‘rashlari sharq xalklariga xos yuksak ma’naviyat ifodasi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda chet ellik sayyohlar ham egnida bizning milliy atlas va adraslarni, boshlarida o‘zbekcha do‘ppilarni ko‘rib, ko‘ngillarda g‘urur tuyg‘usi uyg‘onadi. Atlas va adrasdan tikilgan zamonaviy liboslar Yevropa podiumlarida ham jilolanib, ko‘zni qamashtirgancha milliy liboslarimiz butun dunyoga tanilmoqda va bu juda quvochli holat.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ko‘p asrlar davomida yaratilgan xalq liboslari moddiy va ma’naviy madaniyatning ajralmas qismidir. Xalq ijodiyoti namunalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, liboslarda maqsadga muvofiq tarzda funksional va estetik fazilatlar birlashtirilgan. Xalq san’ati uzoq tarix davomida shakllanar ekan, mavjud ijod namunalarining eng qimmatli va hayot bilan oqlangan zaruriylari saqlangan. Tasodifiylari inkor etilgan, natijada o‘zida barcha zaruriy xususiyatlarni mujassam etgan milliy liboslargina olib qolingan. Zamonaviy kiyinishda sharm-hayo me’yorlariga amal qilib, o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, shu orqali urf-odat va qadriyatlarimizni saqlash, albatta milliy madaniyatimizni, milliy o‘zligimizni asrashga xizmat qiladi.

Nodira ALIMUHAMEDOVA,

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot

u niversiteti katta o‘qituvchisi

Ayollar kiyimlari

Zamonaviy, sifatli ayollar kiyimlarini Oʻzbekistonda sotib olish

Zamonaviy, sifatli ayollar kiyimlarini xarid qiling!
butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bilan, Bulavka internet-doʻkonida sotib oling!

Savollar bormi? Qoʻngʻiroq qiling:
Ish vaqti: 9:00–18:00 dushanbadan jumagacha. Shanba: 9:00–17:00
Kompaniya haqida

  • Buyurtma qanday rasmiylashtiriladi
  • Yetkazib berish sharti
  • Toʻlov
  • Qaytarish shartlari
  • Oʻlchab koʻrish xizmati
  • Obuna
  • Obunani bekor qilish
Aksiyalar, chegirmalar va yangi tovarlarni kuzatib boring:
Установите приложение:

Nega xaridorlar «Bulavka»ni tanlaydilar

Kiyim-kechak, poyabzal, oʻyinchoqlar va aksessuarlarning keng va istalgan paytda buyurtirishga hozir tanlovi. Barcha tovarlar omborlarimizda mavjud va oʻzbekistonning istalgan shahriga yetkazib beriladi.

Doim siz uchun:

  • har kuni – 80% gacha chegirmalar;
  • Toshkentda 10 tagacha tovarni bepul oʻlchab koʻrish;
  • katalogda 2 000 dan ziyod brend;
  • toʻlov tizimlari oqali toʻlash (mintaqalar uchun):

Tovarni tanlab qoʻyish uchun avtorizatsiya talab etiladi
Buyurtmani yakunlash uchun avtorizatsiya talab etiladi
Sharh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Shikoyat yuborish uchun siz tizimga kirishingiz kerak
Ovoz berish uchun siz tizimga kirishingiz kerak.
Avtorizatsiya

Birinchi marta kirishingizmi?

Buyurtmalar tarixini va koʻrilgan tovarlarni saqlash, buyurtma holatini kuzatish, manzillar kitobini boshqarish, tovarlarni Savatda saqlash uchun roʻyxatdan oʻting!