Press "Enter" to skip to content

Kiyim bichimi

Konfutsianlik (jutszya) – etnik – siyosiy talimot. Uning asosida ajdodlarni xurmat qilish turardi. Bu falsafiy oqim keyin dinga aylandi.

Qiyinchiliksiz xushbichim ko‘rinish yo‘llari

Ovqat yeyishdan o‘zingizni chegaralamasdan xushbichim ko‘rinishni xohlaysizmi? Bizning garderob uchun ba’zi “hiyla”larimiz sizga hech qanday qiyinchiliklarsiz chiroyli ko‘rinishga yordam beradi.

V shaklida kesilgan yoqali ko‘ylak har qanday qomat uchun mos tushadi. Yoqaning bu varianti bo‘yinni uzun va qomatni chiroyli ko‘rsatadi. V shaklida kesilgan yoqa ayollarga ham, erkaklarga ham yarashadi.

Belingiz ingichka ko‘rinishi uchun to‘q rangdagi enli kamar tanlang. Sizga mo‘ljallab to‘g‘ri tanlangan kiyim detallari qomatingizni chiroyli ko‘rsatadi.

Vertikal yo‘l-yo‘l chiziqli kiyimlar sizning qomatingizni xushbichim qilib ko‘rsatishga yordam beradi. Qiyofangizning pastki qismiga klassik uslubdagi unchalik yorqin bo‘lmagan rangdagi shimlarni tanlaganingiz ma’qul.

Kiyimingiz o‘lchami qanday bo‘lishidan qat’i nazar keng bichimlar ostiga bekinib olmang. Astarli yubkalar belingizni shakllantiradi — bu holatda yuqoridagi kiyim bichimi oddiy bo‘lishi kerak. Shim ustiga tushirib qo‘yiladigan keng kofta esa son sohasini yopib turadi. Shuning uchun bu holatda shimlar keng bo‘lmasligi kerak. Mutanosiblik muvozanati — xushbichim qomatga erishish tomonga qo‘yiladigan birinchi qadam hisoblanadi.

Agar siz belingiz aylanasidan norozi bo‘lsangiz, beli pastda bo‘lgan jinsilardan voz keching. Ularning o‘rniga klassik uslubdagi bichimlarni afzal ko‘rganingiz ma’qul. Qalin cho‘ziluvchan matoli jinsilar muhim muammoli joylaringizga har tomonlama yordam beradi.

bichim

Morfologik va sintaktik xususiyatlari [ tahrirlash ]

Aytilishi [ tahrirlash ]

Etimologiyasi [ tahrirlash ]

BICHIM tashqi koʻrinish’, ’fason’. Tikilayotgan koʻylaklarning b i ch i m i bir-biridan farq hiladi. Bu ot bshch- feʼlidan -(i)m qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, P, 160): bich— + im = bichnm.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari [ tahrirlash ]

Maʼnosi [ tahrirlash ]

1 Kiyim-kechakning taxliti, fasoni, bichigʻi.◆ Aytishlaricha, butun Yapo-niyada bir necha million kimono boʻlsa ham, yo rangida, yoki gullarida, yoki bichim ida al-batta tafovut boʻladi. H. Hasanov, Ekva-tordan oʻtganda.◆ Qizlar bu kiyimning mate-rialini, bichim ini zoʻr ishtiyoq bilan maqtab ketishdi. J. Abdullaxonov, Xonadon.

2 Tana (gavda) tuzilishining yaxlit koʻ-rinishi, qad-qomat; qiyofa.◆ Bichim i kelishgan yigit. yat◆ Saidgʻozi ularning [Poʻlat va Shermatning] bichim iga qarab, darrov ta-nidi. S. Anorboyev, Oqsoy.◆ Bu yerdagi otlar turli tusda va turli bichim da boʻlib, zotli, nodir otlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Qiz hali yosh boʻlsa-da, boʻychan edi, bichim i ingichka va sambitgul novdasiday adil edi. Oybek, Tanlangan asarlar.

3 Shakl, oʻlcham.◆ Kitob bichim i 84 x, 108 boʻlgan qogʻozga bosilgan.

Kiyim bichimi

Xitoy madaniyati 4000 yil ilgari vujudga kelgandi. Uning madaniyati Misr madaniyati bilan raqiblik qilishi mumkin. Agar Misr madaniyatidan faqat yodgorliklar qolgan bo’lsa (ehromlar, ibodatxonalar va san’at asarlari), Xitoy madaniyatini vasiyatlari esa xozirgi zamongacha o’zgarmasdan qoldi (til, yozuv, musiqa va boshqalar.).

Xitoyda feodal tuzumi miloddan avvalgi V-III (ayrim ma lumotlar bo’yicha XI – VIII) asrlarda tashqil etilgandan beri bu milodni XIX asrni yarmigacha o’zgarmasdan qolgandi. Xitoy madaniyati rivojlanishida qo’shni mamlakatlar tsivilizatsiyasining ta siri deyarli bo’lmagan edi. Xitoyning mayda viloyatlari Bogdo’xanning xukumdorligiga sig’inishardi. U o’zini Osmon o’g’li, mamlakatni esa – Dunyoviy (Djo’ngo) deb xisoblardi.

Xitoyda davlat xizmati, saroy qoidalari, hayot, kiyinish odati davlat tomonidan qat’iy qonunlashtirilgandi. Xitoyliklarning dunyoqarashiga va tafakkuriga bir necha falsafiy oqimlar va dinlar ta ‘ sir etgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda mavjud bo’lgan falsafiy oqimlardan biri “Daosizm” (dao tszya) edi. Uning asoschisi Lao-TSzi bo’lgandi. Uning asosiy fikri – dao (yo’l) ta’limoti edi – Kionotning o’z-o’zidan vujudga kelishi, rivojlanishi va barbod bo’lishining azaliy, tabiiy va umumiy qonuni.

Konfutsianlik (jutszya) – etnik – siyosiy talimot. Uning asosida ajdodlarni xurmat qilish turardi. Bu falsafiy oqim keyin dinga aylandi.

Keyin O’rta Osiyo orqali Xitoyga asosiy din bo’lib buddizm kirib keldi.

Qadimiy Xitoy falsafalari tabiatning qarama – qarshiligini (Yan – yorug’lik, In – qorong’ulik) tan olgandi, ammo kurashda emas, balki muvozanatda, osiyishtalikda, qo’shilishdi. Ularning tasavvurida dunyo tuzulishining asosida erkak – yan va ayol – in omillarning ijodiy o’zaro aloqasi bo’lgan.

“Itszin” (o’zgarishlar kitobi) qadimiy Xitoyliklarning dunyo tushunishida ma’no so’z bilan emas, ramziy ishoralar bilan ifodalanardi.

1. Dunyo tuzulish dialektikasining grafik ramzlari:

Uzluksiz erkaklar kuchi – Yanni aks etadi;

Uzlukli chiziq ayol kuchi – In ni aks etadi.

Yan o’z moxiyatini birlikda, In – ko’pligiga ko’rsatadi. Barcha dunyo voqealari erkak va ayollar kuchlarining o’zaro aloqasi natijasida bo’lgani uchun, ularning hammasi oddiy belgili chiziqlarning birikmalari bilan ifodalanishi mumkin:

erkak kuchini mutlaqo xukumdorligini barbod bo’lish chegarasida, ulug’ Yan, Yoz; ayollar kuchini mutlaqo xukumdorligini barbod bo’lish chegarasida, ulug’ In , qish; erkaklar kuchining o’sish ramzi, yoz Yan, Bahor; ayollar kuchining o’sish ramzi, yoz In , kuz.

Qorong’ulik va yorug’lik – bu bir-biriga intilayotgan kuchlar, ular bir-birining o’rniga keladi. yer bilan Osmon ijodiy harakatda qo’shilganda, shu tsikl avjiga yetgan deb xisoblanadi. Ayni shu voqea qadimiy Xitoyning belgi ramzlari va naqshlarning asosi bo’lgan. Shu sababdan bulut tasmalar, to’lqinli jingalaklar, momaqaldiroq s’ilapalar, bulut va chaqmoqni tug’diradigan ajdaholar xitoy kostyumining bezagining doimiy elementlari bo’lgan. Ular qadim -qadim o’tmishdan o’rta asrlarga kelgan va xozirgi zamongacha saqlanib qolgan.

Geometrik shakllar ramzi

Qadimiy xitoyliklar tasavvurida Osmon doira shaklda, chunki, u bir chiziq chegarasida berk, boshi va oxiri yo’q va Osmonning cheksizligini ifodalaydi.

Yer – kvadrat (4 tomon va 4 burchak), yerning chegarasi bor, shuning uchun kvadratni har tomoni burchak bilan yakunlanadi.

Ushbu shakllar yer va Osmonning fizik holatini tasviri emas, aks holda, ularning faqat geometrik ishoralari va kosmik omillarining mohiyati. Shu ikkita shakllar qo’shimchasi san’atda va kostyumda ko’p uchraydi.

Son ramzlari.

“I tszin” da Osmon va yer son ramzlari quyidagicha bo’lgan: Osmon – 1, 3, 5, 7, 9; yer – 2, 4, 6, 8, 10. Demak, unni mobaynida toq sonlar – Yanni, juft sonlar – In ni ramzi bo’lgan. Osmon sonlari beshta, yer sonlari ham beshta edi. Bu sonlar qo’shilib Metall – “TSzin “, Daraxt – “Mu”, Suv – “Shuy”, Olov – “Xo” va yer – “Tu” ni yaratadi. Demak, 5 tabiiy kuchning aylanishiga ikkita asosiy sabab bo’lgandi.

9 – Yan chiziqning nomi, 3 – Yan sonning ramzi, 6 – In chiziqning nomi, 1 – Osmon ramzi, chunki u bitta chiziq bilan ifodalanadi, 4 – yer ramzi, chunki u 4 chiziq bilan (kvadrat) ifodalanadi. Kostyumda shakl son va ramz ishoralari keng qo’llangandi.

Qo’shilgan doira va kvadrat shaklli (er va osmon qo’shilganligini ifodalaydi) imperator bosh kiyimida 5 nefrit har xil rangli osilchoqlar qilingandi, ular 5 tabiiy kuchlarning ramzi edi. Erkaklarning kiyimida tugmalar soni toq, ayollarnikida juft qilinardi; erkaklar holatining oldida 8 ajdahoning tasviri bo’lsa, 9 – si esa orqasida qilinardi.

Rang ramzlari.

Geometrik shakl va sonlar “tiliga” nisbatan rang ishoralari odamning tuyg’usiga zo’r ta sir etar edi. Ammo ular qarama – qarshi va murakkab bo’lgan. Misol uchun, agar Osmon – Yan – Koinotning yorqin omili, yer – IN o’nga qarma – qarshi deb xisoblansa, u holda nima sababdan Osmon qora – binafsha yoki qora, yer – sariq rang ramzi bilan ifodalanganligini tushunish qiyin.

Ikkita omilning o’zaro aloqasi bilan tug’ilgan 5 tabiiy kuch ramzlari; yashil rang – Baxor rangi, yosh o’simlik va yaproqlar rangi; tabiiy kuch daraxt – Muni mohiyatini aks etuvchi rang; Bahor – yilning boshi; Sharq – kun chiqadigan joy, shuning uchun yashil, tug’ilish va yoshlikning ramzi; Yupiter sayyoraning – ko’kimtir – yashil rangi; qizil rang – Yoz, Olov – Xo, Janub va Mars sayyorasining ramzlari; oq rang – Kuz ramzi, u paytda omborlar oq guruch bilan to’ladi; kuzga tabiiy kuch metall – TSzin mos keladi (kayralgan bolta tig’ining rangi); bu g’arb – uchgan, quyosh botadigan tomoni va o’lgan odamlarning ketadigan joyi (motam kiyimlari oq rangli qilinardi); Oy va Zuxra – Veneraning (“Taybo” – “buyuk oq” – metall yo’lduzi) nurlari; qora rang – Qish rangi, eng qorangi davrni, zimiston saltanat – Shimol rangi, yorqin emas Merkuriy rangi, tabiiy kuch suv – Shuyni rangi. sariq rang – Yoz faslining oxiri rangi, don ekinlarning yetilishi, xosil tug’diradigan tuproq rangi, tabiiy kuch yer – Tuning ramzi, bu markaz ramzi, ya ni yerni; Saturn sayyorasining ramzi (dexkonchilik xudosi).

O’simliklar va tirik jonlarning ramzlari.

Xitoyda Osmon va yerning antro’omorfik tasvirlari yo’q. Odamlarni Osmon va yer shunchalik qiziqtirmasdan, balki ularning qo’shilishi – nikohi qiziqtirardi. Shundan xitoyliklarning tasavvuri kelib chiqqan: ajdaho – yomg’ir xukumdori, erkak mohiyati edi. Ajdaxoni bulutlar orasida ‘arvoz qilib yurgani yoki to’lqinlararo suzgani va shu vaqtda yelkasidan va bo’ksasidan alanga chiqib turgani tasvir etilardi. Suv – uning tashqi, Olov – ichki muxitining ramzi deb xisoblanardi. Shunday qilib, ajdaxo ikki qarama-qarshi kuchlarni: yer – Osmon va Olov – Suvni birligini ko’rsatardi. Alangali dur – sharsimon chaqmoqni eslatadigan moma – qaldiroq simosi bo’lgan.

Ajdaho – kuyov ramzi bo’lgan, baqa va quyon – abadiy eleksir bilan bog’liq; ko’rsha’alak – baxt, sog’lik, saxovat; xo’roz – quyoshga sog’inish bilan bog’liq; bug’u – martabani oshirish ramzi; zog’orabaliq – muvaffaqiyat tilash ramzi; anor – ko’p bola tilash ramzi; shaftoli – ko’p yil yashash istaklarining ramzi va boshqalar.

Qadimiy Xitoy kostyumining oddiy shaklining paydo bo’lishiga odamlarning xo’jalik ishlari, xom – ashyo imkoniyatlari va inson iqlim sharoitlari sabab bo’lgandi. Tantanali va rasmiy kiyimlarning shakllari oddiy kiyimlardan o’zlashtirilgandi. Ular, bichimi bir xil bo’lgani holda, matosi, bezaklari va arzimas konstruktiv farqlari bilan ajralib turardi.

Xitoyliklarning kostyum tavsifi.

Xitoyliklar kiyimlari ichki va ustki, yelka va bel kiyimlaridan iborat edi.

Yelka kiyimi. Odatda xitoyliklar yelka kiyimlarining oldi ochiq bo’lgan. Ichki va ustki kiyimlarning bichim asosi bir xil bo’lgan. Konstruktiv xususiyatlari bo’yicha barcha kiyimlari ikki turga bo’linadi:

– birinchi turi – sharqiy-osiyo turi – tunikasimon bichilgan, old va orqa bo’laklarining uzunligi teng, yelkasida ikkiga buklangan ikki yon matodan tikilgan kiyim edi; matoning eniga qarab yengi ham bichilardi, yetmagan uzunligiga qo’shimcha mato bo’lagi tikilardi; Rim tunikasidan va yapon kimonosidan bu bichim stanni qo’ltig’i yumaloqlanganligi bilan farqlanardi; O’rta Osiyo kiyimlaridan orqasida o’rta choki borligi bilan farqlanardi;

– odatdagi xitoy kiyimining ikkinchi turi ham oldi ochiq va orqa o’rta chokli bo’lgan, lekin ularda qiyalangan yelka choki qilinardi; shu sababdan ularning old va orqa bo’laklari alohida bichilardi.

Ushbu ikki tur kiyimlarning simmetrik va assimetrik bichimlari bo’lardi. Simmetrik bichimda old bo’laklari uchma – uch bo’lgan, assimetrik bichimda esa, chap old qismiga qo’shimcha bo’lak ulanardi, o’ng bo’lagi ko’rinmasligi uchun kaltaroq qilinardi.

Sharqi – osiyo bichim turidagi simmetrik kiyimlarga erkak va ayollarning ichki va ustki ko’ylaklari kiradi, assimetrik kiyimlariga esa erkak va ayollar xalatlari va ichki ikki bortli koftalar kiradi.

Yelka chokli kiyimlarga nimchaning barcha turlari, yoni tikilmagan simmetrik bichimli erkaklar ichki kiyimi va ayollar ko’kragini siqib turadigan ichki ko’ylagi kiradi.

Birinchi tur kiyim bichilganda, yonini pasti sal kengaytiriladi, tor matolardan tikilgan xalat va koftalarni yoniga qo’shimcha qiyiqlar tikilardi. Stan bilan yaxlit bichilgan yengning asosiy bo’laklariga qo’shimcha bo’laklar tirkiladi. yengning pastki tomoni (chok bo’ladigan joyi) to’g’ri yenglarda gorizontal va uchiga qarab torayadiganlari qiya bichilardi (40 – rasm).

40 – rasm. Har xil tarixiy davlarda imperatorlar kostyumi.

Yelka kiyimning barcha turlarida yoqa o’mizi aylana qirqilgan; oldi qirqilgan ikki qavatli tik yoqasi bo’lgan. Etagi esa dumaloqlangandi.

Barcha turli xitoy kiyimlarda farqlovchi hususiyatlaridan biri – ma’lum uzunlikda etagini yonlarida, oldida va orqasida yoki hamma tomonlarida kesimlari bo’lishi shart edi. Kesimlar bo’limlarning pastki tomonlarini tikilmaganligidan xosil bo’lardi (41 – rasm).

41 – rasm. Min davridagi kiyimlar.

Xitoy yelka kiyimining yana bir qiziqarli hususiyati – o’ziga xos tugmalash usuli. Odatda, asosiy gazmoldan eshib shnur qilinardi va undan sharsimon tugmacha tikilardi. Ba’zan, sharsimon metall yoki shisha tugmalar ham qo’llanardi. Shnurdan qilingan ilgaklar o’ng tomoniga qilinardi. Assimetrik kiyimlarda tugmalar yoqasidan yon kesimgacha qilinardi. Odatda erkaklar kiyimida tugmalar soni toq, ayollarniki – juft bo’lardi.

Bashang kiyimlarning bichimi kundaliklardan farqlanmasdi, lekin ularga qo’llangan matolarning sifati ancha yuqori edi. Ayollar kiyimi, ayniqsa yoshlarniki, ranglar yorqinligi, naqsh, rang – barang kashtalari va bezaklari bilan ajralib turardi. Boy ayollar koftalarning yoqa va chap old bo’lagi aylana kashtalangan xoshiya bilan, kambag’allarniki – bir xil rangli tasma bilan bezatilardi.

Har xil yelka kiyimlar, bel kiyimi – ishton ayollar va erkaklar kiyimining asosi bo’lgan. Shunga e’tibor berish kerak: yelka kiyimi hech qachon ishtonga tikib kiyilmas edi. Eng keng tarqalgan erkaklar ichki kiyimi sharqinson osiyo bichimidagi simmetrik “duy tszin ” yoki asimmetrik “se tszin ” ko’ylak “xan shan tsza” bo’lgan. Issiq ob-xavoda ko’ylakning o’zi ustki kiyim bo’lishi mumkin edi. Boshqa vaqtda uni ustidan to’q rangli astarli ‘atadan qavilgan, yana bitta yoki bir nechtasini yaratishar edi.

Keng tarqalgan erkaklarning ustki kiyimi sharqiy osiyo bichimidagi uzun xalat “chan pao” edi. Xashamatli bezatilgan xalatlar aslzodalar va amaldorlar uchun rasmiy kostyumning majburiy elementi edi.

Ko’chada va xizmatga oid joylarda xalat ustidan old bo’laklalarining uzunligi teng kalta yoki uzun kofta kiyishardi.

O’rta tabaqali aholi shunga o’xshagan lekin bezatilmagan xalat va ustidan kofta yoki nimcha kiyishardi. Ko’pchilik oldida xalatsiz yurish beadablik va kambag’allik xisoblanardi. Kambag’al shaharliklar va dexqonlar xalatsiz yurishardi.

Ayollar ichki kiyimining erkaklarnikiga nisbatan farqi bor edi. Qadimiy Xitoy odatlari bo’yicha ayollar go’zalligining asosiy belgisi – yassi ko’krak xisoblanardi. Unga erishish uchun qizlar va ayollar ko’kragini uzun i’ gazlamali tasma “bao syun tyao” bilan tarang siqib bog’lab qo’yishardi. Shu maqsadda ham tanani siqib turadigan ichki nimcha “kan tszyan , kan tszyar” ni kiyishardi. Faqat xomilador va bola emizadigan ayollar ko’kraklarini bog’lamas edilar.

Qadimiy Xitoyda ayollar ustki kiyimi sharqi-osiyo usulida turli assimetrik bichilgan kofta “‘pao” bo’lgan. Uni uzun ishton va yubka-kofta ustidan kiyishardi. Kofta ustidan nimcha “bey sin ” va tantanali marosimlarda etagi shokila bilan bezatilgan uzunroq nimcha “sya ‘ey” kiyishardi. Boy ayollar koftalarining yoqasi va chap old bo’lagining etagini kashta va xoshiya bilan bezatishardi. Kambag’al ayollar koftasi bezaksiz edi yoki bir rangli tasma bilan bezatilardi. Koftani ishton ustidan kiyishardi.

Ayollar xalati “tsi pao” sharqi – osiyolini assimetrik bichimli ko’rsatar edi. Xalatning shakli to’g’ri yoki sal tanaga yopishib gavda shaklini ko’rsatar edi. Modaga asoslanib ularni yengi to’g’ri, keng yoki tor, qiyalangan, uzun yoki kalta bo’lardi. Yozlik xalatlar yengsiz bo’lishi mumkin edi. Xalatlarning uzunligi tizzadan yoki tupig’igacha bo’lib, yon kesimli yoki kesimsiz bo’lishi mumkin edi. Chap old bo’lagini borti qiyalangan, dumaloqlangan va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin edi. Xalatni ikki qavatli tik yoqasining eni urfga oid o’zgarardi (42 – rasm). Xalat “tsi pao” ni koftadan asosiy farqi – uni uzun ishtonsiz kiyishardi.

Erkaklar yelka kiyimining ranglari ko’k, qora, oq, kul rang va jigar rang bo’lgan, ayollar kiyimlarining ranglari yorqinroq bo’lgan.

Erkaklar va ayollar bel kiyimlari ishton “kutsza” va yubka-plaxta “tsyun za” va peshband bo’lgan.

42 – rasm. Yuqori tabaqa ayollarining kiyimlari.

Ustki va ichki ishtonlarning bichimi farqlanmasdi. Ishtonlar ikki yoki bir necha mato bo’laklaridan bichilardi. Ikki poycha bo’laklariga keng og’ va tepasiga oq to’g’ri to’rtburchak shaklli mato tikilardi. Tepasi juda keng ishtonlar bo’ksada to’q rangli ip matodan qilingan tasma yordamida mahkamlanardi. Ortiqcha kengligidan oldida tahlam qilinardi. Ayollar ishtoni og’ida o’rta chok qilinmas edi (yovuz rux kirmasin deb), erkaklarnikida esa o’rta chok qilinardi. Ishtonlar cho’ntaksiz bo’lardi.

Sovuq paytda va ba zan bayram va tantana munosabati bilan ishton pochasi paypoq ustidan chiqarilib, mahsus qora tasma bilan bog’lab qo’yilardi.

Uch faslga mos ishtonlar bo’lgan: yozlik-astarsiz, oq, qora, ko’k, kul rang matodan; bahor, kuzlik astarli to’q rangli matodan; qishlik, paxtali, qavilgan qilinar edi.

Ishton -paypoq “toqau” Xitoyda paydo bo’lgan. Bu alohida, og’i biriktirilmagan, paypoqsimon poychalar edi. Ular bog’ich yordamida belboqqa mahkamlanardi. Xozirgi davrda “toqau” ni ishton ustidan kiyishadi.

Odatda ishtonni kanop tola “bu, mabu” yoki shoyi va ip matodan tikishadi.

Sovuq faslda ishton ustidan paxta bilan qavilgan ishton toqau ham kiyiladi.

Ko’pincha xitoyliklar ishton poychasini tizza pastidan bog’lar edi. Ba zan uni gamash “bi” bilan tortib qo’yishardi yoki ustidan etiksimon paypoq “va” ga kirgizardi.

Yubkap plaxta “shan” ni o’rta va yuqori tabaqaning erkak va ayollari kiyishardi. Uning bichimi bir xil bo’lgan: ikki to’g’ri to’rtburchakli matoga belbog’ tikilar edi (peshbandga o’xshash) va ular yordamida belga mahkamlanardi. Shanni yon tomoni plissirovka, o’rtasi orqa va old bo’laklarida kashta qilinardi.

Ayollar yonlari tikilgan, yonining tepasida uchburchak kesiklari qilingan yubka kiyishardi. Kesiklar orasidan ichiga kirgizilgan kofta ko’rinardi.

Ko’pincha kofta va plaxta kiyishganda old belboqqa peshbandni qistirib qo’yishardi. Uni qurbonlik marosimlarda kiyish shart edi. Peshband odatda qizil rangli bo’lib, shaxsning ijtimoiy sharoitiga mos qilib bezaklanardi.

Kostyumning eng muhim bo’limlaridan biri belbog’ “day” h isoblanardi. Aslzodalar va amaldorlarning boylik belgisi bo’lib, ular xilma-xil bo’lardi. Ularning ikki turi uchrardi:

1) matodan qilingan ikkita ilgak va uzun osilinib turgan uchi bilan belbog’;

2) charmdan qilingan va nefrit, metall yoki shox plastinalar bilan bezatilgan belbog’ kamar.

Nefrit xalqalar va boshqa bezaklar bilan to’qilgan rangli shnurlar “shou” lar shaxsning ijtimoiy holini ko’rsatardi. Shouni beliga bog’lashardi, uchlari esa yonida yoki orqasida osilinib turardi. Unga ba’zan kerakli foydali buyumlarni (pichoq, chaqmoqtosh, uzuk va boshqalar) osib qo’yishardi.

Nefritdan yasalgan osilchoqlar “peyyuy” ham kiyimning bezagi bo’lgan, ular ham odamning ijtimoiy ahvolini ko’rsatardi.

Bosh kiyim va pricheskalar. Qadim zamonlarda xitoyliklar sochlarini qirqmaganlar. Ular sochlarini tugunga yig’ib, shpil ka yordamida mustahkamlab qo’yilar edilar. Bosh kiyimlarning shakllari har xil bo’lgan. Ularning kiyish odatlari Ovrupoliklarnikiga qarama-qarshi bo’lgan. Agar Ovrupoliklar hurmat bilan bosh kiyimni yechsa, xitoyliklar esa qaytaga uni kiyar edilar.

Ochiq havoda yoki binoda o’tkaziladigan marosimlarda (uchrashuvlar, banketlar va boshqalar) bosh kiyimni kiyish shart edi.

Qadimiy Xitoyda bosh kiyimni yechish lavozimdan ozod qilishni yoki aybiga iqror bo’lib kelishini bildirardi. 1644 yilda manjurlar bosib olgandan so’ng xitoyliklarning tashqi ko’rinishi o’zgardi, chunki manjurlar erkaklarning peshona sochini qirqishga, orqasida qolgan sochini esa uzun qilib o’rishga majbur qildilar.

Bosh kiyim voyaga yetganda kiyilardi. Bosh kiyimda mahalliy va ijtimoiy belgilar bo’lardi. Nefritdan osilchoqlar qilingan bosh kiyim faqat tantanali marosimda kiyilardi. Xitoy ayollari odatda bosh kiyimni deyarli kiyishmasdi, faqat tantanali marosimda, ayniqsa, to’yda, murakkab bosh kiyim kiyilardi. Bosh kiyimlarni shakli 6-qirrali, 3-qirrali, dumaloq, soyabonli yoki soyabonsiz, konussimon va boshqalar bo’lgandi.

Bosh kiyimlarni shakli 6-qirrali, 3-qirrali, dumaloq, soyabonli yoki soyabonsiz, konussimon va boshqalar bo’lgandi.

Oyoq kiyimlar. Matodan, kanop tolasidan yoki poholdan to’qilgan yengil tufli “tszuy” keyinroq “li” deb atalgan oyoq kiyim keng tarqalgan edi. Matodan qilingan tuflining boshlig’i “semyan ” ko’pincha naqshli qilinardi. Qalin tagligi bir necha qavat yelimlangan va tikilgan qog’ozdan qilinardi. Charmdan qilingan tuflilar ham uchrab turardi (43 – rasm).

43 – rasm. Oyoq kiyimlari.

Tantanali tufli “si” ikki qavat hoshiya bilan bezatilardi. Tovonning yon tomonlari yanchilgan chig’anoq toshdan qilingan bo’yoq bilan bezatilardi. Uchi esa, qo’shimcha yelkasimon qo’shimcha bilan bezatilardi.

Yog’ingarchilikda yog’ochdan qilingan skameykasimon, tepasi yo’q shippak “tszi” kiyishardi. Matodan qilingan tasma yordamida tszi oyoqqa bog’lanib qo’yilardi.

Ko’chmanchilar tasirida Xitoyga charm etik “syue” kirib keldi, shular qatorida matodan qilingan etik ham bo’lgan.

TSin davrida saroyda uchi sal ko’tarilgan ipak yoki charm etik kiyishgan. Fuqaro amaldorlar kvadrat tumshuqli etik kiyishardi. Bu Osmon va yerning jismoniy va intellektual kuchlarini qarama-qarshiligini kor’satardi.

Etik qunji – “syuetun” dan cho’tak sifatida foydalanar edilar.