Kiyim bosh gigiyenasi
Ayniqsa badanning ochiq yojlari, shuningdek tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qo’lni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni to’g’ri parvarish qilishga odatlanish kerak. Xususan to’g’ri ovqatlanish tarmoqlarida ishlovchilarqo’lni toza tutishlari lozim. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qo’lni tozaligiga e’tibor berish kerak (masalan, dizenteriyani ko’pincha iflos qo’l kasalligi deb atashadi). Bolalarni juda yoshligidanoq sh.g.ga o’rgatish zarur.
Kiyim bosh gigiyenasi
Барча корхоналарда хавфсизлик ва гигиена талабларига жавоб берадиган меҳнат шароитлари яратилиши лозим.
Меҳнатни муҳофаза қилиш талабларини бузганлик учун иш берувчи жавобгар бўлади.
Иш берувчи барча янги ишга кираётган ва бошқа ишга ўтказилаётган ходимлар учун меҳнатни муҳофаза қилиш бўйича йўл-йўриқлар беради.
Фуқароларни соғлиғининг ҳолатига кўра ўзига тўғри келмайдиган ишга қабул қилиш ва ходимларни бошқа шундай ишга ўтказиш тақиқланади.
Меҳнатни муҳофаза қилиш соҳасида ходимнинг ҳуқуқлари
- талабларга мос иш ўрнига эга бўлиш;
- иш берувчидан тегишли ахборот олиш;
- шахсий ҳимоя воситаларини бепул олиш;
- хавфли вазиятлар бартараф этилгунга қадар ишлар бажаришни рад этиш;
- давлат назорати органига сўровнома бериш;
- меҳнатнинг хавфсиз усуллари бўйича ўқиш;
- белгиланган тартибда имтиёзлар ва компенсациялар олиш ва бошқалар.
Меҳнатни муҳофаза қилиш соҳасида иш берувчининг мажбуриятлари
- ҳар бир иш ўрнида муносиб меҳнат шароитини таъминлаш;
- ходимлар хавфсизлигини таъминлаш;
- зарарли ва хавфли ишлаб чиқариш омиллари юзасидан назоратни амалга ошириш;
- меҳнат шароитлари тўғрисида ходимларни хабардор қилиб бориш;
- белгиланган тартибда меҳнатни муҳофаза қилиш хизматини ташкил этиш;
- айрим тоифадаги ходимларни сут, озиқ-овқат, шахсий ҳимоя воситалари билан бепул таъминлаш;
- ходимларни тайёргарликдан ўтиши ва малака оширишини таъминлаш ва бошқалар.
Меҳнат шароити ноқулай ишларда банд бўлган ходимларга бепул бериладиган воситалар
- сут ва унга тенг бошқа озиқ-овқат маҳсулотлари;
- даволаш-профилактика озиқ-овқати;
- газли шўр сув (иссиқ цехларда ишловчилар учун);
- махсус кийим-бош, махсус пойабзал, бошқа шахсий ҳимоя ва гигиена воситалари.
Иш берувчи томонидан муносиб меҳнат шароити яратилмаганда ёки меҳнатни муҳофаза қилиш талаблари бузилганда, меҳнат бўйича давлат техник инспекторига мурожаат этиш учун ҳаволага ўтинг.
- меҳнат муҳофаза
- муҳофаза талаб
Норматив ҳужжатлар
- Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодекси
- Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси
- Ўзбекистон Республикасининг “Мехнатни мухофаха қилиш тўғрисида”ги қонуни
Mavzu: Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi
Nazariy to’shuncha: Shaxsiy gigiyena tadbirlarga o’rin-boshni tayyorlash, ich kiyimlar va choyshablarni almashtirish, teri, soch, tirnoqlar, quloqlar, burun, ko’zlarni parvarish qilish, bemorlar tagini yuvish kabi muolajalar kiradi. Bu tadbirlar og’ir yotgan bemorlarda tibbiyot hamshirasi va kichik hamshira tomonidan amalga oshiriladi.
Choyshablar va ich kiyimlarni almashtirish
Nazariy tushuncha. Kasalxonalarda bemorlarning choyshablari va ich kiyimlari xaftasiga bir marta, gigiyenik vanna qabul qilgandan so’ng almashtiriladi. Og’ir bemorlarda choyshablar va ich kiyimlar tibbiyot hamshirasi va kichik hamshirasi yordamida almashtiriladi.
Ishdan maqsad. Bemorlarning choyshablari va ich kiyimlarini almashtirish usullarini o’rganish.
Kerakli jixozlar: Choyshablar, karavot, to’shak, (matras), yostiq, adiyol, ich kiyimlar.
Ishni bajarish tartibi. Bemorning axvoliga qarab choyshablar ikki usulda almashtiriladi
Kir choyshab oyoq tomondan qayirilib yoki buklab chiqiladi va extiyotlik
bilan sug’urib olinadi. Ikki tomondan bint kabi o’ralgan choyshabni bemorning dumg’azasi tagiga quyiladi. So’ngra bosh va oyoq tomoniga tortib yozib qo’yiladi. Yozilgan choyshab tekis, tarang, g’adir-budir yamoklarsiz bo’lishi kerak.
Bemor urinning bir chetiga suriladi, kir choyshab uzunasiga bint shakliga
o’raladi, uning o’rniga tozasi yoziladi, bemor toza choyshab ustiga yotqiziladi, ikkinchi tomondan kir choyshab tortib olinadi.
Badan terisini parvarishlash va yotoq yaralar profilaktikasi.
Nazariy tushuncha. Og’ir yotgan bemorlarni parvarish qilishda terini ozoda, toza saqlashning ahamiyati katta. Teri yaxshi parvarish qilinmaganda va organizm zaiflashganda terining bosilib turadigan soxalarida yotoq yaralar hosil bo’ladi. Badan terisida yotoq yaralar odatda kurak, bel soxasiga, tirsaklar, dumgaza, son va boldir soxasida paydo bo’lib, ularning rivojlanishiga terida qon aylanishning buzilishi sabab bo’ladi.
Yotoq yaralarning dastlabki belgilari: terining qizarishi, shishib turganligi va epidermisning qichishi xisoblanadi. Keyinchalik terida yaralar paydo bo’ladi. To’qimalar yumshoq to’qimalar, xatto tog’ay suyaklar nekrozga uchraydi. Infeksiyaning qo’shilib ketishi ba’zan sepsisga olib keladi.
Ishdan maqsad. Og’ir axvolda yotgan bemorlarning terisini parvarishlash va yotoq yaralarning oldini olish tadbirlarini o’rganish bo’yicha malakalarini oshirish, amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Kerakli jixozlar: Sochiq, dezinfeksiyalovchi eritma, (spirt, kamfora spirti), stakan, qaychi, tog’ora, iliq suv solingan idish, rezina chambar fantom ko’g’irchoq.
Ishni bajarish tartibi.
1. Dezinfeksiyalovchi eritmalardan biri yoki iliq suv olinadi. Eritma solingan shishachani iliq dezinfeksiyalovchi eritma yoki suvga xo’llanadi, oz-moz siqiladi va bemor bo’ynini, qo’loq orasini, ko’krak qafasini oldingi yuzasini, qo’ltiq ostlari artib chiqiladi. Ayollarda sut bezlarining tagidagi burmalarni artishga aloxida e’tibor beriladi. So’ngra teri sochiq bilan quriguncha artiladi. Bemorni oyoqlarini to’shagi ustida tog’orachani qo’yib, yuvib olinadi, tirnoqlari kalta qilib qirqiladi.
2. Yotoq yaralarning oldini olish profilaktikasi uchun quyidagi tadbirlar o’tkaziladi: a) bemorlarning o’rindagi xolati o’zgartiriladi (yonbosh qilib yotqizish); b) choyshablarda ushoqlar bo’lmasligi uchun qoqib tashlanadi; v) choyshablar va ich kiyimlarda burmalar bo’lsa va yamoqlar bor bo’lsa ular almashtiriladi; g) bemorning dumg’azasi tagiga ichiga havo puflangan, jild kiydirilgan rezina chambar quyib quyiladi; d) terini kamfora spirti bilan xo’llangan sochiq bilan ishqalab quruq qilib artiladi.
Og’iz bo’shlig’ini parvarish qilish.
Nazariy tushuncha. Og’ir yotgan bemorlarning organizmi zaiflashib qoladi. Ularning og’iz bo’shlig’iga mikroorganizmlar yig’iladi, bu esa og’iz bo’shlig’ida badbo’y xid hosil qiladi. Natijada og’iz bo’shlig’ining shilliq qavati yalig’lanish kasalligi-stomatitlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham og’ir yotgan bemorning og’iz bo’shlig’ini muntazam parvarish qilish zarur. Yuradigan bemorlar har kuni ovqatdan keyin ertalab va kechqurun tishlarini tish pastasi va cho’tkasi yordamida yuviladi. Og’iz bo’shlig’ini kuchsiz namakop yoki kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan chayadilar. Og’ir axvoldagi bemorlarning og’iz bo’shlig’ini tibbiyot hamshirasi har safar ovqatdan keyin chayib qo’yishi kerak. Zaruriyat bo’lganda vrach kursatmasi bilan og’iz bo’shlig’iga dori-darmonlar yordamida ta’sir ko’rsatish muolajasi (applikatsiya yo chayish)ni bajaradilar. Applikatsiya asosan og’iz bo’shlig’i shilliq pardasi yalig’lanishi (stomatit) kasalligida qo’llaniladi.
Ba’zi bemorlarda lab quriydi, og’iz burchaklari yoriladi, og’izni ochganda og’riqka sabab bo’ladi. Bemor axvolini yaxshilash uchun suvga xullangan doka bosiladi. Biror xil doridan surtib qo’yiladi. Agar tish protezlari bo’lsa, kechqurun olib sovunlab yuvib quruq qilib artib quyiladi. Ertalab yana yuvib keyin taqib quyiladi.
Sochlarni parvarish qilish.
Nazariy tushuncha. Bemorlar sochini har 7-10 kunda sovo’nlab yoki shampunlab yuvib turishlari zarur. Og’ir axvoldagi bemorlarning sochi kirlanishidan tashqari unda sirka va bitlar paydo bo’lishi mumkin. Tibbiyot hamshirasi bemorning sochini sinchiklab tekshirib turishi va toza tutishi shart. Uzoq muddat kasalxonada yotadigan Bemorni parvarish qilish – bemor (kasal)larga hertomonlama yordam berish va vrach koʻrsatmalarini bekamu kust amalga oshirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda bemorni parvarish qilishping oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, bemor ahvolini uzluksiz kuzatib borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib qolgan organizmni boshqa kasalliklardan himoya qilish ham Bemorni parvarish qilish q.ga kiradi Bemorni parvarish qilish q. tadbirlari bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Vrach lozim boʻlgan tartib (rejim)ni tavsiya etadi, yaʼni qimirlamay yotish tartibi (oʻrinda harakat qilinmaydi), yotish tartibi (oʻrinda turmasdan harakat qmlish mumkin), yotib turish tartibi (xona ichida harakat qilish mumkin), umumiy tartib (faol harakat qilishga ruxsat beriladi). Bemor oʻziga oʻzi bemalol qaray olsa ham, uning yaqinlari iloji boricha qulay sharoit tugdirishlari, kayfiyatini buzmasliklari, vrach koʻrsatmalarini amalga oshirishini kuzatib borishlari lozim. Bemor uyida davolanadigan boʻlsa, u yotgan xona alohida, ozoda, yorug , iliq (18 — 20°) boʻlishi, kupda uch mahal — ertalab, kunduzi va kechqurun — uxlashdan oldin shamollatib turilishi zarur (hatto qishda ham). Bunda bemorni issiq adyol, boshini qalin sochiq bilan oʻraladi va yuzi ochiq qoddiriladi. Bemor sovqotmaydigan qilib yaxshi oʻrab qoʻyilsa, sof havo hech zarar qilmandi. Yezda derazani kun buyi ochib qoʻygan maʼqul. Xona kuniga 2 marta: ertalab va kechqurun yotishdan oldin yigʻishtirib, tozalanadi. Bunda deraza romlari, eshik, mebellar nam latta bilan artiladi, pol yuviladi yoki latta oʻralgan chutka bilan tozalanadi. Gilamlar, qalin deraza pardalar vaqtincha yigʻib qoʻyilgani maʼqul yoki tez-tez (haftada 1 — 2 marta) chang yutgich bilan tozalanadi. Xonada pastroq tovushda gaplashish kerak, ammo pichirlab gaplashish yaramaydi. chunki bu bemorga goʻyo uning agʻvoli ogʻirligini yashirishga urinayotgandek boʻlib tuyuladi, radio va televizor ovozini pasaytirib qoʻyiladi. Bemorii biror joyga oʻtkazish kerak boʻlsa, maxsus kreslo yoki zambildan foyd&taniladi. Bu ishni bajaruvchi yolgʻiz boʻlsa, u bir qulini bemorning kuragi ostidan, ikkinchisini sonining tagidan oʻtkazib, koʻtaradi; bunda bemor kutaruvchining buyniga osilib oladi. Boshqa joyga utkazishdan oldin joyning tayyorligi kuzdan kschiriladi. Ahvoli ogir bemorlar choyshabi tagidan kleyonka solinadi. dumgʻaza ostiga rezina doira, ostga tuvak, siydikdon qoʻyiladi, ularga yechinishlarida yordam koʻrsatiladi. Bemorning koʻrpatoʻshagi uzun va keng boʻlgani maʼqul. Toʻshak ustidan oq choyshab yoziladi. Baʼzi kasalliklarda vrach tavsiyasi bilan tushak ostidan uning kattaligida taxta quyiladi. Bemorni issiq qilib, oʻrabchirmash yaramaydi. Karavot iyeltgich asboblariga yaqin qoʻyilmaydi, uni ikki tomonidan bemor oldiga bemalol kelish mumkin buladigan qilib qoʻyish kerak. Bemor choyshabini ehtiyotlik bilan almashtirish lozim. Buning uchun bemorni (agar t>ra olmasa) avaylab urin chetiga surib, choyshabning boʻshagan kismini yumaloklab oʻrab, bemor yotgan joygacha olib kelinadi, uning oʻrniga toza choyshab yozib, bemorni uning ustiga oʻtk^ziladi, oʻralgan kir choyshab esa yigʻishtirib olinadi. Ogʻir yotgan bemorning koʻylagini almashtirganda koʻylak etagini yuqoriga tomon yigʻa borib, avval boshidan, soʻngra qoʻllarida>) chiqariladi, koʻylak kiygizishda esa buning aksicha amal qilinadi. K^loyoqshikastla i ganda kiyim avval sogʻ qoʻloyoqaan, keyin kasach q>;loyoqdan yechiledi, kiygizishda esa buning akemcha qilinadi. Bemorga vrach ruxsat etgan boʻlsa, haftada 1 marta uni choʻmiltirish mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa. kundalik yuvibtarashdan tashqari, bemor badanini qaypagan suv yoki maxsus eritmalarga hoʻllangan latta bilan artib turiladi. Bemor qattiq terlasa, kiyimi botbot almashtirnlib, badani quruq sochiqqa artnladi (badani doim quruq va toza turishi kerak). Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori qismini kunda yuvib turish, qulni har safar ovqatlanmshdan oldin yuvish kerak. Oʻrnidan turmaydigap bemorlar oyogʻini karavot ustiga togora q>’yib. haftada 2 — 3 marta yuviladi. Ogir yotgan bemorlarning jinsiy aʼzolari va orqa chik>)run teshigi sohasi har gal hojatdan keyin yuvib turiladi. Ich ketganda darhol kleyonka va choyshab (lozim boʻlsa kiyimlarni ham) almashtiriladi va orka peshov sovunlab yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan namlab tarab, toza tutiladi. tirnoqdarpi vaqtvaqti bilan olib turiladi. Bemor tishini kuniga 2 mahal yuvib. har gal ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib turishi lozim. Ogʻir yotgan bemorlar tishi 0,5% li soda yoki margansovkaning kuchsiz eritmasiga namlangan paxta bilan artiladi. Kuloqdar iliq suv va sovun bilan yuvib turiladi, unda chirk yigʻilib qolsa, 3% li vodorod peroksid eritmasidan bir necha tomchi tomizib. soʻngra paxta pilikcha yordamida ex?iyotlik bilan olinadi. Quloqni tozalaganda gugurt choʻpi, soch toʻgʻnogʻichi va boshqalardan foydalanish yaramaydi, aks hodda quloq pardasini teshib yuborish mumkin. Koʻzdan kiprik va qovoqlarning yopishib qolishiga sabab boʻladigan suyuqlik ajrachganda (koʻproq bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida kuzni ehtiyotlik bilan iliq suvda paxta boʻlakchasi bilan yuviladi. Burundan suyuklik oqqanda yoki qaloqhosil boʻlganda uni vazelin moyi yoki glitserin tomizib yumshatiladi va paxta pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan bemorlarga tuvak va siydikdon tutiladi, u oldin tozalab yuviladi va dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini ertalab va kechqurun ulchab, yozib qoʻyish juda muhim, chunki haroratning oʻzgarishiga qarab, kasallikning qanday oʻtayotganini va davolash nafini bilsa boʻladi. Bemor ovqati oqsil, uglevod, yog , mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum soatlarda) ovqatlantirish lozim. Ovqatlarning xilmaxil boʻlishi, dasturxonni chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina kasalliklarda vrachning oʻzi parhez taomlar buyuradn, oʻz bilgicha parhez qilish yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa, meʼdaichak kasalliklari)da ozozdan dambadam ovkatlanish tavsiya etiladi. Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat qoshiq bilan ozozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq ovqatlar (qaynatma shoʻrva. kisel va boshqalar) joʻmrakli maxsus idishchada ichiriladi. Bemorning uyqusiga, kayfiyatiga, eshushi joyida ekaniga kdrab turish muhim ahamiyatga ega. Bemorni xayajonlantiradigan, uning kayfiyatini buzadigan gaplarni aytish, ezmalik qilish yaramaydi. Bemor maʼyus boʻlib, chiroyi ochilmasa, tinchlantirish, unga dalda berish maʼqul. Bemor yotgan uyda tinchlik saqlash uning tuzuk dam olishiga va tiniqsb uxlashiga yordam beradi. Terining rangiga, toshmalar boryoʻgʻiga, qichishishiga, gavda haroratiga. yuzkoʻzlar ifodasiga eʼtibor berish va oʻzgarish sezilsa, tezda vrach chaqirish lozim. Shuningdek siydik va najas rangining oʻzgarganligi, dori-darmonlar qanday taʼsir etayotganligini kuzatib borish hamda maʼlumotlarni vrachga yetkazib turish lozim. Agar doridan toshmalar toshsa, qichishsa. tilning uchi achishea, koʻngil aynisa, bu qaysi dori bilan bogʻliqligini aniqlab va uni qabul qilishni toʻxtatib, darhol vrachga xabar qilish kerak. Vrach buyurganda bemorga koʻpincha grelka, gorchichnik, kompress qoʻyiladi, dori ichiriladi va boshqa Dorini buyurilgan miqdor (doza)da va maʼlum vaqtlarda beriladi. Doridarmonlar quruq, ayrimlari qorongi va salqin joyda saqlanadi. Yukumli kasalliklar bilan ogʻriganlar, shuningdek keksa bemorlar alohida parvarishga muxtoj boʻladi. Yuqumli kasallik bemordan atrofdagilarga ‘yuqishi mumkinligini nazarda tutib, tozalikka jiddiy rioya qilish talab etiladi. Ruhiy kasallarni parvarish kdlganda baxtsiz hodisalar (oʻziga va atrofdagilarga qasd qilish, qochish va boshqalar)ning oldini olishga ahamiyat beriladi.erkaklar sochlarini kalta qilib oldirib, boshlarini 7-10 kunda yuvishlari mumkin. Sochi uzun ayollarning sochi har kuni mayda tishli tarokda taraladi. Yuradigan bemorlar boshlarini gigiyenik vanna qabul qilgan paytda yuvadilar. Bemor uzoq vaqt o’rinda yotsa, boshi o’rinda yuvib quyiladi.
maqsad. Og’ir yotgan bemorlarning sochlarini parvarish qilish bo’yicha amaliy malakalar orttirish.
Kerakli jixozlar. Tog’ora, sovun yoki shampun, taroq, iliq suv, taglik, sochiq.
Ishni bajarish tartibi. Bemor yotgan karavotning bosh tomoniga tog’oracha quyiladi. Bemorning boshini bo’yni satxidan Orqaga tashlatirib quyiladi va tagiga taglik quyiladi. Boshga sovun surtib, sochlar tagidagi teri yaxshilab ishqalanadi. So’ngra sochlar chayiladi va quriguncha artiladi. Shundan so’ng qunt bilan taraladi. Bemorning boshiga sochiq yoki rumol o’rab quyiladi.
Bemorlarning tana haroratini o’lchash, nafas olish sonini va tomir urish-pulslarni sanash hamda arterial qon bosimini o’lchash qoidalari
Sog’lom odamda tana harorati normada doimiy bo’lib, ertalabki va kechki soatlarda oz-moz o’zgarib turadi va 370 S dan oshmaydi. Haroratning doimiyligi organizmda issiqlik ishlab chiqarilishi va isiqlik ajratish jarayonlariga bog’liq. Bolalarda harorat birmuncha yuqori kensalarda bir oz pastroq bo’ladi. To’g’ri ichak va kindik harorat qo’ltiq va chov soxasining terisidagi haroratga qaraganda 10S ga yuqori bo’ladi.
Tana haroratini o’lchash va uni kuzatib borish tibiiyot hamshirasining vazifalaridan biri xisoblanadi. Tana harorati tibbiyot termometri bilan o’lchanadi. Bizning mamlakatimizda tana haroratini ulchash uchun Selsiy bo’yicha darajalangan tibbiy termometrdan foydalaniladi. U kapillyari bor shisha naychadan iborat bo’lib, naycha uchida simob to’ldirilgan rezervual bor. Bu naycha shkalaga maxkamlangan bo’lib, shkalaning 340 dan 420S gacha darajalari bor.
Tibbiyot termometrini uy sharoitida uzining maxsus karton yoki plastmassadan tayyorlangan g’iloflarga solinib, aptechkalarda saqlanadi. Kasalxona sharoitida esa termometrlar tubiga bir qavat paxta qo’yilib uning 1/2 xajmigacha 0,5% li xloramin yoki 70 S spirt solingan bankachalarda saqlanadi.
Tana harorati qo’ltiq ostida chov soxasida og’iz bo’shlig’iga, to’g’ri ichak va qinda o’lchanadi.
Haroratni o’lchashdan oldin termometr quruq qilib artiladi, bir-ikki silkitib simob 350S dan pastgacha to’shiriladi. Bemor qo’ltig’i osti soxasi sochiq bilan artib quritiladi. Termometrning uning simobli rezervuari qo’ltiq ostida, hamma tomondan badanga tegib turadigan qilib qo’yiladi. O’lchash vaqtida bemor qimirlamay yotishi yoki o’tirishi kerak.
Bemorni parvarish qilish — bemorga qarash salomatlikni tiklashda katta ahamiyatga ega (ko’pincha “œparvarish bilan bemorni oyoqqa turg’izishdi” deyiladi). Har bir kasallik o’ziga xos parvarishni talab etadi. Biroq har qanday kasallik bilan og’rigan bemorni parvarish qilishda bajarilishi zarur bo’lgan umumiy qoidalar ham borki, quyida biz shular haqida so’z yuritamiz.
Bemor, ozoda, imkoni boricha yorug’, havosi iliq xonada yotishi kerak. Xonani har kuni (kuniga ikki martta: ertalab va kechqurun uyqu oldidan) ho’l latta bilan artib turish lozim. Shuningdek, xona havosini hamisha yangilab turish kerak, qish paytida 10-15 minutdan kuniga 3-4 mahal shamollatib turish, yozda esa derazalarni ochib qo’yish tavsiya etiladi. Qishda xona shamollatilayotganida bemorni ko’rpa bilan issiq qilib o’rash, boshiga sochiq yopib, yuzini ochiq qoldirish kerak. Lekin bemorga havo tegib nafas yo’llarini ta’sirlantiradigan hollar bundan istisno. Xona temperaturasi doim bir xil (18-20 gradus) turishi shart.
Bemorning shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishiga ham alohida e’tibor berish zarur: u har kuni ertalab va kechqurun yuz-qo’lini yuvishi, kuniga ikki mahal tishlarini tozlashi, ovqatdan keyin har safar og’iz chayqashi, imkoniyat bo’lsa, haftasiga bir marta vannaga tushib yuvinishi kerak. Turmaydigan be’morlarni esa har kuni yuvintirib qo’yiladi. Og’ir yotgan bemorlarning yuz- qo’llarini kuniga qaynagan yoki yuvinishga ishlatiladigan suvga ho’llangan paxta bilan artish, ko’z qovoqlarini tomizg’ich va paxta yordamida borat kislotaning 2 %li iliq eritmasi bilan yuvib turish zarur. Shuningdek, bunday bemorlarning og’iz bo’shlig’i: tili, milklari va tishlarini 2 %li borat kislota, kaliy permanganatning och pushti eritmasi (margansovka) ga ho’llangan paxta bilan tozalab, keyin 1 %li bura eritmasiga (unga 10 %li glitserin eritmasi ham qo’shiladi) ho’llangan doka, salfetka bilan artiladi. Bo’yni, ko’kragi va qo’ltig’ini har kuni iliq suvga ho’llangan sochiq bilan ishqalab, keyin quruq qilib artish, sochlarini ham har kuni tarash zarur. Og’ir yotgan va infeksion kasalliklar bilan og’rigan bemorlar sochini olib tashlash ma’qul. Bemorning ichi kelib qovug’ini bo’shatgach, har safar ostini qaynagan iliq suv bilan yuvib qo’yish shart.
Bemorning yostiq jildlari va choyshab hamda ichki kiyimlarini kam deganda haftasiga bir marta almashtirish lozim, u terlasa yoki ich kiyimlarini bulg’atib qo’ysa, kiyim va choyshablarini shu zahoti almashtirish zarur. Og’ir yotgan bemorlarning choyshabini almashtirish uchun alohida usullar qo’llashga tog’ri keladi. Bunda bemorni avaylab o’rin chetiga suriladi, choyshabning bo’shagan qismini uning badaniga taqalguncha bint kabi dumaloqlab o’rab borish va o’rniga toza choyshab yozib, ustiga bemorni yotqizish kerak. Choyshab bemor oyoqlardan boshiga tomon (agar unga qimirlash ham taqiqlangan bo’lsa) o’rab boriladi. Avval choyshabning oyoq tomonidagi uchini beligacha o’rab kelib, tozasini yozib boriladi, so’ngra choyshabni tananing yuqori qismi tagidan chiqarib olib tozasi bilan almashtiriladi. Choyshab almashtirilgach, buklib qolgan joylarini yaxshilab tekislash (bemor qimirlaganida bukilib qolmasligi uchun choyshabni to’shakka tog’nag’ichlab qo’ysa ham bo’ladi) lozim. Miokard infarkti va insult bo’lgan bemorlarning choyshab va kiyimlari ayniqsa ehtiyotkorlik bilan almashtiriladi. Og’ir yotgan bemorlarning ko’ylagini almashtirish uchun orqasidan tagiga qo’l solib, ko’ylagini ensasigacha ko’tariladi, keyin galma-galdan yenglari yechib olinadi. Agar bemorning bir qo’li shikastlangan bo’lsa, avval sog’lom qo’lini yengidan chiqariladi (miokard infarktida esa avval o’ng qo’l yengdan chiqariladi). Toza ko’ylakni esa kasal qo’ldan kiygizila boshlab, so’nga boshdan o’tkaziladi va orqadan dumg’azgacha tushirilib, burmalari yaxshilab to’grilanadi. Qimirlash mumkin bo’lmagan bemorlarga raspashonka-ko’ylak kiygizish tavsiya etiladi.
Bemor ruhan va psixik jihatdan tinch yotishi zarur. Shuning uchun uning uyqusi yaxshi — yomonligini, es-hushi, kayfiyati qandayligi, bezovtaligi yoki tinchligi, asabiylashayotgani yoki bo’shashib, behol yotishi va hokazolarni kuzatib borish kerak. Osoyishtalikni zarur sharti tinchlikdir. Bemor bilan uni hayajonlantiruvchi, bezovta qiluvchi, kayfiyatini buzadigan mavzularda gaplashish yaramaydi. Agar uni ko’ngli ezilgan, kayfiyati yomon bo’lsa, ruhini ko’tarib, unda sog’ayishiga umid uyg’otishiga harakat qilish kerak. Bemor kasali og’ir va bedavo bo’lsa, o’ziga bildirmay hayotining so’nggi daqiqalarigacha uni tetiklantirib turish lozim.
Bemor ovqati xilma-xil va bekam-ko’st, ya’ni asosiy oziq moddalari va yetarli miqdorda vitaminlarga ega bo’lishi kerak. Uni hamisha ma’lum bir vaqtlarda kuniga 4 mahal, ba’zan undan ham tez-tez ovqatlantirib turish o’rinli. Ovqatning xili va suyuqlik miqdorini vrach belgilaydi. Darmonsizlangan bemorlarga ichimliklar maxsus idish yoki kichikroq choynakdan ichirib turiladi. Turmaydigan bemorlarning ovqatlanishi uchun to’shagiga skameykaga o’xshash stolcha qilib beriladi. Bunday stolcha bo’lmasa, bemor o’rniga sochiq yoki kichikroq choyshab yozish va uni qoshiq bilan ovqatlantirib qo’yish tavsiya etiladi.
Bemorning ahvolini diqqat bilan kuzatib turish kerak, agar uning ahvoli yomonlashib qolsa, tez fursatda vrach chaqirish lozim. Bemorning rangi, badaniga toshmalar toshishi, shish kelishi, nafas olishi, hansirab qolishi, yo’tal tutishi va boshqalarga ahamiyat berish lozim. Bemorning ishtahasi qanday, haddan tashqari ko’p chanqamayaptimi, ko’ngli aynab qusayaptimi, qorni og’riyaptimi, ich yurishi, siydigi normal kelayotgan va hokazolarni bilib turish zarur, agar siydik kelmay qolsa tezda vrach chaqirish kerak.
Barcha bemorlar temperaturasini kuniga ikki mahal ma’lum bir vaqtda (ertalab 8-9 larda va kechqurun 5-6 larda) o’lchab turiladi. Ba’zi kasalliklarda vrach tavsiyasiga binoan temperature tez- tez o’lchanadi. Termometr 10 minut uchlab turiladi. Temperatura o’lchab bo’lingach, termometrni spirt bilan yoki atir bilan artish va simobli tomonini pastga qilib silkitish kerak.
Vrach ko’rsatmasiga binoan bemorlarga ko’pincha har-xil muolaja (protsedura)lar qilish (priparkalar, kompress, klizma, grelka, banka qo’yish, gorchichnik qo’yish) kerak bo’ladi. Ba’zan ichiga muz yoki qor solingan xaltachalar qo’yiladi. Bunday xaltacha tagiga sochiqni buklab qo’yiladi.
Dorilarni faqat vrach buyurgan vaqtda va ko’rsatgan miqdorda berib borish zarur. Tomchi dorilarni tomizg’ich (pipetka) bilan tomizib berish kerak. Dorilarni bolalar ololmaydigan joylarda saqlash lozim.
Ba’zi bemorlarni parvarish qilishda maxsus chora-tadbirlar kerak bo’ladi. Masalan, ko’zi kasallangan bemorlarni parvarish qilishda ko’zni yuvish va unga dori tomizish, maz’ qo’yishni bilish zarur. Ko’zga pipetka bilan dori tomizilayotganda (odatda 1-2 tomchisi pastki qovoqning shilliq pardasiga tomiziladi) bemor yuqoriga qarab turishi kerak, pastki qovog’ini ham paxta tampon bilan pastga tortib turiladi.
Tomizg’ichning uchi ko’z, qovoq va kipriklarga tegmasligi kerak. Kon’.ktivintda, govmichcha chiqqanida va hokazolarda ko’zni yuvish uchun (2%li borat kislota eritmasi bilan) odatda kichkina noksimon rezina koptokcha yoki paxta bo’lagidan foydalaniladi. Ko’z qovoqlarining orqasiga maz qo’yishda (bunda bemor yuqoriga qarab turishi kerak) shisha tayoqcha ishlatiladi. Maz tortib turilgan pastki qovoq burmasiga qo’yilganda, bemor ko’zlarini yumishi lozim, shunda tayoqchani chaqqaga tomon gorizontal ravishda tortib chiqarib olinadi, so’ngra yumuq ko’z qovoqlari iylanadi.
Quloq kasalliklarida eshituv yo’li ingichka tayoqchaga o’rlagan paxta bilan tozalab, artib olinadi yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar (borat kislota, kaliy permonganat eritmasi) bilan ohista yuviladi. Yiring kelib turgan bo’lsa, quloqqa ohista paxta kiritilib (2-3 soatga), u nam bo’lib ketgach almashtiriladi. Vrach buyurgan tomchi dorilar quloq tozalangandan keyin tomiziladi; tomchi dorilar boshni aylantirib, ko’ngil aynamasligi uchun tana haroratiga qadar ilitilishi kerak. Dori tomizishda bemorni yonboshi bilan yotqizib quloq suprasini orqa va yuqori tomonga cho’zib turish lozim. Dori tomizilgach, bemor 20-25 minut yotishi zarur.
Tomchi dorilar burunga bemorni chalqancha yoki boshini orqasiga tashlab o’tirgan holiday tomiziladi. Burunga emul’siya yuborish uchun yaxshisi choyqoshiqdan foydalanish kerak, yuborishdan avval emul’siyani qoshiqda ilitib suyultiradi.
Chayish uchun ishlatiladigan eritma iliq bo’lishi lozim. Ingalatsiya buyurilgan hollarda ingalyator bo’lmasa, olovda olingan kastryulkadan chiqayotgan bug’ni nafasga olish mumkin
Infeksion (yuqumli) kasalliklar bilan og’rigan bemorlar alohida parvarish talab qiladi. Avvalo ozodalikka qat’iy rioya qilish, joriy dezinfeksiya o’takzib turishi lozim. Bunday bemorga qaraydigan odam kasallikning yuqishi va tarqalishi mumkinligini esda tutishi zarur. Bemorga qaraydigan kishiga xalati tugmalarini yaxshilab qadab, boshiga toza ro’mol o’rash, qo’llarini tez- tez dezinfeksiyalovchi eritmalar va issiq suvda sovunlab yuvib turish tavsiya etiladi.
Bemor bolani parvarish qilish
Har bir ona kasal bolani parvarish qilishni bilishi kerak. Kasallik bolaning yurish-turishidan darhol ma’lum bo’ladi: bola injiqlanib, qo’lga olishni so’raydi, ovqat yemay qo’yadi, bo’shashib qoladi. Bunda uning temperaturasini o’lchab ko’rish va o’rniga yotqizib vrach chaqirish kerak. Kasal bo’lib qolganida bolani darhol poliklinikaga olib bormay, vrachni uyga chaqirish lozim. Bola ichi ketib, qayt qila boshlasa, vrach yetib kelgunga qadar unga ovqat bermay, faqat qaynagan suv yoki choy ichirib turish kerak. Shuningdek, bulg’angan yo’rgagi yoki bola axlati, qusug’i turgan tuvakni vrach yetib kelgunga qadar saqlab turish zarur. Kasal bolaga, ayniqsa uning temperaturasi ko’tarilgan vaqtida tinch sharoit yaratish, uyqusini ehtiyotlash juda muhim. Uning karavoti yorug’lik tushadigan joyda turishi, lekin bolaning yuziga yorug’lik tik tushmaydigan bo’lishi kerak. O’rinning yoniga ovqat, ichimlik va o’yinchoqlar uchun kichkina stolcha yoki tumbochka qo’yish tavsiya etiladi. Xonani yaxshilab shamollatib turiladi. Qishda xonani shamollatib so’ng havosi isiganidan keyingina bolaning issiq kiyimlarini yechib olish mumkin. Kasal bolaning karavotidagi o’rinni har kuni qaytadan solib, klyonkasini rostlab qo’yish, ko’rpa-ko’rpachalarini qoqib, choyshab hamda yostiq jildlarini shamollatib turish lozim.
Bolani vrach aytganidek ovqatlantirib turish shart. Ishtahasi pasaygan bo’lsa, ovqatni kam-kamdan berib turiladi. Zo’rlab ovqat yedirish yaramaydi. Qayt qilish bilan kechadigan kasalliklarda go’dakka sog’ib olingan sut va imkoni boricha tez- tez qaynagan suv berib tusih lozim.
Bola badanini toza saqlash zarur, lekin bunda uni charchatib qo’yish yaramaydi. Yuzi, bo’yni, quloqlarining orqasi, terisining burmalari qaynagan suvga ho’llangan paxta bilan artiladi; qo’llari kuniga bir necha martta yuvib qo’yiladi. Bolaning ostini ham har kuni yuvib turish kerak, tagiga klyonka solib , klyonka ustidan yo’rgak latta yoziladi, chov sohasi, dumbalari hamda orqa chiqaruv teshigining atroflarini ohista ishqalab keyin quruq qilib artiladi, so’ngra vazelin moyi surtib qo’yiladi. Ichi kelgach har safar bolaning ostini yuvish lozim. Vrach ruxsat bersa, bolani cho’miltirish kerak, agar uni cho’miltirish mumkin bo’lmasa butun badanini har kuni iliq suv (37-38 gradus) da ho’llangan sochiq bilan artib turish zarur. Avval tananing bir qismini ho’llab, so’ngra quruq qilib artilib, keyin boshqa qismiga o’tiladi. Badani bichilmasligi uchun bolani tez- tez boshqa tomonga aylantirib yotqizish lozim. Ko’zlarini har kuni ertalab 1 yoki 2 % li borat kislota eritmasi bilan yuvib turish (chakkasidan burniga tomon) shart. Ko’zlarining shilliq pardasi yallig’langan yoki ko’zdan yiring chiqib turgan bo’lsa bolani yonboshiga (kasal ko’zi tomoni bilan) yotqizilib, boshining tagidagi yostiq ustiga bir necha qavat buklangan toza latta qo’yish kerak.
Agar kasal bolaning burni oqayotgan bo’lsa, bir bo’lak doka yoki yumshoq surp latta bilan artib turiladi. Burunni paxta pilik bilan tozalanadi va shunday pilik yordamida dori surtiladi. Burunning ikkala teshigiga bir yo’la pilik tiqish yaramaydi. Dorini burun tozalanganidan keyin pipetka yoki qoshiqcha bilan tomiziladi. Bunda uni yotqizib yoki boshini orqasiga tashlagan holatda o’tkazib qo’yiladi.
Shaxsiy Gigiyena 1-qism
Shaxsiy Gigiyena – odam sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga olib keluvchi tozalikka rioya qilish qonun qoidalari majmua. Sh.g. har bir kishining o’ziga va yoshiga bog’liq bo’lib, aqliy va jismoniy mehnatni to’g’ri yo’lga qo’yish, jismoniy tarbiya bilan shug’illanish, ovqatni vaqtida yeyish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to’g’ri uyushtirishdan iborat. Tor ma’noda badan, kiyim-kechak, ko’rpa-to’shak, turarjoy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k.lar ham Sh. G.ga kiradi. Birinchi navbatda badanni ozoda saqlashga e’tibor berish zarur. Ma’lum bo’lishicha yog’ bezlari bir haftada teri ostiga 100-300 g. yog’, ter bezlari esa 3,5-7 l. ter ishlab chiqarar ekan. Shuning uchun muntazam yuvinib turish lozim, aks holda badanni mikroorganizmlarga qarshi kurashish va himoyalanish funksiyasi susayib, har xil yiringli yara-chaqalar paydo bo’ladi.
Ayniqsa badanning ochiq yojlari, shuningdek tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qo’lni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni to’g’ri parvarish qilishga odatlanish kerak. Xususan to’g’ri ovqatlanish tarmoqlarida ishlovchilarqo’lni toza tutishlari lozim. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qo’lni tozaligiga e’tibor berish kerak (masalan, dizenteriyani ko’pincha iflos qo’l kasalligi deb atashadi). Bolalarni juda yoshligidanoq sh.g.ga o’rgatish zarur.
Badanni toza tutishdagi asosiy vosita sovun bilan suvdir; yuvinish uchun atir sovun va yumshoq suvdan foydalangan ma’qul. Ma’lumki badan terisini quruq, yog’li va normal bo’ladi; terini parvarish qilganda uning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushga yuvinish qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushda yuvinish maqsadga muvofiq; chang joyda ishlaydiganlar, shuningdek ko’p terlaydigan kishilar albatta dush qabul qilishlari zarur, bunda suv tempraturasi 37-38 gradusdan oshmasligi kerak. Uyda dush bo’lmasa badanning ochiq va ko’p terlaydigan joylarini, qo’ltiq va ko’krak bezlari ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Xammomga haftada bir marta brogan ma’qul, bunda banni mochalka bilan sovunlab yuviladi, kirlangan kiyim tozasiga almashtiriladi. Badan mochalka bilan yuvilganda teri yaxshi tozalanadi, uning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, odam o’zini tetik his qiladi. Yuvingandan keyin teri burmalarini tualet sirkasi yoki biror xil loson bilan artish foydali. (q. Kosmetika). Oyoqni kuniga o’ringa yotishdan oldin sovunlab, agar barmoqlar burmalari chaqalangan, bichilgan joylar bo’lsa, albatta vrachga ko’rinib qo’yish zarur. Oyoqda tirnalgan, shilingan joylar bo’lishi terining yiringli hamma zamburug’ kasalliklariga olib kelishini sedan chiqarmaslik kerak. Oyoqda qadoq bo’lsa, uni maxsus kosmetika kabinetlarida oldirib tashlash zarur.