Toshkentda uylar yaqinida kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi
Kompaniya oʻz mijozlaridan tushunishlarini soʻrab qoladi. Hozirgi sharoitda UzAuto Motorsʼning asosiy maqsadi avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdir. Sizning qoʻllab-quvvatlashingiz bilan tez orada yuzaga kelgan vaziyatni yengillashtirishimiz hamda ushbu avtomobil modellari uchun shartnomalar qayta yoʻlga qoʻyilishiga ishonamiz”, — deyiladi xabarda.
UzAuto Motors Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilish toʻxtatilganini ma’lum qildi
Ushbu qaror O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib qabul qilingan
Foto: Авто в Узбекистане
Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha toʻxtatilgani maʼlum qilindi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati maʼlm qilmoqda.
“Oʻzbekistonda avtomobillarga boʻlgan talabning anomal oʻsishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllanilgan yoʻldan borishni toʻgʻri deb hisoblaydi. Shu sababli Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha toʻxtatadi. Bu oʻz navbatida barcha saʼy-harakatni avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha avtomobil ishlab chiqarishga yoʻnaltiradi.
Kompaniya oʻz mijozlaridan tushunishlarini soʻrab qoladi. Hozirgi sharoitda UzAuto Motorsʼning asosiy maqsadi avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdir. Sizning qoʻllab-quvvatlashingiz bilan tez orada yuzaga kelgan vaziyatni yengillashtirishimiz hamda ushbu avtomobil modellari uchun shartnomalar qayta yoʻlga qoʻyilishiga ishonamiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, “UzAuto Motors” kompaniyasi Damas va Labo sotuvini vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkentda uylar yaqinida kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi
Toshkentda tadbirkorlarga kiyim-kechak va xo‘jalik mollari sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Shayxontohur tuman hokimligi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, karantin sabab barcha buyum bozorlari faoliyati to‘xtaganligi bois aholining kiyim-kechak, maishiy texnika va shu singari qator boshqa tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji internet do‘konlari orqali qisman qanoatlantirilayotgan edi. Kunlar isib borishi sababli yangi mavsum uchun liboslar, ust-boshga ehtiyoj paydo bo‘ladi, shuningdek, xo‘jalik mollari ham kerak bo‘ladi.
Karantin davrida barcha buyum bozorlari ishlamayotganligi sababli, aholining mazkur yo‘nalishdagi talab va ehtiyojidan kelib chiqib, tadbirkorlarga maxsus tijorat avtomashinalaridan foydalanish sharti bilan mavsumiy tovarlarning sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, mahallalarda tashkil etilgan har bir savdo va oziq-ovqat yarmarkasidan tashqari, uylar yaqinida antiseptiklar, shaxsiy gigiyena vositalari (sovun, kir yuvish sovuni, tish pastasi, hojatxona qog‘ozi va boshqalar), yuvish vositalari (kukunlar, gellar va boshqalar), kiyim-kechak (yozgi kiyimlar, poyabzal va boshqalar) savdosi tashkil etiladi.
16-aprel, payshanba kuni Uchtepa tumanidagi “Abdulla Qodiriy”, “Yusuf Sakkokiy” va “Ko‘ksaroy” mahallalarida, shuningdek, Shayxontohur tumanidagi “Shayxontohur” mahallasida shu kabi tovarlar savdosi tashkil etildi.
Shunday sayyor savdo nuqtalarini tashkil etishni istagan tadbirkorlardan ushbu faoliyat uchun sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlagan holda maxsus tijorat mashinalarini tashkil etishlari va savdo jarayonida ham bu turdagi faoliyat uchun maxsus ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilishlari talab etiladi.
Qayd etilishicha, mazkur tijorat mashinalaridagi savdo qachon, qaysi manzillarda ishlashi bo‘yicha tuman hokimliklari aholini muntazam xabardor etib boradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.
Karantin davrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyatning barcha shahar, tumanlarida ko‘chma bozorlar tashkil etildi. 6-apreldan boshlab tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlarning bozor va supermarketlarga kirishi taqiqlandi.
Kiyim bozori qachon ochiladi
Toshkent hokimiyati aholining nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida sayyor savdo nuqtalarini tashkil etmoqda. Bu haqda hokimiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Aholi o‘z uylariga yaqin manzildan savdo-sotiq qilishi uchun mahallalarda tashkil etilayotgan har bir savdo yarmarkasiga qo‘shimcha ravishda shaxsiy gigiyena vositalari, antiseptik vositalar, yuvish vositalari, kiyim kechaklar savdosi ham tashkil etila boshlandi.
Shuningdek, karantin davrida barcha buyum bozorlari ishlamayotganini hisobga olgan holda tadbirkorlarga maxsus tijorat avtomashinalari yordamida mavsumiy tovarlarning sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi.
Bu kabi ko‘chma bozorlarning qachon, qaysi manzillarda ishlashi haqida tuman hokimliklari xabar berib boradi.
Jumladan, ana shunday mavsumiy mahsulotlar savdosi 16 aprel kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi Abdulla Qodiriy, Yusuf Sakkokiy va «Ko‘ksaroy», shuningdek, Shayxontohur tumanidagi «Shayxontohur» mahallalarida tashkil etildi.
«Газета.uz» 2 477
O‘zbekistonda koronavirus | Dunyoda Statistika | ||||
248 222 | 241 504 | 1 637 | 674 044 195 | 130 899 063 | 6 863 075 |
aniqlangan holatlar | tuzalganlar | vafot etganlar | aniqlangan holatlar | tuzalganlar | vafot etganlar |
Ma’lumotlar: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Djons Xopkins universiteti (AQSh) |