Press "Enter" to skip to content

Dazmol tanlashni bilasizmi

Siz “Dazmol qilish taxtalari” toifasidan Toshkentda tovarlarni sotib olmoqchisiz, bu ishonchli va isbotlangan sotuvchilar tomonidan taklif qilinadi. Bunda tovar.uz katalogimiz sizga yordam beradi! Faqat eng yaxshi narxlar!

DAZMOL

DAZMOL — gazlama, kiyim-kechak, ko’nchilik mahsulotlari va boshqalarga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun mo’ljallangan asbob. Uy-ro’zg’orda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik fabrikalarida, ko’n zavodlarida ishlatiladi. Ro’zg’orda ishlatiladigan Dazmolning ko’mir yoki o’tin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr Dazmol ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va shnurdan iborat. Ba’zi elektr Dazmollar issiqlik darajasini uzgartiradigan (termorostlagichli) (masalan, 700 Vt — 1000 Vt li) qilib ishlab chiqariladi. Ba’zi Dazmollarda dazmollanadigan joyni ho’llab turadigan suv “kosacha” bo’ladi. Tikuvchilik fabrikalari, maishiy korxonalarda maxsus (og’irroq va quvvatliroq) Dazmollar va dazmollash presslari ishlatiladi. Ko’nchilikda ishlatiladigan Dazmol 90-100° gacha qizdiriladigan plita va unga terini qisadigan rolikdan iborat. Dazmol qadimdan ma’lum. 11-asrda O’rta Osiyoda Dazmol andavaga uxshash temir asbob bo’lib, uni o’tda qizdirib, kiyimning chok va bahyalarini bostirganlar, sirtini silliqlaganlar. Keyinchalik, olov Dazmol paydo bo’lgan. U paytlarda Dazmolni utuk (otuk) deb atashgan (M. Koshgariy “Turkiy suzlar devoni”, T., 1960). Hozir ham Xorazm, Samarqand viloyatlarida xalq Dazmolni utuk deb yuritadi.

Dazmol tanlashni bilasizmi?

Bir qarashda dazmolda murakkab va g‘aroyib xususiyatlar yo‘qdek. To‘g‘ri-da, kiyimni silliqlashda ishlatiladigan issiq temirga oid qanday yangiliklar bo‘lishi mumkin? Ammo bugungi dazmollar kechagidek emas. Matoni tekislovchi bir parcha yaltiroq temirga qanchadan-qancha qo‘shimcha funksiyalar qo‘shilgan. Bu gal oddiy, ammo turmushimizda o‘rni beqiyos ushbu buyum haqida hikoya qilamiz va maslahatlar beramiz.

An’anaviy zamonaviy dazmolga bug‘ generatori o‘rnatilgan bo‘ladi. Dag‘alroq matoni bug‘ purkab dazmollash mumkin. Buning uchun dazmollashdan oldin idishchasiga bir oz suv quyib olish kerak. Bug‘ purkovchi dazmollar do‘konlarda serob.

Bug‘ purkagichi alohida dazmol. Bu toifa dazmollarni oddiygina qilib bug‘ generatorli deb atashadi. Bunday dazmolning bug‘ yetkazuvchi qismi o‘zida emas, alohida joylashgandir. Ular ichak orqali birlashtiriladi. Odatda, bug‘ni kuchli va bir tekisda uzatadi. Asosan, katta matolarni, xususan, choyshab, yotoqxona qoplamalari va boshqa materiallarni tez-tez dazmollaydigan kishilarga kerak.

Yo‘l uchun dazmol. An’anaviy dazmolning kichikrog‘i. O‘lchami va vazni oz, chamadonda ko‘p joy egallamasligi uchun dastasi buklanadi. So‘nggi vaqtda yo‘l uchun dazmollarning ham bug‘lisini uchratish mumkin. Bir qultumgina suv quyasiz, tamom.

Yo‘l uchun dazmol

Simsiz dazmol. An’anaviy dazmolga o‘xshaydi, ammo rozetkadan emas, tagligidan (asos stansiyasi) isiydi. Birgina afzalligi ish vaqtida xalaqit beruvchi simi yo‘qligidir. Ammo tez-tez taglikda isitib olish talab etiladi. Dazmollaydigan kiyimingiz kam bo‘lsa, bu aynan sizga mos.

Dazmol tanlash vaqtida qo‘lingizda bir muddat tutib ko‘ring – qulayligiga, qo‘lingizni toliqtirmasligiga amin bo‘lsangiz, sotib oling.

Albatta, yo‘l uchun dazmollar eng ixchamidir. Ko‘p joy egallamaydi, vazni 1 kgga bormaydi (odatda 0,5-0,7 kg).

An’anaviy bug‘li dazmollarning vazni 1,8 kggacha bo‘ladi, ammo u og‘ir, shuning uchun 1,5 kggacha bo‘lganini tavsiya etamiz. Safarga olib ketishga kattalik qiladi, uyda saqlasangiz boshqa gap. Simsiz dazmollarning vazni va o‘lchami an’anaviy dazmollarnikiga o‘xshashdir.

Bug‘ purkagichli dazmol vazni 0,8-1,4 kg atrofida. Ishi dazmollash bilan bog‘liq kishilar uchun ayni muddao, ammo suvqozoni va qutisini alohida o‘rnatish uchun qo‘shimcha joy kerak. Qolaversa, qurilma to‘la vazni 5 kgga yaqin tosh bosadi.

Dazmol elektr pechkasi emas, vatti balandiga uchmang. 2000 Vt yetarli, u tez qiziydi va yaxshi dazmollaydi. 1500 Vtli dazmolni qizitishga esa bir oz ko‘proq vaqt sarflaysiz. Agar tez-tez dazmollamasangiz, o‘rtacha quvvatli dazmol tanlang.

Yo‘l uchun xarid qiladigan dazmolingizning quvvati 1 kVt bo‘lsa yetarli.

Bug‘ purkagichli dazmol (bug‘ generatori) quvvati odatda 2 kVtdan boshlanib, 3 kVtgacha yetishi mumkin. Bu suvqozon bosimini bir maromda tutish va tekis dazmollash uchun zarurdir.

  1. Asosi qanday materialdan bo‘lgani ma’qul?

Muhimi gazlama ustida silliq sirpanuvchan bo‘lsin. Bundan tashqari tugmalar, sidirma tugma (zamok), piston-qulfchalar sirtini tirnay olmasin. Umuman olganda, sifatli dazmollashi va o‘ziga ham, matoga ham shikast yetkazmasligi lozim.

Alyuminiy asosli dazmollar uncha qimmat bo‘lmaydi. Harorat rejimiga hushyor yondashish lozim, bu taraflama ancha nozik. Tirnalishga chidamsiz, chunki alyuminiy juda yumshoq metalldir. Afzalliklari – tozalash oson, vazni yengil va tez qiziydi.

Zanglamas (nerjaveyka) metall asosli dazmollar juda keng tarqalgan. Ular sekin qiziydi, ammo afzalliklari ko‘p: tozalash oson, sirti oynaday silliqligi uchun matoda yaxshi sirg‘aladi, yuzasi tirnalmaydi.

Keramika va metallokeramikaning afzalligi hatto o‘ta yuqori haroratda ham yaxshi sirg‘alishidir. Dazmollanayotgan materialga sira yopishib qolmaydi. Osongina tozalanadi. Jiddiy kamchiligi mo‘rtligidir, tashishda ehtiyot bo‘lish kerak. Metallokeramikali dazmol bir qadar mustahkamroq bo‘ladi.

Keramika asosli dazmol

Hozirda dazmollarning asosi shisha keramika, teflon, titandan yasalyapti. Ular bir-biridan o‘ng‘ay: a’lo darajada sirg‘aladi (ayniqsa, teflon), matoni kuydirmaydi va yopishib qolmaydi (issiqligicha mato ustida qoldirmasangiz, albatta), ishlatish yengil, tirnalishga chidamli. Metall tugma yo biror narsa qadalgan matoni teflon asosli dazmol bilan silliqlashda ehtiyot bo‘lish lozim.

Maslahat. Ipak, sintetika va boshqa nafis matolarni dazmollash uchun ostida nasadkasi bor dazmol xarid qiling. Ayniqsa, asosi alyuminiy yoki zanglamas metalldan bo‘lsa tavsiyamizga amal qiling.

  1. Qanday haroratda dazmollash kerak?

Bu dazmollanadigan mato turiga bog‘liq. Ko‘plab dazmollarning korpusida harorat rostlagich bo‘ladi. Odatda, unda harorat emas, mato turi hamda eng yuqori va eng past harorat (Min va Max) ko‘rsatiladi. Mana eng ko‘p uchraydigan matolarning harorat rejimlari:

Zig‘irpoya, paxta tolasi va zig‘irpoya aralash mato – 210-230°S

Shoyi – 130°S atrofida

Poliestrli paxta – 110°S

Korpusida umuman harorat rostlagichi yo‘q dazmollar ham uchrab turadi. Bu ba’zi bug‘ purkagichli dazmollarga xos. Uning harorat sozlamasi universaldir: asos metall 130-140°Sgacha qiziydi hamda kuchli bug‘ yordamida eng dag‘al matolarni ham dazmollash imkoni yaraladi. Bu turdagi dazmollarga OptimalTemp yoki iCare bilan Braun texnologiyali Philips modellarini misol keltirish mumkin.

Hozirda bug‘siz dazmol ishlatilmaydi, hisob. Yuqorida aytganimizdek, bug‘ dazmol korpusida yoki alohida ulangan suvqozonchada vujudga keltiriladi va asosdagi teshikchalar orqali purkaladi. Teshikchalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, bug‘ mato sirti bo‘ylab shuncha tekis purkaladi. Sifatli dazmollarda teshiklar soni yuzdan ortiq bo‘ladi. Bug‘ yordamida eng “itoatsiz” matolarni ham osongina dazmollash mumkin.

Dazmolda bug‘ni muntazam uzatish rejimi bo‘ladi. Uzatilgan bug‘ miqdori daqiqasiga grammlarda o‘lchanadi. Zamonaviy dazmollarda bu ko‘rsatkich 20 gr/daqiqadan boshlanadi. Agar g‘ijim materiallarni tez-tez dazmollaydigan bo‘lsangiz, daqiqasiga 40-50 gr bug‘ purkaydigan modellardan olishni tavsiya qilamiz. Bug‘ intensivligini rostlash vositasi bo‘lsa – nur ustiga a’lo nur. Bundan tashqari, bug‘ miqdori avtomatik tarzda rostlanadigan dazmollar ham bo‘ladi.

Bug‘ generatorli dazmollarda muntazam bug‘ purkash intensivligi bir daqiqada 100-200 gramm bo‘lishi mumkin.

Bug‘ zarbasi qisqa vaqt mobaynida yuqori bosim bilan matoga bug‘ haydashdir. Mato juda g‘ijim va qayishqoq bo‘lsa, bug‘ zarbasi yuborib silliqlanadi. Korpusidagi tugmani bosish yo‘li bilan zarba yuboriladi. Bug‘ zarbasi intensivligi maishiy dazmollarda daqiqasiga 70-200 grammgacha boradi. Bug‘ generatorli dazmollarda bu ko‘rsatkich 450 gr/daqiqagacha yetadi.

Ayrim dazmollar vertikal bug‘lash rejimida ishlay oladi. Buning uchun dazmolni gorizontal holda tutish shart emas, tik holatda ushlagancha pardani, osilgan matolarni yoki egningizdagi ko‘ylak g‘ijimini tezgina tekislashingiz mumkin. Bu rejim bug‘ni juda katta bosim bilan uzatib hosil qilinadi. Ayrim dazmollarda vertikal rejimi yozilgan bo‘ladi, ammo ishlamaydi. Shuning uchun tekshirib olish kerak.

Zamonaviy dazmolda albatta suvqozoncha bo‘ladi. Suv sig‘imi turlicha: rusumiga qarab 150 mldan 500 mlgacha boradi. Bug‘ generatorlarida 2 litrgacha yetadi. Suv qozonining cheti shaffof bo‘lgan dazmolni tanlashni maslahat beramiz, chunki suv hajmini nazorat qilish qulay.

Bundan tashqari, suv quyish teshikchasi juda tor bo‘lmasligi kerak hamda korpusning qulay tarafida joylashuvi lozim.

Avtomatik o‘chish. Eng zamonaviy dazmollarni tokdan o‘chirishni unutsangiz ham katta falokat keltirmaydi. Bir muddatdan so‘ng dazmolning o‘zi o‘chadi. Agar gorizontal holda 30 soniyadan ortiq yoniq qolsa, o‘zi o‘chadi. Vertikal holda qolib ketsa, 8-10 daqiqada (rusumiga qarab) o‘chadi. Dazmolning qo‘lingizga tutsangizgina qiziydigan turlari ham bor. Avtomatik o‘chish funksiyasi g‘oyat muhim xususiyatdir, xarid qilishda buni, albatta, hisobga oling.

Suv purkash. Ayrim matolarni dazmollashdan oldin namlab olsangiz, ish yengil kechadi. Bunda dazmolning o‘zi sizga ko‘maklashadi: tegishli tugmani bosasiz, qarabsizki, old qismidan suv sepiladi. Qulay va foydali, shunday emasmi?

Tomchidan saqlovchi tizim. Ayrim matolarga dazmollashda suv tomib xunuk iz qoldiradi. Tomchidan saqlovchi tizim past haroratda quruq dazmollash chog‘ida matoga suv tomishidan asraydi.

Tomchidan saqlovchi tizim

Asosini kirdan tozalash. Dazmol ko‘p ishlatilsa, metall asosi kirlanib qoladi. Tozalashning eng samarali yo‘li maxsus tozalovchi kasseta, sterjendan foydalanishdir. An’anaviy dazmol va bug‘ generatorlarining barchasida bu holat ko‘zda tutilgan. Vodoprovod suvi va kasseta yordamida, taxminan oyiga bir marta metall sirti tozalanadi.

Yoki bo‘lmasa, metall sterjen yordamida qasmoq sidirib olinadi. Sterjenni tozalab yana ishlataverasiz, ammo bir marta ishlatiladigan turlari ham uchraydi. Agar dazmolni qasmoqdan tozalovchi qo‘shimcha ashyosi bo‘lmasa, maxsus tozalovchi suyuqlikdan foydalaning. Bunday suyuqlik savdoda bor.

Dazmol qulay shaklda bo‘lishi kerak, toki ishlaganda qo‘l tez toliqmasin. Sotib olishdan avval qo‘lingizda qanday o‘rnashishini, dastasi sirg‘anmasligi va simi xalaqit bermasligini tekshirib ko‘ring.

Dazmol dastasi ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. Qaysi biri qulayligini o‘zingiz tanlaganingiz ma’qul. Ba’zi dastasi ochiq dazmollar vertikal turmagani uchun ayrimlar xush ko‘rmaydi.

Dazmolning simiga ham e’tibor berish kerak. Ish silliq kechishi uchun sim 2-2,5 metrcha bo‘lgani yaxshi. Undan uzuni xalaqit beradi. Simsiz dazmollar uchun bu xususiyat ahamiyatsiz.

Simning dazmol korpusiga ulanish shakliga e’tibor bering. Soqqasimon tarzda ulangan bo‘lsa 360 gradusga erkin buriladi va sim o‘ralashib qolishi ehtimoli kamayadi.

Dazmol qilish taxtalari Toshkentda

Siz “Dazmol qilish taxtalari” toifasidan Toshkentda tovarlarni sotib olmoqchisiz, bu ishonchli va isbotlangan sotuvchilar tomonidan taklif qilinadi. Bunda tovar.uz katalogimiz sizga yordam beradi! Faqat eng yaxshi narxlar!

“Dazmol qilish taxtalari” Toshkentda sotib olish

Tovar.uz savdo platformamizga xush kelibsiz. Ushbu sahifada siz tez va osonlik bilan tasdiqlangan va ishonchli etkazib beruvchilardan “Dazmol qilish taxtalari”ni tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin. “Dazmol qilish taxtalari Toshkentda” sarlavhasidagi tovarlar uchun barcha narxlar sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan shaxsan tasdiqlangan. Biroq, mos pozitsiyani tanlab, mahsulot sotilganmi, yoki o’tgan vaqt ichida narx o’zgarganmi, yoki yo’qligini aniqlash uchun sotuvchiga murojaat qilishingiz kerak.

Filtrlarning keng diapazoni, sizga Toshkentda “Dazmol qilish taxtalari” Toshkentda guruhidagi ideal variantni sotib olish uchun so’rovingizni iloji boricha aniqroq aniqlash imkonini beradi. Filtrlar yordamida ishlab chiqaruvchining mamlakatini, narx oralig’ini, siz uchun qulay bo’lgan to’lov turini (naqd pul, pul o’tkazish, Payme(Peymi), Click (klik), mahsulot turi, to’lov turi (chakana, ulgurji) va uning asosiy parametrlari va xususiyatlari aniqlab olish mumkin. Shuningdek, pozitsiyalarni narx, yangilik yoki mashhurlik bo’yicha guruhlanadi. Bundan tashqari, sotib olishdan oldin, siz taklif qilingan barcha variantlar orasida “Dazmol qilish taxtalari” bo’limidan o’xshash takliflarni solishtirishingiz mumkin. Bizning platformamiz samarali qidirish va vaqtingizni tejash uchun barcha qulayliklarni taqdim etadi.

Agar siz o’z mahsulotlarini “Dazmol qilish taxtalari Toshkentda” sahifasida taklif qilmoqchi bo’lgan tadbirkor bo’lsangiz, u holda, bizning Tovar.uz internet platformamiz, siz uchun savdo qilish uchun ajoyib maydon bo’ladi. Buning uchun siz saytda bepul ro’yxatdan o’tishingiz va xaridorlarni kompaniyangiz va tijorat takliflaringiz bilan tanishtirish uchun shaxsiy sahifani tashkil qilishingiz kerak. Siz “Dazmol qilish taxtalari” bo’limiga, fotosuratlarni, batafsil tavsiflarga va potentsial xaridor siz bilan bog’lanishi mumkin bo’lgan aloqa ma’lumotiga qo’shishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, Toshkentda tadbirkorlar o’rtasidagi raqobatni hisobga olgan holda, “Mahsulotlar” bo’limida sizning mahsulotlaringiz haqidagi barcha ma’lumotlar eng foydali tarzda taqdim etilishi kerak (asl fotosuratlarni yuklang, jozibali tavsif yozing, batafsil tavsiflarni ko’rsating), shunda sayt tashrif buyuruvchilari “Dazmol qilish taxtalari” sarlavhasi ostida sizning taklifingizni tanlashlari kerak.

Sotuvchi “Dazmol qilish taxtalari Toshkentda” sarlavhasi ostida keltirilgan ma’lumotlar uchun javobgardir!