Press "Enter" to skip to content

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

Internetdagi savdo maydonchamizda siz O’zbekiston bo’yicha taklif qilingan Kiyim ilgichlar kategoriyasidagi mahsulotlarni tez, oson va qulay sotib olishingiz mumkin. Saytda xarid qilish uchun maqbul shartlarga ega eng yaxshi takliflar mavjud. O’zbekiston bo’yicha Kiyim ilgichlar kategoriyasidagi mahsulotlarini sotadigan kompaniyalar arzon narxlar, tezkor yetkazib berish va xaridorga foydali bo’lgan boshqa imkoniyatlarni taklif qiladi.

Kiyim ilgichlar O’zbekiston bo’yicha

Kiyim ilgichlar O’zbekiston bo’yicha – Glotr.uzdagi eng yaxshi takliflar

Internetdagi savdo maydonchamizda siz O’zbekiston bo’yicha taklif qilingan Kiyim ilgichlar kategoriyasidagi mahsulotlarni tez, oson va qulay sotib olishingiz mumkin. Saytda xarid qilish uchun maqbul shartlarga ega eng yaxshi takliflar mavjud. O’zbekiston bo’yicha Kiyim ilgichlar kategoriyasidagi mahsulotlarini sotadigan kompaniyalar arzon narxlar, tezkor yetkazib berish va xaridorga foydali bo’lgan boshqa imkoniyatlarni taklif qiladi.

Bu yerda siz O’zbekiston bo’yichagi Kiyim ilgichlar uchun eng maqbul narxni topasiz, bu sizning xarajatlaringizni iloji boricha kamaytiradi. Bundan tashqari, izohlarning mavjudligi va fotosurat bilan O’zbekiston bo’yichagi kategoriya qisqacha tavsifi sizga taklif qilinayotgan mahsulot haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.

Glotr.uz onlayn-savdo markazi O’zbekiston bo’yichagi Kiyim ilgichlar kategoriyasidan biron narsani sotmoqchi bo’lganlar uchun qulay va foydalidir. Loyiha har bir biznes vakiliga maqsadli auditoriyani kafolatlangan ishtirokisiz bepul o’z sahifalarini yaratishga imkon beradi. Bu erda siz fotosurat qo’yishingiz va O’zbekiston bo’yicha Kiyim ilgichlar seriyasidagi mahsulotlar narxlarini ko’rsatishingiz, shuningdek boshqa sotuvchilarning o’xshash takliflari to’g’risida ma’lumot olishingiz mumkin.

Glotr.uz yordamida O’zbekiston bo’yicha Kiyim ilgichlar kategoriyasidan mahsulotlarni sotish va sotib olguncha siz juda qulay va foydali imkoniyatga ega bo’lasiz.!

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

O’tkir zehn va yaxshi hulq-atvordan tashqari to’gri tanlangan uslub ham omadga erishishda yaxshigina qo’l keladi. Psixologlarning takidlashlariga qaraganda, inson sotib olgan buyumi uning ichki dunyosi bilan bevosita bog’liq. Shunday ekan ba’zi bir buyum yoki liboslar ongsiz ravishda tanlanishi orqali insonning o’ziga bo’lgan bahosini pasaytiradi. Keling, hozir sizga kiyim javondagi uchrashi mumkin bo’lgan kamchiliklarni keltirib o’taylik.

Bir hillikdan iborat kiyimlar

Ko’pincha odamlar tavakkal qilishni va o’z imidjini yaratishda tajribalar o’tkazishni xohlamaydilar. Shu sababli, javondagi ko’plab futbolkalar, shimlar va poyafzallar bir-biriga juda o’xshash bo’lib qoladi. “Moda psixologiyasi” kitobining muallifi, professor Karen Paynning so’zlariga ko’ra, doimiy ravishda ko’k jinsi kiygan ayol tushkunlikka va yomon kayfiyatga moyil.Kiyim javonidagi xilma-xillikni afzal ko’rgan xonimlar, aksincha, o’zlarini baxtli his qilishadi va kayfiyatlari yaxshi bo’ladi.

Shaklsiz, cho’zilgan narsalar

Psixolog Jennifer Baumgartner o’zining “Siz nima kiysangiz, o’sha sizsiz” kitobida, jozibali kombinezonni yaxshi ko’radiganlar va mahkam o’rnashgan siluetlarning muxoliflari o’zlariga haddan tashqari e’tibor jalb qilishdan qo’rqishlarini va e’tibordan chetda bo’lishni yoqtirishlarini yozgan. Biroq, bu izoh universal o’lcham “oversize” deb ataladigan katta hajmli kiyimlarga talluqli emas. Agar siz bunday kiyimni to’g’ri tanlasangiz, unda o’zingizni nafaqat qulay his qilasiz, balki o’zingizga bo’lgan ishonchingiz ortadi.

Xiralashgan ranglar

Libosning rangi ham ko’p narsa to’g’risida gapiradi. Jyul Stishish “Diqqat bilan kiyinishning asosiy qo’llanmasi” kitobida insonning ichki holati va kiyim rangi o’rtasidagi bog’liqlikni tushuntiradi. Masalan, xira, tushunarsiz soyalar va kombinatsiyalar qo’rqoqlik va uyatchanlikni ko’rsatadi. Bunday xulq-atvorli odamlar hech kim ularga e’tibor bermasliklari uchun kamtarona kiyinishga moyildirlar. Ularni rag’batlantirish va uyalishini yengishga yordam berish kerak.

Sizning o’lchamingiz bo’lmagan narsalar

Kichkina yoki katta hajmdagi kiyimlar o’z-o’ziga bo’lgan bahoni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Kichkina kiyimlar keraksiz bo’lgan yog’larni bilintirib qo’yadi va juda katta bo’lganlari esa tashqaridan sizni yanada ulkan qilib ko’rsatadi. Aynan shu bois kiyim javoningizni yangilashingizdan oldin mutahassislar do’konga eng yaqin bo’lgan dugonangiz bilan bo’rishingizni tavsiya qilishadi . Dugonangiz sizga juda mos kelgan libos va olishingiz kerak bo’lmagan libosni ochiq ayta oladi.

Sport formasi

Kundalik katta hajmli jemper va sport ishtoni kiyish, inson tanasining go’zalligiga shubha qilishini va uni yashirishni istashini anglatadi. Bundan tashqari, ushbu uslubda ofisda yoki partiyada ko’rinish berish judayam hunuk holat hisoblanadi. Bunday holda, sport kiyimi tanadagi kamchiliklarni berkitmay, o’zini yashirishga urunmagan insonni ham shubhali qilib ko’rsatib qo’yadi. Kundalik hayotda fitness yoki boshqa bir sport uchun o’ziga ishongan qizlar torroq losina, top va qulay krosofkalar tanlashadi.

Moda ortidan quvish

Modaning barcha noaniq narsalariga ergashish istagi, boshqalar ular haqida nima deb o’ylashlaridan juda xavotirda bo’lgan odamlarda paydo bo’ladi. Agar ular boshqalardan oldinroq yangi kolleksiyadan narsalar harid qilib olishni,boshqalardan ortda qolib ketmaslikni istashadi. Biroq libos harid qilishda nafaqat so’nggi tendentsiyalarni hisobga olgan holda, balki sizga mos keladigan narsani tanlagan holda kiyim javoningizni bo’yitishingiz kerak. Bundan tashqari, mutaxassislar logotiplarga e’tiborini jalb qilmaslikka chaqiradilar, chunki atrofingizdagilar logotiplarni emas sizni qadrlashi kerak.

Shaxmat belgili liboslar

Liboslardagi ornamentlarni ham ayollar tasodifan tanlamaydilar. Masalan, qora oq katakli naqshlar insonning yashirin komplekslarga ega ekanligini va u qiyin axvolda bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Agar sizning yaqin dugonalarigizdan biri shunday kiyimni 3 – 4 martadan beri qayta qayta olayotgan bo’lsa, u holda uni kayfiyatini ko’tarishga uni do’kon aylanishga taklif qilishga harakat qilib ko’ring.

Haddan tashqari e’tibor tortuvchi kiyimlar

E’tiborni haddan tashqari tortuvchi kiyimlar atrofdagilarning barchasini diqqatini jalb qiladi. O’tkir maqtovlarning yetishmasligi va butun diqqatni tortish o’ziga bo’lgan bahosi past ekanligidan dalolat berishi ham mumkin. Agar bunday uslubdagi liboslar to’y yoki muhim tadbirlar uchun tanlangan bo’lsa, unda kech narsa qaddi qomatning go’zalligini takidlashga to’sqinlik qilmaydi.

Tugmalar juda ko’p libos

Ko’p tugmachali narsalarni ozodalik va aniqlikni hurmat qiladigan erkaklar va ayollar afzal ko’rishadi. Ular har doim ehtiyotkorlik bilan harakatlanadigan , tartibli va yig’ilishlarga hech qachon kechikmaydiganlardandir . Ammo, kitob muallifining so’zlariga ko’ra “Hamma yolg’on gapiradi! Svetlana Kuzinaning “odamlarni tashqi ko’rinishi bo’yicha ajtratish”ni o’rganamiz. Ushbu turdagi liboslar egilganda , yoki bo’lmasa o’tirib turganda insonni o’ziga bo’lga ishonchini kamayliradi, o’zidan shubhalanishga olib keladi. Shunday ekan ushbu holatda bunday odamni bejirim kostyumini yoki bo’lmasa soch tutmagini maqtashga harakat qiling.

Vaziyatlarga to’g’ri kelmaydigan liboslar

Muhim tanovul paytida shortik kiygan yoki bo’lmasa ofisga judayam ochiq libosda tashrif buyurganlar – tabiatan qo’zg’alonchi fe’l atvorga ega bo’ladilar. Bundan tashqari ular barcha narsani o’z nazoratlariga olishni yoqtiradiganlar hilidan. Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud. Vaziyatga nomunosib kiyim tanlagan shaxslar e’tibortalab bo’lishadi, ularning kiyinish qoidalarini buzganliklarini o’ziga bo’lgan ishonchi pastigida deya baholashimiz ham mumkin. Psixologlar javonni kiyim bilan to’ldirayotganda har xil holatga moslab ( ofis uchun, bayram uchun ) kiyim tanlashni tavsiya qilishadi.

Dizaynda hech qachon urfdan chiqmaydigan 5 ta trend

Dizayn va moda tez oʻzgarib turadi. Uyda bir necha yildan keyin ham zomanga mosligini saqlab qoladigan taʻmirni amalga oshirish oson emas. Ammo dizaynerlarning buni qanday qilish borasida oʻz sirlari bor va biz buni siz bilan boʻlishamiz.

Koʻproq boʻsh joy qoldiring

Ish yoki oʻqishdagi ogʻir kundan keyin siz uyga qaytib, osoyishta muhitda dam olishni xohlaysiz. Agar xona mebel va dekoratsiya bilan toʻldirilgan boʻlsa, bu kayfiyat va ruhiyatga taʻsir qilishi mumkin. Uyda tanamiz va ruhimiz orom oladi, kishi oʻzini xotirjam va erkin his qilishni istaydi. Keng joy har doim urfda boʻladi, uni jihoz va bezaklar bilan ortiqcha toʻldirib yubormang.

Stol – uydagi muhit ramzi

Bugungi kunda barlarda qoʻllaniluvchi stollarga qiziqish ortmoqda, toʻgʻri, ular qulay va ixcham. Lekin hozir urfda boʻlgani bilan keyinchalik interyer uchun eskiradi. Klassik uslubdagi chiroyli ovqatlanish stolini tanlash yaxshiroq, dasturxon atrofida oilangiz va doʻstlaringiz bilan yigʻilish uchun bu eng maqbul variant.

Oppoq rang

Oq rang koʻpincha interyerda zerikarli va juda oddiy tuyuladi, lekin dizaynerlar fikricha, oq rang xuddi oq qogʻoz kabi interyerda yangi, ajoyib gʻoyalarni oʻylab toppish va joriy qilishga turtki beradi. Ushbu rang tufayli joy keng koʻrinadi va uni qanday toʻldirish borasida koʻplab imkoniyatlar yuzaga keladi. Bu rangdagi xonaga qaysi rangdagi mebel mos kelishi haqida oʻylash shart emas – har qanaqasi toʻgʻri keladi. Va har qanday holatda, devorlarni boshqa rangga boʻyash imkoniyati saqlanib qoladi.

Kiyim javoni

Hech bir uyni kiyim javonisiz tasavvur qilib boʻlmasa kerak. Ular hamma joyda – yotoqxonada, mehmonxona, koridor va hatto oshxonadan joy olishi mumkin. Agar hovli yoki kvartirangiz u qadar kata boʻlmasa, boʻsh joy qoldirish imkoni kamayadi va hatto nafas olishni qiyinlashtiradi. Amerika filmlarida boʻlgani kabi, esda tutingki, bunda alohida kiyinish xonasi ajoyib yechim boʻladi. Alohida ajratilgan joy yoki kichikroq xona barcha kiyimlaringizni toza va tartib bilan saqlashda ayni muddao boʻladi. Yoki devor bilan birlashib ketgan va interyerda umuman ajralib turmaydigan kiyim javonlari ham masalaga yechim boʻladi.

Yashirish mumkin boʻlgan texnologiyalar

Agar siz uyda simlarni umuman koʻrmasangiz, bu puxta oʻylangan dizayndan darak beradi, shunday emasmi? Mutaxassislar maishiy texnika jihozlarini yasalgan javonlar ichiga yashirishni tavsiya qiladilar. Bu tartibsiz simlardan xalos boʻlishga yordam beradi, interyerdagi minimalizm esa har doim urfda qoladi.