Press "Enter" to skip to content

Abadiy klassika: Hech qachon modadan qolmaydigan 7 narsa

Palto

Liboslar tarixi

Mualliflar: D.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Ataxanova Jamiyat hayotida libosning o’rni. Kiyim va libos tushunchalari Xalq turmushining boshqa sohalari singari milliy liboslarni o’rganish har bir xalqning etnik tarixi va madaniyatini, uning boshqa xalqlar bilan o’zaro aloqalarini tatbiq etish bilan chambarchas bog’liqdir. U moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o’ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarini ko’rsatuvchi mezon ham hisoblanadi. Shu ma’noda libos tarixini o’rganish yer kurrasida mana necha ming yillardan beri yashab kelayotgan xalqalr boy madaniy merosi, shu bilan birga ularning an’analari, yashash tarzi haqida kattagina ma’lumot ham beradi. Liboslar nafaqat insonlarning tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga ularda har bir millatning urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va estetik normalar o’z aksini topgan. Bundan tashqari, kiyimlarda inson yashagan joy va zamon, uning hayotiyigi, quvonchli yoxud qayg’uli voqealar namoyon bo’ladi. Kiyim jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismidir. Bir tomondan, u inson mehnati mahsuli sifatida ma’lum bir moddiy qiymatga ega bo’lib, ma’lum bir ehtiyojlarni qondirsa, ikkinchi tomondan u amaliy-bezak san’ati namunasi hamdir. Me’moriy inshootlar, mehnat va turmush qurollari singari kiyim ham ma’lum bir tarixiy davr, mamlakatning tabiiy iqlim sharoiti, xalqning milliy o’ziga xosliklari va uning go’zallik haqidagi tasavvuri haqida ma’lumot beradi. Kiyim va libos tushunchalari mazmun-mohiyati jihatdan bir-biri bilan mushtarak ko’rinsa-da, ushbu tushunchalar o’rtasida birmuncha farqlar ham mavjud. Kiyim deganda, avvalo, inson tanasining turli qismlarini berkitish uchun zarur bo’lgan, uni tashqi muhitning turli ta’sirlaidan himoyalaydigan buyumlar tushuniladi. Kiyimning qator turlari mavjud. Bular: ichki kiyim, ustki kiyim, turli uzunlikdagi paypoqlar, poyabzal, bosh kiyimlari. Mana shu predmetlar turli vazifalarni bajaruvchi aksessurarlar, bezaklar, soch turmagi, pardoz bilan birga libosni tashkil etadi. Aynan libos insonning ijtimoiy kelib chiqishi, uning o’ziga xos xususiyatlari, yoshi, jinsi, xarakteri va estetik didini namoyon etadi. Liboslarning asosiy turlari va shakli. Ba’zi bir tadqiqotchilar kiyim uyalish hissiyoti sabab paydo bo’lgan desa, boshqasi o’z tanasi bezash niyati sabab deydi, uchinchi birlari esa inson sovuqdan himoyalanish uchun kiyimga ehtiyoj sezgan deb javob beradi. Darhaqiqat, kiyim qachon paydo bo’lgan degan savol ko’pchilikni qiziqtirsa kerak. Insoniyat unga nima sabab ehtiyoj sezgan? Bu va bu kabi savollarga javob berish uchun qadimshunoslik fani yordamga keladi. Qadimshunoslik (arxeologik) qazilmalar kiyim insoniyat taraqqiyotining eng qadim davlarida (40-25 ming yil ilgari) paydo bo’lganini ko’rsatadi. Poyabzal birmuncha keyingi davlarda paydo bo’lgan bo’lib, libosning boshqa elementlaridan ko’ra birmuncha kam tarqalgan. Kiyim nafaqat tabiiy ehtiyojni ta’minlovchi bir vosita, shu bilan birga u amaliy san’at namunasi hamdir. U amaliy san’atning barcha namunalari singari go’zallik hamda ma’lum bir maqsadga yo’naltirganlik bilan ajralib turadi. Tanani turli tashqi ta’sirlardan, xususan, issiq va sovuqdan saqlashdek amaliy vazifani bajarish bilan birga, u bezak, chiroy singari estetik funksiyalarga ham ega. Shu sababli ham jamiyat taraqqiy etib borgan sari, insonlar estetik didi oshib borgan sari kiyimlarning bezagiga, asosiysi takronlanmasligiga e’tibor ortib boraveradi. Ma’lumki, dastlabki davrlarda inson tabiatning turli ta’sirlari, shuningdek, hayvon va hasharotlarning chaqishidan o’zini himoyalash maqsadida tanasiga tuproq, loy, moy surtib yurgan. Keyinchalik bu surtmalarga o’simlik bo’yoqlari qo’shilib, inson tanasini turli shakl va ranglar bilan bo’yoqlari qo’shilib, inson tanasini turli shakl va ranglar bilan bezash urf bo’lgan. Galda tanaga tatuirovkalar (teri ostiga turli bo’yoqlarni kiritish) chizish orqali himoya qobig’ining vaqtini uzaytirish odat tusiga kirgan. Har xil qushlar patlari, o’ldirilgan hayvonlar tishlari, suyaklar, sochlar turli ramziy vazifalarni bajarish bilan birga tanani himoyalagan ham. Vaqt o’tgan sari tanasining qanchalik katta qismi ma’lum bir mavhumlash maqsadida quloq, burun, lab, dahanda sun’iy mahkamlovchi usullar o’ylab topgan va ulardan bezak sifatida foydalana boshlagan. Aynan mana shu hozir biz tilga olgan tanani bo’yash, tatuirovkalar kiyimning dastlabki shakllari bo’lib, matodan qilingan kiyimlar paydo bo’lgach ham, ular e’tibordan qolmadi. Endi ular libosning ma’lum bir elementi sifatida namoyon bo’lib, unga ko’rk va estetik qiymat berish vazifasini bajargan. Oradan vaqt o’tib, insoniyat ip yigirish va undan mato to’qishni o’ylab topgan, tanaga tushirilgan tatuirovkalar matolarga ko’chib, undagi bezak vazifasini o’tay boshlagan. Tarixiy liboslarda bezak nafaqat o’z egasining ijtimoiy kelib chiqishi, ya’ni tabaqasini anglatgan, shuningdek, majoziy ma’no kasb etish bilan birga, kishilarning estetik didini ham ifodalagan. U vaqt o‘tgan sari takomillashib, ularning turlari ko‘payib, shakllari murakkablashib bordi. Xususan, ularning yechib kiyiladigan, tanaga mahkamlanadigan (bilakuzuklar, uzuklar, ziraklar, matoga mahkamlangan yoxud tushurilgan (kashtalar, bosma rasmlar, bo’rtma bezakli) turlari paydo bo‘ldi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kiyimlarning asosiy turlari Qadimgi Misr libosi Qadimgi Yunon libosi Qadimiy Rim libosi Qadimiy Rus libosi Vizantiya libosi O’rta asrlarda g’arbiy Yevropa libosi Uyg’onish – renessans davri libosi Italiya libosi Ispan libosi G’arbiy Yevropa libosi. XV-XVI asrlar XVII asr libosi Fransiya libosi XVIII asr Yevropa libosi XIX asr libosi 1800-1825-yillar libosi. Ampir uslubi 1830-1860-yillar libosi. Modaning keskin o’zgarishi 1870-1890-yillar libosi XX asr 10-20-yillarda modaning rivojlanishi XX asr 20-30-yillarda jahon modasining rivojlanishi XX asr 30-40-yillarida moda XX asr 50-60-yillaridagi jahon modasi XX asr 70-yillari modasi XX asr 80-yillari modasi XX asr 90-yillari modasi va XXI asr boshida jahon modasining konseptual yo’nalishlari Fors libosi Arab libosi Hind libosi Xitoy libosi Yapon libosi Qozoq libosi Qirg’iz libosi Tojik libosi Turkman libosi Toshkent-Farg’ona libosi Buxoro-Samarqand libosi Qashqadaryo-Surxondaryo libosi Xorazm libosi Marosim kiyimlari

  • Bilimingizni test orqali sinang
    Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
  • Xalilulla
  • Xaliliddin
  • Xalila
  • Xalil
  • Xalvo

Abadiy klassika: Hech qachon modadan qolmaydigan 7 narsa

Muvaffaqiyatli moda tendensiyalari fonida yillar o‘tsa-da, o‘zgarmas narsalar mavjud. Quyida ular haqida so‘z yuritiladi.

Foto: “burdastyle.ru” Kalta qora ko‘ylak

Ro‘yxatning eng avvalida kalta qora ko‘ylak turadi. Bu libosni 1926-yilda Koko Shanel o‘ylab topgan. Matoni turli shaklga solib, bezatilsa-da, ammo qora rang o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi.

Foto: Zaful Oq bluzka

Bugun sizning garderobingizni egallagan oq ko‘ylak XIX asrda dastlab erkaklar kiyimi sifatida sotilgan. Hozirda klassik uslubdagi oq ko‘ylak ofisbop kostyum-shim, mini yubka, baland poshnali oyoq kiyim yoki krossovkalar bilan juda mos tushadi.

Plash

Dastlab Britaniyada 1901-yilda fabrika ishlab chiqaruvchisi Tomas Barberri tomonidan ingliz armiyasi uchun plash tikiladi. Qulay, shamol va yomg‘irga chidamli bu kiyim piyoda askarlar uchun mo‘ljallangan edi. Keyinchalik aholi orasida ham mashhur bo‘ladi. Plashning ayollar uchun varianti 1950-yillarda paydo bo‘lgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Tufli

Zamonaviy shakldagi ayollar tuflisi Christian Dior moda uyida ishlagan dizayner Roje Vivye tomonidan o‘ylab topilgan. Bu oyoq kiyimining asosiy xususiyati, xushbichim, hech qanday bezaksiz, uchi qirrali ekanligida. Agar siz besh yo o‘n yildan keyin ham mos keladigan poyabzal olmoqchi bo‘lsangiz, bu shubhasiz, ilgaksiz tuflilardir.

Ipak sharflar

Sharflar har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ipak sharf modasi Hermes tomonidan ishlab chiqarilgan. U o‘zining birinchi brendini 1937-yilda chiqargan. Keyinchalik uning markasida minglab sharflar yaratilgan. Uni shlyapa bilan bezab yoki turli xil o‘rash orqali yangicha uslub yaratish mumkin. U hali yillar davomida ayollar uchun xizmat qiladi.

Jundan tikilgan lakonik jemper

Jundan tikilgan har qanday kiyim ko‘p yillar sizga xizmat qiladi. Ayniqsa qishning izg‘irin kunlarida issiqqina jundan qilingan bo‘yinli jemper garderobingizdagi sevimli kiyimlar qatoridan joy olishi shubhasiz.

Palto

Hech qachon urfdan qolmaydigan palto sizga uzoq vaqt xizmat qilishi uchun kashmir, alpaka yoki tuya junidan tayyorlanishi kerak. Palto uchun klassik ranglar – qora, kulrang, to‘q ko‘k va jigarrang.

  • Qanday bichimdagi liboslar qorinni yashirib, qomatni ixcham ko‘rsatadi?
  • Obraz arzon ko‘rinmasligi uchun xaridda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 10 jihat
  • Garderobidagi kiyimlar rangi ayol kishining qanday fe’l-atvor egasi ekanligidan dalolat beradi

Ayollarning kiyim javonidagi 10 ta kamchiligi

O’tkir zehn va yaxshi hulq-atvordan tashqari to’gri tanlangan uslub ham omadga erishishda yaxshigina qo’l keladi. Psixologlarning takidlashlariga qaraganda, inson sotib olgan buyumi uning ichki dunyosi bilan bevosita bog’liq. Shunday ekan ba’zi bir buyum yoki liboslar ongsiz ravishda tanlanishi orqali insonning o’ziga bo’lgan bahosini pasaytiradi. Keling, hozir sizga kiyim javondagi uchrashi mumkin bo’lgan kamchiliklarni keltirib o’taylik.

Bir hillikdan iborat kiyimlar

Ko’pincha odamlar tavakkal qilishni va o’z imidjini yaratishda tajribalar o’tkazishni xohlamaydilar. Shu sababli, javondagi ko’plab futbolkalar, shimlar va poyafzallar bir-biriga juda o’xshash bo’lib qoladi. “Moda psixologiyasi” kitobining muallifi, professor Karen Paynning so’zlariga ko’ra, doimiy ravishda ko’k jinsi kiygan ayol tushkunlikka va yomon kayfiyatga moyil.Kiyim javonidagi xilma-xillikni afzal ko’rgan xonimlar, aksincha, o’zlarini baxtli his qilishadi va kayfiyatlari yaxshi bo’ladi.

Shaklsiz, cho’zilgan narsalar

Psixolog Jennifer Baumgartner o’zining “Siz nima kiysangiz, o’sha sizsiz” kitobida, jozibali kombinezonni yaxshi ko’radiganlar va mahkam o’rnashgan siluetlarning muxoliflari o’zlariga haddan tashqari e’tibor jalb qilishdan qo’rqishlarini va e’tibordan chetda bo’lishni yoqtirishlarini yozgan. Biroq, bu izoh universal o’lcham “oversize” deb ataladigan katta hajmli kiyimlarga talluqli emas. Agar siz bunday kiyimni to’g’ri tanlasangiz, unda o’zingizni nafaqat qulay his qilasiz, balki o’zingizga bo’lgan ishonchingiz ortadi.

Xiralashgan ranglar

Libosning rangi ham ko’p narsa to’g’risida gapiradi. Jyul Stishish “Diqqat bilan kiyinishning asosiy qo’llanmasi” kitobida insonning ichki holati va kiyim rangi o’rtasidagi bog’liqlikni tushuntiradi. Masalan, xira, tushunarsiz soyalar va kombinatsiyalar qo’rqoqlik va uyatchanlikni ko’rsatadi. Bunday xulq-atvorli odamlar hech kim ularga e’tibor bermasliklari uchun kamtarona kiyinishga moyildirlar. Ularni rag’batlantirish va uyalishini yengishga yordam berish kerak.

Sizning o’lchamingiz bo’lmagan narsalar

Kichkina yoki katta hajmdagi kiyimlar o’z-o’ziga bo’lgan bahoni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Kichkina kiyimlar keraksiz bo’lgan yog’larni bilintirib qo’yadi va juda katta bo’lganlari esa tashqaridan sizni yanada ulkan qilib ko’rsatadi. Aynan shu bois kiyim javoningizni yangilashingizdan oldin mutahassislar do’konga eng yaqin bo’lgan dugonangiz bilan bo’rishingizni tavsiya qilishadi . Dugonangiz sizga juda mos kelgan libos va olishingiz kerak bo’lmagan libosni ochiq ayta oladi.

Sport formasi

Kundalik katta hajmli jemper va sport ishtoni kiyish, inson tanasining go’zalligiga shubha qilishini va uni yashirishni istashini anglatadi. Bundan tashqari, ushbu uslubda ofisda yoki partiyada ko’rinish berish judayam hunuk holat hisoblanadi. Bunday holda, sport kiyimi tanadagi kamchiliklarni berkitmay, o’zini yashirishga urunmagan insonni ham shubhali qilib ko’rsatib qo’yadi. Kundalik hayotda fitness yoki boshqa bir sport uchun o’ziga ishongan qizlar torroq losina, top va qulay krosofkalar tanlashadi.

Moda ortidan quvish

Modaning barcha noaniq narsalariga ergashish istagi, boshqalar ular haqida nima deb o’ylashlaridan juda xavotirda bo’lgan odamlarda paydo bo’ladi. Agar ular boshqalardan oldinroq yangi kolleksiyadan narsalar harid qilib olishni,boshqalardan ortda qolib ketmaslikni istashadi. Biroq libos harid qilishda nafaqat so’nggi tendentsiyalarni hisobga olgan holda, balki sizga mos keladigan narsani tanlagan holda kiyim javoningizni bo’yitishingiz kerak. Bundan tashqari, mutaxassislar logotiplarga e’tiborini jalb qilmaslikka chaqiradilar, chunki atrofingizdagilar logotiplarni emas sizni qadrlashi kerak.

Shaxmat belgili liboslar

Liboslardagi ornamentlarni ham ayollar tasodifan tanlamaydilar. Masalan, qora oq katakli naqshlar insonning yashirin komplekslarga ega ekanligini va u qiyin axvolda bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Agar sizning yaqin dugonalarigizdan biri shunday kiyimni 3 – 4 martadan beri qayta qayta olayotgan bo’lsa, u holda uni kayfiyatini ko’tarishga uni do’kon aylanishga taklif qilishga harakat qilib ko’ring.

Haddan tashqari e’tibor tortuvchi kiyimlar

E’tiborni haddan tashqari tortuvchi kiyimlar atrofdagilarning barchasini diqqatini jalb qiladi. O’tkir maqtovlarning yetishmasligi va butun diqqatni tortish o’ziga bo’lgan bahosi past ekanligidan dalolat berishi ham mumkin. Agar bunday uslubdagi liboslar to’y yoki muhim tadbirlar uchun tanlangan bo’lsa, unda kech narsa qaddi qomatning go’zalligini takidlashga to’sqinlik qilmaydi.

Tugmalar juda ko’p libos

Ko’p tugmachali narsalarni ozodalik va aniqlikni hurmat qiladigan erkaklar va ayollar afzal ko’rishadi. Ular har doim ehtiyotkorlik bilan harakatlanadigan , tartibli va yig’ilishlarga hech qachon kechikmaydiganlardandir . Ammo, kitob muallifining so’zlariga ko’ra “Hamma yolg’on gapiradi! Svetlana Kuzinaning “odamlarni tashqi ko’rinishi bo’yicha ajtratish”ni o’rganamiz. Ushbu turdagi liboslar egilganda , yoki bo’lmasa o’tirib turganda insonni o’ziga bo’lga ishonchini kamayliradi, o’zidan shubhalanishga olib keladi. Shunday ekan ushbu holatda bunday odamni bejirim kostyumini yoki bo’lmasa soch tutmagini maqtashga harakat qiling.

Vaziyatlarga to’g’ri kelmaydigan liboslar

Muhim tanovul paytida shortik kiygan yoki bo’lmasa ofisga judayam ochiq libosda tashrif buyurganlar – tabiatan qo’zg’alonchi fe’l atvorga ega bo’ladilar. Bundan tashqari ular barcha narsani o’z nazoratlariga olishni yoqtiradiganlar hilidan. Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud. Vaziyatga nomunosib kiyim tanlagan shaxslar e’tibortalab bo’lishadi, ularning kiyinish qoidalarini buzganliklarini o’ziga bo’lgan ishonchi pastigida deya baholashimiz ham mumkin. Psixologlar javonni kiyim bilan to’ldirayotganda har xil holatga moslab ( ofis uchun, bayram uchun ) kiyim tanlashni tavsiya qilishadi.