Press "Enter" to skip to content

Ko‘ylak bichish va tikish texnologiyasi

Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.

Ayollar kiyimini tikish texnologiyasi” fanining mazmuni va boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Reja

Tayanch iboralar:
Bolalar modasi, palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda .
Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi.
Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mu m kin . Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi.

Bolalar kiyimlaridan namuna Ayni paytda bolalar garderobi kattalarnikdan also qolishmaydi, bugungi kunda ularning garderobida ichki, ustki, bel va bosh kiyimlarning bir necha variantlarini topish mumkin.

Bolalar garderobidagi ust kiyimlar: palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha va chopondan iborat.
B olalar ust kiyimlari: trenchkot, plashch, kurtka Bolalar garderobida kundalik va bashang ko’ylak, bluzka, kofta, tunika, futbolkalar ham muhim joy olgan.
Bel kiyimlari jumlasiga esa yubka, shim, shorti, kapri, lozim, lasina, gomaj, legensi va kolgotkalar kiradi.
Bolalar kostyumida muhim va boyituvchi kiyimlardan yana biri bosh kiyimlardir. Ular sirasiga shapka, kepi, ushanka, telpak, shlyapa, beretka, gnomik, shlyapka va qalpoqlar kiradi(1.3-rasm).
Bolalar bosh kiyimlari: shlyapka, shapka, ushanka. Bolalar oyoq kiyimlari bosonojka, batilyon, botinka, etik, nim etik, tufli, krosovkadan iborat.
Quyida bolalar kiyimlarini yosh aspektlari bo’yicha tahlilini o’tkazamiz.
Bolalar yosh guruhlari.1.1. -jadval

O’sish davri Qizlar O’g’il bolalar Buyum
razmeri
Chaqaloqlik lyoshgacha 1 yoshgacha 22-24
Yasli yoshi 1-3 yosh 1-3 yosh 26-28
Maktabgacha yosh davri 3-7 yosh 3-7 yosh 28-30
Kichik maktab yoshi 7-11 yosh 7-12,5 yosh 32-36
Katta maktab yoshi 11-14,5 yosh 12-15,5 yosh 38-42
O’smirlik 14,5 – 18 yosh 15,5-18 44-46

Chaqaloqlar kiyimi. Bun o’sish davriga bir yoshgacha bo’lgan bolalar kiradi. Ularning boshi katta, qo’llari uzun boladi. Bolaning bosh aylanasi ko’krak aylanasiga teng. Bu yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda otkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan va oson dazmollanadigan, shu bilan birga, oz xususiyatini yo’qotmaydigan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi. Yaktakcha qorinning pastki qismigacha davom etadi, bola o’tirishni boshlaganda, unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin, bosh kiyim ham bo’shroq boladi. Gazlamalar esa paxta tolali bo’lishi shart.
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi. 1-3 yoshda bolalar tez o’sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari o’zgaradi, bosh va tana o’lchamlari 1:4 nisbatda boladi. Bu davrda bolalar yura boshlaydilar, ko’p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo’lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapetsiyamon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo’lishi mu m kin . O’g’il bolalar kiyimlari esa to’g’ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko’pincha kalta, shakli tog’ri yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo’lib, koylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan mos tushadi.
Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko’ylak yoki pajama koylaklar , fartuklar, nimchalar, sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O’g’il bolalar garderobi tungi kiyim yoki pajama, koylaklar yoki shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo’li bilan sonini kamaytirib, ishlatish variantlarini ko’paytirish mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo’lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli- tuman bo’lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo’lib, tog’ri yoki pastki qismida manjetli boladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha” ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko’pincha kapyushonli qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu kombinezon bo’lib, bola tanasini to’liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo’lishi mumkin, lekin bunda me’yorni saqlay bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko’rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunda materiallarning fakturasi va ranglarini o’zaro uyg’unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo’jacha, qo’zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazliligini
ta’minlaydi.
Maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bolalikning bu davrida nima yaxshi- yu, nima yomonligi to’g’risida dastlabki tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Bolani o’rab turgan tevarak -atrofdagi barcha narsalar, shu jumladan, o’yinchoqlar, kiyimlar uning e’tiborini torta boshlaydi, tug’ilayotgan son- sanoqsiz savollarga javob qidira boshlaydi. Jismoniy jihatdan ham jadal rivojlanadi, tananing nisbatlari ham o’zgaradi, endi bosh va tananing nisbatlari 1:5 yoki 1:5:5ni tashkil etadi. Kiyim assortimenti avvalgicha qoladi, lekin shakllarning bo’linishlarida o’zgarishlar bo’ladi. Ko’ylaklarning kichkina koketkali, unchalik enli bo’lmagan qo’sh etaklar, plisse yoki taxlamalar bilan bezash mumkin. Kiyimning asosiy shakllari trapesiyamon va to’g’ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini rag’batlantirish maqsadida qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old qismida joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o’lchamlarida bo’lib, soni ko’p bo’lmasligi kerak. Kiyimlarning old bo’laklari yorqin applikatsiyalar, kashtalar bilan bezatilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari serbezak, shakllari erkin va yumshoq bo’lishi kerak. Ranglari yorqin va tiniq, detallari o’zaro proporsional, bezaklari ifodali bo’lgan kiyim nafaqat estetik, balki tarbiyaviy vazifalarni ham bajaradi.
Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar, mashg’ulotlar, yangi kun tartibi paydo boladi. Bu yerda ular ongli ravishda va reja asosida bilim olishni o’zlashtirib, yangi kollektiv hayotga moslashadilar. Jajji maktab hayotini hurmat qilishni o’rganadilar. Maktab o’quvchisining garderobiga maktab formasidan tashqari sport kostyumlari, mehnat darsi uchun ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari va o’ynash uchun kiyimlar, hamda bayramona liboslar kiradi.
8-10 yoshlarda bolaning qomati asta-sekin o’zgarib, suyaklari qotib, muskullar mustahkamlanib, oyoqlar uzunlashishi qomatga o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi, qorinnning chiqqani yo’qolib, bel ko’zga tashlanib qoladi. 10 yoshlarda qomat o’zgarib, boshning balandligi tana uzunligiga ko’ra 1:6,5 ga teng bo’ladi. 7-8 yoshdagi o’g’il bolalar kiyimlari, asosan, kengroq va badandan holiroq bo’ladi, shuningdek, 9-11 yoshdagi o’g’il bolalar kiyimlari uchun to’g’ri siluet xarakterlidir, uchburchak siluetni esa kurtka va ko’ylakchalarning pastki qismiga belbog’lar, qisqichlar hamda vitochkalar qo’yib, chiroyli holatga keltirish mumkin[8]. Bu yoshdagi bolalar o’zlarining bosh vaqtlarida jon deb hovlida sport o’yinlari bilan mashg’ul bo’ladilar, konkida, chang’ida uchadilar va h.k., shuning uchun kiyimning umumiy shakli erkin bo’lishi zarur. Liboslar uchun va uy kiy im lar ini ham shu shaklga kiritish mumkin. Bu esa keng miqyosda foydalanish imkonini beradi. 7-8 yashar qizlarning kiyimlari to’g’ri siluetda, yoki bel chizig’idan pastga tomon kengaygan bo’ladi, 9-10 yoshda esa qomatga nisbatan sal kengroq bo’ladi, 7- 8 yoshdagi qizlarning ko’ylagi bel chizig’idan teparoqda, biroz tabiiy holatga yaqin qilib tikilgani ma’qul. 9-11 yoshli qizlarning kiyimi esa qomatga nisbatan kengroq bo’lib, turli vositalar yordamida pastga qarab kengayib boradi. Ko’ylak bel chizig’i bo’yicha kesmali bo’lishi ham mumkin, bunday tipdagi ko’ylakning old tomoni yaxlit bo’lib, bel chizig’i bo’yicha ortidan yoki yonidan kesma bo’ladi. Pastki qismi to’g’ri siluetda jemper va bluzkalarning kemasi esa bel chizig’idan birmuncha pastroqqa tushiriladi. Ko’ylakning bunday joyiga klapanlar, cho’ntaklar, plankalar, xlyastiklar qo’yiladi.
Bolalar pidjak avra bichig’ining detallari pidjak tikishga mo’ljallangan gazlamalardan quyidagi miqdorda bichiladi: old bo’lak- 2 ta, ort bo’lak-2 ta, yeng ustki bo’lagi – 2 ta, yeng ostki bo’lagi – 2 ta, ustki yoqa dm- 1 ta, ostki yoqa – 1 ta (ikki qismdan iborat), yoqa ko’tarmasi – 1 ta, adip – 2 ta, cho’ntak qopqog’i – 2 ta, cho’ntak mag’izlari – 2 ta, ko’krak listochkasi – 1 ta. Pidjak avra detallari 3.19-rasmda ko’rsatilgan.
Bolalar pidjak astari bichig’ining detallari astarlik gazlamalardan avra detali shakliga moslab bichiladi. Ular ham avra detallari singari nomlanadi: old bo’lak – 2 ta, ort bo’lak- 2 ta, yeng ustki bo’lagi – 2 ta, yeng ostki bo’lagi – 2 ta, cho’ntak qopqog’i astarlari – 2 ta, yon cho’ntaklar ko’rinmasi – 2 ta, bar tutgich – 1 ta, ilgich – 1 ta, ko’krak cho’ntak xaltasi- 1 ta, ichki cho’ntak xaltasi – 2 ta.
Qotirma bichig’i detallari qotirma gazlamalardan, ya’ni zig’ir tola, ip, qil tolali va h. k. gazlamalardan bichiladi va quyidagicha nomlanadi: bort qotirmasi – 2 ta, yelka taglik – 2 ta, yoqa qotirmasi – 1 ta (ikki qismdan iborat). Qotirmabop ip gazlamalardan yon cho’ntak xaltalari
3.16-rasm. GP-2,5 gidravlik press (a), pnevmatik yengil yarimavtomat press (b), TV/PTA 120P pnevmatik press (d).
– 2 ta, yon cho’ntak bo’ylamalari – 2 ta, ko’krak cho’ntagi bo’ylamasi – 1 ta, yeng uchi qotirmalari – 2 ta – bichiladi.
Kiyim tikishda bichiq detallari qirqimlarining yagona nomlari ishlatilishi lozim.
Ustki kiyim avrasi, astari va qotirma detallari bichiqqa nisbatan qo’yiladigan texnik shartlarga muvofiq bichiladi. Pidjak detallarida tanda ipi yo’nalishi quyidagicha.Bug’li havo manekeni. bo’lishi kerak: old bo’lakda old bo’lak o’tar qismi chiziqlariga, ort bo’lakda ort bo’lak o’rta chizig’iga, adipda tashqi qirqimga, yeng ustki va yeng ostki bo’lagida old qirqim uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa, ustki yoqada yoqa o’rta chizig’iga parallel bo’lishi kerak. Pidjak asosiy detallarining gazlama turiga qarab tanda ipi yo’nalishiga nisbatan chetlashishga yo’l qo’yishi.
Pidjak asosiy detallarining qirqim nomlari:
Masalan, old bo’lak bo’yi 80 sm ga teng bo’lsa, old bo’lak etagidagi chetga chiqish (og’ish) bir tomonga yoki narigi tomonga tanda ipiga nisbatan 0,8 sm ni tashkil etadi.
Bichiq detallarini tikishga tayyorlashda ular tekshirib chiqiladi. Buning uchun avval kiyim tikish me’yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqish kerak. Oekshirish avra va astar gazlama bichiq detallarining bor-yo’qligini aniqlashdan boshlanadi. Modelga binoan konstruksiya chiziqlari, gazlamaning guli aniqlab olinadi; tukning yo’nalishi, detallar o’rish va arqoq iplari yo’nalishi bo’ylab qanchalik to’g’ri bichilaganligi va bichiq detallarida to’qimachilik nuqsoni bor-yo’qligi tekshiriladi.
Detallar o’lchamining aniqligi bichiq bog’lamidagi ustki va ostki detallarga andaza qo’yib tekshiriladi. Agar avra, astar yoki bort qotirmasining detallari torroq yoki ruxsat etilgan chetlatishdan ortiqroq bo’lib qolgan bo’lsa, unda bichiq ishlab chiqarishga yuborilmaydi.

3.19-rasm. Bolalar pidjagining asosiy detallari:
1 – ort bo’lak; 2- qirqma yon bo’lak; 3- old bo’lak; 4 – yengning ostki bo’lagi; 5 – yengning ustki bo’lagi; 6 – ostki yoqa; 7 – ustki yoqaning qaytarmasi; 8 -yoqaning ko’tarmasi.

Ko‘ylak bichish va tikish texnologiyasi

Bugungi kun o‘quvchisining tinglovchi bo‘lib qolishi, faqat yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan muloqot qilish, oxirgi partada o‘tirgan o‘quvchini nazardan chetda qoldirish biz, pedagoglarga i­shonib topshirilgan vazifani suiiste’mol qilish bilan barobardir. Har safar darsga kirar ekanman, qizlarning bilimga chanqoq, beg‘ubor ko‘ziga qarab, bugungi sabog‘im bichish-tikish bo‘ladimi, taom tayyorlash texnologiyasimi — mustaqil hayot uchun zarur ekanini his qilaman. Maktabda tikish-bi­chish texnologiyasini o‘rgatish bosqichma-bosqich olib boriladi. 5-6-sinfda modellashtirish, matolardan gullar, munchoqlardan bezaklar tayyorlashni bilib olgan o‘quvchilar o‘zlari orziqib kutgan ko‘ylak tikishni 7-sinfda o‘rganadilar. Ammo darslikda berilgan ko‘ylak bichimi formulalarini ko‘rganda, bu ish biroz murakkabdek tuyuladi. Xo‘sh, nima qilmoq kerak?

Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlik asosida vazifasini almashib turishi maqsadga muvofiq. Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchi rolini bajarishi, o‘quvchi ham o‘z vaqtida ham o‘rgatuvchi, ham ekspert vazifasini ado etishi mumkin. Texnologiya darsini tashkil etish jarayonida shu usul juda qo‘l keladi.

Ko‘ylak bichish va tikish texnologiyasini o‘rgatish uchun rejada 10—12 soat vaqt ajratilgan. Bunda har bir o‘quvchiga o‘zi yaratmoqchi bo‘lgan ko‘ylak dizaynini chizib kelish vazifasi topshiriladi. O‘quvchilarning chizgan rasmlari ko‘ylak uchun o‘lcham olinadigan darsda ko‘rib chiqiladi va galdagi vazifa belgilanadi. Har bir dizaynning o‘ziga xosligi, go‘zalligi e’tirof etilib, kelgusi darsda o‘quvchilar o‘zlari ustozlik qilishi mumkinligi tushuntiriladi. Masalan, keyingi ko‘ylakning old qismini bichish darsida qaysidir o‘quvchi ko‘ylakning old o‘mizini uchburchak, kimdir yumaloq shaklda chizgan bo‘lishi mumkin. Xuddi shu o‘quvchilarga keyingi darsda ustozlik qilish vazifasi topshiriladi. Xohlovchlar dugonalariga yordam berishi mumkinligi aytiladi.

Keyingi darsda esa, o‘qituvchi turli slaydlar, texnologik xaritalar yoki multimedia vositalaridan foydalanib, ko‘ylak old qismini qayiqcha qilib bichish texnologiyasini o‘rgatadi va uchburchak hamda yumaloq shakldagi bichimlarni o‘rgatish uchun o‘quvchilarga navbat beradi. Bu paytda o‘qituvchi o‘rganuvchi rolini bajaradi. O‘zi “tushunmagan” o‘rinlarda o‘quvchiga savol berib turishi ham mumkin. Ushbu holat ko‘ylak bitguncha davom etadi. Chunki qaysidir o‘quvchi ko‘ylak yengini noan’anaviy, ya’ni pastga qarab kengaygan yoki kapalaksimon qilib chizgan bo‘lishi mumkin. Kimdir ko‘ylak etagini kengroq, yana kimdir boshqacha tasvirlagan. Har bir darsda o‘qituvchi boshlang‘ich tushunchalarni beradi va shogirdi bilan o‘rin almashadi. O‘quvchilar o‘zi dars o‘tadigan kunni zo‘r hayajon bilan kutadi, ustozidan tinmay maslahat olishga, dugonalari bilan hamkorlikda ishlashga, tushunish qiyin formulalar sirini ochishga harakat qiladi. Uyiga borganida ham oynaga qarab dars o‘tishni mashq qiladi va o‘z loyihasini hammadan yaxshiroq taqdim etish uchun tirishadi. O‘qituvchi shunday yo‘l tutishi kerakki, dars o‘tmagan o‘quvchi qolmasin. Albatta, o‘qituvchi darsni o‘zi xulosalaydi, xatolarni tuzatadi va baholarni e’lon qiladi.

Marg‘uba TOIROVA, Jalaquduq tumanidagi 13-maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi

Boshlang‘ich sinfda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish usullari

Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. Ta’limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma’naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.

Ulug‘ donishmandlardan biri «. kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma’noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma’noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.

Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.

Ta’limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.

Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik»[1], – degan fikrlariga javoban ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi . ) ortiqcha» metodi

O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

  • O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
  • hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, . ) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
  • o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
  • o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).

Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.

Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

  • o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;
  • o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
  • o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi.

O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar.

Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.

Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.

So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.

Namuna: Ot – insonning eng ishonchli do‘sti.

O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.

«Videotopishmoq» metodi

Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

  • o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
  • o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
  • jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
  • o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.

Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.

Navro‘z udumlari (foydalanish uchun matnlar)

Navro‘z kuni odam ota-onasi, yaqin kishilari bilan diydorlashadi. Ginali odamlar Navro‘z kuni yarashadi.

Navro‘z arafasida keksalar maxsus idishlarga yetti xil don ekib, ularning unib chiqishiga qarab, kuzda olinadigan hosil cho‘g‘ini chamalashgan.

Ba’zi joylarda esa Navro‘z kunlarida paydo bo‘lgan kamalakka qarab yerga suv sepiladi. Shunday qilinsa, go‘yo yil seryog‘in va barakali bo‘lar ekan.

Navro‘z kunlari bog‘dagi o‘rik daraxtlariga arqon solib arg‘imchoq yasaladi. Qiz-juvonlar yig‘ilishib, navbatma-navbat arg‘imchoq uchadilar. Navro‘zda arg‘imchoq uchsa bir yillik gunohi to‘kiladi deyilgan.

Bu metodni 2-sinfda o‘quvchilarning unli va undosh tovushlar haqidagi bilimlarini sinash, uni mustahkamlash maqsadida ham qo‘llash mumkin. Masalan, ekran orqali unli tovushlar ko‘rsatiladi. Galma-galdan shu tovush bilan boshlanadigan so‘zlarni ifodalaydigan rasmlar ko‘rsatiladi. O‘quvchilar rasmlardagi narsa, buyum nomlarini daftarlariga yozadilar. Bunda o‘quvchilarning xotiralari mustahkamlanadi, so‘z boyligi oshadi.

Unlilar

Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.

Bizningcha, ta’limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;

2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;

3. Ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;

4. Ta’limiy o‘yinlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;

5. Ta’limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.

Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.

Umida Mamadjonova,
Namangan shahar 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

[1] Karimov I. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T: «O‘zbekiston», 2009, 15-bet.