Kashta tikishni o‘rganamiz
Achish va qichishish buzilishlarning yagona alomati bo’lishi, shuningdek boshqa alomatlar bilan birgalikda kuzatilishi mumkin:
Ayollar jinsiy a’zosi qichishi va achishi — sabablari, bartaraf etish usullari, davolash
Ayol jinsiy a’zolarining shilliq qavati murakkab ekosistema bo’lib, unda ma’lum bir nisbatda ko’plab turli xil mikroorganizmlar mavjud va ularning miqdori va tarkibi ayolning yoshi va fiziologik holatiga qarab o’zgarib turadi.
Hayotning ma’lum bir davri uchun xarakterli bo’lgan mikroorganizmlar normal nisbati saqlanib turar ekan, ayol intim zonalarida diskomfort sezilmaydi. Bu muvozanat buzilganidan so’ng, ayol jinsiy a’zosi qichishi, diskomforti, qizarishi, quruqligi, achishi va hokazo shikoyatlar paydo bo’la boshlaydi. Bu quruqlik, qichish, achishish va boshqa shu kabi alomatlarning eng keng tarqalgan, ammo yagona sababi emas.
Jinsiy a’zoning qichishi diskomfort tug’diradi, normal jinsiy hayotga to’sqinlik qiladi, odatiy hayot hayot tarzini buzadi. Bundan tashqari, qichish va achishni keltirib chiqargan patologiyada ham xavf yotadi.
Shuning uchun bu muammoni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi, uni baribir hal qilish kerak va imkon qadar tezroq boshlash yaxshiroqdir.
Vulvaning qichishi va achishi — bu kasallik emas, bu faqat ma’lum buzilishlarning namoyon bo’lishi, patologik o’zgarishlar sodir bo’lgani va unga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi ayol organizmining signalidir. Ko’pgina kasalliklar bunday alomatlarga olib kelishi mumkin.
- 1 Ayollarning jinsiy a’zosi qichishi
- 2 Ayolning jinsiy a’zolarida qichishish va achish chaqiradigan eng ko’p uchraydigan sabablar
- 3 Intim joylarda achishish va qichish hissi paydo bo’lsa nima qilish kerak?
- 4 Qichish va achish sabablarini aniqlash uchun ginekolog nima qiladi?
- 5 Jinsiy lablar qichishi va achishi: davolash
Ayollarning jinsiy a’zosi qichishi
Achish va qichishish buzilishlarning yagona alomati bo’lishi, shuningdek boshqa alomatlar bilan birgalikda kuzatilishi mumkin:
- Jinsiy yo’llardan turli xil tabiatli ajralmalar;
- Katta jinsiy lablar terisida va / yoki shilliq qavatida toshma toshishi;
- Yoqimsiz, tabiiy bo’lmagan hid;
- Qinning quruqligi;
- Yopishqoq, qon aralash ajralmalar;
- Oraliqda yoki qorin pastidagi og’riqlar;
- Qin ichida yot jism mavjudligi hissi.
Achish va qichishishning intensivligi yengil shakldan tortib chidab bo’lmas o’ta yomon diskomfortgacha bo’lishi mumkin. Alomatlar doimiy bo’lishi ham mumkin, davriy ravishda kuzatilishi va hayz yoki ovulyatsiya davri bilan bog’liq bo’lishi ham. Har qanday holda, shifokorning maslahati talab qilinadi.
Ayolning jinsiy a’zolarida qichishish va achish chaqiradigan eng ko’p uchraydigan sabablar
Qin disbakteriozi — qinda achish va qichishga olib keladigan eng keng tarqalgan sabablardan biri. Mahalliy immunitetning pasayishi, turtki bo’ladigan omillar ta’siri ostida qinda disbalans paydo bo’ladi va kandida zamburug’lari, ichak tayoqchasi va gardnerella kabi mikroorganizmlar faol ravishda ko’payishni boshlaydi. Disbakteriozda nafaqat qichish va achish bezovta qiladi, balki qindan ko’p miqdorda ajralmalar ajralishi, yoqimsiz hid ham qayd qilinadi.
Alomatlarni bartaraf etish uchun mikroorganizmlarning disbalansiga nima sabab bo’lganini aniqlash, ushbu omilni bartaraf etish va bu vaziyat kelajakda o’zini qayta namoyon qilmasligi uchun ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday holatda shifokor davolash uchun mikroblarga va zamburug’larga qarshi preparatlar bilan bir qatorda, qin normroflorasini qayta tiklaydigan vositalarni ham tayinlaydi.
Ayollar osti qichishi va achishi sabablari orasida ikkinchi o’rinda JYYI — jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar turadi. Ularga xlamidioz, gonoreya, trixomoniaz, gerpes, papillomavirus infektsiyasi kiradi. Bu infektsiyalar vulvaning qichishi, achishi, yallig’lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Samarali davolash kasallikning sababchisi va shaxsiy ko’rsatmalar hisobga olingan holda belgilanishi kerak. Bunday hollarda ko’pincha antibiotiklar bilan davolash talab etiladi.
Allergik reaktsiyalar ham jinsiy lablar sohasida qichish va achishishning sababchisi bo’lishi mumkin. Reaktsiyani turli allergenler bilan aloqa qilish keltirib chiqarishi mumkin.
Ko’pinсha, jinsiy a’zo allergiyasi sababi gigiena vositalari, intim gellar va yog’lar, sintetik ich kiyim, ich kiyimda qolgan kir yuvish kukunining qoldiqlari va hatto jinsiy sherikning spermasi bo’ladi. Agar shifokor alomatlarning allergik tabiatini tasdiqlagan bo’lsa, antigistaminlar va sedativ preparatlar buyuriladi.
Jinsiy lablar qichishi va achishi tor, qisadigan ichki kiyim, stringlar kiyish, doimiy ravishda kundalik prokladkalar ishlatish tufayli chaqirilgan bo’lishi mumkin, chunki buning naijasida patogen organizmlarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratiladi.
Shu sabablar qichish va diskomfortning kuchayishiga olib kelishi ham mumkin, garchi bu alomatlar boshida boshqa omillar tufayli yuzaga kelgan bo’lsa ham.
Ginekologiyaga aloqador bo’lmagan bir qator kasalliklar ham ayol jinsiy a’zosi salomatligi va komfortiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, vulva sohasida qichish va achish qandli diabet, qon kasalliklari, teri sarqiligi bilan kechadigan gepatit, buyrak faoliyatining buzilishi va boshqa patologiyalardan aziyat chekayotgan ayollarda kuzatilishi mumkin.
Bunday holda, vulva qichishi, achishi va boshqa alomatlarni davolash ularga sabab bo’lgan asosiy patologiyani bartaraf etishga, shuningdek normal vaginal ekosistemani saqlab qolishga qaratiladi.
Intim joylarning noto’g’ri gigienasi ham noqulaylik, qichishish va achishish paydo bo’lishiga olib keladi, terining qizarishi, toshma toshishi kuzatilishi mumkin. Normal vaginal florani saqlab qolishda intim gigiena uchun to’g’ri tanlangan vositalar yordam beradi.
Yodingizda bo’lsin, supermarketda birinchi to’g’ri kelgan flakonni sotib olish to’g’ri emas, yuvinish uchun gel fiziologik holatingiz va yoshingizga mos kelishi kerak, u tabiiy moddalarni o’z ichiga olishi, gipoallergen bo’lishi, kimyoviy qo’shimchalar va bo’yoqlar saqlamasligi kerakligini unutmang.
Vulaning diskomforti, quruqligi, qichishi va achishi sababi ayol va qizlarda jinsiy yetilish, homiladorlik, hayz, menopauza, stresslar natijasida va organizmdagi boshqa buzilishlarda gormonal fonning o’zgarishlari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda shifokor gormonal fonni normallashtirish uchun preparatlarni buyuradi. Qo’shimcha namlantirgich sifatida maxsus yog’lar va gellar tavsiya etiladi.
Ko’pincha achishish siydik-tanosil tizimning yallig’lanishlarida (sistit, servitsit, endometrit, adneksit, metrit) uchraydi. Davolash uchun kompleks tekshiruv o’tkazish, infektsiyani aniqlash va tegishli preparatlarni tanlash zarur.
Ayollar jinsiy a’zosining qichishi va achishi sababi shuningdek psixologik omillarga ham bog’liq bo’lishi mumkin — stress holati, jinsiy aloqadan oldin qo’rquv yoki o’tkazilishi kerak bo’lgan operatsiya tufayli tashvishlanish va hokazo. Bunday holatda alomatlarni bartaraf etish biroz mushkul sanaladi, psixoterapiya qo’llaniladi, sedativ preparatlar belgilanadi.
Intim joylarda achishish va qichish hissi paydo bo’lsa nima qilish kerak?
Tabiiyki, ginekologga tashrif buyurish, alomatlarning sababini aniqlash va patologiyani yanada samarali davolash uchun tekshiruvlardan o’tish kerak.
Ginekologga murojaat qilmaguningizga qadar, jinsiy aloqada bo’lishni davom ettirsangiz, albatta prezervativlardan foydalaning. Yodingizda bo’lsin, alomatlari jinsiy lablar qichishi va achishi bo’lgan ko’plab kasalliklar yuqumli sanaladi va jinsiy yo’l bilan uzatiladi.
Agar siz qichishdan bir necha kun oldin yangi intim gigiena uchun vosita, lubrikant, yangi turdagi prokladkalardan foydalanishni boshlagan bo’lsangiz va bu allergik reaktsiyaga olib kelgan bo’lsa, sabablariga aniqlik kiritilguniga qadar gumon qilinayotgan allergen bilan aloqani bekor qiling.
Intim joylarning gigienasiga alohida e’tibor bering — tabiiy matodan tayyorlangan ich kiyimlar kiying, kundalik prokladkalardan faqat kerak bo’lganida foydalaning (agar ko’p ajralmalar mavjud bo’lsa, shuningdek ularni har 3-4 soatda almashtiring), hayz davrida vaqtincha muddatga tampon o’rniga prokladkalardan foydalaning.
Stringlar, har qanday noqulay ich kiyim yoki tor va noqulay shim kiymang, ular qichishning kuchayishiga sabab bo’lishi mumkin. Kuniga 2-3 marta tashqi jinsiy a’zolarining tualetini amalga oshiring, bu maqsadda siz moychechak damlamasidan foydalanishingiz mumkin, sovun ishlatmang.
Bu choralar jinsiy a’zo qichishini davolash usuli sanalmaydi, ular faqat yoqimsiz alomatlarni biroz yengillashtirish va mavjud holatni og’irlashtirib yubormaslikka yordam beradi.
Har qanday holatda ham ginekologga tashrifni kechga qoldirmaslik kerak, bo’lmasa keyinchalik buni davolash ancha murakkabroq, uzoqroq va qimmatroq bo’lishi mumkin, siz esa noxush alomatlardan ko’proq aziyat chekkaningiz qoladi.
Qichish va achish sabablarini aniqlash uchun ginekolog nima qiladi?
Tushunganingizdek, bunday alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan sabablar juda ko’p va ular turli-tumandir, shu sababli davolashga yondashish ham turlicha bo’ladi.
Sizda mavjud alomatlar mohiyatini faqatgina kerakli tibbiy ko’rikdan so’ng shifokor tushinishi mumkin.
Bemorni so’roq qilib, ko’rik va kolposkopiya o’tkazganidan so’ng, shifokor ma’lum bir vaziyatda talab qilinadigan tahlillar miqdorini aniqlaydi. Asosan quyidagilar kerak bo’lishi mumkin:
- Qin florasini aniqlash uchun surtma olish;
- Bakteriologik ekish;
- IFT va PZR yordamida infektsiyalarni aniqlash tadqiqi;
- Kichik tos a’zolarining ultratovush tekshiruvi;
- Ichak disbakteriozi uchun tahlil;
- Parazit mavjudligini aniqlash uchun tahlil va boshqalar.
Yuqoridagi tadqiqot usullarining qay biri sizga kerak bo’lishini ko’rik vaqtida shifokor belgilaydi.
Jinsiy lablar qichishi va achishi: davolash
Vulvaning qichishishini, achishini davolash ginekolog shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Agar kerak bo’lsa, davolanishga boshqa mutaxassislar jalb qilinishi mumkin (muammoning mohiyatiga qarab): terapevt, nevropatolog, allergolog, dermatolog.
Bunday holda, shifokor har safar bir qator individual omillarni hisobga oladi, shuning uchun hatto bir xil kasallikni davolash ham turli bemorlarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Demak, yuqorida aytib o’tganimizdek, davolash har doim kasallikning sabablariga bog’liq:
- Agar muammo infektsiya tomonidan chaqirilgan bo’lsa, antibiotiklar qo’llash bilan mahalliy yoki tizimli davolash talab qilinadi.
- Kasallik zamburug’ tabiatli bo’lsa (masalan, kandidoz) zamburug’larga qarshi preparatlar buyuriladi.
- Allergik qichish antigistamin va sedativ preparatlar bilan davolaniladi.
- Agar alomatlar gormonal buzilish tufayli kelib chiqsa, gormonal terapiya qo’llaniladi, ginekolog-endokrinolog, endokrinolog konsultatsiyasi belgilanadi.
- Qichishga va yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo’lgan mahalliy preparatlar (shamchalar, malhamlar) buyurilishi mumkin.
- Agar qichishish psixologik omillar tufayli chaqirilganligi aniqlansa, psixoterapevt huzurida davolanish va sedativ preparatlarni qabul qilish talab qilinadi.
Kashta tikishni o‘rganamiz
«Kashtachilik» to‘garagi mashg‘ulotlarida kompyuter, noutbuk, proyektor, tarqatma materiallardan unumli foydalangan holda o‘quvchi qizlarda hunarmandlikka qiziqish uyg‘otmoqdaman.
Mashg‘ulotni kashta elementi bo‘lgan buyumlarni tarqatish bilan boshlayman. O‘quvchi qizlarning buyumga bergan ta’rifidan so‘ng slayd orqali ma’lumot beraman:
— Kashtachilik hunarmandchilikning eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, xalq ijodkorligini ifodalaydi va uning turmushiga mazmun baxsh etadi. Kashtali kiyim va buyumlarga nafaqat mamlakatimiz, balki chet elda ham qiziqish bilan qaraladi. O‘zbek chevarlari tikkan kirpech, so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshablar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, AQSh, Hindiston kabi xorijiy davlatlarda ham mashhur. Xalq amaliy san’at muzeylarida kashta namunalari eksponat vazifasini o‘tamoqda.
Milliy qo‘g‘irchoqlarni kashta bilan bezash san’at turiga aylangan. Turli xil gazlama qiyqimlaridan yumshoq o‘yinchoq tayyorlash qiyin emas. Buning uchun mex, charm, porolon va tasmalardan foydalanishimiz mumkin. Qo‘g‘ir-choqning ko‘zini esa tugmacha yoki taqinchoq, og‘zini charm va kleyonka matodan tiksak bo‘ladi. Bugungi mashg‘ulotda kashta tikish jarayoni bilan tanishasiz.
Kashta tikishda asqotadigan ashyolar
Igna, angishvona, qaychi, metr-lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigiz va chambarak zarur. Asos uchun oq, kulrang, och sariq, och jigarrang surp, bo‘z, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolardan birini tanlaymiz. Sidirg‘a matoda naqsh aniq-tiniq ko‘rinadi, rangli iplarning aksariyatini uyg‘unlashtirib tikish mumkin. Gul, rasm, naqsh chizish uchun yumshoq va qattiq qalam, daftar, chizg‘ich, albom, o‘chirg‘ich, millimetrlangan qog‘oz, nusxa ko‘chiradigan qog‘oz va shaffof qog‘oz tayyorlab olamiz.
Gazlama va ip tanlash
Kashta tikish uchun, avvalo, gazlamani to‘g‘ri tanlash kerak. So‘ngra buyum nimaga mo‘ljallanganini bilib olish zarur. Bezakning turiga qarab, tikish usuli tanlanadi. Kashta tikiladigan materialga ipni moslab tanlash katta ahamiyatga ega. Misol uchun, sariq rangli matoga oq, qizil rangli matoga jigarrang, yashil rangli gazlamaga ko‘k ipni yurgizish maqsadga muvofiq emas. Agar rang to‘g‘ri tanlanmasa, chevarning ko‘zi toliqadi va mahsulot ham jozibador chiqmaydi.
Ipni tanlashda ranglarning uyg‘unlashuvi, bir-biriga ta’sirini bilish zarur. O‘zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qator ranglaridan iborat doirani asos qilib olamiz.
Qo‘llaniladigan chok turlari
Kashtado‘zlikda xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim. Ish bajariladigan joyga yorug‘lik old yoki chap tomondan tushib turishi, kashta tikayotgan chevar boshini sal oldinga egib o‘tirishi zarur. Imkon qadar ortiqcha narsalar bo‘lmagani ma’qul. Bu ish bajaruvchini chalg‘itib, buyum sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Tikish nihoyasiga yetgach, hamma asboblar joy-joyiga qo‘yiladi. Nina, to‘g‘nog‘ich, qaychi va angishvona bilan ishlaganda ehtiyot bo‘lish lozim. Qaychining tig‘ tomoni ochiq qolmasin, biror kishiga uni uch tomonidan ushlab uzating, ninani og‘izga olib borish, ko‘ylakka qadab qo‘yish, u yer-bu yerga ipsiz sanchib qo‘yish mumkin emas. Ninani ipi bilan maxsus yostiqchaga qadab qo‘yishni unutmang.
Xavfsizlik qoidalarini tushuntirib bo‘lgach, o‘quvchilar bilan bir qator zanjir choklarini tikishga kirishamiz. Qizlar o‘zi tikishni mustaqil davom ettiradi.
Hafiza RAShIDOVA, Termiz shahridagi 13-maktab o‘qituvchisi
Erkaklarda UTI haqida bilishingiz kerak bo’lgan narsalar
Video: Доктор PRO: Мозг Управляет Вашими Деньгами. Инвестируйте с Умом.
Tarkib
- Alomatlar
- Sabablari va xavf omillari
- Erkaklar ayollardan UII olishlari mumkinmi?
- Tashxis
- Davolash
- Retsept bo’yicha dorilar
- Uyda davolanish usullari
- Oldini olish
- Outlook
Agar siz ushbu sahifadagi havola orqali biror narsa sotib olsangiz, biz kichik komissiya olishimiz mumkin. Bu qanday ishlaydi.
Siydik chiqarish yo’llari infektsiyasi – bu siydik chiqarish tizimining har qanday qismidagi bakteriyalar tomonidan buyrak, siydik chiqarish yo’llari, siydik pufagi yoki siydik chiqarish kanalidan tashkil topgan infektsiya.
Qo’shimcha tadqiqotlar bilan ta’minlangan ma’lumotlar va erkaklar salomatligi uchun manbalar uchun bizning maxsus markazimizga tashrif buyuring.
Ko’pincha siydik yo’li infektsiyalari siydik pufagi va siydikni tanadan tashqariga chiqaradigan naycha bo’lgan siydik pufagiga va siydik yo’llariga ta’sir qiladi.
UTI ayollarda uchraydigan yuqumli kasalliklardan biri bo’lsa-da, erkaklarda kam uchraydi. UTI har yili dunyo bo’ylab erkaklarning taxminan 3 foiziga ta’sir qiladi. Bu shuni anglatadiki, aksariyat erkaklar hech qachon UIga ega bo’lmaydilar, ayniqsa yosh bo’lsa.
UTI erkaklarda rivojlanganda, odatda bu murakkab deb hisoblanadi va buyrak va yuqori siydik yo’llariga tarqalishi ehtimoli ko’proq. Ba’zi holatlarda hatto operatsiya talab qilinishi mumkin. Ushbu kasallik haqida, shu jumladan uning belgilari va davolash usullari haqida ko’proq bilib olamiz.
Alomatlar
UTI bo’lgan erkaklarda infektsiya belgilari yoki alomatlari bo’lmasligi mumkin. Biroq, alomatlar paydo bo’lganda, ular quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
- siyish paytida og’riq
- siydik chiqarishga tez-tez intilish
- siydik chiqarishni boshlashning iloji yo’qligi
- siydik oqimi yoki siydik oqishi
- siydik chiqarishning to’satdan ehtiyoji
- bir vaqtning o’zida faqat oz miqdordagi siydikning chiqarilishi
- siydikdagi qon
- qorinning markaziy pastki qismida og’riq
- bulutli siydik kuchli hid bilan
Murakkab UII bo’lgan erkaklar quyidagi alomatlardan birini yoki bir nechtasini sezishlari mumkin:
- isitma
- titroq
- ko’ngil aynish
- qusish
- orqa og’riq
Ushbu alomatlar kasallik buyrakka yoki yuqori siydik yo’llariga tarqalganligidan dalolat beradi. Bu erda tarqalgan yuqumli kasallik – bu tezroq davolanishni talab qiladigan yanada jiddiy muammo.
Sabablari va xavf omillari
UIga bakteriyalar sabab bo’ladi. Keksa yoshdagi erkaklar, ayniqsa, 50 yoshdan keyin bo’lsa, UIga chalinish xavfi yuqori. Keksa yoshdagi erkaklarda aksariyat holatlar “bakteriya” deb nomlanadi. Escherichia coli, bu tabiiy ravishda tanada mavjud.
Yoshroq erkaklarda UIIga o’xshash holatlar odatda jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar (STI) tufayli yuzaga keladi.
UTI bakteriya siydik yo’llari orqali siydik yo’li orqali kirib, ko’payishni boshlaganda rivojlanadi.
Erkaklarda siydik chiqarish yo’llari ayollarga qaraganda uzunroq bo’lgani uchun ular UTIga kamroq moyil bo’ladi, chunki bakteriyalar siydik pufagiga etib borish uchun uzoqroq masofani bosib o’tishlari kerak.
UTI ayollarda erkaklarnikiga qaraganda to’rt baravar ko’p uchraydi.
Agar odamda UTI rivojlanish xavfi quyidagicha bo’lsa, ortadi:
- diabet
- buyrak toshlari
- kattalashgan prostata
- siydik chiqarish kanalining anormal torayishi
- siydik chiqarishni ixtiyoriy ravishda nazorat qila olmaslik
- siydik pufagini to’liq bo’shatish imkoniyati yo’qligi
- etarlicha suyuqlik ichmaslik
- sunnat qilinmagan
- UIIning o’tmishdagi tashxisi
- siydikni tanadan normal chiqib ketishiga to’sqinlik qiladigan yoki siydik chiqarish kanalida siydikning zaxira qilinishiga olib keladigan siydik yo’llarining anormalliklari
- siydik yo’lini bakteriyalarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan anal aloqada bo’lgan
- immunitetni bostiradigan sog’liq holati yoki dori-darmonlarni qabul qilish
- siydik yo’llarida asboblarni kiritish bilan bog’liq protseduraga ega edi
Ushbu protseduralarga misol sifatida siydik pufagini to’kish uchun trubka yoki siydik pufagi va siydik yo’lini tekshirish uchun sistoskopiya deb nomlanuvchi kichik kamerani kiritish mumkin.
Erkaklar ayollardan UII olishlari mumkinmi?
Jinsiy aloqada ayollarda yuqumli kasallikka chalingan ayoldan bakteriyalarni olish orqali erkaklar UTI olishlari mumkin. Biroq, bu mumkin emas.
Odatda, infektsiya erkak tanasida allaqachon mavjud bo’lgan bakteriyalardan kelib chiqadi.