Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari
Sepkillar kasallik emas, ularning «efelidlar» degan ilmiy atamasi mavjud. Shuning uchun ular sog’liqdagi jiddy og’ish emas, terining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Sepkillar nafaqat yuzga, balki butun badanga toshishi mumkin. Sepkilli qizlar bahor quyoshidan saqlanishi maqsadga muvofiq.
Teridagi dog’larga tavsiyalar.
1. Qizil piyoz urug’idan bir choy qoshiq olinadida, ikki stakan suvda past olovda 5 daqiqa qaynatiladi, sovigandan so’ng dokadan suziladi, keyin suvidan tanadagi dog’li joylarga surtiladi. Muolaja kamida bir hafta davom ettirilsa, dog’lar ketishi kerak. Agar piyoz urug’ini tuz bilan qo’shib ishlatsa, so’gallarni ketkazadi.
2. Taktak o’tidan (yovvoyi arpa o’ti) tayyorlangan damlama bilan dog’li joylar, taktak uni bilan 3-4 kun sepkil, temiratkilar yuviladi (1 choy qoshiq taktak uni 200 ml qaynoq suvga).
3. Baqlajondan siqib olingan suv tanadagi yoki yuzdagi dog’-u yaralardan qolgan joylarga surtilsa, ularni ketkazadi.
4. Tana va yuz dog’ini ketkazish, rangini chiroyli qilish uchun no’xat, ilitilgan tuxum, go’sht seli, xushbo’y sharob iste’mol qilish hamda anjir yeyish tavsiya qilinadi.
5. Har kuni kraxmal qatronini sux bilan surtish ham ko’pincha yuzni tozalab, tiniq qiladi.
6. Ibn Sino inson tanasidagi va yuzidagi dog’larni ketkazish uchun piyozning urug’ini yanchib un qilib, xamir qorib, dog’li joylarga surtgan.
7. Xom lavlagi suvi bilan yuzingizni artsangiz, yuzdagi dog’lar, sepkillar ketadi.
8. Petrushka o’tidan loson tayyorlash uchun 200 gr petrushkani maydalab to’g’rab, ustiga bir litr qaynab turgan suvni quyib, 2-3 soat dimlab qo’ying, keyin suzib, muzlatgichda saqlang. Har safar yuzingizni yuvganingizdan keyin shu damlama bilan artsangiz, yuzingiz terisi mayin va oppoq bo’ladi.
Kiyimdagi yog` dog`ini uy sharoitida ketkazish usullari
Uning yordamida hali matoga (har qanday matoga) singib ulgurmagan dog`ni ketkazish mumkin. Buning uchun dog` joyini yaxshilab sovunlab, 12 soatga qoldiring (yaxshisi, sellofan xalqaga o`rab qo`ying), so`ng oddiy usulda yuvib tashlang.
Shakar va kir sovun
Dog` bo`lgan joyni sovunlab, ustiga shakar seping va cho`tka bilan ishqalang. 15 daqiqadan so`ng odatdagidek yuvib tashlang. Bu usul ip gazlamalarda yaxshi ish beradi.
Tuz
Kiyimda dog` paydo bo`lishi bilan, unga oddiy tuz seping, biroz ishqalang va qoqib tashlang, buni bir necha marta takrorlang, so`ng yuvib tashlang.
Bo`r kukuni
Bu usulni paxta tolasi, zig`ir tolasidan bo`lgan gazlamalar, shoyi va shifon matolarda qo`llash mumkin. Dog` bo`lgan hududga quruq kukunni seping va 2—3 soatga qoldiring. SO`ng nam latta bilan artib tashlang va kiyimni yuving.
Ammiak
U och rangli sun`iy gazlamalarda yaxshi natija beradi. Bir stakan suvga bir choy qoshiq ammiak soling va unga paxtani ho`llab, dog` bo`lgan joyni arting. Ustidan toza mato qo`yib, o`rtacha haroratda qizdirilgan dazmolni bosing.
Kraxmal
Kraxmal kukunini olib, dog`li joyni u bilan ishqalang, o`n daqiqacha kutib, so`ng kukun qoldiqlarini qoqib tashlang. Bir necha marta takrorlang.
Idish-tovoq yuvish vositasi
Bu usul har qanday matoda ish beradi. Vositani (suvga aralashtirmasdan) dog` joyiga suring, ishqalang va bir necha daqiqaga qoldiring. So`ng ustidan qaynoq suv quyib, kiyimni yuvib tashlang.
Dog` eski bo`lsa…
Benzin
Eski dog`ni ketkazish uchun bir parcha mato yoki bosma qog`ozni benzinda namlang, uni dog`li kiyim tagiga qo`ying, ustini esa benzinda ho`llangan paxta bilan arting. Shu tariqa, trikotaj, ip gazlama, zig`ir tolasidan gazlamalardan dog`larni ketkazish mumkin.
Tuz
Bir litr qaynoq suvda 150 ml tuzni eritib, uni dog`li kiyim ustiga quying, biroz ishqalab, so`ng odatdagidek yuvib tashlang.
Kraxmal
Kraxmalni suvda eritib, isiting va dog` ustiga suring. U dog`ni o`ziga singdirib olgach, qoldiqlarini qoqib tashlang.
Osh sodasi va idish-tovoq yuvish vositasi
Masalliqlarni tish pastasidek bo`lgunicha yaxshilab aralashtiring va dog`li hududga suring, so`ng cho`tka bilan ishqalab, o`n daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang.
Cirka
Cirkani suv bilan teng nisbatda aralashtiring, kiyimni unga 15 daqiqaga ivitib qo`ying va yuvib tashlang.
Koka-kola
Yog`li dog`ni shirin gazli ichimlik yordamida ketkazish ham mumkin. Buning uchun unga dog`li kiyimni 2—3 soatga ivitib qo`ying va yuvib tashlang.
Manba: ayol.uz
Sepkillarni qanday yo’qotish mumkin — niqoblar, kremlar, kosmetologik muolajalar
Odatda bahor oylarida ayrim ayollarimiz sepkil toshishi va yuzdagi dog‘lar qoraya boshlaganidan shikoyat qilishadi. Yoshlikda paydo bo‘lgan sepkillarga vaqtida e’tibor berilmasa ko‘payib, rangi to‘qlashib boradi. “Sepkillarni yo’q qilish uchun nima qilish kerak”, deysizmi? Yaxshisi, sahifamizda berilgan maslahatlarimizga amal qiling.
Sepkil nima sababdan paydo bo’ladi
Sepkil — yuzdagi pigmentli dog’lar. Teri va sochlarning rangi uchun melanin pigmenti javobgardir. Moddalarning muvozanatsizligi, stress va vitamin yetishmovchiligi bilan teri hujayralari pigmentatsiyaga ega bo’lishi mumkin. Sepkillar paydo bo’lishining asosiy sabablari ota-onadan bolaga o’tadigan irsiyat bilan bog’liqdir.
Sepkillar kasallik emas, ularning «efelidlar» degan ilmiy atamasi mavjud. Shuning uchun ular sog’liqdagi jiddy og’ish emas, terining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Sepkillar nafaqat yuzga, balki butun badanga toshishi mumkin. Sepkilli qizlar bahor quyoshidan saqlanishi maqsadga muvofiq.
Sepkil 25 yoshgacha ko‘payadi va rangi ham to‘qlashadi. 30 yoshdan keyin esa, aksincha rangi oqaradi, lekin miqdori o‘zgarmay qolaveradi. Qizig‘i, 40 yoshdan so‘ng ular umuman yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin.
Ayrim holatlarda ichki kasalliklar ham dog‘lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda shifokorga murojaat qilish lozim. Misol uchun, homiladorlik, jigar-taloq kasalliklari, kamqonlik, ichki sekresiya bezlari ishining buzilishi, vitamin S yetishmasligi ham yuzda jigarrang va qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shifokorlar nima deydi?
Odatda sepkil bolalar 5-6 yoshlik paytidan boshlab ko‘rinadi. Katta bo‘lgani sari kamaya boradi, 35 40 yoshdan keyin esa butunlay yo‘qolib ketadi. Terini oqartirish maqsadida qo‘llaniladigan ko‘pgina yog‘li surtmalar teri yuza qavatini undagi dog‘ bilan birga ko‘chirib tushiradi. Biroq sepkilga sabab bo‘luvchi hujayralar terining ancha chuqur qavatiga joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun oqartiruvchi kremlar faqat vaqtincha yordam beradi.
Avvalo yuzni quyoshdan asrash lozim. Teri yog‘li yoki normal bo‘lsa, oqartirish uchun bodring, limon, qatiq, petrushka qaynatmasi ham ishlatish mumkin. Yuzga qatiq surtib, 15 20 daqiqadan keyin iliq suvda yuvish tavsiya etiladi.
Sepkillarni ketkazish usullari
Sepkillarni yo’qotish uchun misr ayollarining sirlari
Misr ayollarining ta’kidlashlaricha, agar yuzda sepkil va dog‘lar bo‘lsa, muntazam ravishda qumli niqob qilib turish maqsadga muvofiq. U sepkil va dog‘larni ketkazib, yuz terisini yoshartirar, ko‘z ostidagi va boshqa ajinlar tekislanib, yo‘qolarkan. Niqob uchun quyosh nurida qizigan qumdan foydalanish yaxshi foyda beradi.
Sepkilga qarshi niqoblar
- Sepkil davosi sifatida achchiq bodomni maydalab, uni sharobga qo‘shib yuz yuvilsa, sepkillar rangsizlanadi.
- Sepkil va qora dog‘larni ketkazish uchun ko‘proq rediska, sut iste’mol qilish kerak. Har kuni bodring sharbati bilan yuzingizni artib turing.
- Yuzdagi sepkillarni ketkazishga mosh ham yordam beradi. Mosh ildizidan siqib olingan shirasini yuzga surting va 30 daqiqadan so‘ng qaynab, ilitilgan suvda chayib tashlang.
- Baqlajon sharbatini yuzingizga surtib, 15 daqiqadan so‘ng o‘tli damlama bilan yuzingizni chayib oling.
1 osh qoshiq suzma, 1 ta tuxum oqi va bir osh qoshiqda o‘simlik yog‘i yaxshilab aralashtirilib, yuzga qalin qilib surtiladi. 20 25 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuviladi. - Bir boylam ukropni 10 15 daqiqa suvda qaynatib, dokadan o‘tkaziladi. So‘ng og‘zi bekiladigan idishga solib, muzlatgichga qo‘yiladi. Ana shu qaynatma bilan har kuni yuz artib turilsa, dog‘lar ketib, yuzdagi sho‘ralashlar ham yo‘qoladi.
Quyosh nurlari ta’sirida dog‘ ishlab chiqaradigan hujayralar yanada faol ishlaydi, bu esa sepkil ko‘payishiga olib keladi.
Kosmetologik muolajalar
- Sepkillarni lazer yordamida yo’qotish. Ushbu muolaja jarayonida lazer o’ta aniq ishlaydi va odatiy teri hujayralariga ta’sir qilmaydi. Ushbu muolaja medikamentoz usullarga tegishli, shuning uchun u juda qimmat turadi. Biroq, bitta muolajaning o’zi sepkillarni ketkazish imkonini beradi.
- Fototerapiya. Uskunali davolash qisqa muddatli chaqnashlar yordamida pigmentlarni oqartirish orqali sepkillardan tezda xalos bo’lishni taklif qiladi. Bundan tashqari, husnbuzar va akne kabi boshqa muammolarda ham yordam beradi.
- Piling. Pigmentlarning miqdori ko’p bo’lgan terining yuqori qatlamini olib tashlaydigan kislotali preparatlar bilan ishlov berish usuli. Pilingdan so’ng, teri tiklanishi uchun vaqt kerak, shuning uchun kosmetologning tavsiyalarini jiddiy qabul qiling.
Kosmetolog qo’shimcha ravishda sepkilga qarshi krem buyurishi ham mumkin.