Press "Enter" to skip to content

Kiyimlardan oziq-ovqat dog‘larini ketkazishga yordam beradigan 8 ta vosita

Dog‘ bo‘lgan joyni sovunlab, ustiga shakar seping va cho‘tka bilan ishqalang. 15 daqiqadan so‘ng odatdagidek yuvib tashlang. Bu usul ip gazlamalarda yaxshi ish beradi.

Kiyimlar dog’ini ketkazish

Dog‘ yangi bo‘lsa…

Uning yordamida hali matoga (har qanday matoga) singib ulgurmagan dog‘ni ketkazish mumkin. Buning uchun dog‘ joyini yaxshilab sovunlab, 12 soatga qoldiring (yaxshisi, sellofan xalqaga o‘rab qo‘ying), so‘ng oddiy usulda yuvib tashlang.

Shakar va kir sovun

Dog‘ bo‘lgan joyni sovunlab, ustiga shakar seping va cho‘tka bilan ishqalang. 15 daqiqadan so‘ng odatdagidek yuvib tashlang. Bu usul ip gazlamalarda yaxshi ish beradi.

Kiyimda dog‘ paydo bo‘lishi bilan, unga oddiy tuz seping, biroz ishqalang va qoqib tashlang, buni bir necha marta takrorlang, so‘ng yuvib tashlang.

Bu usulni paxta tolasi, zig‘ir tolasidan bo‘lgan gazlamalar, shoyi va shifon matolarda qo‘llash mumkin. Dog‘ bo‘lgan hududga quruq kukunni seping va 2—3 soatga qoldiring. SO‘ng nam latta bilan artib tashlang va kiyimni yuving.

U och rangli sun’iy gazlamalarda yaxshi natija beradi. Bir stakan suvga bir choy qoshiq ammiak soling va unga paxtani ho‘llab, dog‘ bo‘lgan joyni arting. Ustidan toza mato qo‘yib, o‘rtacha haroratda qizdirilgan dazmolni bosing.

Kraxmal kukunini olib, dog‘li joyni u bilan ishqalang, o‘n daqiqacha kutib, so‘ng kukun qoldiqlarini qoqib tashlang. Bir necha marta takrorlang.

Idish-tovoq yuvish vositasi

Bu usul har qanday matoda ish beradi. Vositani (suvga aralashtirmasdan) dog‘ joyiga suring, ishqalang va bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ng ustidan qaynoq suv quyib, kiyimni yuvib tashlang.
Dog‘ eski bo‘lsa…

Eski dog‘ni ketkazish uchun bir parcha mato yoki bosma qog‘ozni benzinda namlang, uni dog‘li kiyim tagiga qo‘ying, ustini esa benzinda ho‘llangan paxta bilan arting. Shu tariqa, trikotaj, ip gazlama, zig‘ir tolasidan gazlamalardan dog‘larni ketkazish mumkin.

Bir litr qaynoq suvda 150 ml tuzni eritib, uni dog‘li kiyim ustiga quying, biroz ishqalab, so‘ng odatdagidek yuvib tashlang.

Kraxmalni suvda eritib, isiting va dog‘ ustiga suring. U dog‘ni o‘ziga singdirib olgach, qoldiqlarini qoqib tashlang.

Osh sodasi va idish-tovoq yuvish vositasi

Masalliqlarni tish pastasidek bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiring va dog‘li hududga suring, so‘ng cho‘tka bilan ishqalab, o‘n daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang.

Sirkani suv bilan teng nisbatda aralashtiring, kiyimni unga 15 daqiqaga ivitib qo‘ying va yuvib tashlang.

Yog‘li dog‘ni shirin gazli ichimlik yordamida ketkazish ham mumkin. Buning uchun unga dog‘li kiyimni 2—3 soatga ivitib qo‘ying va yuvib tashlang.

Kiyimlardan oziq-ovqat dog‘larini ketkazishga yordam beradigan 8 ta vosita

Qanchalik toza saqlashga harakat qilinmasin, kiyimdagi oziq-ovqat dog‘laridan qochib bo‘lmaydi. Shuningdek, ularning har biri individual yondashuvga muhtoj — aks holda sevimli liboslar bilan abadiy xayrlashishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Rezavorlar

Agar kiyimga rezavor sharbati to‘kilgan bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq qaynoq suv bilan yuvish (agar matoning tarkibi imkon bersa), keyin sovuq suvda chayish tavsiya etiladi. Qolgan dog‘larni yumshoq sirka eritmasiga namlash orqali olib tashlash mumkin.

Xantal

Xantal dog‘ini olib tashlash uchun ko‘proq mehnat qilish kerak. Dastlab kiyimda qolgan sous qoshiq yoki pichoq bilan qirib tashlanadi. Keyin dog‘ bir necha tomchi formik kislota bilan namlanadi. Qattiq cho‘tka bilan ozgina artib olinadi va bir necha marta toza suvda yuviladi. Xantal dog‘larini oq kiyimdan 1 foizli vodorod periks eritmasi bilan olib tashlash mumkin.

Shokolad

Shokolad dog‘lari bilan kurashish ham qiyin hisoblanadi. Uni oddiy yuvish vositalari bilan tozalashning keragi yo‘q, suvda eriydigan fermentlar bilan maxsus yuvish vositalaridan foydalanish mumkin. Emulsiyani suv bilan suyultirib va ko‘pikli gubkada dog‘ ustiga surtiladi. Taxminan yarim soat kutiladi va toza suvda yuviladi.

Qahva va choy

Choy va qahva dog‘larini iloji boricha tezroq olib tashlash kerak. Eng oson usul — uni glitserin va osh tuzi bilan tozalash. U dog‘ga qo‘llanadi va odatdagidek kiyimlarni yuvishdan oldin 20-30 daqiqaga qoldiriladi.

Yog‘

Yog‘ dog‘ini zudlik bilan suvda yuvib tashlash kerak, aks holda yog‘ matoga yanada kengroq tarqalishi mumkin. Shundan so‘ng dog‘ un, talk yoki kraxmal bilan yopiladi. 30 daqiqa kutib, so‘ngra mato yaxshilab silkitib olinadi va dog‘ kukun o‘rniga suyuq idishlarni yuvish vositasi yordamida yuviladi.

Ketchup

Asosiy qoida: ketchup dog‘lariga hech qachon issiq suv quymaslik kerak. Qolgan sousni sovuq suv bilan yuvib tashlash, so‘ngra dog‘ning chetidan o‘rtasiga qaratib, dog‘li joyga tish pastasini qo‘llash lozim. 30-40 daqiqadan so‘ng kiyim yuviladi.

Soya sousi

Oq kiyimdagi soya sousi dog‘ini 100 ml etil spirti, 5 ml benzin va 10 ml ammiak aralashmasi bilan ketkazish mumkin. Rangli kiyimlar bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Dog‘ni ikki bo‘lak xom kartoshka bilan ishqalab ko‘riladi — biri old tomondan, ikkinchisi esa kiyimning ichki tomoniga qo‘yilgan holda.

  • Kiyimlarni yuvganda ularning sifatini saqlash uchun yordam beradigan tavsiyalar
  • Djinsi kiyimlarni qanday qilib to‘g‘ri dazmollash kerak?
  • Dazmol bo‘lmaganda kiyim tekislash uchun asqatadigan bir nechta usullar
  • Kir yuvish mashinasi va kiyimlarga zarar yetkazuvchi xatolar

Qanday qilib kiyimdagi bo‘yoq dog‘ini tez va oson ketkazish mumkin?

Bir qarashda, saranjom-sarishta odamning kiyimdagi ketishi qiyin bo‘lgan dog‘larni qanday tozalash ustida bosh qotirishiga to‘g‘ri kelmaydigandek bo‘lib ko‘rinadi.

Odatda faqat rivojlanishga ulgurmagan kichkina bolalargina bema’ni vaziyatlarga tushishadi va har doim kiyimlarini iflos qilishadi deb hisoblaymiz.

Lekin tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, katta odamlarning ham deyarli har biri hayotida hech bo‘lmasa bir marta bahorgi shanbaliklardan keyin juda yopishqoq bo‘yoq bilan bo‘yalgan o‘rindiq ustiga bilmasdan o‘tiradi.

Biz bo‘yoq tekkan kiyimni tashlab yuborishga shoshilmaslikni, lekin bo‘yoq bilan birgalikda gazlamani ham yemiruvchi kuchli erituvchilar, benzin va atseton kabi vositalardan foydalanmaslikni taklif qilamiz.

  • Bir xil miqdorda kir yuvish kukuni va sariyog‘ oling.
  • Ularni bir xil massa holatiga kelguncha yaxshilab aralashtiring.
  • Dog‘ ustiga suring va u butunlay yo‘qolguncha ishqalang. Lekin bu jarayon unchalik ko‘p vaqt talab qilmaydi.
  • Kiyimni kir yuvish mashinasiga qo‘ying va avaylab yuviladigan rejimni yoqing.
  • Yuvish tamom bo‘lgandan keyin buyumni oling va quriting.