Press "Enter" to skip to content

Maxsus kiyimlar faqat qarorda qoladimi

Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2018-yilda 9022 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil qilingan bo‘lib, 9002 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyat olib borgan.

Mavzu: Kiyim haqida umumiy ma`lumоt

Mavzu: Kiyim haqida umumiy ma`lumоt.

Rеja:

1.Kiyim hakida umumiy ma`lumоtlar.

2.Assоrtimеnt va gardеrоb hakida tushuncha.

3.Kiyim assоrtimеntining xaraktеristikasi va kiyimlarning tasniflanishi.

4.Tikuv buyumlarini kоdlash.

Ishlab chiqarish samaradоrligini оshirishda kеng mahsulоt sifati xоs o`rinni egallaydi. Ish sifati, mеhnat sifati, mahsulоt sifati, ishchining o`z mеhnatiga bo`lgan munоsabati majmuasidan ibоrat. Ish sifatini оshirish nafaqat muxim davlat masalasi, balki jamiyatning butun xayot tarzini o`zgartiruvchi amaliy оmildir. Yqоri darajali sifatli kiyimlar tikmay turib, bugungi kunda ilmiy – tеxnik taraqqiyotini jadallashtirib bo`lmaydi.

  • Ishlab chiqarish samaradоrligini оshirishda kеng mahsulоt sifati xоs o`rinni egallaydi. Ish sifati, mеhnat sifati, mahsulоt sifati, ishchining o`z mеhnatiga bo`lgan munоsabati majmuasidan ibоrat. Ish sifatini оshirish nafaqat muxim davlat masalasi, balki jamiyatning butun xayot tarzini o`zgartiruvchi amaliy оmildir. Yqоri darajali sifatli kiyimlar tikmay turib, bugungi kunda ilmiy – tеxnik taraqqiyotini jadallashtirib bo`lmaydi.

Bоshqa istе`mоl mahsulоtlari kabi, kiyimga nisbatan yanada yuqоri talablar qo`yilmоkda. Hоzirgi davrda kiyimning shakli, prоpоrsiyalari, dеtallari, bеzaklari va x.k. еchimlari nuqtai nazaridan uning badiiy darajasi asоsiy mеzоn bo`lib hisоblanadi.

  • Bоshqa istе`mоl mahsulоtlari kabi, kiyimga nisbatan yanada yuqоri talablar qo`yilmоkda. Hоzirgi davrda kiyimning shakli, prоpоrsiyalari, dеtallari, bеzaklari va x.k. еchimlari nuqtai nazaridan uning badiiy darajasi asоsiy mеzоn bo`lib hisоblanadi.
  • Lоyihalash bоsqichida kiyim sifatini va uni ishlab chiqarishda iqtisоdiy samaradоrlikni aniqlaydigan asоsiy jarayonlar kiyimni kоnstruksiyalash va mоdеllashtirishdir.

Kiyimni kоnstruksiyalash – tеxnik va badiiy masalalar еchimini o`z ichiga оlgan murakkab ijоdiy jarayondir. Kоnstruksiya chizmalarini tuzganda kоnstruktiv usullardan biri yoki tеxnоlоgik ishlоv mеtоdlari оrqali shaklning to`g`ri еchimini tоpish katta axamiyatga ega.

  • Kiyimni kоnstruksiyalash – tеxnik va badiiy masalalar еchimini o`z ichiga оlgan murakkab ijоdiy jarayondir. Kоnstruksiya chizmalarini tuzganda kоnstruktiv usullardan biri yoki tеxnоlоgik ishlоv mеtоdlari оrqali shaklning to`g`ri еchimini tоpish katta axamiyatga ega.
  • Kostyum – insonning muayyan ruhiy holatini va tarihiy bosqichini aks ettiradigan, o`zaro uzviy bog`langan bevosita tanaga kiyiladigan va unga mos ravishda tanlangan kiyim qismlarining tizimi kostyum deyiladi. Kiyim funksiyalari ikki asosiy guruhga ajratiladi Utilitar va ahborot – estetik

Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik – gigienik funksiyalarga bo’linadi. Himoyaviy funksiya tashqi muhit va ob – havo ta’sirlaridan, ishlab chiqarish ta’sirlaridan va mehanik ta`sirlardan himoyani o`z ichiga oladi. Fiziologik va gigienik funksiya kiyimni tinchlik va harakat holatida qulayligini aniqlaydi.

  • Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik – gigienik funksiyalarga bo’linadi. Himoyaviy funksiya tashqi muhit va ob – havo ta’sirlaridan, ishlab chiqarish ta’sirlaridan va mehanik ta`sirlardan himoyani o`z ichiga oladi. Fiziologik va gigienik funksiya kiyimni tinchlik va harakat holatida qulayligini aniqlaydi.
  • Ahborot funksiyalar kishi kasbi, didi madaniyati va uning kiyimi to`g`risida ahborot beradi ( kiyim vazifasi, zamonaviyligi, yangilikligi va h.k.z)

Kiyim assortimenti

  • Kiyim assortimenti
  • Zamonaviy kiyim uning vazifasi bo’yicha uch hil sinfga bo’linadi.
  • 1 -maishiy sport ishlab chiqarish
  • kiyimlari
  • Ich kiyim sport turiga qarab mahsus kiyim
  • Ko`ylak kostyum rasmiy kiyim
  • Ustki kiyim tehnologik kiyim
  • Korset bumlari
  • Bosh kiyimlar
  • Qo`lqop.

Yosh – jinsiy jihatdan erkaklar, ayollar, bolalar. Bolalar kiyimi o`z navbatida – chaqaloqlar kiyimi, yasli yoshidagi, maktab yoshigacha, kichik, katta maktab yoshi va o`spirinlar kiyimiga farqlanadi.

  • Yosh – jinsiy jihatdan erkaklar, ayollar, bolalar. Bolalar kiyimi o`z navbatida – chaqaloqlar kiyimi, yasli yoshidagi, maktab yoshigacha, kichik, katta maktab yoshi va o`spirinlar kiyimiga farqlanadi.
  • Mahsus kiyimlar himoyaviy funksiyasi bo`yicha standart talablarga ko`ra 13 guruh va 39 kichik guruhlarga bo`linadi. Mehanik ta’sirlardan, past va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, kislota, yog`- moy va h.k.z. Rasmiy kiyimlar, harbiy hizmatchilar kiyimi, temiryo`lchilar, aloqachilar va boshqalar.
  • Tehnologik kiyim tibbiyot va yuqori aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarishda odamni muhofaza qilish uchun mo`ljallangan.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Maxsus kiyimlar faqat qarorda qoladimi?

Xalq osoyishtaligini asrash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda mahalla fuqarolar yig‘inlardagi “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi faoliyati takomillashtirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, samarali faoliyat yuritishda shu kabi jamoatchilik tuzilmalarining moddiy-texnik ahvoli bugungi kunda qay darajada?

Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2018-yilda 9022 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil qilingan bo‘lib, 9002 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyat olib borgan.

Mazkur jamoatchilik tuzilmalari tarkibida 59636 nafar posbonlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordam berib kelgan.

Qolaversa, 2018-yilning o‘zida 142522 ta huquqbuzarlik va 3571 ta jinoyat bevosita “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolari xabarlari asosida aniqlangan.

Biroq, bugungi kunda posbonlarning xizmat olib borishida xizmat kiyimlari bilan bog‘liq muammo borligi ko‘zga tashlanmoqda. Jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurashishda posbonlarni xizmat kiyimlari bilan ta’minlashga e’tibor berilmayapti. Bu esa ularni oddiy fuqarolardan ajratish borasida qiyinchiliklarni keltirib chiqarishiga va jinoyatchilikning oldini olishda foydalanmasdan kelayotgan kuch sifatida qolib ketishiga olib kelmoqda.Bu muammoni hal qilinmasdan qolishiga sabab sifatida biz posbonlar faoliyatiga bevosita daxldor bo‘lgan 2018-yil 3-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish haqida”gi 497-sonli Qarorning tegishli bandlari talablari ijrosi to‘liq bajarilmasdan qolishini keltirishimiz mumkin.

Ushbu qarorning 2-bandiga ko‘ra, fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolarining xizmat kiyimlarini tayyorlash va yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.Lekin, bugungi kunda “Mahalla” xayriya jamoat fondi ham, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi ham jamoatchilik tuzilmasi a’zolarini xizmat kiyimlari bilan ta’minlashga talab darajasida e’tibor bermayapti.Bunga asosiy omil sifatida 2018-yil 3-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 497-sonli qaroridagi o‘ziga xos kamchilik hisoblanadi. Xususan, qarorda ko‘rsatilgan jamoatchilik tuzilmasi a’zolarining xizmat kiyimlari bilan ta’minlash talablari umumiy xarakterga ega.

Ya’ni, Fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a’zolarining xizmat kiyimlarini tayyorlash va yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan bo‘lib, muddati va qaysi tashkilot tomonidan qancha miqdorida moliyalashtirishning aniq mexanizmlari ko‘rsatilmagan.

Natijada qarorda ko‘rsatilgan muassasalarning qarorning ijro etish borasidagi sustkashligiga olib kelmoqda.Bu esa, davlat rahbariyatini mazkur jamoatchilik tuzilmasi borasidagi tanqidiy fikrlari kelib chiqishiga hamda jinoyatchilikning oldini olishda ushbu tuzilmani o‘rni sezilmasdan qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda.Shuni alohida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda davlat rahbari tomonidan bir qator xalqaro sport musobaqalari va turli iqtisodiy forumlar o‘tkazish bo‘yicha tashabbus ilgari surib kelinmoqda.

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, xalqaro sport va boshqa tadbirlarga mezbonlik qilish bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqilganda mazkur jamoatchilik tuzilmalarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda,O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishda jamoatchilik tuzilmalaridagi moliyaviy-iqtisodiy muammoning mavjudligi ularning yetarli darajada faoliyat ko‘rsatishiga to‘siq bo‘layotgan asosiy omil bo‘lib qolmoqda.

«Qishgi issiq kiyimlar xaqida» tez aytishlar

Sharif shartta sharfini oʼradi.

Qoʼldosh qoʼliga qoʼlqopini qoqib kiydi.

Tolib «telba» telpagini teparoq kiydi.

Botir baxonada «Botik»da botinkani «bobo»si borligini bildi.

Jun paypoq — Jun qalpoq — Qishda sizga xampok.

Jamila jiyaniga junli jemfer joʼnatdi.

Edik ertasiga eski etikda keldi.

Аbdupattoda xatto palьtoga mato yoʼq.

Shoxning Shaxinaga shaxzoda sharafiga xadyasi — shoxona pocha poʼstin.

Soʼm plastik kartaga — Murodga kurtka oldi.

Betmenni botinkasi botqoqqa botmaydi.

Sharifani shaxarda sharf bilan «sharaflashdi».

Poʼlat palьtoga pul toʼpladi.

Toʼlqin tulki terisidan telpak tiktirdi.

Qaxraton qishda qoʼllarim qoʼlqopni qoʼmsab qoldi.

Kurtka sirtga kiyiladi.

Etikni kiygan kishi — koʼpincha tetik.

Shofyorni shapkasini shamol uchirdi.

Ishonmagin doʼstinga — Chang solar poʼstininga!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF