Matolardagi turli dog’larni oqartirishning samarali usullari
Yod dog‘idan qutulish uchun o‘sha joyni namlang va ustiga kraxmal sepib, bir necha daqiqaga qoldiring, so‘ng chayib tashlang. Dog‘ to‘liq yo‘qolguniga qadar jarayonni takrorlayvering.
Turli dog‘larni ketkazish sirlari
Ba’zan sevimli buyumlarimiz yoki kiyim-kechaklarimizga o‘zimiz bilmagan holda dog‘ tushirib qo‘yamiz. Ko‘p hollarda ularni to‘g‘ri tozalash yo‘lini bilmay, ketkaza olmaymiz, natijada sevimli ashyolarimiz yaroqsiz holga kelib qoladi. Biroq quyida keltirib o‘tadigan tavsiyalarimiz orqali siz har qanday dog‘dan xalos bo‘lish usullaridan boxabar bo‘lasiz.
Yelim dog‘ini atsetonga botirilgan paxta yordamida ketkazish mumkin. Dog‘ qanchalik yangi bo‘lsa, shuncha yaxshi. Dog‘ o‘rnini yaxshilab ishqalang.
Yod dog‘idan qutulish uchun o‘sha joyni namlang va ustiga kraxmal sepib, bir necha daqiqaga qoldiring, so‘ng chayib tashlang. Dog‘ to‘liq yo‘qolguniga qadar jarayonni takrorlayvering.
Kiyimda atir izi qolgan bo‘lsa, uni idish-tovoq yuvish vositasida yordamida tozalash mumkin. Buning uchun yarim choy qoshiq vositani yarim stakanda qaynoq suvda eriting. Hosil bo‘lgan eritma dog‘ o‘rniga tomozing va 10—15 daqiqa kuting, shundan so‘ng sovuq suvda chayib tashlang.
Qon dog‘ini sovuq suvda osongina ketkazish mumkin. Biroq dog‘ ancha oldingi bo‘lsa, unga 15 daqiqaga nashatir spirti suring, so‘ng sovun bilan yuvib tashlang.
Lab bo‘yog‘idan qolgan izni atseton yoki spirtga botirilgan paxta bilan arting, shunda u darhol yo‘qoladi.
Kiyimga moybo‘yoq tegsa, uni shu zahoti kungaboqar yog‘i yordamida tozalash mumkin. Eski dog‘ bo‘lsa, u holda kir joyga margarin surib, 20 daqiqaga qoldiring. So‘ng dog‘ni benzin bilan ishqalang va buyumni yuvib tashlang.
Buyumga sharbat to‘kilib, dog‘ qolgan bo‘lsa, o‘sha joyga bir necha tomchi limon suvidan tomizing va ustiga tuz sepib qo‘ying. Qurib qolgach, dog‘dan asar ham qolmaydi.
Matolardagi turli dog’larni oqartirishning samarali usullari
Kiyimdagi har qanday dog’ni oqartirish vositalari yordamida ketkazsa bo’ladi. Buning uchun libos matosiga dog’ga qarshi gel yoki aralashma bilan ishlov berilib, kir yuvish mashinasiga solinsa kifoya. Ammo buning imkoni bo’lmaganida nima qilinadi? Aytaylik, uyda chiroq yo’q yoki vaqtingiz tig’izligidan kir yuvishga ulgurolmayapsiz. Quyida sizga shoshilganda asqotadigan tavsiyalarni havola etamiz.
Yomg’irdan so’ng sayrga chiqqan farzandingiz, shimining tizzasini kir qilib qaytsa, mana bu retsept yordamida matodagi dog’ni ketkazish mumkin. 1 litr suvga 1 oshqoshiq nashatir spirtini aralashtirasiz. Aralashmani shim tizzasining kir bo’lgan joyiga shimdirib, ustidan cho’tkada ishqalaysiz. So’ng shu qismining o’zinigina suvda chayib olsangiz, kifoya.
Maktab formasidagi ruchka siyohining dog’i kir yuvish kukunlarini “pisand” qilmaydi. Hatto eng so’nggi rusumdagi kir yuvish mashinasi ham bu muammoni mustaqil hal eta olishi qiyin. Xo’sh, nima qilinadi?
Paxta bo’lagiga spirtni tomizib, siyoh ustidan 2-3 soniya bosib turing. So’ngra asta ishqalang. Oddiysi ish bermasa, nashatir spirtidan foydalanib ko’ring.
Kiyimdagi ovqat yog’idan halos bo’lishning bir qancha sinalgan usullari bor. Mana, ularning ayrimlari:
-yangi paydo bo’lgan yog’ dog’ini quruq salfetkaga shimdirib olish mumkin. Buning uchun kiyimning ikki tarafiga quruq salfetka qo’yilib, ustidan dazmol bosiladi. Dog’ yangiligida salfetkaga oson singadi;
-eski dog’ni tozalashda esa spirt eritmasi bilan ishlov berish usulidan foydalanib ko’rish mumkin. Bunda 1 stakan suvga 2 oshqoshiq spirt aralashtiriladi.
Kofta yo ko’ylagingizga lab bo’yog’i yohud tonal krem tegib ketsa, aslo ishqalamang. Pardoz vositasi matoga yanada chuqurroq singib qoladi. Yaxshisi, bunday qiling:
-dog’ ustiga quruq salfetka qo’ying. Orqa tarafidan esa spirt eritmasi bilan artib oling. Pardoz vositasining izi qolmagach, toza suvda chayib olasiz;
-bir martaik urinish ish bermasa, ishlatilmaydigan tish cho’tkasini kir sovuniga botirib, dog’ ustidan yurgizing.
Tirnog’ingizni boyayotib, behosdan ko’ylagingizga lak tegib ketdi, endi nima qilasiz? Ahir bo’yoqning tezda qurib qolishi bor. Maslahatimiz, quyidagi usulni sinab ko’ring:
Dog’ ustiga qog’oz salfetkani qo’yib, orqa tarafidan spirt yoki atseton bilan arting. So’ng lak tekkan matoni ikki-uch soatga iliq suvga bo’ktirib qo’ying.
Turlariga ko’ra farqlangani bois kiyimga to’kilgan meva sharbati bir qancha usullar yordamida tozalanadi. Xususan:
-paxta bo’lagini sirkada namlab, dog’ ustidan yurgizing. So’ng sovuq suvda chayib oling;
-yangi hosil bo’lgan meva sharbati ustidan osh tuzi sepib qo’yiladi. Tuz suyuqlikni o’ziga shimib olgach, issiq suvda kiyim chayib olinsa, kifoya. Dog’dan asar ham qolmaydi.
Bexosdan qo’lingizni kesib olsangiz, birinchi qiladigan ishingiz barmoqdan oqayotgan qonni qanday qilib bo’lsa ham to’xtashishdan iborat bo’ladi, shundaymi? Ammo bunda ko’ylak yengi yoki boshqa biror qismiga qon tegishi mumkin. Yoki bolaning burni qonadi, deylik. Vannaxonaga yetib borguniga qadar ko’ylagining old qismi dog’ bo’ladi. Qon yuqini tozalash uchun nashatir spirtidan foydalanasiz. Dog’ni spirt bilan artib, 15 daqiqaga qoldirasiz. So’ng kir sovunida ishqalab yuvib olinsa, kifoya.
Mazali shirinliklarning yuqi osongina tozalanmasligi mumkin, agar vaqtida chorasi ko’rilmasa. Xo’sh, nima qilamiz?
-yangi hosil bo’lgan shokolad dog’i ustidan mayda osh tuzi sepib qo’yilsa, dog’ matoga singmaydi;
Eski shokolad dog’ini esa 1 stakan suvga sirka yoki nashatir spirtini aralashtirib, libosni tozalash mumkin.
Ayrim antiperspirantlar kiyimda dog’ qoldirmaydi. Biroq hammasi ham emas. Libosdagi ter dog’i sarg’imtir ko’rinishda bo’lsa, albatta uni tozalash kerak. Bunda sizga quyidagi usullar kor qiladi:
– 1 oshqoshiq idish yuvish gelini 3 osh qoshiq perekis vodorodi va 2 oshqoshiq iste’mol sodasi bilan aralashtiring. Tayyoraralashmani ter dog’idan sarg’aygan kiyimga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So’ng iliq suvda chayib olasiz. Shuningdek, sirkaga ozroq iliq suvni aralashtirib, u bilan sarg’aygan matoni oqartirish mumkin.
Yuzdagi pigment dog‘lar – samarali yechim mavjud!
Pigment dog‘lari bu inson tanasida to‘qlashgan dog‘ yoki tangachalar ko‘rinishidagi teri qismlaridir. Melanin pigmentini biz soch, teri, ko‘zning shaffof qavati va boshqa to‘qimalarida ko‘rishimiz mumkin. Giperpigmentatsiya esa ko‘p miqdordagi xollar, sepkillar va keng yoyilgan mallarang katta dog‘lar ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha ayollar bu kabi pigment dog‘laridan xalos bo‘lishni istashadi. Ammo bu pigment dog‘lar nafaqat ayollarda paydo bo‘ladi, balki ular kuchli jins vakillarini ham chetlab o‘tmaydi. Silliq va ko‘rkam husnga dog‘larning soya solishi juda ham achinarli holat. Xalq tabobati adabiyotlariga ko‘ra, bu kabi dog‘lar quyoshning ultrabinafsha nurlanishi ta’sirida paydo bo‘lishi aniqlangan. Ammo zamonaviy tibbiyot tadqiqotlari jarayonida giperpigmentatsiyaning ultrabinafsha nurlaridan tashqari ayrim sabablari ham aniqlangan.
Foto: Biokon
Pigment dog‘lari paydo bo‘lishining sabablari
Terining rangi uchta pigmentning uyg‘unligiga bog‘liq: karotin, melanin va gemoglobin. Karotin teriga sarg‘ish rang beradi. Gemoglobin pushti rang uchun mas’uldir. Shuning uchun ham, gemoglobin darajasi yuqori bo‘lgan insonlarning yonoqlari qizg‘ish tusda bo‘ladi. Agar gemoglobin darajasi past bo‘lsa, yuz va tanadagi teri rangi oqish tusda bo‘ladi. Melanin – to‘q (mallarang) pigment hisoblanadi va teri rangiga mas’ul pigmentdir. Qaysi rangda tug‘ilishingiz melanin miqdoriga bog‘liq.
Pigmentlarning tanada paydo bo‘lishi haqidagi faktlar
Ultrabinafsha. Quyosh nuri orqali tanaga tushgan tabiiy ultrabinafsha nurlari solariyaga tashrif buyurish natijasida olingan sun’iy ultrabinafsha nurlari bilan bir xilda zararli hisoblanadi.
Gormonal yetishmovchilik. Ayollarda garmonal muvozanatni buzilishi homiladorlik va tug‘ruqdan so‘ng ko‘krak suti bilan oziqlantirish davrida, og‘iz kontratseptivlarini qabul qilish va menopoz natijasida sodir bo‘ladi. Gormonal nomutanosiblikning yana bir sabablaridan biri qalqonsimon bezning buzilishi bo‘lishi mumkin.
Ichki organlar kasalliklari. Ovqat hazm qilish tizimi va jigar disfunksiyasi odatda teriga aks etadi. Burun-lab uchburchak ichidagi pigment dog‘lar (chin yoki yuqori lab ustida) oshqozon, oshqozon osti bezi yoki qizilo‘ngach bilan bog‘liq muammolarni bildiradi. Oshqozon-ichak trakti va jigar kasalliklari (gepatit A) muammosidan tashqari, giperpigmentatsiya sababi o‘t pufagi kasalligi bo‘lishi mumkin.
Vitaminlar va minerallarning yetishmasligi. Foliy kislotasi va vitamin S yetishmasligi terining giperpigmentatsiyasiga sababchi bo‘ladi.
Teri shikastlanishi va noto‘g‘ri parvarish. Ultrabinafsha radiatsiyasiga teri sezgirligini oshishi past sifatli kosmetika mahsulotlaridan foydalanish natijasida kelib chiqadi. Kichik jarohatlar (skrablarni noto‘g‘ri ishlatish, qo‘pol piling, husnbuzarlarni siqish) jarohat hududlarida melanin konsentratsiyasiga olib kelishi mumkin.
Genetika. Ko‘pincha tug‘ma belgilar tug‘ilgan paytdan boshlab tanada mavjud bo‘ladi. Qizil sochli odamlar ko‘proq frekelslarga ega bo‘ladi.
Yosh. 40-50 yoshdan so‘ng tanada senil pigmentli dog‘lari paydo bo‘ladi.
Giperpigmentatsiya bilan kurashish
Sog‘liq haqida g‘amxo‘rlik qilishni kasallik paydo bo‘lishidan oldin boshlash kerak. Pigmentatsiyadan xalos bo‘lishning bir necha turlari mavjud: ularning biri xalq tabobati natijasi bo‘lsa, ikkinchisi kosmetik va tibbiy vositalardir. Hozirgi kunda teri muammolari bo‘yicha Ukraina mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan BIOKON “Belosnejka” kremi bugungi kunda O‘zbekiston bozorida ham ko‘pgina insonlarni pigment dog‘laridan xalos etishga ko‘maklashib kelmoqda. Bu preparat ayollar orasida keng tarqalgani kabi, erkaklar ham bu vositaning samarasini o‘z tajribasida sinab ko‘rishmoqda. Bundan tashqari, ba’zi pigment dog‘lari paydo bo‘lishiga moyil insonlar ham bu preparatni dog‘ paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida qo‘llashmoqda.
Foto: Biokon
BIOKON “Belosnejka” – Terini yorqinlashtiruvchi kunduzgi krem
Terini yorqinlashtiruvchi va himoya qiluvchi kuchli ta’sirli kunduzgi krem teri yorqinlashuvining zamonaviy yechimidir. Uning tarkibidagi dorivor o‘simliklar va C vitamini terining to‘q pigmenti shakllantirishni oldini oladi. Samarali ultra-binafsha filtrlari (SPF-20) terini ultra-binafsha nurlaridan himoya qiladi va terida har xil to‘q dog‘lar va sepkillarning paydo bo‘lishini oldini oladi. Terining optik va yordamchi yoritilishi oq nilufar, miyori (glycyrrizin) ekstrakti ta’siri tufayli hosil bo‘ladi.
Foto: Biokon
Natijasi:
Krem pigmentli dog‘lar va sepkillarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, terining rangini bir tekisda yorqinlashtiradi va yaxshilaydi, terining erta qarishini oldini oladi.
Foto: Biokon
Hozirgi yozgi va quyoshli kunlarda juda qo‘l keladigan BIOKON “Belosnejka” mahsuloti bo‘yicha ma’lumotni ushbu preparatning rasmiy dilleri veb-sahifasidan ham olishingiz va mahsulot uchun buyurtma berishingiz mumkin.