Kir yuvish jarayonida kiyimlar sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi xatolar
Charmdan tikilgan kiyimlarni xona haroratida kiyimosgichga ilgan holda quritish mumkin. Tekislash kerak bo‘lsa, astarini ag‘darib, uch qavat doka bilan past haroratda dazmollash mumkin.
Kiyimlarni taxlash
Yangi mavsum kelishi bilan kiyim-kechaklarni yangilash, keraksizlaridan xalos bo‘lish va qishki kiyimlarni javonning uzoq burchaklariga “safarga yuborish” ehtiyoji tug‘iladi. Bunday paytda qishki buyumlarni saqlash qoidalariga rioya qilish zarur.
Qo‘llash kerak bo‘lgan eng asosiy qoida — bu issiq kiyimlarni olib qo‘yishdan avval ularni tozlashdir. Bundan kimyoviy tozalash xizmatidan foydalanish mumkin, biroq mustaqil ravishda tozalamoqchi bo‘lsangiz, kiyimlardagi yorliqlarga e’tiborli bo‘ling. Bundan tashqari, qishki kiyimlar cho‘ntaklarini bo‘shatishni ham unutmang.
Kiyimlarni havo yaxshi aylanadigan, quruq, salqin va qorong‘i joyda saqlash lozim. Buyumlarni poliyetilen paketlarga solmang. Poliyetilen havo aylanishiga to‘sqinlik qiladi va natijada yoqimsiz hid yuzaga kelib, kuya paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit yaraladi. Bundan tashqari, oq rangdagi buyumlarning buklangan qismlari poliyetilenda sarg‘ayib qoladi. Shu tufayli, kiyimni yaxshisi tabiiy matolardan qilingan g‘iloflarda yoki zig‘irpoya tolasi va qalin paxta matosidan tikilgan xaltalarda saqlagan ma’qul.
Mo‘ynali kiyim-kechaklar
- Mo‘ynani keng va qorong‘i shkafda, batareya va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqda saqlash lozim;
- Salqin va bulutli havoda mo‘ynani vaqti-vaqti bilan ochiq havoga chiqarib turish zarur;
- Bo‘yalgan va tabiiy rangga ega mo‘ynalarni bitta idishda saqlamang;
- Kuyaga qarshi vositadan albatta foydalaning;
- Mo‘ynani to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqlang;
- Bunday buyumlarni poliyetilen g‘iloflarda saqlash yaramaydi.
Jun gazlamali buyumlar
Jun gazlamadan tikilgan kiyimlarni olib qo‘yishdan oldin ularni yaxshilab shamollating. Singib qolgan ovqat, tamaki yoki atir hidi ham kuyani o‘ziga chaqiradi.
Bunday buyumlarni kimyoviy tozalashga bergan ma’qul. Qo‘lda yuvmoqchi bo‘lsangiz, bolalar shampuni yoki jun kiyimlar uchun maxsus vositadan foydalaning.
Kuya paydo bo‘lishining oldini olish uchun eng yaxshi chora — jun kiyimlarni germetik poliyetilen paketga solgan holda muzlatgich kamerasida 3—4 kun saqlashdir.
Charm buyumlar
Kuchli kirlangan bo‘lsa, charm kiyimni faqat professionallarga berib tozalatish lozim. Uyda uning ifloslangan qismlarini qaynatilmagan iliq sut yordamida artish mumkin, undagi yog‘ charmga yaxshi singadi.
Charmdan tikilgan kiyimlarni xona haroratida kiyimosgichga ilgan holda quritish mumkin. Tekislash kerak bo‘lsa, astarini ag‘darib, uch qavat doka bilan past haroratda dazmollash mumkin.
Hech qanday vaziyatda charm buyumlarni kir yuvish mashinasida tozalash yaramaydi, oqibatda charm qo‘pollashib, bo‘yog‘i to‘kiladi, dog‘ va kirlar esa aksincha, qolib ketadi.
Charm buyumlarni havo o‘tmaydigan poliyetilen paketlarda saqlash kerak emas.
Kir yuvish jarayonida kiyimlar sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi xatolar
Yangi xarid qilingan libos hali ko‘p kiyilmasidan eskirib ketgandek tuyulyaptimi? Demak, uni yuvishda e’tiborli bo‘lish kerak. Kiyimlar odatda ko‘p kiyilganidan emas, balki noto‘g‘ri yuvilganidan oxori to‘kilishi kuzatiladi.
Foto: “Domashniy ochag”
Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yomon
Ko‘pchilik qancha ko‘p kir yuvish kukuni solinsa, shuncha yaxshi yuviladi, deb o‘ylaydi. Afsuski, mato yaxshi yuvilmaydi, choklar va burmalar ichida saqlanib qolgan kukun matoning sifatini buzadi. Shuningdek, kir yuvish kukuniga ham ortiqcha pul sarflanadi.
Ko‘p ishqalansa, tez yirtiladi
Matolardan dog‘ni ketkazish yoki yanada tozaroq yuvilishi uchun uzoq vaqt ishqalash mumkin emas, bir-biriga ishqalangan mato bora-bora yupqalashadi. Yupqalashgan mato esa oson yirtilishga moyil bo‘ladi.
Matolarni turlariga ko‘ra saralash kerak
Odatda kiyimlar rangiga ko‘ra ajratib yuviladi. Masalan, qora va oq kiyimni birga yuvish mumkin emas. Shu kabi matolarning turiga qarab ham ajratish zarur. Masalan jinsi shim, futbolka yoki biror kofta singari kiyimlarni alohida yuvish samara beradi.
Foto: “Domashniy ochag”
Qanday ilgan ma’qul?
Aynan yubka va shimlar uchun maxsus ilgichlar ishlab chiqarilgan, buning sababi bor. Ular kiyimda ortiqcha g‘ijimlar paydo bo‘lishini oldini oladi. Bu uzoq vaqt qiyinchilik bilan dazmol qilishdan qutqaradi. Hattoki yumshoq yupqa sviterlar uchun yelkasi maxsus yostiqchali ilgichlar mavjud. Ular kiyimlarni cho‘zilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Og‘ir kiyimlarni esa ilish emas, javonga tartib bilan taxlash tavsiya etiladi.
Eski sochiq bormi?
Agar qo‘lda yuvishni talab etadigan nozik matodan tikilgan liboslar bo‘lsa, uning suvini siqishda ehtiyot bo‘lish zarur. Buning uchun ishlatilmagan toza sochiqqa o‘rab, keyin siqish kerak. Bu holatda kiyimdagi namlikni sochiq shimib oladi va libos ham avvalgidan ko‘ra kamroq g‘ijim bo‘ladi. Shuningdek, libos ham o‘z shaklini hamda sifatini yo‘qotmaydi.
Kir mashinasini to‘ldirish mumkin emas
Birinchidan, kir mashinasining ishlashi qiyinlashib, umri qisqaradi. Ikkinchidan, unga to‘ldirilgan kiyimlar haddan tashqari bir-biriga chalkashib, osongina yirtilishi mumkin.
Kichik kiyimlarni maxsus xalta bilan yuvish lozim
Ichki kiyim, paypoq va shunga o‘xshash vositalarni maxsus to‘rli xaltada yuvish kerak. Shunda ularni olishda qiyinchilik tug‘ilmaydi. Aks holda yupqa kiyimlar teshik va tugun holatiga o‘tishi mumkin. Ayniqsa, bolajonlarning paypoqlari ham maxsus qopda yuvilishi kerak. Kir yuvish mashinasining eng ko‘p buzilishiga ham kichkina ashyolarning baraban va mashina korpusi orasiga tiqilib qolishi sabab bo‘ladi.
Kir yuvish mashinasini ham yuvishni unutmaslik kerak
Yuvilgan kiyimlardan yoqimsiz hid kelmaslik uchun kir mashinasini ham yuvib turish kerak. Kir mashinaning har bir qismi tozalanib, so‘ngra quritilishi shart. Shuningdek 4 oyda bir marotaba faqatgina suv bilan yuvish jarayonini to‘liq amalga oshirish lozim.
- Qahva dog‘i, yopishgan saqich. Gilam tozalashga yordam beradigan 6 ta layfxak
- Oq koftadan ter dog‘ini ketkazishning 7 ta samarali usuli
- Bitta ko‘ylakni 20 yil kiyib yurgan britaniyalik ayol
Ayollarda astarli kiyimlarni tikish texnologiyasi
Astar gazlamani tanlashda uning rangi, fakturasi (sirt holati), pishiqligi kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. Astar uchun sun’iy va shoyi gazlamalar tavsiya etiladi.
Qotirma materiallarga asosan paltoning old bo’lagini, adip, yoqa yelka va o’miz qirqimlarini mustahkamlash uchun mo’ljallangan flizelin, dublirin, yelimli uqa va boshqalar kiradi. Furnituraga tugma va iplar, bog’ich, knopka (piston) kabilar kiradi.
Furnitura va qotirma gazlama turlari palto tikiladigan korxonada qabul qilingan texnologiya va jihozlarga bog’liq holda tanlanadi.
Astar bo’laklari andozalari avra (asosiy) bo’laklar bazasida quriladi. Buning uchun astar gazlamaning quyidagi xossalarini inobatga olish zarurdir.
- Kirishuvchanlik. Astar bo’lagi tanda ipi yo’nalishi bo’yicha avradan kattaroq (uzunroq) qilib bichiladi, chunki astarning kirishuvchanligi avra gazlamadan qoidaga ko’ra ko’proqdir.
- Astar va avra gazlamaning turli darajada cho’zilishi: shuning uchun ort bo’lak astarida cho’zilish kuchi yo’nalishi bo’yicha «qo’shimcha haq» loyihalanadi.
- Shakl berish qobiliyatining turlichaligi. Astar bo’laklarida gazlamani namlab isitib ishlov berib kirishtirish o’rniga (eng o’mizida) vitochka loyihalanadi:
- Material qalinligi. Yupqa gazlamalardan tikilgan buyumlarda astar bo’lagining kengligi bo’yicha avrani deyarli qaytaradi. Qalin paltoda astar avraga nisbatan kengroq bichiladi.
Astar bo’laklari andozalarini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:
- astar bo’laklarini bichishda ba’zi uchastkalarda (masalan etagi bo’yicha) astar avradan atayin kengroq bichiladi. Sababi – texnologik ishlov berishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noaniqliklarni oldini olish. Huddi shunday, yeng astari avradan kengroq bichiladi.
- palto bo’laklarida astar yeng o’mizi, avra bo’lagiga nisbatan 1 sm uzunroq bo’ladi;
- ort bo’lak bo’yin o’mizi uzunligi avra bo’lagidan 0,3 sm ga kattaroq bichiladi;
- astarni adipga ulash qirqimini loyihalashda adip qirqimining ichiga biroz kiritiladi: yelkada 2,5-3,0 sm; ko’krak sathida 2,0-2,5 sm, etak sathida 1,0-1,5 sm (2-rasm).
- eng astari andozasini chizish yeng uchidan boshlangani ma’qul, chunki yeng yon qirqimlarining uzunligi bo’yicha tenglash osonroqdir;
- ort bo’lak astarida tanda ipi yo’nalishi ort bo’lak o’rta chizig’iga parallel, old bo’lakda – bort chizig’ining pastki qismiga parallel, yengda yeng ichki o’rta qirqimi uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa parallel;
- palto etagi konussimon kengayganda va avradan alohida (ochiq holda) tikilganda astar bo’lagi etak qismida avradan torroq olinadi;
- old bo’lak astarini adipga ulash qirqimi adipdan uzunroq bichiladi, chunki astar va avra gazlamaning kirishuvchanligi turlichadir.
- palto sirtida astar choklarining o’rni bo’rtib qolmasligi uchun astar bo’laklari konstruktsiyasi avra bo’laklari qirqimlari bo’yicha loyihalanadi yoki yaxlit bichiladi;
Sabzavotlar kishilarning ovqatlanishida muhim rol o‘ynaydi: U taom hazm bo‘lishini yaxshilaydi, tanada nordon ishqorli muvozanatni saqlaydi va suyuqlik almashinishini ta’minlaydi. Ular vitaminlarning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, uglevodlarga, mineral, muattar, lazzatli moddalarga ham boy bo‘ladi. Ba’zi sabzavotlar (sarimsoqpiyoz, erqalampir, turp) tarkibida bakteriatsid moddalar — kasal tug’diruvchi mikroblarni qiradigan yoki ular rivojini to‘xtatib qo‘yadigan fitontsidlar bo‘ladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sabzavotlar yaxna taomlar, suyuq oshlar, sardaklar, sabzavot taomlar va garnirlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Sabzavotlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ildizmevali o‘simliklar — kartoshka, topinambur (er noki), batat (shirin kartoshka);
ildizmevalar — sabzi, lavlagi, sholg’om, bryukna, turp, redis, petrushka, selderey, pasternak (shirin nldizli xushbo‘y o‘t), erqalampir;
karamsimonlar — oq o‘zakli karam, qizil o‘zakli karam, savoy karami, bryussel karami, guldor karam, kolrabi karami, brokkol karami;
piyozsimonlar — boshpiyoz, ko‘k piyoz, porey, sarimsoqpiyoz;
xushta’m sabzavot — ukrop, tarxun, rayhon, mayoran;
mevalilar — qovots, qovoqcha, bodring, tarvuz, qovun, kulchaqovoq; pomidor, baqlajon, qalampir; dukkaklilar — ko‘k no‘xat, ko‘k loviya; donlilar — so‘tali jo‘xori;
chuchuklilar — artishok, sparja, rovoch. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kelib tushadigan sabzavotlar davlat standartlariga muvofiq ravishda miqdor va navlari bo‘yicha tekshiriladi. Buning uchun sabzavot tortiladi va olingan ma’lumotlar ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga taqqoslanadi, bu esa omborga kelib tushgan sabzavot miqdoriny aniq hisobga olish imkonini beradi.
Sifatni tekshirishga katta z’tibor beriladi, chunki sifati yomon sabzavotga ishlov berishda chiqit miqdori ko‘payadi va tayyorlangan taomlar sifati yomonlashadi. Sabzavotlar sifati organoleptik usulda: rangi, hidi, ta’mi, zichligiga qarab aniqlanadi.
Sabzavotlarga mexanik usulda pazandalik ishlovi berish — saralash, yuvish, tozalash. hamda to‘g’rashdan iborat izchil yumushlardir.
Saralash sabzavotlardan muayyan taomlar tayyorlash uchun oqilona foydalanishga yordam beradi, ularga mexanik ishlov berishda chiqitlarni kamaytiradi. Saralash va tozalashda begona aralashmalar, chirigan, zzilgan sabzavotlar tashlanib, yaxshilari katta-kichikligi va sifatiga ko‘ra ajratiladi.
Sabzavotlarni ularga yopishgan qum va tuproq qoldiqlaridan tozalash uchun maxsus sabzavot yuvish mashinalarida yoki qo‘lda yuviladi. Bu mashinalarning sanitariya holatini yaxshilaydi, ularning ishlatish muddatini uzaytirishga yordam beradi.
Mahsulotdagi ozuqalik qiymati past bo‘laklarni, chiqarib tashlash uchun sabzavotlar, sabzavot tozalash mashinalarida yoki qo‘lda tozalanadi.
Sabzavotlarning oziqaviy qimmati ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Ularning kimyoviy tarkibida uglevodlar, mineral moddalar, organik kislotalar, vitaminlar, glikozid, fitotsid (ya’ni mikroorganizmlarni halok qilish yoki rivojlanishini susaytirish qobiliyatiga ega bo’lgan maxsus modda) xushbo’y va rang beruvchi moddalar bo’ladi.
Sabzavotlarning kimeviy tarkibi ularning turi, navi, etilishi terib olish muddati va saqlash usullariga bog’liq. Sabzavotlar tarkibiga kiruvchi moddalar suvda eruvchan va suvda erimaydigan moddalarga bo’linadi. Suvda eruvchan moddalarga shakar, organik kislotalar, pektin moddalari azotli moddalarning bir qismi, dubilli va rang beruvchi moddalar, vitaminlarning ko’pgina qismi, glikozidlar kiradi. Suvda erimaydigan moddalarga kletchatka, gemisellulozalar, protopektin, kraxmal, yog’lar, azotli moddalarning bir qismi va mineral moddalar kiradi.
4. Yubka (quyosh) ni birinchi kiyib ko`rishga tayyorlash, yon choklari va taqilmasiga ishlov berish. Etak va bel qismiga ishlov berish. Yubkaga oxirgi ishlov berish
Yubkaning yuqori qirqimiga qaytarma belbog’, ulama belbog’, karsaj lenta, mag’iz va rezina tasmalar bilan ishlov berish mumkin. Yubkaning cheti ulama belbog’li bo’lsa, avval belbog’ga ishlov beriladi, gazlama turiga qarab, belbog’ga qotirma yaxlit yoki o’rtasidan joylashtirib yopishtiriladi. Belbog’ uchlari ag’darma chok bilan tikiladi, ortiqcha chok haqlari qirqib tashlanadi. Belbog’ o’ngiga ag’darilib sirma qaviq bilan ko’klanadi va d azmollanadi. Tayyor bo’lgan belbog’ni yubkaning yuqori qirqimiga ulashning bir necha usullari bo’lib, bularni siz nazariy fanlardan tanishib chiqqansiz.
Ushbu modulda esa Sizlarga yubka belbog’ining pastki qirqimi bukib tikilgan belbog’ni tikishning texnol ogik ketma-ketligini tavsiya etamiz. Yubka etagi modeliga, gazlama turiga, uning xususiyatiga qarab turlicha usulda:
1. Ochiq qirqimli bukma chok bilan.
2. Yopiq qirqimli bukma chok bilan.
3. Mag’iz qo’yish bilan.
4. Tasma qo’yish bilan ishlov berish mumkin.
Ushbu modulda yubkaning etak qismini ochiq qirqimli bukma chok bilan tikish texnologik ketma-ketligini ko’rsatamiz. Yubkani ort va old bo’laklarini o’rta chiziqlari bo’ylab teskarisini ichkariga qaratib qo’yiladi. Yon choklari vitochkalarini, bir-biriga to’g’ri keltirib, o’ng tomonini yuqoriga qaratib yuqori qirqimini o’ng tomonga qaratib stol ustiga yozib qo’yiladi, yordamchi andoza qo’yib, yubka etagini bukish chizig’i belgilanadi, yubka etagi notyokis joylari qirqib tashlanadi. Yubkaning etagiga ishlov berayotganda, yubka ort bo’ lak o’rta chokida joylashgan shlitsani pastki qirqimiga ishlov berishga katta e’tibor berish kerak. So’ng yubkaga uzil -kesil ishlov beriladi: izmalar maxsusmashinalarda ochiladi, yubka tozalanadi, yubkaning teskari tomonidan va o’ngiga ag’dariladi, tugma lar tikilib, ilgakkacha osib qo’yiladi. Etak qismi toraytirilgan yubka («hurmacha» shaklidagi) bashang kiyimlarda ko’proq uchraydi. Bunday yubkalar qattiqroq gazlamadan tikiladi. Ba’zi hollarda bel
vitochkalar o’rniga mayda burmalar loyihalanadi. Yubka barcha siluetlari va ularning variantlari to’g’ri siluetli yubka gazlamasi asosida konstruktiv modellash yo’li bilan yaratiladi. Yubkani modellashda uning bo’laklarining o’zaro mutanosibligiga (proportsional ichiga) e’tibor berish kerak. Yubkani modellashda tikish uchun tanlangan gazlama xossalarini va figuraning
to’laligini ham hisobga olish zarur. Yupqa va mayin gazlamalardan etagi kengaytirilgan yubkalar, cho’ziluvchan gazlamadan torroq yubka tikish ma’qulroqdir. «Klesh», «gode» bichimli yubkalarni kengaytrish darajasi (kattaligi) qomat tuzilishiga qarab aniqlanadi. To’g’ri yubkaga silueti to’g’ri to’rtburchak shaklini beruvchi barcha yubkalar kiradi. Ular tor va kengaytirilgan, bir va bir necha chokli, shlitsali, taxlamali va burmali bo’lishi mumkin. Yubka vitochkalarining o’rni, soni va kattaligini aniqlash har bir figuraning xususiyatlariga bog’liq. To’g’ri yubkada ort bo’lakda 2 ta, old bo’lakda 2 ta vitochka loyihalanadi. Agar vitochka kattaligi 4 sm dan oshsa, u ikkiga bo’linadi, ya’ni 2 ta vitochka o’rniga 4 ta loyihalanadi. Klassik to’g’ri yubka ort bo’lagi o’rta chokli yoki yaxlit bo’ladi. Taqilma chap yon chokda yoki ort o’rta chokda ti kiladi. To’g’ri yubka belbog’li va belbog’siz qilib tiqilishi mumkin.
5. Ayollar kuylagining yeng va yoqa chizmalarini chizish va fanar, yengning past qismi va tepa qismlari kengaytirilgan uslublarini modellashtirish. Tik yoqa, klassik uslubidagi yoqalar chizmalarini chizish
Ayollar va kiyimining yenglarida, ko’krak qismida, yubka qismida va boshqa joylarda taqilma bo’lishi mumkin. Taqilmalar bir yoki ikki mag’izli, «molniya» tasmali, bostirma yoki o’tqazma qopqoqli bo’ladi.
Bitta mag’izli taqilma (60-rasm). Mag’izning o’ngini asosiy detalning teskarisiga qaratib qo’yilib, taqilma qirqimi asosiy detal tomonidan ag’darma chok bilan tikiladi. Bunda ag’darma chok qirqim uchiga borib yo’q bolib ketishi kerak. (60-rasm, a). Mag’iz asosiy detalning o’ng tomoniga bukiladi. Mag’izning tikimagan chetini ichkari tomonga bukib, bostirma chok bilan tikiladi. Bunda mag’iz ulangan chok yopilib ketishi, qistirma iz esa bir yo’la tikib ketilishi kerak (6G-rasm,b). Mag’iz asosiy detal teskarisiga bukib dazmollanadi. Taqilmaning uchi butun eni bo’ylab ikkita qaytarma baxyaqalor yuritib puxtalanadi. (60 rasm, v).
Adipli taqilma(6l-rasm).Adipning tashqi qirqimlari yo’rmaladi yoki ichkariga bukib universal mashinada tikiladi. Adip asosiy detalga o’ngini o’ngiga qaratib qo’yiladi va asosiy detal tomonidan
tikiladi, chok haqi baxyaqatorga 0.1 sm yetmay kertib qo’yiladi. Adip asosiy detal teskarisiga ag’dariladi va asosiy detaldan kant hosil qilib dazmollanadi yoki ziylari ko’klab qo’yiladi. 8-10 sm oraliqda qo’lda yashirin qaviq solib, adip asosiy detalga chatib qo’yiladi
61-rasm 62-rasm 63-rasm
O’tqazma qopqoqli taqilma (62-rasm). Qopqoq o’ngini ichkariga qaratib uzunasiga ikki bukiladi va yuqori cheti ag’darma chuk bilan tikiladi. Qopqoq o’ngiga ag’darilib, choki to’g’rilanadi va yuqorisi bilan yon tomondagi bukilgan ziylari dazmollanadi. Chap va o’ng qopqoqning tikilmagan yon chetlari asosiy detalning o’ngiga belgilangan chiziq bo’ylab ulanadi. Bu chiziqlar orasi esa qopqoqlarning tayyor bo’gandagi eniga teng bo’ladi. Burchak joylarida chok haqi asosiy detal tomondan qirqib qo’yiladi. O’ng qopqoqni chap qopqoq ustiga qo’yib, pastki uchlari to’g’rilanadi va universial mashinada ikkita yoki uchta qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi. Qopqoqlar ulangan choklari bilan pastki qirqimlari maxsus mashinada yo’rmaladi.
Bostirma qopqoqli taqilma
Ostki va ustki qopqoqlarining o’ngini kiyimning teskarisiga qaratib qo’yiladi va qopqoqlar bilan kiyim kesimi qirqimlari to’g’ri keltirib ulanadi. Choklar qopqoq tomonga yotqizib to’g’rilanadi va dazmollanadi. Qopqoqlar kertimlarga moslanib, o’ngini ichkariga qaratib bukiladi va yuqori uchlari bukilgan ziydan kertimgacha ag’darma chok bilan tikiladi. Hosil bo’lgan burchak o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi va dazmollanadi. Ostki qopqoqining yon cheti 0,5-0,7 sm ichkariga bukiladi, qopqoq ulangan chok 0,1-0,2 sm yopib turadigan qilib bukilgan ziyidan 0,1 sm naridan bostirib tikiladi, Ostki qopqoqning pastki uchini bukib, ziy bo’ylab tikish bir vaqtda uni asosiy detaJning kesimidan 1 sm pastroq joyiga tikiladi. Ustki qopqoq asosiy detalning o’ng tomoniga bukilib, tashqi ziy bo’ylab bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator kesimidan 1 sm pastroqqa yotqiziladi. Ustki qopqoq pastki qopqoq ustiga, uning tashqi cheti pastki qopqoqning ulangan chokini yopib turadigan qilib qo’yiladi. Qopqoqning tikilmagan cheti 0,5-0,7 sm bukib, ichki ziy va pastki uchi bo’yMi bostirib tikiladi. Ustki taqilma qirqim uchidan yuqoriroq joyiga bitta ko’ndalang baxyaqator yuritiladi (63-rasm)