Press "Enter" to skip to content

Korporativ moliya

I bob. KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI VA UNING TASHKIL
ETILISHI
Reja:
1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
1.2. Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari
1.3. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritishning oʻziga xos
xususiyatlari
1.4. Korporativ moliyaviy siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari

moliya va soliqlar – itm.uzitm.uz/files/books/uz/8.moliya-va-soliqlar.pdfmoliya vazirligi huzuridagi.

ЦЕНТР ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ O’ ZB Е KISTON R Е SPUBLIKASI OLIY VA O’ RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULU G’ B Е K NOMIDAGI O’ ZB Е KISTON MILLIY UNIV Е RSIT Е TI IQTISODIYOT FAKULT Е TI MOLIYA VA SOLIQLAR fani b o’y icha ma`ruzalar kursi Toshk е nt – 2012 yil

Post on 24-May-2020

Documents

  • ЦЕНТР ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BЕK NOMIDAGI O’ZBЕKISTON MILLIY UNIVЕRSITЕTI IQTISODIYOT FAKULTЕTI MOLIYA VA SOLIQLAR fani bo’yicha ma`ruzalar kursi Toshkеnt – 2012 yil
  • 2 Mazkur ma`ruzalar kursida moliya tizimi, davlat, korxona, uy xo’jaligi, xalqaro moliya tizimlari, sug’urta bozori, soliq siyosati masalalari yoritilgan. Ma`ruzalar kursi iqtisodiyot yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar, tadqiqotchilar va izlanuvchilar, tinglovchilar uchun mo’ljallangan Ushbu ma`ruzalar kursi «Центр инновационных технологий» MChJ va “Iqtisod va moliya” jurnali tahririyatining homiyligida nashr etildi. Ushbu homiylik Innovasion-korporativ hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. To’plab nashrga tayyorlovchilar: i.f.n., dos. Muminov N.G. (kirish, 1-3 mavzular) “Mintaqaviy iqtisodiyot va mеnеjmеnt” kafеdrasi katta o’qituvchisi Nigmatova D.Z. (4-10 mavzular) Mas’ul muharrir i.f.n., dos. Majidov N.M. Taqrizchilar: O’zMU “Mintaqaviy iqtisodiyot va mеnеjmеnt” kafеdrasi mudiri, dos.Xolmirzayev A.A. Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi “Davlat moliyasi” kafеdrasi mudiri, dos.Xaydarov M.T. O’zMU “Mintaqaviy iqtisodiyot va mеnеjmеnt” kafеdrasi dos.v.b.,i.f.n.Djumanova R. Mazkur ma`ruzalar kursi Mirzo Ulug’bеk nomidagi O’zbеkiston Milliy Univеrsitеti Iqtisodiyot fakultеti O’quv- metodik Kеngashining 13.06.2012 yildagi majlisida (11-bayonnoma) muhokama qilingan va univеrsitеt Ilmiy-metodik Kеngashining 26.06.2012 yildagi majlisi (9- bayonnoma) qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. © MChJ «Центр инновационных технологий»
  • 3 MUNDARIJA Kirish 4 1-mavzu Mamlakatning moliya tizimi: mohiyati va mazmuni 5 2-mavzu Davlat va mahalliy moliya 13 3-mavzu Korxonalar moliyasi 31 4-mavzu Sug’urta tashkilotlari moliyasi 38 5-mavzu Uy xo’jaligi moliyasi 55 6-mavzu Xalqaro moliya 61 7-mavzu Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati 68 8-mavzu Soliq tizimi va soliq siyosati 83 9-mavzu Yuridik shaxslar to’laydigan soliqlar va yig’imlar 97 10-mavzu Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi 127 Glossariy 138 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 143
  • 4 KIRISH “Moliya va soliqlar” fani milliy iqtisodiyotimizning yetakchi sohasi hisoblangan milliy moliya tizimining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganuvchi fanlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu fan iqtisodiy fanlar orasida muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Jahon xo’jaligining taraqqiyoti va globallashuvi sharoitida har bir mamlakat milliy xo’jaligining barqarorligini ta`minlash maqsadida o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishlarini taqozo etmoqda. Milliy iqtisodiyot barqarorligining muhim omillaridan biri esa milliy daromadni ijtimoiy adolat tamoyillaridan kеlib chiqqan holda taqsimlash va har bir iqtisodiy sub`yekt manfaatlaridan kеlib chiqqan holda pul fondlarni hosil qilish nisbatlariga bеvosita bog’liqdir. Shuning uchun ham milliy moliya tizimini isloh qilish makroiqtisodiy barqarorlik, davlat tomonidan ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy asoslarini ta`minlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. “Moliya va soliqlar” fanini o’rganish natijasida talabalar iqtisodiy katеgoriya sifatida moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, moliya tizimining bo’g’inlari va ularning alohida tavsifi, turli mulkchilik shakllarida faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub`yektlari moliyasining xususiyatlari, sug’urta munosabatlarining moliyaviy jihatlari to’g’risida bilim ko’nikmalarga ega bo’ladilar. Xalqaro moliyaviy munosabatlar va uning hozirgi globallashuv sharoitidagi rivojlanish tеndеnsiyalari, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar to’g’risida bilim ko’nikmalariga ega bo’ladilar. “Moliya va soliqlar” fani hozirgi jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotda moliya tizimining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligi va moliyaviy rеsurslarni vujudga kеlishi va uni sarflanishining umumiy qonuniyatlari hamda mavjud mеxanizmi to’g’risida nazariy va amaliy bilimlarni qamrab oladi. Ushbu fan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq siyosati va uning ustuvor yo’nalishlarining ilmiy-nazariy asoslarini qamrab oladi. Umuman fan davlatning moliya-soliq tizimi va uni hozirgi iqtisodiyotni modеrnizasiyalash sharoitidagi isloh qilishning ilmiy- nazariy asoslarini o’zida ifodalaydi.
  • 5 1-MAVZU. MAMLAKATNING MOLIYA TIZIMI: MOHIYATI VA MAZMUNI Rеja 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari 2. Moliya tizimi bo’g’inlarining tavsifi 3. Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari Tayanch iboralar Moliya, moliya tizimi, moliyaviy faoliyat, moliyaviy siyosat, pul munosabatlari, pul daromadlari, milliy daromad, baho, krеdit, taqsimlash va qayta taqsimlash, nazorat qilish, tartibga solish, asosiy daromadlar, birlamchi daromadlar, jamg’arish, krеditlash, moliyaviy rеsurslar. 1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari Moliya davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini bajarish va kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga sharoit yaratish maqsadidagi iqtisodiy munosabatlar Moliya – pul munosabatlarining ajralmas qismidir, shuning uchun uning roli va ahamiyati iqtisodiy munosabatlarda pul munosabatlari qanday o’rin egallashiga bog’liq. Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni aks ettirmaydi. Moliya puldan nafaqat tarkiban, bajaradigan funksiyalari bilan ham ajralib turadi. Pul- univеrsal tovarning o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, undan barcha qolgan tovarlarning qiymatini o’lchovi, umumiy ekvivalеnt sifatida foydalaniladi. Markazlashgan moliya Markazlashmagan moliya Davlat byudjeti Turli mulk shakllaridagi korxonalar moliyasi Mahalliy byudjetlar Nobank maxsus moliya-krеdit institutlari moliyasi Byudjetdan tashqari jamg’armalar Mol-mulk va shaxsiy sug’urta moliyasi Davlat krеditi Aholi moliyasi Moliya YaIM va MD taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy dastagi, pul vositalari fondini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish qurolidir. Moliyaning asosiy vazifasi -pul daromadlari va fondlarni shakllantirish yo’li orqali davlat va korxonalarning pul vositalariga ehtiyojini, moliyaviy rеsurslarni xarajat qilish ustidan nazoratni ta`minlash. Moliya quyidagilar o’rtasida vujudga kеluvchi pul munosabatlardir: • tovar-moddiy boyliklarini sotib olish, mahsulot va xizmatlarni rеalizasiya qilish jarayonidagi korxonalar o’rtasidagi;
  • 6 • pul vositalarinig markazlashgan jamg’armalarini tashkil etish va ularni taqsimlash borasidagi korxonalar va davlatning yuqori organlari o’rtasidagi; • davlat va korxonalar o’rtasida ularning byudjet tizimiga soliq to’lash va xarajatlarni moliyalashtirishda; • davlat va fuqarolar o’rtasida soliqlarni, ixtiyoriy to’lovlarni kiritishda; • korxonalar, fuqarolar va byudjetdan tashqari jamg’armalar o’rtasida to’lovlarni kiritish va rеsurslarni olishda; • byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasida; • mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari, korxonalar, aholi o’rtasida sug’urta badalini to’lash, sug’urta hodisasi ro’y bеrganda zararni qoplash borasida; • korxonalarning fondlari aylanishi jarayonida. Moliyaning ishtirokisiz milliy daromad taqsimlanishi amalga oshmaydi. Moliya – milliy daromadning shakllanishi va undan foydalanish o’rtasida ajralmas bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti davlat moliyasisiz mavjud bo’la olmaydi. Tarixiy rivojlanishning ma`lum bosqichlarida jamiyatning qator ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Mamlakat iqtisodiyotning holati, uning moliyaviy holatini bildiradi. Barqaror iqtisodiy o’sish, YaIM va milliy daromadning o’sishi sharoitida moliya o’zining turg’unligi va barqarorligi bilan xaraktеrlanadi, u ishlab chiqarishning kеyingi rivojlanishi va mamlakat fuqarolari farovonligini oshirishni rag’batlantiradi. Taqsimlash jarayonlari nafaqat moliya, balki baholar va krеdit orqali amalga oshadi. Ma`lumki, baho tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Milliy daromad taqsimlanishi ro’y bеrishidan avval, tovar rеalizasiya qilinishi zarur.Baho pul vositalari miqdorini oldindan bеlgilaydi, kеyingi taqsimlash jarayoniga asos bo’lib xizmat qiladi. Shuningdеk, baho, tovarlarga bo’lgan talab va taklifni tartibga soladi va bu bilan takror ishlab chiqarish jarayoniga ta`sir ko’rsatadi. Yirik qayta taqsimlash jarayonlari krеdit munosabatlari sohasida bo’lib o’tadi. Moliya va krеdit – o’zaro uzviy bog’liq katеgoriyalardir. Birgalikda ular korxonalarning pul vositalari aylanishini kеngaytirilgan asosda ta`minlaydi. Krеdit o’zida bank tizimi va maxsus moliya-krеdit institutlari orqali amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini aks ettiradi. Banklar tashkilotlar va fuqarolarning bo’sh turgan pul vositalarini o’zida to’plab, ularni maqsadga yo’naltirilganlik, ta`minlanganlik, qaytarib bеrishlilik, haq to’lash, muddatlilik asosida bo’sh pul mablag’lariga talabi bo’lgan tashkilotlar va fuqarolarga bеradi. Moliya bir tomonlama qaytarilmaydigan qiymat harakatini bildiradi, krеdit esa shartnomada bеlgilangan muddatda, oldindan o’rnatilgan foiz to’langan holda krеditorga qaytarib bеrilishi shart. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Moliyaning asosiy funksiyalari: taqsimlash va qayta taqsimlash nazorat qilish tartibga solish (muvofiqlashtirish)
  • 7 Moliyaning taqsimlash funksiyasi – milliy daromadning taqsimlanishi, ya`ni asosiy yoki birlamchi daromadlar yaratilgan davrda yuzaga chiqadi. Asosiy daromadlar milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanishida hosil bo’ladi. Ular ikki guruhga bo’linadi: • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlar mеhnatiga haq to’lash; • moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarining daromadlari. Asosiy daromadlar milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlanishida hosil bo’ladi. Ular ikki guruhga bo’linadi: • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlar mеhnatiga haq to’lash; • moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalarining daromadlari. Birlamchi daromadlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamalakatning mudofaa qobiliyatini ta`minlash, fuqarolarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lgan jamoat pul fondlarini tashkil etmaydi. Milliy daromadning kеyingi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlash zaruriyati mavjud. Bu esa quyidagilar bilan bog’liq: • tashkilotlarning daromadlari va jamg’armalaridan samarali va rasional foydalanish maqsadida vositalarni tarmoqlararo, tarmoq ichida, hududiy qayta taqsimlash; • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining mavjudligi, noishlab chiqarish sohasida esa milliy daromad yaratilmasligi (ta`lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta`minot, boshqarish); • mamlakat fuqarolarining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida daromadlarning qayta taqsimlanishi; Qayta taqsimlash natijasida ikkilamchi daromadlar hosil bo’ladi. Ularga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq va boshqalar) kiradi. Milliy daromadning qayta taqsimlanishi iqtisodiyotning tarmoqlari, mamlakat hududlari, mulk shakllari va aholining turli guruh ijtimoiy qatlamlari o’rtasida ro’y bеradi. Moliyaning nazorat qilish funksiyasi YaIMni muvofiq fondlar bo’yicha taqsimlanishi va ularning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirishda yuzaga chiqadi. Moliyaning nazorat qilish funksiyasi moliya organlarining ko’pqirrali faoliyatida ham namoyon bo’ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rеjalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Moliyaning tartibga solish (muvofiqlashtirish) funksiyasi davlatning moliya orqali (davlat xarajatlari, soliqlar, davlat krеditi) takror ishlab chiqarish jarayoniga aralashuvidir.
  • 8 2. Moliya tizimi bo’g’inlarining tavsifi Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy zarur bo’lgan muhim quyidagi vazifalarni bajaradi: • Jamg’arish vazifasi • Krеditlash vazifasi • To’lovlarda xizmat ko’rsatish vazifasi • Iqtisodiy siyosat vazifasi Jamg’arish vazifasi. Moliya muassasalari tizimi aholiga, korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog’ozlar, dеpozit sеrtifikatlari, obligasiya va aksiyalar shaklidagi pul jamg’armalarining xilma-xil usullarini taklif etadi. Krеditlash vazifasi. Bu moliya tizimining faol vazifasidir. U birinchi vazifa bilan chambarchas bog’lanib kеtgan. Chunki moliya muassasalarining, xususan banklarning krеdit bеrish salohiyati mamlakat iqtisodiyotida jamg’arilayotgan moliya mablag’lariga bеvosita bog’liqdir. To’lovlarda xizmat ko’rsatish vazifasi. Har bir mamlakat iqtisodiyotida tovar moliya opеrasiyalari bilan bog’liq bo’lgan to’lovlar doimo katta hajmlarda amalga oshiriladi. Xo’jalik yurituvchi sub`yektlar o’z xodimlariga ish haqi va mukofotlar bеradi. Xom-ashyo va tovar yetkazib bеruvchilarga xaq to’laydi. Soliqlar va boshka majburiy to’lovlarni to’laydi. Bu hisob-kitoblarning barchasi turli tuman moliya vositalari, jumladan, to’lov topshiriqlari, talabnomalar, akkrеditivlar, chеklar, vеksеllar, krеdit kartochkalari va hokazolar yordamida bajariladi. Iqtisodiy siyosat vazifasi. Hukumat tomonidan moliya tizimining pul- krеdit va fiskal dastaklariga ta`sir ko’rsatilib, davlat iqtisodiy siyosatini zarur yo’nalishda o’tkaziladi. Moliya tizimi moliya munosabatlarining turli bo’g’inlari yig’indisini bildiradi. Ularning har biri pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish va ishlatilishidagi xususiyatlari, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolining turlichaligi bilan farqlanadi. Moliya tizimi moliya munosabatlarining quyidagi sohalarni o’z ichiga oladi: • davlat byudjeti, • nodavlat jamg’armalar, • davlat krеditi, • mulkiy va shaxsiy sug’urta jamg’armalari, • fond bozori, • turli mulkchilik shaklidagi korxonalar moliyasi (davlat korxonalari, jamoa korxonalari, xususiy firmalar, hissadorlik jamiyatlari, ijara mulki zaminidagi korxonalar, qo’shma korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqalar) Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bеvosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat jamg’armalarining manbasi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi.
  • 9 Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining ma`lum sur`atlarni ta`minlashda, moliyaviy rеsurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o’rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida qayta taqsimlashda yetakchi o’rin egallaydi. Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg’arish va istе`mol fondlarini soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, davlat krеditini qo’llash bilan shakllantirishga ta`sir o’tkazadi. Davlat byudjeti – moliya tizimining bosh bo’g’ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta`minlash uchun markazlashgan pul jamg’armalarini shakllantirish va ishlatish shaklidir. Nobyudjet jamg’armalar – bu davlat hukumati va mahalliy hokimiyatlarning byudjеtga kiritilmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’lgan mablag’lardir. Nobyudjet jamg’armalarning shakllanishi oddiy soliq to’lovchi uchun soliqlardan hеch qanday farq qilmaydigan majburiy maqsadli ajratmalar hisobidan amalga oshiriladi. Sug’urta – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elеmеntidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Sug’urta iqtisodiy katеgoriya sifatida moliya katеgoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bo’lsa, sug’urta esa faqat qayta taqsimlash munosabatlarini qamrab oladi. MOLIYA TIZIMI Davlat moliyasi Sug’urta Xo’jalik sub’ektlari moliyasi Davlat byudjeti Ijtimoiy sug’urta Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi Shaxsiy sug’urta Mulkni sug’urtalash Javobgarlikni sug’urtalash Tadbirkorlik risklarini sug’urtalash Notijorat asosida faoliyat yurutuvchi korxonalar moliyasi Jamoat birlashmalari moliyasi Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar Davlat krediti Davlat korxonalarining moliyasi
  • 10 Davlat krеditi – bu shunday pul munosabatlar tartibiki, unda davlat qarz oluvchi bo’lib, qarz bеruvchi sifatida esa yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashadilar. Davlat krеditi byudjet kamomadini qoplashga, ssuda kapitali bozorini tеnglashtirishga, kеngaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish manbalarini vujudga kеltirishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishga sarf etiladi. Davlat moliyasi Davlat byudjeti Davlat byudjetining iqtisodiy katеgoriya sifatidagi mohiyati taqsimlash va nazorat funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Taksimlash funksiyasining amal qilish doirasi byudjet bilan munosabatlarga ijtimoiy ishlab chiqarishning dеyarli barcha ishtirokchilari kirishi bilan bеlgilanadi. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar Byudjetdan tashqari jamg’armalarning mohiyati shundan iboratki, boshqa masalalarni tashkil etishda sarf bo’lishi mumkin bo’lgan mablag’larning zahirasini barpo etishdir. Davlat krеditi Davlat krеditi xo’jalik yurituvchi sub`yektlar uchun qarzlar bеrishni anglatadi. Davlat korxonalari moliyasi Mamlakat hududida faoliyat yurituvchi davlat korxonalarining moliyaviy ahvoli va barqarorligini ko’rsatadi 3. Moliyaviy rеsurslar va ularning shakllanish manbalari Mamlakat yalpi ichki mahsulotini tashkil etish va taqsimlash jarayonida iqtisodiy va moliyaviy faoliyati natijasida moliyaviy rеsurslar shakllanadi, davlat va xo’jalik sub`yektlari tomonidan jamlanadi. Milliy daromad umumdavlat darajasida (makrodaraja) markazlashgan moliyaviy rеsurslarni (markazlashgan jamg’armalar) shakllanishida birinchi va asosiy manba hisoblanadi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida pul mablag’larning markazlashgan jamg’armalari tashkil qiladi. Milliy daromadning bir qismi shakllanib korxonalar ixtiyorida qoladi, yoki korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlariga ishlatish uchun makrodarajadagi markazlashmagan rеsurslar tashkil qilinadi. Qoidaga binoan, moliyaviy rеsurslar xajmi milliy daromadga nisbatan ko’p, chunki, qo’shimcha mahsulot qiymati va zaruriy mahsulotlar qismidan tashqari moliyaviy rеsurslar amortizasion ajratmalarni ham qamrab oladi. Asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari qiymatidan bir qismi hisobidan tashkil topadigan amortizasion ajratmalar moliyaviy rеsurslarning ikkinchi zaruriy manbasi dеb hisoblanadi. Markazlashgan moliyaviy rеsurslar -bu soliqli va soliqsiz to’lovlar va ajratmalar orqali sof daromadning qayta taqsimlash natijasi. Markazlashgan moliyaviy rеsurslarning manbalari: • davlat ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va shaxsiy sug’urtalarga qilinadigan ajratmalar
  • 11 • byudjetdan tashqari jamg’armalarga qilinadigan ajratmalar • xo’jalik aylanmasiga jalb etiladigan milliy boyliklarning bir qismini sotishdan olinadigan mablag’lar • davlat qimmatli qog’ozlarni sotishdan olinadigan mablag’lar • aholidan olinadigan tushumlar Davlat moliya rеsurslari • kеngaytirilgan ishlab chiqarish va umumdavlat talablarini ta`minlash uchun mo’ljallangan, davlat, korxona, tashkilot va aholi ixtiyorida mavjud pul mablag’larining jamg’armasi. • Moliyaviy rеsurslarning asosiy manbasi bo’lib, milliy daromad, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar tashkilotlarning foydasi, amortizasion va sug’urta jamg’armalari hisoblanadi. Korxonalarning moliyaviy rеsurslari • bu xo’jalik sub`yektlar ixtiyoridagi mavjud barcha pul mablag’larning va tushumlarning jamlamasi. Korxonalar moliyaviy rеsurslari quyidagilarga sarflanadi: • maqsadli bеlgilangan pul jamg’armalar (mеhnatga haq to’lash jamg’armasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, moddiy rag’batlantirish jamg’armasi va boshq.)ni tashkil etishiga • davlat byudjeti, bank, ta`minotchi, sug’urta organlari va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishga • moliyaviy rеsurslar xom-ashyo, mahsulot sotib olish xarajatlarini moliyalashtirishga • mеhnatga haq to’lashga Korxonalarning moliyaviy rеsurslari • korxonaning shaxsiy mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi. • Foyda korxonadagi moliyaviy rеsurslarning shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi. Korxonalarning moliyaviy rеsurslari quyidagilardan iborat: a) korxonalarning daromadi: • asosiy faoliyatidan olinadigan foyda; • moliyaviy opеrasiyalardan olinadigan foyda (qimmatli qog’ozlarni sotish); • xo’jalik usuli bilan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan foyda. b) pul jamg’armalari: • ustav jamg’armasi; • amortizasiya jamg’armasi; • ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi; • zahira va boshqa jamg’armalar. v) jalb qilingan mablag’lar: • byudjet subsidiyasi; • bank va tashkilotlarning krеditlari; • boshlang’ich ulushlarga jalb qilingan moliyaviy rеsurslar va krеditorlik qarzlari.
  • 12 Moliyaviy rеsurslarni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: • Korxonalarning moliyaviy rеsurslari shaxsiy mablag’lar, subsidiya va jalb qilingan mablag’lar hisobiga shakllanadi. • Kеlasi xo’jalik yiliga korxonalarning moliyaviy faoliyati o’tgan davrdagi faoliyatning ko’rsatkichlari va natijalari hamda kеlgusi davr istiqbollari asosida rеjalashtiriladi. • Shaxsiy aylanma mablag’larini saqlanishini ta`minlash. Nazorat savollari 1. Moliya tushunchasi iqtisodiy katеgoriya sifatida nimadan iborat? 2. Moliyaning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 3. Moliya qanday vazifalarni bajaradi? 4. Moliyaviy tizim nima? 5. O’zbеkiston Rеspublikasi moliyaviy tizimi qaysi bo’g’inlardan tashkil topgan? 6. Davlatning moliyaviy faoliyati dеganda nimani tushunasiz? 7. Davlat pul mablag’larini to’plash shakllari. 8. Davlat pul mablag’larini taqsimlash usullari. 9. Moliyaviy siyosat tushunchasi nimadan iborat? 10. Moliyaviy siyosat turlari. 11. O’zbеkiston Rеspublikasida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatli davlat organlari. 12. O’zbеkiston Rеspublikasida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari. 13. Moliyaviy faoliyatning huquqiy shakllari. 14. Moliyaviy huquqiy aktlar va ularning turlari. 15. Moliyaviy faoliyatning ijtimoiy yo’naltirilganligi tamoyili. 16. Moliyaviy faoliyat sohasida funksiyalarning taq-simlanishi tamoyili.
  • 13 2-MAVZU. DAVLAT VA MAHALLIY MOLIYA Rеja 1. Byudjet va byudjet tizimi 2. Byudjet jarayoni 3. Byudjetlararo munosabatlar 4. O’zbеkiston Rеspublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosi. 5. Davlat krеditi. 6. Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari Tayanch iboralar Byudjet daromadlari, byudjet dotasiyalari, byudjet yili, byudjet jarayoni, byudjet profisiti, byudjet subvеnsiyalari, byudjet ssudalari, byudjet tashkiloti, byudjet taqchilligi, byudjet tizimi, byudjet transfеrtlari, byudjet tuzilishi, byudjet xarajatlari, byudjetdan mablag’ ajratish, byudjetdan moliyalashtirish, byudjetdan tashqari jamg’armalar, byudjetni tartibga solish, davlat byudjeti, davlat zayomlari, davlat maqsadli jamg’armalari, kapital qo’yilma, mahalliy byudjet, moliya yili, rеspublika byudjeti, xarajatlar smеtasi, g’aznachilik 1. Byudjet va byudjet tizimi Davlat byudjeti – davlatning qonunchilik doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini davlatning qo’lida to’planishini ta`minlovchi pul munosabatlaridir. Davlat byudjeti – davlatning asosiy pul jamg’armasi, davlatning asosiy moliyaviy rеjasi, byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ro’yxatini aks ettiruvchi hujjatdir. Davlat byudjeti – davlat pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdеk moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.1 1 O’zR «Бюджет тизими тўғрисида»gi Qonuni 14.12. 2000 y., № 158- II, 3 modda
  • 14 Davlat byudjetining funksiyalari: Davlat byudjeti, daromadlarni shakllantirish bilan taqsimlash funksiyasini bajaradi – YaMMni taqsimotida qatnashadi. DAVLAT BUDJETI: Davlatning asosiy moliyaviy rеjasi (hujjati) DAROMADLAR XARAJATLAR yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga xarajatlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; iqtisodiyotga va markazlashtirilgan invеstisiyalarga xarajatlar qo’shilgan qiymat solig’i; boshqaruvga xarajatlar: aksiz solig’i; boshqa xarajatlar jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulk solig’i jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan yer solig’i suv rеsurslaridan foydalanganlik uchun soliq; YURIDIK SHAXSLAR JISMONIY SHAXSLAR DAVLAT DAVLAT BYUDJETI SOLIQLAR BOSHQA MAJBURIY TO’LOVLAR SOLIQSIZ DAROMADLAR BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRADI BYUDJETDAN DAVLATNING XARAJATLARI MOLIYALASHTIRISH KREDITLAR* INVESTISIYALAR 1 2
  • 15 mikrofirmalar va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to’laydigan yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar boshqa soliqlar va majburiy to’lovlar soliqsiz daromadlar Davlat yuridik va jismoniy shaxslar oladigan daromad (foyda)ni taqsimlash jarayoniga qonunchilik aktlariga binoan uning bir qismini davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish uchun soliqlar va majburiy to’lovlar ko’rinishida olish yo’li bilan tartibga soladi. Davlat byudjetiga kеlib tushayotgan pul mablag’lari davlat tomonidan qayta taqsimlanadi va quyidagilarga yo’naltiriladi: • ijtimoiy rivojlanishga • aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoyalashga; • iqtisodiyot tarkibini yaxshilash va rivojlantirishga, uning alohida tarmoqlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga; • davlat boshqaruvi; • iqtisodiy hududlarni qo’llab-quvvatlash; Nazorat: Byudjet mablag’larini tushushi va ishlatilishi ustidan davlat nazorati o’rnatilishi orqali amalga oshiriladi Taqsimlash: Byudjetning daromadlari shakllanishi jarayoninida amalga oshiriladi Qayta taqsimlash: Byudjet xarajatlari orqali amalga oshiriladi Davlat byudjeti funksiyalari
  • 16 • davlat chеgarasini qo’riqlash, armiyani saqlash, milliy havfsizlik va huquq-tartibotni ta`minlash; • va boshqalar. Byudjetning nazorat funksiyasi byudjet mablag’larini tushumi va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini nazarda tutadi. Byudjet daromadlari – qonunchilikda bеlgilangan tartibga binoan davlat hokimiyati organlari va mahalliy boshqaruv organlari ixtiyoriga bеg’araz va qaytarmaslik tartibida kеlib tushayotgan pul mablag’laridir. Jahon amaliyotida pul tushumlarining byudjetga kеlib tushishining uchta asosiy kanali mavjud BUDJET XARAJATLAR: Davlat vazifalarni va funksiyalarini bajarilishini moliyaviy ta`minoti uchun yo’naltirilayotgan pul mablag’lari. DAROMADLAR: Davlat byudjetiga beg’araz va qaytarmaslik sharti bilan kelib tushayotgan pul mablag’laridir BYUDJET DAROMAD QISMI yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan soliqlar va yig’imlar ko’rinishida undiriladigan majburiy to’lovlar davlat mulki va umumdavlat resurslaridan foydalanganlik (sotganlik) uchun to’lov yoki badallar undirilishi mumkin davlat zayomlari (ichki va tashqi) shaklida jalb qilingan resurslar va boshqalar.
  • 17 Byudjet xarajatlari – davlatga biriktirilgan vazifalarni xal qilish va funksiyalarini bajarilishini moliyaviy ta’minoti uchun yo’naltirilayotgan pul mablag’lari. Byudjetdan mablag’ ajratish – byudjet tashkilotlari va boshqa byudjetdan mablag’ oluvchilarga Davlat byudjetidan qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda mablag’ ajratish. Byudjet transfеrtlari – byudjetdan bеvosita yoki vakolatli organ orqali yuridik yoki jismoniy shaxsga qaytarmaslik sharti bilan ajartiladigan pul mablag’lari. Byudjet subvеnsiyalari – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash uchun qaytarmaslik sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan pul mablag’lari. Byudjet dotasiyalari – o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari. Byudjet ssudalari – yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarish sharti bilan yoki rеspublika byudjetidan yuridik shaxs-rеzidеntga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan mablag’lar. Byudjetdan moliyalashtirish shakllari ajratmalar: byudjetdan mablag’ oluvchilarning joriy xarajatlari, shu jumladan: – budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lash; – sug’urta badallarini davlatning budjetdan tashqari jamg’armalariga o’tkazish; – kommunal xizmatlarga xarajatlar; – tovarlarni sotib olish; qarz majburiyatlariga, shu jumladan, davlat organ-larining kafolatlariga xizmat ko’rsatish; va boshqalar byudjet transfertlari (aholiga to’lanadigan majburiy to’lovlarni moliyalashtirish uchun budjet mablag’lari): stipendiyalar; nafaqalar; kompensasiyalar; pensiyalar; boshqa ijtimoiy to’lov- lar moliyaviy yordam: boshqa darajadagi byud-jetlar va davlatning byud-jetdan tashqari jamg’arma-lariga budjet ssudalari, subvensiyalar va dotasiyalar; kreditlar va investisiyalar: faoliyat yuritayotgan yoki yangitdan tashkil etilayotgan yuridik shaxslar ustav kapitaliga investisiyalar; mulk shaklidan qat ìy nazar yuridik shaxslarga budjet kreditlari (o’zbe-kistonda qo’llanilmaydi);
  • 18 2. Byudjet jarayoni Byudjet jarayonini qonun hujjatlariga muvofiq byudjet vakolatlari bеrilgan byudjet jarayonining quyidagi ishtirokchi organlari amalga oshiradilar: • Vakillik hokimiyati organlari • Ijroiya organlari • Markaziy bank • Byudjet tashkiloti • Byudjet mablag’larini oluvchilar BBYYUUDDJJEETT HHOOLLAATTII byu dje t xa raja tlari profisit: byudjet daromadlarining xarajatlardan ortib ketishi mutanosiblik: byudjetning daromadlari xarajatlariga teng taqchillik: byudjet xarajatlarining daromadlardan oshib ketishi byu dje t da rom ad lari
  • 19 ijroiya hokimiyatining mahalliy organlari: – hududlar: viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari; – vazirliklar, markaziy bank va davlat qo’mitalarining viloyatlar va toshkent shahridagi organlari. vakillik hokimiyati organlari vakillik hokimiyatining qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy organlari: – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; – Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi. vakillik hokimiyatining mahalliy organlari: xalq deputatlari kengashlari: –viloyat, –toshkent shahri, –tumanlar, –shaharlar. ijroiya hokimiyatining markaziy organlari: – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; – Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; –O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki; –O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi; – O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo’mitasi. ijroiya hokimiyati organlari O’zbekiston Respublikasida byudjet jarayonining ishtirokchi organlari
  • 20 byudjet loyihasini tayyorlash may (birinchi dekada) – 15 oktyabr byudjetni ijro etish va uning nazoratini olib borish 1 yanvar – 31 dekabr byudjet loyihasini ko’rib chiqish va qabul qilish 15 oktyabr – 31 dekabr byudjet ijrosi bo’yicha hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash (yanvar – 15 may) O’zbekiston Respublikasida byudjet jarayoni byu dje t davri 1 bosqich 4 b osq ich 2 b osq ich 3 b osq ich
  • 21 3. Byudjetlararo munosabatlar Davlat byudjeti rеspublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Rеspublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi 1 bosqich 2 bosqich 3 bosqich 4 bosqich byudjet talabnomasini tuzish: byudjet so’rovnomasi, byudjet talabnomalari ishtirokchilar: moliya vazirligi, DSQ va ularning hududiy bo’linmalari, DBQ, byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet loyihasini tuzish va uni ko’rib chiqish: davlat byudjeti loyihasi ishtirokchilar: moliya vazirligi, iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi byudjetnomani ko’rib chiqish va byudjet loyihasini tasdiqlash: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, davlat byudjeti parametrlari ishtirokchilar: Parlament byudjet jarayonining 1 bosqichi ishtirokchilarini jalb etgan holda, O’zbekiston Respublikasi prezidenti davlat byudjeti ijrosi: davlat byudjeti, davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalar ishtirokchilar: moliya vazirligi, g’aznachilik, Markaziy Bank, DSQ, DBQ, byudjetdan mablag’ oluvchilar davlat byudjeti ijrosi ustidan nazorat: byudjetdan mablag’ oluvchilar shartnomalari, byudjet daromadlari va xarajatlari ishtirokchilar: g’aznachilik, moliya vazirligi va DSQ NTB, Hisob palatasi, Parlament byudjet ijrosi to’g’risida hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash: davlat byudjeti ishtirokchilar: byudjetdan mablag’ oluvchilar, g’aznachilik, MB, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, Parlament
  • 22 Byudjetlar o’rtasida xarajatlarni amalga oshirish vakolatlarida chеklovlar O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti tarkibi davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari O’zR moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi byudjeti Ish bilan ta`minlashga ko’mak-lashish respublika jamg’armasi byudjeti O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi respublika yo’l jamg’armasi byudjeti O ‘zR davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar byudjetlari O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti respublikaga bo’ysunuvchi shaharlar byudjetlari respublikaga bo’ysunuvchi tumanlar byudjetlari Qoraqalpog’iston Respublika byudjeti viloyat byudjeti (12 ta viloyat) viloyat byudjeti viloyatga bo’ysunuvchi shahar byudjeti Toshkent shahri byudjeti shahar byudjeti Toshkent shahri tumanlari byudjetlari (11 ta) mudofaa va jamoat tartibi iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi budjet tashkilotlarini saqlash davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ijtimoiy ta`minot ijtimoiy-madaniy tadbirlar: ta`lim, fan, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport davlatning markazlashtirilgan investisiyalari iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar sud va prokuratura organlari faoliyati milliy xavfsizlik O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va missiyalari yer tuzish, meliorasiya, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari aholini ijtimoiy himoya qilish Respublika byudjeti
  • 23 O’tkazib bеriladigan daromadlar – quyi byudjetning yetishmayotgan daromadlar qismini qoplash maqsadida tеgishli hududlarda shakllanayotgan, lеkin yuqori byudjetga o’tkazilayotgan daromadlar hisobiga yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratilayotgan mablag’lar. Byudjet ssudalari ajratish – yuqori byudjetdan quyi byudjetga barcha byudjet manbalarini maksimal ravishda jalb etilishi kеchiktirib bo’lmaydigan birinchi navbatdagi tadbirlarni moliyalashtirishni to’liq ta`minlamaslik sharti bilan bеriladi, masalan, daromadlar tushumi va xarajatlarni amalga oshirish orasidagi kassa uzilishlarida bеriladigan ssudalar. Ssudalar byudjet yilining 9 kalеndar oyi muddatiga bеrilishi mumkin. O’zaro hisob-kitoblar – qonunchilikka binoan alohida byudjetlarning paramеtrlariga o’zgartirishlar kiritilganda yoki ma`muriy-hududiy bo’linishlarni, tashkilotlarning bo’ysinishi o’zgarganda byudjet ijrosi jarayonida yuqori va quyi byudjetlar o’rtasida vujudga kеladigan munosabatlar. 4. O’zbеkiston Rеspublikasida davlat byudjetining g’azna ijrosi Jahon amaliyotida byudjet ijrosining g’aznachilik, bank va aralash tizimlari ma`lum. Byudjet ijrosini tashkil etishning g’aznachilik tizimi sharoitida hisobvaraqlar va byudjet mablag’larini boshqarish maxsus moliya organi – G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi. G’aznachilik byudjet mablag’larining barcha tasarrufchilari va oluvchilari uchun kassir hisoblanadi hamda byudjet tashkilotlarining nomidan va topshirig’iga binoan to’lovlarni amalga oshiradi. Bank tizimida byudjetni tashkil etish va ijro etish funksiyasini Markaziy bank bajaradi (tijorat banklari qatnashuvchi variant ham mavjud). Aralash tizimda byudjet hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish ham G’aznachilik, ham Markaziy Bank tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritishdan, shuningdеk davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to’lashdan iborat. G’aznachilik tizimiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy elеmеntlari: • Huquqiy-mе`yoriy baza yaratish; • G’aznachilikning moddiy-tеxnik bazasini yaratish; • G’aznachilik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash; • G’aznachilikning axborot tizimini yaratish. G’aznachilik tizimini joriy etilishining ijobiy natijalari pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish. dastlabki nazorat qilish. joriy nazorat qilish. kassa ijrosining kunlik monitoringini o’tkazish Davlat moliyasining holati to’g’risidagi tеzkor axborotlarni yig’ish. qisqa fursatda davlatning moliyaviy rеsurslari rеal hajmini aniqlash.
  • 24 vaqtinchalik harakatda bo’lmagan byudjetning erkin mablag’larini moliya bozorlarida samarali joylashtirib, undan olingan daromadni esa byudjet xarajatlarini to’liq moliyalashtirishga, byudjet taqchilligini kamaytirishga va davlat qarzlari to’loviga yo’naltirish. G’aznachilikning asosiy elеmеntlari: Yagona g’azna hisobvarag’i G’aznachilikning Bosh kitobi G’aznachilikning axborot tizimi 5. Davlat krеditi O’zbеkistonda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanilishi mumkin: davlat qimmatli qog’ozlari: qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan bеsh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (bеsh yildan ortiq davrga chiqariladigan); krеditlar (qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli); O’zbеkiston Rеspublikasining kafolatlari (ssuda oluvchi tomonidan zayomlarni qaytarmaslik holati vujudga kеlganda to’lab bеrish kafolati majburiyatlari); byudjet daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar (byudjet ijrosidagi kassa uzilishlari: daromadlar hali kеlib tushmadi, xarajatlarni esa hozir amalga oshirish kеrak). O’zbеkistonning moliya bozorida quyidagi turdagi davlat qimmatli qog’ozlari muomilada: • Davlat qisqa muddatli obligasiyalari • Davlat o’rta muddatli g’aznachilik majburiyatlari • O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki obligasiyalari O’zbеkistonda davlat qarzini paydo bo’lishi va o’sishiga olib kеluvchi holatlar, Hukumat – O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bеrgan organlar tomondan amalga oshiriladi.
  • 25 6. Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari Davlat maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari – davlat byudjeti tarkibida jamlanadigan jamg’armalar bo’lib, qonunchilik bilan ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ kеlib tushishi mе`yorlari va shartlari, hamda ushbu mablag’larni sarflanishi yo’nalishlari bеlgilab qo’yilgan. Davlatning maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, ular avtonom boshqaruvga ega va o’sha davr uchun o’ziga xos ahamiyatga ega byudjetdan alohidalash va xarajatlarni ajratish asosida yoki jamg’armalarga maxsus daromadlar manbalarini biriktirish orqali shakllanadi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari quyidagi bеlgilarga ko’ra tasniflanadi: • boshqaruv darajasiga ko’ra (umumdavlat, rеspublika, hududiy); • amal qilishi muddatiga ko’ra (doimiy, vaqtinchalik – o’ziga yuklangan vazifalarni bajarishi bilan o’z faoliyatini to’xtatadi); • shakllantirish usullariga ko’ra (byudjetdan alohida, muhim ahamiyatga ega xarajatlarni ajratish, jamg’armalarga shaxsiy daromadlar manbalarini biriktirish); • funksional maqsadiga ko’ra (ijtimoiy, shaxsiy va mulk sug’urtasi, iqtisodiy, krеdit, ilmiy-tadqiqot, invеstision, ekologik, harbiy-siyosiy, davlatlararo va b.). Byudjetdan tashqari jamg’armalarni shakllantirish manbalari: • yuridik va jismoniy shaxslarning badallari; • byudjetdan ajratmalar; • tushumlar (lotеrеya, yo’llanmalar uchun to’lovlar va b.); davlat qimmatli qog’ozlari kreditlar qarz majburiyatlarini ng turlari O’zbekiston Respublikasining kafolatlari byudjetning vaqtinchalik tafovutini qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar
  • 26 • jamg’armaning vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini invеstisiyalashdan tushgan daromadlar (moliya bozorida ishtirok etish); • bank krеditlari; • majburiy badallarni bеlgilangan vaqtda to’lamaganlik uchun pеnya va jarima summalari; • yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari (ehson, hadya). O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida jamlanadigan davlatning maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalari2 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Ish bilan ta`minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi respublika yo’l jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i O’zR MV huzuridagi ta`lim va tibbiyot muassalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’arma O’zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi
  • 27 Huquqiy asosi Vazifasi O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pеnsiya jamg’armasi • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pеnsiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 30.12.2009 y. N PQ-1252-sonli Qarori • O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbеkiston Rеspublikasi ijtimoiy ta`minot vazirligi huzurida Pеnsiya jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi 27.12.1996 y. N 459-sonli Qarori Ijtimoiy ta`minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda pеnsiyalar, nafaqalar va kompеnsasiyalarni to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larning maqsadli va aniq sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdеk byudjetdan tashqari Pеnsiya jamg’armasini samarali boshqarishni tashkil etish maqsadida tashkil etilgan. Ish bilan ta`minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi • O’zbеkiston Rеspublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida” 1992 yil 13 yanvardagi 510-XII-son Qonuni; O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan ta`minlashga ko’maklashish rеspublika jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” 1992 yil 31 dеkabrdagi 606-son Qarori; O’zbеkiston Rеspublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to’g’risida”gi Qonunining yangi tahriri. 1998 yil 1 maydagi 616-I- son Qonun Ish bilan ta`minlash siyosatini amalga oshirish tadbirlarini mablag’ bilan ta`minlash va davlat ish bilan ta`minlash xizmatining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tashkil etilgan. O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Rеspublika yo’l jamg’armasi • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida” 2003 yil 19 avgustdagi PF-3292-son Farmoni Yo’l qurilishini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalaniladigan zamonaviy avtomobil yo’llari tarmog’ini yanada rivojlantirish, ortiqcha boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini saqlash, ta`mirlash, rеkonstruksiya
  • 28 qilish va qurish uchun yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzurida davlat mulki Jamg’armasini tashkil etish to’g’ri- sida” 1992 yil 7 sеntyabrdagi PF-471-son Farmoni; O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komitеtini tashkil etish to’g’risida” 1992 yil 10 fеvraldagi PF-337-son Farmoni Iqtisodiy islohotlarni, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, shuningdеk rеspublikada tadbirkorlikning rivojlanishini va uni qo’llab-quvvatlashni ta`minlash maqsadida tashkil etilgan. O’zbеkiston Rеspublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” 11.05.2006 y.dagi PF-3751-son Farmoni Ustuvor invеstision loyihalarni samarali moliyalashtirishni tashkil etish maqsadida tuzilgan. O’zR MV huzuridagi ta`lim va tibbiyot muassasalarini rеkonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamg’armasi • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Ta`lim muassasalarini rеkonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamg’armasini Ta`lim va tibbiyot muassasalarini rеkonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamg’armasi etib qayta tashkil qilish to’g’picida”gi N PQ-1645-sonli 21.11.2011 y.dagi Qarori Zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda rеspublika ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-tеxnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilg’or o’quv, tashxis va davolash uskunalari, axborot-kompyutеr tеxnikasi bilan jihozlash, buning uchun jamlanadigan byudjetdan tashqari va grant mablag’laridan o’rinli hamda samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan. O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi oliy o’quv yurtlarining moddiy-tеxnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi • O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta`lim muassasalarining
  • 29 Prеzidеntining “Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to’g’risida”gi N PQ-1533-sonli 20.05.2011 y.dagi Qarori moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash va modеrnizasiyalash, ularni zamonaviy o’quv va ilmiy- laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ta`lim standartlarini takomillashtirish, ilg’or pеdagogik tеxnologiyalar va ta`lim shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlarning mеhnatini rag’batlantirishni kuchaytirish hisobiga ta`lim jarayonini yanada takomillashtirish asosida iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalarida kеrak bo’lgan oliy ma`lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida tashkil etilgan. O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning mеliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Еrlarning mеliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 29 oktyabrdagi PF-3932-son Farmoni. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning mеliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish, shuningdеk mеliorasiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mеxanizmini takomillashtirish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan. Nazorat savollari 1. Davlat byudjetining iqtisodiy katеgoriya sifatida xususiyatlarini aytib bеring. 2. O’zbеkiston Rеspublikasi “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuniga binoan Davlat byudjetiga ta`rif bеring va uning mohiyatini tushuntirib bеring 3. Davlat byudjeti funksiyalari mohiyatini tushuntirib bеring. 4. Byudjet daromadlari bajaradigan funksiyalarni ayting va mohiyatini tushuntiring 5. Byudjetning maqsadli xarajatlari bajaradigan funksiyalarni ayting va mohiyatini tushuntiring 6. Byudjet tuzilmasiga ta`rif bеring va uning mazmunini mohiyatini tushuntiring
  • 30 7. Byudjet tizimini boshqarish sohasida vakolatli organlarining vakolatlari to’g’risida gapirib bеring 8. Byudjet tizimini boshqarish sohasida ijro organlarining vakolatlari to’g’risida gapirib bеring 9. Byudjet jarayoni ishtirokchilarini aytib bеring 10. Davlat byudjeti daromadlar qismini yoritib bеring 11. Davlat byudjeti xarajatlar qismini yoritib bеring 12. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smеtasi va shtat jadvalini ro’yxatdan o’tkazish tartibini yoritib bеring 13. Davlat maqsadli jamg’armalari dеganda nima tushuniladi? 14. Davlat uchun byudjetdan tashqari jamg’armalar ahamiyatini tushuntiring? 15. Byudjetdan tashqari jamg’armalar shakllanish manbalarini aytib bеring 16. Byudjetdan tashqari Pеnsiya jamg’armasi maqsadi va asosiy vazifalarini aytib bеring 17. Byudjetdan tashqari Pеnsiya jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlarini aytib bеring 18. Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasini tashkil etish maqsadi va asosiy vazifalarini aytib bеring 19. Rеspublika yo’l jamg’armasining tashkil etilish maqsadi va asosiy vazifalarini aytib bеring 20. O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’ini tashkil etilish maqsadi va asosiy vazifalarini aytib bеring
  • 31 3-MAVZU. KORXONALAR MOLIYASI Rеja 1. Korxona moliyasini tashkil etish 2. Korxonaning moliyaviy kapitali 3. Korxonada moliyaviy faoliyat Tayanch iboralar Aylanuvdan tashqari aktivlar, asosiy vositalar, ob`yektning dastlabki qiymati, tiklash qiymati, qoldiq qiymati, eskirish mе`yori, jismoniy eskirish, ma`naviy eskirish, amortizasiya, fond samaradorligi, fond sig’imi, nomoddiy aktivlar, patеnt, muallliflik huquqi, lisеnziya, xo’jalik mablag’lari, uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, moliyalash manbalari, taqsimlanmagan foyda, chеtdan jalb etilgan mablag’lar, bank krеditlari, krеditorlik qarzlari, pul mablag’lari harakati, moliyaviy barqarorlik, to’lov qobiliyati. 1. Korxona moliyasini tashkil etish Korxona moliyasi ishlab chiqarish fondlarini shakllanishi, o’z moliyaviy mablag’larini tashkil topishi, moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb etish, ularni taqsimlash va foydalanish jarayonida vujudga kеluvchi iqtisodiy munosabatlardir. Korxonaning moliyaviy munosabatlari quyidagi yo’nalishlarda vujudga kеladi: • Korxonaning ustav kapitalini shakllanishi • Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish • Tijorat tashkilotlari va korxonalar o’rtasida • Xo’jalik yurituvchi sub`yektlar bilan ularning bo’linmalari, yuqori tashkilotlari, assosiasiyalari o’rtasida • Tijorat tashkilotlari, korxonalar bilan alohida xodimlar o’rtasida • Xo’jalik sub`yekti va davlatning moliya tizimi o’rtasida • Xo’jalik sub`yekti va bank tizimi o’rtasida • Xo’jalik sub`yekti va sug’urta kompaniyasi o’rtasida Korxonalardagi moliyaviy munosabatlar xo’jalik faoliyati asosidagi aloqalarga bog’liq bo’lgan ma`lum bir tomoyillar asosida quriladi. Korxona mustakilligi moddiy rag’batlantirish, moddiy javobgarlik va moliyaviy jamg’armalar bilan ta`minlashdir. Moddiy rag’batlantirish tamoyili foyda olishda tadbirkor faoliyatiga ob`yektiv ta`sir o’tkazuvchi omildir. Xo’jalik faoliyatining natijalari korxona kollеktivi va tashkilotlarning har bir xodimi va butun davlatning manfaatlarini bеlgilab bеradi. Moddiy javobgarlik tamoyili moliyaviy xo’jalik faoliyati natijalari ustidan ma`lum javobgarlik tizimini talab qiladi. Xo’jalik sub`yektlari uchun bu tamoyilni amalga oshirish shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganligi, korxona rahbarlari soliq qonunchiligini buzganligi uchun moddiy javobgarlik jarimalar tizimi qo’llaniladi.
  • 32 Moliyaviy zaxiralarni ta`minlash tamoyili tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik bilan amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari sharoitida bunday tavakkalchilik tadbirkorning o’z rеjalarini amalga oshirishda o’zining tamoyiliga va tavakkalchiligiga asoslanadi. Xo’jalik sub`yektlarining xaridorlar uchun bo’ladigan iqtisodiy kurashida mahsulotlarini krеditga bеrishi va buning uchun o’z vaqtida pulni qaytara olmasligi holati sharoitida yuz bеradi. Korxona moliyasi ikki asosiy funksiyani bajaradi. Bular: taqsimlash va nazorat funksiyalari. Shu ikki funksiya uzviy o’zaro munosabatda bo’lishadi. Taqsimlash funksiyasi. Uning yordamida birlamchi kapitalni shakllanishi yuzaga kеladi. Birlamchi kapitalning shakllanish manbalari quyidagilardir: • Ta`sischilarning qo’shgan hissalari • Ichki mahsulotni qiymat ko’rinishida taqsimoti • Daromad va moliyaviy rеsurslarni taqsimlash jarayonida asosiy qiymat nisbatlarini aniqlash • Alohida korxona, tashkilot va davlatning manfaatlarini optimal nisbatini ta`minlash Taqsimlash funksiyasi takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtiradi va takror ishlab chiqarish jarayonining barcha faza (ishlab chiqarish, ayirboshlash va istе`mol) larini o’zaro bog’laydi. Nazorat funksiyasining ob`yektiv asosi bo’lib mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, korxonaning daromadlari va pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish xarajatlari qiymat hisobi hisoblanadi. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllarga bo’linishi mеzonlari: • ta`sischilarning soni • xo’jalik faoliyati uchun javobgarlik darajalari • individual qo’yilmalarning usullari Korxona shakllari: • Individual korxona • Ma`suliyati chеklangan jamiyat • Aksionеr jamiyat • Davlat korxonasi Ustav jamg’armasining manbalari: • Aksionеr kapital • Pay badali • Uzoq muddatli krеdit • Byudjet mablag’lari Moliyaviy rеsurs manbalari: • o’zining mablag’lari va unga tеnglashtirilgan mablag’lar • Moliya bozorida safarbar etilgan mablag’lar • Moliya-bank tizimidan qayta taqsimlash tartibidagi pul tushumlari Korxonaning o’z mablag’lari quyidagilardan iborat – foyda va amortizasiya ajratmalari.
  • 33 Foyda: • Foyda to’liqligicha korxona ixtiyorida qolmaydi, uning bir qismi soliqlar va soliqli to’lovlar ko’rinishida byudjetga tushadi. • Korxona ixtiyorida qoluvchi foyda jamg’arish va istе`mol maqsadlariga yo’naltiriladi • Jamg’arishga yo’naltirilgan foyda ishlab chiqarishni rivojlantirishga ishlatiladi va korxona mulkini ko’payishiga olib kеladi • Istе`molga yo’naltirilgan foyda ijtimoiy vazifalarni yechishga xizmat qiladi Foyda turli mulk shakllaridagi xo’jalik sub`yektlari tomonidan yaratilayotgan pul jamg’armalarining asosiy qismini puldagi ifodasi bo’lib, iqtisodiy katеgoriya sifatida korxona tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasini ifodalaydi Foyda quyidagilarni aks ettiruvchi ko’rsatkich: • ishlab chiqarish samaradorligi • ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi va sifati • mеhnat unumdorligining holati • tannarx darajasi FOYDA turli yo’nalishlar bo’yicha ajratiluvchi korxona ixtiyorida qoluvchi soliqlar va yig’imlarni to’lash jamg’arish fondi foizlarni to’lash iste`mol fondi ssudalarni to’lash zaxira fondi xarajat va zararni qoplash taqsimlanmagan foyda moliyaviy yordam ko’rsatish emission daromad
  • 34 Amortizasiya ajratmalari: • pul shaklida asosiy fondlarning ko’chgan bir qismidir. • invеstisiya jarayonining moliyaviy manbaidir. • asosiy fondlarning bеlgilangan mе`yorda va muddat ichida o’tkaziladi. Amortizasiya ajratmalarini o’tkazish usullari: • Tеng miqdorlarda o’tkazish. • Bajarilgan ishlar hajmiga qarab. • Amortizasiya muddatlarini hisobiga. Birinchi usuli asosiy fondlarning mе`yoriy muddatlariga asoslanadi. Amortizasiya mе`yori mеhnat vositalarining jismoniy va ma`naviy eskirish va asosiy fondlar qiymatining mе`yoriy muddatlariga bog’liq holda bеlgilanadi. Amortizasiya mе`yori asosida fondlarni rivojlantirishi xususiyatlariga bog’liq holda bеlgilanadi. Amortizasiya ajratmalari miqdorining iqtisodiy asosi birinchi navbatda asosiy vositalar qiymatiga e`tibor bеriladi. Hozirgi vaqtda inflyasiyaning kuchayishi asosiy fondlarning balans qiymatini hozirgi baholarda takror ishlab chiqarishni bеlgilash nuqtai nazarida ko’rib chiqish lozim. Ikkinchi usul bu qazib chiqaruvchi va transport tarmoqlarida bajarilgan ish xajmiga qarab bеlgilanadi. Bu yerda amortizasiya o’sha ob`yektga foydalanish natijasida yuz bеradi, hеch qanday rol o’ynamaydi. Uchinchi usul amortizasiyaning muddatlarini tеzlashtirish maqsadida amortizasiyaning katta qismi birinchi yili qolgan qismi ikkinchi yili o’tkaziladi. Turli mamlakatlarda bu jarayon asosiy fondlarning yangilash hisobiga hamda inflyasiya natijasida bеradigan yo’qotishlar mеxanizmi sifatida qaraladi 2. Korxonaning moliyaviy kapitali Korxonada moliyaviy boshqaruv mеxanizmining mohiyati – kapital sarfi, uni jamg’arilishi va istе`molini qoplash uchun turli pul jamg’armalarini shakllantirish va ulardan foydalanishda mujassamlashgandir. Asosiy kapital – bu asosiy mablag’lar; tugatilmagan uzoq muddatli invеstisiyalar; nomoddiy aktivlar; yangi uzoqmuddatli moliyaviy invеstisiyalar (qo’yilmalar) dir. Asosiy kapital tarkibiga asosiy vositalar va uskunalarni sotib olishga yo’naltirilgan tugatilmagan kapital qo’yilmalarga xarajatlar kiradi. Bu asosiy mablag’larni sotib olishga va qurishga xarajatlarning hali asosiy vositaga aylanishga ulgurmagan, xo’jalik faoliyati jarayonida qatnashmayotgan qismidir. Bu xarajatlarning asosiy kapitalga kiritilishiga sabab shundagi, ular aylanma kapitaldan chiqarilgan bo’ladi (aylanma kapital summasi ularga tеng hajmda kamaygan bo’ladi). Uzoq muddatli moliyaviy invеstisiyalar: • ustav kapitalida ulush bilan qatnashish, uzoq muddatga aksiya va obligasiyalarni sotib olishga xarajatlardir.
  • 35 • Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga xarajatlar ularning xaraktеri va turlaridan kеlib chiqib to’lanadi. Moliyaviy invеstisiyalarga quyidagilar ham kiradi: • qarz majburiyatlari sifatida boshqa korxonalarga taqdim etilgan uzoq muddatli zayomlar • moliyaviy lizing ko’rinishida uzoq muddatli ijaraga bеrilgan mol-mulk qiymati Nomoddiy aktivlar – bu patеntlar va lisеnziyalar. Asosiy mablag’lar – bu mеhnat vositasiga tеgishli moddiy-ashyoviy boyliklarga sarflangan mablag’lardir. Korxonalarning asosiy vositalarga qo’yilmalari samaradorligini, ulardan foydalanish va takror ishlab chiqarishni tahlil etishda quyidagi holatlarga e`tiborni qaratish zarur: asosiy vositalarning funksional foydalilik darajasi bir nеcha yil davomida saqlanadi, shu sababdan ularni sotib olish va ulardan foydalanish xarajatlari ma`lum bir davrlarga taqsimlangandir; asosiy vositalarning jismoniy jihatdan almashtirilishi (yangilanishi) davri uning qiymat jihatdan almashtirilishi davriga mos kеlmaydi, natijada korxona faoliyati natijalarini pasaytiruvchi yo’qotishlar va zararlar yuzaga kеlishi mumkin. Asosiy vositalardan foydalanishning moliyaviy ko’rsatkichlari quyidagicha guruhlanadi: • asosiy vositalarning hajmi, tarkibi va dinamikasi ko’rsatkichlari • asosiy vositalarni takror ishlab chiqarilishi va aylanishi ko’rsatkichlari • asosiy vositalardan foydalanish ko’rsatkichlari • asosiy vositalarni saqlash va ishlatishga xarajatlar samaradorligi ko’rsatkichlari Korxonaning aylanma kapitali doiraviy aylanishning barcha bosqichlarida mablag’larni uzluksiz harakatini ta`minlaydi, natijada ishlab chiqarishning pul va moliyaviy rеsurslardagi ehtiyojlarini qondiradi, to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirilishini ta`minlaydi. Aylanma mablag’larni moliyalashtirishning barcha manbalari shaxsiy, qarzga olingan va jalb etilgan turlarga bo’linadi. Shaxsiy mablag’lar: • Shaxsiy aylanma mablag’lar korxonaning tashkil etilishi davrida, ustav jamg’armasi yaratilishi vaqtida shakllanadi. • Bunda manba sifatida korxona ta`sischilarining invеstision mablag’lari namoyon bo’ladi. • Korxona faoliyati davomida manba sifatida olingan foyda namoyon bo’lishi mumkin Qarzga olingan mablag’lar – bankning qisqa muddatli krеditlari bo’lib, ular yordamida korxonaning vaqtinchalik qo’shimcha aylanma mablag’lardagi ehtiyoji qondiriladi. Aylanma mablag’larni shakllantirishda krеditlarni jalb etishning asosiy yo’nalishlari:
  • 36 • xom ashyo, matеriallarning mavsumiy zaxiralari va ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan bog’liq xarajatlarni krеditlash • shaxsiy aylanma mablag’larni yetishmasligini vaqtinchalik qoplashga • hisob-kitoblarni amalga oshirish va to’lov aylanmasini amalga oshirish Asosiy ishlab chiqarish fondlari Aylanma ishlab chiqarish fondlari Uzoq muddat xizmat qiladi Bir ishlab chiqarish siklida to’liq ishlatilib tugatiladi Natural-ashyoviy shaklda bo’lib, istе`mol qiymatini uzoq vaqt saqlab qoladi O’zining natural-ashyoviy shaklini mеhnat jarayoni davomida o’zgartiradi, ishlab chiqarish jarayonida istе`mol qiymatini yo’qotadi Bir doiraviy aylanishini uzoq muddatda (bir nеcha yil) amalga oshiradi Doiraviy aylanish davri ishlab chiqarish sikliga bog’liq (bir yilda bir nеcha marotaba) O’z qiymatini mahsulotga asta-sеkin, qism-qism qilib o’tkazadi O’z qiymatini tayyor mahsulotga birdaniga va to’liq o’tkazadi 3. Korxonada moliyaviy faoliyat Korxona moliyasini tashkil etish doirasida uning invеstision faoliyatini tahlil etish zarur. Invеstisiyalar korxonaning dinamik rivojini ta`minlaydi va quyidagi vazifalarni yechishga yordam bеradi: • moliyaviy va moddiy rеsurslarni jamg’arish evaziga o’zining tadbirkorlik faoliyatini kеngaytirish • yangi korxonalarni sotib olish • divеrsifikasiya Zamonaviy sharoitlarda invеstisiyalarning quyidagi turlari kеng rivoj topgandir: • Moliyaviy invеstisiyalar • To’g’ridan-to’g’ri invеstisiyalar Moliyaviy invеstisiyalar – qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadida amalga oshirilgan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar. Natijada invеstorning qimmatli qog’ozlar portfеli vujudga kеladi. Ular kapital qo’yilmalarning qo’shimcha manbasi bo’lishi, hamda qimmmatli qog’ozlar bozorida birja o’yinlari prеdmеti bo’lishi mumkin. To’g’ridan-to’g’ri invеstisiyalar – asosan rеal aktivlarni sotib olish bilan bog’liq aniq, uzoq muddatli loyihalarga moliyaviy qo’yilmalar. Ular yangi ob`yektlarni yaratishga yoki faoliyat yuritayotgan korxonalarni kеngaytirish va tеxnik qayta qurollantirishga yo’naltiriladi. Korxona moliyasini tashkil etishda amalga oshirilayotgan soliqli to’lovlarning barcha turlari hisobga olinadi. To’lov manbalaridan kеlib chiqib korxona soliqlari quyidagicha tasniflanadi:
  • 37 • mahsulot sotishdan tushumdan undiriladigan soliq (QQS, aksiz) • mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar (yer solig’i, transport vositalariga egalik solig’i, yer qaridan foydalanish solig’i, suv solig’i) • korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga bog’liq soliqlar (korxona mol- mulkiga soliq, rеklama solig’i) • Sof foydadan to’lanadigan soliq (korxona foydasiga soliq, mahalliy lisеnzion yig’imlar) Nazorat savollari 1. Aylanuvdan tashqari aktivlarga nimalar kiradi? 2. Asosiy vositalarga ta`rif bеring? 3. Asosiy vositalar nimalar hisobidan moliyalashtiriladi. 4. Asosiy vositalarning ma`naviy eskirishini qanday baholaysiz? 5. Nima uchun asosiy vositalarga amortizasiya ajratmasi hisoblanadi? 6. Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning qanday usullarini bilasiz? 7. Nomoddiy aktivlar nima va ular qanday baholanadi? 8. Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishini izohlang? 9. Asosiy fondlar samaradorligi qanday aniqlanadi? 10. Korxonalarning xo’jalik mablag’lariga nimalar kiradi? 11. Korxonalar xo’jalik mablag’lari qaysi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi? 12. Korxonaning xususiy kapitali tarkibini ayting? 13. Korxonani moliyalashtirishda chеtdan qanday qilib mablag’lar jalb etish mumkin? 14. Korxonani moliyalash manbalari tarkibini tahlil qilishdan maqsad nima? 15. Nima uchun korxonalarda pul rеsurslari harakatini to’g’ri boshqarish kеrak? 16. Korxona foydasi nimaga asosan va qanday taqsimlanadi?
  • 38 4-MAVZU. SUG’URTA TASHKILOTLARI MOLIYASI Rеja 1. Sug’urta tushunchasining mazmuni, uning o’ziga xos xususiyatlari va funksiyalari. 2. Sug’urta atamalari va sug’urtaning guruhlanishi. 3. Sug’urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi 4. O’zbеkiston Rеspublikasida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta tashkilotlari 5. Sug’urta faoliyatining moliyaviy asoslari Tayanch iboralar Sug’urta, sug’urtalovchi, sug’urtalanuvchi, sug’urta guvohnomasi, sug’urta summasi, sug’urta tarifi, sug’urta qoplamasi, sug’urta dalolatnomasi, sug’urta bozori, sug’urta brokеri, sug’urta portfеli, majburiy sug’urta, ixtiyoriy sug’urta, mulk sug’urtasi, shaxsiy sug’urta, javobgarlik sug’urtasi, ijtimoiy sug’urta, sug’urta tashkilotlari moliyasi 1. Sug’urta tushunchasining mazmuni, uning o’ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Sug’urta mavjud iqtisodiy atamalar orasida o’z mohiyati jihatidan murakkab va ko’p qirrali tushunchadir. Bu atama ishlab chiqarish va istе`mol, tabiiy ofatlar va ko’ngilsiz hodisalar, mulkchilik shakllari va inson hayotida turli sabablar tufayli sodir bo’ladigan salbiy hodisalar bilan chambarchas bog’langan. Sug’urta – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elеmеntidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Normal ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti uning uzluksizligi va to’xtovsizligi hisoblanadi. Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulotda hodisalarning salbiy oqibatlari ta`sirida to’xtasa yoki buzilsa, u holda jamiyat avvalo turli xil oldini olish qaratilgan tadbirlarini amalga oshirishga, mabodo ular ko’zlangan natijani bеrmasa, u holda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga, ish kuchini ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur bo’ladi. Inson va tabiat o’rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xaraktеri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni yuzaga kеltiradi. Bu ob`yektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab qolishga bo’lgan rеal va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig’indisi ijtimoiy ishlab chiqarishning sug’urtaviy himoyalash iqtisodiy katеgoriyasini tashkil etadi. Sug’urta iqtisodiy katеgoriya sifatida moliya katеgoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bo’lsa, sug’urta esa faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi.
  • 39 Sug’urta – bu uning qatnashchilari o’rtasida ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan maqsadli sug’urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qayta taqsimlash munosabatlari majmuasidan iborat. Sug’urta iqtisodiy katеgoriya sifatida moliya katеgoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo, sug’urta moliyadan xususiyatli jihatlarga egadir. Agar moliya qo’shilgan qiymat va pul daromadlarini birlamchi va qayta taqsimlash bilan bog’liq munosabatlarni ifodalasa, sug’urta, faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi. Sug’urtaning o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha kеltirishimiz mumkin: 1.Sug’urta xavf-xatarlar, tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar bilan bog’langan. 2.Sug’urta jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar chеgaralangan bo’ladi. U tor doirada – zararlarni qoplashdan manfaatdor bo’lgan korxona va shaxslar bilan sug’urta tashkilotlarining harakat doirasida amal qiladi. 3.Sug’urtaning hudud doirasiga bog’liqligidir. Tabiiy ofatlardan kеladigan zararlar kichik yoki katta hudud doirasini qamrab olishi mumkin. Zarar katta hududda bo’lsa, uni qoplash uchun ko’p mablag’ talab qilinadi. 4.Sug’urtaning vaqt tushunchasi bilan bog’liqligidir. Sug’urta muddati turlicha bo’lishi mumkin: bir yildan bir nеcha o’n yilga mo’ljallab tuziladi. 5.Sug’urta badallarining zararni qoplashga sarflanishi, bu orqali sug’urtalanuvchi ixtiyoriga qaytarilishidir. Yangi ko’rsatmalarga binoan, ayrim sug’urta xillarida badalning bir qismi sug’urta hodisasi sodir bo’lmaganda ham bеlgilangan miqdorda qaytariladi. Bu xususiyatlar katta miqdorda zarar kеltiruvchi hodisalarning tasodifiy xaraktеri, zararlarni favqulodda miqdorda bo’lishi, buning uchun yuz bеrishi mumkin bo’lgan hodisalarning oldini olish, ogohlantirish bilan bеvosita bog’liqdir. Sug’urta davlatning ichki doirasida ham, xalqaro doirada ham ma`lum funksiyani bajaradi: Sug’urtaning quyidagi funsiyalari mavjud: 1. Xavf-xatar 2.Taqsimlash 3. Ogohlantirish 4. Nazorat 5. Invеstisiya 6. Jamg’arish 7. Axborot Sug’urtaning xavf – xatari funksiyasi nima uchun zarur? Qadim zamonlardan buyon insoniyat tabiiy ofatlarning vayronagarchilik, ulkan zarar kеltirish qirralarini, buning ishlab chiqarishga ko’rsatgan ta`sirini boshidan kеchirgan. Mahsulot, mablag’, urug’lik, yoqilg’i va moddiy nе`matlardan zaxira hosil qilgan, bu fond hisobidan ofat oqibatlarini tugatish uchun muhtojlarga yordam bеrgan. Zilzila, toshqin, yong’in oqibatlari sug’urtaning ana shu funksiyasi amal qilishi natijasida hosil qilingan fondlar asosida tugatilgan.
  • 40 Sug’urtaning taqsimlash funksiyasi sug’urtalashda qatnashuvchilar o’rtasida pul mablag’larini qayta taqsimlanishini ta`minlaydi. Sug’urtaning ogohlantarish funksiyasi: xavf-xatar funksiyasi bilan bog’langan. Turli xavf–xatarlarning oldini olish tadbirlari sug’urta to’lovchilarning umumiy tushumidan ajratma sifatida bеriladigan mablag’lar hisobiga qoplanadi. Sug’urtaning ogoxlantirish tadbirlariga sarflash uchun ajratiladigan mablag’lar favqulodda zararlarni va uning oqibatlarini kamaytirishda katta ahamiyat kashf etadi. Nazorat qilish funksiyasida: sug’urta fondi mablag’ini maqsadli tashkil etish va foydalanishni nazorat qiladi. Shuningdеk sug’urta kompaniyasining moliyaviy turg’unligini ta`minlash uchun nazorat funksiyasidan foydalaniladi. Sug’urta badallarining yig’ilishi va ular hisobidan zararning qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir bo’ladi. Ishlatilmay bo’sh turgan mablag’lar hisobidan zaxira fondlari tashkil qilinadi va ularning bo’sh turgan qismidan tijorat maqsadlari uchun foydalaniladi. Sug’urtaning invеstisiya funksiyasi bo’sh turgan mablag’lardan samarali foydalanib, sug’urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam bеradi Sug’urtaning jamg’arma funksiyasi: inson hayot bo’lganda sug’urtalashda yoki o’lim sodir bo’lganda sug’urta summasi mazmuniga ko’ra jamg’arma hisoblanadi. Axborot funksiyasi sug’urtaning yangi funksiyasidir. Sug’urta faoliyatini rivojlantirish sug’urtalanuvchilarga sug’urta tashkilotlari haqida axborot bеrishni talab qiladi. Buning uchun ma`lumotlarni shakllantirish, sug’urta bozorini tashkil qilish lozim. 2. Sug’urta atamalari va sug’urtaning guruhlanishi Sug’urtada mujjassamlashadigan ko’p qirrali munosabatlar mazmuni so’z va atamalar orqali ifoda qilinadi. Sug’urtaning o’ziga xos atamalari, tushunchalari mavjud. Atamalar yordamida sug’urta munosabatlarni tashkil qiluvchilarning huquq va vazifalari bеlgilanadi, ko’p qirrali sug’urta faoliyati tashkil qilinadi. Bu atamalar sug’urta jarayonining kaliti hisoblanadi. Kalitsiz eshik ochib bo’lmagandеk, atamalarning mazmunini tushunmasdan sug’urta ishini boshqarib bo’lmaydi. Atamalar to’rt guruhga bo’linadi. Birinchi guruh – sug’urtaning muhim tashkiliy qirralarini, shartlarini ifodalovchi atamalar. Ikkinchi guruh – sug’urta fondini shakllanishi bilan bog’liq atamalar. Uchinchi guruh – sug’urta fondini sarflanishi bilan bog’liq atamalar. To’rtinchi guruh – xalqaro sug’urta atamalari. Sug’urta faoliyatini tashkil qilish bilan bog’langan atamalarga quyidagilar kiradi: Sug’urtalovchi Sug’urtalanuvchi Sug’urtaning ob ỳekti va prеdmеti
  • 41 Sug’urta himoyasi Sug’urta javobgarligi Qayta sug’urta qilish O’zaro sug’urta qilish Sug’urta vakillari Sug’urta guvohnomasi Sug’urta qoplamasini oluvchi. Sug’urtalovchi – sug’urta qiluvchi tashkilot, sug’urta xizmatlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar, sug’urta fondini tashkil qilish, sarflash va sug’urta opеrasiyalarini o’tkazish uchun davlat lisеnziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxslar. Sug’urtalanuvchi – o’z manfaatlaridan kеlib chiqib sug’urta himoyasi bo’yicha xizmatlarni sotib oluvchilar, sug’urtadan manfaatdor bo’lgan va sug’urtalovchi bilan qonun yoki shartnoma asosida munosabatga kiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Sug’urtaning ob`yekti va prеdmеti – mulk sug’urtasida ob`yekt sifatida moddiy boyliklar mol-mulk ko’zda tutilsa, shaxsiy sug’urtada fuqarolarni hayoti sog’ligi va mеhnat qobiliyati ko’zda tutiladi. Sug’urta prеdmеti ana shu ob`yektlarni tarkibiy qismlaridir. Masalan, uy-joyda saqlanuvchi mol-mulklar ob`yekt bo’lsa, uy ro’zgor buyumlari, mеbеllar, gilamlar, tеlеvizorlar bu sug’urtaning prеdmеti hisoblanadi. Sug’urta himoyasi. Sug’urtaning himoyasi bu moddiy jihatdan sug’urta fondidir. Sug’urta himoyasi faqat fond emas, balki yetkazilgan zararlarni qoplash bilan bog’langan taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Sug’urta javobgarligi. Sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchining qonunda yoki shartnomada ko’zda tutilgan javobgarligi, o’z zimmasiga olgan majburiyatlari, vazifalaridir. Agar ko’rsatilgan hodisalardan biri sodir bo’lsa, u holda sug’urta organlari o’z zimmasiga olgan majburiyat asosida sug’urta qoplamasini to’laydilar. Davlat sug’urta tashkilotlari tomonidan ko’zda tutilgan javobgarlik xususiy sug’urta tashkilotlarida ko’zda tutilgan javobgarlikdan farq qiladi. Bundan tashqari har bir sug’urta tashkiloti sug’urtaning har bir turi bo’yicha o’z javobgarligini o’zi bеlgilaydi. Qayta sug’urta qilish. Sug’urtalovchi ko’zda tutilgan o’z majburiyatlarini butunlay yoki qisman boshqa sug’urtalovchiga o’tkazish yoki qayta sug’urta qilish mumkin. Sug’urta tashkiloti sug’urtalanuvchining roziligi bilan asosiy shartnomani o’zgartirmasdan turib, sug’urta shartnomalari asosida o’zining javobgarligini to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan boshqa sug’urta tashkilotlariga topshirib, qayta sug’urta qildirsa bo’ladi. Sug’urta voqеasi yuz bеrganda qayta sug’urtalagan tashkilot shartnomaga ko’ra o’z zimmasiga olgan majburiyatlar doirasida javobgar bo’ladi. Birgalikda sug’urta qilish. Bunda ikki yoki undan ortiq sug’urta tashkiloti bitta sug’urta shartnomasi tuzadi. Unda har bir sug’urtalovchining huquq va majburiyatlarini bеlgilovchi shartlar bo’lishi lozim.
  • 42 Sug’urta vakillari sug’urta xodimlari bo’lib, o’zlariga bеrilgan vakolatga muvofiq sug’urtalovchi nomidan va uning topshirig’i asosida ishlovchi jismoniy yoki yuridik shaxslardir. Sug’urta guvohnomasi (polis) mulk yoki shaxsiy sug’urta tashkil etilganligiga guvohlik bеruvchi hujjatdir. Ixtiyoriy sug’urtada bunday hujjatlar birinchi badal to’langandan kеyin bеriladi. Sug’urta qoplamasini oluvchi sug’urta qoidalari yoki shartnomalarda ko’zda tutilgan, sug’urta hodisalari sodir bo’lganda yoki boshqa sabablar tufayli sug’urta tashkilotlaridan ma`lum miqdorda qoplama (mablag’) oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Sug’urta fondining sug’urta badallari hisobidan shakllanishi o’ziga xos jarayon bo’lib, u badal miqdorini aniqlash bilan bog’liq qator tushunchalarga egadir. Bu tushunchalarga quyidagilar kiradi: Sug’urtaviy baholash Sug’urta summasi Sug’urta tarifi Sug’urta muddati Sug’urta boqimandasi Sug’urta to’lovi Sug’urtaviy baholash. Bu mol-mulk sug’urtasida qo’llaniladi. Sug’urtaviy baholash asosida sug’urta ob`yektlarining qiymati aniqlanadi va sug’urta badallari hisoblanadi. Sug’urta so’mmasi – sug’urta ob`yektining qancha miqdorda (summaga) sug’urta qilinganidir. Sug’urta ta`rifi – sug’urta so’mmasi miqdoriga qarab hisoblanadigan badalning stavkasidir. Sug’urta tarifi asosida sug’urta to’lovlari hisoblab chiqiladi. Sug’urta muddati – sug’urta ob`yektlarining qancha vaqtga sug’urta qilingani. Sug’urta muddati bilan uning amal qilish muddatining boshlanish tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Sug’urta muddati sug’urta to’lovining birinchi badali to’langan davrdan boshlanadi. Sug’urta boqimandasi. Sug’urta badallarini to’lash muddatlari majburiy sug’urta bo’yicha amalda, ixtiyoriy sug’urta bo’yicha esa sug’urta shartnomasida ko’rsatiladi. Agar badal bеlgilagan to’lov muddatida to’lanmasa, u holda to’lov boqimandaga aylanadi. Ixtiyoriy sug’urta bo’yicha shartnomada ko’rsatilgan muddatda to’lanmagan to’lov shartnomaning bеkor qilinishiga asos bo’ladi. Majburiy sug’urta turlari bo’yicha to’lov muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan bеlgilanadi. O’z vaqtda to’lanmagan to’lov boqimandaga aylanadi, har bir kun uchun pеniya hisoblanadi. Sug’urta to’lovi – tarif asosida hisoblangan sug’urta badalidir. Sug’urta fondini sarflash bilan aloqador atamalar: Sug’urta hodisasi Sug’urta dalolatnomasi Sug’urtada zarar
  • 43 Sug’urta rеntasi Sug’urta qoplamasi Sug’urta hodisasi. Sug’urta xavf-xatarida ko’zda tutilgan favqulotda tasodiflardan birortasining sodir bo’lishi sug’urta hodisasidir. Bunday hodisalarga mulk sug’urtasida – tabiiy ofatlar, yong’in, falokat, portlash va boshqalar, shaxsiy sug’urtada – esa ma`lum yoshga yetish, sodir bo’ladigan baxtsizlik hodisalari, vafot hodisalari kiradi. Sug’urta dalolatnomasi (akti). Bu sug’urta hodisasining sodir bo’lganligini va uning sabablarini isbotlab bеruvchi rasmiy hujjat. Mulk sug’urtasida dalolatnoma asosida zarar miqdori va unga to’lanadigan qoplama miqdori aniqlanadi. Hujjat qoplama olishda asos bo’ladi. Shaxsiy sug’urtada sug’urta dalolatnomasi baxtsizlik hodisasini tasdiqlash, uni sug’urtalanuvchini bu hodisa xizmat vazifalarini bajarishida yoki yo’lda bo’lganida sodir bo’lganini aniqlashga imkon bеradi. Sug’urtaning boshqa turlari bo’yicha dalolatnoma talab qilinmaydi, tibbiyot tashkilotining ma`lumotnomasi yetarli bo’ladi. Sug’urtada zarar – sug’urta bahosida ishdan chiqqan yoki bir qismi zararlangan mulk bahosi tushuniladi. Sug’urta rеntasi – qo’shimcha nafaqani sug’urtalash asosida sug’urtalanuvchiga oy yoki yil davomida to’lanadigan muntazam daromaddir. Qo’shimcha sug’urta nafaqasida agar badallar o’z vaqtida to’lab borilgan bo’lsa, pеnsiya yoshiga chiqqan oydan boshlab, qo’shimcha pеnsiya to’lanadi. Sug’urta qoplamasi – sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi tufayli yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun ajratilgan mablag’. Xalqaro sug’urta atamalari mazmuni bir yo’nalishga ega bo’lmaganligi uchun ularning mazmunini alohida masala sifatida yoritib o’tamiz. Sug’urta bozori – bu pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda oldi-sotdi ob`yekti bo’lib sug’urta xizmatlari bo’ladi va bu bozorda shu tovarga nisbatan talab va taklif shakllanadi. Sug’urta bozori bir nеcha sug’urta tashkiloti tashabbusi bilan shakllanadi. Sug’urta portfеli. Sug’urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar yig’indisi yoki tuzilgan va to’langan shartnomalar soni. Sug’urta bonusi. Transport sug’urtasida qo’llaniladigan atama bo’lib, bu orqali uzoq yillar davomida falokasiz ishlagan sug’urtalanuvchilarga sug’urta badali hisobidan bеriladigan yengilliklar. Bu yengillikla

Korporativ moliya

Korporativ moliya – bu korporatsiyalarning mablag ‘manbalari, kapital tuzilishi va investitsiya qarorlari bilan qanday munosabatda bo’lishlari bilan shug’ullanadigan moliya bo’limi. Korporativ moliyalashtirish, birinchi navbatda, uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirish va turli xil strategiyalarni amalga oshirish orqali aksiyadorlar qiymatini maksimal darajaga ko’tarish bilan bog’liq. Korporativ moliyaviy faoliyat kapital qo’yilmalar to’g’risida qaror qabul qilishdan tortib, investitsiya banklariga qadar.

Korporativ moliya

Korporativ moliya to’g’risida tushuncha

Korporativ moliya bo’limlari o’z firmalarining moliyaviy faoliyati va kapital qo’yilmalar bo’yicha qarorlarni boshqarish va nazorat qilish bilan shug’ullanadilar. Bunday qarorlarga taklif qilingan sarmoyani davom ettirish yoki kapital, qarz yoki har ikkisi bilan investitsiya uchun to’lash kerakmi kiradi.

Asosiy mahsulot

  • Korporativ moliyalashtirish ko’pincha firmaning kapital qo’yilmalar va boshqa investitsiyalar bilan bog’liq qarorlarni qabul qilish to’g’risidagi qarori bilan bog’liq.
  • Korporativ moliya operatsiyalarga ta’sir ko’rsatadigan qisqa muddatli moliyaviy qarorlarni boshqaradi.
  • Kapital qo’yilmalardan tashqari, korporativ moliya manbali kapital bilan ham shug’ullanadi.

Shuningdek, aktsiyadorlar dividend olishlari kerakmi yoki yo’qligini ham o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, moliya bo’limi joriy aktivlarni, joriy majburiyatlarni va zaxiralarni nazorat qilishni boshqaradi.

Korporativ moliyaviy vazifalar turlari

Kapital qo’yilmalar

Korporativ moliya vazifalariga kapital qo’yilmalarni kiritish va kompaniyaning uzoq muddatli kapitalini joylashtirish kiradi. Kapital qo’yilmalarni hal qilish jarayoni, avvalambor, kapital byudjetini shakllantirish bilan bog’liq. Kapital byudjetni tuzish orqali kompaniya kapital xarajatlarni aniqlaydi, taklif etilayotgan kapital loyihalardagi kelajakdagi pul oqimlarini taxmin qiladi, rejalashtirilgan investitsiyalarni potentsial daromadlar bilan taqqoslaydi va kapital byudjetiga qaysi loyihalarni kiritishni hal qiladi.

Kapital qo’yilmalarni kiritish, ehtimol, biznesga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan eng muhim korporativ moliya vazifasidir. Sifatli kapital byudjetni rejalashtirish (masalan, haddan tashqari sarmoyalash yoki kam mablag ‘bilan ta’minlangan mablag’lar) moliyaviy xarajatlarni ko’payishi yoki operatsion imkoniyatlarning etarli emasligi sababli kompaniyaning moliyaviy holatini buzishi mumkin.

Korporativ moliyalashtirish korporatsiyani moliyalashtirish, investitsiya va kapital byudjetini qarorlar bilan bog’liq faoliyatni o’z ichiga oladi.

Kapital moliyalashtirish

Korporativ moliya, shuningdek, qarz yoki o’z kapitali ko’rinishidagi kapitalni jalb qilish uchun javobgardir. Kompaniya tijorat banklaridan va boshqa moliyaviy vositachilardan qarz olishi yoki kapital bozorlarida sarmoyaviy banklar (IB) orqali qarzdorlik qimmatli qog’ozlarini chiqarishi mumkin. Shuningdek, kompaniya aktsiyalarni aktsiyadorlik investorlariga sotishni tanlashi mumkin, ayniqsa biznesni kengaytirish uchun katta miqdordagi kapital kerak bo’lganda.

Kapital moliyalashtirish – qarz va kapital o’rtasidagi nisbiy miqdorlar yoki og’irliklar to’g’risida qaror qabul qilish nuqtai nazaridan muvozanatlashtiruvchi harakat. Juda ko’p qarzga ega bo’lish defolt xavfini oshirishi mumkin va o’z kapitaliga tayanib, erta investorlar uchun daromad va qiymatni susaytirishi mumkin. Oxir oqibat, kapital moliyalashtirish kapital qo’yilmalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kapitalni ta’minlashi kerak.

Qisqa muddatli likvidlik

Shuningdek, korporativ moliya oldiga qisqa muddatli moliyaviy menejment ham yuklanadi, bunda maqsad doimiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun etarli likvidlikni ta’minlashdir. Qisqa muddatli moliyaviy boshqaruv joriy aktivlar va joriy majburiyatlar yoki aylanma mablag’lar va operatsion pul oqimlari bilan bog’liq. Belgilangan muddatda kompaniya barcha majburiyat majburiyatlarini bajara olishi kerak. Bu kompaniya faoliyatini buzmaslik uchun etarli likvidli aktivlarga ega bo’lishni o’z ichiga oladi. Qisqa muddatli moliyaviy menejment, shuningdek likvidlikni ta’minlash uchun qo’shimcha kredit liniyalari olish yoki tijorat hujjatlarini chiqarishni o’z ichiga olishi mumkin.

Korporativ moliya

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan 2016 yil 22 yanvardagi 26-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan
dasturi asosida ishlab chiqilgan.

Tuzuvchi:
S.Elmirzaev – TMI, “Moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri, iqtisod
fanlari doktori

Taqrizchilar:
R.Karlibaeva – TDIU, “Korporativ boshqaruv” kafedrasi dotsenti,
iqtisod fanlari nomzodi
N.Jiyanova – TMI, “Moliya” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari
nomzodi

“Korporativ moliya” fanidan o’quv-uslubiy majmua Toshkent moliya
institutining Kengashida ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida
foydalanishga tavsiya etilgan (2018 yil ___ ______, “____” sonli qarori).

MUNDARIJA

KIRISH.
O’QUV MATERIALLARI .
1-MAVZU: KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI VA UNING
TASHKIL ETILISHI.
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

2-MAVZU: KORPORATIV TUZILMALARDA MOLIYAVIY
MENEJERNING ROLI
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

3-MAVZU: MOLIYAVIY BOZORDA KORPORATSIYA .
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

4-MAVZU: PUL MABLAGʻLARINING VAQT BOʻYICHA QIYMATI
KONSEPSIYASI.
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

5-MAVZU: KORXONALARNI MOLIYALASHTIRISHNING OʻZ
MANBALARI.
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

6-MAVZU: QARZ MABLAG’LARI HISOBIGA MOLIYALASHTIRISH……
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

7-MAVZU: KORPORATIV MOLIYADA XORIJIY KAPITALNI JALB
ETISH
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

8-MAVZU: KAPITAL TARKIBI VA BAHOSI .
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

9-MAVZU: MOLIYAVIY AKTIVLAR DAROMADLILIGINI BAHOLASH
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

10-MAVZU: SOF JORIY QIYMAT USULLARI BOʻYICHA
INVESTITSION QARORLARNI QABUL QILISH

MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

11-MAVZU: RISK VA DAROMADLILIK.
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

12-MAVZU: OPSIONLARNING MOHIYATI VA QOʻLLANILISHI………..
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

13-MAVZU: DIVIDEND SIYOSATINING NAZARIY ASOSLARI .
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

14-MAVZU: KORXONALARDA SOLIQLARNI REJALASHTIRISH .
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.
15-MAVZU: KORPORATIV BIRLASHISHLAR VA QOʻSHIB OLISHLAR
MA’RUZA MATNI .
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI .

GLOSSARIY .

ILOVALAR .

KIRISh

Korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini
ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil
etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi
va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi. Moliyaning aynan shu sohasida
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi
shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining
asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korxonalar daromadlari oʻz-oʻzini
moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda
boshqa yoʻnalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
korporativ moliyaning moliya tizimi markaziy boʻgʻini sifatida yuzaga chiqishini
koʻrishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini
ta’kidlashimiz lozim boʻladi. Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro
moliya tizimining asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolagʻa
boʻlmaydi. Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali
tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro
iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Buning uchun
esa tayyorlanayotgan iqtisodchi mutaxassislarning korporativ moliya boʻyicha
bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻlishlari talab etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi
tasdiqlandi. Unga ko’ra 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim
tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish, korporativ moliyaviy
munosabatlar, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari
ham qo’yildi.
Harakatlar strategiyasida oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 20 aprelda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan
“2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi”
tasdiqlandi.
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturini
joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksida belgilangan “Zamonaviy o’quv,
o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar (jumladan, xorijiy adabiyot asosida) bilan

ta’minlash”da o’quv-uslubiy majmualar tayyorlash va o’quv jarayonida qo’llash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu boisdan “Korporativ moliya” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy
majmua amaldagi qonunchilik, Harakatlar strategiyasi va qabul qilingan dasturlar,
vazirlik tomonidan tasdiqlangan fan dasturi, korporativ boshqaruv bo’yicha xorijiy
tajriba asosida ishlab chiqildi.
Unda birinchi o’rinda fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar mavzulari
yoritib berilgan. Har bir mavzu bo’yicha: reja savollari, tayanch so’z va
iboralar, asosiy matn berilgan bo’lib, ma’ruzalar bo’yicha o’quv
materiallar
matni
ko’rgazmali
elementlar,
rasmlar,
diagramma,
gistogramma, grafiklar, qiziqarli havolalar, misollar keltirilgan. Xorijiy
adabiyotlardan havolalar olingan.
Ikkinchi o’rinda fan dasturiga muvofiq amaliy mashg’ulotlarda
ko’riladigan masalalar, topshiriqlar berilgan. Unda har bir mavzu
bo’yichatopshiriqlar variantlari, masala va misollar, keys-stadilar, nazorat
savollari, horijiy va mahalliy adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Shundan so’ng fan bo’yicha mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
mavzulari, ularni o’zlashtirish bo’yicha zarur uslubiy ko’rsatmalar
berilgan. Fan dasturiga muvofiq mustaqil ishlar mavzulari, mazmuni,
maqsadi, kutilayotgan natijasi, variantlari, zarur tushuntirishlar hamda
mustaqil vazifalarini bajarishga qaratilgan boshqa ma’lumotlar keltirilgan.
Fan bo’yicha tayanch so’z va iboralar o’zbek, rus va ingliz tillarida
keltirilgan bo’lib, ularning mohiyatini to’g’ri anglash korporativ
boshqaruv sohasini to’liq o’rganishga xizmat qiladi.
Shuningdek o’quv-uslubiy majmuaga ilova sifatida fan dasturi,
testlar, tarqatma materiallar, baholash mezonlari keltirilgan.
Umuman yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, o’quv-uslubiy
majmua materiallarini to’liq o’zlashtirish, talabalarga etkazish fanni to’liq
o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

I bob. KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI VA UNING TASHKIL
ETILISHI
Reja:
1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
1.2. Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari
1.3. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritishning oʻziga xos
xususiyatlari
1.4. Korporativ moliyaviy siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari

Tayanch soʻz va iboralar: moliya, korporativ, korporativ moliya, moliyaviy
munosabat, prinsip, biznes, tashkiliy-huquqiy shakl, korporativ moliyaviy siyosat,
oʻzini oʻzi moliyalashtirish, majburiyatlar boʻyicha javobgarlik

1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi
sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor
munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti sotuvchi va xaridor sifatida
qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ
moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul
mablagʻlarining sub’ektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning
yuzaga kelish asosiy shartidir.
Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini
yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini
anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va
taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida
xizmat qiladi.
Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati
bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida,
xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan
hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz
nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni
amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va
javobgar boʻla oladigan tashkilotni anglatadi.
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni
iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha guruhlash mumkin:
– ta’sischilar oʻrtasida;
– alohida korxonalar oʻrtasida;
– korxonalar va ularning boʻlinmalari oʻrtasida;
– korxonalar va ularning ishchi-xodimlari oʻrtasida;
– korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar oʻrtasida, moliya-sanoat
guruhlari tarkibidagi biznes sub’ektlari oʻrtasida, xolding tarkibidagi biznes
sub’ektlari oʻrtasida;

– korxonalar va davlat moliya tizimi oʻrtasida;
– korxonalar va bank tizimi oʻrtasida;
– korxonalar va sugʻurta kompaniyalari oʻrtasida;
– korxonalar va fond birjalari oʻrtasida;
– korxonalar va investitsiya institutlari oʻrtasida.
Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli
fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va vazifalari belgilanadi.
Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xoʻjalik faoliyatini kerakli
mablagʻlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni
kengaytiradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy
texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy etadi;
sub’ektlarni iqtisodiy ragʻbatlantiradi; budjet, bank va hokazolar bilan hisob-
kitoblarni amalga oshiradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, korporativ moliya moliya tizimida muhim rol
oʻynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur boʻgʻinini samarali tashkil etish va
rivojlantirish aniq prinsiplarga asoslanadi. Ular korporativ tuzilmalarning ta’sis
hujjatlarida belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalar bilan bevosita bogʻliq va ular
quyidagilar:
– moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish;
– oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini moliyalashtirish;
– aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga
ajratish;
– moliyaviy zaxiralar tashkil etish.
Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish prinsipi
mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holda ishlab
chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularni amalga
oshirishda korxonalarga toʻliq mustaqillik taqdim etilganligini oʻzida ifodalaydi.
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan kelib
chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va oʻz faoliyatini rejalashtiradi.
Tezkor va joriy rejalar asosini xaridorlar bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va
mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta’minlash boʻyicha
tuzilgan shartnomalar tashkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada koʻzda tutilgan
tadbirlarni pul mablagʻlari bilan ta’minlashga, shuningdek, davlat budjeti bilan
hisob-kitoblarni kafolatlashga qaratilgan. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish oʻz
moliyaviy resurslari (sof foyda), zarur holatlarda qarz mablagʻlari va boshqa jalb
qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash prinsipi korxonani rivojlantirish uchun
yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab
olinishini nazarda tutadi. Bu mablagʻlar tegishli korxona xususiy kapitalining
minimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Korxona oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashda takror ishlab chiqarish jarayonini
oʻz manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli budjetlarga soliqlar toʻlaydi.
Amaliyotda mazkur prinsipga amal qilish barcha korxonalarda samarali ishlashni
va zararlarni tugatishni talab qiladi.

Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashdan farqli ravishda oʻz-oʻzini moliyalashtirish
nafaqat samarali faoliyat koʻrsatish imkonini beradi, balki tadbirkorlik faoliyati
asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish imkonini ham yaratadi. Oʻz-oʻzini
moliyalashtirish prinsipi shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq
intizomiga rioya qilish orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish
imkonini beradi. Xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida jarimalar
toʻlash, shuningdek, boshqa tashkilotlarning zararlarini qoplash mahsulot yetkazib
berish boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan korxonani ozod qilmaydi.
Oʻz-oʻzini moliyalashtirish prinsipini amalga oshirish uchun quyidagi
shartlarga rioya qilish lozim:
– joriy va investitsion faoliyat boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli
miqdorda oʻz kapitalini jamgʻarish;
– kapitalni joylashtirish uchun maqbul yoʻnalishlarni tanlash;
– asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish;
– tovar va moliya bozorlari talabiga moslasha olish.
Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimlari sinxronligini
ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki pul oqimlari
oʻzaro mosligini ta’minlash faoliyat uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa
kapitalni oqilona joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy
nazoratga olinishi lozim boʻladi.
Aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga
ajratish prinsipi alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik
xususiyatlarga koʻra belgilanadi. Mavsumiylik xususiyatiga ega tarmoqlarda
(savdo, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) aylanma mablagʻlarni
shakllantirishning qarz manbalarining ulushi yuqoriligini kuzatish mumkin.
Mavsumiylik xususiyatiga ega boʻlmagan tarmoqlarda (ogʻir sanoat, transport,
aloqa) aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalari tarkibida oʻz aylanma
mablagʻlari ustunlikka ega boʻladi.
Moliyaviy zaxiralar tashkil etish hamkorlar oldida oʻz majburiyatlarini
bajarmaslik
natijasida
moddiy
javobgarlikning
oʻsib
borishi,
bozor
konyukturasining mumkin boʻlgan tebranishlari sharoitida korxonalarda barqaror
faoliyatni ta’minlash uchun zarurdir. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy
zaxiralar qonunchilikda belgilangan tartibda sof foyda hisobidan shakllantiriladi.
Boshqa xoʻjalik sub’ektlarida esa moliyaviy zaxiralar ta’sis hujjatlari asosida
tashkil etiladi. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar oʻzining ustavida
nazarda tutilgan, lekin oʻz ustav kapitalining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan
miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. MChJ zaxira fondi
jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan
ajratmalar qilish yoʻli bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyat
ustavida belgilab qoʻyiladi, lekin u jamiyat ustavida belgilangan miqdorga
yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Amaliyotda mazkur prinsiplarga rioya qilishni ta’minlash korporativ
moliyani boshqarish tizimlarini tashkil etish va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish

orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga
muvofiq:
– faoliyat doirasi va yoʻnalishlari (mahalliy yoki xalqaro doirada; eksport
yoki import);
– tarmoq xususiyatlari;
– tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari.
Keltirilgan prinsiplarga rioya qilish korxonalarning moliyaviy barqarorligi,
toʻlovga layoqatliligi, daromadliligi va bozordagi faolligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli xil
shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli omillarga bogʻliq
holda amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash lozim boʻladi: belgilangan
asosdagi tashkiliy-huquqiy xususiyatlar; kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni
oʻzida ifodalovchi mulkchilik shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga
resurslar, shu jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra
faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan
tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish lozim boʻladi.
Umuman keltirib oʻtilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda korxonalardan
resurslarni oʻzlashtiribgina qolmasdan qoʻyilgan maqsadlarga erishish ham talab
etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb
etuvchi masalalar oʻz yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes
faoliyati muvaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng
asosiysi maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini doimiy yangilab
borishga ham imkon beradi.

Korporativ moliya bo’yicha maslahat: Перевод с узбекского на русский, значение, синонимы, антонимы, примеры предложений

Примеры предложений: korporativ moliya bo’yicha maslahat

  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на польский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на арабский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на болгарский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на испанский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на французский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на греческий
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на хинди
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на иврит
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на индонезийский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на норвежский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на португальский
  • korporativ moliya bo’yicha maslahat – перевод на турецкий

Error message sent successfully!