Press "Enter" to skip to content

Toshkentni vayron qilgan tong: 1966 yilgi zilzilaga 55 yil to‘ldi

Kutilmagan voqealar rivoji

Aybdor deb topilgan manyak Chikatilo, SSSR samolyotini olib qochgan ota-bola va iste’fo bergan Qirg‘iziston prezidenti. Kun xronologiyasida 15-oktabr

15-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan SSSR samolyotini Turkiyaga olib qochgan ota-bola Brazinkaslar, 52 kishining o‘limida aybdor deb topilgan seriyali qotil Andrey Chikatilo va iste’fo bergan Qirg‘iziston prezidentiga oid faktlar o‘rin olgan.

SSSR samolyotini Turkiyaga olib qochgan ota-bola

1970-yilning 15-oktabr kuni litvalik Pranas va Algirdas Brazinskaslar Turkiyada Sovet Ittifoqiga tegishli Batumidan Suxumiga uchayotgan “An-24” samolyotini olib qochgandi. Havo kemasini o‘g‘irlash vaqtida terrorchilar uchuvchi kabinasiga kirishiga qarshilik ko‘rsatgan styuardessa Nadejda Kurchenko otib o‘ldirilgandi. Oradan to‘rt yil o‘tgach amnistiya bilan turk qamoqxonasidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan Brazinskaslar noqonuniy yo‘l bilan AQSHga borib, u yerda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritgan. Ammo ularning Kaliforniyadagi hayoti baxtli kechmagan. 2003-yilda o‘g‘il otasini gantel bilan urib o‘ldirgan.

Foto: Wikimedia Commons

SSSRda samolyotlarni o‘g‘irlash XX asr o‘rtalaridan boshlab tez-tez uchrab turgan. Xususan, 1954-yilda ekipaj Leningrad—Tallin yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan “Li-2” samolyotining o‘g‘irlanishiga to‘sqinlik qilgandi. O‘sha yilning o‘zida ta’qibdan qochib yurgan ikki bezori Yoqutistondagi aerodromga kirib, “An-2”ni AQSHga olib qochmoqchi bo‘lgan. Uch yildan keyin esa uch nafar yosh arman — aktyor, chilangar va chayqovchi “Yak-12M”da Turkiyaga qochmoqchi bo‘ladi. Barcha holatlar havo kemalarining halokati bilan yakunlangna. O‘g‘rilardan biri halok bo‘lgan, ikkitasi haqida ma’lumotlar yo‘q — ular otib tashlangan yoki uzoq muddatga qamoqqa hukm etilgan.

1964-yilning sentabrida ikki jinoyatchi Moldovadagi samolyotni egallashga uringan. Ular G‘arbga borish niyatida bo‘lgan, ammo buni amalga oshira olmagan: ulardan biri o‘zini otib qo‘ygan, ikkinchisi hukumat vakillari tomonidan ushlangan. Keyingi 19 yil davomida Sovet Ittifoqida havo kemalarini o‘g‘rilash borasida 44 ta urinish bo‘lgan.

1970-yilning 15-iyunida sovet yahudiylari guruhi Leningrad viloyatida “An-2” yo‘lovchi samolyotini egallashga va uni Shvetsiyaga minib qochishga uringan. Bunday aksiyaga hukumatning ularni Isroilga ketishiga ruxsat bermagani sabab bo‘lgan. Shunday keyin SSSR o‘zining Isroildan kelgan muhojirlar borasidagi pozitsiyasini yengillatishga sabab bo‘lgan.

Samolyot o‘g‘rilashlarning aksariyati halokat yoki qamoq bilan yakunlangan. Ammo tarixga buni uddalaganlar ham ma’lum. Yorqin misollardan biri 52 yil oldin sodir bo‘lgan. Litvalik ikki fuqaro — 45 yoshli Pranas Brazinskas va uning 15 yoshli o‘g‘ri Algirdas “odozlik”ka erishmoqchi bo‘ladi. Oila boshisi SSSRda yaxshi karyera qilish imkonsiz bo‘lgan murakkab biografiyaga ega bo‘lgan.

Ikkinchi jahon urushi vaqtida katta Brazinskas ko‘ngilli sifatida vermaxtning yordamchi qo‘shinlarida xizmat qilgan. Keyinroq “o‘rmon inilari”ga yordam bergan, oxir-oqibat savdo sohasiga o‘tgan bir necha bor iqtisodiy jinoyatlari uchun hibsga olingan. So‘nggi hukmni u oxiriga qadar o‘tamasdan amnistiya bilan chiqqan. 1970-yilda u O‘zbekistonga ko‘chib o‘tib, chayqovchilik bilan shug‘ullangan. “KGB”ga yana qiziqish uyg‘otayotganidan xabar topgan litvalik SSSRdan qochib ketishga qaror qiladi.

Shunday qilib, 1970-yilning 15-oktabr kuni “An-24” samolyoti Batumidagi yo‘lovchilarni Krasnodarga eltishi, yo‘lda Suxumida to‘xtashi kerak bo‘lgan. Havo kemasi komandiri Georgiy Chaxrakiyadan tashqari ekipajda ikkinchi uchuvchi Suliko Shavidze, bortmexanik Oganes Babayan, shturman Valeriy Fadeyev va yil oxirida turmushga chiqishni rejalashtirgan 19 yoshli styuardessa Nadejda Kurchenko bo‘lgan. Yo‘lga ketadigan vaqt yarim soatdan ko‘proqni tashkil etgan — ikki shahar o‘rtasidagi yo‘l Qora dengiz uzra 200 kilometrni tashkil etadi.

Foto: Wikimedia Commons

Parvozdan besh daqiqa o‘tib, soat 12:40 da ikki yo‘lovchi styuardessani chaqirgan va uning qo‘liga konvertni tutqazib, uchuvchilarga berishni so‘ragan. Ularning birida sovet armiyasi ofitserining formasi bo‘lgan. Terrochilar xatga “Buyruq №9” deya sarlavha qo‘ygan: ular Turkiya tomon uchishni va radioaloqani uzishni talab qilgan, aks holda o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bu vaqtda katta Brazinskas qo‘ruvga tushgan yo‘lovchilarga samolyotda endi sovet hokimiyati yo‘qligini e’lon qilgan. Qo‘lida qirqilgan miltiq bilan o‘qtalgan, o‘g‘li esa pistolet ushlab olgan.

Favqulodda vaziyatda sarosimaga tushmagan Kurchenko uchuvchilar oldiga “Hujum!”, deya yugurgan. Bosqinchilar uning ortidan chopgan. “Hech kim o‘rnidan turmasin! Aks holda samolyotni portlatib yuboramiz”, — baqirgan Algirdas.

Jasur styuardessa ularning kabinaga kirishiga to‘sqinlik qilgan. “U yerga mumkin emas! Ular qurollangan”, — qizning so‘nggi so‘zlari edi. Ota Brazinskas ikki marta o‘q uzgan va Kurchenko voqea joyida halok bo‘lgan.

Kema kapitani turli manyovrlarni qilishga kirishgan: samolyotni birdan pastga va tepaga yo‘naltirgan, ammo terrorchilar oyoqda qolgan. Uchuvchilar kabinasiga kirib borgan litvaliklar o‘q uzishni boshlagan. Natijada Chaxrakiya, Babayan va Fadeyev yaralangan. Havo kemasi kapitani yaralangach, ko‘ksi bilan shturvalga yiqilgan va samolyot aylanishni boshlagan. Halokatda katta qiyinchilik bilan qutulib qolingan.

Uchuvchilar orqasiga turib olgan Pranas ularga samolyotni Trabzonga boshqarishni buyurgan. Algirdas yo‘lovchilarni nazorat qilish uchun salonga qaytgan. Uchuvchilar ayyorlik qilib, “An-24”ni Gruziya SSRdagi Kobuleti harbiy aerodromiga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan. Ammo Brazinskas ularning rejasidan xabar topib, granatani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Oxir-oqibat ekipajning terrorchilar talabini bajarishdan boshqa yo‘li qolmagan. Shavidze dispetcherga samolyot egallagani to‘g‘risida yashirin signalni yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Shu sababli turk chegarachilari mamlakat hududiga noqonuniy ravishda kirib kelgan bortni urib tushirmagan. Trabzon aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘g‘irlangan samolyotni kutib turishardi.

Foto: Wikimedia Commons

Brazinskaslar trapdan xuddi g‘oliblardek tushib kelgan. “Mana o‘sha ozodlik!”, — degan ota Turkiya yeriga oyoq qo‘ygach. Jinoyatchilar qurollarni o‘z xohishlari bilan mahalliy politsiyachilarga topshirgan. Katta Brazinskas o‘zlarining SSSRga topshirib yuborilishi mumkinligini bilgani bois, o‘zi va o‘g‘lini siyosiy qochoq deb e’lon qilgan. Bunday xavf rostdan ham mavjud edi, biroq litvaliklar tarafini AQSH olgan. So‘roqlarda natsitslarning sobiq yordamchisi o‘zini sovet rejimi qurboni sifatida ko‘rsatib, qamoqqa o‘g‘riligi uchun emas, balki kommunizmga qarshi faoliyati uchun tiqilganini aytgan.

Trabzondagi voqea butun dunyoga ovoza bo‘lgan. Brazinskasning ko‘rsatmalarini ko‘pchilik repressiya qurbonining so‘zlari sifatida qabul qilgan. O‘g‘rilarning ko‘rsatmalari Litva Oliy qo‘mitasi raisi Yuozas Valunasgacha yetib borgan bo‘lib, u Turkiya prezidentidan terrochilarni Sovet Ittifoqiga topshirmaslikni so‘ragan. Jinoyatchi ota sakkiz yil, o‘g‘liga ikki yil qamoq jazosi tayinlangan. 1974-yilda ular amnistiyaga tushib ozodlikka chiqqan.

AQSHning Anqaradagi elchixonasidan siyosiy qochoq maqomini ololmagan Pranas omma oldida o‘zini o‘zi o‘ldirish bilan amerikaliklarni shantaj qilishga uringan. 1976-yilda Brazinskaslar Venesuealaga yo‘l oladi. Ikki oydan keyin ular Kanadaga uchgan samolyotga o‘tirgan, biroq Nyu-Yorkka amalga oshirilgan tranzit to‘xtashda ular AQSH hududida noqonuniy ravishda qolib, migratsiya xizmati tomonida ushlangan. Litva diasporasining da’vo arizasi bilan Brazinskaslar AQSHda yashash huquqini qo‘lga kiritgan. SSSR ularni qaytarishga rosa uringan.

Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgan ota-bola Frenk va Albert Uaytga aylangan.

Algidras yangi sharoitga moslashib ketgan. U oila qurib, buxgalter sifatida ish boshlagan, ammo otasining moslashishi qiyin kechgan. Pranas ingliz tilini o‘rgana olmagan, o‘g‘li bilan lit yoki rus tilida so‘zlashgan. Qo‘shnilar uning agressiv harakatlaridan doim shikoyat qilib kelgan.

2002-yilning 10-fevralida sodir bo‘lgan navbatdagi oilaviy janjalda Algirdas gantel bilan otasini urib o‘ldirgan. Ayblanuvchining advokati sudda uning nomidan “qariyaga umuman chidab bo‘lmay qolgandi”, degan.

52 kishini o‘ldirganlikda ayblangan Chikatilo

1992-yilning 15-oktabr kuni seriyali qotil Andrey Chikatilo 52 kishini o‘ldirganlikda aybdor deb topilgandi. Oradan ikki yil o‘tib, 58 yoshida u Novocherkask qamoqxonasida gardaniga o‘q uzilgan holda qatl etilgan. Uni xalq tilida “Quturgan maxluq”, “X odam” va hatto “Iblis” deb atashgan. Chikatilo 53 kishini o‘ldirganlikda aybdor deya topilgan, uning o‘zi esa 56 kishini o‘ldirganini tan olgan, manbalar esa 65 kishi haqida gapirgan. Qurbonlarning eng kichigini yoshi sakkizda bo‘lgan.

Foto: “RIA Novosti”

Chikatilo 1936-yilning 16-oktabrida Ukrainaning Suma viloyatida tug‘ilgan. Bolalik yillari haqida ma’lumotlar kam, shu sababli uning biografiyasini o‘rganganlar uchun yagona manba Chikatiloning o‘zi aytib bergan gaplardir. Uchta ruhiy ekspertizaning barchasi uning aqli raso ekanini ko‘rsatgan bo‘lsada, aytgan barcha gaplari mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Shunday qilib, seriyalik manyakning so‘zlariga ko‘ra, u dunyoga kelishidan oldin, 1933-yilda akasi Stepan vafot etgan: uni “och” deya ta’riflangan odamlar yeb qo‘ygan ekan. Ushbu ma’lumotni tekshirishning imkoni yo‘q: sud vaqtiga kelib Chikatiloning ota-onasi o‘lib ketgan edi, singlisi esa bundan bexabar bo‘lishi mumkin, urushdan keyingi hujjatlarda buni isbotlaydigan dalillar yo‘q. Umuman olganda ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Stepanni yeb qo‘yishgani haqidagi uydirmani bolaning ota-onasi u uydan uzoqqa ketib qolmasligi uchun o‘ylab topgan bo‘lishi mumkin.

Manyakning eslashicha, urush yillari ular tez-tez bombalardan himoya qiladigan yerto‘lalarga yashirinishga majbur bo‘lgan, 1944-yilda birinchi sinfga “och-yalang” chiqqan. “Maktabda ochlik sabab parta ostiga yiqilib tushardim. Juldur kiyimlarda yurardim. Hammaga kulgi bo‘lib, o‘zimni himoyalay olmas edim. Juda uyatchang, jur’atsiz, tortinchoq bo‘lganman. Agar sinfda ruchka yoki siyohim bo‘lmasa, shunchaki o‘tirib yig‘lardim. Ba’zida o‘quvchilar bu haqida o‘qituvchiga aytardi. U esa ‘Andrey, nima tiling yo‘qmi?!’, derdi. Hojatga chiqqim kelsa ham ruxsat so‘rashga tortinardim”, — deya uning so‘zlarini keltiradi yozuvchi Mixail Krivich o‘zining “O‘rtoq qotil” kitobida.

Foto: “RIA Novosti”

Chikatilo o‘z xotiralarida bolalikda ozg‘in bo‘lganini eslaydi. Bola quvig‘ini tutib turolmaslikdan aziyat chekkan, shu bois 12 yoshigacha onasi uni muntazam kaltaklab kelgan. 18 yoshida birinchi marta 10-sinf Lilya Barishevani yaxshi ko‘rib qolgan. Uning “kamtarligi” va “nazokati” yigitga yoqib qolgan. “Maktabda bizga oliyjanob muhabbatni o‘rgatishgan. Lilining yuzidagi kulgichlar menga yoqardi. Ko‘zim xiraligi bois uning ko‘zlari qanday rangdaligini bilmayman, ammo Lilya bilan munosabatlarimiz yaqin edi. Bir safar kinoteatrga tushganmiz, yelkasini yelkamga qo‘yib o‘tirgan, nafasini his qilganman. Sinfdoshlarimiz bizni payqab qolmasligi uchun qimirlamay o‘tirganman. Men har safar Lilya bilan gaplashishni yoki yo‘l-yo‘lakay uning uyiga kirib o‘tishni xohlaganman, lekin bunga hech qachon jur’at eta olmaganman”, — deya eslaydi manyak.

Chikatiloning tan olishicha, u doim “oliy sevgi haqida orzu qilgan”, biroq qizlar qarshisida qaltirab qolgan.

Maktabni tamomlagach, u Moskvaga yo‘l olgan va Moskva davlat universiteti Yuridik fakultetiga hujjat topshirgan, biroq qabul qilinmagan. Chikatiloning o‘zini aytishicha, imtihonlarni yaxshi topshirgan, ammo repressiyaga uchragan partizan otasi sabab o‘qishga olishmagan. O‘qishdan keyin u armiyaga yo‘l olgan. Avvaliga Markaziy Osiyoda chegara qo‘shinlarida, keyinchalik Berlindagi aloqa liniyasida ishlagan. U yerda Kommunistik partiyaga a’zo bo‘lib, 25 yil — 1984-yilgacha uning safida bo‘lgan.

Armiyadan keyin Chikatilo Novocherkaskka yo‘l olib, o‘zining mutaxassiligi bo‘yicha ish qidirgan. Bir yil yashagan erkak Rostov viloyatiga ko‘chib o‘tgan. Chikatilo ba’zida tuman gazetalari uchun maqolalar yozgan, hatto bittasini o‘zi yoqtirib qolgan aloqachi hamkasbiga bag‘ishlagan. Uyatchangligi sabab ular o‘rtasida munosabat o‘rnatilmagan. Keyinroq u kutubxonachini yoqtirib qolgan, ammo ularning muloqoti kitob muhokamasidan nariga o‘tmagan. Tez orada Chikatilo Faina bilan tanishib, unga uylangan. Ular birgalikda 27 yil — erkak hibsga olingunga qadar yashagan. To‘ydan ikki yil o‘tib ularning Lyuda ismli qizi, 1969-yilda o‘g‘li Yura dunyoga kelgan.

1965-yilda Chikatilo Rostov universitetining Filologiya fakultetiga sirtdan o‘qishga kirgan. Kechalari ishdan keyin o‘qishga qatnagan. Diplom olish arafasi u tuman Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi lavozimi egallagan, keyin Novoshaxtinsk shahriga ko‘chib o‘tib, maktabda rus tili va adabiyoti o‘qituvchiga aylangan. Uning jinoiy qilmishlari shu yerda boshlangan. O‘quvchilardan biri Chikatilo unga tegajog‘lik qilgani, biroq u derazadan sakrab qochib ketganini eslagan.

U o‘zining birinchi qotilligini 1978-yilning 22-dekabrida Rostov viloyatidagi Shaxta shahrida amalga oshirgan. Qurbon — 2-sinf o‘quvchisi Lena Zakotnova.

Foto: “RIA Novosti”

Shu kuni bulutli va sovuq havo edi. O‘quvchi yo‘l bo‘ylab uyiga keta turib, bobosinikiga kirib o‘tishga qaror qiladi. Uni oxirgi marta shu kuni soat 18:00 larda tramvay bekatida o‘rta yoshli, qora palto va shapka kiygan erkak yonida tirik ko‘rishgan. Keyinchalik aniqlanishicha, Chikatilo qizga saqich va’da qilib, ortidan ergashtirgan. U qizni xotiniga aytmasdan sotib olgan uyiga taklif qilgan. Erkakning tan olishicha, u uyga kirgan zahoti qizga tashlangan. Ammo impotentligi sabab uni zo‘rlay olmagan va pichoqni olib, qizga sanchgan. Shundan keyingina qotillikdan qandaydir shahvoniy rohat olganini his qilgan. Jasadni esa mahalliy daryoga oqizib yuborgan.

Oradan yillar o‘tgach aniqlanishicha, Zakotnova uning birinchi va oxirgi qurboni bo‘lishi mumkin edi. Erkakni tanigan guvohlarning ko‘rsatmalari izlarni maktab o‘qituvchisi tomon olib borgan. Biroq Chikatilo barchasini rad etgan, militsiya esa unga ishongan. Bu vaqtda boshqa bir gumonlanuvchi — Aleksandr Kravchenko qo‘lga olingan edi. Zakotnovaning o‘ldirilishida aynan shu erkak xatolik sabab otib tashlangan. Kravchenko oldin ham qotilligi uchun sudlangan va u yana bir bor jinoyatga qo‘l urishiga hech kim shubhalanmagan.

Ikkinchi qotillik oradan 2,5 yil o‘tgach sodir etilgan. Oqibatda Chikatilo jinoyatda tobora ko‘proq qo‘l ura boshlagan. Shu bilan birga, u ehtiyot bo‘lib harakat qilgan. Biror joyda barmoq izini qoldirmagan. 1984-yilda u yana hibsga olingan: Toshkentdagi avtovokzalda u fohisha bilan jinsiy ehtiyojini qodirgan. Uning yonida vazelin, sovun va ikki o‘ram arqon topilgan. Ammo undan olingan tahlillar qurbonlarnikiga mos kelmagan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, tibbiyot xodimlari Chikatilodan tahlil olganda o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan.

Foto: “RIA Novosti”

Manyakning oxirgi qurboni 22 yoshli Svetlana Korostik bo‘lgan. U fohishalik bilan shug‘ullangan va 1990-yilning 6-noyabrida Chikatilo bilan o‘z xohishiga ko‘ra o‘rmonga borgan… Platformada navbatchilik qilgan militsiya xodimi o‘rmondan chiqib kelayotgan erkakka e’tibor qaratgan. U qo‘ziqorin teradigan odamga o‘xshamagan, kiyimlari esa g‘alati bo‘lgan. Ofitser uning hujjatlarini so‘ragan. Xodim shubhali erkak haqida bildirgi yozgan. O‘shanda Chikatilo huquq-tartibot organlari xodimlarining e’tiborini tortgan edi. Ikki haftadan so‘ng u hibsga olingan.

Iste’foga bergan Qirg‘iziston prezidenti

1992-yilning aprelida sud boshlangan, Chikatilo o‘zini aqli zaif sifatida ko‘rsatishga uringan. 15-oktabr kuni esa o‘limga hukm qilish jazosi tayinlangan. Seriyali qotilning yengillik so‘rab qilgan barcha murojaatlari rad etilgan.

Bundan ikki yil oldin xuddi shu kuni Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeyenbekov iste’foga chiqqandi. Uning ketishiga mamlakatning yangi bosh vaziri Sadir Japarov erishgan. U oldinroq Jeyenbekov bilan uchrashgan, biroq Japarov lavozimdan ketishdan bosh tortgan. Prezidentning ortida parlament spikeri Kanatbek Isayev ham iste’foga chiqishini e’lon qilgan, natijada Sadir Japarov davlat rahbariga aylangan.

“Bir kishining qo‘lida prezident, bosh vazir va parlament hokimiyati”

Payshanba kuni spiker Isayevning istehaqida bosh vazir Japarov gapirgan — mustaqil manbalar bundan bexabar bo‘lgan. Parlamentning juma kungi yig‘ilishida spiker buni tasdiqlagan.

“Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jeyenbekov iste’fosi sabab asosiy qonunimizga muvofiq, davlat rahbarining vakolatlari parlament spikeriga o‘tadi. Bugun shuni e’lon qilmoqchimanki, men prezident vazifasini bajaruvchi bo‘lishdan bosh torataman”, — degan Isayev.

Qirg‘iziston prezidenti vakolati bosh vazir Sadir Japarovga o‘tadi. Hokimiyat tepasidagi biro dam ham prezident, ham bosh vazir va parlament rahbari bo‘lishi tarixda kuzatilmagan”, — degandi deputat Omurbek Tekebayev.

Bularning barchasi Japarov koloniyadan ozod etilgan tartibsizliklardan keyin yuz bergan. Norozilik namoyishlari parlament saylovlari natijalari e’lon qilinganidan keyin boshlangandi. Parlament juma kungi yig‘ilishida, shuningdek, Bishkekda favqulodda holat rejimini joriy etish qarorini ham bekor qilgan. Rejim prezident Jeyenbekov tomonidan 9-oktabrda joriy etilgandi.

Voqealar rivoji

Payshanba kuni prezident iste’foga ketishini e’on qilgan. “Qadrli hamyurtlarim! Qirg‘izistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimiz birdamligi va jamiyatdagi xotirjamlik men uchun birinchi o‘rinda. Menga har bir yurtdoshimning hayotidan muhimroq narsa yo‘q. Men hokimiyatga yopishib olmayman. Qirg‘iziston tarixida qon to‘kkan va fuqarolariga o‘q uzgan inson sifatida qolishni istamayman. Shu sababli iste’foga chiqishga qaror qildim”, — deyiladi Jeyenbekovning murojaatida.

Jeyenbekov ketgach, davlat rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida parlament spikeri Isayev qolgan. O‘z navbatida u prezidentdan ketmaslikni so‘ragan. Bir necha soat o‘tgach, bosh vazir Japarov Isayev ham lavozimdan ketmoqchiligini aytgan. U hukumat binosi qarshisida to‘plangan tarafdorlari oldiga chiqib, o‘zini prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan.

Qadrdonlar, sizlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun hammasi o‘z joyiga tushdi. Sobiq prezident iste’foga chiqdi, parlament spikeri Kanat Isayev uning vazifasini bajarishni istamadi. Endilikda preizdent va bosh vazirlik majburiyatlari menga o‘tdi. Ishonchlaringiz uchun minnatdorman”, — degan Japarov.

Kutilmagan voqealar rivoji

O‘sha haftaning chorshanba kuni prezident Jeyenbekov Sadir Japarovni hukumat rahbari etib tayinlagandi. Bu ikkinchi urinishda amalga oshgan. Birinchi tayinlovhi prezident bekor qilgan, bunga parlamentda bosh vazirni tayinlash uchun berilgan ovozlarda shubha paydo bo‘lgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Prezident qarorni imzolashi bilan o‘zi tomonidan tayinlangan bosh vazir Jeyenbekovning ketishi haqida gapirishni boshlagan. “Prezidentning iste’fosi — bu xalqning talabi. Bugun prezidentning oldiga boraman va ushbu masalani hal qilamiz”, — degan Japarov jurnalistlarga. Bu vaqtga kelib hukumat binosi qarshisida Japarovning tarafdorlari to‘planib, norozilik namoyishlarini boshlab yuborgan.

Prezident bilan muzokaralarda u Jeyenbekovdan kun oxiriga qadar lavozimni tark etishni talab qilgan, ammo davlat rahbari buni rad etgan. “Prezident mamlakatni huquqiy maydonga qaytarganidan, parlament saylovlari o‘tkazlib, yangi prezident saylovlari e’lon qilinganidan keyin iste’foga ketadi”, — degandi o‘shanda prezident matbuot kotibi Tolg‘onay Stamaliyeva.

Ertasi kuni esa Jeyenbekov “tajovuz to‘xtamayotgani sabab” iste’foga ketishini ma’lum qilgan.

O‘sha vaqtda 51 yoshda bo‘lgan Japarov Qirg‘iziston parlamentiga ikki marta saylangan. 2017-yilning avgustida Bishkek sudi uni asirga olish ishida aybdor deb topib, 11,5 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Jinoyat ishi 2013-yilgi norozilik namoyishida “Qumtor” oltin konida Qorako‘l viloyati rahbari Emilbek Kaptagyev asirga olinganidan keyin qo‘zg‘atilgandi.

Bo‘lajak bosh vazir Bishkekda tartibsizliklar boshlangan kecha — 6-oktabrda ozod etilgan. Tartibsizliklar davomida Japarov bilan birga Jeyenbekovdan oldingi prezident Almazbek Atambayev ham ozod etilgan. Uning tarafdorlari sobiq prezidenti Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qamoqxonasidan chiqarib olgan. Keyinroq u va uning sheriklari hibsga olingan.

“Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

Toshkentni vayron qilgan tong: 1966 yilgi zilzilaga 55 yil to‘ldi

1966 yil 26 aprel. Tong sahar soat 5:22 da Toshkentda zilzila yuz berdi. Bir kunda butun boshli shaharning katta qismi vayronaga aylandi, 78 ming oila boshpanasiz qoldi. Bugun ushbu fojiaga 55 yil to‘ldi.

QALAMPIR.UZ quyidagi maqolada Toshkentni titratgan zilzila, uning oqibatlari va qisqa vaqt ichida olib borilgan keng miqyosdagi qayta qurish ishlari hamda bugungi kunda bunday vayronagarchilikning takrorlanmasligi uchun olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlaydi.

Avvalo shuni aytish joizki, 1966 yildagi zilzila Toshkentni larzaga keltirgan ilk silkinish bo‘lmagan. Shaharda 100 yil oldin 1866 yilda ham kuchli zilzila yuz bergan.

1866 yil 26 aprel

Toshkent shahri seysmik jihatdan faol mintaqada joylashgan bo‘lib, bu yerda 8 balgacha zilzilalar kuzatiladi. 1866 yilning 26 aprel kuni ham Toshkent kuchli zilzilani boshdan o‘tkazgan.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, o‘sha falokat ham shaharga yetarlicha zarar yetkazgan: mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidining gumbazi, aholi yashaydigan imoratlar qulab, ko‘plab qurbonlar berilgan. Bu haqda XIX asrda yashagan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih “Tarixi jadidayi Toshkand” (Yangi Toshkent tarixi) asarida hikoya qilgan.

Zilziladan oldin ko‘ringan shafaq

1966 yilgi falokatga qaytadigan bo‘lsak, zilziladan biroz avval, kuchli portlash sodir bo‘ldi. Shahar chekkasida shafaq ko‘rindi. Keyinroq olimlar shafaq nima sababdan kelib chiqqanini ma’lum qildi. Zilzila o‘chog‘i 5-10 kilometr chuqurda joylashgan bo‘lib, yer ostida yig‘ilgan tektonik kuchlanish yer yuzasiga chiqish vaqtida elektr energiyasiga aylangan va Toshkent aholisiga mana shu energiya shafaq bo‘lib ko‘ringan.

Zilzila oqibatlari

1966 yilgi zilzila oqibatida Toshkentning markaziy qismi: 2 million kvadrat metrdan ziyod turar joy maydoni, 236 ta ma’muriy, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish, 181 ta ta’lim muassasasi, 185 ta tibbiyot, 245 ta sanoat binolari butunlay vayron bo‘ldi.

O‘sha paytda Toshkentda yashovchi 1,5 million kishidan 78 ming oila yoki 300 ming aholi boshpanasiz qoldi. Hukumat qarori bilan vayron bo‘lgan bir qavatli uylarni tiklash o‘rniga yangi zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurildi. 3,5 yil ichida shahar butunlay qayta qad rostladi.

Ittifoq davlatlarining ko‘rsatgan yordami

Zilziladan so‘ng, SSSRning o‘sha vaqtdagi davlat va hukumat rahbarlari L.I. Brejnev, A.N.Kosigin va bir qator vazirlar darhol Toshkentga keldi. Ittifoq darajasidagi hukumat komissiyasi tashkil etildi. Unda Toshkentda Seysmologiya instituti hamda shaharni qayta bunyod etish masalalari ko‘rildi.

Toshkent markazida SSSRga a’zo davlatlar ko‘magi bilan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Shahar markazida hamda uning janubi-g‘arbiy qismida – Chilonzordagi bo‘sh joylarda bir nechta yangi mikrorayonlar qurildi.

Uzoq vaqt davomida ko‘plab uylar, mahalla va ko‘chalar o‘sha qiyin kunlarda Toshkentga yordam bergan shaharlarning nomlari bilan ataldi. Bunday birdamlik sharafiga O‘zbekiston poytaxtida “Jasorat” yodgorlik majmuasi barpo etildi.

Aholining ko‘magi

Fuqarolar ham qarab turgani yo‘q. Ularning shaxsiy va jamoaviy mablag‘larini o‘tkazadigan jamg‘arma tashkil etildi. Mazkur jamg‘armaga 10 million rubldan ortiq pul kelib tushgan. Mablag‘ning 5,5 million rubli yakka tartibdagi turar-joy binolarini ta’mirlash uchun tuman ijroiya qo‘mitalari tomonidan egalariga ajratildi.

Pulning bir qismi shaharda o‘yin maydonlari qurish, odamlar joylashtirilgan vaqtinchalik lagerlarda bepul ovqatlanish va boshqalarga yo‘naltirildi. 15 mingda ortiq oila o‘z roziligi bilan O‘zbekistonning boshqa hududlari yoki qo‘shni davlatlarga joylashtirildi.

O‘sha vaqtda SSSR shoiri Andrey Voznesenskiy Toshkentga yordam berish uchun quyidagi mazmunda chaqiruv-she’rini ham yozgandi:

Pomogite Tashkentu!

Ozverevshim shtaketnikom
vmyata jenina v stenku.
Ti rojayesh, Zemlya.
Govoryat, zdes krasiviye gorniye vstanut
massivi.
No nastolko l krasivo,
chtob jivix raskroshilo?
Yesli les – pomogi,
yesli xleb – pomogi,
yesli yest – pomogi,
yesli net – pomogi!

O‘zbekiston va zilzila

O‘zbekiston faol seysmik mintaqada – Talas-Farg‘ona siljimasi hududida joylashgan, u yerda 4,0-5,5 ballgacha zilzilalar yuz berib turadi. Demak, ushbu tabiiy hodisalarni oldindan prognoz qilish o‘ta muhim masala.

“Butun dunyoda zilzilalarni bashorat qilib, oldindan aytib bo‘lmaydi. Ammo biz bugun bashorat qilishning ilmiy va amaliy bazasini mustahkamlash ustida ish olib bormoqdamiz”, deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti rahbari Vahob Rafiqov.

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi topildi

31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.

Internetda qiz va uning ortidan ta’qib qilib kelgan erkakning videolari tarqalmoqda.

“Kecha kechqurun Telegram-guruhlarda Yangihayot tumanida 12 yashar qizcha bedarak yo‘qolgani va ko‘ngillilar, mahalla ahli hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan qidirilayotgani haqida xabarlar aylana boshladi. Telegramʼda yo‘qolganlarni qidiradigan ko‘ngillilar guruhida kecha soat 22:30 lar atrofida qidiruv e’lon qilindi.

Guruhlarga e’lonlar tarqatishdi, hududga borib qidirishdi. Hamma topilsin deb duo qildi. Onlayn drama, juda tahlikali onlar bo‘ldi. Afsuski, kechasi 2:30 larda qidiruv to‘xtatilgani, qizchaning murdasi mahallasidan, o‘zi yashaydigan uy yaqinidan topilgani aytildi”, deb yozmoqda bloger Shahnoza Soatova.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yozida yollanma ishchi bo‘lib ishlagan va uyda ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

Holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan 29 yoshli erkak Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

“Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolar sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ijtimoiy tarmoqlarda gumondorning surati tarqaldi

Saida Mirziyoyeva 6 dekabr kuni “Zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutlashtirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish zarurligi, bu borada bolalar va o‘smirlarni himoya qilishning aniq va qat’iy mexanizmlarini ishlab chiqish lozimligini ta’kidlagandi.

Senat ishchi guruhi tarkibida bo‘lgan iqtisodchi, jamoatchilik faoli Barnogul Sanaqulovaning aytishicha, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyati sodir etilgan taqdirda, bolalar bilan bog‘liq muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan umrbod mahrum qilishga doir taklif qilingan normalar chiqarib tashlangan. Bosh prokuratura mas’uli buni inson huquqlari toptalishi bilan bog‘liq deya izohlagan.