Press "Enter" to skip to content

М. Тошхонов, Р. Турдиқулова, Ш. Пўлатова лотин тили бакалаврият 5220100 – Филология (испан тили) оғзаки нутқ амалиёти фани бўйича

Davlat tuzumi: Vatikan cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari (o’zining bayrog’i, gerbiga ega) 1929 yilda qabul qilingan.

Lotin tili lug’at kitob

Imlo.uz — бу ўзбек тилининг имло луғатидир. Сайт ўзбек тилидаги сўзлардан таркиб топган. Сайтимизда ҳозирги замон ёшлари ҳаётига дахлдор оммабоп сўзлар, кўп маротаба ва қайта-қайта хато билан ёзиладиган сўзлар жамлаштирилган. Мана шу сўзлар асосида яратилган имло луғати сайти, 87 000 дан ортиқ сўзни ўз ичига олган. Батафсил Imlo.uz лойиҳаси ҳақида

Лойиҳаларимиз

Lotin.uz — фойдаланувчиларга берилган матнни лотиндан кириллга ва аксинча ўгириш хизматини таклиф этади.

Мақол ва нақлларнинг энг катта коллекцияси. Ҳар бир мақол учта тилда (ўзбек, рус, инглиз).

Ўзбек Исмларнинг тўлиқ, батафсил маъноси, келиб чиқиши, шакллари. Ўзингиз ва яқинларингизни исмлари маъносини билиб олинг.

TVinfo.uz — Бугун, эртага ва кейинги ҳафта учун тўлиқ теледастурлар.

Ҳар куни энг сара латифалар ва кулгули расмлар. Ўзбек тилидаги кулгу маркази!

Валютани юқори курсда алмаштириш учун яқин пунктларни аниқлаб берувчи сервис. Пункт жойлашувини картада кўрсатади.

М. Тошхонов, Р. Турдиқулова, Ш. Пўлатова лотин тили бакалаврият 5220100 – Филология (испан тили) оғзаки нутқ амалиёти фани бўйича

Ushbu o’quv qo’llanmasining asosiy maqsadi chet tillar oliygohlari va xorijiy tillarni o’rganuvchi fakultetlarda boshlang’ich kurslarida o’qiyotgan talabalarga lotin tilini o’rgatish uchun mo’ljallangan. Lotin tili nafaqat qatnashuvchilarni lingvistik dunyoqarashlarini kengaytirishga, balki zamonaviy xorijiy tillarni o’rganishda ilmiy jihatdan yondoshishga ko’maklashadi. O’quv qo’llanmasining maqsadi, faqatgina aniq bo’lgan lotin tili grammatikasi qoidalarini o’quvchilarga etkazish emas, balki ularga bu qoidalarni kelib chiqish tarixi nuqtai nazaridan yangi tillarni paydo bo’lishini analogik taqqoslashga mualliflar harakat qilishdi. O’quvchilar diqqatini mavjud bo’lgan muhim dalillar y’ani tarixiy fonetika, morfologiya va sintaksislarni chuqurroq o’rganishga tortadi. Mavzular fonetik mashqlar, qoidalar, grammatik mashqlar, matnlar, leksik izohlar va matnlar uchun leksik mashqlarni o’z ichiga oladi.

O’quv qo’llanmada dialoglar talabalar nutqini oshirish maqsadida qo’shimcha ma’lumot sifatida berilgan. Darslikni grammatik bo’limi klassik lotin tili grammatikasini tuzilishi va o’ziga xosligini talabalarga o’rgatadi. Grammatik mashqlar, o’rganilgan leksik materiallar asosida tuzilgan va ularga mos keladigan qoidalar tarkibini mustahkamlaydi. Keyingi grammatik bo’lim talabalar diqqatini muhim fonetik mashqlarga jalb etadi. O’quv qo’llanmaning oxirgi qismida lug’at jadvali berilgan bo’lib, unda lotin tilidagi so’zlar hamda ularni o’zbekcha tarjimasi va o’quvchilarga tushunarli bo’lish uchun so’z birikmalari berilgan. O’quv qo’llanmaning asosiy maqsadi, talabalarning talaffuzini, yozuv va og’zaki nutqini oshirishga, lotin tili grammatikasi va leksikasini chuqurroq o’rganishga xizmat qilish uchun rejalashtirilgan.

Mualliflar guruhi ushbu o’quv qo’llanmaning muhokamasida va resenziyalashda berilgan foydali maslahatlari va keskin tanqidlari uchun barcha hamkasblari va resenzentlari; fransuz tili grammatica va til tarixi kafedrasi mudiri J. Yoqubov, II-chet tillar kafedrasi mudiri T. Oltiyev, ispan tili yuqori kurslar kafedrasi mudiri K. Abdullayev, Milliy universitetning roman tillari kafedrasi mudiri T. Mirtolipovlarga samimiy minnatdorchiligini bildirib qoladi.

LOTIN TILI va uning tarixi

Lotin tili hind-yevropa tillari oilasiga mansubdir va hozirgi roman tillarining asosi hisoblanadi. Lotin tili qadimgi Ossk va Umbr tillari bilan birgalikda qadimiy Italiyaning rivojlanishi jarayonida boshqa tillarni chetga chiqarib, asta-sekin O’rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda xukmronlik qildi. Eramizdan oldingi bir-minginchi yil boshlarida Appenin yarim orolining g’arbiy qismida joylashgan LATIO qabilasi lotin tilida gaplashar edi. Latio territoriyasida yashovchi qabilalarning tili sof lotin tili deb yuritilar edi.Tibr daryosi qirg’oqlarida yashovchi qabilalarning birlashuvi natijasida Latio viloyatining markazi Roma (Rim) shahri deb atala boshladi.

Arxeologik qazilmalar ma’lumotiga ko’ra bu voqea eramizdan oldingi YIII- asrga tegishlidir. Rimliklarning o’zlari esa, Rimning paydo bo’lishi davrini eramizdan avvalgi 753- yildan hisoblaydilar. Bizning davrgacha yetib kelgan lotin tilining eng qadimiy yozuv yodgorliklari eramizdan oldingi 7-6 asrning boshlariga tegishlidir. Qadimgi arxeologik davrining adabiy tillari bo’yicha mashhur vakili Rim komediografi Plavt hisoblangan. U eramizdan avvalgi 254-180 yillarda yashab o’tgan. Bizgacha uning to’liq nusxada 20 ta komediyasi, bitta komediyasining esa ayrim qismlari yetib kelgan. Shuni ta’kidlash lozimki, Plavt komediyalarining lug’at va fonetik sostavi ma’lum miqdorda bo’lsada klassik lotin normalariga to’g’ri keladi. Eramizdan oldingi birinchi asrdan, eramizning birinchi asr boshlarigacha bo’lgan davrda Rimda bir necha asarlar yaratildi. Bu davrda Rim davlati tarixida juda ko’p sinfiy va ideologik kurashlar bo’lib o’tdi. Rimda yagona aristokratik hokimiyat o’rnatilgani munosabati bilan Sitsiliyada ikki marta qo’zg’olon bo’lib o’tdi. Bu janglarda Rim qo’shinlari mag’lubiyatga uchrashdi. Bundan tashqari eramizdan oldin (138-132 va 104-101) yillar davomidagi urushlarda Rim qo’shinlari qo’zg’olonchilardan bir necha marotaba yengildilar. Bu davrda yashagan Sitseron (106-45), Sezar (100-44), Salyustiya (86-35), Titaliviya (59-17), notiqlik san’ati ustasi Katul (80-15), Goratsii (68-8), Ovidiy (43-18) yillarda yozilgan asarlar tahlil qilinganda, adabiy lotin tilining sintaktik tuzulishining mukammal ekanligini guvohi bo’lamiz. Klassik lotin tilidan Rim badiiy adabiyoti tilini ajratish maqsadga muvofiqdir. Chunki eramizning II –asriga to’g’ri keladigan davr ya’ni ilk Imperiya davrida Lartial, Kvesal, Tatsit kabi yozuvchi va shoirlar tomonidan yaratilgan asarlar ma’lum miqdorda o’z uslubi bilan ajralib turadi. Lotin tilining inqirozga yuz tutgan davrida rivojlanishi tugab borayotgan lotin tili alohida ahamiyatga ega. Bu davr eramizning 2-6 – asrlariga to’g’ri keladi. Bu vaqt Buyuk Imperiya mag’lubiyatidan so’ng 476 – yilda Varvarlar davlatining paydo bo’lishi davridir. (”Varvarlar”– qadimiy yunonlarda va rimliklarda madaniyatdan orqada qolgan chet elliklarga berilgan nom.)

Bu davrda qadimiy an’analar yo’qola boshladi. Tarixiy qo’llanma sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan Ammisiy Marusligining ( 330-400 asr) asarlarida ayrim imperatorlarning biografiyalari saqlanib qolgan, unda tugab borayotgan Imperiya davrida Xristian dinining tarqalishi, Ieronim (348- 420), Avgustin (354-430) va boshqalarning lotin tilida yozilgan xristian adabiyotlari vujudga kelishi to’g’risida axborot berilgan. Bu yozuvchilar asarlarida juda ko’p morfologik va sintaktik o’zgarishlar yuz berdiki, ular bevosita yangi roman tillarinig paydo bo’lishiga asos bo’la boshladi. Klassik lotin tilini vujudga kelishi va rivojlanish davri, Rimning O’rta Yer dengizida ulkan quldorlik tuzumi mamlakatiga aylanishi davriga to’g’ri keladi. Rimliklar bosib olgan territoriyalarda Gretsiyada , Kichik Osiyoda, Afrikaning shimoliy qirg’oqlarida, Grek tili madaniyati keng tarqalgan edi. Shuning uchun ham bu joylarda lotin tili ko’p ishlatilmas edi, lekin O’rta yer dengizining g’arbiy tomonlarida ahvol boshqacha edi. Eramizdan oldin 2 – asrning oxirlarida lotin tili butun Italiya territoriyasida hukmron til bo’lib qolmasdan balki rasmiy til sifatida rimliklar bosib olgan Pireney yarim orolidagi viloyatlariga va hozirgi Fransiyaning janubiy tumanlariga ham tarqala boshladi. Rim askarlari va savdogarlari orqali lotin tili o’zining so’zlashuv formasida mahalliy xalq tomonidan yaxshi o’zlashtirila boshlandi. Bu bosib olingan territoriyalarni romanizatsiyalashtirishning eng qulay yo’llaridan biri edi. Bundan tashqari, to’g’ridan-to’g’ri rimliklarni yaqin qo’shnilari Kelt territoriyasida yashayotganlar hozirgi Fransiya,Belgiya ,Niderlandiya, Shveytsariye ham lotin tilida gaplasha boshladi. Aslida rimliklarning Galliya territoriyalariga bostirib kirishlari eramizdan avvalgi 1- asrning 2-yarmida Yuliy Sezar qo’mondonligi ostida harbiy harakatlardan boshlangan edi (58 -51 yillardagi Galliya urushi).

Shu paytda Rim qo’shinlari Reyn daryosi sharqiy tumanlarida istiqomat qiladigan german qabilalari bilan to’qnashdilar. Sezar yana eramizdan oldingi 55-54-yillarda Britaniyaga yurish qildi. Lekin bunday qisqa muddatli urushlar Rim va Britaniyaliklar o’rtasida juda ko’p kelishmovchliklarni keltirib chiqardi.

Faqat 100yildan so’ng eramizning 43-yilida Britaniya, Rim qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Rimliklar bu territoriyada 407-yilgacha hukmronlik qildilar. Shunday qilib, 500 yil davrida Galliya, Britaniya territoriyalaridagi qabilalar, hamda germanlar tiliga lotin tili o’zining juda qattiq ta’sirini ko’rsatdi. Lotin tili so’zlashuv formasida yangi milliy roman tillarining vujudga kelishiga asos bo’ldi. Bu guruhra Appenin yarim oroli territoriyasida vujudga kelgan Italyan tili qadimiy Galliya territoriyalarida rivojlangan fransuz va provansal tillari, Pireney yarim orolida vujudga kelgan ispan va portugal tillari, Rim koloniyasi hisoblangan Rossiya territoriyasida retoraman tili, Rim provinsiyasi hisoblangan Dakiya territoriyasida rumin tili, Moldaviyadagi moldavan tillari kiradi. Roman tillarining kelib chiqishi umumiy bo’lsa-da, hozirgi paytda ular o’rtasida juda katta farqlar bor. Buni lotin tilining bu hududlarga bir necha asrlar davomida kirib kelganligi, mahalliy qabilalar tili va shevalari ta’siri natijasida bir necha marta o’zgarganligi bilan tusunturish mumkin. Eramizdan oldingi 1 asrdan eramizning birinchi asrigacha rimlik german qabilalarini o’zlariga bo’ysindirmoqchi bo’lgan bo’lsa, ular buning uddasidan chiqa olishmadi. Faqat ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar juda ko’p vaqt davom etdi. Bu aloqalar asosan Reyn va Dunay daryolari qirg’oqlarida joylashgan Rim koloniyalari territoriyalari orqali amalga oshirilardi.

Shu sababli ayrim nemis shaharlari nomlari lotin tilidan kelib chiqqan. Britaniyada ham lotin tili ta’sirini shahar nomlarida uchratish mumkin.

Stato della Citta del Vaticano

Rimning g’arbiy qismidagi Monte-Vatican tepaligida joylashgan. Mustaqil shahar-davlat. Katolik cherkovining siyosiy, ma’muriy va mafkuraviy markazi. Qariyib hamma tomoni tosh devor bilan o’ralgan. Maydoni 0,44 km 2 . Doimiy aholisi 1ming kishiga yaqin (shundan 700 kishi Vatikan fuqorosi.). Rasmiy tillari: lotin va italyan tillari.

Davlat tuzumi: Vatikan cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari (o’zining bayrog’i, gerbiga ega) 1929 yilda qabul qilingan.

Davlat boshlig’i – Rim papasi. 1996 yil fevralda papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga ko’ra, papa odatda kardinallar orasidan yashirin ovoz berish yo’li orqali kardinallar hay’ati tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati papa qo’lida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham boshlig’i hisoblanadi.

Papa huzuridagi maslahat organi kardinallar hay’ati cherkovining eng muhim ishlarini muhokama qilish va papani saylash uchun yig’ilib turadi. Rim papasi Ioan Pavel II 1978 yil 16- oktyabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Tarixi: Ilk o’rta asrlarda Rim papalarining turar joyi, 1377 yildan boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-asrdan cherkov davlati sifatida mavjud. 1870 yilda Italia qirolligi tarkibiga qo’shib olingan. 1929 yilda papa bilan Italia hukumati o’rtasida Lateran bitimi natijasida Vatikan davlati qayta tiklandi va 11 fevralda mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalqaro markazi sifatida Vatikan dunyoning ko’pgina mamlakatlariga ijtimoiy turmushiga ta’sir o’tkazadi. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablag’lardan tushadigan daromadlar, milliy katolik cherkovlarining badallari, dindorlarning ehsonlari tashkil qiladi. Vatikan jahonning bir qancha kompaniya va banklari aksiyasiga ega. Italiya, Ispaniya, Germaniya mamlakatlarida katta yer maydonlariga ega. Xorijiy sayyoxlik , pochta markalari chiqarish, sovg’alar sotish ham ko’p daromad keltiradi.

Pul birligi – Ital’yan lirasi, “Acta apostolike oedis” oylik byulliteni, Annure della Domenicaario Pontifichio” yillik ma’lumotnomasi, “Osservato“ katoliklar haftanomasi, “Osservatore romano “ kundalik gazetasi rasmiy nashrlari hisoblanadi. Vatikan televizion markazi : “Centro televisio Vatikano 1983 yilda barpo etilgan. Vatikan radiosiga 1931 yil 12 fevralda asos solingan.

Bu til so’nmasdan burun qanday qilib ming yillar umr kechirgan ekan?

Avvalo buni biz tarixiy yodgorliklar, o’rta asr hujjatlari, uyg’onish davri ijod namunalaridagi matnlar, asarlar orqali tildagi yuz bergan rivojlanish va o’zgarishlarni asrlar davomida kuzatishga muvaffaq bo’lamiz. Bundan tashqari u roman tillarida, rimliklar tomonidan zabt etilgan, Uning siyosiy-madaniy ta’siridan foydalanadigan xalqlar tilida saqlanib qolgan. Shuni tushunish kerakki lotin tili ta’sirida boshqa tillar ham o’zgargan, ularning leksikasi ma’lum miqdorda lotincha so’zlar bilan boyitilgan. Olimlarning hisoblashlaricha, ingliz tilida ko’p qo’llaniladigan 20000 dan ko’proq so’zlarning 10400 tasi lotin tilidan , 2200 tasi yunon tilidan faqat 5400 tasi anglosaks tilidan kelib chiqqandir. Ko’pgina lotincha so’zlar rus tiliga ham kirgan. Bunda nafaqat ko’p hollarda xalqaro hisoblangan ilmiy atamalar , balki jonli tildagi ko’pgina so’zlar ham o’zlashgandir. Ular tilimizga shunchaki singib ketganki, biz ularni yoshlikdan qo’llaymiz va chet tilidan kirib kelgan deb hisoblamaymiz. Ta’lim sohasiga aloqador misollar keltirishimiz mumkin: institut, direktor, student, leksiya,auditoriya, tablitsa.

Lotin tili fonetikasi

Lotin tilining talaffuzi o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida bir qancha o’zgarishlarga uchradi. Quyida lotin tili alifbosidagi harflar ro’yxati keltirilmoqda. Lotin tilida hozirda 25 ta harf bor, bundan tashqari, bir nechta harf birikmasi, 2 ta diftong va 2 ta digraf mavjud.

Lotin tili lug’at kitob

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Lotin tili va tibbiy farmasevtik terminologiya asoslari

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

«Lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari» fani o‘quv qo‘llanmasi tibbiyot oliygohi talabalari uchun fan namunaviy dasturi asosida yozildi. O‘quv qo‘llanma 3 ta yo‘nalish – anatomiya, klinika va farmatsevtika bo‘limi uchun kiritilgan bo‘lib, u fundamental va muta­xassislik fanlarini integral o‘qitishda talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga yaqindan yordam beradi.

Uch bo‘limdan iborat bo‘lgan mazkur qo‘llanmada barcha grammatik mavzular keng yoritildi. Stomatologiya oliygohi barcha fakultetlari uchun leksik minimumlar hamda nazorat ishlari variantlari kabi qismlar kiritildi.

Mazkur qo‘llanmaning maqsadi talabalarni lotin tilida tibbiy matnlarni o‘qish, anatomik atamalarni tarjima qilish va tushunishga tayyorlash, bemorga klinik tashxisni to‘g‘ri qo‘yish, terminlarni grammatik va orfografik jihatdan retseptni to‘g‘ri yozishdir.

Mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent davlat stomatologiya institu­tining barcha fakulteti birinchi kurs talabalari uchun lotin tili fanini o‘zlashtirishda tavsiya etiladi.