Press "Enter" to skip to content

Ma’muriy huquq darslik pdf

kirishish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqaruv munosabatlarining ishtirokchilaridir.

Ma’muriy huquq darslik pdf

–>

Adabiyot [561]
Arxitektura [40]
Astranomiya [38]
Axborot [71]
Biologiya [387]
Biznes [47]
Bojxona [42]
Davlat Huquq Asoslari [4]
Dunyo din tarixi [32]
Ekologiya [109]
Estetika va Etika [30]
Falsafa [48]
Fizika [254]
Fransuz-Tili [22]
Geografiya [141]
Geometriya [6]
Huquqshunoslik [281]
Informatika [643]
Texnologiya [274]
Internet [43]
Ingliz tili [680]
Iqtisodiyot [1133]
Jahon tarixi [276]
Jamiyatshunoslik [24]
Kimyo [82]
Kasbiy Ta’lim [11]
Konsitutsiya [60]
Ma’naviyat [48]
Matematika [89]
Milliy G’oya [128]
Musiqa [2]
Nemis-tili [30]
Ona-tili [50]
Oshpazlik [39]
O’zbekiston tarixi [197]
Pedagogika [104]
Prezident Asarlari [17]
Psixologiya [149]
Rus-tili [44]
Qishloq xo’jaligi [92]
Siyosatshunoslik [25]
Soliq va Soliqga tortish [18]
Tilshunoslik [9]
Tibbiyot [64]
Turizm [172]
va Boshqalar. [332]
Sport [7]
Sxemotexnika [13]

–>

Ma’muriy javobgarlik va uning xususiyatlari

Yukladi: routerboy Fan: Huquqshunoslik

Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!

Qaytish Yuklandi: 3817

  • Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqariladigan qaror va uning turlari
  • Ma’muriy huquqbuzarlik va uning tarkibi
  • Adabiyotning umumiy xususiyatlari
  • Adabiyotning umumiy xususiyatlari
  • Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari
  • Astronomiya fani va uning zamonaviy yo’nalishlari
  • Osmon sferasi, uning asosiy nuqtalari va chiziqlari
  • Oy orbitasi va uning g’alayonlari, uning fazalari va aylanish davrlari
  • Yulduzlar osmoni va uning sutkalik ko’rinma aylanishi, yulduz turkumlari
  • Dasturiy ta’minotni sozlash. uning usullari, rejasi
  • Dasturlash texnologiyasi va uning taraqqiyotini asosiy bosqichlari
  • Anemiya va uning davosi
  • Organizmlarning moslashishi va uning nisbiyligi.DOC
  • Organizmlarning moslashishi va uning nisbiyligi
  • Qon aylanish sistemasi va uning ahamiyati haqida umumiy tushuncha
  • ZООLОGIYA FАNI VА UNING VАZIFАLАRI
  • O’zbekiston Respublikasinng bojxona shakllari va uning shakllanish omillari
  • Biosfera va uning chegaralari
  • Qizil kitob va uning ahamiyati
  • Issiqlik nurlanish. Absolyut qora jism va uning nurlanishi. Stefan-Bolsman qonuni. Vinni siljish qonuni.

Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.

Ma’muriy huquq darslik pdf

1. Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari;

2. Ma’muriy-huquqiy normalar va munosabatlar;

3. Davlat boshqaruv organlari tushunchasi va bo‘g‘inlari;

4. Ma’muriy majburlov;

5. Ma’muriy huquqbuzarlik va javobgarlik

1. Ma’muriy huquq tushunchasi va manbalari

Ma’muriy huquq konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va boshqa huquq tarmoqlari kabi mustaqil huquq tarmog‘i hisoblanadi.

«Ma’muriyat» so‘zi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «boshqarish» ma’nosini bildiradi. SHu bois mu’muriy huquq ko‘pincha boshqaruv huquqi yoki boshqarishga oid huquq deb ta’riflanadi.

Ma’muriy huquq davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu qoida ma’muriy huquq predmetini ham anglatadi.

Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri davlat boshqaruvidir. U davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat. Bu davlat boshqaruvining keng tarqalgan vazifalaridan biri bo‘lib, barcha davlat organlari ularni o‘z faoliyati davomida qo‘llaydilar.

Masalan, prokuratura – nazorat organi. Respublika Bosh Prkurori nafaqat barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muasasalar va fuqarolarning qonunlarga rioya qilishlarini, balki quyi bo‘g‘idagi prokurorlarning faoliyatini ham nazorat qilib turadi. Boshqaruv prokurorning asosiy vazifasi emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrda qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasida O‘zbekistonda boshqarish tizimini isloh qilish masalasiga to‘xtalib, shunday deydi: “Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga ­o‘tkazish, O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi ­boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga ­katta ahamiyat ­qaratildi”. [1]

YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ma’muriy huquq sohasiga ushbu tarzda ta’rif bersa bo‘ladi. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga olgan huquqning alohida tarmog‘i ma’muriy huquq deb ataladi.

Ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan quyidagilardan iborat:

tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar) o‘rtasidagi munosabatlar;

bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat boshqaruv organlari (ikki vazirlik, ikki hokimlik va hokazo) o‘rtasidagi munosabatlar;

davlat boshqaruv organlari va ularga bo‘ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar;

davlat boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va boshqalar) o‘rtasidagi munosabatlar;

davlat boshqaruv organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar.

Mamlakatimizning tashkiliy qurilish vazifalarini hal qilishda ma’muriy huquqning ahamiyati katta.

Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. YA’ni aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o‘zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi.

Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham taribga soladi. Misol uchun, yo‘l harakati qoidalari, jamoat joyida yurish turish qoidalari, ov qilish, savdo, sanitariya va yong‘ndan saqlash qoidalari va h.k.

SHunday qilib, ma’muriy huquq normalari qanday qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi, ma’muriy javobgarlik turlari va usulini, bunday huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibini o‘rnatadi.

Ma’muriy huquq fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o‘zaro aloqalari, munosabatlariga kelsak, shuni aytib o‘tish joizki ma’muriy huquqboshqa huquqiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Xususan oldingi mavzuda biz davlat (konstittutsiyaviy) huquqi sohasida fikr bildirgan edik. Davlat huquqi fanining predmeti ma’muriy huquqfanining predmetiga nisbatan kengdir. Masalan, davlat huquqi barcha davlat organlari uchun umumiy bo‘lgan tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilab bersa, ma’muriy huquq normalari esa yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo‘llashni tartibga soladi.

Ma’muriy huquq manbalari bo‘lib, o‘zida ma’muriy huquqiy normalarni ifoda etgan davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining (ayrim hollarda boshqa davlat organlarining) aktlari hisoblanadi. Bu normalar qonunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoishlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning hamda mahalliy davlat hokimiyati normativ huquqiy aktlarida nomoyon bo‘ladi.

Boshqa huhuq sohalari singari ma’muriy huquqning ham asosiy manbasi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi ham ma’muriy huquq manbalari tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Zero unda ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi, ma’muriy javobgarlik tushunchasi va turlari, ma’muriy normalarning harakat qilishi, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar, ularning faoliyat yo‘nalishi va vakolatlari doirasi to‘g‘risidagi qoidalar o‘z o‘rnini topgan.

Ma’muriy huquq manbalariga O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi, Bojxona kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa huquqiy normativ aktlarni kiritishimiz mumkin.

Ma’muriy huquq manbalariga Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qator qonunlarni kiritishimiz mumkin. Xususan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi [2] , O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi [3] , qonun xujjatlari va boshqalarni kiritishimiz mumikn.

Ma’muriy huquq manbalariga shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan chiqarilgan aktlar ham ma’muriy huquqning manbalari qatoriga kiradi.

2. Ma’muriy-huquqiy normalar va munosabatlar

Ma’muriy-huquqiy normalar –davlat boshqaruvi sohasida davlat boshqaruvi organlari, davlat xizmatchilari, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotlar, mehnat jamoalari va fuqarolarning qonunchilik bilan ruxsat etilgan yurish turish chegarasini belgilab beradi.

Lozim tarzdagi xulq-atvor qaysi harakatlarni sodir etish mumkin (ruxsat etiladigan xatti-harakatlar), qaysilaridan o‘zni tiyish kerak (taqiqlar), qaysilarini bajarish zarur (imperativ) ko‘rsatmalar ekanligini ko‘rsatishni taqazo etadi. Inson xulq-atvorlariga boshqaruv ta’sirini ko‘rsatishning mohiyati ana shunda namoyon bo‘ladi.

Bunda ma’muriy-huquqiy normalarning muhim xususiyatiga e’tiborni qaratish kerak. Ushbu normalar, avvalo, ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) sub’ektlariga qaratilgan majburiy xulq-atvor qoidalariga ega.

Ma’muriy –huquqiy munosabat deganda, ma’muriy -huquqiy norma bilan tartirbga solingan, taraflar ma’muriy- huquqiy normalar vositada o‘rnatilgan hamda kafolatlangan o‘zaro majburiyatlar va huquqlar egasi bo‘lib maydonga chiqadigan boshqaruv sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.

YUridik xususiyatga ko‘ra, ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari vertikal va gorizontal huquqiy munosabatlarga ajratiladi.

Vertikal huquqiy munosabatlar ma’muriy-huquqiy boshqaruvning hamda sub’ekt va ob’ekt o‘rtasida yuzaga keladigan davlat boshqaruv faoliyati uchun xos bo‘lgan subordinatsiya aloqalarning mohiyatini eng ko‘p darajada aks ettiradi. Odatda hokimiyat munosabatlari deb ataladigan munosabatlar aynan shu munosabatlardir.

Gorizontal huquqiy munosabatlar deganda, taraflar amalda va yuridik jihatdan teng huquqli bo‘ladigan munosabatlar tushuniladi. Binobarin, ularda bir tarafning boshqa taraf uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari bo‘lmaydi.

Fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari . Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni alohida guruhga ajratish mumkin.

Ma’muriy huquqda fuqarolarning huquqlarini mustahkamlovchi va ularning boshqaruv organlari bilan munosabatlarini tartibga soluvchi normalar etarlicha katta o‘rin egallaydi. Sub’ektlarini boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) va fuqarolar tashkil etadigan munosabatlar huquqiy voqealikdagi eng an’anaviy munosabatlardir. Har qanday fuqaro o‘z hayoti mobaynida ma’muriy, huquqni muhofaza qiluvchi muassasalar va ularning mansabdo shaxslari bilan, transport va aloqa organlari bilan, soliq organlari, pasport idorasi, bojxona xizmati, ijtimoiy himoya va boshqa idoralarning xodimlari bilan ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kirishadi.

Fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabatlarning alohida guruhini tashkil qiladi. Fuqarolar o‘rasidagi ko‘pgina munosabatlar ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinganligi uchun ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kiradi. Ushbu sunosabatlar ko‘proq jamoat tartibi, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohalarida yuzaga keladi hamda qonunchilik fuqarolarga jamoat joylaridagi o‘zaro munosabatlarini, mustaqil ravishda, boshqarishning huquq va manfaatlariga rioya etgan holda tartibga solish majburiyatini yuklaydi.

3. Davlat boshqaruv organlari tushunchasi va bo‘g‘inlari

Davlat boshqaruv organlarini ijro etuvchi hokimiyat tashkil etadi. Ijro etuvchi hokimiyatning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

ijro etuvchi hokimiyat O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘idir;

ijro etuvchi hokimiyat davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadi, ularga respublika hukumati, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi organlar, davlat muassasalari va korxonalarining ma’muriyati kiradi;

ijro etuvchi hokimiyat organlari mazmuni bo‘yicha ijro etuvchi va ko‘rsatma beruvchi faoliyatni amalga oshiradi. Ushbu organlar mustaqil ravishda qonun hujjatlari chiqarish, ularni qo‘llash hamda huquqni muhofaza qilishdan iborat keng doiradagi vakolatlarga egadirlar;

ijro etuvchi hokimyait davlat xizmati orqali amalga oshiriladi. Davlat xizmati deganda, fuqarolarning davlat organlaridagi davlat boshqaruvini amalga oshirishga qaratilgan professional faoliyati tushuniladi;

ijro etuvchi hokimiyatning muhim jihati- uning bevosita qo‘l ostida ulkan resurslar, ya’ni huquqiy , axborot, iqtisodiy, texnikaviy, mafkuraviy, tashkiliy resurslarning mavjudligi yoki uning predmetli xususiyatidir. Ijro etuvchi hokimiyat qo‘lida davlatning amaldagi qudrati jamlangan. U ulkan hududlar, ko‘plab odamlar, resurslarga tayanadi, xizmatlagi lavozim bo‘yicha ko‘tarishlar va rag‘batlantirish vositalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining bevosita qo‘l ostida qurolli kuchlar, chunonchi, armiya, militsiya, milliy xavfsizlik xizmati mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi hukumati oliy ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshiradi, ijro organlari tizimiga boshchilik qiladi va ularnig faoliyatiga rahbarlik qiladi. SHuningdek, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Uning huquqiy holati asoslari, tarkibi, shakllanish tartiblari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (20-bob), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi 2003 yil 29 avgustdagi yangi tahrirdagi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining raisi Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi uchun choralar ko‘radi.

Hukumatni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosarlari, vazirlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalarining raislari tarkibida Respublika Prezidenti shakllantiradi va Oliy Majlis tasdiqlaydi (Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasi).

Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini topshiradi. Demak, uning vakolat muddati 5 yil.

Markaziy ijro etuvchi organlar. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiga hukumat bilan bir qatorda maxsus vakolatli davlat organlari – tarmoq yoki tarmoqlararo funksiyalarni bajaruvchi organlar kiradi. Ularning tuzilishini Respublika Prezidenti belgilaydi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat markaziy organlarining tashkiliy huquqiy shakllariga quyidagilar kiradi:

departamentlar, agentliklar, shuningdek, respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari qoshidagi boshqa davlat boshqaruv organlari (umumlashtirilgan holda ular idoralar deb ataladi);

qo‘mita, bosh boshqarma, komissiya, agentlik va hukumat tarkibiga kirmaydigan boshqa respublika davlat boshqaruv organlari.

Ijro etuvchi hokimiyatning barcha markaziy organlari hukumatga qarashlidir. Hukumat vazirliklar, davlat qo‘mitalari, boshqa markaziy va mahalliy ijro organlarining hamkorligini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid keluvchi qarorlari va farmoyishlarini bekor qiladi yoki to‘xtatib qo‘yadi.

Vazirlar Mahkamasi hukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlarining rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, shuningdek, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, hukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlar rahbarlarining taqdimnomasiga muvofiq, respublika idoralarining rahbarlarini va ularning o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va markaziy ijro etuvchi organlar faoliyatining huquqiy asosini, respublika qonunlari bilan bir qatorda, Prezident va hukumatning normativ-huquqiy hujjatlari, maxsus nizomlar tashkil qiladi.

Ularning har biri to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Hukumat, shuningdek, respublika idoralarining faoliyat sohasi, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.

Ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organlari o‘z funksiyalari va vakolatlarining tabiatiga ko‘ra, muayyan xususiyatlarga ega.

Vazirlik – respublikaning markaziy ijro etuvchi organi bo‘lib, davlat boshqaruvining tegishli tarmoq(soha)siga rahbarlik qiladi, shuningndek, qonunda belgilangan doirada tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

Davlat qo‘mitasi – respublikaning markaziy ijro etuvchi organi bo‘lib, davlat boshqaruvining tegishli tarmoqlari (sohalarida) yagona davlat siyosatini o‘tkazadi va ushbu maqsada qonunga ko‘ra tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

Vazir yoki davlat qo‘mitasining raisi o‘z lavozimiga ko‘ra hukumat tarkibiga kiradi, davlat boshqaruvining tegishli tarmoqlari (sohasi)ning samarali ishlashini ta’minlaydi, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoq (sohasi)ning ahvoli va rivojlanishi, qonunlar hamda Prezident va hukumat hujjatlarining bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.

Vazir yoki davlat qo‘mitasining raisi huzurida maslahat beruvchi va kengashuvchi organ – vazirlik, davlat qo‘mitasininng hay’ati tashkil etiladi.

Vazirlik yoki davlat qo‘mitasi chiqaradigan qaror vazirning buyrug‘i bilan hamda davlat qo‘mitasining raisi imzolaydigan qaror bilan rasmiylashtiriladi.

Respublikaning hukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tarmoqlararo muvofiqlashtirishni, shuningdek, boshqa maxsus ijro etish va ruxsat berish funksiyalarini amalga oshiradi.

Idora respublika vazirligi yoki davlat qo‘mitasining vakolatlari doirasida mustaqil ravishda maxsus ijro etuvchi hamda nazorat funksiyalarini amalga oshiradi, shuningdek, tarmoqlararo muvofiqlashtirish vazifasini yohud davlat boshqaruvi tarmoqchasi (sohasi)ga rahbarlik qiladi.

4. Ma’muriy majburlov

Ma’muriy majburlov ma’muriy hokimiyatni amalga oshirishdan iborat mahsus vakolatlar berilgan ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar)ning odamlarni huquqiy ko‘rsatmalarni bajarishga majbur qilish, huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda esa – ularga ma’muriy majbur etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tashkiliy va ruhiy ta’sir ko‘rsatishini bildiradi.

Ma’muriy majburlov davlat majburlovining turlaridan biri bo‘lib, asosan davlat boshqaruvi sohasida huquqiy tartibni ta’minlash va muhofaza etishning oxirgi chorasi sifatida qo‘llaniladi, ya’ni jazolash va boshqa funksiyalarni bajaradi. Biroq, uning vazifalari shular bilan cheklanmaydi. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish maqsadida ma’muriy majburlov choralari boshqacha vazifalarni ham bajaradi, ya’ni nafaqat jazolash sifatida, balki ularning oldini olish va ularni to‘xtatib qolish uchun ham qo‘llaniladi.

Ma’muriy majburlovga suddan tashqaridagi tartib xos, ya’ni majburlov (ishni to‘xtatib qo‘yish, g‘ayriqonuniy tarzda olingan narsalarni olib qo‘yish va boshqa) choralar tegishli ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar – ichki ishlar organlari, nazorat-tekshirish organlari, ma’muriy komissiyalar va boshqalar), ya’ni ushbu choralarni o‘z faoliyatida sudga murojaat etmay turib bevosita qo‘llaydigan organlarning vakolatlariga kiritilgan.

Ma’muriy majburlov – ijro etuvchi organ (mansabdor shaxs)ning qonunga asoslangan va undan kelib chiqadigan hamda jamoat tartibini saqlashga, jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan faoliyatdir.

Ma’muriy majburlov choralari xilma-xildir. Ma’muriy majburlov choralari O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida (MJK) ko‘rsatilmaydi, balki boshqa qonunlar va qonun osti hujjatlarida ko‘rsatiladi. Ularni maqsadiga ko‘ra, uch guruhga bo‘lish mumkin:

ma’muriy oldini olish choralari;

ma’muriy cheklash choralari;

ma’muriy tiklash choralari

Ma’muriy oldini olish choralari huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish. Bunday choralar xilma-xil bo‘lib, ular orasida eng ko‘p tarqalganlari quidagilardir:

– kontrol va nazorat tekshiruvlari;

– ashyolarni ko‘zdan kechirish va shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish (bojxona, ichki ishlar xodimlari amalga oshiradilar);

– insonning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;

– karantin joriy qilish (epidemiya va epizootiyalar chog‘ida);

-jamoat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganda transport va piyodalar harakatini to‘xtatish;

– shaxslarning tibbiy holatini va umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya holatini guvohlantirish;

– mulk rekvizitsiyasi (rekviziya-ma’lum muddatga majburiy olib qo‘yish);

– davlat chegarasining muayyan qismini yopib qo‘yish va h.k.

Bu va boshqa choralarni qo‘llash qonun hujjatlari bilan qat’iy tartibga solingan.

Ma’muriy cheklash choralari g‘ayriqonuniy harakatni majburiy tartibda to‘xtatish va ularning zararli oqibatlarining oldini olish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ular ham xilma-xil bo‘lib, ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan qo‘llaniladi.

Ularga quyidagilar kiradi:

– qonunga xilof xatti-harakatlarni to‘xtatish talabi (masalan, ichki ishlar organlari xodimlari, fuqarolar va mansabdor shaxslardan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishni to‘xtatishni talab qilishga haqlidirlar);

– huquqbuzarni ushlab keltirish;

– qurol ishlatish (masalan, haydovchi odamlarning sog‘lig‘i va hayoti uchun haqiqiy xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa, transport vositasini to‘xtatish uchun);

– atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar bilan og‘rigan shaxslarni majburiy davolash;

– texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash;

– korxona va tashkilotlar barcha uchun majburiy u yoki bu qoidalarni buzgan taqdirda ularning faoliyatini to‘xatish yoxud tugatish va hokazo.

Ma’muriy-tiklovchi choralar ashyolarning avvalgi holatini tiklash, etkazilgan zarani qoplash maqsadida qo‘llaniladi. SHu bois ushbu choralarning turi va miqdori huquqbuzar etkazgan zarar xususiyatiga va miqdoriga bog‘liq. Ularga quyidagilar kiradi:

– ruxsat so‘ramay qurilgan binolar va inshootlarni buzib tashlash;

– beruxsat egallab olingan turar joydan ko‘chirib yuborish;

– tashkilotlardan qonunga xilof tarzda egallagan narsalarni olib qo‘yish;

– voyaga etmagan fprzandi etkazgan zarani uning ota-onasidan undirish va hokazo.

[1] Мамлакатимизда демократик ислоҳатларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. // Т.: “Ўзбекистон”, 2010. Б. 9.

[2] Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1992. 3-сон. 146-м.

[3] Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993. 9-сон. 320-м.

Mamuriy-huquq-yn pdf

iyul oyi boshlarida tadbirkor chala ishini davom ettirish maqsadida yana keladi.

Shunda mahalla fuqarolar yig ini raisi va faollar undan hujjatlarni ko rsatishini

talab qiladi. Ammo hujjatlarda belgilangan kontur va ko rsatilgan yer boshqa

ekanligi ma lum bo ladi. Og zaki tortishuvlar natijasida tadbirkor yana tuman

hokimligi ma sullariga murojaat qiladi. Murojaat natijasida yuqorida chiqarilgan

qarorning 2-bandidagi “MCH “Chordara agrotexservis” agrofirmasi yer

xaritasining 343-konturidan jami 0.03 ga” so zlari “MCH “Chordara

agrotexservis” agrofirmasi yer xaritasining 243-konturidan jami 0.03 ga”

so zlariga almashtirilib, 2020-yil 20-iyul sanasida tuman hokimining 1205-K

Vaziyatga huquqiy baho bering.

Yuqoridagi vaziyatda ma muriy huquqiy munosabat, ma muriy hujjat va

ma muriy huquq subyektlarini tahlil qiling.

Fikringizni amaldagi qonun hujjatlari yordamida asoslang.

Ma muriy tartib-taomillar asosiy prinsiplariga asoslangan holda tahlil

Ma’muriy huquqiy munosabat huquq normasi bilan tartibga solinadigan va

davlat boshqaruv organi qoida o‘rnatuvchi sifatida ishtirok etadigan, tomonlarning

ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlari yoki harakatsizligini ifodalovchi

munosabat turiga aytiladi

. Ma’muriy huquqiy munosabat davlat boshqaruvini

tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan va ma’muriy huquqiy

meyorlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning bir turi

hisoblanadi. Ma’muriy huquqiy munosabat subyektlari bo‘lib, unda ishtirok

etuvchi tomonlar, ya’ni davlat boshqaruvida ma’lum bir vakolatga ega yoki

boshqacha ma’muriy huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.

Masalan, davlat bshqaruv organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar, jamoat

birlashmalari ma’muriy huquqiy munosabat subyekti bo‘lishlari mumkin.

Munosabat subyektlari ma’muriy huquqiy layoqat talablariga javob berishi lozim.

Ya’ni, ular ma’muriy huquqiy munosabatda ishtirok eta olish imkoniyatiga ega

bo‘lishi lozim. Ma’muriy huquqiy munosabatni vazifasi va funksional belgilariga

qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: tartibga soluvchi munosabatlar, ya’ni, huquq

subyektlarining mo‘tadil xulq-atvori, huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasida

vujudga keladigan munosabatlar; ikkinchisi, muhofaza qiluvchi munosabatlar,

ya’ni, huquqbuzarlikni sodir etish va bu uchun davlatning majburlov choralarini

qo‘llash zarurati asosida vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi

qonuning 4-moddasida asosiy tushunchalar keltirib o‘tilgan. Xususan, unda

“Ma’muriy hujjat – ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga

keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy va

yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan

shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi ta’sir

chorasi” – deb belgilangan. Demak, ommaviy huquqiy munosabatga ta’sir

o‘tkazishga qaratilgan hujjat ma’muriy hujjat hisoblanadi. Yuqoridagi kazusda esa

Samarqand tumani hokimining 512-K-sonli qarorini ma’muriy hujjat deb olamiz.

Chunki ushbu qaror chiqarish orqali tadbirkorga zaxirada bo‘lgan yerni sex qurish

uchun ajratiladi. Ya’ni, bu orqali ommaviy huquqiy munosabatlar yuzaga keladi.

S.A Muratayev, B.T Musayev, D.R Artikov. Ma’muriy huquq va protsess. – Toshkent.: Toshkent davlat yuridik

Erkin Xojiyev, To‘lqin Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya” , 2008-y.- 608-b.

Ma’muriy huquq subyektlari – ommaviy boshqaruv faoliyatida

tomonlarining biri bo‘lib, qonunchilik bilan ma’lum bir huquqlarga,

majburiyatlarga, vakolatlarga, javobgarlikka, ma’muriy huquqiy munosabatlarga

kirishish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqaruv munosabatlarining ishtirokchilaridir.

Ma’muriy huquq subyektlari tomonidan ularga berilgan huquqlar va

majburiyatlarni bajarish aniq bir huquqiy munosabat doirasida amalga oshiriladi

Demak, ma’muriy huquq subyekti deb qonunchilikda belgilangan ma’lum bir

huquq, majburiyat yoki vakolatlarga ega bo‘lgan ommaviy huquqiy munosabat

ishtirokchilariga aytiladi. Yuqoridagi holatda Samarqand tumani hokimi, tadbirkor,

shuningdek mas’ul shaxslarni ushbu munosabat subyektlari deb keltirish mumkin.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunda ma’muriy tartib-

taomillarning asosiy prinsiplari sanab o‘tilgan. Yuqoridagi vaziyatda esa bir nechta

prinsiplarning buzulishini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, mutanosiblik prinsipida

ish yurituv jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan ta’sir

choralari ma’muriy organ tomonidan ko‘zlangan qonuniy maqsadga erishish

uchun mos va yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar

qiyinchilik tug‘dirmaslik kerakligi belgilangan. Shunindek, ma’muriy tartib-

taomillar ochiq, shaffof va manfaatdor shaxslar uchun tushunarli bo‘lishi lozim.

Ya’ni, manfaatdor shaxsga amalga oshirilayotgan ma’muriy harakat yoki hujjat

haqida lozim bo‘lganda tushuntirishlar berilishi lozim. Tekshirish prinsipida

ma’muriy ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha haqiqiy

holatlarni har tomonlama tekshirish zarurligi, shuningdek, ma’muriy organ zarurat

bo‘lganda belgilangan tartibda o‘z tashabbusi bilan dalillar yig‘ishga haqli

hisoblanadi. Yuqoridagi vaziyatda hokim qororida keltirilgan yer eski maktab

hududida joylashganligi keltirilgan. Ammo tadbirkorga boshqa yer ko‘rsatilgan va

u o’sha yerda qurilish ishlarini boshlash uchun yerni qazdirgan. Tadbirkor ishini

oradan to‘rt yil o‘tib davom ettirganida esa ushbu yerning boshqa ekanligini biladi.

Shundan so‘ng yangi hokim qaroriga o‘zgartirish kiritiladi. Ushbu holatda

qonuniylik, mutanosiblik kabi prinsiplarning buzulganligini ko‘rishimiz mumkin.

Erkin Xojiyev, To‘lqin Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya” , 2008-y. – 608-b

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa chiqarishimiz mumkin. Ma’muriy

hujjat yoki harakatlar ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiq bo‘lishi

kerak. Ushbu prinsiplarga to‘g‘ri kelmaydigan harakat yoki hujjatlar bekor

qilinishi yoki qayta ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘ladi

ma’muriy hujjat qabul qilinishi va uning amalga oshirilishigacha bir necha

prinsiplarning buzilganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun, Qonun hujjatlar milliy bazasi,

Ma’muriy bayonnomani izlash

Ushbu bo’limda ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to’lanmagan jarimalar mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

  • Pasport orqali izlash
  • Kvitansiya orqali izlash
  • Bayonnoma orqali izlash

Diqqat! Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi 24 soat ichida yangilanadi.

Toʼlanmagan jarima nimaga olib keladi?
— Respublikadan chiqishga cheklovga olib keladi
— Shaxsiy mulkingizga jarima solishi mumkin
— Sizga ma’muriy ish qo’zg’atishi mumkin

Ko’p so’raladigan savollar

1. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalarini (shu jumladan yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun) qanday to’lanadi?

Siz jarimani Payme va Click to’lov tizimlari orqali onlayn to’lashingiz mumkin

Bundan tashqari, jarimani banklarda va onlayn bank resurslarida to’lash mumkin.

3. Agar men ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ma’lumotlarga rozi bolmasam, men nima qilishim kerak?

Diqqat! Agar ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ma’lumotlarga e’tirozingiz bo’lsa, ma’muriy bayonnomada ko’rsatilgan tegishli organga murojaat qilishingiz lozim.

4. Qanday holatlarda shaxsning O’zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash qo’llaniladi?

Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo’lgan sud hujjatidagi (keyingi o’rinlarda — ijro hujjati) talablar qarzdor tomonidan uzrli sabablarsiz belgilangan muddatda ijro etilmaganda qo’llaniladi. Agar ijro hujjati sud hujjati bo’lmasa va sud hujjati asosida berilmagan bo’lsa undiruvchi qarzdorga O’zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash to’g’risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risidagi qarorida qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz ijro etilmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro harakatlari qo’llanilishi, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishini ko’rsatadi. (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 25.08.2009 yilda ro’yxatdan o’tkazilgan NIZOM, ro’yxat raqami 1997)

Diqqat! Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi 24 soat ichida yangilanadi.

Toʼlanmagan jarima nimaga olib keladi?
— Respublikadan chiqishga cheklovga olib keladi
— Shaxsiy mulkingizga jarima solishi mumkin
— Sizga ma’muriy ish qo’zg’atishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazining axborot xizmati

Boshqarma haqida
Interaktiv xizmatlar
  • Ma’muriy bayonnomani izlash
  • Yoʼl harakati qoidalari foto va video radarlari uchun bayonnomalarni qidirish
  • Jarimalar kalkulyatori
  • Yoʼl harakati qoidalarini buzganligi haqida videolarni qabul qilish
  • O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, .Rajabiy ko`chasi, 1
  • ic@mvd
  • 1102

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab,
ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 Barcha huquqlar himoyalangan

Jamoa tomonidan yaratilgan