Respublika ta lim markazi |Rasmiy
Vazirlar Mahkamasining 16.04.2020 yildagi 232 -son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlangʻich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan oʻquvchilarga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab BHMning 1 baravari miqdorida oylik stipendiya uchun mablagʻlar ajratilishi hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilindi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar uchun namunaviy ustavlar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 7.08.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 466 -son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 6.09.2019 yildagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812 -son Farmonini ijro etish maqsadida qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻgʻrisidagi nizom;
- Boshlangʻich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi;
- Oʻrta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi;
- Oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning namunaviy ustavi.
Tizimida kollejlar va teхnikumlar boʻlgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalariga tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ularning ustavlarini ishlab chiqish hamda ularning faoliyatini ularga muvofiq yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining 16.04.2020 yildagi 232 -son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlangʻich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan oʻquvchilarga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab BHMning 1 baravari miqdorida oylik stipendiya uchun mablagʻlar ajratilishi hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilindi.
Quyidagilar professional ta’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaхassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaхassisliklarga boʻlgan talablarini qondirish;
- mehnat faoliyatida zamonaviy AKTni tatbiq qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
- хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etish;
- Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uygʻunlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda oʻqitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
- “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida ta’lim olishga oʻtish uchun sharoitlar yaratish va boshqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.
Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
Popular posts
Oxirgi xabar
2023-02-10 07:43:36
Tanlovda ishtirok etib, kitoblar jamlanmasini qo’lga kiriting!
Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan 10-11- fevral kunlari soat 11:00 dan 20:00 ga qadar oʻquvchilar oʻrtasida onlayn tanlov e’lon qilinadi.
Onlayn tanlov ikki yoʻnalishda:
Ona tili va
Navoiy ijodi (9-11-sinf) ga bagʻishlanadi.
Ona tili yuzasidan oʻtkaziladigan tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich savodxonlik test (umumiy)
2-bosqich O’qib tushunish ko’nikmasini baholovchi testlar (5-6-sinflar, 7-8-9-sinflar va 10-11-sinflar)
13-fevral kuni har bir yo’nalishda yuqori ball toʻplagan 10 ta ishtirokchidan 3 nafari random yoʻli orqali aniqlanadi va 3 ta oʻringa “Asaxiy Books” internet-doʻkonining 20 talik eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami sovgʻa qilinadi.
Tanlov telegram quyidagi bot orqali o’tkaziladi: @rtmtestrobot
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
23.3K viewsedited 04:43
2023-02-09 15:26:20
#Bilasizmi
Mir Alisher Navoiy haqida 15 maʼlumot
Navoiyning ilmga boʻlgan ishtiyoqi erta uygʻonib, 4 yoshida maktabda taʼlim ola boshlagan. Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yoddan bilganlar.
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
6.8K viewsedited 12:26
2023-02-09 09:01:46
#Navoiyni_eslab
Ilmni kim vositayi joh etar,
Oʻziniyu xalqni gumroh etar.
Ushbu videorolik buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582-yilligiga bag’ishlanadi. Respublika ta’lim markazi xodimlari Sizga ulug’ mutafakkir ijodini 7 tilda tinglash zavqini baxsh etadilar.
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
25.2K views06:01
2023-02-09 06:00:20
“Darslarni tashkil etishda toʻgʻri maqsad qoʻyish va refleksiya” mavzusida onlayn seminar
Bugun, 9-fevral kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Dilafruz Azamatova ishtirokida onlayn seminar bo’lib o’tadi.
Seminarda ishtirok etish uchun link
https://us02web.zoom.us/j/89842411350
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
14.0K viewsedited 03:00
2023-02-08 14:19:02
Tabiiy ofatlar: Zilzila vaqtida nima qilish kerak?
Ushbu video orqali zilzila sodir bo’lganda nima qilish kerakligini o’rganishingiz mumkin.
Video Toshkent shahridagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab internatining surdopedagog o’qituvchisi Aydin Xudoyberganova tomonidan surdotarjima qilindi.
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
9.8K viewsedited 11:19
2023-02-08 08:01:47
Alisher Navoiyning o’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni shakllantiruvchi misralari
Respublika ta’lim markazi Standart va baholash bo’limi metodisti Oysuluv Musurmonqulova Alisher Navoiyning Adabiyot darsturiga kiritilgan, o’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni shakllantiradigan ijod namunalarini sharxlaydi.
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
10.1K viewsedited 05:01
2023-02-07 13:52:01
Milliy o’quv dasturi asosida tayyorlangan darsliklar rassomlari tomonidan yaratilgan bu ijod namunalari allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalishga va o’zbek xalqining turk birodarlariga bildirgan hamdardligi ramziga aylanib ulgurdi.
1-rasm muallifi – Respublika ta’lim markazi Darsliklar dizayni bo’limi mutaxassisi Sarvar Farmonov.
2-rasm muallifi – Respublika ta’lim markazi Darsliklar dizayni bo’limi mutaxassisi Umid Sulaymonov.
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
15.5K views10:52
2023-02-07 13:20:00 Yangi oʻquv dasturlari amaliyotga kiritiladi
Davlat dasturi loyihasiga koʻra 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ koʻnikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan yangi oʻquv dasturlarini amaliyotga kiritilish taklif etilmoqda.
Bunda:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1–4 sinflarida oʻquvchilarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish;
5–9-sinflarda oʻquvchilarga umumtaʼlim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy etiladi.
Natijada, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini jamoa boʻlib ishlash, muloqot qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari asosida oʻquvchini mantiqiy fikrlashga, oʻz fikrini ifoda eta olishiga va darslarda erkin muhitni shakllantirishga eʼtibor beriladi.
10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan oʻquv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot, chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.
Loyiha boʻyicha taklif qoldirish mumkin: https://2023.strategy.uz/83-2/
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
15.3K views10:20
2023-02-07 08:14:17
#Infografika
Formativ baholashda foydali yondashuv
Matn shaklida o’qish
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
11.1K views05:14
2023-02-06 08:15:45
Tanlovda ishtirok etib, kitoblar jamlanmasini qo’lga kiriting!
Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazi Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan 8-9- fevral kunlari soat 11:00 dan 20:00 ga qadar oʻquvchilar oʻrtasida onlayn tanlov e’lon qiladi.
Onlayn tanlov ikki yoʻnalishda:
Ona tili va
Navoiy ijodiga bagʻishlanadi.
Ona tili yuzasidan oʻtkaziladigan tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich savodxonlik test (umumiy)
2-bosqich PISA testlari (5-6-sinflar, 7-8-9-sinflar va 9-10-sinflar)
10-fevral kuni har bir yo’nalishda yuqori ball toʻplagan 10 ta ishtirokchidan 3 nafari random yoʻli orqali aniqlanadi va 3 ta oʻringa “Asaxiy Books” internet-doʻkonining 20 talik eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami sovgʻa qilinadi.
Tanlov telegram bot orqali o’tkaziladi.
Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter