Press "Enter" to skip to content

Ingliz tilini o‘rganish uchun yangi onlayn maktab – Skyeng

– Bir vaqtlar o‘qituvchilar dars o‘tar, daftar tekshirar, sinfga hamda kabinetga rahbarlik qilar va shunga maosh olar edi, – deydi Andijon tumanidagi 38-maktab o‘qituvchisi Muzaffar Ismoilov. – Keyinchalik kabinet mudirligi uchun pul to‘lanmaydigan bo‘ldi. Ta’limda yuklama degan narsa chiqdi. Unga ko‘ra, endi o‘qituvchi turli tadbirlarda, tanlovlarda, olimpiada va bilimlar bellashuvida o‘quvchilarining ishtirok etgani, obodonlashtirishdagi hissasi, majlislarda qatnashgani, darsni tahlil qilgani, konspekt yozgani, matbuotda maqola chiqargani, to‘garak o‘tgani, navbatchilikda turgani, imtihon olgani, iqtidorlilar va bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan alohida ishlagani kabi ishlarga ham haq to‘lanadigan bo‘ldi go‘yo. Aslida-chi?

Maza-matrasiz tadbirvozlig-u bir uyum hisobotmi yoki bilimdon avlod – bizga qay biri kerak?

Maktab ta’limi tajriba-sinov maydoni bo‘lib qol gan. Reyting tizimi (o‘qituvchi salkam hisobchiga aylangan edi), so‘ngra baholash sistemasining yana o‘zgarishi, pedagogning ish yuklamalari va ustama, toifa uchun kurashlar, ayni kunlarda esa attestatsiya sinovlaridan eson-omon o‘tib olish tashvishi o‘qituvchilarni har doim sarosima va hadiklar ichra ishlashga majbur qilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 – yil 20 – avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagog xodimlari uchun bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi quyidagicha belgilandi:

· 1–4-sinflarda – haftasiga 18 soat;

· 5–11-sinflarda – haftasiga 20 soat.

Shunga muvofiq o‘qituvchilar darsdan tashqari belgilangan soatlarda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar, iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi, fan to‘garaklari tashkil etishi, ota-onalar bilan ishlashi lozim.

Bugun qaysi maktabda pedagogik yuklama vijdonan ado etilmoqda?

Bu savol poytaxtning Yangihayot tumanida yashovchi Noila Shorasulova kabi ko‘plab ota-onalarni o‘ylantiradi:

– Farzandim 4-sinfgacha ingliz tilini yaxshi o‘zlashtira olmadi. Vaholanki, maktablarda ingliz tili 1-sinfdan boshlab o‘qitiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘qituvchilar bahoga saxiy bo‘lishadi. Ammo 5-sinfda qarasam, chorak bahosi 3 chiqibdi. Hatto, harflarni tanimaydi. Keyin repetitorga berdim. Ikki oyda bola harflarni tanib, o‘qishni boshladi. Har darsda o‘quv markazi o‘qituvchisi yangi so‘zlar yodlatadi, grammatikani oson tarzda o‘rgatadi. Bolam yaxshi o‘zlashtira boshladi. Ammo chorak bahosi yana 3 chiqdi. Men maktabdagi ingliz tili o‘qituvchisi bilan bog‘landim. “Nahotki o‘quvchingizda o‘zgarish bo‘lganini sezmadingiz. O‘quv yili boshida harf tanimasdi, hozir o‘qiyapti, gapira boshladi. Mashqlarni bajara olyapti”, dedim. O‘qituvchi esa “Bolangizning bahosi shu”, dedi. Axir, farzandim yaxshi o‘zlashtirolmayotgan ekan, o‘qituvchi u bilan darsdan tashqari har xil qiziqarli metodlar asosida qo‘shimcha ishlashi kerak emasmi? Men ham maktabda ishlaganman, pedagogik yuklama degan narsa bor. O‘quvchining oqsayotgan tomonlarini o‘qituvchi vaqtida aniqlab, u bilan darsdan tashqari mashg‘ulot olib borishi kerak. Buning uchun ularga haq to‘lanadi. Agar har bir o‘qituvchi pedagogik yuklama uchun ajratilgan soatlarni to‘laqonli ado etganida biz ota-onalar bolalarimizni ovora bo‘lib repetitorga bermasdik. Maktabda yuzaga kelayotgan bo‘shliqlarni bugun o‘quv markazlari, repetitorlar to‘ldiryapti. Ko‘pgina maktab o‘qituvchilarining o‘zi repetitorlik qiladi. Ya’ni darsda yaxshi o‘zlashtirolmayotgan o‘quvchini darsdan tashqari vaqtida pulga o‘qitadi.

Noila Shorasulovaning e’tirozlari o‘rinli. Ammo aksariyatimiz bu o‘rinli e’tirozlarga allaqachon ko‘nikib bo‘lganmiz. Albatta, o‘qituvchilar orasida fidoiy, o‘quvchi bilimini mas’uliyat bilan o‘stirishga e’tibor qiladiganlar ham talaygina. Ammo bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga tekinga qo‘shimcha dars o‘tadigan o‘qituvchilar juda oz. Iqtidorlilar bilan ishlash o‘qituvchiga bugungi kunda foyda keltiradi. Sababi, o‘quvchisi fan olimpiadalari va turli tanlovlarda g‘olib bo‘lsa ustozga ustamalar yoziladi, mukofotlar beriladi. Bu albatta, yaxshi. O‘qituvchi qancha rag‘batlantirilsa, ta’limda o‘sish ko‘zga tashlanadi. Ammo. bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan kim ishlaydi?

O‘qituvchilarni ham eshitaylik!

Ehtimol, bu borada o‘qituvchilarning o‘z haqiqatlari va aytar gaplari bordir. Pedagogik yuklamaga yetarli haq to‘lanadimi? Nega aksariyat o‘qituvchilar unga sovuqqonlik bilan qarashadi?

– Bir vaqtlar o‘qituvchilar dars o‘tar, daftar tekshirar, sinfga hamda kabinetga rahbarlik qilar va shunga maosh olar edi, – deydi Andijon tumanidagi 38-maktab o‘qituvchisi Muzaffar Ismoilov. – Keyinchalik kabinet mudirligi uchun pul to‘lanmaydigan bo‘ldi. Ta’limda yuklama degan narsa chiqdi. Unga ko‘ra, endi o‘qituvchi turli tadbirlarda, tanlovlarda, olimpiada va bilimlar bellashuvida o‘quvchilarining ishtirok etgani, obodonlashtirishdagi hissasi, majlislarda qatnashgani, darsni tahlil qilgani, konspekt yozgani, matbuotda maqola chiqargani, to‘garak o‘tgani, navbatchilikda turgani, imtihon olgani, iqtidorlilar va bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan alohida ishlagani kabi ishlarga ham haq to‘lanadigan bo‘ldi go‘yo. Aslida-chi?

Muammoni oddiy arifmetik usul bilan yechaylik. Bir soat dars uchun o‘qituvchiga 4000 so‘m beriladi, deb hisoblaylik. Uni ikkiga bo‘lishdi. 2000 so‘m o‘tilgan darsga, qolgan 2000 so‘mning 92,5 foizi yuklama uchun to‘lanadigan bo‘ldi, ya’ni sopi o‘zidan chiqarildi. Shu tariqa yuklama qo‘shilishi bilan oylik oshishi o‘rniga 3,75 foizga kamaydi. Yuklama uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilmagan. 4000 so‘m 6000 so‘m bo‘lib qolmagan. Aksincha, maosh kamayib, ish ko‘paygan. O‘sha yillarda yuklamani bajarishga ko‘p kuch va mablag‘ sarflanib, papkalar keraksiz qog‘ozlar bilan to‘ldirildi. Qog‘ozbozlik 2018-yili keskin qisqartirildi, alohida jurnal yuritish ham bekor bo‘ldi. Kasb-hunar maktablarida jurnal yuritish va qog‘oz to‘ldirish jarayonlari esa hamon davom etmoqda.

“Pedagogik yuklama. Axir tadbirlardan ortmayapmiz-ku”

– Pedagogik yuklama to‘laqonli bajarilsa, bu yaxshi, – deydi Termiz shahridagi 13-maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Gulchehra Ashurova. – Ko‘p yillik o‘qituvchilarda fidoyilik degan tushuncha bor. Ular qoniqarli haq to‘lanmasa ham, o‘quvchining bilim darajasi sustlashayotganiga qattiqqo‘llik bilan qarab, jiddiy shug‘ullanishadi. Ammo yosh o‘qituvchilarda kelajak avlod oldidagi mas’uliyat tushunchasi yo‘qolib borayotgandek. O‘quvchi bilan darsdan tashqari paytlarda tekinga shug‘ullanishni istashmaydi. “Yuklama uchun haq to‘lanmaydi” yoki “To‘lanayotgan haq qoniqarli emas”, deyishdan oldin o‘ylab ko‘raylik, biz o‘zi yuklamani bajaryapmizmi?! Bajarmayapmiz, desak ham xato bo‘ladi, lekin asosiy vaqtimiz pedagogik yuklamaning tadbirbozlik yo‘nalishiga ketyapti. Chunki bugun hamma tashkilot maktabga egalik qilishni xohlaydi. Har kuni tadbir yoki unga tayyorgarlik ishlari bilan bandmiz. Oxirgi vaqtlarda tadbirlar shunchalik ko‘paydiki, o‘qituvchi darsdan tashqari fan to‘garagi o‘tishi, iqtidorlilar yoki bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan alohida ishlashga vaqt topolmay qoldi. Har kuni qaysidir tashkilot o‘quvchilarimizni tadbirga olib ketadi. Uning orqasidan o‘qituvchilar ovora, darslar buzilgan, tadbir uchun kostyum, detallar, yo‘l kira va hokazo xarajatlar o‘qituvchining cho‘ntagidan ketadi. Endi o‘qituvchi o‘zi istasa ham, pedagogik yuklamani to‘liq bajara olish imkoniyatidan mahrum. “Zakovatbozlik”, inshobozlik, tadbirbozlikdan bo‘shamayapmiz. Bisyor bo‘lsa bol ham beqadr, deyishadi. “Zakovat” intellektual o‘yinlari yoki o‘quvchilarning fikrlashini o‘stirishga xizmat qiluvchi har xil mavzularda insho yozishlari juda yaxshi, ammo ular xo‘jako‘rsinga, faqat hisobotlarni to‘ldirish uchun, keragidan ortiq darajada ko‘payib ketishi o‘quvchilarni bezdirib qo‘yyapti. Eng yomoni, darslardan qolishyapti. Haqiqiy bilim olish jarayoniga putur yetyapti.

Nega maktablar o‘quv markazlaridek bilim berolmaydi?

Bu haqda ko‘p gapiramiz, ko‘p o‘ylaymiz. Maktab o‘qituvchilari bilan suhbatda bo‘lsangiz, buning sabablari topiladi. Har kuni o‘quvchini yetaklab tadbirga yugurayotgan, attestatsiya dardi bilan darsni ham unutayozgan o‘qituvchi qanday qilib samaraga erishsin?!

– O‘qituvchilarga oylik ustamalarni belgilash mezonlarining o‘zi noto‘g‘ri tuzilgan, nazarimda, – deydi f ilologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Oysara Usanova. – Baholash mezoni 9 banddan iborat. Bandlarni mazmuniga ko‘ra 4 ta qismga ajratish mumkin. Birinchisi, bevosita ta’lim mazmuniga tegishli 1-, 4-bandga jami 25 ball ajratilgan. Ikkinchisi, tadbirlarni tashkil qilishga tegishli 2- , 3-, 8-bandlarga jami 45 ball ajratilgan. Uchinchisi, ish staji, malaka oshirganligi va sinf rahbari faoliyatga tegishli 5-, 6-, 7-bandlarga jami 25 ball ajratilgan. To‘rtinchisi, o‘quvchilar va Kuzatuv kengash a’zolari fikri bilan baholash mezoniga tegishli 9-bandga jami 10 ball ajratilgan.

O‘qituvchi bir o‘quv yilida 30-40 nafar o‘quvchisi bo‘lgan sinfda o‘rtacha sifat ko‘rsatkichini 86 foizdan oshirishga erishsa 5 ball, tadbirda o‘quvchisi (qancha o‘quvchi soni qatnashishi belgilanmagan) 86 foizdan yuqori ball to‘plasa 30 ball beriladi.

O‘qituvchilarni rag‘batlantirishning bu mezonlari oqibatida birinchi navbatda maktablarda tadbirbozlik rivojlanadi, ta’lim sifati yanada pasayib ketadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilimini oshirishga, sifat ko‘rsatkichini yaxshilashga harakat qilishdan ko‘ra o‘quvchilarining tadbirlarda ishtirok etishiga e’tibor bera boshlaydi. Sinfda o‘quvchilarning o‘rtacha sifat ko‘rsatkichi pasaysa, ballni tadbirlar orqali to‘ldirishga harakat qiladi. Dars uchun vaqt ajratmasdan, tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishga vaqt va kuch sarflaydi. Tadbirlarni tayyorlaydigan mutaxassislarni qo‘shimcha mablag‘ hisobiga (ota-onalar mablag‘i hisobidan) o‘quvchilarni tayyorlashga jalb qilishga harakat boshlanadi.

Tadbirlar dars hisobidan bo‘lmasin!

Bu hali hammasi emas, angrenlik o‘qituvchi Matluba Nasriddinovaning ta’kidlashicha, hatto ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar ham maktabdagi darslarni inobatga olmagan holda tashkillashtiriladi.

– Mana universitetlar maktablar bilan hamkorlikda ishlayapti, – deydi Matluba Nasriddinova. – Maqsad ta’lim sifatini yaxshilash, ammo. Masalan, ertaga maktabimizdan 30 o‘qituvchi universitetda o‘tkaziladigan seminar-treningga olib ketilishi aytildi. Ertaga metod kuni emas. Har bir o‘qituvchida 5 soatdan dars bor. Masofa uzoqligini hisobga olib, 2 soat oldin yo‘lga chiqiladi. Agar har bir o‘qituvchida 4 soatdan dars bor desak, 30 nafari jami 120 soat dars o‘tishi kerak. “Ta’lim sifatini oshirishga” qaratilgan seminar-trening o‘quvchining haqiga xiyonat qilish evaziga tashkil etilmasligi kerak-ku! Nima deb o‘ylaysiz, bu ahvolda ta’lim sifati osharmikan?

Ha, bunday sabablarni o‘rganganda xulosalar qanday bo‘lishi ma’lum. Ta’lim tizimida qachon xo‘jako‘rsinga asoslangan tadbirlardan voz kechilsa, o‘qituvchining bilimini sinovdan o‘tkazish va baholash mezonlari optimallashtirilsa, o‘qituvchining mehnati munosib rag‘batlantirilsa, shundagina sifat va samaradorlikka erishiladi. Muallimning vaqti behuda tadbirlar-u yugur-yugurlardan xoli bo‘lmas ekan, u hech qachon o‘ziga tegishli bo‘lgan eng muhim vazifa – o‘quvchiga bilim va ko‘nikma berish, uni hayotga, fikrlashga o‘rgatish ishini maromiga yetkazib bajarolmaydi. Shunday ekan, o‘ylab ko‘raylik, bizga qaysi biri kerak, tadbirlar-u ulardan qolgan bir dunyo qog‘oz va rasmlar uyumimi yoki bilimdon avlodmi?

Zilola MADATOVA

Ingliz tilini o‘rganish uchun yangi onlayn maktab – Skyeng

Skyeng – bu ingliz tili bo‘yicha yangi avlod onlayn maktabi. Maktabning professional jamoasi masofaviy tarzda ingliz tilini o‘rganishni xohlovchilarga yordam berishadi. Internet va interaktiv darslar yordamida til o‘rganish uchun ajoyib vosita.

Maktabda kattalar uchun sayohat va kareraga mo‘ljallangan ingliz tili kurslari, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va 4 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ingliz tili kurslari hamda ikkinchi sinfdan o‘n birinchi sinfga qadar bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun matematika kursi mavjud. Umuman olganda, 7 yoshda 70 yoshgacha bo‘lgan til o‘rganuvchilar ushbu onlayn platforma yordamida ingliz tilini qiziqarli va samarali usullarda o‘rganishlari mumkin.

Darslar internet orqali yuzma-yuz videomoloqot tarzida o‘tiladi. Bunda maxsus ishlab chiqilgan VimBox interaktiv platformasi quyidagi imkoniyatlarga ega:

– video va audio materiallar

Birinchi sinov-tanishuv darsi bepul taqdim qilinadi. Kirish darsida o‘qituvchi bilan tanishasiz, ingliz tili darajangiz aniqlashtiriladi va darslar keyinchalik qanday olib borilishi, o‘quv grafigi, onlayn platforma imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.

O‘qituvchilar esa o‘quvchining maqsadlariga qarab tanlanadi, darslar interaktiv mashg‘ulotlar asosida, o‘quvchining qiziqishlariga qarab olib boriladi. Eng muhimi darslar soni va vaqtini o‘zingiz mustaqil belgilay olasiz. Tanlagan vaqtga va sizning darajangizga mos bo‘lgan ko‘pgina o‘qituvchilar ichidan o‘zingizga mos trenerni tanlab olasiz.

Bundan tashqari, o‘qish davomida har bir o‘quvchining natijalari kuzatib boriladi, darslarga tuzatishlar kiritiladi hamda har bir darsdan keyin hisobot yuboriladi. Natijalarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borasiz. Uy vazifalari, interaktiv o‘quv materiallaridan tashqari ko‘plab bepul videodarslar, vebinarlar, so‘zlashuv klublari, bolajonlar uchun jonli ertaklar klubi taqdim etiladi.

Maktabning eng asosiy afzalligi – bu onlayn o‘qitish jarayonini sifatli tashkil qila olganligidir. Hozirgi pandemiya davrida masofaviy tarzda o‘qitadigan sifatli platformani topishning o‘zi ham katta yutuq.

Onlayn ta’limning afzalliklari esa juda ko‘p: istagan joyingizdan darsga qatnasha olasiz – kafe, ofis, uy. Dars uchun faqatgina internet kerak. Istagan vaqtingizda o‘qiysiz: ertalab yoki kechasi, ish kunlari yoki dam olish kunlari. Dars davomiyligi – 50 daqiqa.

Mazkur platformada onlayn tarzda o‘qish uchun barcha zarur imkoniyatlar bor: o‘qish uchun onlayn ravishda ariza qoldirish mumkin, bundan keyin esa siz bilan operator bog‘lanadi va istagingizga qarab bepul kirish darsini sizga qulay vaqtga qo‘yib beradi.

Kursni tamomlaganingizdan keyin esa sizga maktab muhri qo‘yilgan sertifikat va LinkedIn’da tavsiyanoma taqdim etiladi.

Marhamat, ushbu onlayn maktab bilan tanishing, bilim olishning sinalgan va zamonaviy vositasidan foydalaning.

Bepul sinov darsiga yozilish uchun ushbu havolga o‘ting.

Maktabda ingliz tili

Farzandlaringiz dunyoning eng chiroyli tillaridan biri hisoblangan arab tilini mukammal o‘rganishini istaysizmi? Shu bilan birga, ingliz tilida ravon so‘zlashishini-chi?

Hurmatli ota-onalar! Sizlar uchun ajoyib yangilik:

Ingliz va arab tiliga ixtisoslashgan «SALAM SCHOOL» maktabida 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda.

Xalqaro maktabda bolalar ingliz va arab tillari bilan bir qatorda rus tili hamda informatsion texnologiyalar bo‘yicha ham chuqur bilimga ega bo‘lishadi.

«SALAM SCHOOL» xususiy maktabi 1-sinfdan 7-sinfgacha bo‘lgan bolajonlarni yangi o‘quv yili uchun taklif etadi.

Farzandlari rus tilida o‘qishini istagan ota-onalar uchun ularni rus guruhiga berish imkoni mavjud.

Sizning farzandlaringiz bizning maktabimizda:

* Misrlik ustozlardan arab tilini;
* Yevropalik mutaxassislardan ingliz tilini;
* O‘z kasbining mohir ustalaridan «IT» – informatsion texnologiyalarni;
* Suvda mohirona suzishni;
* Badiiy va jismoniy gimnastika;
* Notiqlik mahorati;
* Teatr to‘garagi;
* Eng asosiysi, qadriyatlarimizga xos bo‘lgan odob – go‘zal axloqni o‘rganishadi!

Maktabda innovatsion ta’lim jarayoni bilan bir qatorda quyidagi qulayliklar ham mavjud:

* Bolalar salomatligi uchun qayg‘uradigan alohida mutaxassis va uning nazorati ostidagi 3 mahal foydali va mazali taomlar
* O‘zlashtira olmayotgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar
* Foydali to‘garaklar
* Sport mashg‘ulotlari

Batafsil ma’lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin: www.salam-school.uz

Shoshiling! Joylar soni cheklangan!

Manzil: Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi, 75-uy.

Ma’lumot uchun telefon:

Telegram orqali yozing:

Reklama huquqi asosida

Toshkentda «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» tegiga oid kompaniya va tashkilotlar ro’yhati: manzillar, telefonlar, kontaktlar

Toshkentda Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab – kompaniyalar va tashkilotlar to’liq ro’yhati

Siz Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab tushunchasi bilan faoliyati bo’g’liq bo’lgan biznes vakillari ro’yhatini qidiryapsizmi? Ushbu sahifa qidiruvlaringizni to’xtatishingizga yordam beradi, chunki bu yerda sizni qiziqtiradigan barcha ma’lumotlar joylashgan! Yellowpages.uz ma’lumotnomasini bu bo’limida Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab tushunchasi bilan bo’g’liq bo’lgan barcha Oz’bekiston kompaniyalari va tashkilotlari jamlangan. Bunday xizmat bir vaqtda ham biznes vakillari uchun, ham saytimiz qatnashchilari uchun juda qulay. Siz «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» kalit so’zi orqali topishni istayotgan kompaniyalar va tashkilotlar haqidagi deyarli barcha ma’lumotlarni shu yerda topishingiz mumkin. Bu xizmatni muhim jihati shunda-ki, bu yerda biznesni faol vakillari haqida ma’lumotlar keltirilgan, ular o’zlari «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» tegi orqali kompaniyalari topilishini istashgan. Shuning uchun olgan barcha ma’lumotlaringiz sizga shubxasiz katta foyda berishi mumkin.

Kompaniyangiz faoliyati to’g’ridan to’g’ri yoki qisman Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab tushunchasi bilan bog’liqmi?

Unda siz albatta o’zingizni tashrif qogozingizni shu sahifada qoldirishingiz kerak! Yellowpages.uz Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab tegini qo’llagan holda biznesingizni rivojlantirishingiz uchun eng zo’r imkoniyatni taklif etadi. Sizdan faqat so’rovnoma to’ldirib berishingiz talab qilinadi. Qolgan ishni mutaxassislarimiz bajarishadi, undan keyin esa «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» kalit so’zi orqali kirgan barcha saytimiz foydalanuvchilari sizni tashkilotingizni ham ko’rishadi. «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» tegini ishlatish uchun sizga ikki mexanizmlardan birini tanlash imkoni beriladi. Bunda siz «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» so’zi ro’yhatga qoshilgan 50 ta kalit so’zidan iborat shaxsiy paketni buyurtma qilishingiz yoki sayt-vizitka xizmati ostidagi reklama qilish shaklini qollashingiz kerak bo’ladi. Bunday xizmatni buyurtma qilish imkonini boy bermang, va «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» oddiy so’zi biznesingizni rivojlantirishda kuchli va ta’sirli vositaga aylanadi! Agarda bu sahifada «Ingliz tiliga ixtisoslashgan maktab» so’zi yoki boshqa kalit so’zlar orqali topilgan tashkilotlar haqidagi noto’g’ri yoki eskirgan ma’lumotlarni ko’rib qolib, info@yellowpages.uz electron manzilimizga xat orqali ma’lum qilsangiz sizdan juda minnatdor bo’lamiz. Xat mavzusida «saytdagi xato» deb yozishingizni so’raymiz, xat ichida esa muammoni ta’riflab berishingiz mumkin. Tekshiruvdan so’ng siz bergan ma’lumotlar qisqa vaqt ichida yangilanadi.