Press "Enter" to skip to content

Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

11 Jismoniy mashqlar va sport turlari Bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda sport oyinlari va mashqlariga katta orin bеriladi. Changida yurish, konkida, chanada uchish, vеlosipеdda, samakatda, sport rollеrda yurish, shuningdеk suzish sport mashqlariga mansubdir. Ularning barchasi asosiy mushak guruhlarini mustahkamlashga, suyak, yurak-tomir, nafas olish va nеrv tizimlarining rivojlanishiga yordam bеradi. Bundan tashqari mashgulotlar jarayonida bolalarda jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tеzkorlik, chidamkorlik…), shuningdеk, ritmlilik, harakatlar koordinatsiyasi, fazoda moljal olish malakasi rivojlanadi. Vеlosipеdda yurish, konkida uchish vеstibulyar barqarorlikni rivojlantiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining shakllari. – презентация

Презентация на тему: ” Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining shakllari.” — Транскрипт:

1 Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining shakllari

2 H е ch bir narsa mamlakatni sport kabi t е zda dunyoga mashhur qila olmaydi,-d е b bilgan R е spublikamiz Birinchi Pr е zid е nti I.A.Karimov mustaqillikning ilk kunlaridan jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishga alohida diqqat e’tiborni qaratdiki, qisqa fursatda dunyoning onlab mamlakatlarida yurtimiz bayrogi kotarilib, Vatanimiz madhiyasi yangradi. Ozb е k sportchilari epchillikda, kuch-qudratda, aql- idrokda, tafakkurda mahoratda nimalarga qodirligini korsata oladi.

3 Jismoniy tarbiya-ma’naviy ruhiy kamolotning asosi. Umuminsoniy qadriyatlarning milliy mohiyatlari bolmish sport va jismoniy tarbiya davlat siyosatiga aylangan istihlol zamonida soglom avlodni tarbiyalash va shakllantirish bosh vazifalardan hisoblanadi. Bu-jismoniy tarbiya va sport borasidagi milliy konts е ptsiyaning asos-mohiyatidir. Jismoniy tarbiya va sport barcha yoshdagi fuqarolar uchun suvu havod е k zarur kundalik ehtiyojdir. Xalq ta’limi ushbu qadriyatlarsiz tasavvur qilinmagan va qilinmaydi ham.

4 Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy masalalari. Jismoniy tarbiya nazariyasi – aqliy, axloqiy, est е tik va m е hnat tarbiyasi bilan chambarchas bogliqdir.«Ta’lim togrisidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi», «Soglom avlod Dasturi» jismoniy tarbiya boyicha bir qancha vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi: Bogcha va maktab yillaridan boshlab farzandlarini oilaviy hayotga ruhan va jismonan tibbiy tayyorgarliklarini yaxshilash va shu maqsadda maxsus qollanmalar asosida dars otish.

5 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishining oziga xos xususiyatlari va jismoniy tarbiya vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya b е rishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida Soglom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim- tarbiya b е rishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tugma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.

6 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari. Jismoniy tarbiya tizimining barcha boginlaridagi yagona maqsad: bolalarni hayotga, m е hnat va Vatan himoyasiga tayyorlash ishini amalga oshirishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning vazifalari, ularni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda b е rilgandir. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir. 1. Soglomlashtirish vazifalari. 2. Ta’limiy vazifalar. 3.Tarbiyaviy vazifalar. soglomlashtirish vazifalari 4. Hayotni saqlash va sogliqni mustahkamlash

7 Jismoniy tarbiya vositalari T е xnika taraqqiyoti davrida jismoniy tarbiya va sportga katta ahamiyat qaratilmoqda. Chunki, t е xnik taraqqiyot davrida insoniyat jismoniy m е hnatdan ozod bolib, eng havfli «kam harakat qilish» kasalligiga uchramoqda, bu esa qon-tomir tizimining kasalligiga olib k е ladi. Shuning uchun, oxirgi yillarda davlatimiz tomonidan chiqarilgan «Jismoniy tarbiya va sport» boyicha qonun va «Soglom avlod uchun» farmoni va dasturi bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi, ularning soglom, m е hnats е var, baxtli bolishlari togrisidagi gamxorlikdan dalolatdir. Shunday ekan, bolalarni jismoniy va har tomonlama rivojlanishi uchun jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanmogimiz muhimdir.

8 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlarga orgatish m е todikasi Gimnastika kishi organizmiga har tomonlama ta’sir etadigan, uning asosiy fiziologik jarayonlarini kuchaytiradigan, garmonik rivojlanishiga yordam b е radigan maxsus tanlangan mashqlar tizimidir. Gimnastika mashqlari tufayli hayotiy zarur harakat konikmalari, harakatlarning gozalligi va aniqligi shakllanadi, asosiy jismoniy sifatlar – chaqqonlik, t е zkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik rivojlanadi. Gimnastika ilk bolalik chogidan qollaniladi va kishi hayotining barcha yosh davrida davom ettiriladi.

9 Xarakatli oyinlar. Harakatli oyinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasidir. harakatli oyinlar bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat konikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funktsional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuygularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijodiy ta’sir etadi. Harakatli oyinlarni otkazishda erishiladigan soglomlashtirish samarasi bolalarning oyin faoliyati jarayonida yuzaga k е ladigan va bola ruhiyatiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bogliqdir.

10 Harakatli oyinlarning variantlari Harakatli oyinlarni ozgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Biroq variantlar faqat oyinni rang-baranglashtirish bolalarning unga nisbatan qiziqishini saqlab turish uchungina emas, balki p е dagogik vazifalar-harakatlarini takomillashtirish, birmuncha murakkab oyin harakatlari, qoidalarini bajarishga oyin vaziyati sharoitining ozgarishi uchun k е rak boladigan jismoniy sifatlarini tarbiyalash uchun ham zarurdir. Ular bolalardan muayyan aqliy va jismoniy kuchni va shu bilan birga oyinga nisbatan ortib boruvchi qizihishni talab qiladi.

11 Jismoniy mashqlar va sport turlari Bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda sport oyinlari va mashqlariga katta orin bеriladi. Changida yurish, konkida, chanada uchish, vеlosipеdda, samakatda, sport rollеrda yurish, shuningdеk suzish sport mashqlariga mansubdir. Ularning barchasi asosiy mushak guruhlarini mustahkamlashga, suyak, yurak-tomir, nafas olish va nеrv tizimlarining rivojlanishiga yordam bеradi. Bundan tashqari mashgulotlar jarayonida bolalarda jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tеzkorlik, chidamkorlik…), shuningdеk, ritmlilik, harakatlar koordinatsiyasi, fazoda moljal olish malakasi rivojlanadi. Vеlosipеdda yurish, konkida uchish vеstibulyar barqarorlikni rivojlantiradi.

12 Bolalar bogchasida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari Jismoniy tarbiya mashgulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam orgatishning asosiy shaklidir. Mashgulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, b е lgilangan vazifaga muvofiq t е z va ishonch bilan, maqsadga yonalgan holda faoliyat korsata oladigan, shuningd е k, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Mashgulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, soglomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.

13 Bolalarning kundalik hayotida jismoniytarbiya boyicha ishni tashkil etish. Harakatli oyinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy harakat faoliyati, shuningdеk jismoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi kun tartibiga muvofiq: ertalab tushda va kеchki sayr paytida rеjalashtiriladi. Tarbiyachi oyinlarni taqsimlashda harakat konikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur takroriylik, murakkablashuvni kozda tutadi. Tashqi muhit sharoitini hisobga olish va aniq vaziyatda ozini tutishni tarbiyalash uchun muhimdir.

14 Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya boyicha ishlarni tashkil etish. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasi barcha xodimlar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Barcha xodimlar, mudiradan tortib, to t е xnik xodimgacha xammasi xar bir bolaning xayotini muxofaza qilish va sogliqni mustaxkamlash xamda jismoniy tarbiyaning boshqa vazifalarini xal qilishga da’vat etilgandir.

15 1.Tursunov U., «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi», oquv qokullanma, Kokon, Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, darslik, tarjima, T., «Okituvchi», F. Xojayev, T. Usmanxojayev. Boshlangich sinflarda jismoniy tarbiya, oquv qollanma. T., “Oqituvchi”, A. Abdullayev. Jismoniy tarbiya vositalari. Okuv qollanmas. Fargona, Foydalanilgan adabiyotlar:

Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxrux Uktamovich Uktamov

Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalalarda jismoniy tarbiya dasrlari, ularni tashkil erish mexanizmlar, darslar davomida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va boshqa eng muhim mexanizmlar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Shaxrux Uktamovich Uktamov

TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA, SPORT TADBIRLARINING MAQSADI VA VAZIFALARI

MAKTABGACHA YOSHDAGI BОLALARDA HARAKATLI O’YINLARNI QO’LLASH ORQALI JISMОNIY SIFATLARNI TARBIYALASH ХUSUSIYATLARI

BARKAMOL AVLODNI TARBIYALSHDA JISMONIY MASHQLARNI BOLA YOSHIGA MOSLASH MALAKASI
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYAVIY ISHLARNING SHAKLLARI VA USULLARI
UMUMRIVOJLANTIRUVCHI GIMNASTIKANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi»

Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi

Shaxrux Uktamovich Uktamov uktamovsahruh110@gmail.com Xorazm viloyati, Urganch shahri, 30-IDUM

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalalarda jismoniy tarbiya dasrlari, ularni tashkil erish mexanizmlar, darslar davomida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va boshqa eng muhim mexanizmlar haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Jismoniy tarbiya, jismoniy barkamollik, ta’lim-tarbiya, tibbiy salomatlik, sog’lomlashtirish, badantarbiya.

Physical education of school-age children

Shaxrux Uktamovich Uktamov uktamovsahruh110@gmail.com Khorezm region, Urgench city, 30-SSGS

Abstract: This article discusses physical education classes for school-age children, the mechanisms for organizing them, first aid during classes, and other most important mechanisms.

Keywords: Physical education, physical fitness, education, medical health, wellness, physical education.

Kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola shaxsining shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Bu fan umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g’oyaviy va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi o’quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o’qituvchisini boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko’nikmasi hamda malakalarini shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo’lib, jismoniy tarbiyalash qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi.

Shuningdek, umumiy ma’lumotlar, amaliy va ilg’or tajribalarni umumlashtiradi, tegishli jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, jismoniy tarbiya jarayonini uyushtirishning samarali vositalari va uslublarining maqsadga muvofiq shakllarini majmuali ravishda ochib beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi doimo jismoniy tarbiya amaliyotiga tayangan holda taraqqiy qiladi va takomillashadi. Uning metodologik asosi ana shu amaliy ilmiy tadqiqot natijalarini o’zlashtirish orqali hamisha boyib boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya predmeti qotib qolishi mumkin emas, u rivojlanib va mukammallashib boradi. Yosh avlodni ongli, milliy g’ururli, yuksak madaniyatli qilib, ya’ni sog’lom, baquvvat, chiniqqan, tadbirkor, o’z xarakatlarini yaxshi boshqara oladigan, badantarbiya va sport mashg’ulotlarini sevadigan, har qanday vaziyatda ham o’zini tuta biladigan va mustaqil xarakat qila oladigan, xayotda faol, ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli qilib tarbiyalash jismoniy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi boshlang’ich sinflarda har bir yosh bosqichidagi bolaning yashirin imkoniyatlari qonuniyatlarini o’rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya majmuasi, ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko’nikma va malakalar, jismoniy sifatlar, ba’zi sodda bilimlarni) ko’zda tutadi.

Ularni o’zlashtirish bolalarning kelajakdagi zaruriy harakat faoliyatlarini tez egallash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Shu bilan birga, dasturning bolalar tomonidan o’zlashtirilishida qatiy izchillikka rioya qilinadi. Bunda bolaning yoshiga nisbatan rivojlanish xususiyatlari va hayotining har bir bosqichidagi imkoniyatlari, organizmning butun tizimlari (suyak-muskul, yuraktomir, nafas olish va boshqalar) va organlari (boshqarish, eshitish, ko’rish, nutq va boshqalar) hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalashda muxim komponent hisoblanadi, ayni paytda u shu jarayonda aqliy va axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi.

O’quvchilar jismoniy tarbiyasini uyushtirishning turli shakllari mavjud

2. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar

3. sog’lomlashtirish va badantarbiya tadbirlari

4. mustaqil xarakat faoliyati va boshqalar

O’qituvchining e’tibori ana shu shakllar orqali, o’z yosh imkoniyatlariga ko’ra ongli va faol harakat qiluvchi, o’zini erkin tuta oladigan, o’ziga bo’lgan ishonchni namoyon etuvchi, harakat ko’nikmalarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtiradigan, hayotda uchraydigan qiyinchiliklardan cho’chimay, ularni bartaraf qila oladigan, doimo ijodiy izlanishdagi bolani tarbiyalashga yo’naltirilgandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va prinsiplarini o’rganadi hamda tarbiyaning boshqa turlari (aqliy, axloqiy, estetik va mehnat) bilan jismoniy tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib boradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy

tarbiya vositalari va ulardan foydalanish shakllarini o’rganishga alohida e’tibor beradi. Binobarin, har bir harakatni o’rganish va bolaning asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash printsiplari hamda uslublarini o’rganishga jiddiy e’tibor jismoniy tarbiya nazariyasining muhim qismini tashkil etadi.

JISMONIY TARBIYA TIZIMI Quyidagi asosiy tushunchalar jismonny tarbiya tizimining tarkibini hosil qiladi:

Jismoniy tarbiya tizimi umumiy tarbiya tizimining tarkibiy qismidir. Uning g’oyaviy, ilmiy, uslubiy dastur-normativ asoslari, shuningdek, fuqarolar jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilot hamda muassasalari mavjud. Jismoniy tarbiyaga belgilangan bir tizim asosida yondashilsagina undan ko’zlangan maqsadlarga, mo’ljallangan natijalarga erishish mumkin. Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiya vositalari, uslublari, jismoniy tarbiyani tashkil etish va o’tkazish shakllari, shu vositalarning jamiyat kishisini har tomonlama rivojlantirishdagi maqsadlariga mos kelishi tushuniladi. Jismoniy tarbiya tizimining paydo bo’lishi va rivojlanishini jamiyatning ehtiyoji, moddiy ishlab chiqarish darajasining rivojlanishi, jismoniy tarbiyani uyushtirish shakllari hamda ilg’or amaliy tajribani umumlashtirish kabi tushunchalar belgilaydi. 1. Maqsadga qaratilganlik, ya’ni jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari tarbiya prinsiplarini belgilaydi. 2. Jismoniy tarbiya vositalari: jismoniy mashqlar, o’yinlar, sport, sayohat va boshqalar jismoniy tarbiya tizimining muhim unsurlaridir. 3. Pedagogik jarayonda qo’llaniladigan vositalar va darsni uyushtirish yo’llari (darslarni o’tkazish uslublari, jismoniy mashqlar, mashg’ulot), mustaqil mashg’ulotlar va boshqalar. 4. Jismoniy tarbiyalash maqsadida kishilarni uyushtirish. 5. Jamiyat va davlatning jismoniy tarbiya mazmuni hamda natijasiga bo’lgan talablarini aks ettiradigan darslik va me’yorlar.

JISMONIY TARBIYA TIZIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI.

o Respublikamizda jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan “Jismoniy tarbiya va sport haqida”gi Qonun talablaridan kelib chiqadi. Mazkur hujjatda insonni har tomonlama kamol toptirish o’zining aniq ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya inson jismoniy va ma’naviy kamolotining muhim vositasidir, deb belgilab qo’yilgan. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini mukammallash-tirish orqali yosh avlodni jismoniy barkamol, e’tiqodli, ma’naviy go’zal, o’z sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilishni ijtimoiy burch deb biladigan kishi qilib tarbiyalashdan iborat.

Jismoniy tarbiya jarayonida quyidagi muhim vazifalar hal etiladi: 1. Sog’lomlashtirish

2. Ta’lim vazifalari

3. Tarbiyaviy vazifalar

JISMONIY TARBIYA TIZIMNING UMUMIY PRINSIPLARI

o jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganlik printsipi, shaxsni har tomonlama rivojlantirish printsipi, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan aloqadorligi printsipi. Printsip- lotincha atama bo’lib, boshlanish ma’nosini anglatadi. Nazariya, ta’limot va h.k.ning asosiy poydevori, qonun-qoidasi, ya’ni jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining ham qonun-qoidalarini ifodalaydi.

Jismoniy tarbiyaning so’g’lomlashtirishga yo’naltirilganlik prinsipi

Jismoniy tarbiya mutaxassislarining bolalar sog’ligini saqlash va mustahkamlash ishlaridagi mas’uliyati hamda burchlari sog’lomlashtirishga yo’naltirilganlik prinsipidan kelib chiqadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari uchun mashqlarni to’g’ri tanlash, milliy va zamonaviy o’yinlar hamda mashqlardan samarali foydalana bilish bolalarning salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sog’lomlashtirishga yo’naltirilganlik prinsipi doimiy tibbiy pedagogik nazoratni, shug’ullanuvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishini ko’zda tutadi.

UMUMTA’LIM MAKTABLARI I-IV SINF O’QUVCHILARINI JISMONIY TARBIYALASH DASTURINING TAHLILI.

Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti (UO’TJTDTS) ta’lim jarayonining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni: o’quvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi hamda bitiruvchilarga qo’yiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy ta’lim hamda tarbiya sifatiga baho berish tartibi va mexanizmlarini belgilab beradi.

Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi umumiy o’rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi.

1. Jismoniy tarbiya darslari- maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori Tayanch o’quv rejasida haftasiga 2 o’quv soati hisobidan belgilangan

2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika, umumiy o’rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalari, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko’ngil ochar o’yinlar.

3. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning sinfdan tashqari shakllari: sport sektsiyalari, fakultativlar, o’quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to’garaklar va boshqalar.

4. Umum maktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar.

5. Mustaqillik mashg’ulotlari: ko’pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, BO’SM sho’balaridagi mashg’ulotlar, safarlar, o’yinlar va boshqalar.

6. Mashg’ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun 8-10 soat.

7. 5-9 sinf o’quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi kerak

8. Belgilangan hajm o’quvchilarning ko’rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir.

9. Nosog’lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o’quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o’rnatiladi.

10. Jismoniy tarbiyaning barcha vazifalarini muvaffaqiyatli etish uchun maktab o’qituvchilar jamoasini, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari va ota-onalar kuchlarini birlashtirish talab qilinadi.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar jismoniy tarbiyasining tashkiliy tizimi bo’g’inlari quyidagilar hisoblanadi:

– haftasiga har bir sinfda 3 marta badantarbiya darsi sifatida o’tkaziladigan mashg’ulot – dars tizimi;

– o’quv kun tartibidagi sog’lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari

– kuni uzaytirilgan guruhlardagi har kunlik jismoniy mashq mashg’ulotlari;

– o’quv mashg’ulotlarigacha o’tkaziladigan badantarbiya;

– uzaytirilgan tanaffuslardagi jismoniy mashqlar;

– sinfdan tashqari ishlar: badantarbiya to’garaklaridagi mashg’ulotlar, UJT guruhlari, sport turlari bo’yicha sho”balar, sport musobaqalari, ommaviy o’yinlar, safar va sayohatlar.

– bolalar va o’smirlar sport maktablari (BO’MS o’quvchilar uylari va saroylari maktablardan tashqari muassasalarda badantarbiyani tashkil qilish shakllari;

– ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari (KSJ) sport sho’balarida o’tkaziladigan muntazam o’quv-trenirovka mashg’ulotlari va sport musobaqalari;

– yashash joylarida, har xil tipdagi yozgi dam olish oromgohlari;

– ommaviy sog’lomlashtirish- badantarbiya tadbirlari, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari kun tartibida ko’zda tutilgan tadbirlar (ertalabki badantarbiya, har kunlik cho’milish, joylardagi o’yinlar, safarlar va boshqalar);

– istirohat va dam olish bog’lari bolalar sektori, sport va turistik bazalarda tashkil qilinadigan ommaviy o’yinlar, tanlovlar, sport-ko’ngil ochishlar, sayr va safarlar.

Bolalarni oilada jismoniy tarbiyalashning tashkiliy shakllari quyidagilar bo ‘lishi mumkin:

– kun tartibidagi sog’lomlashtirish badantarbiya muolajalari (aerobik badantarbiya, badantarbiya daqiqalari, chiniqish protseduralari);

– mustaqil jismoniy mashq mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya bo’yicha uy topshiriqlarini bajarish;

– o’z xohishiga ko’ra o’yinlar, sayrlar, safarlar, sport ko’ngil ochishlari, shuningdek, kattalar ishtirokida dam olish va ta’til kunlari;

– yashash joylarida o’tkaziladigan musobaqalarda oilaviy qatnashish.

Bu barcha shakllar, belgilariga ko’ra ko’ngilli va majburiyga ajratiladi. Majburiysiga faqat jismoniy tarbiya darslari kiradi (mashg’ulotning sinf-dars tizimi). Ta’limiy va tarbiyaviy tashkil qilish belgilari bo’yicha qayd qilingan shakllar dars yoki darsdan tashqari bo’lishi mumkin. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni jismoniy tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mazkur ishni to’g’ri rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. To’g’ri va oqilona reja barcha o’quv ishlarini, maktabning ommaviy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini aniq tashkil etishga yordam beradi.

Maktabda quyidagi rejalar tuziladi:

• maktabning bir o’quv yiliga mo’ljallangan jismoniy tarbiya va sport ishlari umumiy rejasi;

• har bir sinf uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv ishi rejasi.

Bir yilga mo’ljallangan umumiy reja jismoniy tarbiya o’qituvchilari tomonidan tuziladi. Reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Umumiy yillik reja maktabdagi jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni qamrab oladi: o’quv ishlari, klub kun rejimidagi sog’lomlashtirish badantarbiya tadbirlari, sinfdan tashqari ishlar, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, tibbiy nazorat, moddiy-o’quv bazani ta’minlash, jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish.

Umumiy yillik rejada o’quv ishlari masalalari faqat umumiy tarzda aks etadi: joy va jihozlardan foydalanish jadvali, mashg’ulotlarni tashkil etish tartibi, mashg’ulotlar uchun kiyim-boshlar va boshqalar. O’quv ishi dars olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir sinf uchun alohida tuzilganda batafsil rejalashtiriladi. Maktabning umumiy yillik rejasida o’quv kuni rejimidagi sog’lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari aks ettiriladi. Masalan, mashg’ulotgacha o’tkaziladigan badantarbiya bo’lsa, uning o’tkazilish joyi, davom etish vaqti, o’tkazish tartibi, mashg’ulotni boshqarish, majmua tuzuvchi shaxs, bu tadbirda maktab pedagogika jamoasining ishtiroki ko’zda tutiladi. Tanaffuslarni tashkil etishda dam olish, bolalarning ovqatlanish tartibi, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari belgilanadi, tanaffuslarni tashkil etish va o’tkazishga javobgar shaxslar tayinlanadi. Rejada, shuningdek, darslarda badantarbiya daqiqalarini tashkil etish va o’tkazish tartibi ko’zda tutiladi hamda namunali mashqlar majmuasini kim tayyorlashi ko’rsatiladi. Sinfdan tashqari ish bo’iicha rejada avvalo to’garak yoki jismoniy tarbiya jamoasiga aloqador bo’lgan barcha narsa: sinflarda badantarbiya tashkilotchisi va maktab kengashi qachon saylanishi, badantarbiya to’garagini kim boshqarishi, qanday sport sho”balari tashkil etilishi, sho”ba mashg’ulotlari qaerda va qachon bo’lishi aks etadi. Rejada sport musobaqalari, sayrlar,

safarlar, o’yinlar ko’zda tutiladi. Ularni o’tkazish muddati va bu tadbirlarni o’tkazishga javobgar shaxslar ko’rsatiladi. Rejada sayyohlik yurishlarining marshrutlari va muddati, ularga tayyorgarlik ishlari ham ifodalangan bo’ladi.

Maktabning jismoniy tarbiyaga oid yillik ish rejasida o’quvchilarni tibbiy ko’riqdan o’tkazish muddati va tartibi belgilab qo’yiladi. Ko’rikdan dastlab birinchi sinf o’quvchilari, so’ng esa o’tgan o’quv yilida jismoniy zaif deb topilgan bolalar (hamma sinflardan) o’tadilar. Keyin ikkinchi va uchinchi sinf o’quvchilari tekshiriladi. Mazkur rejada sog’lig’ining yomonligi tufayli maxsus tibbiy guruhga o’tkazilgan bolalarni qayta ko’rikdan o’tkazish muddatlari belgilangan bo’lishi kerak. Maktab vrachi tibbiy ko’rik natijalari haqida maktab pedagogika kengashi va ota-onalar yig’ilishida ma’ruza qiladi.

Maktabdagi to’laqonli jismoniy tarbiya ishi mashg’ulot o’rnining yaxshi jihozlanishini, zarur asbob va jihozlarni sotib olish hamda tayyorlashini talab qiladi. SHuning uchun ish rejasida byudjet mablag’i hisobiga sport asboblari va jihozlari sotib olish, ularni o’quvchilar, ota-onalar va otaliqqa oluvchilar kuchi bilan tayyorlash ko’zda tutiladi. Maktabning yillik umumiy rejasida jismoniy tarbiya va sportni targ’ib-tashviq qilish ham aks etadi. Maktabning yangi o’quv yili uchun jismoniy tarbiya va sport bo’yicha umumiy ish rejasi o’quv yili tugashi arafasida ishlab chinqiladi. Yozgi ta’til paytida maktabning ishlab chiqilgan rejasiga muvofiq, yangi o’quv yiliga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

1. Axatov M.S Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sog’lomlashtirish ishlarini boshqarish” Toshkent 2005-yil 235-bet

2. Abdullayev. A Xonkeldiyev.Sh “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati” darslik Toshkent -2005 199-bet

3. Salomov.R.S “Sport mashg’ulotining nazariy asoslari” o’quv o’llanma Toshkent 2005-yil 238-bet

1. Akhatov MS Management of mass sports and health activities in the system of continuing education “Tashkent 2005 p.235

2. Abdullayev. A Khonkeldiyev.Sh “Theory and methods of physical education” textbook Tashkent -2005 page 199

3. Salomov.RS “Theoretical bases of sports training” textbook Tashkent 2005 p.

Maktabda jismoniy tarbiya

Bolalarning jismoniy rivojlanishi nafaqat suyak va mushak tizimini shakllantirish, balki ayrim ijtimoiy ko’nikmalar va shaxsiy munosabatlarga ega bo’lish uchun muhimdir. Barkamol, jismonan rivojlangan bola doimo faol, faol va o’z-o’ziga ishonchli bo’ladi. Bunday maqsadlarga erishish va maktabda jismoniy tarbiya olib borish.

Maktabda jismoniy madaniyat: o’tkaziladigan standartlar

Maktabning jismoniy tarbiyasi an’anaviy tarzda issiq mavsumda – ko’cha stadionida, sovuq stadionda – jihozlangan sport zalida (qishki chang’i mashg’ulotlarini tashqari) o’tkaziladi. Bunday kasb-hunarlarga ajratilgan har bir xona yoki ko’cha hududi bir qator me’yorlarga to’la javob beradi: bu yerga mo’ljallangan maktab o’quvchilarining maqbul soni, echinish xonalari va yomg’irlar soni, shiftlar balandligi, shamollatish va isitish tizimlari, turli xil rivojlanish uchun zarur bo’lgan sport jihozlari mavjudligi e’tiborga olinadi.

Darhaqiqat, jismoniy taraqqiyotning rivojlanishi, hozirda boshlang’ich maktabda jismoniy madaniyatning bir qismi bo’lgan “jismoniy madaniyat – ma’danlar” ni o’z ichiga oladi. Yuqori ta’lim muassasalarining aksariyat qismida, o’rta maktabdan allaqachon kuchlanish uchun zarur bo’lgan bu element bajarilmaydi.

1-dan 3-sinfgacha bo’lgan bolalar uchun jismoniy tarbiya

Kichik maktab o’quvchilari uchun jismoniy tarbiya, birinchi navbatda, badanning uyg’un rivojlanishida, qobiliyat, harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan. Ushbu davr mobaynida ko’pincha muhim ko’nikmalar o’rgatiladi:

  • harakatlar bilan nafasni to’g’ri birlashtiradi;
  • uzunlik va balandlikda sakrash ko’nikmalari;
  • Birdan ikki to’p to’plash va to’plash uchun;
  • to’pni golga burib yuborish;
  • sport va jamoaviy o’yinlar asoslari;
  • toshning asoslari;
  • suzish asoslari.

Bu yoshdagi bolalarning motorli faoliyati juda muhimdir, chunki 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan davr eng faol o’sishni tashkil etadi va tana yanada rivojlangan bo’lsa, bu bola tug’ilish davriga nisbatan ancha uyg’un bo’ladi.

O’rta va o’rta maktabda jismoniy tarbiya va sport

Bolalarning katta yoshliligi, jismoniy tarbiya vositalarini qanchalik har tomonlama va qiziqarli bo’lishiga bog’liq. Sinflar, odatda, haftasiga ikki marta rejalashtirilgan bo’lib, maktab o’quvchilari muntazam ravishda foydalanishadi va hayotlari davomida sport o’ynashga davom etishadi.

O’quvchilarning sport bilan shug’ullanishi uchun jismoniy tarbiya o’qituvchilari ko’pincha biron bir sohada o’zlarining rivojlanishini sezadilar va musobaqalarda ishtirok etishni yoki maktab doiralari va bo’limlarini tashrif buyurishadi. Bu nafaqat talabaning muvaffaqiyatli sportchi sifatida namoyon bo’lishiga imkon bermaydi, balki sportga qiziqish uyg’otadi.

Maktablarda terapevtik jismoniy tarbiya kamdan-kam hollarda, va odatda – bet darslar sifatida. Ajabo jismoniy yoki ruhiy rivojlanishga ega bo’lgan bolalar odatda jismoniy ta’limdan ozod qilinadi, garchi ular odatda boshqalarga o’xshamaydi. Ters holat faqatgina sog’liqni saqlash maktablari deb ataladi, bu erda mashqlar terapiyasi asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Maktab o’quvchilari uchun jismoniy tarbiya: zamonaviy muammolar

Afsuski, jismoniy tarbiya darslari juda yaxshi maqsadlarga ega bo’lishiga qaramasdan, bugungi kunda bu sohada maktab ta’limi bulutsiz emas.

Tez-tez uchraydigan birinchi muammo – yomg’ir va dam olish xonasining etishmasligi, ya’ni. maktab o’quvchilari mashg’ulotlarga borish istagini bildiradilar. Axir, jinsiy etuklik davrida terlash jarayoni ko’pincha juda zich bo’ladi, va dush olish imkoniyatidan mahrum bo’lganda, o’quvchilar butun darslarni o’tkazib yuborishga moyil.

Yana bir muammo – bu sinfdagilarning shikastlanishlari tez-tez uchrab turishi. Bu aybdor va eskirib qolgan uskunalar va xavfsizlikka kam e’tibor va boshqa talabalarning ehtiyotsizliklari bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari, ilmiy muvaffaqiyatga erishish uchun emas, balki jismoniy ko’nikmalarga qaratilgan baholashlar, ya’ni. jismoniy madaniyatga oid belgilar, sertifikatning o’rtacha balliga ta’sir qiladi, bu noto’g’ri. Axir bu aqli emas, balki baholanadigan fizikaviy xususiyatlardir.