Press "Enter" to skip to content

Mantiqiy savollar kitobi

Ushbu savolning javobi — 66-shosse.

Qiziqarli mantiqiy savollar

1 U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?

2. Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima?

3. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?

4. L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?

Mantiqiy savollar kitobi

Mazkur mantiqiy savollar kitobida internetdagi deyarli barcha mantiqiy savollar va masalalar joy olgan. Pdf kitobni yuklab olish uchun quyidagi havolani bosing va ochilgan sahifada yana bir marta havolaga bosing.

Kitob tayyorlanmoqda! Yaqin kunlarda yuklanadi!

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

Qish faslini yoqtiradiganlar uchun.

Sovuq qish kunlarining birida Djon doʻsti Djekni oʻzining mehmonxonasida oʻlgan holatda koʻrib qoladi va politsiyaga xabar qiladi. Politsiya Djondan voqea qanday boʻlganini soʻraydi. Shunda Djon shu atrofga ishi tushganini, doʻstini koʻrib ketish maqsadida uyiga kelganini, eshikni uzoq taqqillatsada hech kim ochmaganini va derazadan ne koʻz bilan koʻrsinki doʻsti qonga belanib yotganini koʻranligini aytadi.
Bu gaplaridan soʻng, politsiya Djonni ehtimoliy qotil sifatida qamoqqa oladi.

Savol: Nimaga asoslanib, Politsiya Djonni qotil deb oʻylamoqda? Javobni suratdan qidiring.

Mantiqiy savolning javobi — oynanining ichkaridan tozalanganligi.

Izoh: Qish paytida derazani tashqaridan tozalashni imkoni yoʻq, ammo suratda u tozalangan. Surishtiruvda ham oyna ichkaridan tozalanganganligi isbotlangan. Yolgʻon koʻrsatma bergani uchun Djonni gumondor sifatida qamoqqa olish eng toʻgʻri qaror boʻlgan.

Mantiqiy savol.

Afrika janubida yashovchi gerero qabilasida “Bunday oilalar bilan qoʻshni boʻlishdan ogʻirroq kulfat yoʻq” degan maqol bor. Xoʻsh, bu oilalar oddiy oilalardan qaysi jihati bilan ajralib turadi?

Ushbu mantiqiy savolning javobi — egizaklari bor oila.

Izoh: Afrikaning ushbu qabilasida, shunday aqida borki, egizaklar — muqaddas, ular nafaqat oʻz uyida, balki qoʻshnilarinikida ham bemalol, istagan ishini qila olishadi, ularga hech kim yomon gapira olishmaydi.

Mantiqiy savol.

Bir AQSh filmida bosh qahramon — xonim anchadan beri koʻrishmagan tanishlariga “Yaqinda men quchoqlashishdan himoyalanaman” deydi. Maʼlum davrdan soʻng bu jarayon boʻlib oʻtadi. Ushbu holatni bir soʻz bilan ifodalang.

Ushbu savolning javobi — homiladorlik.

Mantiqiy savol.

Oʻtgan asrda AQShdagi mashhur 66-shosse juda koʻp qayta taʼmirlab qamrov jihatidan rivojlantiriladi-ki Albukerke shahrida “X”ni kesib oʻtadi. “X” deyilganda nima nazarda tutilyapti?

Ushbu savolning javobi — 66-shosse.

Izoh: Ushbu shosse shunchalik koʻp qayta tamirlanib kengaytiriladiki, Albukerke shahrida oʻzi bilan kesishadi. Hozirda ushbu shosse boʻlimlari qayta nomlangan.

Mantiqiy savol.

Kichkina, koʻrimsiz narsa nomidan yozilgan monolog:

“Mening holimga qilmangiz havas,
Boshim yerga qaraganu, oyogʻim oyogʻga.
Taqdirim qursin – na kunduz, na tongda
Yorugʻlik koʻrmasdan oʻtib ketaman”

Savol: Ushbu monolog nima nomidan aytilgan?

Savolning javobi – etik poshnasiga qoqilgan mix.

Mantiqiy savol.

XIX asrda Avstraliyada bir qonun boʻlgan. Qonunga koʻra baʼzi shaxslarga har 5-6 yilda (yillik ta’tillardan tashqari) qo’shimcha 13 haftalik ta’til berilgan. Savol – ushbu shaxslar kimlar va qo’shimcha ta’tilning sababi nima?

Savolning javobi – Yevropadan kelgan ishchilar o’sha vaqtda samalyot bo’lmagani bois uylariga kemada borib kelishlariga to’g’ri kelgan.

Mantiqiy savol.

Bundan 4-5 yil oldingi bir videoreklamada — ota ertalab ishga ketish oldidan uxlab yotgan qizchasini peshonasidan oʻpadi, qizcha esa “Ishga yaxshi borib-keling oyijon” deydi. Savol – ushbu jarayonda nima reklama qilingan?

Savolning javobi – ustara (gap uning teriga ziyon yetkazmasligi haqida ketmoqda)

Nega aynan dinozavrlar? Fizika haqidagi bilimlaringizni ishga soling!

Faraz qiling ayni damda, bizdan 65 million yorug’lik yili uzoqligidagi o’zga gallaktikada ongli mavjudot bor va u, teleskop yasab samoga qarayapti. U teleskopni bizning sayyoramizga qaratganda unda tirik jonni ko’rdi. Bu tirik jon juda baxaybat edi va uni biz insonlar dinozavrlar deb ataymiz. buni qaranga! Ular allaqachon qirilib ketmaganmidi?

Siz bilasizmi nega u bizni emas, million yillar avval qirilib ketgan dinozavrlarni ko’rdi ekan?

Demak Javobni to’la tushunush uchun asosiy tushunchalar!
-Yorug’lik yili bu vaqt o’lchov birligi emas, balki masofa o’lchov birligi! Koinot o’lchamlari cheksiz va bizlarga eng yaqin bo’lgan masofalarni kilometrlarda o’lchash juda katta sonlarni keltirib hisoblashda qiyinchilik tug’diradi. 1 yorug’lik yili esa – ikki jism orasidagi masofani, yorug’lik bir yildavomida bosibo’tadi degani! Ha koinotda o’lchamlar shu darajada katta)
-Ko’rish deganda nimani tushunasiz? Oddiy qilib aytganda biz jismlardan chiqgan yoki aks etgan yorug’likni ko’ramiz!
Endi masalaga qaytadigan bo’lsak. Biz faraz qilgan galaktika bizdan 65 million yorug’lik yili uzoqlikda, va u aynan hozir ko’rayotgan yorug’lik 65 million yil oldin yerdan taralgan!
Demak biz tunlari osmondagi yulduzlarga termulib o’tirganimizda ham biz faqatgina yulduzning o’tmishini ko’ramiz va ayni damda u yulduz umuman yo’q bo’lib ketgan bo’lishi mumkin!

Mantiqiy savol.

Qadimdan bizgacha yetib kelgan lotin aforizmiga koʻra – “Siz haqiqatni soʻzlasangiz, “X”ning keragi yoʻq!” Aforizmda keltirilgan “X” kim?

Savolning javobi – guvoh.

Bu masala Fizika borasidagi bilimlaringiz va topqirligiz yordamida topiladi!

Demak, masala sharti: Samolyot konveyerga o’xshagan qurulmaning ustida turibdi. Bu qurulma shunday sozlanganki samolyot ostidagi tekislik samolyotning g’ildiraklari tezligi bilan bir xil bo’ladi!
Savol: Samolyot shu xolatda ucha oladimi?

Demak samolyot haqidagi savolning javobi:
Agar siz, bunday sharoitda samolyot shunchaki bir joyda turadi deb o’ylagan bo’lsangiz, adashdingiz. Javobimizni quyidagicha tushuntiramiz.
Birinchidan, shartning o’zi chalg’ituchi. Samolyot g’ildiragining burchak tezligi va konveyerning chiziqli tezligi qiymati teng bo’lsada g’ildirakning burchak tezligini chiziqli tezlikda hisoblasak oradagi tenglik yo’qoladi.
Agar shu jihatni hisobga olsak va konveyerning tezligini g’ildiraklarning chiziqli tezligiga sozlasak ham, samolyot ucha oladi. Nega?
Chunki rasmda ko’rsatilgan samolyotning g’ildiraklari shunchaki erkin aylanadi, samolyotning tezlanishida ularning deyarli ahamiyati yo’q. Uchishga samolyotning parragi yordam beradi.
Shunday ekan javob: Samolyot bu holatda ucha oladi! Bu faktni barchamiz bilgan “Discovery” telekanalining “Разрушители мифов” ko’rsatuvida tajriba yo’li bilan isbotlangan.

Turistlar haqida savol:

Chet elga 100 kishidan iborat bir guruh turistlar chiqishdi. Ulardan 10 nafari Ingliz tiliniham, Fransuz tilini ham bilishmas edi. 75 kishi Ingliz tilida, 83 kishi fransuz tilida gapira oladi.

Turistlarning nechtasi har ikkala tilda gapira olar edi?

68 kishi ikkita tilda ham so’zlasha oladi!
Yechimi: 10 kishi ikkita tilni ham bilmaydi demak, faqat 90 kishi tillardan birini biladi.
Bu 90 kishining ichiga 75ta Ingliz va 83ta Fransuz tilini biladigan turistlar kiradi. 75+83=158. 158dan 90 ni ayirsak ikkta tilni ham biladigan turistlar soni kelib chiqadi.

Oltin quymalari:

Sizda 7 ta oltin quymasi bor. Ammo ulardan biri sohta va vazni yengillroq.
Sizda ikki pallali tarozi bor va siz uni faqat 2 marta ishlata olasiz.

Qaysi oltin quymasi sohta ekanligini qanday aniqlaysiz?

Tarozining har bir pallasiga 3 tadan oltin qo’ying. Agar ularning vazni teng bo’lsa demak, qo’yilmagan 1 ta oltin soxta. Agar tarozi pallalari muvozanatga kelmasa, yengil chiqgan 3ta oltinni oling. Shu 3 ta otindan 2tasini tanlab tarozining pallalariga qo’ying. Agar ularning vazni teng bo’lsa demak, qo’yilmagan 1 ta oltin soxta. Yoki tarozidagi yengilroq oltin soxta!

Fizikaga oid qiziqarli masala:

Bir inspektor, jinoyatchining izidan quvib ketayotgan edi. Izlar esa uni tez oqadigan va chuqur bir daryoning oldiga olib keldi.
Izquvar qirg’qda dam olib turgan yosh yigitlarga ko’zi tushdi va ular bilan ba’zi narsalarni bilish uchun suhbatlashib ko’rdi:

– Kechirasiz, biz tahminan siz qatori bir yigitni izlab yuribmiz. Shu atroflarda ko’rmadingizmi biron shubhali shaxsni?

Yigitlar bir yigit bir necha daqiqa oldin bir yigitni ko’rganini aytishdi va:

– Mana bu yerdau daryoga sakradi.
Ana qarang hozir u daryoning narigi qirg’oqidan chiqib ketyabti. – deyishdi.

Yigitlar inspektorga yordam berishni istashardi, va unga o’z qayiqlarini taklif qilishdi. Lekin inspektor:

– Mayli u qochaversin — dedi. — men hozir sizlarni yaxshiroq so’roq qilmoqchiman.

Savol: Nega izquvar bu yigitlarning gapiga ishonmadi va ularning o’zidan shubha qildi?

​​Masalaning javobi quyidagicha:
Agar suzuvchi oqimga nisbatan perpendikulyar suzsa, oqim uni oqizib uzoqroqga olib ketadi. Agar suzuvchi qarama qarshi tomondan chiqishni istasa u suv oqimiga nisbatan ma’lum bir burchak ostida va tezlik suzishi kerak, bularni esa biz pifagor teoremasi orqali topishimiz mumkin. Hosil bo’lgan uchburchakda suzuvchi suv oqimiga qarshi gipotinuza bo’yicha suzsa u qirg’oqqa nisbatan perpendikulyar suzadi.
Javob: U insonni suv oqizib uzoqroqdan chiqishi kerak edi. Chunki qisqa vaqt ichida tez oqadigan daryoni qirg’oqqa nisbatan perpendikulyar suzib o’tishni iloji yo’q.

Mantiqiy savol.

​​Bodriral xalqida shunday gap bor: «U – qamoqxonalarni mahbuslar bilan to‘ldirib turuvchi xizmatkordir!». Ushbu fikrda keltirilgan “U” nima?