Press "Enter" to skip to content

Maktabga qabul tartibi

Mathway currently does not support Ask an Expert Live in Chemistry. If this is what you were looking for, please contact support.

Matematika 10 sinf

It appears we may have a connection issue. I will end the session – please reconnect if you still need assistance.

Need More Info/Time
Let me take a look.
Can you please send an image of the problem you are seeing in your book or homework?

If you click on “Tap to view steps. ” you will see the steps are now numbered. Which step # do you have a question on?

Please make sure you are in the correct subject. To change subjects, please exit out of this live expert session and select the appropriate subject from the menu located in the upper left corner of the Mathway screen.

What are you trying to do with this input?
Not Supported

While we cover a very wide range of problems, we are currently unable to assist with this specific problem. I spoke with my team and we will make note of this for future training. Is there a different problem you would like further assistance with?

Mathway currently does not support this subject. We are more than happy to answer any math specific question you may have about this problem.

Mathway currently does not support Ask an Expert Live in Chemistry. If this is what you were looking for, please contact support.

Mathway currently only computes linear regressions.

We are here to assist you with your math questions. You will need to get assistance from your school if you are having problems entering the answers into your online assignment.

Phone support is available Monday-Friday, 9:00AM-10:00PM ET. You may speak with a member of our customer support team by calling 1-800-876-1799.

Maktabga qabul tartibi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PQ 3274-sonli qaroriga asosan 5-sinfdan boshlab, imtihon asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim shakli

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ta’lim shakli kunduzgi bo’lib ta’lim jarayonlari 8:30 dan 16:00gacha belgilangan.

O’quvchilar

2020-2021 o‘quv yilida 5- sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan 845 nafar o‘quvchi ta’lim oldi.

Bitiruvchilar

2020-2021 o‘quv yili yakuniga ko‘ra 105 nafar 11-sinf o‘quvchilari maktabni tamomlashdi va ularning aksariyati Xalqaro Universitetlarga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Qabul imtihonlarida ishtirok etish tartibi

Ro’yxatdan o’tish

Onlayn ro’yxatdan o’tish tartibi ariza.piima.uz elektron manzili orqali amalga oshiriladi.

Imtihon

Talabgorlarning hujjatlari 1-20 iyul kunlari onlayn shaklda qabul qilinadi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni onlayn shaklda taqdim etadi:

  • qabul komissiyasi raisi nomiga tegishli tartibda rasmiylashtiriladigan ariza;
  • talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (kinder pasport) nusxasi;
  • talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3×4 o‘lchamdagi rasmi;
  • talabgorning 2020-2021-o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; (al-Xorazmiy maktabining 10-sinfi uchun attestat nusxasi asliga tasdiqlangan holda)
  • talabgor hamda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda – qonuniy vakillar) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (agar qonuniy vakili tomonidan hujjat topshirilsa ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat ilova qilinadi), aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili platformaga kiritiladi.

Muhammad al-Xorazmiy maktabining 5-, va 10-o‘zbek sinflariga

Kirish imtihonlari ixtisoslashtirilgan maktablarda chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlarning yo‘nalishidan kelib chiqqan holda Agentlik hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda tashkil etiladigan qabul komissiyasi tomonidan bir bosqichda o‘tkaziladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha kirish imtihonlari Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan muddat va binoda zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali Offline quyidagicha shaklda o‘tkaziladi.

Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha (Muhammad al-Xorazmiy maktabi):

5-sinflar uchun

40 ta javobi tanlanadigan test topshiriqlari, jumladan:

1-fan: 30 ta test matematika fanidan, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan
93 ball, har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan;

2-fan: 10 ta test ingliz tili fanidan – 11 ball, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan. Ikkita fandan jami 104 ball.

10-sinflar uchun

40 ta javobi tanlanadigan test topshiriqlari, jumladan:

1-fan: 10 ta test matematika fanidan, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan
31 ball, har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan;

2-fan: 10 ta test informatika fanidan – 31 ball, har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan;

3-fan: 10 ta test fizika fanidan – 21 ball, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 balldan;

4-fan: 10 ta test ingliz tili fanidan – 11 ball, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan. 4ta fandan jami 94 ball.