Matematika 11 sinf darslik
Sfera va uning sirtiga ta’rif berildi. Sferik shakllarga hayotiy misollar keltirildi. Ko’pyoqqa ichki va tashqi chizilgan Sfera radiuslari yordamida sfera yuzi formulasini keltirib chiqardi. Mavzuga doir misollar tushuntirildi.
Сайт для учителей
Сайт создан для оказания методической помощи всем, кто занят в образовательном процессе – обучает или сам стремится получать новые знания. Самые частые пользователи – учителя и воспитатели, которые не только занимаются с детьми, но и постоянно повышают свой профессиональный уровень. Кроме этого, каждый гость – педагог или студент, ученик или заботливый родитель – может найти здесь что-то нужное для себя, так как главным предметом нашей работы стали разноплановые материалы для обучения, воспитания и развития человека с дошкольного возраста до глубоких седин.
Среди размещенных в категориях сайта работ доступны для бесплатного скачивания следующие объекты:
– методические разработки для учительской деятельности,
– дидактические и наглядные пособия,
– тренажеры для отработки различных навыков,
– материалы для самообразования,
– источники справочной информации для подготовки к экзаменам.
Все пособия представляют собой отборку наиболее качественных проектов, присылаемых нам из разных городов и селений страны. В них представлены новейшие технологии и методики, уже прошедшие апробацию на учащихся с получением высоких результатов. Каждая работа имеет краткое описание содержания и возможность предварительного просмотра в окошке видеоплеера.
11-sinf Matematika
Dars avvalida sharga hayotiy misollar keltirildi. Boshqa aylanish jismlarining hajmlari formulalari eslatildi. Kavalyeri prinsipini pechenyelar modelida tushuntirdi.Shundan keyin shar hajmi formulasi keltirib chiqarilib, apelsin yordamida hayotda tadbiq etildi.Uyga vazifa qilib tarvuzlarga oid masala berildi. Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab
Mavzu: Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolligi
O’qituvchi: IRODA SAIDOVA
Mavzu ob-havo ma’lumoti va futbol o’yini misolida hayotga bog’landi. Matematik statistika fani va unung o’rganuvchi sohalari haqida tushuncha berildi. Hodisa turlariga oid ta’riflar aytib o’tildi. Tasodifiy hodisaning ehtimolligi haqida misollar yordamida tushuncha berildi.
Mavzuga doir misol va masalalar ishlandi.
Uyga vazifa: 77, 78-misollar
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab
Mavzu: Sfera sirtining yuzi.
O’qituvchi: Bahodir Haydarov
Sfera va uning sirtiga ta’rif berildi. Sferik shakllarga hayotiy misollar keltirildi. Ko’pyoqqa ichki va tashqi chizilgan Sfera radiuslari yordamida sfera yuzi formulasini keltirib chiqardi. Mavzuga doir misollar tushuntirildi.
Uygavazifa: 619, 620-misollar
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab.
O‘qituvchi : Bahodir Haydarov. Mavzu :Aylanish jismlari. Aylanish jismlarni hosil qilinishi , yon sirti va to‘la sirti, hajmi formulasi hayotiy misollar orqali keltirilib chiqarildi. Uyga vazifa qilib 620-623-misollar berildi.
Mavzu : Ehtimollarni qo‘shish va ayirish.
Mavzu Venn diagrammasi orqali takrorlandi.Yangi mavzu rasmdagi misollar orqali bajarilib hayotga bog‘landi.
Mavzuga oid misollar ko‘rsatildi. Uyga vazifa 105-106-misollar berildi.
O’qituvchi: Mohizabon Turg’unova. Mavzu:Hodisalarning ehtimolligini hisoblashga doir masalalar.Darslikdagi masala va bir nechta hayotiy masalalar yechildi.O’quvchilarga savollar beridi va uyga vazifa qilib
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab
Uyga vazifa masala yechish
Mavzu:Hodisalarning ehtimolligini hisoblashga doir masalalar.
O’tilgan mavzu yuzasi dan berilgan masalalar javobi tekshirildi.109-va 113-masalalar ishlandi.
Yangi mavzu bo’yicha hayotiy masalalar yechilishi turliusullarda hodisalar ehtimolligining qo’shish va ko’paytirish qonuniyatiga asoslanib ko’rsatib berildi.
Uyga vazifa 6-masala.
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab
Mavzu:Hodisalarning ehtimolligini hisoblashga doir masalalar.
Vazifa 109-113 masala
Vazifa masala yechish
O‘qituvchi Bahodir Haydarov Mavzu: Masalalar yechish. Baklashkaga suv quyib mayiz solindi. 603 -masala STEAM ta’limi bo‘yicha Arhimed qonunug aasoslanib, fizika faniga bog‘lab ishlab ko‘rsatildi. Savollar berildi. Nima uchun kemaning pastki qismi qizil rang, havo shari haqida, suvostikemalari qanday harakatlanadi? Uygavazifa : muzqaymoq haqida, yog‘och bo‘lagidan eng katta shar hosil qilinsa qanchasi chiqitga chiqadi va tarvuz haqida amaliy vazifalar berildi.
Mavzu: Binomial taqsimot.
Dars o’tilgan mavzuni takrorlash va uyga berilgan vazifani tekshirish bilan boshlandi. Yangi mavzu misollar asosida tushuntirildi. Bernulli sxemasi va binomial taqsimotiga doir masalalar bajarilib mavzu mustahkamlandi. Uyga vazifa darslikdagi 96- sahifadagi 115-masala.
Mavzu: Fazoda vektorlar
Mavzu rejasi ko’rsatildi va aytib o’tildi.Fazoda vektorlar tushunchasi aytildi,fazoda vektorning koordinatalari qanday aniqlanishi haqida tushuntirildi.Vektorning uzunligiga ta’rif berildi.Kollinear, bir xil yo’nalgan,o’zaro teng, komplanar, qarama-qarshi yo’nalgan vektorlarga ta’rif berildi, chizmalar yordamida tushuntirildi. Vektorlarni qo’shish usullari tushuntirildi.Uyga vazifa Matematika 1-qism,129-bet 42-48-masalalar.
2)Chastotalari bo’yicha taqsimot qiling
O’tilgan mavzu takrorlandi.Uy ishlari muhokamasi bo’ldi.Tasodifiy miqdorlar turlariga oid misollar ishlandi.Hayotga bog’landi.Yangi mavzuga doir misollar ishlandi.Diagrammalar bilan ishlandi
Uyga vazifa: 1)Sinfdoshlaringizni bo’yini o’lchang
2)Chastotalari bo’yicha taqsimot qiling
3)Shu asosda ustunli diagramma hosil qiling
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab
Mavzu: Tasodifiy miqdorlarga doir misollar ishlash
Otilgan mavzu takrorlandi.Misollar ishlandi.Jadvallar bilan ishlandi.Tasodifiy miqdorlarning uzluksiz va diskret turlariga bolinishi aytib o’tildi.Qarama-qarshi hodisalar topildi.Uyga vazifa: 96-bet 116-masala
Mavzu: Vektorlarning songa ko’paytmasi O’qituvchi:Mashkura Fayzullayeva
Vektorlarning songa ko’paytmasi chizmalar orqali tushuntirildi.Misollar ko’rildi.Vektorlarning skalyar ko’paytmasiga tariff berildi va formulasiga izoh berildi.Koordinatalari berilgan vektorlarning skalyar ko’paytmasi,collinear,qarama-qarshi yo’nalgan kollinear vektorlar va ularning skalyar ko’paytmasi,vektorlarning uzunligi,vektorlar orasidagi burchakning kosinusi,vektorlarning perpendikulyarlik sharti haqida tushunchalar berildi.Uyga vazifa: Matematika 2-qism 1-12 testlarni yechish
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab
Namuna sifatida 5 ta masala berildi va ishlanish usullari tushuntirib o’tildi.Uyga vazifa 96-bet Nazorat ishi savollari.
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktab
Mavzu: Amaliy mashqlar yechish (Nazorat ishiga tayyorlanish)
Dars nazorat ishiga tayyorgarlik darsi bo’lganligi uchun nazorat ishi masalalariga mos masalalar ishlandi. 5 ta masala ko’rib chiqildi. 3-masalada xatolikka yo’l qo’yildi. r=3 da V=2*p*r^3=2*p*3^2=18p deb olishdi.
Uyga vazifa: Amaliy mashqlar yechish (Nazorat ishiga tayyorlanish)
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktabning matematika fani o’qituvchisi
Chiziqli ,kvadratik, 3-darajali va kasr ko’rinishidagi tenglamalar ishlandi.Bikvadrat tenglamalarni ishlanish usullari tushuntirildi. Uyga vazifa: Darslikning 97-betida berilgan 1-misolning 1-,3-,5-topshiriqlariva 4-misolning 2-,3-,4-,5-topshiriqlarini yechish
Mavzu: Tenglamalar sistemasini yechish O’qituvchi:Mohizabon Turg’unova
Dars uyga berilgan vazifani tekshirish bilan boshlandi. Birinchi darajali 2 noma’lumli 2 ta chiziqli tenglamalar sistemasining umumiy ko’rinishi keltirildi.Tenglamalar sistemasini yechish usullari yodga olindi. Mavzuga oid 5 ta tenglamalar sistemasi ishlandi.
Uyga vazifa: 97-98-betda gi 5-misolning 2- va 3-topshiriqlarini ,7-misolning 1- va 2-topshiriqlarini ,9-misolni yechish
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktabning matematika fani o’qituvchisi
Mavzu: Prizma,parallelepiped va kub
Prizmaga ta’rif berildi,xossalari tushuntirildi,turlari sanab o’tildi,formulalari keltirildi, prizmaga doir masalalar ishlandi. Parallelopipedga ta’rif berildi, xossalari tushuntirildi,turlari sanab o’tildi,formulalari keltirildi Parallelopipedga doir masalalar ishlandi.Kubga ta’rif berildi, xossalari tushuntirildi,turlari sanab o’tildi,formulalari keltirildi Kubga doir masalalar ishlandi.
Uyga vazifa: 177-bet 13-14-15-19-va topshiriqlar
Kuzatuvchi: Allaberganova Sayyora O’rta Chirchiq tumani 52-maktabning matematika fani o’qituvchisi