Maxsus pedagogika kitob
fanining
1-kurs
Maxsus pedagogika kitob
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Maxsus pedagogika
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
“Boshqa hammualliflar: D.Nurkeldieva, X.Kalbaeva
Ushbu darslikda maxsus pedagogikaning umumiy masalalari, rivojlanishi, intellektida, eshitishida ko‘rishida va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, maktabgacha ta’lim maxsus muassasalari tizimi, fan metodlari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifi, rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablari, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash masalalari yoritiladi.”
Maxsus pedagogika kitob
–>
Adabiyot [561] |
Arxitektura [40] |
Astranomiya [38] |
Axborot [71] |
Biologiya [387] |
Biznes [47] |
Bojxona [42] |
Davlat Huquq Asoslari [4] |
Dunyo din tarixi [32] |
Ekologiya [109] |
Estetika va Etika [30] |
Falsafa [48] |
Fizika [254] |
Fransuz-Tili [22] |
Geografiya [141] |
Geometriya [6] |
Huquqshunoslik [281] |
Informatika [643] |
Texnologiya [274] |
Internet [43] |
Ingliz tili [680] |
Iqtisodiyot [1133] |
Jahon tarixi [276] |
Jamiyatshunoslik [24] |
Kimyo [82] |
Kasbiy Ta’lim [11] |
Konsitutsiya [60] |
Ma’naviyat [48] |
Matematika [89] |
Milliy G’oya [128] |
Musiqa [2] |
Nemis-tili [30] |
Ona-tili [50] |
Oshpazlik [39] |
O’zbekiston tarixi [197] |
Pedagogika [104] |
Prezident Asarlari [17] |
Psixologiya [149] |
Rus-tili [44] |
Qishloq xo’jaligi [92] |
Siyosatshunoslik [25] |
Soliq va Soliqga tortish [18] |
Tilshunoslik [9] |
Tibbiyot [64] |
Turizm [172] |
va Boshqalar. [332] |
Sport [7] |
Sxemotexnika [13] |
–>
Махсус педагогика
Yukladi: routerboy Fan: Pedagogika
Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!
Qaytish Yuklandi: 2626
- Военная психология и педагогика
- Дошколная педагогика
- Ижтимоий педагогика
- Касбий педагогика
- Мактабгача тарбия махсус методикаси
- Общая педагогика – Курс лекций – Гребенюк – 1996 – 107
- Педагогика – УМП – Варламова-Кирилов – 2004 – 76
- Педагогика – Учебник для вузов – Бордовская-Реан – 2000 – 3
- Педагогика асослари
- Педагогика асослари-2
- Педагогика ва психология
- Педагогика Мавлонова.лотинча
- ПЕДАГОГИКА НАЗАРИЯСИ
- Педагогика тарихи ва назарияси
- Педагогика тарихи дарслик
- Педагогика Хасанбоев книга
- ПЕДАГОГИКА
- Умумий педагогика кафедраси хамда компьютер маркази такдим этади
- Харбий педагогика
- Махсус псих.дастур
Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika
Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Maxsus pedagogika (mutaxassislikka kirish)” fani bo’yicha yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning o’quv dasturi, ishchi dasturi, ma`ruza mashg’ulotlarining ta`lim texnologiyasi va amaliy mashg’ulotlarining ta`lim texnologiyasi jamlangan.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlarining bakalavr ta`lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchi: katta o’qituvchi M.U.Xamidova
USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
- Annotatsiya ……………………………………………………
- Fan dasturi.
4.Ma’ruza mashg’ulot mavzulari .
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
BD – 5111900 – 3.03
2017 – yil «___» ______
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
2017 – yil «___» ______
MAXSUS PEDAGOGIKA
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil “____” __________dagi “___”-sonli buyrug’ining ___-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan.
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2017 – yil “___”________dagi “____” – sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi.
M.U. Xamidova TDPU «Maxsus ta`lim metodikalari» kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchi:
Nazarova D.A A. Avloniy nomidagi XTXQTMOMI “Maxsus ta’lim kafedrasi” dotsenti, p.f.n.
internati – surdopedagog
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
o’quv – uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2017 – yil “____”__________dagi ____ -sonli majlis bayonnoma).
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarinig kelib chiqish sabablari ,turlari boshqa fanlar bilan doimiy va uzviy aloqada bo‘lib, bu soha bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda ilmiy-nazariy bilimlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Imkoniyati cheklangan bolalardagi psixik va jismoniy nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va korreksion-pedagogik jarayonlarga ta’sirini bilish yetarli bilimlarga ega bo‘lishni ham talab etadi.
Shularni hisobga olgan holda, defektologiyaning bakalavriat yo’nalishi o’quv rejasiga “Maxsus pedagogika’’fani, “Pedagogika”, “Loropatologiya”, “Maxsus psixologiya” kabi fanlar bilan bog’langan .
Imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va bola psixik va jismoniy rivojlanishiga ta’siri, inson organizmining umumiy tuzilishi va turli nuqsonlar mavjud bo‘lgandagi holati, bosh miya va asab tizimi faoliyati, ko‘rish, eshitish va nutq sensorlarining faoliyati, ulardagi turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va inson umumiy va ma’lum xususiyatlari rivojiga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishdan iborat.
Ushbu dastur ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni maxsus ta`lim-tarbiya jarayoni nazariyasi va amaliyoti, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning xususiyatlari, ularni rivojlantirish, korrektsiya vositalarini yaratish, qo’llash, o’rganish masalalarini qamrab oladi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun korreksion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari boyicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga mutaxassislik bo’yicha asosiy tushunchalar berishdan iborat.
“Mutaxassislikka kirish” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
– rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni rivojlantirish va korrektsiyalash jarayonida maxsus ta`lim-tarbiyaning roli; rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus muassasalar tizimi, korreksion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, tahlil etish va baholash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar kamchiliklarini to’gri ta`riflab berish, ularga psixologik-pedagogik tavsif berish usullarini bilishi kerak;
– talaba rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va usullarini ilmiy asoslagan holda to’g’ri tanlay olish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik materiallarni tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
– talaba korrektsion pedagogik jarayonni nazariy-amaliy taxlil etish, ta`limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta`lim-tarbiya nazariyasini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lishi kerak.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
1-moduli. Махsus pеdаgоgikа (Mutaxassislikka kirish) fаnining umumiy mаsаlаlаri
Maxsus yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish. Махsus pеdаgоgikа (Mutaxassislikka kirish) fanining maqsadi va vazifalari. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya, adaptatsiyaa, reabilitatsiya ishlari. Махsus pеdаgоgikа (mutaxassislikka kirish) fanining yo‘nalishlari.
2-moduli. Maxsus yordamga muhtoj bolalar toifalari
Maxsus yordamga muhtoj bolalar toifalari. Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar tavsifi.
3-moduli. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar. Tug‘ma va orttirilgan ko‘rish nuqsonlari.
4-moduli. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Kar, zaif eshituvchi va kech kar bo‘lgan bolalar. Sensor nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari.
5-moduli. Og‘ir nutq nuqsonli bolalar
Og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar. Og‘ir nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari.
6-moduli. Harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar. Harakat tayanch a’zolari jarohatlarning kelib chiqish
7- moduli. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Oligofren bolalar. Yordamchi maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktabi.
8- moduli. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, ularning turlari. Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari
9-moduli. Autizm sindiromli bolalar
Oligofren bolalar. Yordamchi maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktabi. Autizm sindromli bolalar haqida umumiy tushuncha. Autizm sindromli nuqsonlarning kelib chiqish sabablari vao’z
IV. Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning ma’ruzada olgan nazariy bilimlari mustaxkamlanib, ular aloxida yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar, ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos tomonlari bilan tanishib, eshitishida, ko‘rishida, harakat-tayanch a’zolarida, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar, psixik rivojlanishi sust, oligofren bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulot nazariy bilimlarni amalda qo‘llashga o‘rgatadi. Amaliy mashg‘ulotda maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya ishlarining tashkil etilishi amalda kuzatiladi, nazariy bilimlar mustaxkamlanadi, talabalar mustaqil ravishda adabiyotlar ustida ishlab, o‘z o‘rganganlarini auditoriyada o‘qituvchining raxbarligida muxokama etishga o‘rganadilar, alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid hujjatlar, adabiyotlar bilan tanishadilar.
“Maxsus pedagogika” fani rejalashtirilgan amaliy mashg’ulotlar nazariy mashg‘ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlashga hizmat qiladi. Uning mazmuni psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik tadbirlarni samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan.
- Sensor nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalarda ta’lim jarayonining o‘ziga xosligi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar bilan tanishtirish. Kar, zaif eshituvchi bolalar bilan tanishtirish. Maxsus muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni.
- Motor nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Og‘ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladigan ishlar. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktab-internatda olib boriladigan ishlar, ularning o‘ziga xosligi.
- Aqliy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar. Yordamchi bog‘cha va undagi ta’lim-tarbiya jarayoni yordamchi maktab va maktab-internatlarda olib boriladigan ishlar. Tenglashtiruvchi sinflarda olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Maxsus maktab-internatda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarning o‘ziga xosligi.
- O‘zbekistonda maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va ularga bolalarni qabul qilish qoidalari. Psixologik-pedagogik va tibbiy-logopedik komissiya va uning faoliyati o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi va uning faoliyati. Alohida yordamga muhtoj bolalarni maxsus muassasalarga saralash tamoyillari.
-amaliy mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
-o’qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg’otish;
-talabada natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatni ta’minlash;
-talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
-amaliy mashg’ulotlarda nafaqat aniq mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashg’ulotlarning mazmuni
Махsus pеdаgоgikа(Mutaxassislikka kirish) fаnining umumiy mаsаlаlаri
Alohida yordamga muhtoj bolalarga differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish. Махsus pеdаgоgikа (Mutaxassislikka kirish) fanining maqsadi va vazifalari. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya, adaptatsiyaa, reabilitatsiya ishlari. Махsus pеdаgоgikа (mutaxassislikka kirish) fanining yo‘nalishlari.
Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari
Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari. Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar tavsifi,Nuqsonning kelich chiqish sabablari va o’ziga xos xususiyatlari.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar. Tug‘ma va orttirilgan ko‘rish nuqsonlari. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Kar, zaif eshituvchi va kech kar bo‘lgan bolalar. Sensor nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlari. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Og‘ir nutq nuqsonli bolalar
Og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar. Og‘ir nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va turlari. Og‘ir nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar
Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar. Harakat tayanch a’zolari jarohatlarning kelib chiqish sabablari va turlari. Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning o’ziga xos xususiyatlari.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Oligofren bolalar. Yordamchi maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktabi. Autizm sindromli bolalar haqida umumiy tushuncha. Autizm sindromli nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va turlari.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, ularning turlari. Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Autizom sindiromli bolalar
Oligofren bolalar. Yordamchi maktabgacha ta’lim muassasalari va yordamchi mehnat ta’limi maktabi. Autizm sindromli bolalar haqida umumiy tushuncha. Autizm sindromli nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va o’ziga xos xususiyatlari.
V. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ta’limning asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorat ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat.
- yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- kerakli ma’lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;
- axborot manbalarni va manzillaridan samarali foydalanish;
- an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy hujjatlar bilan ishlash;
- Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
- berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
- ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
- ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;
- topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
- ishlab chiqish yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.
Mustaqil ta’lim talabalarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko‘nikmalarini egallashlari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, kadrlar tayyorlashning hozirgi sifat bosqichida mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratilib, o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida muayyan soatlar ajratilgan. Mustaqil ta’limda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni yangicha fikrlash va mushohada qilishga o‘rgatish, nazariy va amaliy bilimlarini mukammallashtirish uchun to‘liq, imkoniyatlar yaratishga qaratilgan, o‘qituvchi dars jarayonida talabalarning har biriga fanga doir zamonaviy mavzularni mustaqil ishlashlari uchun topshiradi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan mavzularni referat, leksiya shaklida tayyorlab, seminar-amaliyot darslarida leksiya qilib, keng doirada muhokama qilishadi. Talabalar ba’zi bir mavzular bo‘yicha adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilib, dars jarayonida o‘rganib chiqadilar. Mustaqil ta’limning qisqacha mazmuni berilgandan so‘ng, namunaviy mavzulari beriladi.
Mustaqil ta’limning namunaviy mavzulari talabalar mustaqil o‘rganadigan leksiya va amaliy mashg‘ulotlardan beriladi. Mustaqil ta’limning namunaviy mavzulari talabalarning fan bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Talaba mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
– ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
– berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
– seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
– hisob-grafik ishlarini bajarish;
– malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
– nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
– amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (case-study);
– maket, model, badiiy asar, musiqa va namunalar yaratish;
– ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
– o‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin.
- Talabaning huquq va burchlari
- Oliy ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xosligi.
- Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish
- Defektologiya fanining dolzarb muammolari.
- Maxsus yordamga muhtoj differensial va integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish.
- Oligofren bolalar tavsifi
- Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar.
- Ko‘rishida nuqsoni bor bolalar.
- Eshitishida nuksoni bulgan bolalar.
- Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar
- Nutqidagi nuqsonlarni oldini olish.
- Xarakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar.
- Mujassam nuqsonli bolalar.
- Maxsus yordamga muhtoj bolalar tashxisi.
- O‘zbekistonda alohida yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar va ularning faoliyati.
VI. Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar:
1. Pauline Davis, Lani Florian, Judith Aron Rubin Teaching Strategies and Approaches for Pupils with Special Educational Needs: A Scoping Study 2010 yil
2. Ayupova M.Yu. Logopediya. T.: «O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati» 2007.
3. Po‘latova P., Z.Mamarajabova, Sh.Amirsaidova va boshqalar. Maxsus pedagogika. – T.: Fan va texnologiyalar, 2014
4. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika – T.: G‘afur G‘ulom, 2004.
5. Raxmanova V.S. Defektologiya asoslari. T.: “VORIS-NAShRIYoT”, 2012.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Мирзиёв Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб – интизом ва шахсий жавобгарлик – хар бир рахбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисдаги Ўзбекистон републикаси президентининг нутқи. // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, № 11.
2. Мирзиёв Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб ҳалқимиз билан бирга қурамиз. “Ўзбекистон” 2017.
3. Мирзиёв Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. “Ўзбекистон” 2016.
4. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёйев 2017—2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши б ў йича ҳаракат стратегияси . 7 январ 2017 йил
5. M.U.Xamidova, B.D.Yakubjanova. Maxsus psixologiya. – T.:О‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2013.
6. Базоев В.З., Паленний В.А. Человек из мира тишины. – М.: Академ книга, 2002.
7. Назарова Н. Специальная педагогика. – М.: Академия, 2000.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor ________________D.U.Ergashev
MAXSUS PEDAGOGIKA
(Mutaxasislikka kirish)
fanining
1-kurs
ISHCHI O’QUV DASTURI
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2016 yil “25” avgustdagi 303 – sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 2 – ilovasi) tasdiqlangan “Tasviriy san’at va qo’l mehnatini o’qitish maxsus metodikasi” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o’quv dasturi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2017 yil “___ ” _________dagi “___”___ – sonli bayoni bayoni bilan tasdiqlangan.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling